Авторы

  • Васила Мамадаюпова
    Старший преподаватель, Кафедра иностранных языков, Ташкентский Государственный Юридический Университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss11/S-pp283-287

Ключевые слова:

Конституция статья глава независимость демократичность право

Аннотация

Со дня провозглашения Узбекистаном своей независимости на мировой арене утвердилось новое, суверенное государство, а правовой фундамент независимости был заложен с принятием первой Конституции. В данной статье представлена ​​информация о Конституции, которая является одним из символов нашей страны.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

History and significance of the creation of the Constitution
of the Republic of Uzbekistan

Vasila MAMADAYUPOVA

1

Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2022
Received in revised form

25 October 2022

Accepted 20 November 2022

Available online

25 December 2022

Since the day Uzbekistan declared its independence, a new,

sovereign state has been established on the world stage, and the

legal foundation stone of independence was established with
the adoption of the first Constitution. This article provides

information about the Constitution, which is one of the symbols

of our country.

2181-

1415/©

2022 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss11/S-pp283-287

This is an open-access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Constitution,

article,

chapter,

independence,

democratic,

law.

Oʻzbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining yaratilish

tarixi va ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Konstitutsiya,

modda,

bob,

mustaqillik,

demokratik,

qonun.

Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilgan sanadan eʼtiboran

dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan

boʻlsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida

mustaqillikning huquqiy tamal toshi oʻrnatildi. Ushbu maqolada

davlatimiz ramzlaridan

biri bo’lgan Konstitutsiya haqida

ma’lumotlar beriladi.

1

Senior teacher of Foreign Languages Department, Tashkent State University of Law. E-mail: v.mamadayupova@mail.ru.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

284

История

и

значение

создания

Конституции

Республики Узбекистан

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Конституция,

статья,

глава,

независимость,

демократичность,

право.

Со

дня

провозглашения

Узбекистаном

своей

независимости на мировой арене утвердилось новое,

суверенное

государство,

а

правовой

фундамент

независимости был заложен с принятием первой

Конституции. В данной статье представлена информация о

Конституции, которая является одним из символов нашей

страны.

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi haqida so‘z yuritishdan

avval “Konstitutsiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.

Konstitutsiya (lotincha “Constitution” –

tuzilish, tuzuk)

davlatning asosiy Qonuni.

U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda

shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va

shaxsning o‘zaro munosabatlari, s

huningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning

o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.

“Konstitutsiya” atamasi qadimgi Rimdayoq ma’lum bo‘lgan (imperator

Konstitutsiyasi deb atalgan qonun). Amir Temur “Tuzuklar”i

Sharq va Osiyo mamlakatlari

sivilizats

iyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlib,

shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli

ta’sir o‘tkazgan.

ASOSIY QISM

Asosiy Qonunimiz yaratilishining murakkab va muhim, ayni ch

og‘da sharafli

solnomasiga nazar solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi

xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga komil ishonch

hosil qilamiz.

Avvalambor, konstitutsiyaviy “bino”ni qurishda uch ming yilli

k milliy davlatchilik

tajribasiga tayanilgan. Bugungi O‘zbekiston qadimgi Xorazm va So‘g‘diyona, qoraxoniylar,

X

orazmshohlar, Amir Temur va temuriylar, o‘zbek xonliklari, ma’rifatparvar

ajdodlarimiz, xalqimizning tarixiy an’analari va uning mustaqil davlat

haqidagi ko‘p asrli

orzusini mujassam etgan.

Qolaversa, manfaatlarimiz va intilishlarimizdan kelib chiqqan holda, asosiy

Qonunimiz Sharq va G‘arb, Janub va Shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or

konstitutsiyaviy tajribani hisobga olib yaratilgan.

Shu

o‘rinda suveren O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini tayyorlash,

muhokama etish, qabul qilish va uning amal qilishi yo‘lidagi 10 ta huquqiy qadamni bu

boradagi eng muhim tarixiy voqealar sifatida sanab o‘tish lozim. Zotan, Konstitutsiyani

yaratish tarixi

bu mustaqillik uchun kurashning uzviy tarkibiy qismidir.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam –

o‘zbek tiliga Davlat tili

maqomi berilishidir.

Bu haqda gap borganda, avvalambor, 1989-yilning 21-

oktabr kuni qizg‘in bahs va

tort

ishuvlardan so‘ng siyosiy

-

ma’naviy hayotimizdagi unutilmas hodisa amalga

oshirilgani

milliy qadriyatlarimizning asosiy ustunlaridan biri bo‘lgan ona tilimizga


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

285

Davlat tili maqomi berilgani istiqlol tarixining eng yorqin sahifalaridan birini tashkil

etishi

ni alohida ta’kidlash o‘rinlidir. “O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini,

o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham

bilmaydi”, degan fikrlar oʻrinlidir. Har qaysi millat, katta yo kichikligidan

qat’iy nazar, o‘z

ona tilini hurmat qilishi kerak.

Birinchi Prezidentimizning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”,

“Yuksak ma’naviyat –

yengilmas kuch” asarlarida mustaqillik arafasida o‘zbek tiliga

Davlat tili maqomini berish

masalasida qanday qizg‘in, ba’zida keskin va murosasiz

bahslar bo‘lib o‘tgani alohida eslab o‘tilgani bejiz emas.

O‘sha qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek:

“Og‘ir

-

vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama o‘ylab, muloh

aza qilib, barcha siyosiy va

ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz

manfaatlariga javob beradigan yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga erishdik”.

Shunday qilib dastavval, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlan

gan

muhim huquqiy qoidalar endilikda asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha

muhrlab qo‘yildi:

“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi

o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf

-odatlari va

an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi ikkinchi huquqiy qadam –

prezidentlik instituti ta’sis

etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzilishi bilan bog‘liq.
Yurtimiz hayotidagi bu g‘oyat muhim va hayajonli voqealar 1990

-

yilning mart oyida bo‘lib

o‘tganini eslash joiz. O‘sha davr, ya’ni mustaqilligimiz e’lon qilinishidan bir muncha vaqt
oldin, Oliy Kengashning o‘n ikkinchi chaqiriq,

birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi

respublikamizda prezidentlik lavozimi joriy etildi, davlat ramzlari haqidagi masala

muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiya tuzildi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi
Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi il

k bor ana shu sessiyada ilgari surildi.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi uchinchi huquqiy qadam –

“Mustaqillik

deklaratsiyasi”ning e’lon qilinishidir. O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990

-yil

20-

iyunda e’lon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning

8-

bandida O‘zbekiston “o‘zining

taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o‘zi
ta’sis etadi” degan qoida mustahkamlangan.

Deklaratsiyaning 12-

bandida esa ushbu hujjat respublikaning “yangi Konstitutsiyasini

is

hlab chiqish uchun asos” bo‘lishi qayd etilgan.

O‘shanda bunday mazmundagi hujjat sobiq ittifoq hududida birinchi bo‘lib

O‘zbekistonda qabul qilingan edi.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi to‘rtinchi huquqiy qadam –

Konstitutsiyaviy

komissiyaning tashkil etilishiga borib taqaladi.

Oliy Kengash qarori bilan 1990-yil 21-

iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining

Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar,

mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komis

siya

tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt
mobaynida tayyorlandi.

Birinchi Prezidentimiz Konstitutsiyaviy komissiya ish boshlashi bilan

mamlakatimizning o‘ziga xos jihatlarini va xususiyatini munosib ravishda aks

ettiradigan,

xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan, jahon tajribasini, demokratiya va eng


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

286

rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyaviy qonunchiligi erishgan yutuqlarni inobatga
oladigan asosiy Qonun loyihasini tayyorlashga bevosita rahbarlik qildi. Ushbu vazifalarni

amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz buyuk davlat va jamoat arbobi, iste’dodli
siyosiy yetakchi sifatida namoyon bo‘ldi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Konstitutsiyasining

tashabbuskori, ilhomlantiruvchisi va asosiy muallifi mamlakat Prezidenti hisoblanadi.

Binobarin, taqdir Islom Karimov zimmasiga jamiyatni yangilash, o‘tish davrining

murakkab sharoitida davlatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, davlat-

huquqiy va ma’naviy

-

ma’rifiy jihatdan rivojlantirishning pishib yetilgan muammolarini hal qi

lish, jumladan,

bo‘lajak mustaqil yurt Konstitutsiyasini yaratish kabi tarixiy vazifalarni yuklagan edi.

Konstitutsiyani yaratish yo‘lidagi beshinchi huquqiy qadam –

birinchi

Prezidentimizning Hindistonga 1991-

yilgi tashrifi bilan chambarchas bog‘liq.

Aytish kerakki, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 1991-yil 17

19-avgust

kunlari “Hindiston Respublikasiga rasmiy tashrifi O‘zbekiston Prezidentining xorijga

qilgan birinchi mustaqil

tarixiy tashrifi edi”. Yurtboshimiz Hindistonda bo‘lgan bir

paytda

19-

avgust kuni o‘zini “Davlat favqulodda holat qo‘mitasi”, ya’ni GKChP deb

atagan bir guruh siyosiy avantyuristlarning davlat to‘ntarishini sodir etishga qaratilgan
murojaati e’lon qilindi.

Afsuski, O‘zbekiston rahbarining safarda ekanidan foydalanib, GKCh

Pning

noqonuniy qarorlarini qo‘llab

-quvvatlaydigan rahbarlar yurtimizda ham topildi. Tarix

buni yaxshi eslaydi.

Bu voqealarning davomi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”

kitobining so‘zboshi qismida shunday bayon etilgan:

“Prezident Islom Karimov GKChP e’lon qilinganini Agrada eshitib, 19

-avgust kuni

zudlik bilan Toshkentga qaytadi. Toshkent aeroportida Yurtboshimizni rasmiy

kishilardan tashqari, Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni hamda Markazdan kelgan

3 nafar general kutib oladi.

Bu o‘sha paytdagi mavjud rasmiy protokol qoidalariga zid bo‘lib, tagdor siyosiy

ma’noga ega edi.

METODLAR BOʻLIMI

Konstitutsiya loyihasini ikki bosqichda muhokama etish uchun matbuotda e’lon

qilinishining ma’nosi shundan iborat ediki, fuqarolar Konstitutsiyaning

qayta ishlangan

variantida Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdagi o‘z ishtiroklarining natijasini
ko‘ra oldilar.

Konstitutsiya loyihasining yangi variantida umumxalq muhokamasining dastlabki

bosqichida kelib tushgan ko‘plab fikr

-mulohazalar va taklif

lar o‘z ifodasini topdi.

Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ularning ovozi eshitilganiga,

takliflari tegishli ravishda ko‘rib chiqilib, inobatga olinganiga ishonch hosil qildilar.

TADQIQOT NATIJALARI

Konstitutsiyaga koʻra, Oʻzbekiston –

prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren

demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning

demokratik omillari belgilab berilgan boʻlib, unda xalq davlat hokimiyatining birdan bir
manbai hisoblanishi koʻrsatib oʻtilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega: prezident

Konstitutsiyaga, qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning

butun hududida majburiy kuchga ega boʻlgan farmonlar, qarorlar, farmoyishlar qabul

qiladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

11 (2022) / ISSN 2181-1415

287

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul

qilish jarayoni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Konstitutsiya davlatni davlat,
millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma” bo‘lganligi, u “x

alqimizning

irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini” aks ettirishi, uning “xalqimiz
tafakkuri va ijodining mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari to‘g‘ri va asoslangan

ekanini yaqqol tasdiqlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI:

1.

zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son,

2-modda; 2015-y., 52-son, 645-

modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

19.04.2018y., 03/18/476/1087-son.

2.

M.K. Najimov. Norma ijodkorligi. Darslik.

Тоshkent: ТD

YuU, 2018.

81-b.

3.

https://uza.uz

4.

Lex.uz

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 2-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018y., 03/18/476/1087-son.

M.K.Najimov. Norma ijodkorligi. Darslik. –Тоshkent: ТDYuU, 2018. – 81-b.

Lex.uz