Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The main forms of teaching specialized subjects in
technological educational areas
Sardorbek KUCHAROV
1
Termez State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2022
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2023
Available online
15 February 2023
In this article, the topic of the main forms of teaching
specialized subjects in the direction of technological education
is covered, and innovative indicators in technological education
are approached.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss1/S-pp171-181
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
specialized subjects,
excursion,
technology education,
theoretical lessons,
training workshops,
frontal training,
link,
instruction.
Texnologik ta’lim yo‘nalishida
mutaxassislik fanlarini
o‘qitishining asosiy shakllari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mutaxassislik fanlari,
ekskursiya,
texnologiya ta’limi,
nazariy darslar,
oʻquv sexlari,
frontal oʻqitish,
zveno,
instuktaj.
Ushbu maqolada texnologik
ta’lim yo‘nalishida mutaxassislik
fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari mavzusi yoritilgan boʻlib,
texnologik ta’limda innovatsion koʻrsatkichlar tahlil etilgan.
1
Teacher, Department of Technological Education, Termez State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
172
Основные
формы
преподавания
профильных
предметов для технологических образовательных
направлений
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Профильные предметы,
экскурсия,
технологическое
образование,
теоретические занятия,
обучающие семинары,
фронтальная подготовка,
ссылка,
инструктаж.
В данной статье освещена тема основных форм
преподавания профильных предметов по направлениям
технологического образования, а также проанализированы
инновационные показатели в технологическом образовании.
Tashkiliy shakl deganda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishishga
yo‘naltirilgan talabalar o‘quv
-
o‘zlashtirish faoliyatini tashkil etish va rahbarlik qilish
usullari tushuniladi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishning asosiy tashkiliy shakllari sif
atida
quyidagilardan foydalaniladi (Rasm-1):
1). darsdan;
2). mutaxassislikka doir amaliy laboratoriya ishlaridan;
3). ekskursiyadan;
4). talabalar ishlab chiqarish guruhlaridan;
5). o‘quv sexlari bazasidan;
6). talabalarning mutaxassislikka doir
to‘garaklaridan va h.k.lardan.
Ko‘pgina hollarda o‘qitishning asosiy shakllaridan biri –
dars qabul qilinadi.
Mehnat ta’limining boshqa shakllari ham, dars ham o‘z navbatida 4 xil ko‘rinishda tashkil
etilishi mumkin, ya’ni frontal o‘qitish shakli, o‘qitish
ning zvenoli shakli, individual
o‘qitish shakli,aralash o‘qitish shakli. Bularning har biri turlicha sharoitda turlicha
qo‘llaniladi.
Frontal o‘qitishning qo‘llanish sharoitlari:
1.Nazariy darslarda:
A) barcha talabalarga bir vaqtda axborot yetkazishda;
B) talabalar bilimlarini bir vaqtda frontal tekshirishda;
V) demonstratsiya va O‘TV qo‘llashda;
2. Amaliy mashg‘ulotlarda:
A) frontal instruktaj berishda;
B) ayrim hollarda joriy instruktaj berishda.
O‘qitishning zvenoli shaklida qo‘llanish sharoitlari:
1.Nazariy darslarda:
A) har bir zveno ish ob’yektlarining muhokamasida;
B) zvenolar bo‘yicha muammoli o‘qitish metodini qo‘llashda.
2. Amaliy mashg‘ulotlarda:
A) har bir zvenoga instuktaj borishda;
B) zvenolar ishini tashkil etish va o‘tkazishda.
Individual o‘qitish shaklida qo‘llanish sharoitlari:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
173
1.Nazariy darslarda:
A) alohida tushunmagan talabaga tushuntirishda;
2. Amaliy mashg‘ulotlarda:
A) individual instrktaj berishda;
B) alohida ishlarni bajarish taqozo etilganda;
V) talaba mustaqil ishlarini tashkil et
ish va o‘tkazishda.
Aralash o‘qitish shaklida qo‘llanish sharoitlari:
1.Nazariy darslarda:
A) turli saviyali talabalar bilan ishlashga;
B) ta’lim mazmuni talabalar uchun turlicha ahamiyatga ega bo‘lgan sharoitda;
V) muammoli vaziyat hosil etish va suhbat metodlaridagi darsda.
2. Amaliy mashg‘ulotlarda:
A) bajariladigan ish ob’yektlari turlicha bo‘lishi bilan bir vaqtda umumiylikka ega
bo‘lishga. Shuningdek, mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarini tashkil etishning
frontal, zveno va individual shakllari mavjuddir.
Dars ta’lim ishining asosiy tashkiliy formasidir. Bu gap, jumladan, texnologiya
ta’limi yo‘nalishidagi mutaxassislik fanlari uchun ham taalluqlidir.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda dars mutaxassislik fanlarini
o‘qitishning asosiy vazifalarini amalga oshirish,
yangi materialni bayon qilishnn amaliy
topshiriq berish va uni hal qilish bilan yaxshi bog‘lash, talabalarni faollashtirish, ijtimoiy
foydali texnologiyaga jalb etishni amalga oshirish imkonini beradi.
Muta
xassislik fanlari darslari boshqa o‘quv predmetlariga nisbatan qator
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar quyidagilardan iborat:
Rasm-
1. Texnologiya ta’limini o‘qitish shakllari.
1. Darsda markaziy o‘rinni talabalarning amaliy ishlari egallaydi.
Shu munosabat
bilan o‘quv kabineti va ustaxonalardagi mashg‘ulotlarni qo‘shaloq darslar sifatida o‘tish
ma’qullangan. Kam vaqtli amaliy darsning noqulayligi shuki, unda talabalarning bevosita
O
‘
qitish
shakllari
Dars
(laboratoriya -
amaliy
mashg
‘
ulot)
eksursiya,
amaliyotlarda
o
‘
qitish
O
‘
quv tsexlari
bazasida
Mutaxassislik
tugaraklarida
o
‘
qitish
O
‘
quv ishlab
chiqarish
guruhlarida
o
‘
qitish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
174
amaliy ishlariga juda kam vaqt qoladi. Darsning
ko‘p qismi ish o‘rnini
tayyorlash va
yig‘ishtirishga, o‘qituvchining instruktajiga ketadi. 90 daqiqa davomida talabalar ma’lum
texnologiya topshirig‘ini bajarishga ulguradilar, bu esa ularga ma’naviy qoniqish
bag‘ishlaydi va o‘qituvchiga ish natijalarini baholash imkonini bera
di.
2. Talabalarning amaliy ishlari unumli mehnat bazasida tashkil qilinadi.
3.
O‘quv kabineti va ustaxonalardagi mashg‘ulotlarda talabalar har xil ishlov berish
asboblari yordamida ishlaydilar, ozuqa mahsulotlariga va materiallarga moslama,
dastgoh va mashinalarda ishlov berishni bajaradilar, mahsulot yaratish jarayonida
bevosita ishtirok etadilar.
Shu sababli dars(mashg‘ulot)ni o‘tkazishning xavfsizligini
ta’minlovchi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi.
Amaliy mashg‘ulot deganda talabalarining o‘quv materialini faol, ongli va
mustahkam o‘zlashtirishi maqsadida texnologiya ta’limi o‘q
ituvchisi rahbarligida amalga
oshiriladigan ham jamoa, ham yakka tartibdagi ish turlarini o‘z ichiga oladigan o‘quv
texnologiya faoliyatini aniq tashkil etishni tushunish kerak. Amaliy mashg‘ulot jarayonida
dastur mazmuni ochib beriladi, texnologiya ta’lim
i va tarbiyasining maqsadlari, vazifalari
amalga oshiriladi.
Texnologiya ta’limi yo‘nalishi mutaxassislik fanlarini o‘qitishning talabalarni shtatli
ish joylarida va o‘quv sexlari bazasida o‘qitish ham o‘qitishning bir shakli bo‘lib, bunda
talaba uchun ma
xsus o‘quv uchastkalarida yoki sexda stanoklar ajratilgan bo‘lib,
talabalar shu korxona uchun kerakli biror detal yoki tarmoqni tayyorlaydilar. Bu davrda
oliy maktab o‘qituvchilarining vazifasi talabalarning ishlarini ko‘zatib turish, berilgan
topshiriqlarni bajarishga erishishi va brakning oldini olishdir.
Talabalarni ishlab chiqarish guruhlarida o‘qitish shakli oliy maktab talabalari
ishchilar brigadalarining shtatdan tashqari a’zolari sifatida ta’lim olishlari mumkin.
Bunday paytda bittadan, yoki uchtadan qilib ishchilar brigadalariga taqsim qilinadi va
brigadalarda ishlab chiqarish brigadalarining ko‘rsatmasi bilan vazifalarini
bajaradilar.
Mutaxassislik fanlari sohasidagi amaliy mashg‘ulotlar turli tipda bo‘lishi, ya’ni
yangi texnik-
texnologik ma’lumotlarni va texnologiya jarayonlarni o‘rganishga,
bilimlarni, texnologiya ko‘nikmalari va malakalarini mustahkamlashga, korxonalarga
ekskursiyalar o‘tkazish va hokazolarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar bo‘lishi mumkin.
O‘quv kabineti va xona hamda ustaxonalarida
o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarning
turlari xilma-
xil bo‘lishiga qaramasdan, ularning hammasi quyidagi umumiy talablarga
mos kelishi lozim:
1)
Mashg‘ulotning maqsadi va vazifalari aniq va ravshan ifodalangan bo‘lishi lozim.
2)
Mashg‘ulotning tuzilishi didaktik jihatidan o‘zini oqlagan va o‘quv materialining
mazmuniga to‘liq javob beradigan bo‘lishi kerak.
3)
Amaliy ishlarni ob’yektlari to‘g‘ri tanlanishi, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega
bo‘lishi va o‘rganiladigan texnologiya jarayonlari hamda usulla
rining talablariga muvofiq
kelishi zarur.
4)
Mashg‘ulotlarda foydalaniladigan texnologiya ta’limi uslublari dars talablariga
va o‘quv materiallarining mazmuniga to‘liq javob berishi lozim.
5)
O‘quv kabineti va xona hamda ustaxonalardagi mashg‘ulotlarning tashkiliy –
uslubiy tuzilishi talabalar bilan jamoa tarzida va yakka tartibda ish olib borishni nazarda
tutishi kerak.
6)
Texnologiya ta’limi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda o‘tkaziladigan ta’lim ishlari
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
175
Amaliy mashg‘ulot turlarining xilma
-xilligiga qaramasdan, ulardagi umumiy
didaktik tomonlarni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bular talabalarni navbatdagi o‘quv
materialini o‘zlashtirish uchun jalb qilishga qaratilgan mashg‘ulotlarni uyushtirish,
talabalar o‘zlashtirganliklarini tekshirish, texnologiya usullarin
i namoyish qilish, ularni
mashqlar yordamida mustahkamlash, o‘z
-
o‘zini nazorat qilishga erishish, mustaqil
bajarilgan ishlar va o‘tgan mashg‘ulotlarga yakun yasashdan iborat.
Har qanday darsga qator didaktik talablar qo‘yiladi. Mutaxassislik fanlari darsla
riga
ham nisbatan didaktik maqsadning aniqligi ta’lim va tarbiya vazifalarining birligi, o‘quv
materialini to‘g‘ri tanlash, o‘qitish (ta’lim) uslublarini maqsadga muvofiq tanlash,
talabalarning har bir talabaning mustaqilligi bilan uyg‘unlashadigan kollekt
iv ishi, darsning
tashkiliy aniqligi, talabalar ishida xavfsizlikni ta’minlash kabi talablar qo‘yiladi.
Mutaxassislik fanlari darslarini tashkil qilishga ham nisbatan quyidagi talablar bo‘ladi.
1. Didaktik maqsadning aniqligi. Odatda har bir darsda qator didaktik masalalar
hal qilinadi, ko‘pincha ularning bittasi dominant (ustunroq) bo‘ladi. Masalan, talabalarga
bilimlar beriladi, ularda ko‘nikma va malakalar shakllanadi, texnik ijodiyot qobiliyati va
hokazolar rivojlanadi, ammo ana shu ta’limiy vazifalar
har qanday darsda birday hal
qilinmaydi. Bu ko‘p jihatdan darsning mazmuniga bog‘liq. Misol uchun modellashtirishga
bag‘ishlangan darslarda ayniqsa texnik tafakkurni, fazoviy tasavvurni va texnik ijodkorlik
uchun boshqa sifatlarni rivojlantirish uchun yaxshi sharoitlar vujudga keladi. Talabalar
modellarni tayyorlar ekan, ilgari olgan bilim va malakalarini mustahkamlaydilar va
takomilashtiradilar, ammo bu mazkur holda asosiy emas, balki yo‘l
-
yo‘lakay hal
qilinadigan vazifadir. Dars strukturasi, tayyorlash
ob’yekti, uslubiy vositalar, bularning
hammasi birinchi navbatda asosiy didaktik vazifaga bo‘ysunadi, uni bajarishgya
yo‘naltiriladi. Shu bilan birga boshqa o‘quv vazifalarinnig bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan
sharoitlar vujudga kelishiga ham yo‘l qo‘yi
lmaydi. Jumladan, tayyorlashda talabalarning
texnik ijodkorligi uchun ob’yektiv sharoit mavjud bo‘ladigan, ammo detallarini yasash
talabalar hali egallab olmagan texnologiya
operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq modelni
tanlash mumkin. Bunday model o‘quv
ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda tayyorlash
ob’yekti sifatida mos kelmasligi tabiiydir.
Texnologiya ko‘nikmalarini shakllantirish vazifasi birinchi o‘rinda turishiga shundan
ham ko‘rinadiki, har qanday texnologiya operatsiyasini o‘rgatish talabalarga oper
atsiyaning
mohiyati, asboblar, ish usullari va hokazolar haqida ma’lum darajada bilimlar berishdan
boshlanadi. Bu bilimlarni o‘zlashtirish ishning to‘g‘ri usullarini o‘zlashtirishning za
rur
shartidir, bularni bilish zarur, ammo bilishning o‘zi yetarli ema
s. Chunki, ish paytida asbobni
qanday ushlash, qanday ishlatish kerakligini yaxshi bilgan bilan bu ishlarni uddalay olmaslik
mumkin. ko‘pincha texnologiya usullarini bajarish uchun zarur bilimlarni egallash
usullarning o‘zini egallashdan ancha osonroq bo‘ladi. Shu sababli operatsiyalarni o‘rgatishda
o‘qituvchining diqqat e’tibori talabalar texnologiya usullarini to‘g‘ri bajarishlariga qaratiladi,
bu esa mazkur holda asosiy didaktik vazifaning aynan o‘zidir.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi dars mashg‘ulotla
riga tayyorlanayotganda mazkur
dars mashg‘ulotlarida didaktik vazifalarning qaysilari asosiy vazifalar hisoblanishini
aniqlaydi, ularga dars mashg‘ulotlarining maqsadi sifatida qaraydi va dars
mashg‘ulotlarini shunga ko‘ra tashkil etadi.
2.
Ta’lim va tarbi
ya vazifalarining birligi.
Ta’lim tarbiyalovchi bo‘lishi kerak.
Bu talab hamma o‘quv predmetlariga bab
-baravar tegishli. Yosh avlodni tarbiyalash
–
bolaga xarakterning butun ijobiy sifatlari kompleksini singdirish demakdir. Bunday
sifatlar jumlasiga vatanparvarlik, kattalarni hurmat qilish, rostgo‘ylik kabilarni ham
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
176
aytish mumkin. Texnologiya ta’limi darslarida texnologiya tarbiyasi uchun alohida qulay
sharoitlar vujudga keladi. Shu sababli texnologiya tarbiyasiga texnologiya
ta’limining
asosiy vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Bundan esa o‘qituvchi o‘z oldiga tarbiyaviy
xarakterdagi muayyan vazifani qo‘ymagan, darsni yaxshi dars deb hisoblab bo‘lmasligi
ravshandir. O‘qituvchi tarbiyaviy ish natijalarini uzluksiz kuzatishi
va unga tegishli
tuzatishlar kiritish imkoniga ega bo‘ladi. Har bir darsdagi ta’lim jarayoni talabalarda
texnologiyaga muhabbat uyg‘otadigan yo‘sinda tashkil qilinishi kerak. Buning uchun
o‘qituvchi ish ob’yektini tanlashda faqat uning dastur talablariga
mosligi haqida emas,
balki talabalarda qanday emotsiyalar uyg‘otishi, ya’ni ularni qiziqtirishi, musobaqaga
rag‘batlantirishi va hokazolar haqida ham o‘ylashi kerak. Talabalarga ish o‘rnini
tayyorlamasdan turib ishlashga kirishmaslik, nosoz asboblar bilan ishlamaslik kabi
texnologiya madaniyatining ma’lum qoidalarini singdirish muhimdir. Agar o‘qituvchi har
bir darsda talablarni bo‘shashtirmay bu qoidalarning bajarilishini kuzatib borsa, ular
odat tusiga kirib qoladi.
Maktablarning ish tajribasi talabalarning texnologiyaga munosabatlari asta-sekin
tenglashishini, hamma talabalar bajonudil, kuchi yetganicha texnologiya qila boshlashini
ko‘rsatmoqda. Ammo bunga darsda ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi
ta’minlangan taqdirdagina erishiladi.
3.
O‘quv materialini to‘g‘ri tanlash. O‘quv materialini tanlashda darsning maqsadi,
talabalar oldingi texnologiya ta’limi darslarida olgan bilim va malakalar; fan asoslariga
oid bilimlari; ularning jismoniy rivojlanganligi kabi qator omillar hisobga olinadi.
Mahsulo
t va materiallarga ishlov berishda rejalash ishlarida to‘g‘ri to‘rtburchak
shaklidagi konturga ega bo‘lgan detallarni tekislikda rejalash rejalovchi asboblar
yordamida bajariladi. Bundan murakkabroq konturga ega bo‘lgan detallar shablon
bo‘yicha rejalanadi. Talabalar chizmachilikni o‘rgana boshlaganlaridan keyin rejalashga
qo‘yiladigan talablar ortadi.
Shablondan maxsus hollardagina foydalaniladi, rejalash
odatda, geometrik yasashlar yordamida bajariladi.
Ko‘rinib turibdiki, bunda ishlov
beriladigan ozuqa mahsuloti va materiallar talabalarning oldingi tajribalari va fan
asoslari bo‘yicha olgan bilimlariga bog‘liq holda tanlanadi.
O‘quv materialining mazmuni darsning maqsadiga muvofiq tanlanadi. O‘qituvchi
biror mavzu bo‘yicha, masalan, yakunlovchi dars o‘tka
zar ekan, ishning haqiqiy ahvoliga
qarab o‘z oldiga har xil maqsadlarni qo‘yishi mumkin. Agar talabalar texnologiya
usullarini bajarishda tipik xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsalar, yakunlovchi mashg‘ulot o‘sha
xatolar keyinchalik takrorlanmasligi uchun ularni
tahlil qilishga bag‘ishlanishi mumkin.
Yakunlovchi mashg‘ulotlarda talabalar bilimlarini umumlashtirish, ozuqa mahsulot va
materiallarga ishlov berish usullaridagi umumiy va farqli tomonlarni aniqlash maqsadlari
ham qo‘yilishi mumkin. Birinchi holda ham, ikkinchi holda ham o‘quv materialini tanlash
har xil amalga oshirilishi o‘z
-
o‘zidan ko‘rinib turibdi.
O‘qitish (ta’lim) uslublarini maqsadga muvofiq tanlash. O‘qituvchi ishidagi har xil
uslub va usullar omilkorligi bilan kombinatsiyalanmasa, har qanday darsda ham
maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ta’lim uslublarini to‘g‘ri tanlash dars
samarasiga salmoqli ta’sir ko’rsatadi.
Texnologiya ta’limi darsining asosiy bosqichi talabalarning mustaqil ishidan iboratdir.
Bu ishning muvaffaqiyati unda didaktik uslub va usullar qanchalik muvaffaqiyatli
kombinatsiyalanishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
177
Talabalarning mustaqil ishlari topshiriq mazmuni bilan tanishish, u qanday
tartibda, qaysi asboblar va moslamalardan foydalanib bajarilishi haqida fikrlashdan
bos
hlanadi. Bu masalalarning hammasini bilimlarni qo‘llamay yechish mumkin emas.
O‘qituvchining o‘zi to‘la
-
to‘kis yo‘l
-
yo‘riq berishi mumkin, albatta, ammo bunda ta’lim
uslublarini maqsadga muvofiq tanlash talabi buziladi, chunki amaliy aqliy faoliyat bilan
b
og‘lanmagan amaliy ish texnologiya tarbiyasi va umumtexnik ta’lim talablariga javob
bermaydi. O‘smirlar mustaqil ishni bajarish bilan bog‘liq hamma masalalarni o‘ylab olib,
ulardan belgilanganlarini amalga oshirishga kirishadilar. Shunday qilib, texnologiyada
bilimlarni qo‘llash uslublari ma’lum texnologiya usullarini bajarishga doir mashqlar bilan
kombinatsiyalanadi. Ayniqsa, talabalar ijodkorligining elementlari mavjud bo‘lgan
mustaqil ishlari didaktik jihatdan qimmatlidir.
Rasm-
2. Ta’lim berish uslublarini tanlash omillari.
Yangi materialni bayon
qilishda ta’limning texnologiya usul
larini namoyish qilish,
tushuntirish va suhbat kabi uslublardan foydalaniladi. Bunda ham
ko‘p narsa o‘qitish
uslublarini maqsadga muvofiq ravishda kombinatsiyalashga bog‘liq. Chunonchi, suhbat
tushuntirishga qaraganda talabalarni
ko‘proq aktivlashtiradi. Shu sababli yangi
materialni bayon qilish jarayonida talabalarning ba’zi bilim va malakalariga tayanish
mumkin bo‘lgan hollarda, texnologiya usullarini namoyish qilishni suhbat bilan
kombinatsiyalash kerak.
Darsning yaku
nlovchi qismi uchun ta’limning suhbat, tushuntirish, bilim, ko‘nikma
va malakalarni tekshirish kabi uslublarini qo‘llash xarakterlidir.
Ta’lim berish
uslublarini
tanlash omillari
Maqsadni
belgilash
O
‘
quv axborot mazmuni
hajmi va murakkabligi
Ta’lim
berish uslublari
o
‘
quv axborotini
egalashlariga ta’siri
O
‘
rganuvchilarni
o
‘
quv imkoniyatlari
Dars davomiyligi va o
‘
tish
vaqt sarfi
Ta’lim berish sharoitlari
O
‘
rgatuvchining chuqur
bilim donligi va shaxsiy
sifatlari
Ta’lim
oluvchilar soni
O
‘
rgatuvchi va
o
‘
rganuvchi o
‘
rtasidagi
munosabatlarini
xususiyatlari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
178
5.
Har bir talabalarning har bir mustaqilligi bilan uyg‘unlashadigan jamoa ishi.
Hozirgi vaqtda texnologiya ta’limi dars
larida talabalar ishini tashkil qilishning uchta
asosiy frontal, zveno va individual formalari qaror topgan. Har bir tashkiliy formani
baholashga ikki nuqtai nazardan yondashiladi: ular bilimlarni o‘zlashtirishga, ko‘nikma
va malakalarining shakllanishiga qanday yordam berishi; ulardan qaysi biri hozirgi
sanoat korxonalarida texnologiyani tashkil qilishi haqida to‘laroq, aniqroq tasavvur
berishi aniqlanadiki, bular politexnik ta’lim vazifalarini amalga oshirish uchun zarurdir.
6. Darsning tashkiliy aniqligi
. Har qanday dars o‘zining tashkil qilinishi va
o‘tkazilishi nuqtai nazaridan aniq bo‘lishi kerak. Ustaxonalarda o‘tkaziladigan
darslarning muhim xususiyati ko‘pincha talabalarning unumli texnologiyaga
bag‘ishlanishidir.
Ishlab chiqarish sharoitida texnologiyani, boshqa bir xil sharoitlarda ishchidan
uning asosiy vazifasi, ya’ni moddiy boylik yaratish bo‘yicha maksimal foydalanishni
ta’minlaydigan yo‘sinda tashkil qilish samaraliroq hisoblanadi. Turli sabablarga
(zagotovka va asboblarning yo‘qligi, jihozlarning sinib qolishi va hokazolarga) ko‘ra
ishchining bekor turib qolishi, eng avvalo, texnologiyani tashkil qilishdagi kamchiliklar
borligini bildiradi. Ustaxonalardagi darslarning tashkiliy aniqligini baholashga shu nuqtai
nazardan yondashish kerak.
Talab
alar unumli texnologiyaining uzluksizligini ta’minlash uchun o‘qituvchi eng
oldin jihozlarning sozligini kuzatadi. Agar sanoat korxonalarida jihozlarning ishdan
chiqishi ish
lab chiqarish dasturini bajarmaslikka olib kelsa, ta’lim sharoitida o‘quv
dasturi
bajarilmasligiga sabab bo‘ladi. Tashkiliy aniqlikka ustaxonalarni hamma zarur
material va asboblar bilan uzluksiz ta’minlash va zagotovkalarni saqlash va ularni
talabalarga berishnki to‘g‘ri tashkil qilish muhimdir. Agar bu ishda yetarlicha tashki
liy
aniq
lik bo‘lmasa, qimmatli daqiqalar maqsadsiz sarflanadi.
Darsning tashkiliy aniqligi uchun o‘qituvchining o‘quv jarayoniga rahbarlik qilish
ishlarini rejalashtirishi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, o‘qituvchi oldingi yillar
tajribasidan kelib chiqib, biror operatsiyani bajarishda talabalar qanday
xatolarga yo‘l
qo‘yishlarini biladi. Shunga ko‘ra u xatolarga yo‘l qo‘yilishini kutib turmay joriy
instruktajlar o‘tkazishni rejalashtiradi va ular haqida talabalarni ogohlantiradi.
Talabalar texnologiya ta’limi d
arslarida foydalanadigan texnik hujjatlar ham
darsning tashkiliy aniqligiga ta’sir qiladi. Agar chizmalar, texnologik kartochkalar,
instruksiyalar tushunarli, bolalarning kuchlari yetadigan bo‘lsa, talabalar ular bo‘yicha
muvaffaqiyatli ishlaydilar, shu bilan birga mustaqillikni ham namoyon qiladilar. Aks
holda ular bir-
birlariga, o‘qituvchiga yordam olish uchun murojaat qiladilar, bu esa ish
paytida u yoq bu yoqqa yurishlarga sabab bo‘ladi, ixtiyorsiz, hammani o‘z ishini
bajarishdan chalg‘itadi.
7. Laboratoriya
–
amaliy ishlarni to‘g‘ri tashkil qilish. Texnologiya ta’limi darslarini
deyarli 80-
90 foizi amaliy ish bajarish bilan bog‘liq bo‘lib, u amaliy laboratoriya
mashg‘ulotlari bilan tugallanadi. Talabalar uchun bu amaliy laboratoriya tadqiqoti
demakdir. Amaliy
–
laboratoriya tadqiqoti texnologiya ta’limi mashg‘ulotining shunday
turidirki, unda umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘qituvchi rahbarligida maxsus
uskunalar, asboblar, jihozlar yordamida turli tadqiqotlar, tajribalar-kuzatishlar olib
borad
ilar, o‘lchovlarni amalga oshiradilar. O‘quv ustaxonalari, maxsus kabinetlar,
laboratoriyalar o‘quv tajriba uchastkalari va hokazolar amaliy –
laboratoriya tadqiqoti
uchun baza bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
179
8.
Talabalar ishida xavfsizlikni ta’minlash. Texnologiya ta’limi darslarida talabalar
har xil ishlov beruvchi asboblar yordamida ishlaydilar, moslama, dastgoh, jihoz, texnika
va mashinalarda ozuqa mahsuloti va materiallarga ishlov berishni bajaradilar, elektr
zanjirlarini montaj qiladilar. Bunda xavfsiz ishlash qoidalariga amal qilinmasa,
jarohatlanish yuz berishi ehtimoldan xoli emas. Shu sababli talabalar xavfsizligini
ta’minlash o‘quv kabineti va ustaxonalarda o‘tkaziladigan dars mashg‘ulotlariga
qo‘yiladigan asosiy talablar jumlasiga kiradi.
Mutaxas
sislik fanlari bo’yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishning frontal formasi
talabalarning hammasi bir xil topshiriqni bajarishidan iboratdir. Shu tufayli o‘qituvchi
gruppaviy instruktaj, xatolarni kollektiv bo‘lib muhokama qilish va hokazolardan
foydalanib b
ir vaqtning o‘zida butun gruppa ishiga rahbarlik qila oladi. Mashg‘ulotlarni
frontal tashkil qilishning kamchiliklaridan biri shuki, har qaysi talaba ishni boshdan
oxirigacha o‘zi bajaradi, shunga ko‘ra unda hozirgi korxonalardagi texnologiya
taqsimotining xarakteri haqidagi tasavvurning shakllanishi qiyinlashadi.
Mutaxassislik fanlari bo’yicha mashg‘ulotlarini tashkil etishning zveno guruh
formasida gruppani har biri 3
–4 kishilik zvenolarga bo‘linishi, bu guruhlarning har
qaysisi o‘z topshirig‘ini bajaris
hi nazarda tutiladi. Bunda texnologiya taqsimoti sodir
bo‘ladi, bu taqsimot zvenolar orasida ham, zveno ichida ham bo‘lishi mumkin. Ishlab
chiqarish korxonalarining buyurtmalarini bajrishda buyumlar soni ko‘p bo‘lishi mumkin.
Bunday holda buyumning butun t
exnologik jarayonini alohida qismlarga bo‘lish va ularni
bajarishni turli zvenolarga topshirish maqsadga muvofiq, bunda zvenodagi hamma
talabalar bir xil topshiriqni bajaradilar.
Guruh formasida o‘qituvchining o‘quv jarayonini boshqarishi qiyinlashadi, ung
a har
xil ishlarning bajarilishini kontrol qilishga to‘g‘ri keladi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf etishga
yozma instruksiyalarni qo‘llash bilan erishiladi, bu instruksiyalar har bir zveno uchun
tayyorlanadi va talabalar mustaqil ishlashi uchun yetarli ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.
Mehnatni tashkil qilishning guruh
formasi oldin o‘zlashtirilgan malakalarni
mustahkamlashda, modellashtirishda, shuningdek, jihozlar yetishmasligi sababli
frontallik ta’minlanmay qolganda, masalan, materiallarga ishlov berish va
stanoklarida
ishlashda qo‘llanadi.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarini tashkil etishning individual formasi
hamma talabalar har xil ishni bajarishidan iboratdir. Bu forma nisbatan kam qo‘llanadi.
Buning sababi bunday sharoitlarda o‘quv jarayon
ini boshqarish, shuningdek,
talabalarning hammasini zarur materiallar bilan ta’minlash qiyin bo‘ladi. Individual
forma, asosan ishning sur’ati va uning natijalari bo‘yicha o‘z o‘rtoqlaridan ancha farq
qiladigan eng kuchli va bo‘sh talabalar bilan ishni tashkil etishda qo‘llaniladi. Kuchli
talabalarning ishga qiziqishi pasaymasligi va to‘la yuklama bilan ta’minlanishi uchun
ularga ancha qiyin topshiriqlar beriladi. Bo‘sh talabalar, aksincha ancha sodda
topshiriqlar oladilar, bunda ularning orqada qolishiga s
abab bo‘lgan omillar (kasallik
tufayli mashg‘ulotlardan qolib ketgani, jismoniy zaifligi va hokazolar) hisobga olinadi.
Dars boshlanishi oldidan o‘qituvchi jihoz va asboblarning nosoz emasligini, maxsus
kiyimlarning yaroqliligi va boshqalarni tekshiradi.
Y
angi materialni bayon qilishda texnologiya xavfsizligiga katta e’tibor beriladi.
O‘qituvchi ustaxonalarda xavfsiz ishlashni ta’minlovchi qoidalarni tushuntiradi, ularni
bajarish usullarini namoyish qiladi, shundan keyin bularni talabalar qanchalik
o‘zlasht
irganini tekshiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
180
Shunday qilib, texnologiya xavfsizligi qoidalarining bajarilishi borasidagi
g‘amxo‘rlik butun darsga, unga tayyorlanishdan boshlab singib boradi; bu mutlaqo
tushunarli, ya’ni darsda talabalar jarohatlansa, ularda
malakalarni shakllantirish va
ijodkorlikni o‘stirishdagi har qanday muvaffaqiyat yo‘qqa chiqadi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida dars bilan bir qatorda o‘quv ishining
boshqa formalari ham qo‘llaniladi. Qoloq talabalar bilan qo‘shimcha mashg‘ulo
tlar
o‘tkaziladi, o‘qituvchi bu mashg‘ulotlarda talabalarga qiyin texnologiya usulini
o‘zlashtirishlarida, murakkab nazariy masalalarni tushunishlarida yordam beradi.
Qo‘shimcha mashg‘ulotlar ba’zan jihozlarning yetishmasligi tufayli ham o‘tkaziladi,
masal
an, o‘quv ustaxonalarida ko‘pincha yog‘och va metallga berish stanoklarida
materiallarga ishlov berishni frontal bajarish uchun yetarlicha jihozlar bo‘lmaydi, tikuv
mashinalari yoki taom tayyorlash jihozlari hamda qishloq xo‘jalik texnikasini ifodalovchi
j
ihozlar to‘liq yetishmaydi. Shu sababli ish zvenolar bo‘yicha bajariladi. Shunday qilib,
o‘qituvchining bir vaqtning o‘zida har xil ishlar bilan shug‘ullanayotgan zvenolarni
uslubiy boshqarishni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bu ancha murakkab. Shu sab
abli
o‘qituvchi zveno boshliqlari darslarda o‘z o‘rtoqlariga kuchlari yetgancha yordam berishi
uchun ular bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida sanoat va xizmat ko‘rsatish
korxonalariga ekskursiyalar uchun anchagina vaqt ajratiladi. Bundan tashqari
texnologiya ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv ishlab chiqarish amaliyotlari ham mavjud.
Mutaxassislik fanlari bo‘yicha ayrim hollarda zaruriyat bo’yicha o‘quv ishini tashkil
qilishning fakultativ mashg‘ulotlar formasida o‘tkazilishi mumkin. Talabalar sostavi
ixtiyoriylik asosida belgilanadi, bu sinfdan tashqari ish uchun xarakterlidir, mashg‘ulotlar
mazmuni esa vazirlik tasdiqlagan dastur bilan belgilanadi.
Oliy ta’lim maktablari ish tajribasida texnologiya ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha
fakultativ mashg‘ulotlarning ikkita asosiy varianti tasdiqlandi.
Birinchi variantda texnologiya ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislik fanlari
fakultativ mashg‘ulotlarga ajratilgan vaqt birlashtiriladi va ta’lim yagona dastur bo‘yi
cha
olib boriladi. Shu tufaydi tegishli amaliy bilimlar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bunda bir necha mutaxassislik fanlari dasturlari
birlashtirilgan mashg‘ulotlar dasturlari bo’yicha ta’lim jarayoni tashkil q
ilinadi. Masalan,
texnika vositalarini ishlatish ta’mirlash va boshqarish o’rgatish ishlari birgalikda olib
borilsa, fakultativ mashg‘ulotlar samarali bo‘ladi.
Ikkinchi variantda mutaxassislik fanlari bo‘yicha majburiy darslar bilan fakultativ
mashg‘ulotlar orasida birinchi variantdagidek uzviylik yo‘q, talabalar mutaxassislik
fanlarini nazariy o‘rganish fakultativini yoki dars materialini amaliy o‘rganish
faqultativini tanlashlari mumkin, bunda talabalarning umumtexnik va texnologik bilim
doirasi va hozirgi zamon ishlab chiqarishi asoslari haqidagi tasavvuri kengayadi.
Mutaxassislik fanlari o‘qitish jarayonida dars (amaliy mashg‘ulot)dan tashqari
o‘quv ishlab chiqarish brigadalarida o‘qitish, o‘quv sexlarida o‘qitish, malakali ishchilarga
biriktirib o‘qitish kabi shakllari ham bo‘ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
A. Parpiev, A. Marakhimov, R. Hamdamov, U. Begimkulov, M. Bekmuradov,
N. Taylakov. Electronic educational methodological complexes. For higher education
institutions /
–
T.: UzME state scientific publishing house, 2008.
–
144 p.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2023) / ISSN 2181-1415
181
2.
Muslimov N.A., Ko
‘
ysinov O.A., Kadirov H.Sh., Torabekov F.S., Abduraimov Sh.S.,
Electronic textbook of
“
Mechanical processing of metals
”
from the subject
“
Methodology
of Vocational Education
”
// O Certificate of the State Patent Office of the Republic of
Uzbekistan No. BGU 00204 21.10.2009.
3.
Torabekov F.S Methodology of using information technologies in the process of
training future labor education teachers. 13.00.02 (Labor education) Dis. ped. science.
name
–
T.: 2011.
–
176 p.
4.
Choriev R.K., Khujakeldiev K.N., Kucharov, S.A., Abdiev N., Amirqulov X.Q. (2022)
Pedagogical Problems of Distance and Traditional Education.
5.
Journal of Pharmaceutical Negative Results, Pvt. Ltd. https://doi/org/10.47750/
pnr.2022.13.S08.361
6.
Kucharovich, Odinayev Akmal, and Kucharov Sardorbek Akmalovich.
“
axborot
kommunikatsiya texnologiyasi rivojlanish imkoniyatlar metadalogiyasida
”
. Ta
’
lim va
rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali 2.9 (2022): 111
–
114.
7.
Ismailova Z., Choriev R., Ibragimova G., Abdurakhmanova S., & Abdiev N. (2020).
Competent model of Practice-oriented education of students of the construction profile.
Journal
of
Critical
Reviews.
Innovare
Academics
Sciences
Pvt.
Ltd.
https://doi.org/10.31838/jcr.07.04.85.
8.
Kucharovich, Odinayev Akmal, and Kucharov Sardorbek Akmalovich.
“
Innovative Teaching Methods and their Practical Application in Technological Education
Classes
”
. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences 1.5
(2022): 305
–
309.
9.
Kucharovich, Odinayev Akmal, and Kucharov Sardorbek Akmalovich.
“
Axborot
kommunikatsiya texnologiyasi rivojlanish imkoniyatlar metadalogiyasida
”
. Ta
’
lim va
rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali 2.9 (2022): 111
–
114.
10.
Akmalovich, Kucharov Sardorbek.
“Texnologik ta’limning kasb tanlashdagi
ahamiyati
”
.
Лучший
инноватор
в
области
науки
1.1 (2022): 357
–
360.
11.
Dusyarov X.Ch., A.K. Odinayev, and S.A. Kucharov.
“
Criteria for assessing
student knowledge in technology classes
”
. Academic research in educational sciences 2.3
(2021): 1168
–
1173.
