Авторы

  • Ориф Эргашев
    Национальный Центр Археологии Академии наук Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss10/S-pp249-256

Ключевые слова:

восстановление раннежелезный век Ташкентский оазис Андроновская культура Бургулюкская культура Тазабагябская культура курганы жилище землянки

Аннотация

Данная статья посвящена истории изучения археологических памятников эпохи бронзы и раннежелезного века Ташкентского оазиса. В нем освещена результаты истории археологических исследование проведенных с конца XIX - по начало XXI веков. Также частично описаны социально-экономические проблемы этих периодов.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

History of study of the monuments of paleometallic era of
the Tashkent oasis

Orif ERGASHEV

1

National Center of Archeology of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2022
Received in revised form

25 September 2022

Accepted 20 October 2022

Available online

25 November 2022

This article is devoted to the history of the study of

archaeological monuments of the Bronze Age and Early Iron

Age of the Tashkent oasis. It highlights the results of the history
of archaeological research carried out from the late XIX

early

XXI centuries. The socio-economic problems of these periods

are also partially described.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss10/S-pp249-256

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Bronze Age,

Early Iron Age,

Tashkent oasis,

Andronovo culture,
Burguluk culture,
Tazabagyab culture,

burial mounds,

dwelling house.

Toshkent vohasining paleometall davri yodgorliklarining

o‘rganilish tarixi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

bronza davri,

ilk temir davri,

Toshkent vohasi,

Andronov madaniyati,
Burgulik madaniyati,
Tozabo

g‘

yob madaniyati,

qabr-

qo‘rg‘on, yerto‘la uylar.

Ushbu maqola Toshkent vohasining bronza va ilk temir davri

arxeologik yodgorliklarining o‘rganilish tarixiga bag‘ishlangan.

Unda XIX asrning oxiridan XXI asrning boshlarigacha amalga

oshirilgan arxeologik tadqiqot ishlarining natijalari yoritilgan.
Shuningdek, mazkur davrlar ijtimoiy-iqtisodiy masalalari ham

qisman bayon qilingan.

1

National Center of Archeology of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2022) / ISSN 2181-1415

250

История изучения

памятников палеометаллической

эпохи Ташкентского оазиса

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Бронзовый век,
раннежелезный век,
Ташкентский оазис,

Андроновская культура,
Бургулюкская культура,
Тазабагябская культура,

курганы, жилище
землянки.

Данная

статья

посвящена

истории

изучения

археологических

памятников

эпохи

бронзы

и

раннежелезного века Ташкентского оазиса. В нем освещена
результаты

истории

археологических

исследование

проведенных с конца XIX –

по начало XXI веков. Также

частично описаны

социально

-

экономические проблемы

этих периодов.

O‘rta Osiyo hududida bronza davri jamiyat taraqqiyoti notekis kechganligi bilan

tavsiflanadi. Mintaqaning sug‘orma dehqonchilik erta qaror topgan janubiy o‘lkalarida

bronza davrining ilk bosqichidan sivilizasiya ancha erta qaror topgan Qadimgi Sharq
markazlariga xos ixtisoslashgan ishlab chiqarish, stratifikasiyalashgan jamiyat

taraqqiyotiga ega bo‘lgan ilk shahar (Oltintepa) madaniyatining qaror topishi kuzatiladi

[V.M. Masson 1981]. Bronza davrining keyingi bosqichlarida mazkur jamiyatning yanada

taraqqiy etishi (Gonur, Jarqo‘ton) jaryoni kechgan [V.I.

Sarianidi 2006; A.A. Askarov,

T.Sh.

Shirinov 1993]. Bu davrda O‘rta Osiyoning shimoliy qismida Kaltaminor

madaniyatining inqirozi va uning

o‘rnida bronza davri o‘troq jamoasi madaniyatlarining

vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.

Bizga ma’lumki, mil. avv. III

-II ming yillikda Yevrosiyo hududi quruqlashib borishi

natijasida mintaqaning shimoliy qismida yashagan ko‘chmanchi chorvachilik xo‘jali

gi

bilan kun kechirgan Srub-Andronov madaniyatiga mansub aholining janubga tomon

siljishi sodir bo‘ladi. Ushbu jarayon ayniqsa, mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmidan
kuchayib, Andronov madaniyatiga oid aholining O‘rta Osiyo hududiga ko‘chib kelish

jarayoni jadallashadi.

Yevrosiyoning bronza davri dasht hududiga xos chorvador qabilalar madaniyati

Amudaryoning Oqchadaryo o‘zani hududida [M.A.

Itina 1977], Farg‘onaning janubi

-

g‘arbida [B.A.

Litvinskiy, A.P. Okladnikov, V.A. Ranov, 1962] Zarafshon vohasida

[A.A. Asqarov 1969, 1970; A.I. Isakov, T.M. Potemkina 1989; S. Bostonguxar

(Bobomulloev) 1998] Murg‘ob vohasining shimoli

-

g‘arbiy yerlarida [V.I.

Sarianidi 1975],

Janubiy Tojikiston hududida [L.T. Pyankova 1989, M.N. Vinogradova 2004;
M.N. Vinogradova, Yu.G. Kutimov 20018] va boshqa joylarda tarqalgan.

Yevrosiyoning shimoliy qismidagi ko‘chmanchi chorvador aholi bilan janubiy

o‘troq dehqonchilik o‘lkalari aholisi chegarasida joylashgan Toshkent vohasi muhim rol
o‘ynagan deb aytsak adashma

ymiz. Ushbu hududda bronza davriga oid moddiy

madaniyat yodgorliklarini turli xilda topilgan moddiy ashyolar, ayrim qabr-

qo‘rg‘onlar

hamda kam sonli aholi uy-joylarida k

o‘

rish mumkin.

Toshkent vohasi joylashuvi va tabiatining qulayligi bu hududda qadimdan insonlar

tomonidan o‘zlashtirilishiga sabab bo‘lgan. Vohadan oqib o‘tuvchi Ohangaron

daryosining qadimda sersuvligi, atrofida unumdor vohalar va turli yovvoyi hayvonlarga

boy to‘qayzorlar bilan o‘ralganligi insonlar uchun qulay sharoitlar yaratgan. Shu sab

abli

bugungi kundagi Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududida bronza davriga oid ko‘plab
yodgorliklar o‘rganilgan.

Toshkent vohasining bronza davriga oid moddiy madaniyat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2022) / ISSN 2181-1415

251

yodgorliklarini o‘rganish O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilganidan keyin

boshlangan.

XIX asrning oxiriga oid Chirchiqning yuqori oqimida oltin mavjudligi to‘g

‘risida xabar topgan Nikolay 1898

-

yilda Chimboyliq va Soyliq qishloqlari o‘rtasida

joylashgan Akrom ovulda amalga oshirgan shurflash ishlari natijasida “Chimboyliq
xazinasi” nomi bi

lan fanga kirgan bolta, bargsimon pichoq, bigiz va 585 gramm bronza

yombisi o‘rin olgan moddiy ashyolarni topgan.

O‘zbekiston xalqlari muzeyida saqlangan mazkur moddiy ashyolarni keyinchalik

M.E.

Vorones o‘rganib chiqib, ularning bronza davriga oidligini a

niqlagan. Xazina

tarkibidagi bolta va bronza yombini E.E. Kuzmina Srub madaniyatining yakuniy bosqichi
bilan sanalab, Toshkent vohasi Qoramozor metall konlariga asoslangan alohida
metallurgiya markazini tashkil etganligini bildirgan.

1927-yilda Toshkentnin

g sharqida o‘z davrida “Nikiforov yerlari” deb yuritilgan

joyda (hozirgi Do‘rmon) yer ishlari mutaxassisi I.A.

Anboev qishloq xo‘jalik yerlarini

tekislash paytida yerdan 1,85 sm. chuqurlikda joylashgan buzilgan qabrga duch kelgan.
Undan marhum bilan birga

qo‘shib ko‘milgan bir dona sopol kosa chiqqan. Sopol buyum

qo‘lda yasalgan, sirtiga taroqsimon naqsh solingan, bo‘g ‘zidan pastida uch qator siniq

chiziqlar va ulardan pastda uchburchak hosil qilgan egri-bugri naqsh chizilgan. Ushbu
sopol buyumi bronza dav

ri Tozabog‘yob madaniyatiga oid yodgorliklardan topilgan

sopollardan shakli jihatdan ham, sirtiga chizilgan naqshiga ko‘ra ham hech qanday farq

qilmaydi.

1937-yili G.V.

Oboldueva Yangiyo‘l shahri yaqinida, Chirchiq daryosi o‘ng

sohilining baland qismida joylashgan bronza davriga oid qabrni (balandligi 3 m, diametri
8-

metr) qazib o‘rgangan. Qabrda yosh bola o‘ng biqini bilan g‘ujanak yotgan holatda

qo‘milgan mayitning bosh qismidan qo‘lda yasalgan chuqur kosa topilgan. Kosa qizg‘ish

-

jigarrang loydan og‘zi ke

ng, tagi yassi qilib yasalgan. Qabrda boshqa topilma uchramagan.

Sopol buyumini tadqiqotchi mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmi bilan davrlashtirgan.

1940-yilda A.I. Terenojkin Toshkent kanali qurilish hududining bir nechta joyidan

bronza davriga oid sopol parchalari, bronzadan yasalgan turli xil buyumlarni topib

o‘rgangan. Ulardan O‘rtasaroy qishlog‘i yaqinidagi 7

-

punktidan topilgan keng tig‘li pichoq

va uzun bigizlarni tadqiqiqotchi mil. avv. II ming yillikning birinchi yarimi bilan
davrlashtirgan.

Tadqiqotchi Beshboy qishlog‘i janubidagi 14

-punktida aniqlangan

qabrdan chiqqan ikki dona sopolni, Qoratosh qishlog‘i yaqinidagi 36

-punktidan topilgan

bir dona sopolni, o‘z davrida Orexov nomi bilan yuritilgan qishloqdagi 16

-punktidan

topilgan kelt (bolta

) va Angar qishlog‘idagi 12

-punktidan topilgan kamon paykonini

bronza davrining ikkinchi yarmi bilan davrlashtirib, ularni Andronovo madaniyatining

O‘rta Osiyo turiga mansub, deb hisoblagan. Ulardan 14

-punkt sopollari yasalish usuli va

sirtiga chizilgan naqshlari bilan quyi Amudaryo hududidagi s

o‘

nggi bronza davriga oid

Tozabog‘yob madaniyati yodgorliklaridan topilgan sopollardan unchalik ham farq

qilmaydi.

1945-

yilda Chotqol daryosining o‘ng sohilda joylashgan Obirahmat qishlog‘ida

yerni portlatish paytida geolog G.G.

Grushin yer ustidan to‘rt dona bilakuzuk topib oladi.

Bu paytda Chimboyliqda tekshirish ishlarini olib borayotgan M.E. Vorones va

T.Mirg‘iyosovlar mazkur topilma joyini tekshirib, ustiga tosh terilgan bir nechta qabr

-

q

o‘

r

g‘

ondan odamlarning suyagi, sopol buyumlar va metall buyumlarini aniqlagan.

Topilmalarni M.E.Vorones mil. avv. XII-XI asrlar bilan sanalagan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2022) / ISSN 2181-1415

252

Chirchiq daryosining yuqori oqimi

o‘

ng sohilida, Chirchiq temir y

o‘

li b

o‘

yida

Iskandar qishlo

g‘

ida Andronov madaniyatining Fedorov bosqichiga oid bronzadan quyib

yasalgan 5 dona bilakuzuk topilgan. Bilakuzuklar novsimon shaklda yasalib, konussimon
shoxchalariga ega b

o‘

lgan.

1967-

yilda O‘zR FA Tarix va arxeologiya instituti Bo‘zsuv arxeologik ekspedisiyasi

tomonidan Toshkentdan 20-25 km shimoli-sharqda Qoraqamish anhorining boshlanishi

Yonariq degan joyda joylashgan Serkali makoni topib o‘rganilgan.

Yodgorlikda

tadqiqotchilar jami 14-15 dona bezakli va bezaksiz idishlardan iborat 170 dan ortiq sopol
parchalarini terib olishgan. Ularni tadqiqotchilar Andronov madaniyatining Alakul
bosqichi bilan davrlashtirgan. Sopollar asosan yassi tagli va qisman dumaloq tagli

nusxalari ham uchraydi. Sopollar bronza davriga xos bo‘lgan tasma usulida ishlangan.
Ularning ba’zilarini sirtiga naqsh chizilgan. Na

qshlar besh qator egri-buri chiziqlardan

iborat. Shuningdek,

naqshlar orasida katta tishli shtamp bilan qo‘llaniladigan archa

bezaklari bilan bezatilganlari uchraydi.

Yodgorlikda o‘sha davrga tegishli bironta ham

nafis qilib ishlangan qozonlar uchramaydi. Hayvonlarning suyagi va bronza buyumi,

xususan, taqinchoq bo‘lagi ham topilgan.

Naqshli sopollar mil.avv. II ming yillikning

ikkinchi yarmi bilan davrlashtirilgan.

Sopol buyumlari “Nikiforov yeri” qabridan topilgan

sopol buyumidan unchalik ham farq qilmaydi.

1970-yilning oxirida Chirchiq daryosining yuqori oqimi hududida Chorvoq suv

omborining barpo etilishi munosabati bilan O‘z FA Tarix va arxeologiya instituti va
O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi yangi qurilish hududida tadqiqot ishlarini olib

borishdi. Tadqiqotlar davomida ushbu hududda 150 dan ortiq qadimiy yodgorliklar shu
jumladan ochiq makonlar topib tekshirildi. Chotqol vodiysining quyi qismi va
Chirchiqning yuqori qismi 1950

1951-yillar Toshkent davlat universiteti arxeologiya

kafedrasi t

omonidan o‘rganilgan. 1954 yoki 1955

-

yil O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi

Arxeologiya va tarix instituti ushbu hududdan bronza buyumlar, shu jumladan nayzaning

uchi, o‘qlar uchlari

va ot jabduqlar topib o‘rganilgan.A. I. Terenojkinning fikriga ko‘ra, bu

topilmalar bronza davrining yakuniy bosqichiga tegishlidir. Shuningdek, ushbu hududda
bir nechta (1-5) qabr-

qo‘rg‘onlar o‘rganilgan. Ulardan 5

-raqamli qabr-

qo‘rg‘onni qazish

natijasida bronzadan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilib, tadqiqot xulosalariga

ko‘ra

ularning Andronov, Karasuk, Amirabod madaniyatlari bilan yaqinligi ta’kidlangan.

1972-yilda Yu.F.

Buryakovning daryoning o‘ng qirg‘og‘ida qazish ishlari olib

borgani uni keyingi o‘rganishga turtki bo‘ldi. Ohangaron yarim qazilma, plani oval boʻlib,

m

adaniy qatlami 1 m chuqurlikka choʻzilgan. Zaminda turli xil dizayndagi foydali

chuqurliklar va o‘choqlar topilgan. Yarim qazilma toʻldirishda Burgulyuk tipidagi sopol
buyumlar parchalari, shlak, bronza oʻroq parchasi topilgan.

1974-1977-

yillarda O‘zR FA A

rxeologiya instituti Shosh-Iloq ekspedisiyasi

Tuyabo‘g ‘iz suv ombori hududida tizimli ravishda qazuv ishlari olib borilgan.

1976

1977-

yillarda daryoning chap qirg‘og‘ida Ohangaron 1a qazishma joyida ikkita

birlashtiruvchi yarim chuqurchadan iborat ikki xonali turar-joylar topilgan. Amalga

oshirgan qidiruv ishlarida Burgulik madaniyatiga oid 4a ob’yekt yaqinidan taxminan 5 ta

buyumga tegishli 25 dona sopol parchalari terib olingan. Topilmalarga asoslanib bu joy
suv ombor yuvib yuborgan qadimgi manzilgohnin

g o‘rni bo‘lishi mumkin deya taxmin

qilingan. Sopollarning ko‘pchiligi sirtiga tig‘li narsa bilan naqshlar chizilgan. 12X16 m
o‘lchamdagi kichik maydonda topilgan keramika bo‘laklari deyarli barchasi shunchalik

kichikki, ular shaklini tiklashga imkon bermaydi. Sopollar sirtiga chizilgan naqshlarda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2022) / ISSN 2181-1415

253

archa nina barglari hamda gorizontal shakldagi zigzaglardan iborat. Tadqiqotchi ushbu

sopol parchalarini quyi Amudaryo yerlarida tarqalgan Tozabog‘yob madaniyati sopollari

bilan bir xilligi va xronologik jihatdan

yaqin bo‘lganligi haqida xulosalar qiladi.

Mingo‘rik manzilgohi yaqinida Chiliduxtarontepa qabristonida Andronovo

madaniyatiga oid uchta chuqur qabr o‘rganilgan. Ulardan yassi tagli sopollar, munchoq va

bronza taqinchoq topilgan. Shoshtepa manzilgohidagi Burgulik madaniyatiga oid sopollar

orasida uchragan sirtiga tishsimon, tirnoqsimon va egri o‘yma naqsh chizilgan sopollarni

tadqiqotchi mil. avv. X-VIII asrlarga oid Begazi-Dandibay madaniyati materiallari bilan

o‘xshashligini ta’kidlagan. S

hoshtepa manzilgohining aralashgan madaniy qatlamidan

sochga taqiladigan aylana shaklli oltindan yasalgan baldoq (diametri 1,9 sm) topilgan. Bu

topilma mil. avv II ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi yarmi bilan sanalangan.

XX asrning 60-yillarida Toshke

nt viloyati janubiy tumanlarining qishloq xo‘jalik

yerlarini suv bilan ta’minlash maqsadida qurilgan Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududi

Burgulik madaniyatini o‘rganish maydoniga aylanadi. 1971

-yilda V.I. Sprishevskiy

rahbarligidagi O‘zFA Arxeologiya instituti S

hosh-Iloq otryadi suv ombor hududida

joylashgan Kindiktepa manzilgohining arkida qazishma ishlarini olib borib, Burgulik

madaniyatiga oid yarim yerto‘la uylarga duch kelgan. 1972

-yili Yu.F. Buryakov mazkur

manzilgohning arki va shahristonida qazishma ishlarini olib borish jarayonida ularning

pastki qatlamida yarim yerto‘la uy

-

joylarni qazib o‘rgangan. Ulardan sirtiga naqsh

chizilgan dumaloq tagli sopol buyumlar, chumakli qozon va bronza o‘roq topilgan.

Tadqiqotchi moddiy ashyolarni mil. avv.

ИИИ

-

ИИ

asrlarda

o‘troqlashgan

ko‘chmanchilarga tegishli, deb hisoblagan.

1974

1977-yillarda Shosh-

Iloq arxeologik otryadining Tuyabo‘g‘iz guruhi X.Duke

rahbarligida suv ombor hududida muntazam tadqiqot ishlarini olib boradi. Arxeologik

qazish ishlari har yili suv ombor s

uvi pasaygan avgust oyida amalga oshirilgan. To‘rt

yillik qazish ishlari natijasida daryoning o‘ng sohilida 8 ta, chap sohilida 3 ta, jami 11 ta

manzilgohlarda 4 tadan 14 tagacha uylar jamlangan 50 dan ortiq oval, aylana, to‘g ‘ri

t

o‘

rtburchak va kvadrat s

haklli yarim yerto‘la (uzunligi 2,6

-6,5, eni 1,7-

3,5 m.) yerto‘la

uylar ochilgan.

Daryoning chap sohilida joylashgan yirik manzilgohning (Manzilgoh 1) g‘arbiy,

shimoli-

g‘arbiy va janubi

-

g‘arbiy tomonlarida eni 20

-25 m, chuqurligi 2-2,5 m keladigan

handak va 40-

42x24x12 sm o‘lchamli xom g‘ishtdan terilgan 2 metrli mudofaa devor

aniqlanib, mil. avv. IX-VIII asrlar bilan sanalangan va manzilgoh shakllanayotgan shahar

sifatida tavsiflangan.

Lekin tadqiqotchi qayd etgan shakllanayotgan shaharning davomiyligi keyingi

davrda kuzatilmaydi. O‘zbekistonning janubiy tarixiy viloyatlarida (Baqtriya, So‘g‘

d) ilk

temir davri shahar turidagi manzilgohlari

o‘rnida dastlab o‘troq dehqonchilik qishloqlari

shakllanib, keyingi bosqichda, ya’ni mil.avv. VIII

-VII asrlarda

ularning (Ko‘ktepa,

Afrosiyob, Uzunqir) atrofi guvaladan qurilgan mudofaa devori bilan

o‘

rab olinib, qadimgi

shaharning arki shakllangan. Yerto‘la uylardan iborat Tuyabo‘g‘iz qishlog‘

ida janubiy

viloyatlardagi kabi tadrijiylik kuzatilmaydi. Aksincha, o‘lkada yerto‘la uy

-joylar

qurilishining davom etishi va mil. avv. IV asrning oxiri

III asrning boshlariga kelib

chetdan shaharsozlik madaniyati an’anasining kirib kelishi namoyon bo‘ladi.

Kavardan manzilgohi hududidan xlorit toshdan yasalgan muhr topilgan. Bunday

muhrlar O‘rta Osiyo va Eronning bronza davri yodgorliklarida ko‘plab uchraydi.

Kavardan manzilgohidan topilgan muhrni S.R.

Baratov Toshkent vohasida O‘rta

Osiyoning janubiy o‘lkalarida faoliyat yuritgan bronza davri Nomozgoh VI madaniyati

an’analarin

ing tarqalishi bilan izohlaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2022) / ISSN 2181-1415

254

Toshkent vohasining Olmaliq shahri yaqinidagi Quyun qishlo

g‘

i yaqinidagi

makonning quyi qatlamidan yerto‘la uy

-joy aniqlanib, Andronov madaniyatining Fedorov

bosqichiga oid sopol va bronzadan yasalgan buyumlar topib

o‘

rganilgan. Yuqori madaniy

qatlamida joylashgan materiallar Andronov va Burgulik madaniyatlariga oid.

Toshkent vohasining bronza davriga oid o‘rganilgan barcha turdagi arxeologik

yodgorliklarning tavsifi, qiyosi va qisman ma’lum madaniyatga mansubligi ilmiy

ishla

nmalarda bayon qilingan. XX asrning oxiriga qadar ma’lum bo‘lgan barcha

arxeologik yodgorliklarni E.E. Kuzmina umumlashtirgan holda ularni shartli ravishda
Srub madaniyatining s

o‘

nggi bosqichi va Andronovo madaniyatining Fedorov bosqichiga

ajratgan. Lekin

o‘

lkaning bronza davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabati bilan bo

g‘

liq

masalalari nazardan chetda qolgan.

Lekin tadqiqotchi qayd etgan shakllanayotgan shaharning davomiyligi keyingi

davrda kuzatilmaydi. O‘zbekistonning janubiy tarixiy viloyatlarida (Baqtriya, So‘g‘d) ilk
temir davri shahar turidagi manzilgohlari o‘rnida dastlab o‘troq dehqonchilik qishloqlari
shakllanib, keyingi bosqichda, ya’ni mil.avv. VIII

-VII asrlarda ularning (K

o‘

ktepa,

Afrosiyob, Uzunqir) atrofi guvaladan qurilgan mudofaa devori bilan

o‘

rab olinib, qadimgi

shaharning arki shakllangan. Yerto‘la uylardan iborat Tuyabo‘g‘iz qishlog‘

ida janubiy

viloyatlardagi kabi tadrijiylik kuzatilmaydi. Aksincha, o‘lkada yerto‘la uy

-joylar

qurilishining davom etishi va mil. avv. IV asrning oxiri

III asrning boshlariga kelib

chetdan shaharsozlik madaniyati an’anasining kirib kelishi namoyon bo‘

ladi.

Qanqa manzilgohi birinchi shahristoni (Shahriston I) hudududida 1-qazilmasining

quyi qatlamidan ham Burgulik madaniyatiga oid sopol buyumlar topilgan. Yuqorida

Tuyabo‘g‘iz suv ombori hududida joylashgan Kindiktepa manzilgohi, xususan uning arki

Burgulik madaniyatiga oid uy-joylarning ustida qurilganligi keltirilgan edi. Toshkent
vohasining qadimgi shaharlarga asos solgan aholi Burgulik jamoasi tashlab ketgan
yert

o‘la uylarining ustiga kelib joylashganligi aniqlashadi.

S

o‘

nggi yillarda ham Toshkent vohasida FA Milliy arxeologiya markazi arxeologlari

tomonidan ham qidiruv-qazuv ishlari olib borilmoqda. Xususan, 2021-yil Surat Kubayev

boshchiligidagi “Piskent otryadi” tomonidan Piskent shahri va uning utrofi o‘

rganilganda,

mahalliy aholi tomonidan tashkil etilgan muzeyda ham Burg

ulik madaniyatiga tegishli

sopol idishlar va tosh qurollar namunlari qayd etilgan (1-rasm).













background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2022) / ISSN 2181-1415

255

1-rasm. Bronza davri tosh va sopol buyumlari

Toshkent vohasining bronza va ilk temir davrlari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar

yetarlicha

o‘rganilmagan. Faqat Burgulik madaniyatiga xo‘jaligini Yu.F.

Buryakov

sug‘orma dehqonchilik, X.

Duke esa liman usulida su

g‘

orishga asoslangan dehqonchilik

sifatida tavsiflagan. Vohaning mazkur davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari

mavjud materiallarni chuqur ilmiy tahlil qilish, hududning tabiiy-geografik sharoitidan

kelib chiqib, Sirdaryo orti hududi materiallari bilan qiyosiy tahlil qilish asosida

o‘

rganish

talab etiladigan masaladir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Воронец

М.Э. Браслеты бронзовой эпохи Музея истории АН УзССР, Труды

ИИА АН УзССР, Т I, Ташкент, 1948,

2.

Кузмина

Е.Е. Арии

-

путь на юг. М., “Летний сад”,2008.

3.

Оболдуева

Т.Г. Погребения эпохи бронзы в Ташкентской области. //

КСИИМК, Вып. №59.

4.

Итина

М.А. История степных племен Южного Приаралья. М., «Наука», 1977.

5.

Тереножкин

А.И. Древнейшие земледельцы Ташкентского оазиса. //

Древняя и средневековая культура Чача. Ташкент «Фан», 1979.

6.

Воронец

М.Е. Отчет археологической экспедиции Музея истории Академия

наук УзССР о раскопах погребальных курганов первых веков н.э. возле ст. Вревская

в 1947 г.

//

Труды Музея история народов Узбекистана, Вып. I. Ташкент, 1951.

7.

Буряков

Ю.Ф., Касымов

М.Р., Растовцев

О.М. Археологические памятники

Ташкентской области. Ташкент «Фан», 1972.

8.

Тереножкин

СА. Клад андроновских бронзовых предметов из с. Бричмула

близ Ташкента, СА № 3, М.

-

Л., 1962.

9.

Рахимов

С. Стоянка эпохи бронза Серкали. //

ЎИФ, №6, Ташкент, 1970.

10.

Древности Чарвака.

Ташкент, 1976.

11.

Дуке

Х. Новая стоянка эпохи бронзы Ташкентской области. ЎММТ,

15-

нашр, Ташкент, “Фан”, 1979.

12.

Алимова

Д.А., Филанович

М.И. История Ташкента. Ташкент “Art Flex”, 2009.

13.

Исломов

У.И, Баратов

С.Р., Алимов

К. Археологические работы в

Паркентском, Бостанлыкском и Ахангаранском районах Ташкентской области. //

Археологические исследования в Узбекистане в 2001 году. Самарканд 2002.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2022) / ISSN 2181-1415

256

14.

Максудов

Ф.А., Ильясова

С.Р.

Куюн

-

поселение эпохи поздней бронзы

-

раннего железа в Ташкентском оазисе. ЎММТ, 40

-

нашр, Самарқанд 2018.

15.

Тереножкин

А.И.

Памятники материальной культуры на Ташкентском

канале. «Известия УзФАН», 1940 –

9.

16.

Григорьев

Г.В

.

Краткий отчет о работах Янгиюльской археологической

экспедиции 1937 г. Ташкент, изд. “ЎзФАН”, 1940.

17.

Тереножкин

А.И. Каунчи

-

тепа. «Известия Уз ФАН СССР». № 8, Ташкент, 1940.

18.

Тереножкин

А.И.

Согд и Чач. КСИИМК, вып. XXXIII. М

-

Л.,1950.

19.

Буряков Ю.Ф., Дадабаев Г. Памятники античного времени Ташкентском

оазисе. ЎММТ №10, Ташкент “Фан”, 1973.

20.

Спришевский.В.И.Археологические памятники на берегах Ташкентского

моря//История и археология Средней Азии.Ашхабад, 1978.

21.

Буряков

Ю.Ф., Алимов

К., Бурякова

Э.Ю. Исследования в зоне Туябугузского

водохранилища.

//

«Археологические открытия 1972 года»,

М., 1973.

22.

Буряков

Ю.Ф. Раскопки в зоне Туябугузского водохранилища.

// ЎИФ,

1973, №1.

23.

Дуке

Х.

Туябугузские поселение бургулюкской культуры.Ташкент. “Фан” 1982.

24.

Дуке

Х.

Бургулюкская культура. //

Древности Туябугуза. Ташкент “Фан”, 1978.

25.

Буряков

Ю.Ф

.

Бассейн среднего Яксарта в древности и раннем средневековье

//

Городская культура Бактрии

Тохарисгана и Согда. Ташкент,

1987.

26.

Алимов

К., Буряков

Ю.Ф., Дуке

Х. Древности

Туябугуза. Ташкент. “Фан”

1978.

Библиографические ссылки

Воронец М.Э. Браслеты бронзовой эпохи Музея истории АН УзССР, Труды ИИА АН УзССР, Т I, Ташкент, 1948,

Кузмина Е.Е. Арии-путь на юг. М., “Летний сад”,2008.

Оболдуева Т.Г. Погребения эпохи бронзы в Ташкентской области. //КСИИМК, Вып. №59.

Итина М.А. История степных племен Южного Приаралья. М., «Наука», 1977.

Тереножкин А.И. Древнейшие земледельцы Ташкентского оазиса. //Древняя и средневековая культура Чача. Ташкент «Фан», 1979.

Воронец М.Е. Отчет археологической экспедиции Музея истории Академия наук УзССР о раскопах погребальных курганов первых веков н.э. возле ст. Вревская в 1947 г.//Труды Музея история народов Узбекистана, вып. I. Ташкент, 1951.

Буряков Ю.Ф., Касымов М.Р., Растовцев О.М. Археологические памятники Ташкентской области. Ташкент «Фан», 1972.

Тереножкин СА. Клад андроновских бронзовых предметов из с. Бричмула близ Ташкента, СА № 3, М.-Л., 1962.

Рахимов С. Стоянка эпохи бронза Серкали. //ЎИФ, №6, Ташкент, 1970.

Древности Чарвака.Ташкент, 1976.

Дуке Х. Новая стоянка эпохи бронзы Ташкентской области. ЎММТ,15-нашр, Ташкент, “Фан”, 1979.

Алимова Д.А., Филанович М.И. История Ташкента. Ташкент “Art Flex”, 2009.

Исломов У.И, Баратов С.Р., Алимов К. Археологические работы в Паркентском, Бостанлыкском и Ахангаранском районах Ташкентской области. //Археологические исследования в Узбекистане в 2001 году. Самарканд 2002.

Максудов Ф.А., Ильясова С.Р.Куюн-поселение эпохи поздней бронзы-раннего железа в Ташкентском оазисе. ЎММТ, 40-нашр, Самарқанд 2018.

Тереножкин А.И.Памятники материальной культуры на Ташкентском канале. «Известия УзФАН», 1940 №9.

Григорьев Г.В Краткий отчет о работах Янгиюльской археологической экспедиции 1937 г. Ташкент, изд. “ЎзФАН”, 1940.

Тереножкин А.И. Каунчи-тепа. «Известия Уз ФАН СССР». № 8, Ташкент, 1940.

Тереножкин А.И.Согд и Чач. КСИИМК, вып. XXXIII. М-Л.,1950.

Буряков Ю.Ф., Дадабаев Г. Памятники античного времени Ташкентском оазисе. ЎММТ №10, Ташкент “Фан”, 1973.

Спришевский.В.И.Археологические памятники на берегах Ташкентского моря//История и археология Средней Азии.Ашхабад, 1978.

Буряков Ю.Ф., Алимов К., Бурякова Э.Ю. Исследования в зоне Туябугузского водохранилища.//”Археологические открытия” 1972 года», М., 1973..

Буряков Ю.Ф. Раскопки в зоне Туябугузского водохранилища.// ЎИФ, 1973, №1.

Дуке Х.Туябугузские поселение бургулюкской культуры.Ташкент. “Фан” 1982.

Дуке Х.Бургулюкская культура. //Древности Туябугуза. Ташкент “Фан”, 1978.

Буряков Ю.Ф Бассейн среднего Яксарта в древности и раннем средневековье//Городская культура Бактрии - Тохарисгана и Согда. Ташкент,1987.

Алимов К., Буряков Ю.Ф., Дуке Х. Древности Туябугуза. Ташкент. “Фан” 1978.