Авторы

  • Шахноза Хужамбердиева
    Доцент, факультет дошкольного и начального образования, Наманганский государственный университет, г. Наманган, Республика Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp189-194

Ключевые слова:

художественная литература возрастные особенности книжный уголок подборка литературы сказки стихи книги о природе чтение повествование беседы по содержанию

Аннотация

В данной статье утверждается, что художественная литература является одним из важнейших средств всестороннего развития личности дошкольника. Содержание художественного произведения расширяет мировоззрение ребенка и формирует интерес к литературе. Кроме того, играют важную роль в воспитании у дошкольников бережного отношения к книге, и книжный уголок является одним из ключевых элементов в этом процессе. В статье также обсуждается роль и умения воспитателя в создании и поддержании книжного уголка.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Age-related characteristics and teacher

s skills of

introducing artistic works to preschool children

Shakhnoza KHOJAMBERDIYEVA

1

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2023

Received in revised form

15 April 2023

Accepted 25 April 2023

Available online

15 May 2023

In this article, it is stated that fiction is one of the most

important means of all-round development of a preschool

child

s personality, the content of a work of art expands a child

s

worldview, the formation of interest in a work of art in

preschool children, the book corner plays a major role in

educating a careful attitude to books, and the role and skills of

the educator in this process are discussed.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3/S-pp189-194

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

fiction,

age characteristics,

book corner,

selection of literature,

fairy tales,

poems,

nature books,

reading,

storytelling,

conversations on the

content.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan

tanishtirishning yosh bilan bog‘liq ususiyatlari va

tarbiyachining mahorati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

badiiy adabiyot,

yosh,

xususiyatlar,

kitob burchagi,

adabiyotlar tanlovi,

ertaklar,

she’rlar,

tabiat kitoblari,

o‘qish, hikoya qilish,

mazmuni bo‘yicha suhbatlar.

Ushbu maqolada badiiy adabiyot maktabgacha yoshdagi bola

shaxsini har tomonlama rivojlantirishning eng muhim

vositalaridan biri ekanligi, badiiy asarning mazmuni bolaning

dunyoqarashini kengaytirishi, maktabgacha yoshdagi bolalarda

badiiy asarga qiziqishni shakllantirish, kitobga ehtiyotkorlik

bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashda kitob burchagi katta

rol o‘ynashi va bu jarayondagi tarbiyachining o‘rni va mahor

ati

haqida so‘z yuritilgan.

1

Associate Professor, Faculty of Preschool and Primary Education, Namangan State University. Namangan,

Uzbekistan. E-mail: sh.hujamberdiyeva@mail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

190

Возрастные особенности и мастерство педагога по

ознакомлению дошкольников с художественными

произведениями

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

художественная

литература,

возрастные особенности,

книжный уголок,

подборка литературы,

сказки,

стихи,

книги о природе,

чтение, рассказывание,

беседы по содержанию.

В данной статье утверждается, что художественная

литература является одним из важнейших средств

всестороннего

развития

личности

дошкольника.

Содержание художественного произведения расширяет

мировоззрение ребенка и формирует интерес к

литературе. Кроме того, играют важную роль в воспитании

у дошкольников бережного отношения к книге, и книжный

уголок является одним из ключевых элементов в этом

процессе. В статье также обсуждается роль и умения

воспитателя в создании и поддержании книжного уголка.

KIRISH

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi. U bolaning

sog‘lom va rivojlangan shaxs bo‘lib shakllanishini ta’minlab, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini

uyg‘otib, tizimli o‘qitishga tayyorlab boradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi

bolalarga ta’lim

-tarbiya berish jarayonida tarbiyachilarning oldiga yangicha kasbiy va

shaxsiy sifatga ega bo‘lish vazifasi qo‘yilmoqda.

Shunday ekan, tarbiyachilardan bolalarga ta’lim

-tarbiya berish jarayonida ularning

turli yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashishlari talab etiladi. Shu bilan

birga, tarbiyachi adabiy yangiliklardan xabardor bo‘lishi, b

olalar adabiyotiga

ixtisoslashgan yaxshi nashriyotlarni bilishi, ijodiy yondashuv va tarbiyachi sezgisidan

foydalanishi kerak.

Badiiy adabiyot esa maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsini har tomonlama

rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biri. Badiiy asarning mazmuni bolaning

dunyoqarashini kengaytiradi, uni shaxsiy kuzatishlar doirasidan tashqariga olib chiqadi,

uning uchun ijtimoiy voqelikni ochib beradi: odamlarning mehnati va hayoti, buyuk

ishlar va jasoratlari, bolalar o‘yinlari olamidagi voqealar

haqida hikoya qiladi. Badiiy so‘z

tilning chinakam go‘zalligini yaratadi, asarga hissiy rang beradi, tuyg‘u va fikrlarni

charxlaydi, ta’sir qiladi, hayajonlantiradi, tarbiyalaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ma’lumki, badiiy adabiyot jamiyat va tabiat hayotini, i

nsoniy his-

tuyg‘ular va o‘zaro

munosabatlar olamini ochib beradi hamda tushuntiradi. Kitob va kitob o‘qish “yosh

avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada

rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhi

da tarbiyalash”[1]da o‘ziga

xos o‘rin tutadi. Ayni o‘rinda shuni ham qayd etib o‘tish zarurki, kitob “bolalarni qiziqtira

olishi, zavqlantirishi, hayratlantirishi, to‘lqinlantirishi kerak” [2].

Bolalar adabiyoti (bolalar uchun mo‘ljallangan badiiy asarlar

)ning eng muhim

didaktik ta’sirlaridan yana biri –

bolalarda estetik dunyoqarash (estetik ong, his-

tuyg‘u,

did, ideal, sezgi, tasavur, tafakkur hamda qarash)ni shakllantirishga xizmat qilishi bilan

belgilanadi. Estetik dunyoqarashning shakllanishi hamda rivojlanishi bolalarning hissiy

jihatdan kamol topishiga yordam beradi. Hissiyot rivojlanishining eng muhim jihati

bolalar atrofdagilarga, borliqqa, tabiatga nisbatan befarq, loqayd bo‘lmaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

191

Taniqli pedagog V.A.

Suxomlinskiyning fikricha, “kitob o‘qish

aqlli, fikrlovchi

tarbiyachi uchun bolaning yuragiga yo‘l topishga yordam beradigan so‘qmoq yo‘lga
o‘xshaydi” [3]. So‘qmoq yo‘ldan yurish esa har doim ham oson kechmaydi. Shu sababli bu

jarayonni asta-sekin, biroq izchil tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Psixologlarning

fikriga ko‘ra, bolalarning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik kamol topishida ikki muhim
davr ko‘zga tashlanadi. Bular:

a) 2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan davr;

b) 5 yosh va undan keyingi davr.
Qiziqish bevosita shaxsning atrof-

borliqqa bo‘l

gan ijobiy yoki salbiy mazmundagi

shaxsiy munosabati tadqiqotchilarning

[4] e’tirofiga ko‘ra, qiziqish –

subyekt va obyekt

o‘rtasidagi hissiy

-

anglash mohiyatiga ega munosabat bo‘lib, u ijobiy ham, salbiy ham

bo‘lishi mumkin. A.V.

Petrovskiy esa qiziqishni

yagona ehtiyoj bilan bog‘liq bilish

xarakteridagi kognitiv-motivatsion holat deb hisoblaydi [5].

Pedagog olim G.I.

Shukina [6] ham qiziqishni shaxsning o‘z atrofidagi borliqqa

bo‘lgan munosabati ekanligini to‘g‘risidagi fikrni tasdiqlaydi.

Psixolog olim

S.L.

Rubinshteyn [7] “qiziqish predmetlar bilan tanishish istagini uyg‘otishini” ta’kidlaydi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishning

yosh bilan bog‘liq xususiyatlari va bu jarayonlarda tarbiyachining tutgan o‘rni va

mahorati muhokama qilinadi. Xususan, har bir yosh bosqichi va unga xos xusususiyatlar

tavsiflanadi. Maktabgacha ta’lim yoshi bolalarini badiiy asarlar bilan tanishishga jalb
etishda samarali bo‘lgan vaqt hajmi muhim hisoblanadi va ularga badiiy asarlarni o‘qib
berishning davomiyligi e’tiborga olinadi. Shuningdek, tanlangan asarlarning mohiyatiga
ham e’tibor qaratiladi. Shu sababli har bir yosh bosqichida qanday badiiy asarlar o‘qib

berish lozimligi aniqlandi.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Tarb

iyachi badiiy asarni o‘qib berayotganida bolalarning yoshiga xos

xususiyatlariga katta e’tibor berishi lozim. Agar asar bolaning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda o‘qib berilsa, unda bola obrazlarning siymolarini ko‘z oldiga keltirib,

tasavvur qila oladi.

Har bir yosh bosqichi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun maktabgacha

yoshdagi bolalarda axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda bolalarning yosh xususiyatlarini
hisobga olish kerak. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda
yondashuv bolaga atrof-

muhit haqida to‘liq tasavvur berishga imkon beradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda badiiy asarga qiziqishini shakllantirish, kitobga

ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashda kitob burchagi katta rol
o‘ynaydi.

Kitob burchagini loyihalashda har bir tarbiyachi individual did va ijodkorlikni

namoyon qilishi mumkin. Lekin asosiy shart

bu qulaylik va maqsadga muvofiqlik, kitob

burchagi qulay, jozibali bo‘lishi, bolaning bo‘sh vaqti kitob bilan muloqotga yo‘naltirilganlig

i,

adabiyotlar tanlovi va kitob burchagida tashkil etilgan pedagogik ishlar talablarga mos
kelishi, bolalarning yosh xususiyatlari va ehtiyojlari inobatga olinishi kerak.

Kichik guruhlarda kitob burchagi bolalarning yoshiga mos, alohida rasmlar,

tematik albom, kichik hajmdagi matnli va katta rangli

rasmli kitoblar bilan boyitiladi.

Tarbiyachi bolalarni kitob bilan mustaqil muloqot qilishga o‘rgatadi, ular bilan rasmlarni
ko‘rib chiqadi, matnni o‘qiydi, undan foydalanish qoidalari haqida gapiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

192

O‘rta g

uruhda yil boshidan bolalar ishtirokida kitob burchagi tashkil etilib, unda

yangi ertaklar, she’rlar, tabiat kitoblari bilan to‘ldiriladi. Tarbiyachi bolalarning e’tiborini

kitoblarga, rasmlarga, syujetga, voqealar ketma-ketligiga qaratadi. Kitoblar haqida

suhbatlar o‘tkaziladi, uyda bolalarga o‘qiladigan adabiy asarlar haqida gap boradi.

Bolalar kitobga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishning barqaror

ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Katta va maktabga tayyorgarlik guruhlarida janr va mavzularning xilma-xilligi

tufayli kitob burchagining mazmuni yanada ko‘p qirrali bo‘ladi. Bolalarning adabiy
rivojlanishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, badiiy adabiyotlar ro‘yxati

turli mualliflar, turli mavzular va turli janrlar, shuningdek, bolalar jurnallari orqali
kengaytiriladi.

Bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirish

o‘qish, hikoya qilish, mazmuni bo‘yicha

suhbatlar, rasmlarga qarash

badiiy asarning harakatlariga va qahramonlariga hissiy

munosabatni rivojlantiradi.

Kitob tanlashda quyidag

i fazilatlarga e’tibor berish lozim:

1. Kitob rasmlarga, go‘zallik, hazil va fantaziyaga boy bo‘lishi;

2. Kitob bolaning yoshi va qobiliyatiga mos bo‘lishi;

3. Kitob bolaga yoqishi;

4. Kitobda hissiy ta’sir kuchining mavjudligi;

5. Kitob yaxshi

yozilgan bo‘lishi;

Bolalarni yoshiga mos holatda badiiy asardagi rasmlarni, qahramonlarning xatti-

harakatini ta’riflashga, tanish narsalarni nomlashga undab, tarbiyachining iltimosiga
binoan ularni ko‘rsatish, ularga savollar berishga o‘rgating: “Bu kim (nima)?”, “Nima
qilyapti?” Bolalarga oddiy syujetli rasmlarning mazmunini qayta aytib berishga,
qahramonlarning harakatlarini takrorlashni taklif qiling (“Qushlar donni qanday
yutishini, bola qanday suv ichishini ko‘rsating”).

Mustaqil faoliyatga tayyorgarlik

badiiy asardan syujetlarni sahnalashtirish,

teatrlashtirilgan o‘yinlar, ertaklarni dramatizatsiya qilish, qahramonlar, asar
syujetlaridan foydalangan holda ijodiy o‘yinlar

- bolalarni asar qahramoniga aylantirish

usuli nafaqat hamdardlikni rivojlantirishga, balki,asarning axloqiy saboqlarini tushunish,
nafaqat asar qahramonlari, balki atrofdagi odamlarning harakatlariga ham baho berish
qobiliyatini rivojlantiradi.

Maktabgacha davrdagi har bir yosh bosqichi o‘zining nutqiy rivojlantirish

vazifalarini qo‘yadi. Yosh o‘sib borishi bilan badiiy asarlarni qabul qilish darajasi ham

ortib borishi tufayli ular asta-

sekin murakkablashtirilib boriladi. Bolalarda she’r tinglay

olish qobiliyati rivojlanadi. Shundan kelib chiqqan holda kattalar bolalarning yosh
imkoniyatlarini bilishlari zarur.

Ilk yoshdagi bolalarning badiiy asarlarni qabul qilishining asosi

bu ularga

nisbatan emotsional javob, turli xil ohanglarni ilg‘ab olish, ularga munosabat bildirish,

imkoniyat darajasidagi adabiy asarlar qahramonlarini tanib olish va ular haqida

qayg‘urishdir. Ushbu yoshdagi bolalar uchun kichik shakldagi she’riyat, ya’ni: folklor va
mualliflik she’riyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bolalarga bosh qahramonlari
bolalar, hayvonlar bo‘lgan, o‘yinli va maishiy vaziyatlar ba

yon qilingan asarlar juda

qiziqarlidir. Bola kattalar bilan birgalikda matallar va sanoq she’rlar syujetlari asosida
ishtiyoq bilan o‘yinlar tashkil qiladi, u tovush taqlidiga va folklor yo‘nalishidagi bir

maromdagi takrorlashlarga quloq tutadi hamda ularga taqlid qiladi. Bola adabiy


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

193

asarlarda bayon qilingan voqealarni juda jiddiy qabul qiladi. O‘ziga yoqib qolgan asarni

bir necha marta eshitishga ham tayyor. Uning qahramonlarini illyustratsiyalar va

o‘yinchoqlarda xursand bo‘lib tanib oladi, har gal asarni

ng baxtli yakunini berilib kutgani

holda syujet harakatlarining odatdagi ketma-ketligini sinchkovlik bilan kuzatib boradi.

Kichkintoylarga mo‘ljallangan badiiy asarlar soni unchalik ko‘p emas. Shuning uchun ular
ko‘p martalab takror jaranglashi, bolaning k

undalik hayotiga kirib borishi va unda badiiy

asarni his qilishning birlamchi asoslarini rivojlantirishi lozim. Ilk yoshdagi bolalarga o‘qib
beriladigan asarlar doirasini asosan o‘zbek folklori asarlari tashkil qiladi. Ular eng yaxshi

tarzda ilk yoshdagi b

olalar ehtiyojlariga mos keladi, chunki, u so‘z, ohang, musiqa va

harakatni o‘zida jamlagan. Bolalar hayvonlar haqidagi xalq ertaklari bilan tanishadi:
“Sholg‘om”, “Bo‘g‘irsoq”, “Uycha”, “Chipor tovuq” va boshqalar.

Bolalar bog‘chasi va ota

-onalarning vazifalari:

Bolaga so‘z san’ati olamini ochish, kitobga qiziqish va mehrni, uni tinglash va

tushunishni, xayoliy voqealarga emotsional munosabat bildirishni, qahramonlar haqida

qayg‘urish va “ularga yordamlashish” hissini tarbiyalash, ya’ni

bolalarni badiiy

rivojlantirish, ularni bo‘lajak o‘quvchilar sifatida shakllantirish;

Hikoyani tinglash va tengdoshlari bilan birgalikda o‘qish qobiliyatini

shakllantirish;

Bolalarga she’r matniga mos keluvchi o‘yin harakatlarini bajarishni o‘rgatish

;

Bolalarda xalq asarlari, she’rlar, qo‘shiqlar ohangdorligi va musiqiyligiga

nisbatan emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash;

Bolalarga adabiy asarlar ko‘p martalab o‘qilganida va hikoya qilinganida ularning

qahramonlarini tanib olishda yordamlashish;

Bolaning she’rlar va ertaklardan ayrim so‘zlar hamda ifodalarni takrorlashga

rag

batlantirish;

Illyustratsiyalarni ko‘zdan kechirishni, ulardan adabiy asarlar qahramonlarini

tanib olishni va illyustratsiya mazmuni bo‘yicha oddiy savollarga javob

berishni o‘rgatish

(Kim bu? Quyonning quloqlari qani? U nima qilayapti? Sichqon qani? va h.k.).

Bolalarga dastlab ko‘rgazmali asosda (suratlar, o‘yinchoqlar, harakatlar), so‘ngra

esa ko‘rgazmasiz taqdim qilinayotgan qisqa she’rlar, ertaklardagi harakatl

ar rivojini

kuzatib borishni o‘rgatish;

Bolani ilk yoshdagi bolalar uchun maxsus chop etilgan (rang-barang, yirik suratli,

muqovasi qattiq va yuviladigan) kitoblardan mustaqil ravishda foydalanishga undash lozim.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish bolalarda adabiy asarlarni estetik qabul qilish

qobiliyati va mahoratini tarbiyalash, ularda badiiy-nutqiy faoliyatni rivojlantirish bilan

uzviy bog‘liqdir.

Quyidagi pedagogik tamoyillarga asoslangan adabiy asarlarni to‘g‘ri tanlash

bolalarga “og‘zaki san’at” dunyosini ochishga yordam beradi:

Adabiyot bolalarni tarbiyalash (intellektual, estetik, axloqiy) maqsadlariga javob

berishi kerak, aks holda u o‘zining pedagogik qiymatini yo‘qotadi. Kitob aniq tasvirlarda

maktabgacha yoshdagi bolalarga ezgulik, ado

lat, mardlik g‘oyalarini ochib berish,

odamlarga, o‘ziga, o‘z harakatlariga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishga chaqiriladi;

bolalarning yoshini hisobga olish kerak.

Yoshning o‘ziga xosligi bola psixikasining

xususiyatlarini hisobga olgan holda, fikrlas

hning konkretligi, ta’sirchanligi, zaifligida

ifodalanishi kerak;

kitob qiziqarli bo‘lishi kerak;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

03 (2023) / ISSN 2181-1415

194

kitobda muallifning pozitsiyasi aniq ifodalanishi kerak;

kitoblar kompozitsion yengilligi bilan farq qilishi kerak, ya’ni bitta hikoya

chizig‘iga ega bo‘lishi kerak.

Badiiy obraz yoki obrazlar tizimi bitta fikrni ochib berishi,

qahramonlarning barcha harakatlari shu fikrning uzatilishiga bo‘ysunishi kerak.

Shunday qilib, ezgulik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, haqiqat va yolg‘on, ishq va

nafrat, xohish

va burch o‘rtasidagi axloqiy tanlovlarning cheksiz oqimida biz o‘sib

kelayotgan avlodni ma’naviy

-axloqiy fazilatlar bilan tarbiyalashga intilamiz. Bu fazilatlar

bolalarning go‘zal va munosib hayot kechirishiga yordam beradi.

XULOSALAR

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, badiiy adabiyotni xulq

-

atvorni o‘rganish

vositasida ishlatgan holda, tarbiyachi insoniy tuyg‘ular va axloqiy g‘oyalarni
shakllantirish uchun asarlarni tanlash va badiiy asarlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish
uchun alohida e’tibor berishi

kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

S. Sayyid Kitobsiz kelajak yo‘q //http://uza.uz/oz/sociyety/kitobsiz

-kelajak y-

16-01-2017.

2.

M. Sobirova Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish. Metodik ko‘rsatma. –

Namangan, 2019.

B.44.

3.

V.A. Suxomlinskiy Serdtse otdayu detyam.

Minsk: Narodnaya asveta, 2001.

341 s.

4.

V.A. Slastenin, I.F Isayev, Y.N. Shiyanov Pedagogika / Ucheb. posobiye dlya stud.

vыssh. ped.ucheb. zav. –

M.: Izdat-

kiy sentr“Akademiya”, 2002. –

S. 20.

5.

A.V. Petrovskiy, Ob

щ

aya psixologiya / Ucheb. dlya stud.ped. in-tov.

2-e izd.,

dop. i pererab.

M.: Prosve

щ

eniye, 1996.

S. 195.

6.

G.I.

Щ

ukina, Aktualniye voprosi formirovaniya interesa v obuchenii.

M.: Sfera,

2004.

112 s.

7.

Rubinshteyn L.S. Osnovi obshey psixologii.

2-e izdaniye.

SPb.: Piter, 2009.

S.

186-525.

8.

D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazriyasi va metodikasi” –

T.: “Barkamol avlod

fayz”, 2018.

9.

D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazriyasi va metodikasi” –

T.: “TDPU” 2017.

10.

Ijodiy hikoya: 5 -

7 yoshdagi bolalarni o‘rgatish

/ ed.-komp. L.M.Shoxli. - Ed. 2-

e. -

Volgograd: O‘qituvchi, 2012.

11.

“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma –

T.: 2001

12.

www ARM.uz

Библиографические ссылки

S. Sayyid Kitobsiz kelajak yo‘q //http://uza.uz/oz/sociyety/kitobsiz-kelajak y-16-01-2017.

M. Sobirova Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish. Metodik ko‘rsatma. – Namangan, 2019. – B.44.

V.A. Suxomlinskiy Serdtse otdayu detyam. – Minsk: Narodnaya asveta, 2001. – 341 s.

V.A. Slastenin, I.F Isayev, Y.N. Shiyanov Pedagogika / Ucheb. posobiye dlya stud. vыssh. ped.ucheb. zav. – M.: Izdat-kiy sentr“Akademiya”, 2002. – S. 20.

A. V. Petrovskiy, Obщaya psixologiya / Ucheb. dlya stud.ped. in-tov. – 2-e izd., dop. i pererab. – M.: Prosveщeniye, 1996. – S. 195.

G.I. Щukina, Aktualniye voprosi formirovaniya interesa v obuchenii. – M.: Sfera, 2004. – 112 s.

Rubinshteyn L.S. Osnovi obshey psixologii. – 2-e izdaniye. – SPb.: Piter, 2009. – S. 186-525.

D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazriyasi va metodikasi” – T.: “Barkamol avlod fayz”, 2018.

D.R. Babayeva “Nutq o‘stirish nazriyasi va metodikasi” – T.: “TDPU” 2017.

Ijodiy hikoya: 5 - 7 yoshdagi bolalarni o‘rgatish / ed.-komp. L.M.Shoxli. - Ed. 2-e. - Volgograd: O‘qituvchi, 2012.

“Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma – T.: 2001

www ARM.uz