Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Stages of formation and development of the system of
internal affairs bodies in Uzbekistan
Kuvonch KODIROV
1
National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received April 2023
Received in revised form
15 May 2023
Accepted 15 June 2023
Available online
25 June 2023
The article describes the stages of formation and
development of the system of internal affairs bodies, processes,
and further plans for their activities. It is known that internal
affairs bodies are a system that carries out complex and
multifaceted activities in order to ensure public order and
security in society, protect the rights, freedoms, and legitimate
interests of citizens, and prevent crimes.
The purpose of the research is to reveal that in the history of
Uzbek statehood, which has passed the path of development for
almost three thousand years, there was a great need for a
system of internal affairs to ensure the security of society, the
peace, and tranquility of the country, the inviolability of
borders, the will and freedom of the people, cultural
development. Methods of the research are general, and
scientific, including logical, archival source study, and analysis
of the content of documents. Over the past short period of time,
large-scale reforms have been implemented aimed at radically
improving and updating the system of internal affairs bodies
and their activities. Today, in the ranks of the internal affairs
bodies, it is necessary to educate the worthiest employees who
love our Motherland, and is faithful to their duty, and ensure a
peaceful and peaceful life in our holy land.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss3-pp138-149
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
security,
protection,
public order,
crime control,
offense,
police,
internal affairs bodies.
1
Doctor of Philosophy in History, Associate Professor, Researcher, National University of Uzbekistan named after
Mirzo Ulugbek.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
139
O‘zbekistonda
ichki
ishlar
organlari
tizimining
shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
xavfsizlik,
himoya qilish,
jamoat tartibini saqlash,
jinoyatchilikka qarshi
kurash,
huquqbuzarlik,
militsiya,
ichki ishlar organlari.
Maqolada ichki ishlar organlari tizimining shakllanish va
rivojlanish bosqichlari, jarayonlari hamda faoliyatining
kelgusidagi rejalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’lumki, ichki ishlar
organlari jamiyatda jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini
ta’minlash, fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy
manfaatlarini muhofaza qilish, jinoyatlarning oldini olish
bo‘yicha keng qamrovli va ko‘p qirrali faoliyatni amalga
oshiruvchi tizim hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi qariyb uch ming yillik taraqqiyot yo‘lini
bosib o‘tgan o‘zbek davlatchiligi tarixida jamiyatning xavfsizligi,
yurt tinchligi va osoyishtaligi, chegaralar daxlsizligi, xalqning
erki va ozodligi, madaniy taraqqiyotini ta’minlash uchun ichki
ishlar tizimiga ehtiyoj katta bo‘lganligini ochib berish.
Tadqiqot
usullari: umumiy, ilmiy, shu jumladan mantiqiy, arxiv
manbalari, hujjatlar mazmunini tahlil qilish.
O‘tgan qisqa davr
ichida shonli ichki ishlar organlari tizimi va uning faoliyatini
tubdan yaxshilash, yangilash borasida keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirildi. Bugungi kunda ichki ishlar organlari safida
ona Vatanimizni chin dildan sevadigan, burchiga sadoqatli
muqaddas zaminimizdagi tinch va osuda hayotni ta’minlab
beradigan eng munosib xodimlar qilib tarbiyalash zarur.
Этапы становления и развития системы органов
внутренних дел Узбекистана
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
безопасность,
охрана,
охранят общественного
порядка,
борьба с преступностью,
правонарушение,
милиция,
органы внутренних дел.
В статье описаны этапы становления и развития системы
органов внутренних дел, процессы и дальнейшие планы их
деятельности. Известно, что органы внутренних дел
представляют собой систему, осуществляющую комплексную
и многоплановую деятельность в целях обеспечения
общественного порядка и безопасности в обществе, защиты
прав, свобод и законных интересов граждан, предупреждения
преступлений.
Целью исследования является выявить, что в истории
узбекской государственности, прошедшей путь развития
почти три тысячи лет, существовала большая потребность в
системе внутренних дел для обеспечения безопасности
общества, мира и спокойствие страны, нерушимость границ,
волю и свободу народа, культурное развитие. Методы
исследования общий, научный, в том числе логический,
архивный
источниковедческий,
анализ
содержания
документов. За прошедший короткий период времени были
осуществлены масштабные реформы, направленные на
коренное совершенствование и обновление системы органов
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
140
внутренних дел и их деятельности. Сегодня в рядах органов
внутренних дел необходимо воспитывать самых достойных
сотрудников, любящих нашу Родину, верных своему долгу и
обеспечивающих мирную и мирную жизнь на нашей святой
земле.
KIRISH
Tarixdan ma’lumki, kishilik
jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida
xavfsizlik masalasi alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Manbalarda turli tarixiy jarayonlarda
erkaklarning o‘z oilasi, hududi tinchligini himoya qilishi to‘g‘risida
ko‘plab ma’lumotlar
uchraydi [1]. Xususan bu
bo‘yicha ayrim tarixiy ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchisi
Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya”,
Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit
-
turk”
asarlarida, XVII asrda Sibir, Mo‘g‘ulis
ton, Oltoy va Markaziy Osiyodan topilgan topilgan
qadimgi turk manbalari, ya’ni bitiklarda, xalq og‘zaki ijodi namunalarida saqlanib qolgan.
Shuningdek, “Avesto”da ham qadimgi ajdodlarimizning o‘z mol
-mulklarini begonalardan
himoya qilish, asrash, qo‘shni hudud yaxlitligini, xavfsizligini ta’minlash (hoz. jamoat
tartibini saqlash) bilan bog‘liq fikrlar uchraydi.
Hattoki, o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirgan Amir Temur
davriga oid muhim manba “Temur tuzuklari”da mavzuga doir masalalarga h
am qisman
alohida o‘rin berilganligini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, Amir Temur tashkiliy jihatdan
mukammal, ma’lum taktika va strategiyaga amal qilgan va o‘z vaqtida yaxshi qurollangan
qudratli, zamonaviy armiyaga asos solgan. U o‘z tuzuklarining oxirgi bobla
rida
armiyaning tashkiliy va tuzilmaviy jihatlari, shuningdek, davlatchilikning tashkiliy
tadbirlari orqali huquq-
tartibot ishlariga o‘rin berib o‘tgan. Jumladan, “Saltanatni idora
qilish tuzugi”da quyidagi fikrlar diqqatga sazovordir: “Amr etdimki, o‘g‘ri
va
qaroqchilarni “Yasa” asosida jazolasinlar; fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni
mamlakatdan haydasinlar. Ezma-bekorchi odamlarni viloyat va shaharlarda
qoldirmasinlar. Har bir shahar va qishloqqa kutvol tayinlasinlarki, sipohu raiyatga
soqchilik qi
lsin va kimning biron narsasi o‘g‘irlansa, buning mas’uliyati uning zimmasida
bo‘lsin. Va yana buyurdimki, yo‘l ustiga kuzatuvchilar, zobitlar tayinlasinlarki, yo‘llarni
qo‘riqlab, yo‘lovchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol
-mulki va boshqa
narsalarini manzildan-
manzilga yetkazib qo‘ysinlar. Yo‘l ustida birortasining narsasi
yo‘qolsa, o‘zi o‘ldirilsa yoki boshqa kor
-hol yuz bersa, bular uchun javobgarlik ularning
zimmasida bo‘lsin”
[2].
“Urushda va tinchlikda soqchilik qilish,
majlis-
yig‘inlarda hozir bo‘lish tuzugi”da
soqchilik tizimini (ya’ni hozirgi
Ichki ishlar idoralari
dagi qo‘riqlash tizimiga o‘xshash)
tartiblari haqida to‘xtalib, masalaning quyidagi jihatlariga e’tiborni qaratadi: “
Yana hukm
qildim, atrofimda joylashgan lashkar va O‘rduga, h
ar biriga bittadan kutvol tayinlasinlar
va o‘rduni qo‘riqlash, soqchilik qilish ishlari shular ustiga yuklansin. Bozor ahlidan
[3]
soliq olish ham shular zimmasida bo‘lsin. Agar o‘rdu ahlidan biron kimsaning narsasi
o‘g‘irlansa, ular javobgarlikka tortilsinlar”
[3-123].
Amir Temurning bu sohaga bo‘lgan e’tiborini ulkan saltanatning “u chetidan bu
chetigacha biror bolakay boshida bir lagan tilla ko‘tarib o‘tadigan bo‘lsa, bir donasiga
xam zarar yetmaydigan tartib-
intizom” o‘rnatilganligida xam ko‘rish mumkin bo‘lgan
[4].
NAZARIYA VA AMALIYOT TAHLILI
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
141
Umuman olganda, O‘zbekiston ichki ishlar organlari qariyb bir asrga yaqin tarixga ega
hisoblanadi. Bu tizimning shakllanishi O‘zbekiston hududida sovet hokimiyatining
o‘rnatilishi bilan boshl
anadi. Garchand, sovet davri xronologiyasida mazkur tuzilmani sobiq
ittifoq miqyosida tashkil etilish faoliyati bo‘yicha tadqiqot mavzusi doirasida ko‘plab
kitoblar, risolalar yozilishiga qaramay, bu haqda qisman to‘xtalib o‘tish lozim. Zero, bu
davrga oid
adabiyotlarning tahlili ushbu mavzu O‘zbekiston tarixi davrida ham kam
o‘rganilganligidan dalolat beradi. Shunga qaramasdan o‘tgan asrning 20–
30-yillaridagi
tarixiy manbalar matbuotda va shunga o‘xshash nashrlarda, to‘plamlarda e’lon
qilingan
bo‘lib, ularning mualliflari o‘z ma
qolalarida dastlabki ishchi-dehqon militsiyasining tuzilishi
va tarixi bilan bo
g‘liq
bo‘lgan ma’lumotlarni yozish zarurligini e’tirof etgan holda, buning
uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalarni ishlab chi
qqanlar [5].
Yurtimizda ichki ishlar organlari faoliyati tarixiga oid tadqiqotlar asosan XX
asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlanib, ayrim tarixchi va huquqshunos olimlar
tomonidan amalga oshirilgan. Jumladan, A. Atadjanov, R. Aripov, X.
Alimovlar O‘zbe
kiston
militsiyasini sobiq ittifoq davlat boshqaruv tizimidagi faoliyatini yoritib berganlar [6].
Huquqshunos olim T.A. Jalilov tomonidan dissertatsion tadqiqotlarida [7] hamda
boshqa bir qator ilmiy asarlarida [8] Turkistonda dastlabki ishchi dehqon militsiyasining
tashkil etilishi va faoliyati, ixtiyoriy militsiya otryadlarining olib borgan kurashlari va
sotsializm davriga o‘tishda davlat organi tizimi sifatida O‘zbekiston militsiyasining
bajargan ishlari va faoliyatini takomillashtirish kabi masalalarini huquqiy jihatdan yoritib
berishga harakat qilgan.
Mazkur asarlar va tadqiqotlar mafkuraviy nuqtai nazardan kommunistik
metodologiyaga asoslanganligi va muammoning tarixiy ildizlarini o‘rganishda
yuzakichilikka yo‘l qo‘yilganligini alohida qay
d etish lozim. Ammo shunga qaramay,
ushbu mualliflar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar nafaqat respublikada, balki
butun sobiq Ittifoq hududida militsiyaning shakllanishi va rivojlanishi tarixidan
ma’lumotlar keltirilganligi bilan qimmatlidir.
Mazkur davrda militsiya shaxsiy tarkibini tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida
e’tibor berildi. Militsiyaning ko‘p qirrali faoliyati, jinoyatlarning oldini olish usullarini
tinimsiz takomillashtirib borilishi va tartibbuzarlarni fosh qilish xodimlardan fan va
texnikaning turli sohalari bo‘yicha maxsus bilimga ega bo‘lishni talab qilar edi.
Shu sababli 1935-
yili Qo‘qondagi ishchi
-dehqon militsiyasi katta boshliqlar
tarkibini tayyorlash O‘rta Osiyo maktabi va Samarqanddagi o‘rta militsiya boshliqlari
tarkibini
tayyorlash maktablari tugatilib Toshkent shahriga ko‘chirildi va u Toshkent
katta militsiya boshliqlari tarkibini tayyorlash maktabi deb o‘zgartirildi. Ushbu maktabda
O‘zbekiston
Respublikasi uchun malakali kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda
Turkmaniston
, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi boshqa ittifoqdosh respublikalar uchun ham
malakali militsiya kadrlarini tayyorlab berardi [9].
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi militsiya xodimlarining mamlakat
ichkarisidagi vazifalarini nihoyatda ko‘paytirishiga qaramasdan O‘zbekiston
militsiyasining ko‘plab xodimlari chaqiriq bilan va ko‘ngilli ravishda armiya safiga
qo‘shildilar. Jumladan, Samarqand viloyati militsiya idoralaridan 149 ta xodim frontga
ketdi [10]. Toshkent militsiya maktabi kursantlarining 50 foizi, komandir-
o‘qituvchilar
tarkibining 30 foizi o‘zbek milliy diviziyasi, shuningdek general Panfilov diviziyasi
saflarida jang qildilar [11].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
142
Frontga birinchi bo‘lib ketgan ko‘ngillilar orasida Toshkent militsiya maktabi
boshlig‘ining siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari T.Boymurzaev, maktab yetakchi
tashkilotining kotibi M.D.Mesh, o‘qituvchi T.Kunashboev va boshqalar bor edi
[11-32]. Urush
sharoitida shaxsiy tarkibning qisqartirilishi jiddiy qiyinchilik tug‘dirardi, bu qiyinchiliklarni
yengish uchun m
ilitsiya organlarini to‘ldirish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘rish lozim
edi. Shu sababli O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarlari kengashining 1941
-yil
27-
iyundagi buyrug‘i qabul qilindi. Unga muvofiq, Toshkent militsiya maktabida tahsil
olayot
gan 68 ta 2 kurs kursantlariga bitirganlik haqida hujjatlarini berish va o‘qish muddati
ikki yildan 9 oyga qisqarganligi qayd etilgan edi [12].
Shuningdek, O‘zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarlari kengashining 1941
-yil
30-
iyundagi buyrug‘iga muvofiq
mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimlar chaqirib olindi va
barcha militsiya xodimlari kuchaytirilgan jangovar holat tartibiga o‘tkazildi, 12 soatlik ish
vaqti belgilandi [13]. (aslida harbiy holat davrida barcha militsiya xodimlari qancha
mehnat qilish lozim bo
‘lsa, tun
-u kun xizmatni olib bordilar).
Ko‘p hollarda militsiya saflari harbiy komissarliklar orqali, yarador bo‘lib frontdan
qaytib kelgan kishilar, shuningdek sog‘ligi va yoshi tufayli armiyada xizmat qilishi
cheklangan shaxslar hisobiga to‘ldirilar ed
i.
Urush yillarida militsiya organlaridan frontga ketgan erkaklar o‘rniga xotin
-qizlar
kelishdi. Masalan, 1942-yildan 1945-yilgacha Toshkent militsiya maktabining kursantlar
tarkibi ma’lum darajada xotin
-
qizlar hisobiga to‘ldirilib, ularning salmog‘i makta
b
kursantlari umumiy sonining 30-60 foizini tashkil qilardi [11-34].
Urush yillari Toshkent militsiyasida xotin-
qizlar har qachongidan ko‘proq bo‘ldi.
Militsiyada xizmat qilish uning barcha xodimlaridan katta kuch-
g‘ayrat sarflashni, yuksak
ma’naviy ruhga
ega bo‘lishni, nihoyatda halol va intizomli bo‘lishni talab qilardi.
Mazkur tahlikali davrda, militsiya xodimlari jamoat tartibini ta’minlab jinoyatchilikka
qarshi keskin kurash olib boribgina qolmay, front ortini dushmanning qo‘poruvchilik
harakatlaridan ham
qo‘riqlashi lozim bo‘lgan. Shuningdek, elektrostansiya, ko‘priklar,
telefon, telegraf aloqalari, harbiy sanoat qurilishida xavfsizlikni ta’minlash bilan birgalikda
harbiy holat vaqtida komendantlik soatlari joriy qilinganda kunduzgi va tungi patrul
soqchiligi, shubhali shaxslarning hujjatlarini tekshirish, pasport rejimini o‘tkazish kabi
vazifalarni bajarishi kerak edi [14].
O‘sha davr militsiya xodimlaridan yuksak hushyorlik,
tajriba, tezkor qarorlar qabul qilish, malaka talab qilinardi.
Urushdan keyingi yillarda ichki ishlar organlarida banditizmga qarshi kurash
bo‘limlari tugatilib, ularning o‘rniga uchastka operativ vakillari lavozimlari joriy etildi.
Shuningdek, davlat avtomobil nazorati, yong‘indan saqlash bo‘limlari, moddiy
-texnika
bazas
ini mustahkamlash masalalariga e’tibor kuchaytirildi. Shu davrda jinoyatchilikka
qarshi kurashni ilmiy asosga qo‘yish va unda fan
-texnika yutuqlaridan foydalanish
maqsadida joylarda hisob-
registratsiya bo‘limlari va ilmiy
-
texnika bo‘linmalari tashkil etild
i.
1959-yil 2-
martda “Mehnatkashlarning mamlakatda jamoat tartibini saqlashdagi
ishtiroki to‘g‘risida” qaror qabul qildi
[15]. Mazkur qarorga asosan, shu yildan boshlab
militsiyaga “yordamlashish brigadalari” tashkil etilib jinoyatchilarni qidirib topishg
a,
kissavurlik va velosiped olib qochish kabi hollarga qarshi kurashga shuningdek port,
vokzal, aeroport, jamoat joylarda ommaviy tadbirlar o‘tkazish jarayonlariga keng jalb
etila boshlandi. Ayrim oblastlarda militsiyaga yordamlashish brigadalari sotsialistik
mulkni muhofaza qilish bo‘yicha doimiy ish olib boruvchi komissiyalar qilib qayta tashkil
etildi [16].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
143
Nizomlarda ko‘ngilli
x
alq drujinalari ilg‘or ishchilar, xi
zmatchilar, kolxozchilar,
studentlar va pensionerlardan tashkil etilishi ko‘rsatib o‘tildi.
Huquqlarni buzishning
oldini olish, har tomonlama tarbiyaviy ish olib borish ular faoliyatining asosiy mezoni
qilib belgilandi.
Drujinachilar qo‘liga “DND” (Dobrovolno narodnaya drujina –ko‘ngilli xalq
drujinasi) deb yozilgan qizil lenta, xamda ko‘kragiga “Xalq
drujinachisi” degan nishon
taqilardi. Ular jamoat joylarida navbatchilik, ko‘chalarda patrullik qildilar, bezorilik,
chayqovchilik, nazoratsizlikka qarshi kurash bo‘yicha reydlarda qatnashdilar. Mamlakat
fuqarolarining osoyishta yashashlari, ishlashlari, dam olishlariga halaqit berayotganlarga
qarshi faol kurash olib bordilar.
Manbalarga tayanganda 1961
–
1970-
yillarda Butunittifoq bo‘yicha ko‘ngilli
drujinachilar soni 14 millionga yetganini ko‘rish mumkin
[17].
Birgina 1965-yilda
Ittifoqda 4,5 millionga yaqin bo‘lsa, O‘zbekistonda bu
ko‘rsatgich 4,700 dan ortiq ko‘ngilli xalq drujinasi, 110 mingdan ortiq drujinachilar
faoliyat olib borganlar [18].
Sovet hukumati tomonidan 60-yillarning boshlarida militsiyaning
obro‘
-
e’tiborini
oshirish, uning uchun me’yoriy bazani takomillashtirish va mamlakatda huquq
-tartibotni
mustahkamlash va jinoyatchilikni, uni keltirib chiqargan barcha sabablarni tugatish
masalalari yuzasidan sovet partiyasi dastur yo‘l
-
yo‘riqlarning qabul
qilinishi militsiya
organlarida tashkiliy-partiyaviy ishlar saviyasini yanada oshirish uchun qulay shart-
sharoitlar yaratdi. Biroq militsiya siyosiy xodimlari shtat kategoriyasining yo‘qligi
militsiya shaxsiy tarkibini kommunistik ruhda tarbiyalash va operativ-xizmat
faoliyatining samaradorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarini hal qilishni
ma’lum darajada qiyinlashtirib yubordi. Shuning uchun ham Markaziy Kengash
militsiyasi saflarida siyosiy xodimlar lavozimini tiklash to‘g‘risida qaror qabul
qildi [19].
O‘zbekiston Markaziy Kengashining 1965
-yil 11-sentabrdagi qaroriga muvofiq,
respublikaning 50 dan ortiq xodimiga ega bo‘lgan shahar, rayon militsiya organlarida
1965-yil 1-oktabrdan boshlab boshliqlarning siyosiy-
tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
o‘r
inbosarlari lavozimi joriy etildi [15-195].
Shundan so‘ng respublika va Qoraqalpog‘iston ASSR jamoat tartibini saqlash
vazirligida, viloyat jamoat tartibini saqlash
boshqarmalarida, Toshkent shahar militsiya
boshqarmasida, militsiyaning yo‘l bo‘limida siyosiy tarbiyaviy ishlar bo‘yicha
instruktorlik guruhlari tuzildi.
O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashining “O‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi
to‘g‘risida”gi Nizomi 1973
-yil 17-sentabrdagi qarori bilan tasdiqlandi [20]. Mazkur
Nizomda militsiyaning Ichki ishlar vazirligi tizimining tarkibiy qismi sifatidagi va
respublika, o‘lka, oblast, okrug, shahar, rayon Kengashlariga hamda ularning ijroiya
komitetlariga bo‘ysunadigan organ sifatidagi huquqiy maqomi aniq belgilab berildi.
Militsiyaning vazifalari va uning jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash
sohasidagi huquqlari aniq va puxta ko‘rsatib berilganligi katta ahamiyat kasb etdi.
Shunga qaramasdan militsiya organlari strukturasi va shtatlarini takomillashtirish,
joylarda kadrlar
yetishmaslig
iga barham berish, qobiliyatli kadrlar bilan to‘ldirish
yuzasidan anchagina ishlar amalga oshirildi.
Xulosa qilib aytganda, bu davrda yuqori malakali militsiya kadrlarini tayyorlash
tizimida jiddiy o‘zgarishlar qilindi. SSSR Ministrlar Kengashining qarori
ga muvofiq, SSSR
Ichki ishlar vazirligining oliy maktabi Toshkent sirtqi ta’lim fakulteti bazasida SSSR Ichki
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
144
ishlar vazirligining Toshkent oliy maktabi tashkil etildi. Bu maktab kunduzgi va sirtqi
bo‘limlardan iborat edi.
1978-yil SSSR Ichki ishlar vazirl
igi tomonidan “Xizmat kiyimini kiyib yurish
qoidalari” nomli kitob nashr etildi. Mazkur kitobda generallar, rahbarlar, o‘rta boshliqlar,
safdorlar, kursantlar shuningdek ayollar xizmat kiyimini kiyib yurish tartib qoidalari
belgilab berilgan edi [21].
1980-yillarning ikkinchi yarmida qayta qurish va oshkoralik ichki ishlar organlari
faoliyatida ham muhim o‘rin egalladi.
Afsuski, bu jarayonlar hamisha ham yengil va bir
tekis kechmadi.
“
Markaz
”ga butunlay bo‘ysungan respublika militsiyasi mustaqil
rivojlana olmas edi. Uning siyosatini, strategiyasi va taktikasi,
ko‘rsatmalari “
Yuqori
”
dan
aniqlab berilar edi. Markaz respublika ichki ishlar organlarini kadrlar bilan
mustahkamlash ishida
go‘yoki “
respublikaning iltimosiga binoan
”
1984-89-yillarda
O‘
zbekistonga 231 kishi yubordi. Ular asosan rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. Shu vaqt
ichida ichki ishlar bo‘limlarining saflaridan 1981
-85-
yillarning o‘zida 3000 dan ortiq
mahalliy
xodimlar bo‘shatildi. Ularning ko‘plari aybi isbotlanmagan bo‘lsa
-da jinoiy
javobgarlikka
tortildi. Respublika ichki ishlar organlarining hech qanday aybi bo‘lmagan
bir qancha rahbar xodimlari qismati ham shunday bo‘ldi. Bu esa pirovard natijada
respublika ichki ishlar organlari xodimlari kasb mahoratining pasayib ketishiga, binobarin
jinoyatchilikka
qarshi kurash natijalariga salbiy ta’sir qildi
[22].
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ichki ishlar organlarida ham islohotlar bosqichma
-
bosqich o‘tkazilganligi kuzatiladi.
Dastlabki bosqich
1991
–
1999-
yillarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu davrda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-
oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi haqida”gi 270
-sonli qarori [23] bilan tasdiqlandi. Shuningdek, ichki
ishlar organlari xodimlari faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-yanvardagi
“Ichki ishlar organlarida xizmat o‘tashning vaqtinchalik nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
16-sonli qarori [24]
va boshqa me’y
oriy hujjatlar bilan tartibga solina boshlandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari
huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga kiritildi, Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazi
rligi haqida”gi Nizomga asosan hamda Konstitutsiya va
Mustaqillik deklaratsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv
organi hisoblanishi belgilandi.
Ikkinchi bosqich,
1999
–
2001-
yillarni o‘z ichiga oladi. Bunda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-
apreldagi “Toshkent shahrida jamoat
tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi
[25] qarori bilan
respublikada tinchlik va osoyishtalikni saqlash, mustaqilligimizni asrash, jamoat tartibi
va x
avfsizligini ta’minlash tizimida tub islohotlarni amalga oshirishni taqozo etdi. Mazkur
konsepsiya asosida jamiyatda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlovchi yangi tizimni
shakllantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich,
O‘zb
ekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 27-martdagi
“O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va uning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 21-
apreldagi “Kriminal, uyushgan
jinoyatchilik, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi,
2001-yil 7-
maydagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashda Ichki ishlar vazirligining tergov
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
145
xizmatlari rolini kuchaytirish haq
ida”gi, 2001
-yil 15-
maydagi “Yo‘l harakati xavfsizligini
ta’minlash choralari to‘g‘risida”gi, 2001
-yil 31-
maydagi “O‘zbekiston Respublikasida
patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash faoliyatini takomillashtirish choralari
to‘g‘risida”gi, 2001
-yil 6-
iyundagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashda profilaktika xizmati
rolini kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi, 2001
-yil 25-
iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasida yong‘in xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorlari shular jumlasidandir [26]. Mazkur bosqichda ichki ishlar organlarining moddiy
texnika bazasi va sohaviy xizmatlar bilan hamkorligi takomillashtirildi xamda xodimlarni
moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy
-
huquqiy himoyalashga e’tibor qaratildi.
To‘rtinchi bosqich
,
2004-2016-
yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004
-yil 19-iyul farmoni
Respublikada jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil qilishida
ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tkazilgan islohotlar Ichki ishlar organlari faoliyatida tub
yangilanishlar davri deb atash mumkin. Chunki ushbu farmon asosida ichki ishlar
organlari tizimida kadrlar tayyorlash hamda xizmat qilayotgan xodimlarni moddiy
rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida ichki
ishlar idoralarida mutaxassi
slar tayyorlovini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi
2004-yil 23-
sentabr qarori, hamda “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari
xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2
004-yil 4-oktabr qarorlari qabul qilindi [27].
Ushbu me’yoriy
-
huquqiy hujjatlarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
IIV Akademiyasining ichki ishlar organlari uchun “jinoyatlarning oldini olish faoliyati”,
“tezkor
-
qidiruv faoliyati”, “tergov faoliyati”, “ekspert
-
kriminalistik faoliyat” bo‘yicha
ofitserlar, “jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida boshqaruvni
tashkil etish” mutaxassisligi bo‘yicha rahbar kadrlarni tayyorlaydigan 1 yillik Oliy
akademik kurs va bir necha muta
xassislik (8 ta) yo‘nalishlari bo‘yicha serjantlar tarkibini
tayyorlash vazifalari belgilab berildi.
Beshinchi bosqich
–
2016-yil 16-sentabrdan boshlandi. Chunki bu kunda
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qili
ndi.
Mazkur davrga qadar ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatini tartibga soluvchi
yaxlit huquqiy mexanizm yo‘q edi. Bu qonun ichki ishlar
organlari faoliyatining
samaradorligini oshirish, mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishga xizmat qildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan so‘nggi yillar davomida
ichki ishlar organlari tizimining faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu sohani tartibga soluvchi normativ
huquqiy baza jiddiy takomillashdi, qator qonun, farmon, qarorlarning qabul qilinishi
shular jumlasidandir.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugungi kunda eng katt
a masala, bu
–
ichki
ishlar tizimining quyi bo‘g‘inini mustahkamlashdan iboratdir” [28]. Shuningdek: “Hozirgi
kunda ichki ishlar organlarining o‘ta markazlashgan holda joylashuvi ularning o‘z
vazifalarini samarali hal qilishiga imkon bermayapti. Bu bir tomondan jinoyatchilikka qarshi
kurashish samaradorligi pasayishiga olib kelayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan aholiga o‘z
muammosini hal qilishda noqulaylik tug‘dirmoqda. Biz ichki ishlar organlari xodimlarini
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
146
xalqqa yanada yaqinroq qilish maqsadida xodimlarning asosiy qismi bevosita joylarda kerak
bo‘lsa, har bir sektor hududida xizmat olib borishini ta’minlashimiz kerak” [29],
–
deb
ta’kidlagan edi. Shu yerda aytib o‘tish joizki,
“Gellap” (“Gallup”) xalqaro tadqiqot
institutining “Global qonun va tartib” bo‘yicha yillik butunjahon reytingi e’lon qilindi.
O‘zbekiston ushbu reytingda 100 balldan 92 ball to‘plab, dunyoning eng xavfsiz
mamlakatlari top 10 taligiga kiritildi. Albatta, bunday natijaga erishishda, jamiyatimizda
qonun va adolat ustuvorligini, jinoyatga
jazo muqarrarligini ta’minlash borasida ichki
ishlar organlari xodimlari tomonidan so‘nggi yillarda ko‘rilgan chora tadbirlar ham,
ayniqsa e’tiborli hisoblanadi. Avvalambor, ushbu vazifalarni samarali bajarish maqsadida
tizimning faoliyati tubdan takomill
ashtirildi. Asosiy e’tibor mahallalarda kriminogen
vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish uchun quyi bo‘g‘inni kuchaytirishga qaratildi.
Tayanch punktlari va profilaktika inspektorlarining soni ko‘paytirildi. Ular, o‘z navbatida,
xizmat uy-
joylari bilan ta’minlandi, imtiyozli kreditlar asosida shaxsiy “Matiz”, “Spark” va
“Neksiya
-
3”
avtomashinalari berildi. Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish
sohasida fuqarolarning faolligini oshirish, hududda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini
olish
borasidagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati
maskanlari” hamda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tashkil etilib faoliyat
yuritib kelmoqda.
Bundan tashqari, kelgusida xodimlarni kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari
ni
shakllantirish, ular tomonidan fuqarolarga sifatli, professional xizmat ko‘rsatilishini
ta’minlash maqsadida, kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va malaka oshirish borasida ham
butunlay yangi tizim asosida ishlar tashkil etildi. Ichki ishlar vazirligi bugungi zamon
sur’atida yangicha xislatlarga ega turli o‘zgarishlarga moslashuvchan, tezkor hamda
optimal qarorlar qabul qila oladigan, tizimli va tanqidiy fikrlovchi, liderlik, vaqtni
boshqarish va tashabbuskorlik kabi ko‘nikmalariga ega kadrlarga ehtiyoji vuj
udga
kelgan. Shu sababli so‘nggi yillarda mazkur tizimda kadrlarni tayyorlash siyosati tizimi
tubdan takomillashtirildi.
Buning zamirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyevning Ichki
ishlar vazirligi Akademiyasiga tashrifi asosiy mezon bo‘li
b hisoblanadi. Tashrifda vazirlik
Akademiyasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga
oshiriladigan loyihalar ko‘zdan kechirildi. Jumladan:
–
professor-
o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish;
–
ta’lim jarayonini izchil tashkil eti
sh;
–
nomzodlarni ta’limga maqsadli tayyorlash;
–
xodimlar malakasi va sohaviy xizmatlar faoliyatini baholash;
–
yangi innovatsion ta’minot bo‘yicha fond tashkil etish va uning moddiy
-texnik
bazasini mustahkamlash shular jumlasidandir.
Zero tashrif davomid
a aytilganidek, Akademiya bu oddiy o‘quv yurti, kadrlar,
hattoki, rahbar kadrlarni tayyorlaydigan ta’lim maskanigina emas, u yangicha va mustaqil
tafakkur shakllanadigan, o‘zimiz to‘plagan va xorijiy mamlakatlarning turdosh ta’lim
maskanlarida to‘plangan ilg‘or tajribalar o‘rganiladigan, tahlil qilinadigan va tahsil
beriladigan markazga aylanishi kerak. Chunki, Prezidentimiz haqli ravishda
ta’kidlaganlaridek, “Yangicha va mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli, tashabbuskor, ilg‘or
boshqaruv usullarini puxta o
‘zlashtirgan, vatanparvar, halol kadrlarni tanlash va
tayyorlash bo‘yicha samarali tizim yaratilmas ekan, davlat boshqaruvida sifat o‘zgarishi
yuz bermaydi”.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
147
Yuqoridagilarga asosan, ichki ishlar organlari uchun mutaxassislar tayyorlashning
mutlaqo yangi t
izimini joriy etish, xodimlarning malakasiga qarab xizmat bo‘yicha o‘sishini
ta’minlash, shuningdek, kuch va vositalarning samarali boshqarishda rahbar kadrlarning
intellektual va professional salohiyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni
tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq,
ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibiga
quyidagilarni nazarda tutuvchi uzluksiz o‘quv karyera jarayoni tizimi joriy etildi:
Birinchidan
, ichki ishlar organlari rahbarlar tarkibining tegishli lavozimlariga
tayinlani
shi uchun Akademiya magistraturasida o‘qish shartligi;
Ikkinchidan
, xodimlarga maxsus unvonlar berilishining xamda safdor va serjantlar
tarkibidagi xodimlar ofitserlik lavozimlariga tayinlanishining asosiy talablaridan biri
sifatida ularning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish zarurligi
ko‘rsatib o‘tildi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tahliliga
tayanib, shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatiga yangi tartiblar va mexanizmlarning
joriy etilganligini inobatga olgan holda aytish mumkinki, “Xalq manfaatlariga x
izmat
qilish”ni so‘zsiz bajaradigan ijtimoiy yo‘naltirilgan professional tuzilmaga aylantirish
borasidagi chora-
tadbirlarning natijasi o‘laroq, ichki ishlar organlarining xalqparvar
tizimga aylanib borayotgani, xalq ishonchi va mehrini qozonayotganligining yorqin
namunasi bo‘lib hisoblanadi. Ularning faoliyati, azm
-u shijoati har qachongidan ham
yuqori baholanib, xalqimizning yuksak hurmatiga sazovor bo‘lmoqda, xodimlarimizning
o‘zi esa davlatimiz va jamiyatimiz g‘amxo‘rligini amalda har tomonlama chuqur hi
s
etmoqdalar. “Dunyoda Yangi O‘zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va mamlakatimiz bilan
hamkorlikka intilish tamoyillari kuchaydi”
[
30]. Shunday ekan Yangi O‘zbekistonning
ichki ishlar organlari tizimi ham yangilanib, takomillashib bormoqda.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
R.Samarov,
Qurolli Kuchlar tizimining feminizatsiyalashuvi: rivojlanishi o‘ziga
xosligi va ijtimoiy mexanizmi (O‘zbekiston Qurolli kuchlar misolida) –
falsafa fanlari
doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati.
–
T.: 2005.
–
B.12.
2.
Yaso
–
turk-
mo‘g‘ul xalqlari orasida amalda bo‘lgan qonun
-qoidalar; Chingizxon
davrida joriy etilgan. Temur tuzuklari / Forschadan A.Sog‘uniy va H. Karomatov tarj.;
A.Ahmedov tahr. ostida...
–
Toshkent: O‘zbekiston nashr., 2013. –
B. 106. Yana qarang:
H.B.Boboev, O‘zbekistonda XIV
-
XV asrlarda siyosiy va huquqiy ta’limotlar. Yu.f.d. diss...
avtoref.
–
T., 1993.
3.
Temur tuzuklari ... Bozor ahli
–
harbiy yurishlar vaqtida o‘rdu atrofida savdo
-
sotiq bilan mashg‘ul bo‘lgan kishilar.Ular askarlardan o‘lja tushgan mollarni arzon
bahoda sotib olish va o‘z galida askarlarning ehtiyojiga zarur bo‘lgan narsalarni sotish
uchun doimo lashkarlarga hamroh bo‘lganlar. Askarlarning o‘zlari ham fursat kelganda
oldi-
sotdi bilan shug‘ullanganlar. –
B.122.
4.
Sh
O‘ljaeva,. Amir Temur va Buyuk ipak yo‘li // Buyuk ipak yo‘li va Farg‘ona
vodiysi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Toshkent. 2004. B.175.
5.
“Raboche
-
krestyanskaya
militsiya”
jurnali
RSFSR
Militsiya
Bosh
boshqarmasining taklifi bilan 1922-yil noyabr oyidan boshlab chiqarila boshlagan (1
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
148
yilda 12 marta). IIXK kollegiyasining 1925-yil yanvardagi qaroriga asosan jurnal nomi
“Administrativnыy vestnik” deb o‘zgartirilib, u 1930
-
yilgacha faoliyati ko‘rsatgan:
Петкар И. Историческая справка, необходимая
для создания рабоче
-
крестьянской
милиции // Рабоче
-
крестьянская милиция. 1924. № 6. –С. 11
-
15.; Курский Д.
Милиция в прошлом и настоящем
//
Административный вестник. 1925. № 1. –С.34
-
36.;
Рыскулов Т. Революция и коренное населения Туркестана. Сборник статей,
докладов, речей и тезисов с предисловием автора. –Т., 1925.; Бауман В. Борьба за
власть Советов в Ташкенте. –Т., 1922.; Ходжаев Ф. Истории революции в Бухаре. –Т.,
1926.; Икрамов А.
Итоги реформы и перспективы ее закрепления. –Т., 1925
.;
Красная книга ВЧК. Том
I
–
II
., М., 1989г.
6.
Атаджанов А. Организaция и деятельность рабоче
-
крестьянской
инспекции в Туркестанской АССР (1920
-
1924гг.). Автореф. дисс… канд. ист. наук. –
Т., 1966.; Арипов Р. Из истории госбезопасности Узбекистана (1917
-
1934гг.).
Автореф. дисс… канд. юрид. наук. –
Т., 1967.; Алимов Х. Административная
деятельность милиции Узбекской ССР в годы Великой Отечественной войны
(1941-
1945гг.). Автореф. дисс… канд. юрид. наук. –
Т., 1972.; Джалилов Т.А.
Создание рабочее
-
крестьянской милиции в Туркестане и ее деятельность по
укреплению советской власти (1917
-
1924 гг.). Автореф. дисс… канд. юрид. наук. –
Т., 1964.; Он же Милиция Узбекистана в системе органов советской
социалистического государства и ее деятельность в период перехода к
социализму. Автореф. дисс… докт. юрид. наук. –
Т., 1971.
7.
Джалилов Т.А. Создание рабочее
-
крестянской милиции в Туркестане и ее
деятельность по укреплению советской власти (1917
-
1924 гг.). Автореф. дисс…
канд. юрид. наук. –
Т., 1964.; Он же Милиция Узбекистана в системе органов
советской социалистического государства и ее деятельность в период перехода к
социализму. Автореф. дисс… докт. юрид. наук. –
Т., 1971.
8.
Джалилов Т.А. На страже народных интересов (Из истории борьбы
советской милиции за укрепление власти советов в Туркестане в период 1918 –
1924 гг.). Госиздат УзССР, Ташкент. 1963.; Он же. Верные отчизны. Из истории
рабочее
-
крестьянской милиции в Туркестане (1917
-
1924 гг). издательство
«Узбекистан». Ташкент. 1968.; Он же Из истории милиции Хорезма и Бухары.
Ташкент, 1970.; Он же Из истории рабочее
-
дехканской милиции Узбекистана.
Ташкент. 1970.; Он же О некоторых особенностях создания и развития органов
милиции в советских республиках Средней Азии (1917
-
1924 гг). –
Труды/
Ташкентская высшая школа МВД СССР, 1975. вып. 7. стр. 28
-35.
9.
История Советской милиции. Т.1., М., 1977. стр. 322.
10.
Архив УВД Самаркандского Облисполкома, д. 1, за 1941 г., л. 44.
11.
Ташкентская школа милиции. Ташкент. Изд
-
во ТШМ, 1964, с. 31.
12.
Архив МВД Уз. ССР, ф. 29, оп. 4, д. 14, л. 192.
13.
Архив МВД Уз. ССР, ф. 29, оп. 3, д. 32, л. 75.
14.
Положение о военных трибуналах в местностях, объявленных на
военном положении, и в районах военных действий. Ведомости Верховного Совета
СССР. 1941. № 29. с.34.
15.
История Советской милиции. Т.2. М.
-1977.
–С. 177.
16.
Действительно народная… «Юридическая литература». М. 1977. С.344.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
4
№
3 (2023) / ISSN 2181-1415
149
17.
Веремеенко И.И. Оперативные отряды добровольных народных дружин.
М., 1977. ст. 76.
18.
Postda gazetasi. 1965 yil 18 oktyabr.
19.
Щелоков Н.А. Советская милиция. М., 1971, с. 156.
20.
Положение о Министерстве внутренних дел Узбекской ССР. –
Утверждено
постановлением Совета Министров Узбекской ССР от 17 сентября 1973 г. –
Объявлено приказом МВД УзССР № 411
-
1973 г.
21.
МВД СССР «Правила ношения формы одежды милиции». Под ред.
Министром внутренних дел СССР генералом армии Н.А.Щелоковым. Военное
издательство Министерства обороны СССР. –
М. –
1978. С. 164.
22.
Almatov Z. Xalq xizmatida (kirishi so‘zi o‘rnida) // Xalq xizmatida 75 yil. –
T.:
O‘z
-n., 1992.
–
B. 18.
23.
Ўз.Р. МДА М
-
37 Р
-
1. й/ж 126; 36
-
в.
24.
Ўз.Р. МДА М
-
37 Р
-
1. й/ж 155; 216
-
в.
25.
Ma’muriy huquq: Darslik /
H.T. Odilqoriev, I.Ismailov, N.T. Ismailov va boshq.
–
T.: O’zbekiston Respublikasi
IIV Akademiyasi, 2010.
–
572 б.
26.
A.Sattorov, Ichki ishlar idoralari tizimidagi islohotlarning samarasi //
O‘zbekiston Respublikasida sud
-huquq tizimini liberallashtirishning
asosiy yo‘nalishlari:
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2007 yil 12 dekabr).
–
T.: IIV
Akademiyasi. 2007.
–
B.48.
27.
Пулатов Ю.С. С чего начинается реформирование органов внутренних дел
// Ҳуқуқ –
Право –
Law.
–
2004.
–
№ 4. С.80.
28.
https://daryo.uz/k/2017/11/17/shavkat-mirziyoyev-hozirgi-kunda-eng-
katta-masala-bu-ichki-ishlar-tizimining-quyi-boginini-mustahkamlashdan-iborat/.
29.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalq deputatlari
Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqi. 2017-yil 10-
noyabr.
30.
Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar
mamlakatiga
aylanmoqda. // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston”
gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning
savollariga javoblari.
–
2021.
–
17-avg.
