Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The conten
t
of the education of an enlightened person in
didactic works
Gulchekhra IZBULLAYEVA
1
Bukhara State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received May 2023
Received in revised form
15 June 2023
Accepted 25 June 2023
Available online
15 July 2023
The contribution of enlightened thinkers who lived in Central
Asia at the end of the 12th century
–
the first half of the 14th
century to the development of pedagogical ideas and the content
of didactic works created by them is analyzed in the article. The
main tasks that serve to educate an enlightened person: striving
for continuous enlightenment; pursuing knowledge; conducting
education in an orderly manner; creating enlightenment; complete
attachment to enlightenment; enlightening the environment;
connecting the purpose and profession with the enlightened
people. It is based on the fact that it is the achievement of a special
quality called enlightenment, and it is possible to define happiness,
virtue, wisdom, intelligence, courage, chastity, and justice as the
main categories.
2181-
1415/© 2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp3
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
enlightenment,
happiness,
virtue,
wisdom,
intelligence,
courage,
chastity,
justice.
Didaktik asarlarda
ma’rifatli shaxsni tarbiyalash mazmuni
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ma’rifat,
saodat,
fazilat,
hikmat,
aql,
shijoat,
iffat,
adolat.
Mazkur maqolada muallif tomonidan Markaziy Osiyoda
XII asr oxiri
–
XIV asrning birinchi yarmida yashab
o‘tgan
ma’rifatparvar mutafakkirlarning pedagogik fikrlar rivojiga
qo‘shgan hissasi va ular tomonidan yaratilgan didaktik asarlar
mazmuni tahlil qilingan. Ma’rifatli shaxsni tarbiyalashga xizmat
qiladigan asosiy vazifalar: uzluksiz ma’rifatga intilish; ilm
topish
sari intilish; ta’limni tartib bilan olib borish; ma’rifat hosil qilish;
ma’rifatga butkul bog‘lanish; atrofga ma’rifat baxsh etish;
maqsad va maslakni ahli ma’rifat bilan bog‘lash; ma’rifat nomli
xos sifatga erishish ekanligi hamda asosiy kategoriyalar sifatida
saodat, fazilat, hikmat, aql, shijoat, iffat, adolatni belgilash
mumkinligi asoslangan.
1
Associate Professor, DSc, Department of Pedagogy, Bukhara State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
34
Содержание воспитания просветленного человека
в дидактических произведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
просвещение,
счастье,
добродетель,
мудрость,
разум,
мужество,
целомудрие,
справедливость.
В
статье
анализируется
вклад
просвещенных
мыслителей, живших в Средней Азии в конце XII века
–
первой половине XIV века, в развитие педагогических идей
и
содержание
созданных
ими
дидактических
произведений. Основные задачи, служащие воспитанию
просветленного человека: стремление к непрерывному
просветлению;
стремление
к
знаниям;
ведение
образования
в
упорядоченном
порядке;
создать
просветление; полная привязанность к просветлению;
просветление окружающей среды; связывая цель и
профессию с просветленными людьми. Он основан на том,
что это достижение особого качества, называемого
просветлением, и в качестве основных категорий можно
определить счастье, добродетель, мудрость, разум,
мужество, целомудрие и справедливость.
Didaktik asarlar tarkibi, tuzilishi mazmuni bilan bir-biridan farq qilsa ham
mohiyati bir-
biriga yaqin bo‘lib, inson kamoloti va barkamolligi masallariga qaratilgan.
Didaktik asarlar tarkibi xalq og‘zaki ijodi, “Qur’on”, hadis, xalq hajvlari, latifa, hikoyat,
rivoyatlardan tashkil topgan. Didaktik asarlarda ma’rifatli shaxsni tarbiyalash borasida
so‘z borar ekan, jamiyat taraqqiyoti va uning ravnaqi uchun “zamonning yangi kishisi”
[2; 122-b.]ni tarbiyalash maqsad
i yetakchi o‘rin egallaydi.
Ushbu asarlarda bayon
qilingan: “Insonning vazifasi
–
uzluksiz ma’rifatga intilish va nur bilan to‘ldirish va ilm
topib, musaffolik sari intilishdir” [3; 138
-b.].
“Ta’lim shunday bir tartib bilan olib borilishi
kerakki, uning fo
ydasi har ikki dunyoda tezlik bilan o‘zini namoyon qilsin” [7; 187
-b.].
“Kishi agar irfon (ma’rifat)ga butkul bog‘langan bo‘lsa, u shu dunyo ahliga sulton bo‘ladi
[4; 455-
b.]. Bu jahonda ma’rifat hosil qiling... [4; 466
-
b.]. Atrofingizdagilarga ma’rifat
ba
xsh eting, maqsadingiz, maslagingiz ahli ma’rifat bilan bo‘lsin, ma’rifat bu xos sifatdir””
[4; 687-b.] kabi hikmatlardan yuqorida keltirilgan maqsadni amalga oshirishga xizmat
qiladigan asosiy vazifalarni belgilash mumkin.
(“1
-
rasmga qarang”).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
35
1-
rasm. Ma’rifatli shaxsni tarbiyalash mazmuni
Ma’rifat hosil qilish
yo‘llari
Maqsad:
zamonning yangi kishisini tarbiyalash
Vazifalar:
uzluksiz ma’rifatga intilish
; ilm topish sari intilish;
t
a’lim
ni tartib bilan olib borish;
ma’rifat hosil qili
sh;
ma’rifatga butkul bog‘lan
ish; a
trofga ma’rifat baxsh eti
sh;
maqsad va maslakni
ahli ma’rifat bilan bog‘lash; ma’rifat
nomli xos sifatga erishish.
Kategoriyalar:
saodat,
iffat,
fazilat,
aql,
hikmat, shijoat,
adolat, san’at
Ma’rifat –
bilishning eng yuqori darajasi
shijoat
iffat
hikmat
Insonning
ma’rifiy
komilligi (hikmat)
adolat
Amaliy komillik quvvati
Ilmiy komillik quvvati
Ma’rifatning so‘ngi komillik nuqtasi
Ma’rifat
hosil qilish
darajalari
Ma’rifat
hosil qilish
bosqichlari
- ziynat
- qurbat
- qadr
- sohib
- sodiq
- sadr
- ilmsizlik bosqichi
- ilmni egallash bosqichi
- ilmlilik bosqichi
- ilm va amal birligi
bosqichi
Saodatga erishish tarkibi
Ma’rifatli shaxs sifatlari, xislatlari
- ilm
- tahsil
- tadbir
- zahmat
- mehnat
Ma’rifatli bo‘lish fazilatlari,
xususiyatlari
Ma’rifat
li shaxsni tarbiyalash
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
36
Sharq allomalarining aksariyatida ma’rifatni hosil qilish yo‘lidagi ta’limotlarning
turli talqinini kuzatish mumkin. Jumladan, darveshlik, tarkidunyochilik, mehnat qilish,
ilm izlash, tariqat yo‘li, san’atning aksariyat turlari va ko‘pincha donishmandlik kabilarni
misol qilish mumkin. Didaktik asarlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, ma’rifat borasidagi
qarashlar Fariddidin Attor va Nosiriddin Tusiy asarlarida yetakchilik qiladi. Ularning
ta’limotidan ma’rifatli shaxsni tarbiyalash borasida unumli foydalanish mumkin. Birinchi
o‘rinda ma’rifat hosil qilishda insonda mavjud bo‘lgan quvvat va nafs turlariga to‘xtalib
o‘tamiz.
Tus
iy insonda uch xil nafs bor deb ta’kidlaydi. (1
-jadvalga qarang).
1-jadval.
Insonda mavjud bo‘lgan quvvat va nafs turlari
№
Quvvat
Turi
Daraja
Mazmuni
1.
nutq quvvati
–
o‘rni
fikr va bilim
xazinasi bo‘lgan
miyada
malak nafsi
(malakiy nafs (nutq
nafsi)
–
hikmat
tabiati
“ashraf”
(eng
sharafli)
haqiqatlarga teran nazar
tashlashning boshlang‘ich fikr
quvvatidir
2.
g‘azab quvvati –
o‘rni tug‘ma
jo‘shqinlik bulog‘i
va hayot chashmasi
bo‘lgan yurakda
siboiy nafs (vahshiy
nafsi
–
karomat
tabiati)
“avsat”
(o‘rta)
dovyurak bo‘lmoq, qo‘rquv va
vahimadan ustun kelmoq,
o‘smoq, yuksak maqomga
yetmoqning boshlang‘ich
quvvatidir
3.
shahvoniy quvvat
–
o‘rni hazm bo‘lgan,
erigan ozuqalarni
badan uzvlari
orasida
tarqatadigan jigarda
bahimiy nafs
(hayvoniy nafs
–
ehtiros tabiati)
“dun” (past)
shahvat, oziqlanmoq, yemoq,
ichmoq va jinsiy aloqadan
lazzat olmoqning bashlang‘ich
quvvatidir
Inson mohiyatining komilligi to‘liq shaklda yolg‘iz nutq quvvatida
markazlashganligi tufayli ruhiy xastalikdan boshqa badandagi barcha nosozliklar hech
biri inson kamolotiga zarar yetkazmaydi. Ma’rifat ilohiy va dunyoviy bo‘lib, ilohiy ma’rifat
hosil qilinishi uchun ishonch birinchi o‘rinda turadi. Ulamolar (olimlar, bilimdonlar)ning
aytishlaricha, isho
nch uch xil bo‘ladi: “ilm
-
ul yaqin” (kitobiy, tahsiliy ilm), “ayn
-
ul yaqin”
(tajribaviy bilim), “haqq
-
ul yaqin” (o‘zi tajriba vositasi bo‘lib, haqiqatni anglash ilmi).
“Ilohiynoma”da Fariduddin Attor ilohiy ma’rifatga erishish yo‘lini ilm
-ul yaqin, ayn-ul
yaqin, ilmning mag‘zi ilmi ladun (g‘ayb ilmi, ilohiy ilm) hosil bo‘lishi kabi ta’kidlab o‘tadi.
Ishonchning eng yuksak darajasi shaxs tarbiyasi transsendental (tarbiyalanuvchini
mutlaq qadriyatlar
–
Haqiqat, Yaratguvchiga yaqinlashtirish) ongga, ya’ni ilml
arning
mag‘zi bo‘lmish laduniy (ilohiy) ilmga aylanadi va bu ilm ilohiy ma’rifat hosil qilishning
cho‘qqisi sanaladi. Ilohiy ma’rifat kamoloti
–
mutlaq saodatga erishish tushuniladi.
“Axloqi Nosiriy”da Tusiy: insonning “umrning juda ilk chog‘laridan ota
-ona
tarbiyasi”, “so‘ngra qoida
-
qonunlar”, “eng so‘ngida axloq va aqidaning soflashtirish
natijasida” hikmatga yetishishga ehtiyojlari borligini ko‘rsatadi. Agar inson tabiati nasihat
qabul qilib hikmatga yetsa, ular ham yuksalib saodatga yetishini ta’kidlayd
i. Fariduddin
Attor ma’rifatni hosil qilish darajalarini quyidagicha tasniflaydi. (2
-jadvalga qarang).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
37
2-jadval.
Ma’rifatni hosil qilish darajalari
№
Darajalar
Mazmun
1.
Ziynat
ma’rifat bilan bezanish
2.
Qurbat
ma’rifatga yetishish
3.
Qadr
ma’rifatning quyi darajasiga erishish
4.
Sohib
ma’rifat sohibi bo‘lish
5.
Sodiq
ma’rifatda sadoqatli, vafodor bo‘lish
6.
Sadr
ma’rifatning baland martabasiga erishish
Bundan tashqari, Fariduddin Attor o‘z qarashlarida ma’rifatga erishish
bosqichlarini ham izohlab o‘tadi. Quyida alloma qarashlarida keltirilgan ma’rifat hosil
qilish bosqichlari tasvirlangan. (3-jadvalga qarang).
3-jadval.
Ma’rifat hosil qilish bosqichlari
Bosqich
Vosita
Mazmun
birinchi bosqich
nafs, shahvat
ilmsizlik bosqichi
ikkinchi bosqich
joh(amal)u quvvat
ilmni egallash bosqichi
uchinchi bosqich
yo‘qlikka hastlik
ilmlilik bosqichi
to‘rtinchi bosqich
yo‘qlikka mastlik
ilm va amal birligi bosqichi
Fariddiddin Attor va Nosiriddin Tusiy
qarashlaridan foydalanib ma’rifat hosil
qilishning yo‘llarini quyidagicha tasniflash mumkin. (4
-jadvalga qarang).
4-jadval.
Ma’rifat hosil qilish yo‘llari
№
Yo‘l
Mazmun
1.
Ilm
ilmning amal bilan birga bo‘lishi; pirini hamisha yo‘lboshchi bilishi; ma’rifatni
o‘z qadricha ko‘rishi, haqiqat bobida o‘z o‘rnini anglashi.
2.
Tahsil
mudom ilm o‘rganish, ta’lim olishda sabr va talabli bo‘lish; tafakkur etish,
aqlni toblash.
3.
Tadbir
ma’rifat yo‘lidan kamoli boricha, qurbi yetguncha va holi boricha boris
h.
4.
Zahmat
ilmga erishish, uzoq va mushkul bo‘lsa ham uni egallash; ko‘ngilni siymu
zarga emas, ma’rifatga bog‘lash; o‘zlikni tanish, ma’rifat yo‘lida sidqu vafo
bilan qalb ko‘zini ochish.
5.
Mehnat
jonga quvvat bo‘luvchi ilmu donish, ko‘ngilga xush yo
quvchi, malham
bo‘luvchi pand
-
u nasihat, hikmat berish; ma’rifat yo‘lida jahd bilan xizmat
qilish.
Attor, Tusiy, Rumiy hamda Aziziddin Nasafiy kabi olimlar qarashlarida juz’ni
(bo‘lakni) kull (butun) hisob etadigan odamdan nodonroq odam yo‘q, deb ta’rif etiladi.
Tusiy Ibn Sino fikrini ulug‘lab: “Umrimiz bo‘yi o‘rgandik, oxirida shuni bildikki, hech nima
bilmaymiz” [7; 183
-b.], -
deydi. Quyida Tusiy va Nasafiylarning ma’rifat borasidagi
qarashlari o‘z ifodasini topgan. (5
-jadvalga qarang).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
38
5-jadval.
Ma’rifat ta’rifi
Alloma
Ma’rifat
Ilohiy ma’rifat
Tusiy
bilmoq, tanimoq degan
ma’nosini anglatadi
Xudoni bilish yoki bilishning eng yuqori darajasi
tushuniladi.
Nasafiy
ko‘p narsani bilish –
ma’rifat
etish tushuniladi.
dunyoning ma’rifati, dunyo ishlarining ma’rifati,
oxiratning ma’rifati, oxirat ishlarining ma’rifati.
Ma’rifat shaxsda turli sifatlar bilan namoyon bo‘ladi va bu sifatlar har bir asarda
yetakchi o‘rin egallaydi.
Masalan: olim, qobil, bedor, sohibi saodat, sohibi asror, chin
muqtado, sohib karomat, guharposh (gavhar sochuvchi), piri komil, rahbari roh
(yo‘lboshlovchi rahbar), oliy sifat, fozil inson, xushadab (odobli), suvrati va sifati ma’ni,
ulug‘, nodiri davron, muttaqiy (taqvodor), komil inson, mard, farzona (bilimdon), ga
vhar
vujud, himmati oliy, peshqadam, quvvati ruhi ravon (ruhiy quvvati yuksak), yorug‘ sham,
ko‘ksida nur, otash, dard to‘liq bo‘lgan inson.
Ma’rifatli shaxs xislatlari quyidagicha namoyon bo‘ladi: nomunosib ishga qo‘l
urmaydi, yomonlikdan hazar qiladi, sa
xovatli bo‘ladi, aytgan so‘zidan tonmaydi; ilm
-u
donish sirini biladi, dunyo yorug‘ligi unga gulshan bo‘ladi; po‘st (sirt)ni ko‘rar ekan mag‘z
(ma’no)ni anglaydi, har qayerga ko‘zini solsa, yaxshilikni, do‘stlikni ko‘radi; har bir zarra
Haqdan ekanligini h
is qiladi; ma’rifat bag‘rida suzib, ma’rifatga quloch ochadi; hamisha
saltanatli bo‘ladi, ilm
-
u ma’rifatdan samara topadi; jahd etib ma’rifatni kasb aylab, oliy
sifatga erishadi; olam ahli (insoniyat, bashariyat) anglashi lozim bo‘lgan bilimlarining
sohibi
bo‘ladi; oqil, dono va ziyrak bo‘ladi, har ishni oldindan ko‘ra oladi; ma’rifat hosil
qilib o‘zini taniydi; ma’rifat chirog‘ini yoqadi, xalq quyoshi, millat chirog‘i bo‘ladi;
ilmsizlikka yo‘l qo‘ymaydi, insonni xor qilmaydi; ruhning yuksakligi, qalb go‘za
lligi tufayli
ma’naviyati ma’rifat mulki bilan uyg‘unlashadi; atrofdagilarga ma’rifat baxsh etadi,
maqsadi, maslagi ma’rifat ahli bilan bo‘ladi; ilm o‘rganadi, ilmiga ishonch hosil qiladi,
amaliyotda qo‘llaydi.
Didaktik asarlarda bir guruh Attor, Tusiy, Rumiy, Shabustariy kabi olimlar
ma’rifatli bo‘lish fazilatlarini aqli rasolik, jamil (go‘zal) xulqlik, nuri rohi mustaqim (to‘g‘ri
yo‘l ravshanligi)lik, yuksak manzilga yetish, musaffolik, poklik nurining bo‘lishi kabi
belgilaydilar. Attor qarashlaridan foyd
alanib, ma’rifatli bo‘lish xususiyatlarini
quyidagicha izohlash mumkin. (6-jadvalga qarang).
6-jadval.
Ma’rifatli bo‘lish xususiyatlari
№
Faoliyat
Mazmun
1.
nafsni tiyish
axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi
huquqiy
me’yorlarni singdirish
2.
orif bo‘lish
shaxs ongiga ilmiy bilim, ta’lim
-tarbiyani takomillashtirish
3.
o‘zlikni anglash
milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
39
Tusiy qarashlarida ma’rifat: saodat, fazilat, hikmat kabi so‘zlar orqali
bayon etiladi
va ushbu so‘zlarni ma’rifatning asosiy kategoriyasi sifatida belgilash mumkin. Ma’rifat
xayr (ezgulik) va saodatga tayanadi. Quyida Nosiriddin Tusiy
“Axloqi Nosiriy” asarida Aristotelning “saodat”ga har sinfning aqli qabul etadigan
bir shakldagi tasnifi keltirilgan. (7-jadvalga qarang).
7-jadval.
Aristotel qarashlarida sinflar saodati
№
Sinflar
Saodati
1.
Yo‘qsilning
mol va davlatda
2.
Xastaning
sog‘lomlik va sihatda
3.
Nom-nishonsizning
shon va shuhratda
4.
Ochko‘zning
aysh va ishratda
5.
Ehtiroslining
huzur va shahvatda
6.
Kinlining
intiqom va adovatda
7.
Oshiqning
visol va muhabbatda
8.
Olimning
ilm va madaniyatda
“Axloqi Nosiriy”da Tusiy Aristotel qarashlaridan foydalanib, saodat sinflarining
besh qismini
keltiradi: badanning sog‘lomligiga, hislarning ohangdorligiga va mijozning
mo‘tadilligiga oid bo‘lganlar; mol
-
davlat va xizmatchilarga oid bo‘lganlar; xalq orasida
yoyilgan go‘zal an’ana va xayrli ishlarga oid bo‘lganlar; bilim va iroda vositasi bilan
maqs
adlarning amalga oshirilishi va fikrlarning ijrosiga oid bo‘lganlar; to‘g‘ri fikr va
xayrxoh qarashlarga oid bo‘lganlar. Sinflarning saodatiga qarama
-qarshi sinflar zavoli
borasida “Qobusnoma”da uch kishining: “biri sohibi aql odamki, aqlsiz odamning zerda
sti
bo‘lgan; bir ojiz odamning bo‘yni qaviy (kuchli, baquvvat) odamga xam bo‘lgan; yana biri,
karim (oliyjanob) kishi laim (xasis) odamga muhtoj bo‘lgan” [2; 121
-b.] holiga rahm
qilmoq kerakligi tasvirlangan. Demak, saodat maqsadi bilan yo ijobiy yo salbiy
bo‘lishi
mumkin. Tusiy “Bir odamning “saodati” boshqa bir odamning “saodati” emasdir, “xayr”
esa hamma uchun bir xildir” [7; 187
-
b.], deydi. Ma’rifat rivoji unga beriladigan ilmiy va
amaliy mazmunga bog‘liq. Ma’rifatga erishish yo‘lida inson o‘z maqsadida
n istagan zavqni
oladi. Quyida ma’rifatli insonning takomili uchun zavq bag‘ishlaydigan omillar
tasvirlangan. (8-jadvalga qarang).
8-jadval.
Ma’rifatli inson takomilida zavq bag‘ishlaydigan omillar
№
Ma’rifatli inson
Omillar
1.
Odil odam
Adolatdan
2.
Faylasuf
Hikmatdan
3.
Fozil odam
Fazilatdan
Attor va Tusiy fikricha aqliy, ma’naviy zavq mohiyati abadiy, bu zavqni totmagan
odam ma’rifatni qanday anglaydi? “Saodatga yetmoqning yo‘li hikmat tabiatli zavqlarning
ortidan ketmoq,
boshqa narsalarga ko‘z yumib, yolg‘iz uni o‘ziga shior etmoqdan iboratdir”
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
40
[7; 187-
b.]. Ma’rifat hosil qilishning empirik ta’limot tarafdori Tusiy saodatning saxovatsiz
bo‘la olmasligi, saodatning aksi “shaqovat”, ya’ni badbaxtlik ekanligi va bu
badbaxtlik insonni
razolat (jaholat)ga yetaklashini e’tirof etadi. Sa’diy esa “baxtiyor –
yeb-ichadi, ekadi; baxtsiz
–
yig‘ib
-
yig‘ib o‘lib ketadi” [6; 126
-b.],
–
deydi. Tusiy “Saodat”ning tarkibini hikmat, shijoat, iffat
va adolat deb ko‘rsatadi va saodat
hissiy emas zehniydir, deydi. Bularga fazilat jinsining
miqdori deb ham aytiladi. Shabustariy esa chiroyli, yaxshi xulqni adolat ramzi sifatida
tasvirlaydi, insonda adolat bo‘lsa unga hikmat, iffat, shijoat ham namoyon bo‘lishini
ta’kidlaydi. Bu fazilatlar
ga erishish saodatga yetmoq uchun kifoyadir. Quyida Tusiy va
Shabustariy qarashlaridan foydalanib, ma’rifatning asosi bo‘lgan saodat (fazilat) tarkibining
miqdorlari keltirilgan. (9-jadvalga qarang).
9-jadval.
Saodat tarkibi va uning miqdorlari
№
Ma’rifiy tarbiya
Tarkibi
Miqdor
1.
nazariy
quvvatning
tarbiyasi
Hikmat
Zako; Idrok sur’ati; Zehn oydinligi; O‘rganish osonligi
(diqqat); Aql go‘zalligi; Xotira; Hozirjavoblik
2.
amaliy
quvvatning
tarbiyasi
Adolat
Sadoqat; Ulfat; Vafo; Shafqat; Rahmdillik; Mukofot;
O‘rtoqlikning husni; Hukmning husni; Hurmat; Taslim;
Tavakkal; Ibodat
3.
g‘azabning
tarbiyasi
Shijoat
Nafsning shohonaligi; Jasurlik; Oliyjanoblik; Matonat;
Hilm; Sokinlik (xotirjamlik); Hunar; Chidamlilik; Tavoze;
G‘ayrat; Hamdardlik;
4.
shahvatning
tarbiyasi
Iffat
Hayo; Halimlik; Samimiyat; Tinchlik; Parhez; Sabr; Qanoat;
Viqor; Ehtiyot; Nizom (tartib); Hurriyat; Saxovat (Karam
(karomat)); Qo‘li ochiqlik; Afv; Muruvvat; Xayrixohlik;
Yordam; Ulush; Yuzi yumshoqlik;
Olim hikmatning tazahu
r (namoyon bo‘lish) shakli “nutq”, qolgan uch shijoat, iffat
va adolat jinsining tazahur shakllari esa “badan”da ekanligini ta’kidlab, har iffatli va
shijoatli odam hikmatli bo‘lmasligi, lekin har hikmatli odam ham iffatli, hamda shijoatli
bo‘lishi mumkinl
igini izohlaydi.
Tusiy qarashlarida fazilat tarkibi miqdorlarining mazmuni aniq ifodalangan
(3
–
ilovaga qarang).
Fazilat tajriba natijasida qo‘lga kiritiladi. Uning fikriga ko‘ra: “Har
fazilatning ham o‘z haddi bordir, undan “ortiq” va “kam” bo‘lganda r
azolatga aylanadi.
Bunga ko‘ra olimlar (faylasuflar) deganlarki, fazilat –
“o‘rtalikdir”, razolat –
“atrof”.
Quyida mutafakkirlar fikrlaridan foydalanib fazilat tarkiblarining zidi bo‘lgan razolat
(jaholat) sinflari keltirilgan. (10-jadvalga qarang).
10-jadval.
Fazilat tarkiblariga zid bo‘lgan razolat sinflari haqida
Fazilat tarkibi
Razolat (jaholat) sinfi
Hikmatning zidi
Avomlik
Shijoatning zidi
Jasoratsizlik
Iffatning zidi
Hirslilik (ehtiroslilik)
Adolatning zidi
Zulmkorlik
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
41
Fazilatning
to‘rtta tarkibi: hikmat, shijoat, iffat va adolatga zid bo‘lgan
razolatlarning ham sakkizta tarkibi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ulardan ikkitasi hikmatga zid,
bular: “ahmoqlik” va “ablahlik”. Ikkitasi shijoatga zid, bo‘lar: “tentaklik” va “jur’atsizlik”,
yana ikki
si iffatga zid, bular: “jinnilik” va “sustlik”. Qolgan ikkitasi adolatga zid, bular:
“zolimlik” va “mazlumlik”.
Tusiy qarashlarida adolatni saqlashning qator shartlari ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra
adolat siyosat, ijtimoiy himoya va iqtisod bilan bog‘liq. Quyid
a ushbu fikrlardan
foydalanib adolatni saqlashning shartlari izohlangan. (11-jadvalga qarang).
11-jadval.
Adolatni saqlashning uch sharti
№
Shart
Mazmun
Vosita
1.
Ilohiy nomus
vijdon ovozi
qonun, siyosat va bunga o‘xshash
tushunchalar
2.
Insoniy hakim
haqsizlik va jinoyatlarning
oldini olish
odil podshoh, hakim (qozi),
donishmand, xalifa, muhaddis, imom
3.
Pul
muloqot birligi
Dinor
Didaktik asarlarda ma’rifatga erishishda insonda tabiiy va ijtimoiy rivojlanish yuz
berishi aytib
o‘tilgan. Attor ma’rifatning inson ijtimoiylashuvidagi ta’sirini insonni jaholatdan
qutqaradi, ma’naviy harorat beradi, joniga rohat baxsh etadi, yaxshi xulq va odob egasi
bo‘lishga yordam beradi, deb ko‘rsatadi. Tusiy tabiiy rivojlanishni –
ilohiy hikmat soyasida,
ijtimoiy rivojlanishning amalga kelishi esa
–
inson mehnati va irodasi, tabiiy vositalarning
ko‘magi ishtiroki natijasida yuzaga keladi, deydi. Ma’rifatni tarbiyalash ijtimoiy va tabiiy
rivojlanishning izchillik va harakat prinsipi yetakchi o‘rin
egallaydi. “Har kishi ma’rifat
yo‘lidan kamoli boricha, qurbi yetguncha va holi boricha boradi” [4; 123
-
b.], “Har o‘qigan
kimsa aqli yetguncha anglar, har xizmat etguvchi kimsa kuchi etganicha xizmat etar”
[5; 430-
b.]. “Hech kim onadan chiqib fazilat sohibi bo‘lmas” [7; 187
-
b.], chunki “fazilat tajriba
natijasida qo‘lga kiritiladi” [7; 187
-
b.]. “Axloqi Nosiriy”da fazilat sohibini tarbiyalash
borasida quyidagi mazmun keltirilgan. (12-jadvalga qarang).
12-jadval.
Fazilat sohibini tarbiyalash yo‘llari
№
Shartlari
Avval
So‘ng
1.
“Shahvat quvvati”,
so‘ngra “g‘azab quvvati”
nuqtai nazaridan tadqiq
Bu quvvatlar mo‘tadil bo‘lsa, uni
saqlamoqqa sa’y
-harakat
ko‘rsatish va bu quvvatlardan
tug‘iladigan yaxshi amallarning
odatga aylanishiga harakat qilish
Mo‘tadil bo‘lmasa, avval uni
mo‘tadillikka qaytarmoq,
so‘ngra uni odat holiga
solmoq
2.
Nazariy quvvatni
rivojlantirmoq va uni
nizomga solmoq
Shunday bir fanni o‘rganmoq
lozimdirki, miyani
charchatmasin, zehnni xarob
qilmasin, tez maoriflanmoqqa
(ilmli bo
‘lmoqqa) havas
uyg‘otmasin
So‘ngra shunday bir fanga
bog‘lanmoq lozimdirki,
taxayyul(fantaziya) bilan
aqliy qonunlar bir-biriga
ko‘mak eta olsin, miya to‘g‘ri
zavqlansin, hamda lozimiy
haqiqatlar idrok etilsin
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
42
3.
Ashyoviy borliqlarning
ta’limi (ularning
mohiyat va
xususiyatlarining tahlili)
hissiy tushunchalardan boshlash
moddiy borliqlarning
asoslarini o‘rgatmoq bilan bu
bahsga yakun berish
4.
Adolat qonunlariga
rioya etmoq
ularni himoya qilib saqlamoqni,
uning tabiatiga ko‘ra harakat etib
faoliyat ko‘rsatmoqni, boshqalari
bilan aloqa, muomala va
munosabatda uning tabiatiga
uyg‘un xulq
-atvorni singdirish
ham tashqi, ham ichki saodat
uchun kurashish
Ma’rifatning yetakchi kategoriyalaridan biri bu saodat, quyida saodat turlari va
ularning qismlari keltirilgan. (13 va 14
–
jadvallarga qarang).
13-jadval.
Saodatga erishish turlari va ularning qismlari
№
Turlari
Qismlari
1.
nafsiy saodat
axloqning poklanishi ilmi (axloqshunoslik); mantiq ilmi; riyoziyot ilmi;
tabiat ilmi; ilohiyot ilmi.
2.
vujudiy saodat
Tib ilmi: muolaja, sog‘lomlikning himoyasi, badan tarbiyasi
3.
madaniy saodat
millatning, davlatning va jamiyatning ishlarini nizomga solmoqqa xizmat
etsin, masalan, “fiqh”, “hadis”, “xabar”, “tanzim(tartiblangan)” va shu
kabilarga tegishli bo‘lgan shariat ilmi; “adabiyot”, “balog‘at” (notiqlik,
bayon (ritorika)), “grammatika”, “kotiblik” (“munshiylik”), “hisob”,
“handasa”, “iqtisodiyot” va shunga tegishli bo‘lgan tajriba ilmlari
14-jadval.
Saodatga erishishning faoliyat mazmuni
№
Faoliyat
Mazmun
1.
Mustaqil
tushunmoq
“to‘rtlik ilmlari” bilan mashg‘ul bo‘lmoqqa odat yetmoq, sadoqat bilan
do‘stlashmoq, o‘z bilganini tushunmoq, haqiqat bilan aloqa bog‘lab, tilni
yolg‘on so‘zlamoqdan, qulog‘i bo‘hton eshitmoqdan nafrat ettirmoq
2.
Komillik
darajasiga
yaqinlashmoq
hikmat masalalarini juda diqqat bilan mutolaa qilishni boshlamoq,
ilmning qiyinliklariga g‘alaba qilib, sirlariga voqif bo‘lmoq, ko‘p
ma’lumot to‘plab ko‘p uzoqqa ketmoq.
3.
Asrining yagona
allomasi bo‘lmoq
istasa
o‘z ilmiga bo‘lgan havas va ehtirosining oldini olmaslik, bir vazifaga
yopishgan holda orzu va istaklariga to‘siq qo‘ymaslik, ilmning
so‘ngsizligi qaroriga kelish, butun ilmlarning ustida yana bir ilmning
borligiga ishonish.
Ma’rifatli bo‘lishning bosh g‘oyasi ham ilm, ham amal birligida faoliyat yuritish
lozimligi belgilangan.
Didaktik asarlarda: “Nasabidan gapirma, amalidan gapir”, “Ilm ota
bo‘lsa, ona amal emish” [4; 687
-
b.]. “Ilm ham amalsiz mahv bo‘ladi, amal esa ilmsi
z
mumkin emasdir. Ilm (bilim)
–
boshlang‘ich, amal –
so‘ng, ilm –
sabab, amal
–
natija”
[7; 43-
b.]. “Ilmiga amal qilmagan olim nimaga o‘xshaydi? “inson ilmi amalsiz bo‘lsa sham
ko‘targan nodon kabidir” [4; 203
-
b.]. “Ilming amal bilan bo‘lsin” [4; 203
-b.],
“o‘zingni ilm
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
43
birlan amalda ko‘r” [7; 203
-
b.], “ilmiga amal qilmagan olim mash’ala ko‘targan ko‘rga
o‘xshaydi” [6; 127
-
b.], “ilm olib amal qilmagan odam –
yerni shudgorlab urug‘ sochmagan
dehqonga o‘xshaydi” [6; 134
-
b.], “bolsiz asalariga o‘xshaydi!” [6;
138-
b.]. “Kimsakim,
ilmga amal qilmasa, garchi allomadir u, lekin, olim emas” [1; 114
-
b.]. “Beamal ilm –
nogiron, ojizdir” [1; 114
-
b.]. Toki bordir qo‘sh qanoting, uch baland, bir qanotli qush sira
uchgaymikan? [5; 175-b.], deb keltirilgan. Ilm va amal hikmatning asosiy turlari
hisoblanadi. Quyida ilm va amalning mazmuni, qismlari va turlari yoritilgan. (15, 16 va
17
–
jadvallarga qarang).
15-jadval.
Hikmat turlari
№
Hikmat
Mazmuni
1.
Ilmi nazariy
borliqlarning haqiqatdan qanday
ekanliklarini to‘g‘ri tasavvur etmoq,
insonning yaratuvchi (ijodiy) aqli (nafsi-
ammora) va sog‘lom
tushunchasi doirasida uning xususiyat va sifatlarini kashf etmoq
2.
Amal (ish)
yashirin quvvatlarni o‘rtaga chiqarmoq, turli xil san’at va
kasblardan
foyda keltirmoq, turli xil ish odatlarni qo‘lga kiritmoq uchun
ko‘rsatilgan faoliyatga aytiladi, shu shart ilaki, u, bashariyat
qudratining ortishiga, uning takomillashishiga sabab bo‘lsin
16-jadval.
Nazariy hikmat qismlari va turlari
Nazariy hikmat qismlari
modda bilan aloqador bo‘lmagan borliqlar
haqidagi ilm
moddasiz mumkin bo‘lmagan borliqlar
haqidagi ilm
Nazariy hikmat turlari
Tabiatga bog‘liq
bo‘lmagan ilm
Riyoziyot
Tabiat ilmi
ilohiyot; ibtidoiy falsafa
Handasa; hisob;
nujum va holat ilmi;
ohang-shunoslik
tabiiy atamalar; atamalar va alomatlar;
kavnu fasod (tug‘ilish o‘lish); samo tazahur
(namoyish)lari; ma’danshunoslik; nabotot
ilmi; hayvonot ilmi; nafs ilmi (psixologiya)
17-jadval.
Amaliy hikmat qismlari va turlari
Amaliy hikmat qismlari
ayri-
ayri odamlarga xos bo‘lgan
sherikli jamoatga xos bo‘lgan
Amaliy hikmat turlari
Tabiiy
Qaroriy
axloqning poklantirilishi; uy xo‘jaligi
qoidasi; shahar boshqarmoq siyosati
ibodat va ziyorat; nikoh, nishon, to‘y; idora
etmoq,
jazo bermoq, qoida-
qonunlar “fiqh”.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
44
Hikmatning natijasi bu qo‘lga kiritilgan san’atda bilinadi. “Yaratgan o‘z xalqiga bir
ma’rifat va san’at ato etgan bo‘lsa, bu asl saodatdir, insonlarda bo‘lgan oliyjanoblikning,
qo‘li ochiqlikning, saxovatning, xayrixohlikning ildizi ham shu yerdandir” [7; 183
-b.].
San’atlar uch tur bo‘ladi: birinchi –
sharafli, ikkinchi
–
olchoq, uchinchi
–
o‘rta.
Quyida
san’at va mohiyat mazmuni o‘z ifodasini topgan. (18
-jadvalga qarang).
18-jadval.
San’at
turlari va mohiyati
№
San’at turlari
Vakillari
Faoliyatlari
1.
Sharafli san’at
Vazirlarning san’ati
aniq fikr, to‘g‘ri mashvarat, xayrxoh
maslahat
Adiblarning va olimlarning
san’ati
kotiblik, notiqlik, nujum, tib,
handasa
Harbiylarning
san’ati
ot chopmoq, qilich o‘ynatmoq,
xandaqni olmoq, g‘alaba qozonmoq
2.
Olchoq
san’atlar
Firibgarlar kasbi
olibsotarlik, sehrgarlik
Ahmoqlarning kasbi
masxarabozlik, mutriblik,
qimorbozlik
Mijozni olchoq narsalarni
chekkanlarning kasbi
xastaga qon quyuvchi, teri
oshlovchilik, supuruvchilik
3.
O‘rta san’atlar
Zaruriy kasb
Ekinchilik
G‘ayri zaruriy kasb
Rangsozlik
Sodda kasb
duradgorlik, temirchilik
Murakkab kasb
qorovulchilik, pichoqchilik
Ushbu san’at turlari shaxsda ma’rifat hosil qilishda xizmat qiladi va ma’rifat
ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. Quyida ma’rifat ko‘rinishlari va ularning vakillari
keltirilgan. (19-jadvalga qarang).
19-jadval.
Ma’rifat ko‘rinishlari
№
Ko‘rinishi
Vakillari
1
To‘liq
Saodat ahli
2
Noto‘liq
Ilm ahli
3
So‘ngli
Amal, fazilat ahli
4
So‘ngsiz
Payg‘ambar va avliyolar
Har bir narsa va hodisaning “akme” (komillik) nuqtasi bo‘lgani kabi ma’rifatga
tegishli jarayonlarning ham o‘zining tegishli komillik nuqtasi mavjud. Tusiy ta’rifiga
ko‘ra, hayotda qo‘llanmagan fikr (loyiha) bu maqsad, faoliyatga aylangach, amalga
oshirilgani bu komillik bo‘ladi. To‘g‘ri, izchil, maqsadga uyg‘un, mustaqim yo‘l bilan
harakat etish, tadrijli ilm, madaniyat, bilim va hikmatga ega bo‘lish ma’rifiy komillik
nuq
tasiga erishishga sabab bo‘ladi. Quyida “Axloqi Nosiriy”da keltirilgan ma’rifatning
so‘nggi komillik nuqtasi bo‘lgan aqlning mohiyati tasvirlangan. (20
-jadvalga qarang).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
45
20-jadval.
Ma’rifatning so‘ngi komillik nuqtasi bo‘lgan aqlning mohiyati
№
Aqlning mohiyati
Komillik nuqtasi
1.
Miqdorda
Muvozanat
2.
O‘lchamlarda
To‘liqlik
3.
Kayfiyatda
Nafsiy va jismoniy lazzat
4.
Nisbatlarda
Rayosat va sadoqat
5.
Makonda
Yerning pokligi
6.
Zamonda
Vaqtning munosibligi
7.
Qurilishda
Tarkiblarning muvofiqligi
8.
Kiyinishda
Kiyimning yarashiqliligi
9.
Ta’sirda
Ta’sirning natija bergani
10.
Hassoslikda
Hisning xush kelgani
Ma’rifatning so‘nggi komillik nuqtasi bo‘lgan aqlning mohiyati muvozanatlilik,
to‘liqlik,
maqbullilik, aniqlik, tarbiyalanganlik, munosiblik, muvofiqlik, natijaviylik, moslik
kabi me’zonlarni o‘z o‘rnida ma’rifatga erishish mezonlari kabi belgilash mumkin. Tusiy
qarashlarida insonning ma’rifiy komilligi va uning mohiyati quyidagi mazmunda ifoda
etilgan. (21-jadvalga qarang).
21-jadval.
Insonning ma’rifiy komilligi (hikmat) turlari va mohiyati
№
Turlari
Mohiyati
1.
Ilmiy komillik
quvvati
–
ilm o‘rganmoqqa, maorifga erishmoqqa yo‘nalgan;
–
ilm va amal birligini qo‘lga kiritgan;
–
haqiqatlarning mohiyatini anglagan;
–
mutlaq haqiqatni idrok etgan va unga qovushmoq sharafiga noil
bo‘lgan;
–
qalbi sokinlashgan va yuragida ishonch hosil bo‘lgan;
–
ko‘ngil oynasi va xotira ko‘zgusi shubha hamda gumondan xoli.
2.
Amaliy komillik
quvvati
–
o‘z imkon va faoliyatini tartibga solgan;
–
axloqi munosib, xush kelgan shaklda tarbiya topgan;
–
iroda, ishonch, imkon va ahvolotlarni to‘g‘ri faoliyat bilan
uyg‘unlashtira oladigan;
–
razolatga karshi saodat bilan tura oladigan.
Didaktik asarlar ma’rifatni takomillashtirish vositasi bo‘lib, insonparvarlik
paradigmasi sifatida butun dunyo ma’rifatiga xizmat qiladi. Allomalar ma’rifiy qarashlari
ma’rifatli shaxsni tarbiyalash konsepsiyasi bo‘la oladi. Mutafakkirlar ijodida ma’rifat
va
ma’naviyat uyg‘unligi komil insonni tarbiyalashning yuksak darajasi sifatida namoyon
bo‘ladi va bu bugungi kun ma’rifatini hosil qilishda o‘z mohiyatini yo‘qotmagan.
Xulosa sifati shuni ta’kidlash mumkinki, didaktik asarlarda ma’rifatli shaxsni
tarbiyal
ash konsepsiyasi ma’rifat kategoriyalari, sifatlari, darajalari, fazilatlari, ma’rifiy
tarbiya metodlari, ma’rifatga erishish usullari, ma’rifatning inson ijtimoiylashuvidagi
ta’siri, ma’rifatga ta’sir etuvchi omillar, erishish yo‘lari, bosqichlari, ilmni
hosil qilish
bosqichi, ma’rifatli bo‘lish xususiyatlari, ma’naviyat va ma’rifat birligi, ma’rifatparvarlik,
ma’rifatparvar shaxslar hamda ma’rifatli shaxs mazmuni orqali ochib berilgan;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
05 (2023) / ISSN 2181-1415
46
Didaktik asarlar to‘g‘risidagi bilimlarni takomillashtirish, ularni o‘rganish, targ‘ib
qilish, o‘rgatish orqali milliy tarbiyaviy merosning avloddan
-
avlodga o‘tib borishini
ta’minlashda foydalanishga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Dehlaviy, Amir Xusrav, Yor vasli /Amir Xusrav Dehlaviy; toʻplovchi, soʻzbo
shi va
izohlar muallifi E.Ochilov.
–
Т.: Oʻzbekiston, 2011. –
128-b.
2.
Kaykovus. Qobusnoma; fors. Muhammad Rizo Ogahiy tarj.; nashrga
tayyorlovchilar. S.Dolimov, U.Dolimov,
–
Т.: “O’qituvchi”, 2011. –
208-b.
3.
Komilov Najmiddin. Komil inson haqida toʻrt risol
a: Farididdin Attor, Sulton
Valad, Aziziddin Nasafiy, Husayn Voiz Koshifiy ijodidan namunalar / Fors-tojik tilidan
N.Komilov tarj.
–
T., “Maʼnaviyat”. 1997 –
280-b.
4.
Nishopuriy, Shayx Farididdin Attor Dostonlar “Mantiq ut
-
tayr”, “Asrornoma”,
“Ilohiynoma”, “Pandnoma”, “Bulbulnoma”, “Ushturnoma” / Shayx Farididdin Attor
Nishopuriy; Forsiydan. Jamol Kamol tarjimasi,
–
T.: “Tamaddun”, 2012. –
552-b.
5.
Rumiy Jaloliddin. Masnaviyi maʼnaviy /Forsiydan Oʻzbekiston xalq shoiri Jamol
Kamol tarj.
–
T.: “MERIYUS” XHMK.
2010.
–
846-b.
6.
Saʼdiy. Guliston. Boʻston: toʻplam / nashrga tayyorlovchi H.Homidiy; tarjimonlar:
Gʻ.Gʻulomov, Sh.Shomuhamedov, R. Komilov, Chustiy. –
Toshkent: Gʻafur Gʻulom
nashriyoti, 2013.
–
264-b.
7.
Tusi Xac
ə
N
ə
sir
əddin. Əxlaqi
-Nasiri. / Farscadan t
ə
rjume ed
əni, ön sözü və
şə
chl
ərin müallifi: Rəhim Sultanovun. Bakı, «Lider Nəşriyyat», 2005. –
280 b.
