Авторы

  • Одил Буриев
    Независимый научный сотрудник, Институт государства и права Академии наук Узбекистана

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp256-261

Ключевые слова:

Авеста Древний Египет Китай Аридуш Очирипта Аваураишта Теория прав человека Теория государства и права История государства и прав Философия Религиоведение История Узбекистана Политология

Аннотация

Содержание данной статьи заключается в том, что в настоящее время реализуется множество реформ, направленных на защиту интересов наших граждан. Поэтому мы можем видеть в «Авесте», как преобладает человеческий интерес. Поскольку книга «Авеста» является первым письменным источником по социальной, политической, экономической и духовной истории, необходимо провести её тщательный анализ, в силу необходимости изучения и анализа правовых источников и систем прошлого. Духовное наследие, оставленное предками, имеет важное значение в принятии законов и правовых документов, касающихся прав и свобод человека в обществе.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Legal provision for glorifying human values in Avesta

Odil BURIYEV

1

Institute of State and Law of the Academy of Sciences of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received June 2022

Received in revised form

25 June 2022

Accepted 25 July 2022

Available online

20 August 2022

The content of this article is that a lot of reforms aid at

protecting the interests of our citizens is currently being

implemented. Therefore, we can see in “Avesta” how the

interests of people prevail. Since the book

Avesta

is the first

written source of social, political, economic and spiritual

history, it is necessary to analyze it carefully, because it is

essential to study and analyze legal sources and systems of the

past. Spiritual heritage left by ancestors is important in

adoption of laws and legal documents related to human rights

and freedoms in the society.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss4-pp256-

261

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Avesta,

Ancient Egypt,

China,

Aridush

malice,

Ochiripta

Avaurayishta

,

theory of human rights,

theory of the state and law,

history of the state and law,

philosophy,

religious studies,

history of Uzbekistan,

political science.

Avestoda

inson

qadri

ulug‘lanishining

huquqiy

ta’minlanishi

ANNOTATSIYA

Калит сўзлар:

“Avesto”,

Qadimgi Misr,

Xitoy, “Aridush” –

g‘araz,

“Ochiripta” “Avauyrayishta”

“Inson huquqlari

nazariyasi”,

“Davlat va huquq

nazariyasi”,

“Davlat va huquq tarixi”,

“Falsafa”,

“Dinshunoslik”,

“O‘zbekiston tarixi”,

“Siyosatshunoslik”.

Hozirgi kunda fuqarolarimizning manfaatlarini himoya

qilishga qaratilgan ko‘plab islohotlar

amalga oshirilib

kelinmoqda.

Shunday ekan, “Аvesto”da inson manfaatining

qanchalik ustun ekanligini ko‘rishimiz mumkin. “Avesto” kitobi

ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy tarixning ilk yozma

manbai bo‘lganligi uchun uni puxta tarzda tahlil etish zarur,

chunki o‘tmishdagi

huquqiy manbalar va tizimlarni, ajdodlar

qoldirgan

ma’naviy merosni

o‘rganish

va tahlil qilish zaruriyati,

jamiyatda inson huquq va erkinliklariga oid qonun va qonunosti

hujjatlarini qabul qilishda muhim ahamiyatga ega.

1

Independent researcher of Institute of State and Law of the Academy of Sciences of Uzbekistan. Termez,

Uzbekistan. E-mail: odilburiov@gmail.com.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

257

Правовое обеспечение человеческого достоинства

в Авесте

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

«Авеста»,

Древний Египет, Китай,

«Аридуш» –

злоба,

«Очирипта»,

«Аваураишта»,

«Теория прав человека»,

«Теория государства и

права»,

«История государства и

права»,

«Философия»,

«Религиоведение»,

«История Узбекистана»,

«Политология».

Содержание данной статьи заключается в том, что в

настоящее

время

реализуется

множество

реформ,

направленных на защиту интересов наших граждан. Поэтому

мы можем видеть в «Авесте», как преобладает человеческий

интерес. Поскольку книга «Авеста» является первым

письменным источником по социальной, политической,

экономической и духовной истории, необходимо провести её

тщательный анализ, в силу необходимости изучения и

анализа правовых источников и систем прошлого. Духовное

наследие, оставленное предками, имеет важное значение в

принятии законов и правовых документов, касающихся прав

и свобод человека в обществе.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga demokratik, huquqiy davlat va ochiq fuqarolik

jamiyati barpo etish, huquqiy tizimni modernizatsiyalashni oliy maqsad qilib qo‘ydi.

Jamiyatning ishonch bilan ulkan maqsad sari harakatlanishi, uning davlatchilik va huquqi

ko‘p ming yillik tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. O‘zbek davlatchiligi va huquqi o‘z

taraqqiyotida beqiyos, takrorlanmas bosqichlarni bosib otdi. Shunday davrdan darak

beruvchi jahon ilmiy tafakkur xazinasidan munosib o‘rin egallagan noyob manbaalar

dan

biri “Avesto”dir. Bugunga kelib, o‘zbek xalqining o‘z ajdodlarining tafakkuri va

ma’naviyatining buyuk merosi –

“Avesto” kitobiga qiziqishi ortib bormoqda, chunki

,

hozirgi davrda inson qadrini ulug‘lash, inson huquqlariga nisbataan hurmat va e’tirof,

hurmat bilan qarash, mustaqqillikni mustahkamlash, milliy davlatchilikni

takomillashtirishga bo‘lgan bir qancha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu ishlarni

amalga oshirish maqsadida “Avesto”da keltirilgan siyosiy

-huquqiy qadriyatlardan unumli

foydalanish mumkin. Zamonaviy davlat asoslariga mos keluvchi davlat va huquq

tuzilmalarini yaratish va takomillashtirishda “Avesto”da keltirilgan qadriyatlardan

foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

“Avesto”da yoshlar va o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari huquqlariga

oid

g‘oyalarga, ularning tarbiyasiga katta e’tibor berilganligi hisobga olinsa, maskur asarning

hozirda ham qanday sermazmun ahamiyat kasb etayotganligini e’tirof etish mumkun

bo‘ladi. Bu muqaddas kitobda keltirilgan qadriyatlar milliy istiqlol g‘oyasi as

oslarini

shakillantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi

.

“Avesto” da inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalarning vujudga kelishi bilan bog‘liq

masalalar alohida ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘lmagan. Shu sababli O‘zbekiston

Respublikasida qonun ustivorligini ta’minl

ash va sud

huquq tizimini yanada isloh

qilishning ustivor yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarish inson huquqlarini hamda inson

qadrini davlat va jamiyatda yanada nufuzli o‘ringa qo‘yilishini taqozo etmoqda.

TAHLIL VA NATIJALAR.

O‘zbek xalqining davlat va h

uquqi Qadimgi Misr va Xitoy bilan bahslasha oladigan

ko‘p ming yillik tarixga ega. Mustaqillik o‘zbek xalqiga o‘z tarixi, madaniy va ilmiy

merosini o‘rganish, haqqoniy tarixni idrok etish va tarixiy xotirani shakillantirish


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

258

imkoniyati yaratildi. Davlatning tarixiy ildizlarini, u qanday sharoitlarda paydo

bo‘lganligini, qanday rivojlanganligini va zamonaviy voqelikda qanday mazmun kasb

etganligini bilmasdan turib, sivilizatsiya hodisasi sifatida davlatni ilmiy tushunish

mumkin emas.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston hududidagi sivilizatsiya jarayonlari va muayyan

nazariyalar doirasida davlatchilik paydo bo‘lishi, inson huquqlari g‘oyasi tarixini
o‘rganish endigina boshlandi. Kishilik jamiyati taraqqiyotini o‘rganishda inson huquqlari

so

hasidagi g‘oyalar rivojini tatbiq etish masalalarida yagona yondashuv mavjud emas.

Sivilizatsiya hodisasi sifatida qadimgi O‘zbekistonda davlatchilik va inson huquqlari

taraqqiyoti tajribasini tahlil etish hududimizda qadimgi davlatchilik va huquqning hali

noma’lum bo‘lgan jihatlariga e’tiborni qaratish imkonini beradi. Shuni alohida ta’kidlash
zarurki, qadimgi O‘zbekiston sivilizarsiyasi nafaqat o‘zbek xalqining ajdodlari, balki O‘rta

Osiyodagi boshqa xalqlarning ajdodlari tomonidan yaratilgan: Hindiston, Eron, Xitoy,

Yunoniston va Buyuk Dashtning qadimgi xalqlari ham unga o‘z hissalarini qo‘shgan.
Karvon yo‘llari yoqasida joylashgan O‘zbekistoning qadimgi davlatchiligi tashqaridan
bo‘ladigan ta’sirga uchrashi, shuningdek, o‘zi ham o qo‘shni hududlarga ta’s

ir etmasligi

mumkin emas edi.

Davlatchilikni va inson huquqlari g‘oyasining kelib chiqishi to‘g‘risidagi masala

tarix va yuridik fandagi munozarali masalalardan biridir. Davlat va huquqning paydo

bo‘lishini turlicha tushuntiruvchi ko‘plab nazariyalar mavjuddir. “Avesto” o‘z davrida
ham, hozir ham inson huquqlari, inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladi. Davlat va huquq

hodisalarining vujudga kelishi va taraqqiyotining turli tarzda talqin etilishi, quyidagilar
bilan belgilanadi:

birinchidan,

davlat va hu

quqning vujudga kelish jarayonining o‘zi murakkab va

serqirra ekanligi;

ikkinchidan,

tadqiqotchilarning tafakkuri, e’tiqodi, manfaatlari va boshqa

sub’yektiv omillar bilan bog‘liqligi;

uchinchidan,

u yoki bu nuqtai nazarga tayangan holda davlat va huquqning

dastlabki vujudga kelishi to‘g‘risidagi masalalarning buzib talqin etilishi urug‘
jamoasining tabiiy rivojlanishi natijasida ko‘pgina yangi oila –

urug‘ jamoalari vujudga

kelgan. Bu esa ancha yirik ijtimoiy ittifoqlar va qabilalarning, ba’zan esa qab

ilalar

ittifoqining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Qabila, odatda, o‘z hududiga, nomiga, tiliga, diniy

va urf-

odatlariga ega bo‘lgan. Tahlillar “Avesto”da tasvirlangan va O‘zbekiston hududida

shakllangan ilk davlatchilik va inson huquqlari asoslarining vujudga kelish jarayonini uch

davrga bo‘lish imkonini beradi:

birinchi davr, eng qadimgi davr bo‘lib, bunda adolat va inson qadri ulug‘langan

hamda insoniy baxt-

saodat hukmron bo‘lgan. Demak, inson huquqlari bu davrda hech

qanday cheklovlarga ega bo‘lmagan;

ikkinchi davr

yaxshilik ruhlari bilan yomonlik ruhlari o‘rtasidagi adolar uchun

kurash davri. Bu davrda inson huquqlari g‘oyasiga putur yetgan, keskin ravishda

insonning holati, qadr-qimmati va uning huquqlarini himoyalash qiyinlashgan ;

uchichi davr

aql

idrok va adolat tantana qilib, dehqonlar badavlat, davlatning

siyosiy va qonunchilik tizimi mustahkam bo‘lishi uchun “yaxshilik ta’limining va
sadoqatning amalga oshishi uchun yaxshi hokimlar hukm yuritganlar”. Demak, bu davrga

kelib, inson qadri ham

da inson huquqlari jamiyatda tiklanib, o‘zining asl holatiga, ya’ni

ta’minlanganlik maqomiga ega bo‘lgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

259

Inson huquqlariga hamda uning qadr-

qimmatiga nisbatan hurmat va e’tirof bilan

qarash, mustaqillikni mustahkamlash, milliy davlatchilikni takomillashtirish kabi

sermazmun ishlarda “Avesto”da keltirilgan siyosiy

- huquqiy qadriyatlardan unumli

foydalanilmoqda.

O‘rta Osiyo xalqlarining tarixi ushbu hududda shakllangan va davlatchilik hamda

huquqiy tizmining rivojlanishiga katta hissa qo‘hgan muqaddas kitob

“Аvesto” bilan

chambarchas bog‘liqdir

.

Maskur asar dunyoga mash’hur bo‘lib, davlat tuzilmalarining

vujudga kelishi, ularning rivojlanishi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Dunyo
svilizatsiyasi tarixida mazkur asarning tutgan o‘rni beqiyosdir. Avesto‘’

da inson qadri

ulug‘lanib,

insonni

huquq

va

erkinliklari

,

oilaviy-huquqiy

munosabatlar

mustahkamlangan bo‘lib, asosiy e’tibor nikoh tuzish zaruriyati, bola huquqlarining

himoyasi, nikohni bekor qilish shart-sharoitlari, er-xotinning huquq va majburiyatlari,

ular o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarga qaratilgan. “Avesto”da keltirilgan bitiklarda
xalqning qadim o‘tmishida inson huquqi va qadri, oila, oila –

nikoh munosabatlari yuksak

qadriyat sifatida ulug‘langan. Zardushtiylikning bu muqaddas kitobi hozirgi kund

a ham

inson huquqi va oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishda qimmatli manba

bo‘lib xizmat qilishi mumkin. “Avesto‘’da mustahkamlangan va ilgai surilgan inson

huquqi va qadri, oilalarga hamda ayollarga samimiy hurmat, bolalarni dildan sevish,
yetimlarga muruvvat, mehr-

shavqatlilik, oila mustahkamligi uchun qayg‘urish

, farzandlar

kamoli va sog‘lom hamda barkamol avlod uchun kurashish va boshqa shu kabi chuqur
ma’noga ega bo‘lgan g‘oyalar O‘zbekiston milliy –

huquqiy tizimiga singdirilgan.

Hoz

irgi vaqtda ilmiy tadqiqotlarni olib borayotgan izlanuvchilar “Avesto”ni inson

qadriga, insonning tabiatiga va jamiyatga hukmdorlarga, bir-

biriga bo‘lgan munosabati,

xatti-harakati, huquqiy harakatlarini tartibga soluvchi huquqiy manba ekanligi, undan
tabiat kuchlariga qarshi jinoyatlar, dinga qarshi jinoyatlar, oilaga qarshi jinoyatlar,

mulkiy jinoyatlar mavjud bo‘lganligi, ularga qarshi jismoniy jazo, qamoq, gunohni yuvish,
qondoshlik o‘chi hamda o‘lim jazosi berilishi, jinoyat prosessining ob’yekti va sub’yekti
masalalarini keng ko‘lamda ochib berishlari talab etiladi.

Bunda ular quyidagilarga e’tibor qaratib, tadqiqotlarni olib borishlari maqsadga

muvofiqdir:

“Avesto” mavjud bo‘lgan davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy tuzum va huquqiy

tizimni atroflic

ha o‘rganish;

Turonda ilk vujudga kelgan davlatlar qonunchiligida mujassamlangan davlat va

huquq masalalari, hokimiyatni egallash, uni mustahkamlash borasidagi g‘oyalarni
o‘rganish;

O‘zbekiston davlatchilik tajribasi asosida mavjud bo‘lgan siyosiy

-huquqiy

masalalarni atroflicha o‘rganish, unga ob’yektiv baho berish;

Mustaqil davlatchilikni shakllantirishga qaratilgan tarixiy-

huquqiy ta’limotlarni

chuqur ilmiy-tizimli tahlil etish;

“Avesto”ning qadimgi tarix bo‘yicha noyob yuridik manba ekanligini e’tirof et

gan

holda inson huquqlari to‘g‘risidagi ilk g‘oyalarni tahlil etish orqali zamonaviy inson
huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilish bo‘yicha yechim va tadbirlarni ishlab

chiqish;

“Avesto”dagi “Aridush”

-

g‘araz bilan qilingan jinoyat, “Ochiripta” –

qasddan

qilingan jinoyat, “Avauyrayishta” –

jahl ustida qo‘liga qurol olib urmoqchi bo‘lgan shaxs

jinoyatlarining mohiyatini ochib berish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

260

“Avesto”da fuqarolik, jinoyat huquqi sohalari va ayollar, bolalar huquqlarini tahlil

etishning dolzarbligini huquqiy tomondan asoslab berish;

ilmiy-

nazariy tahlil asosida O‘zbekiston xalqlarining qadimda ham inson

huquqlariga, inson qadrini ulug‘lash hamda huquqqa oid g‘oyalarni chuqur o‘rganish

asosida zamonaviy davlatchilik va huquqiy tizimni rivojlantirish hamda

takomil

lashtirishga yo‘naltirilgan taklif va mulohazalarni berish;

“Avesto” g‘oyalarining davlatchilik shakllari –

“nmanya”, “vis’, “zantu”, “dax’yu”

tushunchalarining tub mohiyatini ochib berish va shu bilan ularni inson qadriga, inson

manfaatlariga, inson huquq

lariga oid g‘oyalarga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish.

Shuni ta’kidlash lozimki, “Avesto”da va boshqa ilmiy manbalarda qadimgi

O‘zbekiston hududida nainki davlatchilikka oid turli xil tushuncha va atamalar, balki

inson huquqlariga oid inson qadrini

ulug‘lashga oid g‘oyalarning zardo‘shtiylik dini bilan

chambarchas bog‘liq ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

O‘zbekiston davlatchiligi va inson huquqlarilarini o‘rganish metodologiyasini

shakllantirish eng dolzarb muammolardan, hozirgi ijtimoiy-yuridik fanlar doirasida eng kam

tadqiq qilingan soha hisoblanadi. “Avesto” kitobi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy

tarixning ilk yozma manbasi bo‘lganligi uchun uni puxta tarzda tahlil etish zarur.

Unda keltirilgan xulosalardan “Inson huquqlari nazariyasi”, “Davlat va huquq

nazariyasi”, “Davlat va huquq tarixi”, “Falsafa”, “Dinshunoslik”, “O‘zbekiston tarixi”,

“Siyosatshunoslik” fanlarini o‘qitishda, ushbu fanlarning zardo‘shtiylik dini va “Avesto”ga

oid qismlarini yozishda, risolalar va tezislar chop

etishda, barcha o‘quv yurtlari, ayniqsa,

yuridik yo‘nalishdagi o‘quv yurtlarida, malaka oshirish kurslarida, semenarlar tashkil

qilishda foydalanish mumkin. Mazkur nodir manbani o‘rganish, uning g‘oyalarini ilmiy

tahlil etish, shu bilan bir qatorda inson

huquqlari, inson qadrini ulug‘lash bugungi

kunning dolzarb vazigalaridan biridir.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, “Avesto” bundan 3000 yil oldin yashab o‘tgan xalqlarning

ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy-

ma’naviy hayoti

uchun beqiyos ahamiyat

kasb etgan. ”Avesto”da mujassamlangan qoidalar, nafaqat O‘zbekiston xalqlari, shu bilan

birga Yevropa, aynan yunon-rim xalqlarining madaniyati va turmush tarziga hamda

inson qadr-

qimmatiga, inson huquqlari g‘oyasiga katta ta’sir ko‘r

satgan.

Inson huquqlarining 3 ta davrga bo‘linishi “Avesto”da farazli maqomga ega bo‘lib,

uning eng asosiy mazmuni inson qadr-

qimmati va uning baxtini ifodalashdir. ”Avesto”

barcha odamlar u dunyoda emas, balki shu foniy dunyoda baxtli bo‘lishini ta’kidlay

di.

Insoniyat svilizatsiyasi tarixida “Avesto”ning tarixiy ahamiyati shundan iboratki, uning

asosida insonning qadr- qimmati, uning adolatli va huquqiy turmush tarsi yotadi. Inson

to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish uning qadr

-

qimmatni yuksaklarga ko‘tarish, in

sonning

ijtimoiy-

siyosiy va iqtisodiy g‘oyalari “Avesto”ning asosiy mohiyatini kasb etadi. Uning

diniy

huquiy qoidalari orqali inson, davlat, jamiyat hayotining barcha jabhalarining

mukammal ravishda huquqiy tartibga solingan. Unda zamonaviy huquq tizimining barcha

huquq sohalari va instutlariga xos bo‘lgan normalar uchraydi.

Hozirgi Yangi O‘zbekistonda o‘zgartirilaytgan O‘zbekiston Konstitutsiyasida

muhim o‘rin tutgan inson qadr

-

qimmati “Avesto”da ham insonning qadr

- qimmati, uning

hayoti va sog‘lig‘i s

haxsning bebaho boyligi hisoblanadi va uning bu boyliklardan

mahrum etilishi, yoki, ularga shikast yetkazish shaxs uchun fojia hisoblanadi. Unda inson

sog‘lig‘i va hayotiga hamda inson qadr –qimmatiga qarshi bo‘lgan jinoyatlar batafsil

toifalashtiriladi hamda shunga mos jazo choralari belgilangan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

3

4 (2022) / ISSN 2181-1415

261

O‘zbekiston Konstitutsiyasida “Inson va uning qadr

-

qimmati” degan ulug‘

tushuncha markaziy o‘ringa qo‘yilgan

. 2022-

yil esa “Inson qadrini ulug‘lash yili”, deb

bejiz qo‘yilmagan. Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, “Avesto” o‘z davri uchun,

hozir ham xalqimiz ongida inson huquqlari va erkinliklarini, hamda uning qadr-

qimmatini ulug‘lash va ta’minlashga xizmat qiladigan

,

uning g‘oyalari insonparvarlik,

adolatparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligini inob

atga olib, uning vujudga kelishi,

taraqqiyotini, g‘oyalarini keng ilmiy tadqiqot ob’yektiga aylantirish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Karimov

I.A. “O‘zbekistonning siyosiy

-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy

tamoyillari”. T.

,

O‘zbekist

on. 1995-yil.

2.

Turg‘unov Murodjon. “Avesto” Zardo‘shtiylikda ayollar va bolalar huquqlarining

ifodalanishi”. O‘zbekiston I.I.V. Akademiyasi. T.

, 2016-yil.

3.

Homidov Homidjon. “Avesto”ning fayzlari”. T.

, 2001-yil.

4.

Turg‘unov Murodjon. “Avesto”da inson huquqlari

to‘g‘risidagi g‘oyalar”.

O‘zbekiston I.I.V.

Akademiyasi. T. 2014-yil.

5.

Turg‘nov Murodjon. “Avesto” va inson huquqlari: tarixiy

-huquqiy yodgorligi.

6.

“Avesto” O‘rta Osiyo tarixini o‘rganish bo‘yicha eng qadimgi yozma manba”.

Jizzax DPI

28.01.2020-yil.

7.

Qosim

ov Sarvar. “Avesto” ilmiy

-

madaniy manba sifatida”. 18.07.2018

-yil.

8.

Rahmonov Nuriddin. “Avestoning paydo bo‘lishi”. O‘zbekiston ovozi

26.08.2001-yil.

9.

Ravshanova Dilrabo-

“Avesto”

-

zardo‘shtiylikning muqqadas kitobi sifatida”.

Namangan DPI.

10.

“Avesto” // O‘zb

ekiston Milliy Ensiklopediyasi. T-1/. Toshkent

2000-y.

Библиографические ссылки

Karimov I.A. “O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari”. T. O‘zbekiston. 1995-yil.

Turg‘unov Murodjon. “Avesto” Zardo‘shtiylikda ayollar va bolalar huquqlarining ifodalanishi”. O‘zbekiston I.I.V. Akademiyasi. T. 2016-yil.

Homidov Homidjon. “Avesto”ning fayzlari”. T. 2001-yil.

Turg‘unov Murodjon. “Avesto”da inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalar”. O‘zbekiston I.I.V.Akademiyasi. T. 2014-yil.

Turg‘nov Murodjon. “Avesto” va inson huquqlari: tarixiy-huquqiy yodgorligi.

“Avesto” O‘rta Osiyo tarixini o‘rganish bo‘yicha eng qadimgi yozma manba”. Jizzax DPI – 28.01.2020- yil/

Qosimov Sarvar. “Avesto” ilmiy-madaniy manba sifatida”. 18.07.2018 yil.

Rahmonov Nuriddin. “Avestoning paydo bo‘lishi”. O‘zbekiston ovozi- 26.08.2001- yil.

Ravshanova Dilrabo- “Avesto”-zardo‘shtiylikning muqqadas kitobi sifatida”. Namangan DPI.

“Avesto” // O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. T- 1/. Toshkent – 2000 y.