Авторы

  • Умиджон Авезов
    Самостоятельный соискатель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp59-67

Ключевые слова:

профессиональные союзы локальный нормативный документ коллективный договор отраслевой коллективный договор порядок внутреннего трудового распорядка правотворчество нормативный правовой документ право законодательной инициативы

Аннотация

В статье рассматривается участие профсоюзов в процессе правотворчества, особенности принимаемых ими документов, их значение в жизни общества и государства. В соответствии с законодательством Узбекистана, деятельность по правотворчеству, осуществляемая профсоюзами, классифицируется по содержанию на непосредственные и опосредованные виды. В научной разработке поясняется, что непосредственное правотворчество проявляется через правовые документы, принимаемые профсоюзами, а опосредованное правотворчество проявляется через участие работников в проектах нормативных правовых документов, касающихся их прав и интересов, социально-экономической сферы. В статье также проанализированы, существующие в практике зарубежных стран, права профсоюзов на нормотворческую деятельность, в частности, право законодательной инициативы, право на участие в подготовке проектов нормативных правовых актов.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Features of documents adopted by trade unions in the process
of lawmaking

Umidjon

AVEZOV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2022

Received in revised form

20 July 2022
Accepted 25 August 2022

Available online

15 September 2022

The article discusses the participation of trade unions in the

process of lawmaking, the features of documents adopted by
them, their significance in the life of society and the state. In
accordance with the legislation of Uzbekistan, trade unions are
divided into direct and indirect according to the content of
activities related to creation of rights. Scientific development
explains that direct lawmaking is revealed through legal
documents adopted by trade unions, and indirect lawmaking is
showed through participation in draft regulatory legal
documents relating to social and economic sphere, rights and
interests of employees.

In the article the rights of trade unions in the experience of

foreign countries in creation of norms, in particular the right of
legislative initiative; the right to participate in preparation of
draft regulatory legal documents was also analyzed.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss8/S-pp59-67

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

trade unions, local
normative document,
collective agreement, branch
collective agreement,
internal labor regulations,
lawmaking, normative legal
document, the right of
legislative initiative

Huquq ijodkorligi jarayonida kasaba uyushmalari tomonidan

qabul qilinadigan hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari

АННОТАЦИЯ

Калит сўзлар:

kasaba uyushmalari, lokal

me’yoriy hujjat, jamoa

shartnomasi, tarmoq jamoa
kelishuvi, ichki mehnat
tartib-qoidalari, huquq
ijodkorligi, normativ-
huquqiy hujjat, qonunchilik
tashabbusi huquqi

Maqolada kasaba uyushmalarining huquq ijodkorligi

jarayonidagi ishtiroki va ular tomonidan qabul qilinadigan

hujjatlarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ja

miyat va davlat

hayotidagi ahamiyati o‘rganilgan. O‘zbekiston qonunchiligiga

muvofiq kasaba uyushmalari tomonidan huquq ijodkorligiga oid

faoliyat mazmuniga ko‘ra bevosita hamda bilvosita turlarga

tasniflanib chiqilgan. Ilmiy ishlanmada bevosita huquq
ijodkorligi kasaba uyushmalari tomonidan qabul qilinadigan

1

Independent Researcher of Tashkent State University of Law


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

60

huquqiy hujjatlar, bilvosita huquq ijodkorligi esa xodimlarning
ijtimoiy-

iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi ishtiroki orqali

namoyon bo‘lishi y

oritib berilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy

davlatlar tajribasida mavjud kasaba uyushmalarining norma
ijodkorligiga oid huquqlari, xususan, qonunchilik tashabbusi
huquqi; normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda
ishtirok etish huquqi ham tahlil qilingan.

Особенности документов, принимаемых профсоюзами в
процессе законотворчества

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

профессиональные союзы,
локальный нормативный
документ, коллективный
договор, отраслевой
коллективный договор,
порядок внутреннего
трудового распорядка,
правотворчество,
нормативный правовой
документ, право
законодательной
инициативы

В статье рассматривается участие профсоюзов в

процессе правотворчества, особенности принимаемых ими
документов, их значение в жизни общества и государства. В
соответствии

с

законодательством

Узбекистана,

деятельность

по

правотворчеству,

осуществляемая

профсоюзами, классифицируется по содержанию на
непосредственные и опосредованные виды. В научной
разработке

поясняется,

что

непосредственное

правотворчество проявляется через правовые документы,
принимаемые

профсоюзами,

а

опосредованное

правотворчество проявляется через участие работников в
проектах нормативных правовых документов, касающихся
их прав и интересов, социально

-

экономической сферы. В

статье также проанализированы, существующие в практике
зарубежных стран, права профсоюзов на нормотворческую
деятельность,

в

частности,

право

законодательной

инициативы, право на участие в подготовке проектов
нормативных правовых актов.

Kirish
Dunyo amaliyotida kasaba uyushmalari xodimlarning qonuniy vakili sifatida ish

beruvchilar bilan jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzish orqali o‘zaro
munosabatlardagi barqarorlik va tenglik holatlarini ta’minlovchi muhim vosita sifatida

maydonga

chiqmoqdalar.

BMTning

Barqaror

rivojlanish

sohasidagi

8-

maqsadi “samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin

-qizlarni munosib ish

bilan ta’minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish”

hisoblanib, mazkur jarayonlarda kasaba uyushmalarining samarali ishtiroki alohida
belgilangan [1].

Respublikamizda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri

sifatida aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin

-

qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida qator chora-tadbirlar amalga

oshirilmoqda. “Kasaba uyushmalari tomonidan kasbiy manfaatlari bilan bog‘liq bo‘lgan,

ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

61

himoy

a qilish bo‘yicha huquqlarini yanada kengaytirish” [2] masalalari ustuvor vazifa etib

belgilangan.

Shu o‘rinda ushbu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda huquq ijodkorligi

jarayonida kasaba uyushmalarining ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi.

Material va metodlar
Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashda ilmiy bilishning mantiqiy va ilmiy

uslublaridan foydalanilgan, xususan, mantiqiy tahlil, tarixiy, qiyosiy-huquqiy kabi uslublar

qoʻllanilgan. Bundan tashqari, empirik materiallar, xususan, xorijiy davlatlar

qonunchiligi

va amaliyoti tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalari va tahlili
Kasaba uyushmalarining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki va ular

tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar o‘ziga xos xususiyatga hamda jamiyat va davlat

hayotida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Jahonda kasaba uyushmalarining huquq
ijodkorligi faoliyatidagi shitirokini quyidagicha tasniflash mumkin:

kasaba uyushmalarining normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tegishli

huquqlarini amalga oshirish (qonunchilik tashabbusi huquqi; normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish huquqi va boshqalar) (Avstriya, Isroil, Hindiston,
Singapur, Uganda [3]);

kasaba uyushmalari yoki kasaba uyushmalari vakillari tomonidan tuzilgan siyosiy

partiyalarning saylangan dav

lat organlari a’zolari sifatida normativ

-huquqiy hujjatlarni

qabul qilish faoliyati;

vakolatli davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va

qabul qilish jarayoniga boshqa usullar bilan, shu jumladan, kasaba uyushmalarining
parlamen

t a’zolari bilan hamkorligi orqali ta’sir qilish;

davlat organlarida vakili bo‘lgan siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish

(Germaniya, Norvegiya, Yaponiya, Portugaliya, Fransiya, Italiya, Misr, Senegal),
professional lobbistlar bilan shartnoma tuzish (faqat AQSh), parlamentga nomzodlar bilan

o‘zaro munosabat (Armaniston, Ukraina).

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, kasaba uyushmalari tomonidan huquq

ijodkorligiga oid faoliyatini mazmuniga ko‘ra bevosita hamda bilvosita kabi turlarga

tasniflashimiz mumkin. Bevosita huquq ijodkorligi kasaba uyushmalari tomonidan qabul

qilinadigan huquqiy hujjatlar shaklida namoyon bo‘lsa, bilvosita huquq ijodkorligi orqali

xodimlarning ijtimoiy-

iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ

-

huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishi hamda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq

va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ

-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan

tartibga solish

sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi

(kelishish)ni keltirishimiz mumkin.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi mehnat va ijtimoiy

-

iqtisodiy masalalar bo‘yicha qonun va normativ

-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab

chiqishda ishtirok etish huquqiga ega. Masalan, kasaba uyushmalari Mehnat kodeksi,

“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlarni ishlab chiqishda ishtirok etdilar. Ular

ishtirokida

"Ijtimoiy sherikchilik to‘g‘risida” hamda “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonun

loyihalari ishlab chiqilgan [4].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

62

Mehnat huquqi normalari tizimida kasaba uyushmalarining lokal norma

ijodkorligidagi ahamiyati ilmiy-huquqiy adabiyotlarda bir necha bor qayd etilgan. Lokal
normativ-huquqiy hujjatlar markazlashtirilgan munosabatlarga qaraganda vositachilik
qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga yaqinroq.

Lokal huquqiy tartibga solish ish beruvchining mustaqil ravishda yoki ishchilarning

vakillik organining fikrini inobatga olgan holda faqat korxona, muassasa, tashkilotda amal

qiladigan me’yoriy

-

huquqiy funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ hujjatni qabul

qilishdir [5]. Mehnat kodeksining 21-moddasiga muvofiq, mehnatga oid munosabatlarda

xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni himoya qilishni
korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar

tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin. Korxonada boshqa

vakillik organlarining ham bo‘lishi kasaba uyushmalarining o‘z vazifalarini amalga
oshirish borasidagi faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi belgilangan. Hozirgacha vaziyat
shunday rivojlanganki, ishchilarning boshqa vakillik organlari “yordamchi rol o‘ynaydi va
an’anaviy kasaba uyushmalari uchun hech qanday raqobat yaratmaydi [6]”.

Mehnat kodeksi xodimlarning manfaatlarini ifoda etish holatlariga qarab kasaba

uyushmalari va ularning organlarini tasniflashni nazarda tutadi. Kasaba uyushmalari,
u

larning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari

manfaatlari ular tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini

olib borishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa

egadir.

Birinchi holda, tashkilotlarning kasaba uyushmalari lokal normativ hujjatlarni

yaratishda ishtirok etadilar.

Mehnat munosabatlari qonun hujjatlari bilan bir qatorda, korxona, muassasa va

tashkilotlarning bevosita o‘zlari tomonidan (ish beruvchi tom

onidan yoki ish beruvchining

xodimlar vakillik organlari bilan kelishuvi (birgalikda) asosida qabul qilingan lokal

me’roiy hujjatlar bilan ham tartibga solinadi. Bular jumlasiga korxona va tashilotlarning

Jamoa shartnomasi, tarmoq jamoa kelishuvi, korxonaning ichki mehnat tartib-qoidalari va
hokazolar kiradi [7]. Bunday ichki hujjatlar:

qonun bilan bevosita tartibga solinmagan masalalarni hal etish; ayrim mehnat

shartlari va normalariga aniqlik kiritish; xodimlarga qonun hujjatlarida belgilanganidan
tashqar

i qo‘shimcha huquq va kafolatlarni taqdim etish imkonini beradi [8].

Agar biz lokal hujjatlarni yaratishda ishtirok etish jarayonini so‘zning keng

ma’nosida ko‘rib chiqsak (nafaqat huquqiy hujjat loyihasini to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri tayyorlash,

balki lokal normat

iv hujjatni yaratishga qaratilgan yoki unga hissa qo‘shadigan har qanday

boshqa harakatlar singari) kasaba uyushmalarining mahalliy hujjatlarni yaratishda
ishtirok etishining quyidagi shakllarini ajratish mumkin:

Kasaba uyushmasi saylangan organi tomonidan mehnat qonunchiligi normalarini

o‘z ichiga olgan mahalliy normativ hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida ish beruvchi bilan
maslahatlashuvlar o‘tkazishi (Qonunning 18

-moddasiga muvofiq ish beruvchi

xodimlarning manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilinguniga qadar kasaba uyushmalari

bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishi, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida va normativ

hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda esa ularning roziligini olishi).

Mehnat kodeksi, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, jamoaviy

shartnomada nazarda tutilgan hollarda mehnat sohasidagi mahalliy normativ hujjatlarni
qabul qilishda kasaba uyushmasining fikrini hisobga olish; (Qonunning 28-moddasiga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

63

muvofiq Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy

huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ

-huquqiy hujjatlar hamda texnik

jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok
etish huquqiga ega);

jamoa shartnomasida, kelishuvlarda nazarda tutilgan bo‘lsa

, lokal normativ-

huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish.

Kasaba uyushmalarining lokal normalarni yaratishda ishtirok etishining turli

shakllarini amalga oshirayotganda, kerakli natijaga erishish uchun turli xil ish usullari va
vositalari talab qilinadi.

Ba’zi hollarda, ish beruvchiga xodimlar uchun va shunga mos

ravishda ularning vakillik organi uchun foydali qaror qabul qilish uchun ta’sir o‘tkazadi.

Boshqa hollarda ish beruvchi tomonidan har qanday turdagi hujjatni qabul qilishiga qarshi
dalillar keltirish yoki kun tartibidagi muammoni normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vositalar orqali hal qilishga ishonchli motivatsiya berish bilan lokal normalar

ijodkorligida ta’sir o‘tkazadi.

Qonunchilikka muvofiq, kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari,

bo‘linmalari va

boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari manfaatlari ular tomonidan ifoda

etilayotgan xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib borishga, jamoa shartnomalari

va kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa egadir.

Ish beruvchining

vakili bo‘lgan shaxslarning xodimlar nomidan jamoa

muzokaralarini olib borishi hamda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishi
taqiqlanadi.

Ichki mehnat tartibi qoidalari, ta’tillar jadvali va mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi

lokal hujjatlar alohida tartibda qabul qilinadi. Ularni xodimlarning vakillik organi bilan
kelishish majburiy. Aksariyat hollarda korxonadagi xodimlarning manfaatlarini kasaba

uyushmalari va ular saylagan organlar (kasaba uyushmasi qo‘mitasi) himoya qiladi. Lokal

hujjat amalga ki

ritilishi va yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun ish beruvchi uni tashkilotda

faoliyat ko‘rsatadigan xodimlarning vakillik organiga kelishish uchun taqdim etishi kerak.
Uning roziligi olingandan so‘ng lokal hujjatlar ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadi va

kuchga kiradi.

Mehnat qonunchiligida kasaba uyushmasi bilan lokal hujjatlarni kelishish tartibi,

hujjatni kelishganliklari yoki kelishmaganliklari yuzasidan qarorning mazmuni, agar

kasaba uyushmasi qo‘mitasi ayrim normalar qonunga zid yoki xodimlarning huquq

larini

yetarlicha kafolatlamaydi, deb hisoblasa, ish beruvchiga yo‘llangan xatda asoslantirilgan
tuzatishlar berish tartibi, lokal hujjatlarni tasdiqlash va qo‘llashning hech qanday

mexanizmini belgilamagan. Ish beruvchi kasaba uyushmasi tomonidan berilgan

e’tirozlarni qabul qilish yoki rad etishi singari masalalar qonunchilikda ochiq qoldirilgan.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi –

kollegial organ, uning ko‘pchilik ovozi bilan qaror qabul

qilinishi qoidasidan kelib chiqib qonunda lokal hujjatlar ijodkorligida kasaba
uyushmalarining rolini aniq belgilash maqsadga muvofiq. Agar tashkilotda ishchilar

huquqlarini amalda himoya qilishga qodir kuchli kasaba uyushmasi bo‘lsa, ish beruvchi
uning fikri bilan hisoblashishga majbur bo‘ladi. Shunday qilib, kasaba uyushmasi

za

monaviy huquqiy voqelik sharoitida konstruktiv muxolifat sifatida o‘z obro‘sini

qozonishi va mustahkamlashi kerak [9]. Zaif kasaba uyushmalari qo‘mitasining borligi,
faqat nominal tashkilot sifatida, tegishli kasaba uyushmasi a’zolari sonining kamayishiga

olib keladi. Darhaqiqat, kasaba uyushmalari tomonidan lokal normativ-huquqiy hujjatlarni
tayyorlash va qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan himoya va vakillik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

64

funksiyalarini amalga oshirish, aslida kasaba uyushmalariga a’zolikni rag‘batlantirish

masalasini hal qilishda eng muhim omil hisoblanadi. Bu kasaba uyushmalari
tashkilotlarining ishchilarning ijtimoiy-mehnat huquqlari vakilligi va himoyasini

qanchalik samarali amalga oshirayotganiga, kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lishni
xohlovchilar soniga bog‘l

iq [10].

Qabul qilishda kasaba uyushmasi organining fikrini hisobga olish zarur bo‘lgan lokal

normativ hujjatlar doirasi muayyan holatlar bilan chegaralanganligi sababli, kasaba

uyushma qo‘mitasi jamoaviy bitimga muvofiq qabul qilingan hujjatlar sifatida k

asaba

uyushmasi qo‘mitasining fikrini hisobga olish yoki u bilan kelishgan holda, mehnat
sohasidagi eng muhim masalalarga ta’sir ko‘rsatuvchi xatti

-harakatlarni mustahkamlashi

kerak. Bu faoliyat kasaba uyushmalari tomonidan lokal hujjatlarni “huquqiy

ekspe

rtizadan” o‘takzish bilan bog‘liq. Bozor munosabatlariga o‘tish isohotlari bosqichida

kasaba uyushmalarining ekspertilik ahamiyati yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Lokal

huquqiy hujjatlarni ularning maqbulligi va ijtimoiy ahamiyatliligi bo‘yicha tekshiris

h

xodimlarning huquqlari va manfaatlarini buzishi mumkin bo‘lgan xatolarga yo‘l qo‘ymaslik
imkonini beradi. Kasaba uyushmalari qo‘mitalarining ushbu sohada berilgan huquqlardan

faol foydalanishi ish beruvchi tomonidan qabul qilingan lokal hujjatlar sifatin

ing ma’lum

darajada yaxshilanishiga imkon beradi, bu, shubhasiz, fuqarolarning huquqiy

himoyalanish darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak [11].

Lokal hujjatlar qonun talablariga, ishchilarning manfaatlariga javob berishi, hayot

haqiqatini aks ettirishi kerak (masalan, ular mehnat qonunchiligiga qaraganda
ishchilarning ahvolini yomonlashtirmasligi kerak), bitim, kelishuvlar, ularni tayyorlash va
qabul qilish tashkilot tomonidan belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak, kasaba

uyushma qo‘mitasi lok

al normativ hujjatlarni ushbu talablarning barchasiga muvofiqligini

tekshirishi shart. Bundan tashqari, kasaba uyushmalari qo‘mitasi yangi qabul qilingan
mahalliy hujjatlarda ishchilarning ahvolini yomonlashtiradigan normalar bo‘lmasligini
ta’minlashi shar

t. Agar ish beruvchi lokal hujjat matnidagi normalarga bu turdagi

o‘zgartirshni kiritishni talab qilsa, vakillik organiga bu kabi qaror qabul qilishning iqtisodiy

sabablarini yoritib berishi kerak [12].

Shuningdek, kasaba uyushmalarining lokal me’yoriy hujjatlarni yaratish bo‘yicha

faoliyati davomida kasaba uyushmalarining norma ijodkorlik funksiyasi ham amalga
oshiriladi. Kasaba uyushmalarining lokal hujjatlarni tuzish jarayonidagi ishtiroki ularning

nafaqat huquqni qo‘llash sohasida, shuningdek, norma ijo

dkorligi

mehnat sub’yektlari va

boshqa tegishli munosabatlar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yoriy

-huquqiy bazasini

o‘rnatish sohasida ham harakat qilayotganini ko‘rsatadi.

Ish beruvchilar va ayrim hollarda davlat hokimiyati organlari bilan ijtimoiy va

mehnat munosabatlarini tartibga solish bilan ishlash munosabatlarida kasaba
uyushmalari organlari normativ-

huquqiy hujjatlar yaratish orqali o‘zlarining ijtimoiy

faolligini namoyish etishlari mumkin.

Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga d

axldor bo‘lgan normativ

-

huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar
loyihalari majburiy tartibda tegishli kasaba uyushmasi yoki kasaba uyushmalari
birlashmasi bilan kelishib olinishi shartligi belgilangan. Bizningcha, nafaqat hujjatni
kelishish bosqichida balki normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasini ishlab chiqish

jarayonida ham kasaba uyushmalarining ishtirok etishini ta’minlash kerak.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

65

Kasaba uyushmalarining bevosita o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatla

r

to‘g‘risisda

Qonunda

aniq

tasniflangan

bo‘lmasa

-da,

uning

46-

moddasiga muvofiq, “kasaba uyushmalari tomonidan jamoatchilik nazoratining

natijalari bo‘yicha bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma, ko‘rsatma, taqdimnoma shaklidagi

yohud qonunchilikda nazarda tut

ilgan boshqa shakldagi yakuniy hujjat tayyorlanadi”

jumlasidan kelib chiqib, bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma, ko‘rsatma [13], taqdimnoma

hamda qaror kasaba uyushmalarining asosiy hujjati sifatida keltirilishi mumkin.

Yuridik adabiyotlarda kasaba uyushmala

rining o‘z a’zolari bilan munosabatlari

huquqiy xarakterga ega emas, degan fikrlar bildiradi. V.M.Dogadov, I.O.Snigireva va boshqa
olimlar bu kabi munosabatlarni ichki (nohuquqiy) va tashqi (huquqiy) munosabatlar
singari turlarga tasniflaydi [14]. Adabiyotda qayd etilganidek, ichki munosabatlar nizom
va uyushma tarkibidagi boshqa normalar bilan tartibga solinadi [15]. Kasaba uyushmalari

o‘z a’zolari oldidagi huquq va majburiyatlarning bajarilishi uchun javobgar emas.

Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga muvof

iq, uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar o‘z

a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi [16]. Shu bilan birga, adabiyotlarda

kasaba uyushmasining xodimning vakilligiga oid faoliyati yuzasidan sudga shikoyat

qilishning imkoni yo‘qligi kasaba uyushmasining o‘ziga salbiy ta’sir qiladi, degan fikr ham

bildirilgan [17].

Kasaba uyushmasida ichki munosabatlarning

huquqiy tartibga solinmasligi o‘z

ustavlari va ma’muriy qoidalarini ishlab chiqish, o‘z vakillarini erkin tanlash, o‘z apparati

va faoliyatin

i tashkil etish va ularning harakat dasturini tuzish huquqini o‘z ichiga olgan

uyushish erkinligi prinsipiga mos keladi, bu XMTning 1948-yil 9-iyuldagi 87-sonli Xalqaro
mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini
himoya qilish to

g

risidagi konvensiyasi ham nazarda tutilgan.

Mehnat kodeksida nazarda tutilgan bir qator hollarda kasaba uyushma

organlarining qarorlari huquqiy oqibatlarga olib keladi. Kasaba uyushmalari ishchilar
huquqlarini amalga oshirishda ishtirok etadilar. Kasaba uyushma organlarining xatti-
harakatlari (harakatsizligi) ustidan har qanday masala yuzasidan emas, faqat qonunda
nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilish mumkin [18]. Amaliyotda kasaba uyushmalari
tarkibidagi ichki nizolarni hal qilish masalalari qonunda ochiq qoldirilgan. Garchand,
kasaba uyushmalarining mustaqillik prinsipiga muvofiq, Kasaba uyushmalari mustaqil

ravishda o‘z ustavlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tashkiliy tuzilmasini belgilaydi,

kasaba uyushmasi organlarini saylay

di, o‘z faoliyatini tashkil etadi, yig‘ilishlar,

shuningdek, boshqa tadbirlar o‘tkazishi belgilangan bo‘lsa

-da, kasaba uyushmalari

tarkibidagi ichki nizolarni hal qilish uchun qonunda aniq javobgarlik choralarini belgilash
lozim, deb hisoblaymiz.

Kasaba uy

ushmalari a’zolarining ijtimoiy va mehnat huquqlari va manfaatlarini

himoya qilish, ularning turmush darajasini yaxshilash, ularning har birini ish bilan

ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalarni, himoya funksiyasini yetarli darajada samarali

amalga oshirmaganligi uchun javobgarlik belgilanishi lozim.

Kasaba uyushmasi organi o‘z vazifasini samarali amalga oshirmasa, uning

javobgarligi unga ishonch bildirmaslik va yangi muddatga saylanmaslik shaklida bo‘ladi.

Kasaba uyushmalari oldida turgan vazifalar soni va murakkabligi har doim ham kasaba

uyushmasi rahbari yoki kasaba uyushma tashkilotining a’zolarining saylangan muddati
tugashini kutishga va kasaba uyushmalari yig‘ilishlarini muddatidan oldin o‘tkazishga

imkon bermaydi. Bu kabi masalalar AQSh korxonalarida, kasaba uyushmasi tashkiloti


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

66

faoliyati ishchilarni qoniqtirmasa, kasaba uyushmalari tarqatish haqida ovoz berishlari

mumkin. Agar ko‘pchilik tarqatish uchun ovoz bersa, kasaba uyushmasi rahbariyat bilan

muzokaralardan chetlatiladi. 70-

yillarning o‘rtalarid

an boshlab tarqatish ovozlari ikki

baravar ko‘paydi va kasaba uyushmalari faoliyatini tan olish va baholash bo‘yicha barcha
ovozlarning 20 foizigacha to‘g‘ri keladi [19].

Xulosalar
Kasaba uyushmalarining huquq ijodkorligi va boshqa yuridik hujjatlarga oid

faoliyatini mazmuniga ko‘ra “bevosita” hamda “bilvosita” turlariga bo‘lgan holda tasniflash

mumkin.

Bunda kasaba uyushmalari tomonidan bevosita qabul qilinadigan huquqiy hujjatlar

shaklida namoyon bo‘lsa, bilvosita huquq ijodkorligi orqali xodimlarning ijtimoiy

-iqtisodiy

huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ

-huquqiy hujjatlar hamda texnik

jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok
etishi hamda xodimlarning ijtimoiy-

iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan

normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ

hujjatlar loyihalari bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi (kelishish)ni keltirish

imiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

https://sdgs.un.org/ru/goals/goal8

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 4-

martdagi “2021 –

2025-

yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF

-

6181-sonli

Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021 y.,

06/21/6181/0182-son.

3.

Profsoyuzi i parlamenti: zarubejniy opit / Mejdunar. otd. ispolkoma VKP [B. m. i.],

1996.

4.

Moxovikova M. deyatenost profsozov Uzbekistana i organov samoupravleniya

grajdan v sfere zanyatosti oxrani trudovi

x prav. Vlast №3. 2013. –

S. 161-163.

5.

Skobelkin V.N., Perederin S.V., Chucha S.Yu., Semenyuta N.N. Trudovoe

protsedurnoprotsessualnoe pravo / Pod red. V.N. Skobelkina. Voronej: Izd-vo Voronej. gos.
un-ta, 2002.

S. 212 - 213.

6.

Korshunova T.Yu. Sotsialnoe partnerstvo: novie podxodi // Chelovek i trud. 2002.

№ 6. S. 62.

7.

Y.Tursunov. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga sharhlar. (ilmiy

-

amaliy, moddalar bo‘yicha sharhlar) T.:Adolat 2015. –

B. 8.

8.

https://www.norma.uz/uz/bizning_sharhlar/korhonaning_lokal_hujjatlari_tugri

_rasmiylashtiramiz.

9.

I.L. Pastuxova. Uchastie profsoyuznix komitetov organizatsiy v sozdanii lokalnix

normativnix aktov.

Vestnik Omskogo universiteta, 2003. №2. S. 116–

119.

10.

Korshunov

a T.Yu. Kommentariy k Federalnomu zakonu «O professionaln

ix

soyuzax, ix pravax i garantiyax deyatelnosti». M.: ZAO «Yuridicheskiy Dom»
Yustitsinform», 2002. S. 49.

11.

Korshunova T.Yu. Kommentariy k Federalnomu zakonu «O professionaln

ix

soyuzax, ix pravax i ga

rantiyax deyatelnosti». M.: ZAO «Yuridicheskiy Dom»

Yustitsinform», 2002. –

S. 52.

12.

Korshunova T.Yu. Uchastie rabotnikov v upravlenii organizatsiey // Chelovek i

trud. 2002. № 7.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

08 (2022) / ISSN 2181-1415

67

S. 39.

13.

https://kasaba.uz/hodimlar-murozhaati-urganib-chiqildi/

14.

Lyutov N. L. Sotsial'nye i trudovye otnosheniya v usloviyakh krizisa: soblyudenie

balansa interesov // Zhurnal rossiyskogo prava.

2016.

№ 1. —

S. 30

38. 8. Malyuk

S. N. Problemy primeneniya norm trudovogo zakonodatelstva i zakonodatelstva o
profsoyuzaxh // Vestnik Omskogo universiteta.

Seriya «Pravo». —

2009.

№ 3 (20). —

S. 102

105.

15.

Zayseva O. B. Osobennosti pravosub

’y

ektnosti professionalnix soyuzov kak

sub’

yektov trudovogo prava // Lex Russica. 2007. T. LXVI.

№ 1. S. 136 ; Snigireva I. O.

Pravovoy status rossiyskix profsoyuzov v sfere truda. Obshaya xarakteristika // Trud i
sotsialni

e otnosheniya. 2013. № 7. –

S. 104.

16.

Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-son.

17.

Lyutov N. L. Kollektivnie dogovorii v Rossii: pravovie problemi // Xozyaystvo i

pravo. 2008. № 1. –

S. 77-78.

18.

L.I.Filyushenko. Nekotorie problemi pravovogo regulirovaniya otnosheniy s

uchastiem profsoyuzov. Aktualnie problemi

Rossiyskogo prava. 2016. № 11 (72) noyabr

.

19.

Vaskov V.S. Problemi pravovogo regulirovaniya otvetstvennosti profsoyuzov //

Sport: ekonomika, pravo, upravlenie. 2008. N 1.

S. 3.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-martdagi “2021 – 2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6181-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021 y., 06/21/6181/0182-son.

Profsoyuzi i parlamenti: zarubejniy opit / Mejdunar. otd. ispolkoma VKP [B. m. i.], 1996.

Moxovikova M. deyatenost profsozov Uzbekistana i organov samoupravleniya grajdan v sfere zanyatosti oxrani trudovix prav. Vlast №3. 2013. – S. 161-163.

Skobelkin V.N., Perederin S.V., Chucha S.Yu., Semenyuta N.N. Trudovoe protsedurnoprotsessualnoe pravo / Pod red. V.N. Skobelkina. Voronej: Izd-vo Voronej. gos. un-ta, 2002. – S. 212 - 213.

Korshunova T.Yu. Sotsialnoe partnerstvo: novie podxodi // Chelovek i trud. 2002. № 6. S. 62.

Y.Tursunov. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga sharhlar. (ilmiy-amaliy, moddalar bo‘yicha sharhlar) T.:Adolat 2015. – B. 8.

I.L. Pastuxova. Uchastie profsoyuznix komitetov organizatsiy v sozdanii lokalnix normativnix aktov. Vestnik Omskogo universiteta, 2003. №2. S. 116–119.

Korshunova T.Yu. Kommentariy k Federalnomu zakonu «O professionalnix soyuzax, ix pravax i garantiyax deyatelnosti». M.: ZAO «Yuridicheskiy Dom» Yustitsinform», 2002. S. 49.

Korshunova T.Yu. Kommentariy k Federalnomu zakonu «O professionalnix soyuzax, ix pravax i garantiyax deyatelnosti». M.: ZAO «Yuridicheskiy Dom» Yustitsinform», 2002. – S. 52.

Korshunova T.Yu. Uchastie rabotnikov v upravlenii organizatsiey // Chelovek i trud. 2002. № 7.

– S. 39.

Lyutov N. L. Sotsial'nye i trudovye otnosheniya v usloviyakh krizisa: soblyudenie balansa interesov // Zhurnal rossiyskogo prava. — 2016. — № 1. — S. 30—38. 8. Malyuk S. N. Problemy primeneniya norm trudovogo zakonodatelstva i zakonodatelstva o profsoyuzaxh // Vestnik Omskogo universiteta. Seriya «Pravo». — 2009. — № 3 (20). — S. 102—105.

Zayseva O. B. Osobennosti pravosub’yektnosti professionalnix soyuzov kak sub’yektov trudovogo prava // Lex Russica. 2007. T. LXVI. № 1. S. 136 ; Snigireva I. O. Pravovoy status rossiyskix profsoyuzov v sfere truda. Obshaya xarakteristika // Trud i sotsialnie otnosheniya. 2013. № 7. – S. 104.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son.

Lyutov N. L. Kollektivnie dogovorii v Rossii: pravovie problemi // Xozyaystvo i pravo. 2008. № 1. – S. 77-78.

L.I.Filyushenko. Nekotorie problemi pravovogo regulirovaniya otnosheniy s uchastiem profsoyuzov. Aktualnie problemi Rossiyskogo prava. 2016. № 11 (72) noyabr.

Vaskov V.S. Problemi pravovogo regulirovaniya otvetstvennosti profsoyuzov // Sport: ekonomika, pravo, upravlenie. 2008. N 1. – S. 3.