Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Description of the technologies for forming critical
thinking in students in the process of teaching
“upbringing”
Guzalkhon TAJIBOYEVA
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2023
Received in revised form
15 April 2023
Accepted 25 April 2023
Available online
15 May 2023
In elementary school, the right choice of the form of
education, methods and means that are focused on creative
search, activity, free, independent and critical thinking of
students can make the lessons interesting and debatable,
stimulate the emergence of creative ideas and disputes. Only in
this case, students will show initiative in the educational
process, and the task of the teacher will be to guide their
activities, help in difficult situations, give advice and evaluate
their activities. This article discusses the analysis and proposals
for the use of modern educational technologies for the
formation of critical thinking among students in the process of
teacher education.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp70-79
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
critical thinking,
primary education,
innovations,
educational technologies,
reproductive education.
Tarbiya fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchilarda tanqidiy
fikrlashni shakllantirish texnologiyalari tavsifi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
tanqidiy fikrlash,
boshlang‘ich ta’lim,
innovatsiya,
ta’lim texnologiyalari,
reproduktiv ta’lim.
Boshlangʻich ta’limda oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarni
ijodiy izlanish, faollik, erkin, mustaqil va tanqidiy fikr yuritishga
yoʻnaltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarning toʻgʻri
tanlanishi darslarning qiziqarli, bahs-munozaralarga boy
boʻlishi, i
jodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki beradi.
Shunday holatdagina oʻquvchilar ta’lim jarayonida tashabbusni
oʻz qoʻllariga oladilar, oʻqituvchining vazifasi esa ularning
faoliyatini yoʻnaltirib turish, murakkab vaziyatlarda yoʻl
-
yoʻriq
koʻrsatish,
maslahatlar hamda ular faoliyatini baholashdan
1
Lecturer, Department of Methods of teaching social and humanitarian disciplines at primary school, Namangan
State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
71
iborat boʻladi. Mazkur maqola Tarbiya fanini oʻqitish jarayonida
oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda zamonaviy
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tahlillar va
takliflar haqida so‘z
yuritadi.
Описание технологий формирования критического
мышления у студентов в процессе преподавания
предмета воспитание
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
критическое мышление,
начальное образование,
инновации,
образовательные
технологии,
репродуктивное
образование.
В начальной школе правильный выбор формы обучения,
методов и средств, которые ориентированы на творческий
поиск,
активность,
свободное,
самостоятельное
и
критическое мышление учащихся, может сделать уроки
интересными
и
дискуссионными,
стимулировать
появление творческих идей и споров. Только в этом случае
ученики будут проявлять инициативу в образовательном
процессе, а задачей учителя будет направлять их
деятельность, помогать в сложных ситуациях, давать
советы и оценивать их деятельность. В данной статье
рассматривается анализ и предложения по использованию
современных
образовательных
технологий
для
формирования критического мышления у учащихся в
процессе педагогического образования.
Oʻzlashtirilayotgan bilim oddiygina xotira yordamida emas, balki oʻquvchining faol
fikrlash sa’y
-
harakatlari bilan egallangandagina mustahkam egallanadi. Oʻquvchining
mustaqil, erkin fikrlash, ayniqsa tasavvur etish, faraz qila olish qobiliyatini rivojlantirish,
koʻnikma va malakalarni shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
uchun “Tarbiya”
darslarida axborot va pedagogik texnologiyalar, innovatsion
metodlardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanishning ahamiyati shundaki,
birinchidan,
innovatsion texnologiyalarda oʻquvchi shaxsini rivojlantiruvchi
ta’limni
amalga oshirish imkoniyati mavjud;
ikkinchidan,
innovatsion texnologiyalar oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashni
rivojlantirish jarayoniga tizimli faoliyatli yondashuvni taqozo etadi;
uchinchidan,
innovatsion texnologiya oʻqituvchini ta’lim
-tarbiya jarayonining
maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon natijasini nazorat
qilishgacha boʻlgan texnologik tizimni oldindan loyihalashtirishni taqozo etadi;
toʻrtinchidan,
innovatsion te
xnologiya yangi ta’lim vositalari va axborot
vositalarini qoʻllashga asoslanganligi sababli, ular ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Har qanday innovatsion texnologiyaning oʻquv
-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatlt
qoʻllanilishi shaxsiy tavsifga ega boʻlib, oʻquvchini kim oʻqitayotganligi va oʻqituvchi
kimni tarbiyalayotganiga bogʻliq.
Innovatsion texnologiyalar asosida oʻtkaziladigan
darslar oʻquvchilarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini
bildirishlariga intilishlarini qondirib, u
larni mustaqil va tanqidiy fikrlashga, oʻz nuqtai
nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
72
Mamlakatimizda buyuk kelajak
bunyodkorlari boʻlgan oʻquvchi
-yoshlarni har
tomonlama rivojlangan, aqlan yetuk va barkamol, ma’nan mukammal, tashabbuskor,
yuksak tafakkur egasi hamda Vatan manfaati va taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan
chinakam fuqarolar sifatida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada
Yurtboshimizning yoshlarimizning musta
qil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega,
dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh
kelmaydigan insonlar boʻlib, kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz [1]
, degan soʻzlari
dasturilamal boʻlib xizmat qiladi.
Bu
gungi kunda davlat va jamiyat zamonaviy ta’lim oldiga: innovatsion pedagogik
texnologiyalar vositasida oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlari va
mustaqil oʻquv
-bilish
faoliyatlarini maqsadga muvofiq rivojlantirib borish vazifasini qoʻymoqda.
An’anaviy ta’lim uchun xarakterli boʻlgan reproduktiv metodlar
oʻquvchilarning
mustaqil bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish funktsiyasini bajara olmaydi, chunki
reproduktiv oʻzlashtirish ongli ravishda tushunib yodlab olingan ma’lumotlarni esga
tushirish bilan cheklanadigan, faqatgina xotirani rivojlantiradigan jarayondir.
Yu.K.Babanskiy ta’kidlaganidek, tafakkurning reproduktivlik xarakteri oʻqituvchi yoki
boshqa manba orqali xabar qilinadigan oʻquv axborotlarini aktiv idrok qilinishi va eslab
qolinishini nazarda tutadi [2].
Reproduktiv metodlarning asosi aksariyat oʻqitishning ogʻzaki, amaliy va
koʻrgazmali metodlardan iborat boʻladi. Bunda oʻqituvchi tomonidan oʻzlashtiriladigan
bilimlar ogʻzaki tarzda bayon qilinadi; oʻquvchilar olgan ma’lumotlarini yozib oladilar;
reproduktiv xarakterdagi amaliy toshiriqlar esa namunaga tayanib yoki mavjud
bilimlarga tayangan holda bajariladi.
Biroq reproduktiv ta’lim metodlarini qoʻllash
natijasida oʻzlashtirilgan muayyan
hajmdagi bilim va malakalar oʻquvchilarning mustaqil bilishi va ijo
diy qobiliyatlarini
rivojlantirish imkoniga ega boʻlmay qoldi. Vaholanki, XXI asrda dunyo miqyosida oʻquvchi
shaxsini shakllantirish komponentlari orasida mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash
koʻnikmasini rivojlantirish, oʻquvchilarni har qanday voqea
-hodisalarni tanqidiy
baholashga oʻrgatish dolzarb muammoga aylandi.
Tanqidiy fikrlashga negizida ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish, har
qanday masala boʻyicha oʻzining mustaqil fikriga ega boʻlish hamda unga muvofiq
harakat qilishga und
aydigan muhim koʻnikma hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash insonning
dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-
voqelikdagi hodisalarning mohiyatini mantiqan toʻgʻri
anglab yetishga yordam beradi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻquv materiallarini puxta oʻzlashti
rishlari va uy
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari ularning tanqidiy fikrlay olishlari, axborot oqimida
tezkor qarorlar qabul qilish koʻnikma va malakalarini egallashlariga bogʻliqdir.
Shunday ekan, oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish qaysi ta’lim metodlari
vositasida amalga oshirilishi mumkin? Bu savolga pedagogikada avvallari ta’lim
jarayonida oʻquvchilar bilish faoliyatida e’tiborga olinmagan qiziqish va emotsional
kechinmalar bilan bogʻliq boʻlgan muammoli vaziyatlarni anglash va oʻqituvch
i
rahbarligida mustaqil hal qilish imkonini beruvchi muammoli ta’limdan foydalanish
zarurligi eng toʻgʻri javoblardan biri boʻldi.
Chunki muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi oʻquvchilarga tayyor
holda berilmaydi, balki oʻquvchilarga tavsiya et
iladigan muammoli vaziyat sharoitlarida
mustaqil bilish jarayonida egallab olinishi ta’minlanadi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
73
Didaktika tarixida muammoli oʻqitish gʻoyasiga oʻtgan asrning 60
-yillaridan
boshlab jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. N.N.
Skatkin va I.Ya. Lernerlar tushuntirish-
illyustrativ, reprodkutiv, muammoli bayon qilish, evristik va tadqiqotchilik metodlarini,
M.I. Maxmutov, A.M. Matyushkin, T.V. Kudryavtsevlar muammoli-izlanish metodlarini
tadqiq qilishga e’tibor qaratdilar.
Muammoli ta’lim bu –
mantqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va shu
kabi) va oʻquvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga
qiziqish, ehtiyoj va shu kabi) hisobga olgan holda tuzilgan ta’lim va oʻqitishning ilgar
ma’lum boʻlgan usullarini qoʻllanish qoid
alarining yangi tizimidir [3].
Muammoli ta’lim bilishga oid vazifalarni oʻquvchilar oldiga izchil va maqsadga
qaratilgan holda qoʻyishni nazarda tutadi, oʻquvchilar bevosita oʻqituvchi rahbarligida
muammoni hal qilish orqali yangi bilimlarni faol va mustaq
il oʻzlashtirishga erishadilar.
Muammoli ta’limning asosini muammoli vaziyatlar tashkil etadi.
Bilish
vazifalarining qoʻyilishida muammoli savollar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bilishga doir
savollar oʻquvchilar uchun muayyan darajada qiyinroq boʻlishi, ula
rdagi mavjud
bilimlarning cheklanganligini koʻrsatishi va shu bilan birgalikda, oʻquvchilar bajara
oladigan boʻlishi, ya’ni idrok va tafakkur uygʻunligida nazariy bilimlarning zahirasiga
bogʻliqligini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, oʻqi
tishning har qanday negizida inson faoliyatining muayyan
qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular asosidada shakllangan pedagogik fanning tamoyillari
va qoidalari yotadi. Oʻquvchining bilish faoliyati jarayonni mantiqiy bilish ziddiyatlarini
hal
qilishda ob’ektiv qonuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi.
Oʻqitishning hozirgi
jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziyat, kutilgan hayrat va
mahliyo boʻlishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini koʻrsa
tadi.
Muammoli ta’limning asosiy shartlaridan biri, bilish vazifasining oʻquvchilarda
qiziqish uygʻota olishidir. Bu shart ayniqsa past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni faollashtirish
maqsadini koʻzlaydi. Qiziqishning paydo boʻlishi shaxs bilish faoliyatining
barcha
jihatlariga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, uni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtaradi.
Chunki
xotira, tafakkur, idrok, diqqat, tasavvur, xayol bilish jarayonlari faollashganda bilimlarni
yanada mustahkam va kengroq egallash uchun imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi.
Tanqidiy fikrlay olish shaxsning muhim sifatlaridan biri boʻlib, bunda shaxs
mantiqan toʻgʻri mushohada qila olish, mustaqil xulosa chiqarish
va qarorlar qabul qilish
malaka va koʻnikmalarini egalla
b boradi.
Oʻquv muammosi uch tarkibiy qismni oʻz ichiga oladi:
a)
ma’lum
(berilgan vazifa asosida);
b)
noma’lum
(ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi);
v)
avvalgi bilimlar
(oʻquvchilar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yoʻnalgan
qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo oʻquvchiga noma’lum boʻlgan
oʻquv muammosi vazifa qilib belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi
ham noma’lum boʻladi, lekin oʻquvchilar oʻzlarida mavjud avval egallangan bilim va
koʻnikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yoʻlini
izlaydilar.
Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muammoli
vaziyatni tashkil qilishda quyidagi didaktik
maqsadlarni hisobga olish zarur: oʻquv
materialiga oʻquvchilar diqqatini jalb qilish, ularning bilishga boʻlgan qiziqishini
uygʻotish, oʻquvchilarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularda intellektual zoʻriqishni
yuzaga keltirish, oʻquvchilar
t
omonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va koʻnikmalar
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
74
kelajakda yuzaga keladigan
bilishga boʻlgan talablarini qondira olmasligini koʻrsata
bilish, oʻquvchilarga oʻquv
muammolariii tahlil qilishga, uning yechimlarini topishning
eng ratsional yoʻllarni aniqlashda yordam
berish kerak.
Boshlangʻich sinflarda “Tarbiya” fanini
oʻqitishda muammoli ta’limdan foydalanish
orqali
oʻ
quvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish, tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish,
intellektual salohiyatni yuzaga chiqarish imkoniyatlari yaratiladi.
4-
sinfda oʻtiladigan
“Bilim –
tengsiz xazina”
deb nomlangan mavzuni oʻtishda
“Bilimlarni puxta egallash inson hayotida qanday rol oʻynaydi?” degan muammoli savol
bilan boshlash mumkin. Bunda oʻquvchilar yoshlikdan bilimlarni puxta egallashning
zarurligigi, muhimligini
“Muammo” metodi asosida tahlil q
iladilar.
Muammo: “Agar inson yoshlikdan bilimlarni puxta egallamasa, qanday
muammolarga duch kelishi mumkin?”
Muammo
Muammoning kelib
chiqish sabablari
Oqibatlari
Muammoning oldini olish
chora-tadbirlari (echimlar)
Bunda oʻquvchilar jadvalning “Muammo” deb nomlangan qismiga oʻz farazlarini
yozib chiqadilar, farazlarni isbotlash uchun muammoning kelib chiqish sabablari va
oqibatlari haqida bosh qotiradilar, soʻngra muammoni oldini olish yoki bartaraf etish
yuzasidan o
ʻz yechimlarini taklif qiladilar. Oʻquvchilar jadvalni mustaqil ravishda
toʻldiradilar, bilimlarni egallashning inson hayotidagi oʻrni va ahamiyatini tanqidiy
fikrlash orqali oʻz xulosalari bilan baholashga harakat qiladilar.
3-
sinflarda oʻtiladigan
“Vaqt
ing ketdi
–
baxting ketdi”
(8-9) mavzusi yuzasidan
oʻquvchilarga “Mening kun tartibim” mavzusida uyga vazifa berish va
topshiriq “Esse”
yozish tartibida bajarilishi tushuntiriladi. “Esse”da oʻquvchilarni biror faoliyat bilan band
boʻlish va boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazishlari haqida yozib keladilar.
Muhokamada kimlar kun tartibiga rioya qilishi, kimlar rioya qilmasligi haqida soʻz
yuritiladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga kun tartibidan oʻrin olishi zarur boʻlgan faoliyatlar
haqida (uy vazifasini bajarish; ba
diiy kitob oʻqish; oʻquv kurslari yoki sport seksiyalariga
qatnashish; uy yumushlarida
gi yordam berish (qiz va oʻgʻil bolalarning oiladagi mehnati);
televizor koʻrish; shaxsiy buyumlari va kiyim
-boshlarini tartibga keltirish va h.k.)
ma’lumot beradi. Oʻqituvchining ma’lumotiga qarab oʻquvchilar
oʻzlarining
kun tartibiga
rioya qilishlari yoki rioya qilmasliklarini tanqidiy baholaydilar.
Bunda oʻquvchilar oʻz hayot tarzlariga, kunlik vaqni toʻgʻri rejalashtirish muhimligiga
ahamiyat berishadi va vaqtdan unumli foydalanish zarurligini anglab yetadilar.
Xulosa qilib aytganda, muammoli ta’lim texnologiyasi oʻquvchilarda mustaqillik,
tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, javobgarlikni his qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash
kabi sifatlarni tarbiyalashga xizmat qila
di. Bunda oʻquvchi ta’lim tizimiga
moslashtirilmaydi, balki oʻquvchining individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda
rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Bunda oʻquvchining oʻzini
-
oʻzi rivojlantirish,
mustaqil oʻqib
-
oʻrganish, oʻzligini namoyon
qilish, faollik koʻrsatish asnosida tushunish,
mushohada qilish, mustaqil holda sinab koʻrish, muammo yuzasidan oʻzining yangi
gʻoyalari va fikrlarini bildirish, muammoning yechimi boʻyicha oʻz farazlarlarini ilgari
surish, ijodiy va tanqidiy fikrlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
75
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasi bola shaxsini butun bir ta’lim tizimining
markaziga qoʻyadi va unga tabiatan berilgan oʻz qobiliyatini roʻyobga chiqarishi uchun
har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim bu tabiiy tizim hisoblanib, oʻquvchining noyob shaxsiy
rivojlanishi, uning oʻziga hos qobiliyatlarini va psixologik yoʻnalishlarini hisobga olgan
holda shakllantiriladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasi in
soniylik falsafasi,
psixologiyasi va pedagogikasining uygʻunligini namoyish etadi.
Pedagogning diqqat markazida oʻzining maksimal imkoniyatlarini ishga solib bilim
olishga intilayotgan, yangi tajriba-sinovlarni qabul qila oladigan va hayotning har xil
hol
atlarida mustaqil,ongli va mas’uliyat bilan qaror qabul qilishga qodir boʻlgan butun bir
noyob bolaning shaxsi turmogʻi lozim.
Oʻquvchiga ijtimoiy me’yorlar asosida bilim beruvchi an’anaviy pedagogik
texnologiyalardan farqli oʻlaroq shaxsga yoʻnaltirilgan
ta’lim texnologiyasida yuqorida
qayd qilingan yoʻnalish(sifat)larni shaxs tomonidan zabt etilishi tarbiyaning asosiy
maqsadi qilib qoʻyiladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim oʻquvchi shaxsidagi mustaqillik,
tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalaydi.
Shundagina, har qanday oʻquvchi oʻziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter
xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi. Oʻqituvchi dars jarayonida
oʻquvchilar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvc
hi usullar (muammoli-izlanish,
tadqiqot, dialog, evristik suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday
shart-
sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada oʻquvchi uchun dastlab neytral
boʻlgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv hususiyat ka
sb etsin.
Buning uchun “Tarbiya” fani oʻquv materiallari mazmuni oʻqituvchi tomonida
oʻquvchini qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, fikrlashga
undaydigan, ijodiy yondoshgan holda qayta ishlanadi. SHaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim oʻquv
ja
rayonini loyihalashning oʻziga xos tomonlarini hisobga olishni, ya’ni oʻquvchi shaxsi
modeliga avvaldan belgilab qoʻyilgan talablardan yiroq boʻlishni taqozo etadi.
Ijtimoiy shakllanish jarayonlarining shaxsga boʻlgan ta’sirini hisobga olgan holda
ta’lim jarayonida har bir oʻquvchi oʻzini yoshlik davri nashidasini sezishi, balogʻat davrida
erkin, mustaqil, ijodkor va har tomonlama barkamol inson boʻlib oʻsishini hisobga olish
zarur omillardan biridir.
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limda pedagogik
jarayon shaxsda belgilangan sifatlarning
shakllanishiga qaratiladi. Pedagogik jarayon bu belgilangan maqsadga erishish hamda
shaxsning xususiyat va sifatlarini ijobiy tomonga oʻzgartirishga qaratilgan tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi aniq bir muddat va ma’lum tarbiyaviy tizimda maxsus tashkil
etilgan oʻzaro munosabatdir
Agar tarbiya jarayoni tushunchasi maqsadga yoʻnaltirilgan shaxsga ma’lum
sifatlarni shakllanish ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan harakat boʻlsa, pedagogik
jarayon tushunchasi
oldindan tashkil etilgan tarbiyaning oʻzaro ta’sir tizimini bildiradi.
Bunday ish turida ta’lim jarayonining vazifalari:
–
oʻquvchilarni bilim olish faoliyatini kuchaytirish;
–
bilim olish faoliyatini takomillashtirish;
–
fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;
–
dialektik-dunyoqarash va insonparvar-estetik madaniyatini shakllantirish;
–
ta’lim(tarbiya) malakalarini takomillashtirishdan iborat boʻladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
76
Shaxsga
yoʻnaltirilgan
jarayonni
oʻquvchilarda
tanqidiy
fikrlashni
shakllantirishning didak
tik ta’minotini
ishlab chiqishda quyidagi asosiy talablarga rioya
etish maqsadga muvofiqdir:
–
oʻquv materiali oʻquvchining oʻziga xos tajribasini namoyon qilishga va avval
oʻzlashtirgan bilimlarini qamrab olgan holda tuzish;
–
darslikdagi oʻquv materialining bayoni (oʻqituvchi tomonidan) nafaqat hajmini
kengaytirish, yaxlitlash, mazmunini umumlashtirish balki har bir oʻquvchining shaxsiy
tajribasini oʻzgartirishga qaratilgan boʻlishi;
–
oʻqitish jarayonida oʻquvchi tajribasini doimo berilayotgan bilimla
rning ilmiy
mazmuni bilan muvofiqlashtirib borish;
–
oʻquvchi bilim olish jarayonida oʻzining bilimini oshirishga, rivojlantirishga,
mustaqil va tanqidiy fikrlarini ifodalashga imkoniyat yaratish;.
–
oʻquv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, oʻquvchi vazifalarni bajarish
tartibini oʻzi tanlay olish imkoniga ega boʻlishi;
–
oʻquvchilarni mustaqil ishlashga va oʻzi uchun oʻquv materialini oʻzlashtirishi
qulay boʻlgan usullardan foydalanishga imkon yaratish;
–
oʻquv materiallarini bajarishga umumiy tushunchalar berishda «Tarbiya»
fanining oʻziga xos tomonlarini shaxsning rivojlanishidagi vazifalarini ajratib koʻrsatish;
–
oʻquvchilarning nafaqat erishgan natijalarini, balki oʻqish jarayonini,
oʻquvchilarning oʻquv materialini oʻzlashtirish vaqt
ida bajarayotgan faoliyatlarini,
tanqidiy fikrlashga munosabatlarini nazorat qilish va baholab borish.
“Nuqtai nazaring boʻlsin”
metodi.
Uslub maqsadi:
–
oʻquvchilar muayyan muammoga oʻz nuqtai nazarini asosli dalillab, himoya
qilishga
oʻrganadilar;
–
oʻquvchiga muammo muhokamasi jarayonida oʻz fikrini oʻzgartirish imkonini berish;
–
oʻqituvchi barcha oʻquvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma
oʻquvchilar oʻrtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin. “
Nuqtai nazaring
boʻlsin”
uslubi oʻquvchilar oʻrtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara
jarayonida oʻz fikrlarini oʻz sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini oʻzgartirishga
ishontiradigan gʻoyalarni eshitib oʻzgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni
berish maqsadida qoʻllanadi.
Tanqidiy tafakkur
.
“
Tanqidiy tafakkur
”
uslubi oʻquvchi qoʻyilgan masala yoki
muammo yuzasidan oʻz fikrini bayon qilish, oʻzgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok
etish, oʻz nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega boʻlishiga
asoslangan. Odatda bunday zarurat mubohasa xarakteriga ega masalalarni hal
etayotganda yuzaga keladi masalan: maktablarda yagona maktab formasi kerakmi?
Jamoa transportida maktab oʻquvchilari uchun bepul yoʻlkira joriy etish kerakm
i?
va
shunga oʻxshash masalalar. Bu narsa oʻqituvchiga oʻquvchilarning tinglash va muloqot
qilish koʻnikmalarini, turli nuqtai nazardan tushunish malakasini rivojlantirish, baxsli
masalalarni hal qilish, taxliliy mushoxada yuritish va fikrlash layoqatini oshirish, ularning
oʻz fikrini shakllantirish mahoratini mustahkamlash imkoniyatini beradi.
“
Tanqidiy tafakkur
”ni oʻtkazish uslubiyati.
1.
Oʻquvchilarga mubohasa xarakteridagi muammo, topshiriq yoki chalkash masala
qoʻyiladi va quyidagi savollar
beriladi:
–
Nima deb oʻylaysiz?
–
Fikringiz qanaqa?
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
77
–
Sizningcha qanday? Bu kabi savollar oʻquvchi oʻz nuqtai nazarini shakllantirishga
yoʻnaltirilgan boʻladi.
2.
Oʻquvchiga oʻz nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat
beriladi.
3.
Oʻquvchi oʻz fikrini asoslaydi, bunda uning nuqtai nazarini aniqlab olish uchun
quyidagi savollarni berish mumkin:
–
Nega bunday deb oʻylaysiz?
–
Nimalar asosida bunday xulosaga keldingiz?
4.
Oʻqituvchi koʻrib chiqilayotgan masala yuzasidan boshqa fikrda boʻlgan ta’lim
oluvchilarga soʻzlash imkoniyatini beradi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
–
Kimda boshqa fikr bor, nega?
–
Kim aytilgan fikrni ma’qullamaydi, nega?
5.
Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan birgalikda xar xil nuqtai nazarlarni muhok
ama qilish
vositasida barcha fikrlarni tahlil qilib chiqadi, bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
–
Nega boshqa oʻquvchining nuqtai nazarini ma’qullamaysiz?
–
Oʻz nuqtai nazaringizni tasdiqlovchi asoslar keltira olasizmi? 6.Muammoni
topshiriq, masala
, chalkash masala boʻyicha qabul qilingan qarorga oʻquvchilar
tomonidan oʻz nuqtai nazarlarini qabul qilishi yoki qayta baholanishi bilan erishiladi,
bunda quyidagi savollarni berish mumkin:
–
Sizningcha, kimning nuqtai nazari eng maqbul?
–
Yuzaga
kelgan vaziyatdan qaysi yoʻl bilan chiqish ma’qulroq? “
Tanqidiy tafakkur
”
uslubini oʻtkazish qoidalari:
1-aniq-
raso belgilab qoʻyilgan vaqtda oʻquvchilar koʻrsatilgan topshiriq yoki
chalkash masaladagi rollarni ijro etishlari lozim.
2-
rol oʻynalishi natijalariga koʻra oʻyin muhokamasi va baholanishi amalga
oshiriladi.
Ishtirokchilar va kuzatuvchilar oʻyin paytida sodir boʻlganlarni tahlil qilib chiqish
va muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻlishi lozim. Bunda quyidagi savollarni berish
mumkin:
–
Rolli o
ʻyin oʻtkazilayotganda qanday natijalarga erishilishi?
–
qaysi muammo tilga olindi, u oʻz yechimini topdimi?
–
Bordi-
yu oʻyin shartlari oʻzgartirilsa, natijalar qanday boʻlardi? “Rolli oʻyin”
uslubini oʻtkazish qoidalari.
1.
“Rolli oʻyin”
ni
oʻtkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq rioya etish lozim.
2.
Rolli oʻyinda ishtirok etmayotgan oʻquvchilar kuzatuvchilar sifatida ishga
solinishi yoki yordamchi rollarini (M: bayonnoma yozib boruvchi) ijro etish lozim.
3.
Oʻyin muhokamasi paytida oʻquvchilar aytgan fikrlar boshqa nuqtai nazarda
boʻlgan oʻquvchilar tomonidan nazarda tutilgan reglament doirasida asosli tanqidga yoki
muhokamaga tortilishi mumkin.
4.
Zarur boʻlib qolgan taqdirda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerakki,
bu
narsa gʻoya yoki fikrni aniq
-raso va qisqacha ifodalash imkonini beradi.
Ilmiy adabiyotlarda
metod
–
tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish,
bilish usuli, harakat qilish tarzi sifatida izohlanadi [4].
Oʻqitish metodlari oʻquv jarayonining asosiy qismi hisoblanib, tegishli metodlarsiz
pedagogik faoliyatni amalga oshirib boʻlmaydi.
Zamonaviy pedagogik-psixologik
tadqiqotlarning amaliy yoʻnalishi sifatida
bugungi kunda
pedagogikada oʻqitishning bir necha
metodlari farqlanadi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
78
Passiv
–
ta’lim oluvchi oʻqitishning “ob’ekti” sifatida namoyon
boʻladi (tinglaydi va
koʻradi);
Aktiv
–
ta’lim oluvchi oʻqitish jarayonining “sub’ekti” sifatida namoyon boʻladi
(mustaqil ish, ijodiy topshiriqlar);
Insonni tsivilizatsiya hozirgi davr darajasiga olib kelgan psixologik individual
jarayon
–
bu fikrlashdir. Fikrlash
–
insonning atrof-dunyodagi
ob’ektlar va hodisalarni
hamda ularning bogʻliqliklarini oʻrganish, hayotiy muhim vazifalarni hal etish,
noma’lumni izlash, kelajakni koʻra bilish jarayonidan iboratdir. Fikrlash –
bu ongning
ishlash jarayoni, miyaning undagi boʻla va oli
nayotgan axborotlarni qayta ishlab chiqishi
va natija olishidir. Fikrlashni amalga oshirish usullarini aqliy harakatlar usullari (AHU)
deb ataydilar. Ularni quyidagi tarzda turlarga ajratish mumkin:
1.
Fikrlash asosiy vositalari xususiyatlari boʻyicha: predmetli
-
amaliy, koʻrgazmali
-
obrazli, abstrakt, intuitiv.
2.
Jarayonning mantiqiy tuzilishi boʻyicha: qiyoslash, analiz, abstrakt
lashtirish,
umumlashtirish, sintez, turlarga ajratish, induktsiya, deduktsiya, inversiya, refleksiya,
gipoteza, tajriba va boshqalar.
3.
Natijalar shakli boʻyicha: yangi obrazni yaratish, tushunchani belgilash,
mulohaza, xulosa, teorema, qonuniyat, qonun, nazariya.
4.
Fikrlash mantiqi turi boʻyicha: mulohazali –
empirik (klassik-mantiqiy) va
oqilona-nazariy (dialektik-mantiqiy).
“Tarbiya” fani darsliklariga kiritilgan mavzular mazmuniga mos, ularning muqobil
variantlari sifatida Keyslardan foydalanish ham oʻquvchilarni
turli vaziyat va voqea-
hodisalarni tanqidiy tahlil qilish imkonini beradi.
“Keys
-
stadi” yordamida oʻquvchilar quyidagi koʻnikma, malakalarga ega boʻladi:
1.
Tahliliy koʻnikmalar (ma’lumotlarni axborotlardan ajrata olish, ularni
turkumlashtirish, ma’lumot
larni zarur va nozarurga ajratish, tahlil qilish, taqdim etish;
buning uchun shaxs aniq, mantiqiy fikrlay olishi kerak).
2.
Amaliy koʻnikmalar (muammoning murakkabligidan kelib chiqib, real vaziyatni
tahlil qila olish, eng muhim nazariya, metod va tamoyil
larni qoʻllay bilish).
3.
Ijodiy koʻnikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni yechish
muhim emas, balki ijodiy yondoshuv asosida muammoning bir necha yechimlarini topish
va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4.
Muloqot koʻnikmalari (unga koʻra oʻquvchi bahs
-
munozara olib borish, oʻz
nuqtai nazarini himoya qilish.
5.
Ijtimoiy koʻnikmalar (qarorni muhokama qilish jarayonida oʻquvchilar
boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilish, boshqalarni tinglay bilish, bahsda
oʻzgalarning fikrlarini qoʻ
llab-quvvatlash, ilgari surilgan fikrga qaramaqarshi fikrni
bildira olish va oʻzini boshqara olishi lozim).
6.
Oʻz
-
oʻzini tahlil (bahs
-
munozara jarayonida oʻzini tuta bilishi, boshqalarga
namuna boʻlishi muhim).
Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi
-shaxsning individual kamol topishi uchun
zarur boʻladigan hayotiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi.
Rivojlantiruvchi ta’limning oʻziga xos xususiyatlari
–
oʻquvchilarda topshiriqlarni
yechishga oid nazariy tushuncha va amaliy koʻnikma, malakalar
ni shakllantiradi.
Oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi.
Tanqidiy fikrlashga oʻrgatishda savollarning qoʻyilish tarzi, maqsadi va boshqa
jihatlari bilan farqlanadi va savollar quyidagi turlarga ajratiladi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
03 (2023) / ISSN 2181-1415
79
1.
Axborot xarakteridagi savollar.
2.
Muqobil savollar.
3.
Tasdiqlovchi va mustahkamlovchi savollar.
4.
Faraz, tahlil qilishga, undashga qaratilgan savollar.
5.
Muloqot oʻrnatish uchun qoʻyiladigan savollar.
6.
Yoʻllovchi, esga soluvchi yordamchi savollar.
Savollarga
oʻquvchilar tomonidan berilgan javoblarni baholash, ularga munosabat
bildirishda ham oʻqituvchi tezkorlik bilan yondashishi talab etiladi.
Bunda:
1.
Har bir javobga muvofiq ravishda baho berish kerak. Chunki javob bergan
oʻquvchi ham, boshqa oʻquvchilar ham javobning toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini bilishlari
zarur. Agar javob toʻgʻri boʻlsa, ayrim paytda qaytarish zarur boʻladi, ayrim paytda
shunchaki tasdiqlashning oʻzi kifoya qiladi.
2.
Toʻgʻri javobni e’tirof etish.
3.
Javob yoʻq. Agar oʻquvchi savolga javob bera
olmasa, unga yordamchi, esga
soluvchi, yoʻllovchi savollar berishi yoki boshqa oʻquvchilarga murojaat qilishi kerak.
4.
Javob yetarli emas. Savolga berilgan javob yetarli boʻlmasa, javobning bir
qismini qamrab olgan holda esga soluvchi, yoʻllovchi savollar be
rish zarur.
5.
Berilgan javob notoʻgʻri. Notoʻgʻri
berilgan javobni oydinlashtirish, uni
boshqacharoq tarzda shakllantirish yoki boshqalar ham shu fikrdami yoki yoʻqmi,
aniqlab olish lozim.
6.
Javob mujmal boʻlsa. Savolga noaniq javob boʻlsa, oʻqituvchi “
savol boshqa edi
”
yoki
“
men boshqa narsani nazarda tutgan edim
”
demasdan, keyingi savolni bergani ma’qul.
7.
Noaniq tushunib boʻlmaydigan javob. Bunday holatda oʻqituvchi oʻquvchidan oʻz
fikrini qayta takrorlashni, ya’ni
“
Boshqalar sizni fikringizni tushunmadi, yana takrorlang
”
,
deb murojaat qilishi kerak.
Berilgan savollar muhokamasida toʻgʻri javoblarni ajratib koʻrsatish, boshqalarning
diqqatini javoblarda koʻrsatilgan dalillar, izohlarga qaratish lozim.
Xulosa qilib aytganda, oʻquv jarayoni innovatsion texnologiy
alar asosida tashkil
etilganda, ta’lim maqsadlari belgilanadi yoki loyihalanadi, kutilyotgan yakuniy natija –
ijobiy sifat oʻzgarishi, ya’ni oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash koʻnikma va malakalari
shakllanadi, 1-4-
sinflarda “Tarbiya” fanini oʻqitish jarayon
ining takrorlanuvchi tsikli
yaratiladi, tezkor qaytar aloqa vujudga keladi, oʻquv maqsadlari va oʻquv jarayoniga zarur
tuzatishlar kiritilib borilaveradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim toʻgʻrisida” Qonuni.
2020.
–
Elektron
resurs, https://lex.uz/docs/5013007.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz.
–
Toshkent: Oʻzbekiston, 2017.
–
B.32.
3.
Махмутов
М. Мактабда проблемали таълимни ташкил қилиш. –Т.:
«Ўқитувчи»
, 1981-3-
б.
4.
Babanskiy Yu. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o’qitish metodlari.. –Т.:
«O’qituvchi», 1990 й.
-151-
б.
5.
Энциклопедия педагогических технологиий.–
М.: Владос, 2005. –
463 с.
6.
Abduvahobovich, I. A. (2022). Digital Educational materials for the organization
and conduct of fine arts lessons in uzbekistan. Eur. Multidiscip. J. Mod. Sci, 4, 122-132.
