Авторы

  • Мунира Кадирова
    К.м.н., доцент, проректор по научной работе и инновациям, Ферганский медицинский институт общественного здравоохранения,

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1-pp101-106

Ключевые слова:

медицинское образование медицинская педагогика медицинская культура профессиональная культура профессионализм модернизация мотивационный критерий когнитивный критерий критерий деятельности личностный критерий

Аннотация

В статье представлены общие тенденции обучения студентов в процессе медицинского образования, развитие педагогики в области медицины, рассмотрены взгляды ученых на различия между профессией педагога и врача, вопросы организации учебного процесса в медицинском образовании, вопросы формирования этических норм и нравственных качеств в медицинском образовании. Также изучены особенности профессиональной культуры в медицинском образовании.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Specific characteristics of teaching pedagogical science
in medical education

Munira KADIROVA

1


Fergana Medical Institute of Public Health

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2022

Received in revised form

15 December 2022
Accepted 20 January 2023

Available online

15 February 2023

This article discusses general trends in medical education for

students, the development of pedagogy in medicine, the views

of scientists on the differences between teachers and doctors,

the organization of the educational process in medical

education, the formation of ethical qualities in medical
education, medical culture and professional culture.

The peculiarities of professional culture are studied.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1-pp1

01-106

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

medical education,

medical pedagogy,

medical culture,

professional culture,

professionalism,
modernization,

motivational criterion,
cognitive criterion,

activity criterion,

personal criterion.

Tibbiy ta’limda pedagogika fanini o‘qitishning o‘ziga xos

xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

tibbiy ta’lim,

tibbiyot pedagogikasi,

tibbiy madaniyat,

kasbiy madaniyat,
professionallik,
modernizatsiya,

motivatsion mezon,

kognitiv mezon,

faoliyatli mezon,

shaxsiy mezon.

Ushbu maqolada tibbiy ta’limning umumiy tendentsiyalari

tibbiy ta’lim jarayoniga qo‘yilgan talabalar, tibbiyot

sohasida

pedagogikaning rivojlanishi, olimlar tomonidan pedagog va

shifokor kasbining o‘rtasidagi tafovutlar bo‘yicha qarashlari,
tibbiy ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari, tibbiy

ta’limda axloqiy fazilatlarni shakllantirish, tibbiy madaniy

atni

hamda kasbiy madaniyatni rivojlantirish masalalari hamda

kasbiy madaniyatni o‘ziga hos xususiyatlari tadqiq etilgan.

1

Vice-Rector for Scientific Affairs and Innovations of Fergana Medical Institute of Public Health PhD (DSc), Associate

professor. E-mail: munirakadirova84@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

1 (2023) / ISSN 2181-1415

102

Особенности преподавания педагогики в медицинском

образовании

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

медицинское образование,

медицинская педагогика,

медицинская культура,

профессиональная

культура,

профессионализм,

модернизация,

мотивационный

критерий,

когнитивный критерий,

критерий деятельности,

личностный критерий.

В статье представлены общие тенденции обучения

студентов в процессе медицинского образования, развитие

педагогики в области медицины, рассмотрены взгляды

ученых на различия между профессией педагога и врача,

вопросы организации учебного процесса в медицинском

образовании, вопросы формирования этических норм и

нравственных качеств в медицинском образовании.

Также изучены особенности профессиональной культуры

в медицинском образовании.

Bugun mamlakatimizda milliy tibbiy ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, tibbiy

ta’limga xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish bo‘lajak shifokorlarga aholi salomatligini

muhofaza etishga o‘rgatish bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar olib borish, shuningdek,

tibbiy ta’limda ta’lim olayotgan yoshlarga ma’naviy –

ma’rifiy samarali tizimini yaratish

bo‘yich

a izchil ishlarni amalga oshirish masalari Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan

qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda o‘z aksini topmoqda.

2017

2021-

yillarda O‘zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nlishi

Xarakatlar

strategiyasi

hamda

2019

2025-

yillarda

O‘zbekiston

Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish kontsepsiyasi vazifasiga

muvofiq, shuningdek, tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm –

fani tizimini yanada

takomillashtirish, uning amaliy sog‘liqni

saqlashg

a integratsiya qilinishini ta’minlash

hamda tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida:

birlamchi tibbiyot

sanitariya yordami muassasalari uchun umumiy amaliyot

vrachlari ichida ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha

shifokorlarni

tayyorlashni tashkil etish;

tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini tayyorlash

va uzluksiz kasbiy ta’limi

jarayonlariga o‘qitishning kredit –

modul tizimini joriy etish;

tibbiyot va farmatsevtika

kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash

tizimining markazlashtirilishiga barham berish, ularning uzluksiz kasbiy ta

lim bilan

to

liq qamrab olinishini ta

minlash;

tibbiyot va farmatsevtika

kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish

kurslarida o‘qitish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobga olishni ta’minlash;

tibbiyot va farmatsevtika ilm-fanini,

shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi

innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni ilmiy maydoniga integratsiya

qilishini ta’minlash;

kadrlar tayyorlash, ta’l

im, ilm-fan

va amaliyotni integratsiya qilishning

uzluksizligini ta’minlash maqsadida tibbiyot va farmatsevtika muassasalarining

klinikalari, o‘quv –

ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirish [1].

Yuqorida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, bugun biz tibbiy ta’limda o‘quv –

tarbiya jarayonini tashkil qilishda zamonaviy tendentsiyalarga yondashishimiz talab

etiladi hamda tibbiyotda pedagogikaning o‘rni va ahamiyatini tahlil qilamiz.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

1 (2023) / ISSN 2181-1415

103

Tibbiyot sohasida pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishi uchun tarixiy

pedagogik izlanishlarni tashkil qilishda quyidagilarni aniqlash talab qilinadi;

u yoki bu xodisani shakllantirish kontsepsiyasining mavjudligi;

fan va amaliyot g‘oyalarining mavjudligi;

pedagogika va tibbiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik va

ularni tarixiy

pedagogik

jarayonda amalga oshirish g‘oyalarining mavjudligi.

Adabiyotlarning tahlillaridan shuni ko‘rib turibmizki, bugun biz o‘quv –

tarbiya

jarayonini tashkil qilishda har tomonlama rivojlangan yuksak madaniyat egasi bo‘lgan

shifokorlarni tarbiyalash muhim.

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish “madaniyat”

tushunchasini insoniylashtirish, kultivatsiya jarayonining natijasi, parvarish vositalari

sifatida talqin qilinadi [5. 447-b.].

Shifokorlik kasbi bilan shug‘ullangan axloqiy fazilatlarga ham alohida e’tibor berishi

talab etiladi.

Bizga ma’lumki, qadimdan tabiblik kasbi eng ulug‘langan kasblardan biri bo‘lib,

u insonlarni dardiga shifo topish, ularni turli xil og‘riqlardan xalos etish bilan bog‘langan.

Shuning uchun ham tibbiyotda axloqiy m

e’yorlar alohida ahamiyat kasb etgan.

Oliy tibbiy ta’limda bo‘lajak shifokorlarni tarbiyalash masalalariga yondashar

ekanmiz, bo‘lajak shifokorlarning kasbiy –

ma’naviy, axloqiy fazilatlari masalalarini ham

tadqiq etish zarur. Pedagog olim B.T.

Lixachev o‘

zining olib borgan tadqiqotlarida

“Axloq –

bu jamiyatdagi odamlarning munosabatlarini jamoatchilik fikri asosida

boshqaradigan, ularning xulq-

atvori va faoliyatini rag‘batlantiruvchi yoki taqiqlovchi

me’yorlar va qoidalar to‘plamidir”, –

deb hisoblagan [7. 42-b.]

Umuman olganda, insonning kasbiy ma’naviyati ta’lim

-tarbiya jarayonida uning

faoliyatida axloqiy talablar qay darajada ekanligi va qay darajada singdirilishi bilan

tavsiflanadi. Kasbiy ta’lim jarayonida talaba kasbiy mahnaviyat mehyorlari bilan

m

uayyan munosabatlarga kirishib, ularda o‘zining axloqiy mohiyatini anglaydi hamda

uning tarbiyalanganlik darajasi madaniyati bilan belgilanadi.

Madaniyat

bu insonlarning ijodiy faoliyati

tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy

boyliklar majmuigina bo‘lib q

olmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham

ifodalaydi, ya’ni jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig‘indisi madaniyatda

gavdalanadi [3. 6-b.].

Shu o‘rinda biz tadqiqotlarimiz tahlillaridan kelib chiqib, tibbiyotda “kasbiy

madaniyat

”ni rivojlantirish masalalariga to‘xtaldik.

Kasbiy madaniyat axloqiy fazilatlarning bir ko‘rinishi sifatida kognitiv jarayonning

mohiyati va shaxsni rivojlantirishda uni amalga oshirish xususiyatlarini ochib berish

lozim. Bo‘lajak shifokorning kasbiy madaniyati uning bilimlari, ko‘nikmalar, tamoyillar va

e’tiqoddan iborat bo‘lib, bu fazilatlarni amalga oshirish ko‘nikmalari va qobiliyatlari,

bo‘lajak shifokorning kundalik faoliyatida namoyon bo‘ladi.

Kasbiy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari:

Birinchidan,

uning mutaxassislik xususiyatiga ega ekanligida va kasbiy

faoliyatning mazmuni bilan o‘zi egallagan sohasiga kirisha olishida. Bundan tashqari,

deyarli bo‘lajak shifokorning hech bir ijtimoiy faoliyati uning ta’siridan tashqarida

bo‘lmaydi. O‘zi yolg‘iz

qolganda ham, inson o‘zining kasbiy madaniyati ta’sirida o‘ylaydi

va harakat qiladi.

Ikkinchidan,

bo‘lajak shifokorning kasbiy madaniyati uning ongi, hissi, irodasida

ham namoyon bo‘lib, uni o‘z sohasiga doir qarorlar qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Uchinchidan,

kasbiy madaniyat shaxsning dunyoqarash darajasiga, shaxsiy

javobgarlik hissiga bevosita bog‘liq.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

1 (2023) / ISSN 2181-1415

104

Umumiy ma’noda bo‘lajak shifokorning kasbiy faoliyatida uch tarkibiy qism

asosdir. Bular

kasbiy ma’naviyat, kasbiy axloq va kasbiy

madaniyatdir

.

Kasbiy madaniyat bu

kasbiy faoliyat me’yorlari, tushunchalar va

mulohazalarning sub’yektiv anglangan ifodasidir. Inson hayotida u inson ongining aqliy

faoliyati shakli sifatida namoyon bo‘ladi.

Kasbiy madaniyat

shifokor va bemor o‘rtasidagi ob’yektiv va sub’yektiv

xususiyatlarga ega. Ularning ob’yektivligi shundaki, ular kasbiy faoliyat talablari bilan

belgilanadi, shuningdek, uning mazmuni prinsipial jihatdan iqtisodiy, siyosiy va boshqa

ijtimoiy munosabatlarning mohiyati bilan belgilanadi. Kasbiy madaniyat munosabatlari

sub’yektiv xususiyatga ega, chunki ular haqiqatan ham to‘g‘ridan –

to‘g‘ri mutaxassis,

shaxs tomonidan amalga oshadi.

Biz tadqiq etgan tadqiqotimizda kasbiy madaniyat, kasbiy faoliyat tarkibiy

qismlarining o‘zaro uyg‘unligida bo‘lajak shifokor madaniyatining mohiyati o‘z ifodasini

topadi. Shu sababli har bir bo‘lajak shifokor o‘zining kasbiy faoliyati uchun shaxsiy

ma’naviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi shart. Chunki bu uning maqsadlarini

belgilashi, qaror qabul qilishi, shaxsiy xulq-

atvorni rejalashtirish va o‘ziga bog‘liq bo‘lgan

kasbiy faoliyatning asosiy bo‘g‘inidir. Yuksak professionallikni yuksak kasbiy

madaniyatga, ijtimoiy faollik, shaxsiy ishonch, ongli motiv va odatiy xatti-harakatlar

normalariga aylantirish

bugungi kunda oliy tibbiy ta’lim muassasalarining asosiy

tarbiyaviy vazifasidir.

Tibbiyot xodimining kasbiy madaniyatini hamda kasbiy fazilatlari hamda ularni

namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish doirasida biz tibbiyotning

ijtimoiy va kasbiy munosabatlarini alohida sohasi sifatida aniqlash mumkin, deb

hisobladik. Shifokorlik kasbi

bu maxsus tayyorgarlik, tajriba va ish tajribasi natijasida

olingan maxsus tibbiy nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar to‘lamiga ega bo‘lgan

mutaxassisning mehnat jarayonidir. Bunda tibbiy bilim

bu inson tanasining xususiyatlari

va unga ta’sir qilish imkoniyatlari to‘g‘risida bilimlari oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan

mutaxassis va “bunga ruxsat olgan shifokordir” [2

. 736-b.]. I.V. Siluyanova esa shifokorning

axloqiy madaniyatini tibbiy professionallikning asosi, deb hisoblaydi [9. 8-b.].

Shifokor (amaliyotchi va olim) kasbiy faoliyatining asosiy maqsadi inson hayotini

saqlab qolish, kasalliklarning oldini olish va kishilar sog‘ligini tiklash,

shuningdek,

davolanmaydigan kasalliklarda azoblanishni kamaytirishdir [8. 272-b.]. Shifokorning

kasbiy va shaxsiy madaniyati, M.A.

Martinovaning talqiniga ko‘ra, “murakkab ijtimoiy

xususiyat, uning ma’naviy, axloqiy va intellektual rivojlanishi, yuqori pro

fessionalligi va

kasbiy ahamiyatli, axloqiy va deontologik fazilatlarning rivojlanish ko‘rsatkichidir”

[10. 180-b.].

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadik kasbiy madaniyat shifokorlar kasbiy faoliyatini

tartibga solib, uning samaradorligini ta’minlaydi, chunki bu

muayyan holatlarda tibbiy

bilim va ko‘nikmalarni qo‘llashga yo‘naltiruvchi va cheklovchi ichki, korporativ axloqiy

me’yorlardir. “Axloq –

deb yozadi bu haqida T.A. Kovelina,

shifokorning shaxsiyati uning

yaxlitligining garovi bo‘lib xizmat qiladi. Axloq va uning talablaridan voz kechish o‘zini

shifokor bo‘lish imkoniyatidan mahrum qilishni anglatadi”

[6. 296-b.].

Shifokor madaniyatini uning xulq

atvori va madaniyati belgilaydi Shifokorning

kasbiy ahloqi inson salomatligi va hayotini himoya qilish va uning maqsadlariga amal

qilish bilan belgilanadi. Shifokor axloqi nima? Bu shifokorning o‘z faoliyati sohasidagi

xulq-

atvorining ahloqiy qadriyatlari haqidagi fan sifatida ta’riflanishi mumkin bo‘lgan

umumiy axloqning bir qismidir.

“Tibbiy etika

xulq-

atvor standartlari to‘plamini o‘z ichiga

oladi, shifokorning burchini, vijdoni va vijdoniy qadrini belgilaydi”

[4. 191-b.].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

1 (2023) / ISSN 2181-1415

105

Tibbiy tizimida xalollikni mavjuligi bemorlarning sog‘lig‘i ko‘rsatkichlarida –

kasallanish, o‘lim, umr ko‘rish davomiyligi, tug‘ilish va boshqalarda aks ettirilib, tibbiy

demografiya, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy tibbiyot, ijtimoiy va boshqa soha mutaxassislari

tomonidan o‘rganilayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Yurtimizdagi barcha bemorlarga

sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmasa, bunday sog‘liqni saqlash tizimini adolatli deb

bo‘lmaydi. Olib borilgan tahlillardan shuni aytish mumkinki, yuqoridagi axloqiy

me’yorlar tibbiy faoliyatning tarkibiy elementlari ekanligini va shifokorlarning kasbiy

madaniyatini belgilaydi.

Umuman olganda shifokor madaniyati tibbiyot xodimlarining bemorlar, ularning

qarindoshlari, shuningdek, davolash paytida shifokorlarning o‘zaro munosabatlari bilan

bog‘liq bo‘lib, madaniy

-

axloqiy munosabatlarini qamrab oladi. O‘zbekistonda amalga

oshirilayotgan islohotlar natijasida shifokorning mavqei, kasbiy faoliyatini amalga

oshirish uchun zarur bo‘lgan omil, shuningdek, shifokorlarga va umuman, sog‘liqni

saqlashga qo‘yiladigan talablar ortadi. Ammo ijtimoiy shakllanishidan qat’iy nazar,

muvaffaqiyatli davolanishning sharti tibbiyot kasbining insoniy mohiyati

azob-

uqubatlarni yengillashtirish va kasalga yordam berish istagi bilan belgilanadigan

muayyan axloqiy tamoyillarga muntazam rioya qilish talabi qo‘yib kelingan va shunday

bo‘lib qoladi. Chunki davolanishning ushbu

majburiy tamoyiliga amal qilinmasa, kasbiy

ma’naviy

-

axloqiy me’yorlarga rioya qilish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas.

Bir qator adabiyotlar tahlili va olimlarning tibbiy ta’limni rivojlantirishdagi

qarashlari kasbiy madaniyat mezonlarini aniqlash imkonini berdi:

Motivatsion mezon

ushbu mezon tibbiy ta’lim talabalrini ongli ravishda kasbiy

faoliyatining mazmunidan kelib chiqib, uni fanlarni o‘zlashtirishga kirishishga,

tibbiyotdagi zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishga, professionalizmni rivojlantirish

ga

turtki bo‘ladi. Bu mezon bo‘lajak shifokorlarni atrofga, jamiyatga bo‘lgan munosabatini

o‘zgartiradi.

Kognitiv mezon

ushbu mezon tibbiy ta’lim talabalarini ma’naviy –

axloqiy

g‘oyalarini va uning tushunchalarini to‘liqligi va hajmini hamda ular o‘rtas

idagi

bog‘liqligini ta’minlaydi.

Shaxsiy mezon

tibbiy ta’lim talabalrini tayyorlash jarayonida kasbiy fazilatlarni

maxsus aspektini shakllantirish, jumladan insoniylik, intiluvchanlik, mashuliyatlilik va

boshqalalr.

Faoliyat mezoni

ushbu mezon tibbiyot sohasida qabul qilingan qarorlar,

me’yorlarga amal qilish hamda muntazam ravishda o‘z ustida ishlab borish.

Shunday qilib oliy tibbiy ta’limda bo‘lajak shifokorlarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda

ularning mutaxassisligi doirasida pedagogik jarayoni tashkil qilish talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi

va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora

tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–

43-10-son

06.05.2019-yil.

2.

Даль

В.И. Толковый словарь русского языка современная версия /

В.И.

Даль. –

М.: ЭКСМО, 2011. –

С.

736.

3.

Gulmetov E., Qobiljonova T., Ernazarov Sh., Mavruzov A. Madaniyatshunoslik.

T.: “O‘AJBNT” markazi, 2000. –

B. 6.

4.

Грандо

А.А. Врачебная этика и медицинская деонтология /

A.А.

Грандо. –

2-

е изд., перераб. и доп. –

Киев: Высш шк., 1988. –

С.

191.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

4

1 (2023) / ISSN 2181-1415

106

5.

Культурология. XX век. Энциклопедия. Т. 1. –

СПб.: Университетская книга

ООО «Алтея», 1988. –

447 с

.

6.

Ковелина

Т.А. Образ врача в культуре: дис. д

-

ра философ, наук. –

Ростов

н/Д., 2006. –

С.

296.

7.

Лихачев

Б.Т. Педагогика курс лекций / Б.Т. Лихачев. –

М.: Юрайт, 2001. –

667 с. –

42 c.

8.

Медицинская этика и деонтология / под ред. Г.В.

Морозова,

Г.И.

Царегородцева. –

М.:

Медицина, 1983. –

С.

272.

9.

Силуянова

И.В. Нравственная культура врача как основание медицинского

профессионализма / И.В.

Силуянова // Экономика здравоохранения. –

2000.

№ 1/42. –

С.

5

8.

10.

Тарарышкина

М.А.

Формирование

профессионально

-

личностной

культуры студентов в образовательном процессе высшей медицинской школы
канд. пед. наук: 13.0.01 / М.А.

Тарарышкина. –

Рязань –

Москва, 2007. –

С.

180.

11.

Халимова

Х.М., Раимова

М.М., & Матмуродов

Р.Ж. (2012). Влияние

L-

аргинина на когнитивные расстройства у больных хронической ишемией мозга

с синдромом паркинсонизма.

Український хіміотерапевтичний журнал, (3), 148–

150.

12.

Маджидова

Ё.Н.,

Халимова

Х.М.,

Раимова

М.М.,

Матмурадов

Р.Ж.,

Фахаргалиева

С.Р., & Жмырко

Е.В. (2011). Молекулярно

-

генетические и некоторые

биохимические аспекты болезни Паркинсона.

Международный неврологический

журнал, (1), 91–

94.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm – fani tizimini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 43-10 son 6.05.2019

Даль В.И. Толковый словарь русского языка современная версия / В.И. Даль. – М.: ЭКСМО, 2011. – С.736.

Gulmetov E., Qobiljonova T., Ernazarov SH., Mavruzov A. Madaniyatshunoslik. – T.: “O‘AJBNT” markazi, 2000. – B.6.

Грандо А.А. Врачебная этика и медицинская деонтология /A.А. Грандо. – 2-е изд., перераб. и доп. – Киев: Высш шк., 1988. – С.191.

Культурология. XX век. Энциклопедия. Т. 1. – СПб.: Университетская книга ООО «Алтея», 1988. 447 с

Ковелина Т.А. Образ врача в культуре: дис. д-ра философ, наук. – Ростов н/Д., 2006. – С.296.

Лихачев, Б.Т. Педагогика курс лекций / Б.Т. Лихачев. – М.: Юрайт, 2001. 667 с. – С.42.

Медицинская этика и деонтология / под ред. Г.В. Морозова, Г.И. Царегородцева. – М.: Медицина, 1983. – С.272.

Силуянова, И.В. Нравственная культура врача как основание медицинского профессионализма / И.В. Силуянова // Экономика здравоохранения. – 2000. – № 1/42. – С.5-8.

Тарарышкина М.А. Формирование профессионально-личностной культуры студентов в образовательном процессе высшей медицинской школы канд. пед. наук: 13.0.01 / М.А. Тарарышкина. – Рязань – Москва, 2007. – С.180.

Халимова, Х.М., Раимова, М.М., & Матмуродов, Р.Ж. (2012). Влияние L-аргинина на когнитивные расстройства у больных хронической ишемией мозга с синдромом паркинсонизма. Український хіміотерапевтичний журнал, (3), 148-150.

Маджидова, Ё.Н., Халимова, Х.М., Раимова, М.М., Матмурадов, Р.Ж., Фахаргалиева, С.Р., & Жмырко, Е.В. (2011). Молекулярно-генетические и некоторые биохимические аспекты болезни Паркинсона. Международный неврологический журнал, (1), 91-94.