Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
History of the study of archaeometallurgy of Central Asian
bronze age
Abror URALOV
1
National Center of Archaeological
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2022
Received in revised form
25 September 2022
Accepted 20 October 2022
Available online
25 November 2022
This article is dedicated to the bronze objects found in the
Middle Asian bronze age monument and tried to shed light on
the economic life and craftsmanship of this region. The nature
of Central Asia is a unique natural landscape. Almost all types of
natural landscapes can be found here: from the plains of Central
Asia to high mountain meadows. Therefore, there are resources
for raising small and large cattle and yearlings, all necessary
conditions for animal husbandry. The southern regions of
Central Asia had the best natural and geographical conditions
for farming. The northern and southern regions of Central Asia
are rich in natural and ore mineral resources. Natural resources
played a major role in the development of historical and
cultural processes.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss10/S-pp34-41
This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Central Asia,
Bronze Age,
archeometals,
ore minerals,
brass,
copper,
culture,
steppe culture.
Oʻrta osiyo jez asri arxeometallurgiyasining oʻrganilish
tarixi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
O‘rta Osiyo,
jez asri,
arxeometall,
ruda,
jez,
mis,
madaniyat,
dasht madaniyati.
Ushbu maqola O‘rta Osiyo jez asri yodgorligidan aniqlangan
jez ashyolariga bagʻishlangan boʻlib, ushbu hududning xoʻjalik
hayoti va
hunarmanchiligini yoritishga harakat qildindi. O‘rta
Osiyo tabiati o‘ziga xos tabiiy landshaftdir. Bu yerda O‘rta
Osiyoning dasht hududlaridan tortib to baland togʻli
oʻtloqlarigacha bo‘lgan
tabiiy landshaftlarining deyarli barcha
turlari uchraydi. Shu sababli mayda va yirik qoramol hamda
yilqilar boqish uchun resurslar, ya’ni serunum va chorvachilik
uchun barcha kerakli bo‘lgan sharoitlar mavjud. O‘rta Osiyoning
janubiy hududlari dehqonchilik uchun tabiiy-geografik
1
Junior researcher National Center of Archaeological. Tashkent, Uzbekistan. E-mail: abrorhazard92@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
35
sharoitga ega eng yaxshi holatda bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning
shimoliy va janubiy hududlari esa tabiiy va mineral resurslarga
boy. Tarixiy-madaniy jarayonlarning rivojlanishida tabiiy ruda
boyliklari katta rol o‘ynagan.
История изучения археометаллургии бронзового века
Средней Азии
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Средняя Азия,
эпоха бронзы,
археометаллы,
руда,
латунь,
медь,
культура,
степная культура.
Данная статья посвящена бронзовым предметам,
найденным в памятнике среднеазиатского бронзового
века. В статье описывается хозяйственная жизнь и
ремесленничество этого региона. Природа Средней Азии
представляет собой уникальный природный ландшафт.
Здесь можно встретить практически все типы природных
ландшафтов: от равнин Средней Азии до высокогорных
лугов. Поэтому есть ресурсы для выращивания мелкого и
крупного рогатого скота, годовиков, и все необходимые
условия для животноводства. Южные районы Средней
Азии имели наилучшие природно
-
географические условия
для земледелия. Северные и южные районы Центральной
Азии богаты природными и минеральными ресурсами.
Природные рудные ресурсы сыграли большую роль в
развитии историко
-
культурных процессов.
Milloddan avvalgi II ming yillik boshlaridan insonlar oʻz xoʻjalik faoliyatida
arxeometallardan keng miqyosda foydalana boshladi. Toshdan yasalgan mehnat
qurollaridan metall asboblarga oʻtish jarayoni insoniyat tarixida juda ulkan va mislsiz
ahamiyatga ega boʻlgan. Aytish mumkinki, insoniyatning ijtimoiy taraqqiyotiga boshqa
hech bir ixtiro bu darajada taʻsir koʻr
satmagan.
Jezdan yasalgan mahsulotlar tosh qurollarni inson faoliyatining barcha sohalaridan
siqib chiqara boshlagan.
Lekin bu jarayon jadallik bilan roʻy bergan deb oʻylash notoʻgʻri.
Rangli metall rudalari hamma yerda ham mavjud boʻlmagan. Chunonchi, qal
ay misdan
koʻra kamroq boʻlib, uni topish qiyinroq boʻlgan. Metallarni uzoq masofalarga tashishga
toʻgʻri kelgan. Metalldan yasalgan ashyolar va qurollarning qiymati yuqori bo‘lgan.
Bularning barchasi ularning keng tarqalishiga sezilarli toʻsqinlik qilgan.
Jez ashyolar tosh
qurollarning oʻrnini toʻliq egallay olmadi. Bu jarayon keyinroq –
temirning jamoalar
hayotga kirib kelishi bilan roʻy berdi.
Metalldan keng foydalanish ham aynan shu davrdan keng koʻlamda qoʻllanila
boshladi. Mis tabiatda yombi holatda uchraganligi va mehnat qurollari yasash uchun
moʻrt xomashyo hisoblanib kelingan. Mis suyuq holatga C1083 da oʻtadi. Keyinchalik
misga qalay, qoʻrgoʻshin, mishyak va ruxni aralashtirib jez olish boshlangan.
Maqolada xolislik, tarixiylik, xronologik tarixiy metodlar
qo‘llanilgan
va ilmiy
tadqiqot usullaridan foydalanilgan.
Oʻrta Osiyoda milloddan avvalgi 2
-ming yillikning 1-yarmida jez metallurgiyasidan
foydalanila boshlandi. Jezning kashf etilishi dehqonchilikning tez rivojlanishiga olib keldi. Bunda
dehqoch
ilkda foydalanish mumkin boʻlgan vositalar jez oʻroqlar va boltalar yasala boshlagan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
36
O‘rta Osiyo arxeometallurgiyasini o‘rganishda, Y
u.F. Buryakov [8], S. Grigoriev [1],
Е
. Chernix [25], K. Kaniut [2. C. 23
–
40], M. Radivojevich [3], V.D. Ruzanov [21],
G. Zdanovich [13], Z. Raxmonov [19] va boshqa olimlarning asarlari muhim manbalar
boʻlib xizmat qiladi. Hozirgi Oʻrta Osiyo hududida koʻpab arxeologlar tomonidan
arxeometall asrini tadqiq etish ishlari olib borilmoqda. Xususan, o‘tgan tarixga nazar
tashlasak
Oʻzbekiston shimoliy hududida sobiq sovet davrida arxeometallurgiya konlari
va suyultirish ustaxonalarini tadqiq qilgan arxeoolog Yu
.F. Buryakov bo‘lib, u Toshkennt
vohasida togʻ va togʻoldi zonalarida izlanishlar olib borib 150 dan ortiq metallurgiya
konlari va eritish joylarini aniqlagan hamda ilmiy muomalaga kiritgan[8].
Fargʻona vodiysi hozirgi Namangan viloyatida 1894
-yilda Xak majmuasi (xazinasi)
o‘rganilgan. V.M.
Masson Xak xazinasi jez ashyolariga qarab milloddan avvalgi II ming
yillikning birinchi uchdan bir qismiga bogʻlagan [18.
C. 53]. Yu.A. Zadneprovskiy bu fikrga
qoʻshilmasdan, “Xak mahsulotlari” xazina emas, balki dafn et
ilgan qabr buyumlarining bir
qismi deb, ularni miloddan avvalgi 2-ming yillikning birinchi yarmiga tegishli ekanligini
aytadi [12. C. 54
–
55]. Xak majmuasi mahsulotlarini metallarini ximik tahlil etgan
V.D.
Ruuzanov bu ashyolarni Eron va Afgʻonistonning met
allurgiya markazlari bilan
bogʻlab boʻlmasligini aytib, Xak buyumlarini ishlab chiqaruvchi va ular yasalgan metall
ruda manbalarini Oʻrta Osiyodan izlash zarur ekanligini ta’kidlaydi
[23. C. 55]. Bu
Farg’ona vodiysidagi yagona yodgorlik bo‘lib qolmadi, key
inchalik Bibiona yodgorligi
aniqlanib fanga “Chust madaniyati” bilan kirgan.
Chust va Burganlik madaniyati tarqalgan hududlarda jez ashyolari koʻplab
namunalari uchraydi, bularni dastlab tadqiq qilgan Yu.A.
Zadneprovskiy soʻnggi jez
davrida milloddan avvalgi II ming yillikning 2-yarmiga oid deb bilgan [12].
So‘nggi jez davrida Qayroqqum madaniyati yuqori sifatli metall ashyolar ishlab
chiqarilgan. Jez ishlab chiqarish ushbu madaniyat vakillari xo‘jalik ehtiyojlari uchun zarur
bo‘lgan va bu jez quyish sanoati ko‘plab aholi manzilgohlarida saqlanib qolgan
[17. C. 39
–
51].
Yu.A. Zadneprovskiy Ketmontepa ashyolariga asoslanib, mahalliy misning Naukat
koni mavjudligini qayd etadi [12. C. 328]. Eng yaqin mis koni Tentaksoy hududidagi
Dalvarzin aholi punktidan shimoldan 50 km uzoqlikda, sharqda daryo bo'yidagi Kampir-
Ravot yaqinida joylashgan edi. Chustga ruda-konlari chotqol tizmasining janubiy
rayonlaridan G‘ova daryo vodiysidan taxminan 50 km kelishi mumkin. Qayroqqum
yodgorligi metallurglari esa qo
ʻshni Naukat koni va Qoramozor ruda ma’danlaridan
foydalangan. Farg‘ona tog‘larida qalay konlarining mavjudligi juda muhim rol tutgan,
chunki Farg‘ona vodiysining so‘nggi bronza va ilk temir davri jez ashyolari tarkibida
mahsulotlarning tarkibida ko‘p miqdorda qalay bo‘lgan
[12. C. 328].
Hozirda kunda Farg‘ona vodiysining arxeometallurgiyasi va ruda konlari
joylashuvi bo‘yicha Z. Raxmonov tadqiqot ishlarini olib bormoqda[19
. C. 4
–
8]. Ushbu
olimning tadqiqot ishlarida Farg‘ona vodiysi qadimgi davrdan O‘rta asrlargacha bo‘lgan
davrda vohada xom ashyo va ruda konlarini joylashuvini o‘rganishni qamrab oladi.
Oʻrta Osiyoning shimoli
-
sharqiy hududi boʻlgan jez davridagi Qirgʻizistonning choʻl
qabilalarining metall va tarkib koʻrsatkichlariga koʻra, Oʻzbekiston v
a Tojikiston dasht
madaniyati metallariga oʻxshaydi.
Bundan tashqari, jez tarkibida qalayning yuqori nisbati
bilan ajralib turadi [21. C. 204].
O‘zbekistonning shimoliy hududi –
Toshkent vohasida tadqiqot ishlari olib borgan
professor M.E.
Masson o‘lka tarixini arxeologiya jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan bir
qancha asarlar yozgan [19]. Bu asarlarda Toshkent vohasi arxeometallurgiyasi bilan
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
37
bog‘liq yodgorliklar, kadimgi ruda konlari, ruda eritish pechlari hakida maʼlumotlarni
keltirib o‘tgan. 1954
-yildan boshlab Qoramozor ruda konlar majmuasining Tojikiston
qismini B.
А
. Litvinskiy tadqiq qilgan [17].
Аmmo bu o‘lkaning xo‘jalik va tog‘ sanoati
jixatidan o‘zlashtirish bilan bog‘lik ishlar vodiy bo‘ylab keng ko‘lamli arxeologik
izlanishlar o‘tkazishni talab q
ilar edi. Shu maqsadda 1959-
yil O‘zbekistan FА
tarix va
arxeologiya instituti va O‘zbekistan Tarix muzeyi ilmiy jamoasining birlashgan
arxeologiya otryadi tuzildi. Otryad zimmasiga Ohangaron vodiysi o‘tmishi bilan
shug‘ullanish, uning arxeologiya obʼyektlarini topish va ularni o‘rganish ishi yuklatildi.
А
rxeologiya otryadiga boshliq qilib Yu.F.Buryakov, uning ilmiy maslahatchi etib
M.E.
Masson tayinlandi. Otryad aʼzolari 1959–
1963, 1966, 1968-yillarda Ohangaron
vodiysining manzilgohlari, mozor
qo‘rg‘onlar, kadimgi ruda konlari, ruda eritish pechlari
va boshqa tipdagi yodgorliklarini topish, ularni xaritaga tushirish, ilmiy tavsiflash va
ularning baʼzilarida arxeologik qazishmalar o‘tkazish bilan shug‘ullangan.
Toshkent vohasi ruda konlarini tadqiq etish Akademik Yu.F. Buryakov tomonidan
1950-yilda boshlanadi [8]. U Toshkent vohasda arxeologik kuzatuv ishlarini olib borish
natijasida qadimgi davr ruda konlarini oʻz tadqiqotlarida keltirib oʻtgan
[8]. Ushbu
mintaqa arxeometallurgiyasini oʻrganish A
kademik Yu.F. Buryakov uchun asosiy tadqiqot
mavzularidan biri boʻlgan. Yu.F.
Buryakov tomonidan Toshkent vohasida jez asri dasht
(Andronova) madaniyatiga oidligi aytilgan koʻplab jez ashyolar aniqlangan. Bu ashyolar
barchasi ham jez davri yodgorliklaridan emas, balki keying davr ilk temir asri
yodgorliklaridan ham uchrab turgan.
Oʻrta Osiyoning sharqiy qismidagi dasht va dehqonchilik madaniyatlarida
uchraydigan jez ashyolar tarkib jihatidan xilma-
xildir. Bunga, bir tomondan Fargʻona va
Toshkent viloyati t
ogʻlarida qoʻrgʻoshin
-
kumush konlari va qoʻrgʻoshin bilan boyitilgan
boshqa polimetall rudalari mavjudligi ham yordam berdi. Koʻrinib turibdiki, ular qadimgi
davrlarda, xususan, Qayroqqum madaniyatining konchi-
metallurglariga ma’lum boʻlgan.
Boshqa tomonda
n, Oʻrta Osiyo dasht madaniyatlari metalliga xos boʻlmagan qoʻrgʻoshin
-
mishyak qotishmalarining paydo boʻlishi deb hisoblanadi. Shunday qilib, Toshkent
vohasida aniqlangan Chimboylik xazinasi jez ashyolari tarkibida qalay va mishyakdan
ko‘p bO‘
lgan va kimy
oviy tarkibi va shakli jihatidan Ural va Volgaboʻyi dasht madaniyati
materiallarida oʻxshashliklarni topadi
[21. C. 202].
Hozirgi kunda O‘rta Osiyoning shimoliy
-sharqiy rayonlarida Londonning Kembrij
universiteti professori Milyana Radivoivich tomonidam Markaziy Osiyo dasht
koʻchmanchilarining metall ashyolari va suyultirish pechlari tadqiq qilinmoqda
[3].
Toshkent vohasi yuqori Ohangaron vodiysi ruda konlari bo‘yicha izlanishlar
B. Isabekov tomonidan olib borilgan [15. C. 55
–
56].
Jezdan kengroq foydalanish Janubiy Tojikistondagi dehqon qabilalari orasida mill
avv II ming yillikning ikkinchi yarmida metallga ishlov beruvchilar uchun xosdir. Bunga
bir tomondan Hisor va Vaxsh vodiylari oʻlkalarida dasht qabilalari bilan intensiv aloqalar
oʻrnatilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, dehqonchilik xoʻjaligi va dasht metallining aralash
xususiyatlariga ega boʻlganligi ham yordam berdi
[9]. Shuni taʻkidlash kerakki, Fargʻona
vodiysi va Toshkent vohasi “qo‘lda yasalgan naqshli sopollar madaniyati” aholisiga ham
maʻlum boʻlgan Oʻrta Osiyodan kelib chiqqan qalay qotishmalari katta roʻl oʻynaganligi
V.
Ruzanov tomonidan ta’kidlanadi
[20].
Yuqori Zarafshonda ilk dehqonchilik qabilalari joylashgan Sarazmni qazish
jarayonida olingan ashyolar Oʻrta Osiyoning shimoliy hududlarida metallning paydo
boʻlish sanasini qadimiyroq qilib koʻrsatdi. Afsuski, bu yodgorlikdagi metall ashyolari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
38
milloddan avvalgi III-
II ming yillik oʻrtalariga oid ekanligi spektral oʻrganilmagan.
Oʻrganilgan boshqa metall ashyolar dehqonlar tomonidan ishlatilgan qotishmalar haqida
juda kam maʻlumotlarni oʻz ichiga oladi
[21. C. 200].
XIX asrning 80-yillarida N.N. Trexova Janu
biy Turkmanistonning Murgʻob vohasi
jez ashyolarining bevosita ishlab chiqaruvchisi emas, chunki ular qalayning sun’iy
qoʻshimchalari boʻlgan jezni yaxshi bilmaganligini va ulardan tayyorlangan mahsulotlar
sifatsiz boʻlib chiqqanligini yozadi
[24. C. 22].
Mill. avv II ming yillik oxirida Oʻrta Osiyoning janubiy qismidagi moddiy
madaniyatida keskin oʻzgarishlar roʻy berdi. Sopolli madaniyat yodgorliklari yoʻqolib, Yaz
I tipidagi yangi
–
qo‘lda yasalgan naqshli sopollar madaniyati shakllangan
[4]. Taxminan
bi
r vaqtning oʻzida Toshkent vohasi[11] va Fargʻona vodiysida
[12. C. 118] ham yangi
arxeologik madaniyatlar vujudga keladi.
Shimoliy Baqtriya Sopollitepa yodgorligidagi metall ashyolarini oʻrganish natijalari
1972-
yilda qisman eʼlon qilingan
[5. C. 61].
Bu tadqiqotlar toʻplamning faqat bir qismini
qamrab olgan boʻlib, bizga Namozgoh V va VI
da keng tarqalgan metallga ishlov
berishning oʻziga xos xususiyatlari haqida dastlabki maʻlumotlarni beradi. V.D.
Ruzanov
o‘zining bir ishida Sopollitepaning barc
ha elementlarini spektral tahlil qilish muhim va
qadimgi Baqtriyaning metall quyishda ishlatgan qotishmalar boʻyicha ilgari surilgan
qoidalarni maʻlum darajada oʻzgartirishini yozadi
[6. C.
56]. U shuni qayt etib oʻtadiki,
Sopollitepa jez ashyolaridagi mishyak Minusinsk havzasining metall buyumlarida qayd
etilgan deb xulosa beradi [6. C. 58]. Sopollitepa metall turlari konlardan, shu jumladan,
Ko‘xitang togʻlarida, qadimiy qazilma va ma’dan konlari mavjud boʻlgan joylardan
olinganligini aytadi [6. C. 58]. Germaniyalik arxeolog K.
Kanyut o‘zining oxirgi
tadqiqotlarda Janubiy Oʻzbekistondagi Sopolli madaniyati metallurgiya ashyolarini
tadqiq etib, natijalarini eʻlon qilib kelmoqda[2
. C. 23
–
40].
Hozirgi kunda V.D. Ruzanov arxeometall ashyolarini spektral tahlili hamda
hududimizga qayerdan keltirilganligi va zamonaviy metallurgiya konlari bilan
aloqadorligini tadqiq qilmoqda [22].
O‘rta Osiyo jez asri arxeometallurgiyasini tadqiq qilishda, uni Andronova
madaniyatidan alohida o‘rganish imkonsiz. Andronova madaniyatining O‘rta Osiyoga
tarqalishi shuningdek, bu madaniyat moddiy ashyolarining bizning hududlardan
uchratilishi mazkur madaniyat metallurgiyasini tadqiq qilishni talab qiladi. Andronovo
metallurgiyasi Yevroosiyo mintaqasining Osiyo hududida metallurgiya ishlab chiqarishini
rivojlantirishning yangi bosqichi bo‘lgan. Bu davrda jez ishlab chiqarish Uralortidan O‘rta
Osiyogacha bo‘lgan ulkan maydonlarga tarqaladi. Shubhasiz, butun hududda qalay juda
ko‘p edi va bu Andronovo metallurglariga qulaylik yaratgan.
Shu o‘rinda, “Andronovo madaniyati” va “Andronovo metallurgiyasi” atamalarini
muhokama qilib o‘tishimiz kerak, chunki ular bir qarashda o‘xshash ko‘rinadi.
Bu atama
bilan tavsiflangan asosiy komponentlar Alako‘l va Fyodorovka madaniyatlaridir. Ba’zi
olimla
r bu erda Petrovka madaniyatini qo‘shadilar. Andronovo madaniyatlari
munosabatlariga ikkita asosiy yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv “Petrovka
-
Alako‘l
-
Fyodorovka-Sargari-
Aleksev” yo‘nalishida genetik uzluksizlik nazarda tutiladi.
Ikkinchi
yondashuv so‘n
ggi jez asriga tegishli va Andronovo deb hisoblanmaydi [13. C. 48
–
68].
Ikkinchi yondashuv Fyodorovka va Alakoʻl madaniyatlari uchun mustaqil madaniyat
deyiladi [16. C. 169
–
228]. Petrovka madaniyati Sintashta asosida shakllangan deb
hisoblaydi [10. C. 444
–531]. Sintashta madaniyati ham ilk Alako‘l majmualarining
shakllanishiga asos boʻlgan, ammo Alakoʻl anʼanalarining yanada rivojlanishida turdosh
Petrovka madaniyatining oʻrni katta boʻlgan
[1. P. 525].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
39
Yuqorida aytilganlarning barchasidan kelib chiqqan
holda, “Andronovo
madaniyati” atamasi faqat bu ikki xil (kelib chiqishi va ma’lum darajada joylashuvi
bo‘yicha) madaniy shakllanishlarning aloqasini belgilash ma’nosida to‘g‘ri keladi. Bu
atama an’anasiga hurmat sifatida qaralishi mumkin, qisman u o‘zaro ta’sir va
munosabatlarning turli jarayonlarini aks ettiradi. Bunday holda, biz Uraldan
Yeniseygacha bo‘lgan hududni “Andronovo madaniyati” hududi deb atashimiz mumkin.
Andronova metallurgiyasi: Yevroosiyo metallurgiya hududida, ehtimol, ruda
konlari ko‘p bo‘lgan eng boy hududdir.
Sharqda yuqorida tavsiflangan Sayan-Oltoy
konlari, g‘arbda Ural konlari bilan chegaralangan. Uraldagi mis ruda konlarining miqdori
juda katta, ular eng xilma-
xil turlarga kiradi. Bir guruh eng yirik konlar hududning g‘arbiy
qismida, Orenburg viloyatining sharqiy qismida, Orsk yaqinida joylashgan Blyava kabi
konlari bor. Lekin ularning ruda qatlamlari yer yuzasida uchramaydi. Oksidlanish zonasi
va uning “temir qopqog‘i” keyingi davr konlar tomonidan to‘sib qo‘yilgan va keyingi
davrda bu konlardan foydalanilmagan [25. C. 187]. Aynan shu konlar Volga-Ural
mintaqasining Yevropa guruhining mis manbai sifatida taklif etiladi [25. C. 38
–
40].
Sharqda, Qozog‘istonda mis minerallashuvi juda keng tarqalgan. Bu ulkan
hududning barcha sohalarini
ta’riflab bo‘lmaydi. Shuning uchun biz mis
minerallashuvining bir qancha yirik hududlariga to‘xtalamiz: Atbasar
-Tersakkan,
Ko‘kshetog‘ tog‘lari, Jezkazg‘an
-
Ulitog‘, Shimoliy Betpakdala, Qarqarali va Ekibastuz
-
Bayanaul [1. P.
256]. Qozog‘istonning sharqida Oltoy konlari o‘zlashtirilgan bo‘lib, ular
haqida ko‘plab Andronova madaniyati va jez davri bo‘yicha adabiyotlarda yoritilgan. O‘
ra
Ohangaron daryosining chap sohili.
Toshkent vohasi qadim davirlardn insoniyat jamoalari uchun yashash joy hisoblanib
kelgan. Bu voha jez asrining ikkinchi yarmiga kelib Andronova madaniy birligi tomonidan
qisman o‘zlashtirildi. Jez asrining oxiriga kelib Yevrosiyoga kserotermik iqlim kirib kelishi
bilan vohadagi Andronova jamoalarining janubga si
ljishi ko‘zga tashlanadi
[7].
Jez asrida Ohangaron va Chirchiq daryo qirg‘oqlari proalyuval hudud hisoblangan.
Aynan shu ikki daryo qirg‘oq hududlarda Burganlik madaniyati vakillari istiqomat qilgan.
Bu madaniyat vakillari kulolari judda sodda, ko‘proq kundalik extiyojda zarur bo‘lgan jez
ashyolarni yasaganlar.
Toshkent vohasi so‘nggi jez asri madaniyatlari o‘troq dehqonchilik va dasht
madaniyati vakilari tomonidan o‘zlashtirilgan. Ushbu madaniyat yodgorliklarini tadqiq
etgan olimlar dasht va o‘troq madaniyat jez ashyolari haqida dastlabgi ma’lumotlarni
berishgan [14].
Arxeometall asrini oʻrganish hozirgi kunda ham oʻz dolzarbligini yoʻqotmay
kelmoqda. Buning sababi qadimgi madaniyatlar metallni ixtiro qilgan paytlardan boshlab
ularning xoʻjaligida va harbiy
sohada metall qanday oʻrin tutganligi bilish muhim bo‘lib
qolmoqda.
Shunday qilib, geologik va arxeologik maʻlumotlar Oʻrta Osiyoda mis
-qalay ruda
bazasi mavjudligi mil. avv. III ming yillikning birinchi yarmida va II ming yillikda mis va
qalay konlarinin
g oʻzlashtirilishidan dalolat beradi
[23].
Bizning tadqiqot ishimiz “Oʻrta Osiyoda arxeometallurgiya qanday ko‘rinishda
paydo boʻldi? savoliga javob izlash edi va buni qisman yoritishga harakart qildik.
Xulosa
O‘
rnida ushbu tadqiqot savoliga javob sifatida
ajratib ko‘rsatishimiz
mumkinki, Toshkent vohasidagi so‘nggi jez va ilk temir asri yodgorligi deb qaralayotgan
Burganlik madaniyati aholisi yarim yerto‘la uylar ichida metall eritish joyining
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
40
aniqlangan, endi biz hech boʻlmaganda keng ma’noda nimani izlas
h kerakligini bilib oldik.
Shuningdek, biz Toshkent vohasi boʻylab rudalar va metallarning murakkab tarmoqlarini
qidirishni va oʻzimizni bitta mintaqa bilan cheklab qoʻymasligimiz kerakligini bildik
chunki, metallurgiya bir hudud bilan bogʻliq holda rivojl
anmaganligini bilamiz. Bundan
tashqari, biz katta mintaqalarda oz dalillar saqlanib qolganligini bilishimiz zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Grigoriev S. Metallurgical Production in Northern Eurasia in the Bronze Age.
Oxford OX2 7ED. 2015.
2.
Kaniuth K. The metallurgy of the late bronze age Sapalli culture (Southern
Uzbekistan) and its implication for the “tin question”. Iranica Antiqua, vol. XLII, 2007.
3.
Radivojević M. The Rise of Metallurgy in Eurasia.
Oxford. 2021.
4.
Аскаров
А.А., Альбаум
Л.И. Поселение Кучук
-
Tепа
//
Ташкент: Фан, 1979.
5.
Аскаров
А.А., Богданова
–
Березовская
И.А. Металлические изделия из
поселения Сапаллитепа, Общественные науки в Узбекистане, 1972. –
№ 1.
6.
Аскаров
А.А., Рузанов
В.Д. Некоторые данные о металлических сплавах c
поселения Cапаллитепа. Общественные науки в Узбекистане, 1977. –
№ 6.
7.
Байтанаев
Б.А. Древности Бургулюка.
–
Алматы, 2011.
8.
Буряков
Ю.Ф., Касымов
М.Р., Ростовцев
О.М. Археологические памятники
Ташкентской области // Ташкент 1973.
9.
Виноградова
Н.М. Отчет о раскопках могильника Тандырйул. 1975. УАРТ.
Вып. 15. Душанбе, 1980.
10.
Григорьев
С.А. Металлургическое производство на Южном Урале в эпоху
средней бронзы // Древняя история Южного Зауралья. –
Челябинск. 2000.
11.
Дуке
X. Туябугузские поселения Бургулюкской культуры // Ташкент:
Фан, 1982
.
12.
Заднепровский
Ю.А. Древнеземледельческая культура Ферганы // МИА.
№118. М.
-
Л., 1962. Дуке X.
Туябугузские поселения Бургулюкской культуры. –
Ташкент. 1982.
13.
Зданович
Г.Б. Основные характеристики петровских памятников Урало
-
Казахстанских степей (к вопросу о выделении петровской культуры) // Бронзовый
век степной полосы Урало
-
Иртышского междуречья. Челябинск. 1983
.
14.
Ильясова
С.Р. Куюн –
памятник Бургулюкской культуры в Ташкентской
области // Культуры Азиатской части Евразии в древности
и средневековье. –
Самарканд. 2021. Ильясова
С.Р., Максудов
Ф.А., Хамидов
О.А., Лин Лингмей,
Вульферт
Э.Ф., Нормурадов
Д.Р. Раскопки на куюне в 2018–2019 годах //
Археологические исследования в Узбекистане 2018–2019 года. –
Самарканд. 2020.
15.
Исабеков
Б. Юкори Oҳангарон водийси кончилик сохасининг археологик
ўрганилиши. Ангрен шаҳар тарихи музейи ташкил топганининг 60 йиллиги
муносабати билан ўтказилган илмий –
амалий анжумани материаллари. Ангрен
2020.
–
Б. 55–
56.
16.
Кузьмина
Е.Е. О некоторых археологических аспектах проблемы
происхождения индоиранцев // Переднеазиатский сборник. Вып.
IV. М.
, 1986.
–
С. 169–228. Кузьмина
Е.Е. Две зоны развития домостроительных традиций в
старом свете // Проблемы археологии Урало
-
Казахстанских степей. Челябинск:
ЧелГУ. 1988. –
С. 31–45. Кузьмина
Е.Е. Откуда пришли индоарии? М
., 1994.
–
C. 464.
Григорьев С.А. Древние индоевропейцы. Опыт исторической реконструкции. –
Челябинск. 1999. –
C. 444.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
10 (2022) / ISSN 2181-1415
41
17.
Литвинский
Б.А. Изучение памятников эпохи бронзы и раннего железа
в Кайрак
-
кумах в 1956 г. // Археологические
работы в Таджикистане
в 1956 году.
Вып. IV. –
Сталинабад. 1959. –
С. 39–
51.
18.
Массон
В.М. Изучение энеолита и бронзового века Средней Азии // СА.
1957.
–
№ 4. –
C. 53. Массоп
М.Е. К истории горного дела на территории
Узбекистана. –
Ташкент. 1953; Ахангаран
.
19.
Рахманов
З.О. Место и роль минеральных и рудных ресурсов Ферганской
долины в сложении и развитии культур на ее территории // «CHRONOS:
мультидисциплинарные науки». Россия. 2021. –
№1(21).
20.
Рузанов
В.Д. К вопросу о металлообработке у племен Чустской культура.
// СА. 1980. –
№ 4.
21.
Рузанов
В.Д. Древние сплавы Средней Азии // ИМКУ. Вып. 21. Ташкент,
1987. Рузанов
В.Д. Результаты спектроаналитических исследований металла
памятников тазабагъябской культуры // ИМКУ. Вып. 27. Самарканд, 1996.
Рузанов
В.Д. К вопросу о хронологии металлического комплекса культуры
Заманбаба // ИМКУ. Вып. 29. Самарканд, 1998а. Рузанов
В.Д. О хронологии
металлического комплекса Бургулюкской культуры // ОНУ. Таш
-
кент, 1998б. –
№ 2. Рузанов
В.Д. Еще раз
о хронологии чустской культуры Ферганы // РА. 1999. –
№ 4. Рузанов
В.Д. Дальверзино
-
чустско
-
бургулюкский очаг в системе
металлообрабатывающих и металлургических производств Средней Азии //
История, культура и экономика юга Кыргызстана. Т. 1. Ош, 2000.
22.
Рузанов
В.Д. К вопросу о рудной базе металлургии в Фергано
-
Ташкентском
регионе в эпоху бронзы // Вестник МИЦАИ. Вып. 23. Самарканд, 2016.
23.
Рузанов
В.Д. Происхождение, датировка и химико
-
металлургическо
-
морфологические признаки изделий Xакского комплекса. Археология Узбекистана.
2020.
–
№ 1 (20). –
С
. 55.
24.
Терехова
Н.Н. Медно
-
оловянистые сплавы в технике металлообработки
древних земледельцев Южной Туркмении // Естественные науки и археология
в изучении древних производств. М., 1982. –
C. 22.
25.
Черных
Е.Н. Древнейшая металлургия Урала и Поволжья. М.: 1970.
Наука. –
C. 44. Пшеничный
Г.Н. Гайское медноколчеданное месторождение. М.:
1975
–
C. 187.
