Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Education of a sense of duty in children 6-7 years old
Dilnura TASHTEMIROVA
1
Jizzakh State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
28 March 2022
Accepted 20 April 2022
Available online
15 May 2022
This article discusses the forms and methods of fostering a
sense of duty in children of preschool age that should be
appropriate to the characteristics of children of this age and
take into account the most recent level of moral development.
Didactic games, which take into account the age and
psychological characteristics of children, are also important in
cultivating a sense of duty in preschool children, forming the
basis of the spiritual development of the individual.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4/S-pp9
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
sense of duty,
moral development,
activity,
methods of upbringing,
etiquette,
positive example.
6-7 yoshdagi bolalarda burch hissini tarbiyalash
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
burch hissi,
axloqiy rivojlanish,
faoliyat,
tarbiya usullari,
odob,
ijobiy namuna.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda
burch hissini tarbiyalashning shakl va usullari bu yoshdagi
bolalarning xususiyatlariga mos kelishi va eng yaqin vaqtdagi
axloqiy rivojlanish darajasini ko‘zda tutish kerakligi yoritilgan.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda burch
hissini tarbiyal
ash, shaxs ma’naviy barkamolligining asosini
tashkil etib, bunda bolalarning yosh va psixologik xususiyat-
larini inobatga olgan holda tashkil etiluvchi didaktik o‘yinlar
muhim ahamiyat kasb etadi.
1
Teacher of the Department of Methods of Preschool Education Jizzakh State Pedagogical Institute
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
98
Воспитание чувства долга у детей 6
-
7 лет
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
чувство долга,
нравственное развитие,
деятелност,
методы воспитания,
этикет,
положителный пример.
В данной стате рассматриваются формы и методы
воспитания чувства долга у детей дошколного возраста,
которые должны соответствоват особенностям детей этого
возраста
и
учитыват
самый
последний
уровен
нравственного
развития.
Дидактические
игры,
учитывающие возрастные и психологические особенности
детей, имеют также важное значение в воспитании у
дошколников чувства долга, составляющего основу
духовного развития личности.
Yosh avlodni tarbiyalash, ularda yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirish va
kamolga yetkazish muammolari doimo davlatimiz diqqat markazida turadi. Ma’naviy
boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy mukammallikni mujassamlashtirgan, har tomon-
lama kamol topgan, ijtimoiy jihatdan faol shaxsni shakllantirish borasidagi ishlar
sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Yosh avlodni tarbiyalash
–
g‘oyat murakkab
jarayon, shunday ekan, yosh avlod tarbiyasiga diqqat-e`tibor qaratishimiz kerak. Axloqiy
me’yorlarning hayotiy ko‘rinishi, amaliy ifodasi kishilarning o‘zaro munosabatlarida aks
etadi.
Chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash har bir tarbiya
-
chining asosiy vazifasidir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda burch hissini
tarbiyalashning shakl va usullari bu yoshdagi bolalarning xususiyatlariga mos kelishi va
eng yaqin vaqtdagi axloqiy rivojlanish darajasini ko‘zda tutish kerak. Masalan, agar to‘rt
yoshga qadam qo‘ygan bolalar o‘z tengdoshlariga, asosan, tarbiyachining maslahati,
ko‘rsatmasi ta’sirida baholi qudrat yordam ko‘rsatsalar, besh yoshga to`layotganida
bunday yordamni o‘z xohishlari bilan ko‘rsatishlari lozim. Burch hissini tarbiyalash
usullarini shartli ravishda guruhlarga ajratish mumkin. Usullarning birinchi guruhiga
bolalarda ijtimoiy burch hissini amaliy tajribasini vujudga keltirishni kiritamiz. Masalan,
akaning uka oldidagi, onaning farzand oldidagi, farzandning ota-ona oldidagi burchini
ham biz tarbiyalanuvchilarga misol tariqasida aytishimiz mumkin.
Usullarning birinchi guruhiga ,shuningdek, burch hissi faoliyatini tashkil etishning
usuli ham kiradiki, bu faoliyat maktabgacha ta’lim yoshida, ayniqsa, ijtimoiy foydali
xususiyat kasb etadi. Birinchi navbatda, bu bolalarning birgalikdagi jamoaviy mehnatidir.
Bolalar o‘yinini, ayniqsa, rollarga bo‘lib o‘ynaydigan o‘yin haqida ham shunday deyish
mumkin. Usullarning ikkinchi guruhi maktabgacha yoshdagi bolalarda burchni his qilish
haqidagi tasavvurlar, mulohazalar, baholarni shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik
jarayonda ijobiy namunaga tayanish keng qo‘llaniladi. Tarbiyachi bolalarning kundalik
hayotdagi burchlarini tarbiyalashga rahbarlik qilar ekan, shu usuldan foydalanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlari burchga ma’suliyatlilik
hissini uyg‘otish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar juda
zehnliligi, o‘rgatishga oson berilishlari bilan ajralib turadi. Bu esa ular nerv sistemasining
plastikligi uning atrof-
muhitdan keladigan ta’sirlarga faol javob berishi bilan bog‘langan.
Biroq hayot tajribasining cheklanganligi hissiyotga beriluvchanligi maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolaning idrok etadigan narsaga yetarli darajada to‘g‘ri baho bermaslik tufayli,
ko‘pi
ncha, yaxshi narsani yomondan ajratish xatti-
harakatining to‘g‘ri yo‘lini belgilashi
qiyin bo‘ladi.
Shuning uchun,
birinchidan, bolaga yaqin bo‘lgan kishilar ularga namuna
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
99
bo‘lishlari kerak. Hissiyotni,
eng avvalo, burch hissini va tuyg‘ularini bolalarning
tasavvurini sistemali suratda o‘stirmay bilim doirasini boyitmay, biror hodisa yoki
voqeaga to‘g‘ri munosabat paydo qilmay turib tarbiyalab bo‘lmaydi.
Bolalarning
birgalikdagi faoliyati, ayniqsa, o‘yin, navbatchilik qilish, mashg‘ulotlarga jamoa bo‘lib
ki
rishishlari eng qulay sharoit hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning
hissiyoti bir-biridan beqarorligi va yuzakiligi bilan farq qiladi. Ularda hissiyot tez
yo‘qoladi va tez paydo bo‘ladi. Shuning uchun bolada burchlarni tarbiyachi tomonidan
mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda tez
-tez takrorlab borishi shart. Tarbiyachi bolalar bilan olib
boradigan kundalik ishida har bir bolaning temperamentini hisobga olishi zarur.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hissiyotining katta yoshdagi bolalar hissiyotida
n
farqi shundaki,
ular, ko‘pincha, xarakterda namoyon bo‘ladi.
Tetiklik, quvnoqlikni his etib
bolalar shovqin ko‘taradilar, turli harakatlar qiladilar, xona bo`ylab harakatlanadilar.
Bunday harakat qo`zg‘aluvchanligidan so‘ng tinchlanish ancha murakkab bo‘
lib qoladi.
Shu o‘rinda biror tinchroq mashg‘ulotni tarbiyachi tomonidan tanlanishi va uni bolalarga
taqdim etishi bolalarning tinchlanishiga olib keladi. Ba’zida bolaning bor kuchi bilan biror
yumushga intilishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Pedagog bo
la faqat bir tekis va to‘g‘ri
rivojlanmasligini nazoratda tutishi zarur. Bu juda murakkab va qarama-qarshi
jarayondir. Bola faqat ijobiy xislatlar bilan rivojlanmay, baribir unda salbiy xislatlar
namoyon bo‘ladi. Har bir tarbiyalanuvchining faoliyatini, ha
r bir bolaning individual
xususiyatlariga muvofiq holda tashkil etib, pedagog uning muhit bilan faol muomalada
bo‘lishi uchun barcha choralarni qo‘llaydi. Muomala qilish jarayonida bola shaxsi,
xususan, uning xarakteri tarbiyalanadi. Pedagogning bu oliyjanob mehnati jamiyatimiz
uchun eng qimmatli bo‘lgan yangi kishini tarbiyalab yetishtiradi.
Bola boshqalarga yon
bosadigan va unga yon bosishadigan, u peshqadam bo‘ladigan va ikkinchi darajali rollarni
bajaradigan rang-barang munosabatlarga kirishishi muhimdir. Uning panohiga va
himoyasiga muhtoj bo‘ladigan va unga panoh bo‘ladigan va uni himoya qiladiganlar bilan
muloqot hissi bola tengdoshlari bilan muloqot tufayli jamoa fikri bilan hisoblashishi
muhimdir. Bolalarda yoshlikdan o‘zidan kichkina bo‘lgan ukasin
i, singlisini himoya qilib,
o‘zlarida kimnidir himoya qilish hissi paydo bo‘ladi. O‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan
akalik burchi, akalik hissi, ota-
onaga bo‘lgan hurmat farzandlik hissi maktabgacha
tayyorlov yoshidanoq paydo bo‘la boshlaydi.
Tarbiyachi ham,
o‘z navbatida, bu hisni
bolada to‘g‘ri va mustahkam tarkib toptirib borishi kerak. Maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarda burch hissini tarbiyalash uzoq muddatli, uzluksiz pedagogik jarayon natijasida
vujudga keladigan axloqiy me’yorlardan hisoblanadi.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim
yoshdagi bolalarda burch hissini tarbiyalashga xizmat qiluvchi yangi didaktik
ishlanmalar, shuningdek, pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan’anaviy o‘yinlarni
tashkil etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalarga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Bu esa maktab-
gacha ta’lim yoshidagi bolalarda tarbiyalashda pedagogik texnologiyalarning didaktik
imkoniyatlarini noan’anaviy o‘yinlar va mashg‘ulotlarni tashkil etishning shakl va
metodlarini aniqlash va muayyan tizimni ishlab chiqishni t
alab etadi. Maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarda burch hissini tarbiyalash uchun quyidagi faoliyatlarning natijasi
zamin yaratadi:
–
bolalarda o‘z ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga; –
ijodiy faollik, tashabbuskorlik, jamoa bilan ishlash, muloqotchanlik sifatlarining
shakllanishiga;
–
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda o‘z
-
o‘zini nazorat qilish va
rivojlantirish imkoniyatlariga e’tibor qaratilishi muhim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2022) / ISSN 2181-1415
100
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda burch hissini tarbiyalash, shaxs ma’n
aviy
barkamolligining asosini tashkil etib, bunda bolalarning yosh va psixologik xususiyat-
larini inobatga olgan holda tashkil etiluvchi didaktik o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
M. Rasulova, D. Abdullaeva, S.Oxunjo
nova, “Bolalarni maktabga psixologik
tayyorgarligi” –
T., 2014-yil. P. Yusupova.
“
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi
”
“O‘qituvchi”
–
T., 2017-y.
2.
Usmanova Maxfuza. Bolalarda muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish.
Maktabgacha ta’lim jurnali,
(Preschool education journal). (2021). Retrieved from
https://matinfo.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/3973.
3.
Usmanova Maxfuza. Oilada bolaning kun tartibini to
‘
g
‘
ri tashkil qilish.
Maktabgacha ta’lim jurnali,
1(1). (2021). Retrieved from https://presedu.jspi.uz/
index.php/presedu/article/view/2712.
4.
Usmanova Maxfuza. 5-6 yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda oilaviy
marosimlarning o
‘
rni.
Maktabgacha ta’lim jurnali
(2021)., 3(Preschool education
journal). Retrieved from https://presedu.jspi.uz/index.php/presedu/article/view/3873.
5.
Toshtemirova
D. (2021). Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’
limni
tashkil etishning mazmun mohiyati.
Мактабгача таълим журнали.
6.
Toshtemirova
D. (2022). Tarbiyachining maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim
tarbiyav
iy ishlarni tashkil etishdagi o‘rni. Мактабгача таълим журнали, 1(Preschool
education journal).
7.
Toshtemirova
D. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantiruvchi o’yin
turlarining xususiyatlari. Мактабгача таълим журнали, 1
(Preschool education journal).
8.
Toshtemirova D. (2021). MTT va oila hamkorligida bolalarni milliylik ruhida
tarbiyalash.
Мактабгача таълим журнали, 3(Preschool education journal).
9.
Toshtemirova D.S.Q. (2021). Bolalar nutqini rivojlantirishning o
‘
yin faoliyatidan
foydalanishning asosiy xususiyatlari. Academic research in educational sciences, 2(11),
1068-1073.
10.
Toshtemirova D.S.Q. (2021). Maktabgacha ta
’
lim tashkilotlarida mashgulot
ta
’
lim berishning asosiy shakli sifatida. Academic research in educational sciences, 2(10),
922
–
926.
11.
Toshtemirova
D. (2022). Bolalarni jismoniy rivojlantirishda ta‟ lim
markazlaridan foydalanish.
Мактабгача таълим журнали, 1(Preschool education
journal).
12.
Toshtemirova D. (2022).
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini
tashkil etish tamoyillari.
Мактабгача таълим журнали, 1(Preschool education journal).
