Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The status and the role in social life, of religious
organizations in the constitutions and the laws of foreign
countries
Firuz RASHIDOV
1
International Islamic Academy of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received February 2023
Received in revised form
15 February 2023
Accepted 15 March 2023
Available online
25 April 2023
Predicated on historic and jurisprudent, socio-economic
conditions in foreign countries, a number of models of relations
of state, religious and civil society organizations are formed, and
an active participation of institute of religion is observed in
various aspects of social life. Aforementioned relations are called
state-confessional relations, the topic of inter-relations between
state, religion, and other societal configurations had resulted in
engaging debate-discussions for many centuries. Religion and its
role in a societal life, an impact of religious organizations on
activities of state and civil society institutions, the relations
between state and religion are comparatively analyzed on the
basis of constitutions and laws of countries in this article. The
participation of religious institutions of countries in society
activities and consequently, based on their level, confessional
typology are discussed. Emphasizing that partnership between
state and religious institutions in foreign countries is dependent
on cultural, historic, economic, and political factors, it is found
out that political factor is overarching other factors in religious
preferences at an international level. It is reported that in the
contemporary multi-confessional world, it is considered to be
essential that religious conflicts and divisions based on
differences in religious preferences are not allowed, in morally
developed countries, the existence and plausibility of resolving
conflicts through the means of intelligence and communications
instead of weaponry, and subsequently, that is found to be true in
the history of partnerships of state and religious organizations of
various countries in the world.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss2-pp42-50
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
religion,
belief,
freedom of conscience,
type,
confession,
human rights,
globalization,
civil society,
religious views,
religious feeling,
atheism,
theology,
experience.
1
Senior teacher, International Islamic Academy of Uzbekistan, Independent researcher, Tashkent State University of
Law. E-mail: rashidov77@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
43
Xorijiy mamlakatlar konstitutsiya va qonunlarida diniy
tashkilotlarning maqomi va ijtimoiy hayotdagi roli
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
din,
e’tiqod,
vijdon erkinligi,
tip,
konfessiya,
inson huquqlari,
globallashuv,
fuqarolik jamiyati,
diniy qarashlar,
diniy tuyg‘u,
ateizm,
teologiya,
tajriba.
Xorijiy mamlakatlarda tarixiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlardan kelib chiqqan holda davlat, diniy tashkilotlar va
fuqarolik jamiyati boshqa institutlari munosabatlarining turli xil
modellari shakllanib, ijtimoiy hayotning turli sohalarida din
institutining faol ishtiroki kuzatiladi. Ushbu munosabatlar davlat-
konfessional munosabatlar deb atalib, davlat, din va boshqa
jamoat birlashmalari o‘zaro munosabatlari masalasi k o‘p asrlar
dav
omida qizg‘in bahs
-
munozaralarga sabab b o‘lib kelgan. Ushbu
maqolada xorijiy mamlakatlarda din va uning jamiyat ijtimoiy
hayotidagi o‘rni, diniy tashkilotlarning davlat va fuqarolik
jamiyatining institutlari faoliyatiga ta’siri, davlat va din
munosabatlari davlatlarning konstitutsiya va qonunlari asosida
qiyosiy tahlil qilingan. Davlatlarda diniy tashkilotlarning jamiyat
faoliyatidagi ishtiroki va o‘rniga qarab konfessional tipologiyasi
muhokama qilingan. Xorijiy mamlakatlarda davlat va diniy
tashkilotlar
o‘zaro hamkorligi madaniy, tarixiy, iqtisodiy, siyosiy
omillarga bog‘liq ekanligi e’tirof etilib, xalqaro miqyosda diniy
e’tiqod sohasida siyosiy omil ustuvor ekanligi qayd etilgan.
Bugungi kunda multikonfessional dunyo muhitida diniy nizolarga,
dunyoning
diniy o‘ziga xoslikka ko‘ra bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik
muhim hisoblanishi, ma’nan taraqqiy etgan jamiyatlar nizolarni
qurol kuchi bilan emas balki, aql va so‘z vositasida hal etishi
mumkin bo‘lgan tinch muloqot qila olish kuchi va imkoniyatiga
ega ekanligi, bu esa jahonning turli mamlakatlarida davlat va diniy
tashkilotlar o‘zaro hamkorligi tarixida o‘z tasdig‘ini topganligi
bayon etilgan.
Статус религиозных организаций в конституциях и
законодательствах зарубежных стран и их роль в
общественной жизни
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
религия,
убеждения,
свобода совести,
тип,
вероисповедание,
права человека,
глобализация,
гражданское общество,
религиозные взгляды,
религиозные чувства,
атеизм,
теология,
опыт.
В зарубежных странах, исходя из историко
-
правовых и
социально
-
экономических
условий,
формируются
различные модели взаимоотношений между
государством,
религиозными организациями и другими институтами
гражданского общества. В этих моделях религиозные
институты активно участвуют в различных сферах
общественной жизни. Эти взаимоотношения называются
государственно
-
конфессиональными
отношениями,
а
вопросы о взаимодействии государства, религии и других
общественных объединений являются предметом острых
дискуссий на протяжении многих веков. В данной статье
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
44
проводится сравнительный анализ роли религии в
общественной
жизни
зарубежных
стран,
влияния
религиозных
организаций
на
деятельность
государственных
и
общественных
институтов,
государственно
-
религиозных
отношений
на
основе
конституции
и
законов.
В
различных
странах
рассматривалось участие религиозных организаций в
деятельности общества и конфессиональная типология.
Признается, что взаимодействие между государством и
религиозными организациями в зарубежных странах
зависит от культурно
-
исторических, экономических и
политических факторов. Отмечается, что политический
фактор является приоритетным в сфере религиозных
убеждений на международном уровне. Сегодня, в условиях
мультиконфессионального
мира,
важно
избегать
религиозных конфликтов и разделения мира по
религиозной идентичности. Развитые общества имеют
возможность мирного общения и решения конфликтов не
силой оружия, а посредством разума и слова. Это
подтверждается историей взаимодействия государственных
и религиозных организаций в разных странах мира.
Fuqarolik jamiyati shakllanishining uzoq tarixiy taraqqiyoti jarayonida diniy
tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘zaro aloqalarida din fenomeni
murakkab va ko‘p qirrali hodisa sifatida insoniyat madaniyatida mustahkam o‘rin egallab
bugungi kunda zamonaviy dunyoning ajralmas qismiga aylandi.
Davlatlarda tarixiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqqan holda
davlat, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari munosabatlarining turli
xil modellari shakllanib, ijtimoiy hayotning turli sohalarida din institutining faol ishtiroki
kuzatilmoqda. Ushbu munosabatlar davlat-konfessional munosabatlar deb atalib, davlat,
din va boshqa jamoat birlashmalari o‘zaro munosabatlari masalasi ko‘p asrlar davomida
qizg‘in bahs
-
munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Odamlarni har doim ma’naviy va
moddiy,
shaxsiy va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi munosabatlar muammosi xavotirga solgan
va hozir ham xavotirga soladi.
Butun dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni kuzatib shuni ta’kidlash mumkinki,
XXI asrda XX asrdagiga qaraganda dinning ijtimoiy hayotdagi o‘rni
va roli oshib
bormoqda. Davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarning shakl va usullari
muayyan mamlakatlarda tinchlik yoki turli nizo va kelishmovchiliklarning asosi sifatida
qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat va diniy tashki
lotlar, shuningdek, diniy
tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi hamkorlikning
tashkiliy huquqiy asoslarini chuqurroq tushunish, tahlil qilish, uning rivojlanish
istiqbollarini o‘rganish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasiga
murojaat qilamiz.
Buning uchun esa davlatlarning konfessional tipologiyasini ularning diniy
tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi mezonlarini farqlashimiz lozim bo‘ladi.
Din ming yillardan buyon mavjud murakkab va ko‘p qirrali hodisa bo‘lishiga
qaramasdan turli kuchlar va siyosatchilar tomonidan undan tijoriy yoki boshqa iqtisodiy,
siyosiy maqsadlarga erishish yo‘lida vosita sifatida foydalanishga urinish holatlari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
45
uchramoqda. Din negizidagi har qanday nizo o‘ta salbiy hodisa bo‘lib bugun ushbu
h
odisadan manfaatdor bo‘lgan shaxslar ertaga o‘zlari ham undan jabr ko‘rishlari
mumkinligini tushunib yetmayaptilar. Davlatlarning diniy tashkilotlar bilan o‘zaro
hamkorlik darajasi, jamiyat ma’naviy
-huquqiy madaniyatining konstitutsiyaviy asoslari,
o‘ziga xosliklari, unda ustuvorlik qiluvchi din hamda davlat rivojiga sezilarli ta’sir
o‘tkazgan din orqali tavsiflanadi.
Olimlar davlatlar tipologiyasini davlat-konfessional munosabatlardan kelib chiqib
bir necha turlarga bo‘lib tavsiflaydilar. Rus olimasi L.A.
Morozova [1, 57-9-b]. ularni
teokratik, klerikal, dunyoviy va ateistik davlatlarga bo‘lib o‘rganishni taklif qilsa,
M.S. Topchiev [2, 172-
b] klerikal, teokratik va dunyoviy davlatlarga bo‘ladi. P.
Klitur va
A. Ellianlar [3], davlatlarni ateistik, teokratik, rasmiy dinli, multimadaniyatli va sekulyar
davlatlarga ajratishni taklif qilsa, yana bir rus tadqiqotchisi rasmiy dinga ega bo‘lgan
davlatlar, teokratik (diniy) monarxiya, davlat-
diniy avtonomiya, diniy bo‘lmagan davlat
va antiklerikal davlatlarga [4],
bo‘lishni taklif etadi.
M.S. Topchiev L.A.
Morozovadan farqli holda ateistik tipni e’tiborga olmasa,
P. Klitur va A.
Ellianlar q o‘shimcha multimadaniyatli tip mavjudligini ham nazarda
tutadilar. Bugungi kunda dunyoda integratsiyalashuv jarayonlari jadallashib, inson
huquqlarining ustuvorligi, xususan vijdon va e’tiqod erkinligi insonning ajralmas shaxsiy
huquqi ekanligi e’tirof etilsa
-
da, XX asrda katta ta’sirga ega bo‘lgan sotsialistik lagerning
davomchilari hozirgi kungacha ana shunday mafkura bilan hayot kechiradi.
P.Klitur va A.Ellianlarning fikricha esa multtimadaniyatli jamiyatlarda bir necha
dinlarga erkinlik berish bilan birga diniy jamoalar a’zolari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish
uchun maxsus diniy sudlar tashkil etilishi nazarda tutiladi. Bunga Kanada davlati misol
qilib keltiriladi. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi.
Chunki huquqiy ong va madaniyat yuksak darajada shakllangan, fuqarolik jamiyati
institutlari samarali faoliyat olib borayotgan jamiyatlarda vijdon erkinligi va e’tiqod
masalasi har bir shaxsning shaxsiy individual huquqi sifatida hurmat qilinadi. Huquqiy
madaniyat yuqori darajada shakllanmagan jamiyatlarda esa bu jiddiy qarama-qarshilik
va nizolarga sabab bo‘lishi mumkin. P.
Klitur va A. Ellian tomonidan multimadaniyatli tip
deb baholangan davlatlarni fuqarolik jamiyati institutlari yuqori darajada rivojlangan,
iqtisodiy taraqqiy etgan dunyoviy davlatlarlar deb baholashni taklif etamiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib L.A.
Morozovaning yondashuvlariga qo‘shilgan holda
davlat-konfe
ssiyaviy hamkorlik mezonlarini quyidagi tiplarga ajratib o‘rganishni
maqsadga muvofiq.
1. Teokratik davlatlar.
2.
Davlat diniga ega bo‘lgan davlatlar (klerikal).
3. Dunyoviy davlatlar (sekulyar).
4. Ateistik davlatlar.
Ushbu tiplarni birma-bir tahlil qilib
ularning quyidagi o‘ziga xos jihatlarini qayd
etish mumkin:
1.
Teokratik tipga mansub davlatlar o‘rta asrlarda taraqqiy etgan b o‘lib dunyoda
bugungi kundagi sekulyar jarayonlarni inobatga olib sanoqli davlatlar teokratik tipga
mansubligini qayd etish mum
kin. “Teokratik davlatlarning ikki xil ko‘rinishi mavjud
bo‘lib bular –
teokratik monarxiya (Vatikan, Saudiya Arabistoni, Baxrayn, Qatar, O‘mon
sultonligi) va teokratik respublika (Eron Islom Respublikasi)”lardir [5, 83–
89-b].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
46
Teokratik davlatlarda davlatning diniy tashkilotlar bilan hamkorligi haqida
so‘zlash imkonsiz, chunki davlatning o‘zi din asosida boshqariladi. Bunday davlatlarning
o‘ziga xosligi shundan iboratki, undagi oliy davlat hokimiyati o‘zida dunyoviy va diniy
hokimiyatni birlashtiradi. Butun huquq tizimi diniy printsiplarga asoslanadi, davlat esa
diniy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun faoliyat olib boradi. Masalan, Vatikan
shahar-
davlati boshida bir vaqtning o‘zida Rim katolik cherkovi rahnamosi va Vatikan
monarxi sanaluvchi Rim Papasi tu
radi. “Vatikanda asosiy huquq manbasi sifatida kanon
huquqi kodeksi (codex juris canonici) va apostollarning qarorlari tan olinadi”
[6, 594-b].
Yana bir teokratik davlat- Saudiya Arabistonida Konstitutsiya mavjud emas. Butun
huquq tizimi poydevori Qur’oni
Karim va shariat normalariga asoslanadi. Mamlakatda
barcha fuqarolar islom diniga e’tiqod qilishlari majburiy hisoblanadi. 1992
-yilda qabul
qilingan Nizomda qirollik hokimiyatining asoslari mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, uning
boshida davlat rahbari va ma’
naviy yetakchi funksiyalarini birlashtiruvchi monarx turadi.
Eron Islom Respublikasi ham teokratik davlat bo
‘
lib uning 1978-yil Konstitutsiyasida
davlatning diniy xarakteri yaqqol o‘z ifodasini topgan. U Konstitutsiyaning muqaddimadan
boshlab butun
matnida: “Eron Islom Respublikasi Konstitutsiyasi islom arkonlari negizida
Eron jamiyatining islom millati(ummat)ning ezgu intilishlari ro‘yobi sanalgan madaniy,
ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy institutlarini o‘zida aks ettiradi” [7,
225-b], deyiladi. Eron
rasman faqatgina bitta dinga e’tiqod qilish mumkin bo‘lgan teokratik respublika hisoblanadi.
Teokratik davlatlarning tuzilishidan ko‘zlangan maqsadlarni inobatga olib anglash
mumkinki, ushbu davlatlarda konfessiyalar rang-barangligi, shuningdek, davlat va diniy
tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi mavjud emas. Davlat teokratik hisoblanadi va uning o‘zi
diniy shaklni ifodalaydi, unda diniy va dunyoviy asoslar birlashgan bo‘ladi. Mazkur
modelning eng muhim ijobiy jihati sifatida madaniy va axloqiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi
aholining yuqori darajada dindorligi ko‘rsatkichi ko‘rsatilsa, salbiy jihat sifatida diniy e’tiqod
erkinligining mavjud emasligi qayd etiladi.
2.
Davlat diniga ega bo‘lgan davlatlarning aksariyati Yevropa mamlakatlari bo‘lib,
diniy davlatn
i qurish va himoya qilish ularning asosiy maqsadi bo‘lmaganligi uchun ular
teokratik davlatlar hisoblanmaydi. Bunday davlatlarga Angliya, Gretsiya, Daniya,
Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shotlandiyani kiritish mumkin. Ushbu davlatlarda
katoliklik yoki
protestantizmning muayyan yo‘nalishi davlat dini sanaladi. Davlat dini,
shuningdek, Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham mavjud. Bularga Jazoir, Bahrayn, Misr,
Iroq, Mavritaniya, Quvayt, Malayziya kabi davlatlar misol bo‘la oladi. Bu davlatlarda esa
islom davlat dinidir.
Davlat cherkovi, garchi ayrim hollarda uning mustaqillikka intilishi kuzatilsa-da,
yetarlicha mustahkam tarzda davlatga bog‘liqdir. Davlat cherkovni moliyalashtirish,
uning tuzilmasi va boshqaruvini, shuningdek, diniy ta’limni nazorat qiladi
va amalga
oshiradi. Diniy tashkilot davlat apparatining bir qismi sanaladi.
Buyuk Britaniyada anglikanlik
–
protestantizm yo‘nalishlaridan biri davlat dini
sanaladi.
Anglikan cherkovining rahnamosi ingliz qiroli hisoblanadi. “Buyuk Britaniyada
qirol xonad
onining boshlig‘i davlat cherkovining rasmiy rahnamosidir. Kenterberiy
arxiepiskopi anglikan cherkovida cherkov ierarxiyasiga boshchilik qilmaydi, balki
monarxning cherkov ishlari bo‘yicha noibi hisoblanadi. Barcha arxiepiskoplar va
yepiskoplar bosh vazir tavsiyasiga binoan qirol tomonidan tayinlanadi. Faqatgina
anglikan cherkovi milliy ahamiyatga molik voqealar tashkilotchisi sifatida k o‘riladi va
parlamentda o‘z o‘rniga ega” [8,
125-b].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
47
Davlat diniga ega mamlakatlar qatoriga Gretsiya Respublikasini ham kiritish
mumkin. “Gretsiyaning 1975
-yilgi Konstitutsiyasida belgilanishicha, Gretsiyada hukmron
din sifatida sharqiy-pravoslav nasroniy cherkovi tan olinadi (3-
modda)”.
Konstitutsiyada
Muqaddas Afon tog‘ining Gretsiya davlatining o‘zini o‘zi boshqaruvchi qi
smi sifatidagi
maqomi mustahkamlab qo‘yilgan (105
-
modda)” [9]
.
“Davlat cherkov ustidan nazoratni amalga oshiradi va uni ayrim davlat
muassasalariga xos vakolat va huquqlar bilan ta’minlaydi. Davlat qonuni maqomiga ega
Ellada cherkovi Nizomi cherkovga, uning yepiskopliklariga, qavmlariga, monastirlariga
va boshqa cherkov muassasalariga nisbatan korporativ ommaviy huquq sub’yektlari
darajasini mustahkamlab qo‘yadi”. [10,
107-b].
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Gretsiya aholisining 97
% Pravoslav cherkoviga
mansub bo‘lib, pravoslaviya qoidalari maktab umumta’lim dasturlariga majburiy
predmet sifatida kiritilgan, Gretsiya universitetlarining har birida ilohiyot fakultetlari
mavjud bo‘lib, cherkov ta’lim sohasidan tashqari faol ijtimoiy faoliyat ham ol
ib boradi.
Davlat diniga ega bo‘lgan mamlakatlarda dinga muayyan darajada ustunlik va soliq
imtiyozlari berilishi bilan birga, davlat uchun javob berish mas’uliyati ham yuklanadi.
Misr Arab Respublikasi Konstitutsiyasida ham mamlakatning rasmiy dinga ega
ekanligi va ayni paytda boshqa din va e’tiqod egalarining ham huquq va erkinliklari
hurmat qilinishi e’tirof etiladi
[11, 68-b].
Ushbu tipning muayyan din va uning qadriyatlariga ustuvorlik berishi va davlat
ishlariga aralashuvi har doim ham oqlanmaydi. Jumladan, rus pravoslav cherkovi
patriarxi Aleksey II ning fikricha “...davlat dini maqomi insonlarga ko‘plab musibatlar
keltiradi. Cherkov davlatdan alohida bo‘lishi kerak. U mamlakatda sodir bo‘layotgan
barcha voqe’liklarga ruhoniyat va axloq nuqtai na
zaridan mustaqil baho berish huquqiga
ega b o‘lishi lozim” [12,
640-b].
Dunyoviy davlatlar tipologiyasiga to‘xtalib aytish mumkinki, Yevropa, ayrim Osiyo
va Markaziy Osiyo, shuningdek, AQSH dunyoviy davlatlar hisoblanadi. Davlatning
konfessiyalar bilan ushbu tarzdagi hamkorligi rejimi diniy tashkilotlarning davlatdan
ajratilishini nazarda tutadi.
Dunyoviy davlatlarning ikkita modeli tavsiflanib ular separatsion va kooperatsion
modellardir. Separatsion modelda davlat diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilis
hdan o‘zini
chegaralaydi. Kooperatsion modelda esa davlat muayyan sohalarda diniy tashkilotlar bilan
hamkorlik qiladi. Dunyoviy davlatning mazkur modellari ko‘rinishlari haqida rossiyalik
mashhur huquqshunos olimlar I. Ponkin [13,68-b], M. Shaxov [14, 17-25-b], N. Volodinalar
[15] ham tavsif berib o‘tadilar.
Nazarimizda kooperatsion modelga mansub dunyoviy davlatlarni ham ikkita tipga
ajratish mumkin bo‘lib, biri davlatning boshqalar oldida ustunlikka ega bo‘lgan bitta
konfessiya bilan hamkorligi; ikkinchisi esa davlatning bir nechta konfessiya bilan teng
hamkorligidir.
3.
Dunyoviy davlatchilik tarixi g‘arbga, Amerika Qo‘shma Shtatlariga borib taqalib,
AQSH o‘zini dunyoviy davlat deb e’lon qilgan ilk mamlakatlardan hisoblanadi. Ushbu
davlatda hech qachon r
asmiy din mavjud bo‘lmagan. AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan
birinchi o‘zgarish ham har bir amerikalik uchun dinga erkin e’tiqod qilish yoki hech qaysi
dinga e’tiqod qilmaslik huquqini kafolatlaydi [16]
.
Bugungi kunda esa Amerika Qo‘shma
Shtatlari davlat
va diniy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi minimum darajani tashkil
etuvchi separatsion modelga xosdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
48
Dunyoviy davlatlar taraqqiyotiga XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida Yevropada
davlat va cherkov o‘rtasidagi funksiyalarning bo‘linishi jarayonida b
oshlangan
yevropacha sekulyarizatsiya jarayonlari katta ta’sir o‘tkazdi. Ushbu jarayonlarga Fransiya
Respublikasining cherkovni davlatdan ajratish va vijdon erkinligini insonning asosiy
shaxsiy huquqlaridan biri ekanligini e’tirof etish haqidagi konstituts
iyada mustahkamlab
qo‘ygan normalari ham sabab bo‘ldi.
Bugungi kunda Fransiyada diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan va bu
konstitutsiya va qonunlarda o‘z aksini topgan
[17, 13-b].
O‘zida sotsializm ta’sirini sinab ko‘rgan mamlakatlar: Polsha, Bolgariy
a, Sloveniya,
Xorvatiya, Slovakiya, Chexiya, shuningdek, Albaniya va Vengriyada davlat va din
munosabatlari masalalari alohida e’tiborga molik. “Demokratik yangilanishlar
boshlanishi bilan mazkur davlatlarning barchasida yangi konstitutsiyalar, ulardan bir
nechtasida diniy tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qonunlar
ham qabul qilindi. Sotsialistik lagerga mansub barcha Yevropa mamlakatlari rasman
dunyoviy davlat prinsiplarini e’lon qilgan bo‘lsalarda, amalda davlat va din
munosabatla
ri cherkovning rasmiy mafkuraga bo‘ysundirilishi negiziga qurildi. Davlat
sotsialistik ta’limotga amal qilgan holda vijdon va diniy e’tiqod erkinligini cheklovchi
turli-tuman majburlov vositalarini ishga soldi. Yevropaning post-sotsialistik davlatlari
hozi
rgi konstitutsiyalari va vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida diniy e’tiqod
mavzusini turlicha talqin qildi. Avvalo, u biror mamlakatda tarixan shakllangan an’analar,
jamoatchilik fikri, 80
–
90-yillar chegarasida yuz bergan, davlat va din munosabatlariga
taalluqli bo‘lgan ijtimoiy
-
siyosiy yangilanishlarning tub mohiyatini o‘zida aks ettirdi.
SSSR qulagandan keyin mustaqillikka erishgan aksariyat mamlakatlar o‘z
konstitutsiyalarida davlatning dunyoviy xarakterini mustahkamlab q o‘ydilar. Ular
Uk
raina, Belarus, Armaniston, Gruziya, Ozarboyjon, Qozoqiston, Qirg‘iziston, Tojikiston,
Turkmaniston, O‘zbekiston kabi davlatlardir. Vijdon erkinligini amalga oshirish
imkoniyatini bergani sababli ko‘pchilik davlatlar uchun davlatning dunyoviy xarakterda
bo
‘lishi nisbatan maqbul sanaladi. Shu bilan birga diniy tashkilotlar ta’qib qilinmaydi va
jamiyatdan ajratilmaydi.
Kooperatsion modelga mansub dunyoviy davlatlarda nisbatan ahamiyatga ega
konfessiyalar bilan yoki alohida sharoitlarda bitta konfessiya bilan
o‘zaro hamkorlik
amalga oshiriladi.
Bunday o‘zaro hamkorlikning quyidagi asosiy shakllarini tavsiflash mumkin b o‘lib
ular madaniy sohada, ta’lim sohasida, xayriya sohasida, qurolli kuchlar orqali, jinoiy
-ijro
tizimlari orqali hamkorlik qiladilar. O‘zaro
hamkorlikning ushbu shakllari amalda
kooperatsion modelga mansub barcha dunyoviy davlatlarda mavjud. Aytaylik, ularning
qonunchilik bilan mustahkamlab q o‘yilishi yanada konstruktiv hamkorlik uchun zarur
sanaladi.
Separatsion modelga mansub dunyoviy davla
tlarda o‘zaro hamkorlik deyarli amal
qilmaydi, din har bir fuqaro uchun xususiy masala hisoblanadi. Separatsion modelning
salbiy jihati, fikrimizcha, bunday modelning ateistik rejim o‘rnatilishiga zamin yaratishi
mumkinligidadir.
4. Ateistik tipga XX
asrda hukm surgan k o‘plab mamlakatlarni misol qilib keltirish
mumkin bo‘lib dunyoda bitta davlat, ya’ni Albaniya 1973
-yilgacha rasman
konstitutsiyasida o‘zini ateistik davlat sifatida e’lon qilgan va bugungi kunda dunyoviy
davlat hisoblanadi. Haqiqatda ikkinchi jahon urushidan keyin Sharqiy Yevropa
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
49
mamlakatlarida o‘zining ta’sirini keng yoygan sovet Ittifoqi ateistik davlat edi. Ayni paytda
Shimoliy Koreya, Vetnam singari mamlakatlar ateistik davlatlar hisoblanadi. Shimoliy
Koreyada “ulug‘ dohiy” o‘rtoq Kim Ir Sen va uning o‘g‘li, Kim Chen Ir shaxsiga sig‘inish keng
tarqalgan. Shimoliy Koreyada diniy tashkilotlar maxsus davlat organlari nazorati ostida
bo‘lib dindor kishilar o‘zlarining diniy e’tiqodlarini yashirishga harakat qiladilar.
Aslida vijdon erkin
ligi har qanday davlatda nafaqat istalgan dinga e’tiqod qilish
huquqini, balki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik (ateizm) huquqini ham o‘z ichiga oladi
hamda bu huquq himoya qilinishi lozim. Ateizm davlat mafkurasining bir qismiga
aylangan bir paytda bu nihoyatda salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, ateistik davlatda
vijdon erkinligi imkonsiz, diniy tashkilotlar ta’qib qilinadi, dindor kishilar o‘zlarining
diniy e’tiqodlariga sig‘inish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Ma’naviy erkinlikning yo‘qligi
inson s
haxsiyatining kambag‘allashuviga, uning to‘liq davlatga bo‘ysunishiga olib keladi.
Bunday jamiyatlarda inson erkin bo‘lishi, o‘zining ijodiy va axloqiy ehtiyojlarini qondirish
imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin emas.
Xorijiy mamlakatlarda davlat va diniy ta
shkilotlar o‘zaro hamkorligi madaniy,
tarixiy, iqtisodiy, siyosiy va shu kabi omillarga bog‘liq bo‘lib, xalqaro miqyosda diniy
e’tiqod sohasidagi siyosiy omil ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Davlatchilik tuzilishining
dunyoviy asoslariga ega dunyoning aksariyat mamlakatlaridagi diniy tashkilotlar qudratli
fuqarolik jamiyati institutlari sanaladi. Teokratik davlatlarda ular davlatning asosini
tashkil qilsa, davlat diniga ega mamlakatlarda davlatning bir qismi hisoblanadi. Ateistik
mamlakatlarda esa din ta’qib
ostida bo‘ladi.
Yuqoridagi tahlillar umumiy holda dunyo mamlakatlari konfessional qiyofasini aks
ettirsa-
da, har bir mamlakatda o‘zaro hamkorlikning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek,
rasmiy yoki norasmiy tarzda alohida mavqega egalik qiluvchi dinlar mavjud. Bu har bir
davlatning o‘ziga xos tarixi, madaniyati mavjudligi bilan birga bugungi zamonaviy
tendensiyalarni jamiyat hayotiga qanday tatbiq etayotganligi bilan ham bog‘liq.
Bugungi kunda multikonfessional dunyo muhitida diniy nizolarga, dunyoning diniy
o‘ziga xoslikka ko‘ra bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim hisoblanadi. Ma’nan taraqqiy
etgan jamiyatlar nizolarni qurol kuchi bilan emas balki, aql va so‘z vositasida hal etishi
mumkin bo‘lgan tinch muloqot qila olish kuchi va imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu
jahonning turli mamlakatlarida davlat va diniy tashkilotlar o‘zaro hamkorligi
tarixida o‘z tasdig‘ini topgan.
Shu munosabat bilan davlat konfessional siyosatining asosiy vazifasi “inson
huquqlariga rioya qilish va davlat xavfsizligini himoya qilish o‘rta
sidagi maqbul
muvozanatni topish va asoslash” hisoblanadi
[18, 66-b].
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Морозова Л.А.
Теория государства и права: учебник М.: Эксмо, 2010 –
С. 57
-59.
2.
М.С.
Топчиев. Государственная политика регулирования конфессиональных
отношений в поликультурном регионе (на примере астраханской области)
диссертация кандидата политических наук: 23.00.02 / Топчиев Михаил Сергеевич;
[Место защиты: Астрахан. гос. ун
-
т].
–
Астрахань, 2011.
–
172 с.: ил. РГБ
ОД
, 61 12-23/44.
3.
Paul Cliteur and Afshin Ellian / The Five Models for State and Religion: Atheism,
Theocracy, State Church, Multiculturalism, and Secularism / Vienna Journal on
International Constitutional Law June 8, 2020. https://doi.org/10.1515/icl-2018-0056
4.
Живулин
В.А. Теоретико
-
правовые основы регулирования современных
государственно
-
конфессиональных отношений в Российской Федерации.
Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата юридических
наук
/ Нижний Новгород 2006
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
2 (2023) / ISSN 2181-1415
50
5.
Е.Н.
Салыгин. Теократические тенденции современной государственности.
Журнал Общественные науки и современность.: 1996 –
№5 –
Б
. 83
–
89.
6.
Арбузкин
А.М. Конституционное право зарубежных стран. М., 2005. –
Б. 594.
7.
Конституции государств Азии: в 3 т. / под ред. Т.Я.
Хабриевой. –
М.:
Институт законодательства и сравнительного правоведения при Правительстве
Российской Федерации: Норма, 2019. –
Б
. 225.
8.
Религиоведение. Энциклопедический словарь. М., 2006. –
С. 125
.
9.
Конституция Греческой республики https://legalns.com/ правовая
-
библиотека
/
конституции
-
стран
-
мира
/
конституция
-
греции //
26.01.2022-yil holatida.
10.
Понкин
И.В. Правовые основы светскости государства и образования.
М., 2003. –
С. 107
.
11.
Конституции государств Африки и Океании Том 1. Северная и
Центральная Африка. Ответственный редактор академик РАН Т.Я.
Хабриева
М.: 2018. 2
-3-
статья. –
С. 68
.
12.
Никитин
В. Святейший Патриарх Алексий II. Жизнь и деяния во славу
Божию. М., 2009. –
С. 640
.
13.
Понкин
И.В. Указ. соч. –
С. 68
.
14.
Вероисповедная политика Российского государства: учеб. пособие /
отв. ред. М.О.
Шахов. М., 2003. –
С. 17–
25.
15.
Володина
Н.В.
Теоретические
основы
правового
регулирования
отношений государства и религиозных объединений: сравнительно
-
правовой
анализ: автореф. дис. … д
-
ра юрид. наук. СПб., 2010
.
16.
United
States
Bill
of
Rights
//
https://en.wikipedia.org/
wiki/United_States_Bill_of_Rights
17.
Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasi.
–
Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2018. –
184-b., 13-b.
18.
Никитина
Е.Е. Свобода совести: теория и практика ограничений прав
в Российской Федерации // Журнал российского права. –
2013.
–
№12. –
С. 66.
