Авторы

  • Кувонч Кодиров
    Доктор философии по историческим наукам, доцент, Научный исследователь, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp115-119

Ключевые слова:

Министерство внутренних дел Управление общественной безопасности Служба пробации преступник преступление осужденный срок

Аннотация

В целях вывода на новый уровень защиты прав, свобод и законных интересов лиц, осужденных к наказаниям, не связанных с лишением свободы, за истекший период в рамках Стратегии развития приоритетного направления развития Узбекистана были создана Служба пробации и ее территориальные подразделения в составе Департамента общественной безопасности МВД Республики Узбекистан и его территориальных подразделений.

В данной статье описаны основы, понятия, цели и задачи службы пробации. Также анализируется зарубежный опыт с выделением исторических данных.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Creating a probation institute in Uzbekistan and foreign
experience

Kuvonch KODIROV

1


National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received May 2023

Received in revised form

15 June 2023

Accepted 25 June 2023

Available online

15 July 2023

In order to bring to a new level of protection of the rights,

freedoms and legitimate interests of persons sentenced to

punishments not related to deprivation of liberty, over the past

period, the Probation Service and its territorial divisions were

created as a part of the Public Security Department of the

Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan and its

territorial divisions.

This article describes the basics, concepts, goals and

objectives of the Probation Service. It also analyzes foreign

experience with the allocation of historical data.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss5/S-pp115-119

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Ministry of the Interior,

Public Security

Administration,

Probation Service,

criminal,

crime,

convict,

term.

O‘zbekistonda probatsiya institutining tashkil etilishi va

xorijiy tajriba

ANNOTATSIYA

Kalit so

zlar:

Ichki ishlar vazirligi,

Jamoat xavfsizligi

departamenti,

Probatsiya xizmati,

huquqbuzar,

jinoyat,

mahkum,

sinov.

O‘zbekiston rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha

Taraqqiyot strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida

ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm

qilingan shaxslarni axloqan tuzatish, ularning huquqlari va

erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni yangi

bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti va uning hududiy

bo‘linmalari tarkiblarida tegishlicha Probatsiya xizmati va uning

hududiy bo‘linmalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur maqolada probatsiya xizmatining tashkil etilish

asoslari, tushunchalari, maqsad va vazifalari ko‘rsatib berilgan.

Shuningdek, tarixiy ma’lumotlarni yoritgan holda xorijiy

1

Doctor of Philosophy in History, Associate Professor, Researcher, National University of Uzbekistan named after

Mirzo Ulugbek.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

116

tajribalar tahlil etilgan.

Создание института пробaции в Узбекистане и
зарубежный опыт

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Министерство внутренних

дел,

Управление общественной
безопасности,

Служба пробации,
преступник,

преступление,

осужденный,

срок.

В целях вывода на новый уровень защиты прав, свобод и

законных интересов лиц, осужденных к наказаниям, не
связанных с лишением свободы, за истекший период в

рамках Стратегии развития приоритетного направления

развития Узбекистана были создана Служба пробации и ее

территориальные подразделения в составе Департамента
общественной безопасности МВД Республики Узбекистан и

его территориальных подразделений.

В данной статье описаны основы, понятия, цели и

задачи

службы

пробации.

Также

анализируется

зарубежный опыт с выделением исторических данных.

KIRISH

Inson uchun eng qimmatli boylik uning sha’ni va qadr

-qimmatidir. Uni kamsitishga

yo‘l qo‘yilmaydi. Bu qoida qonunlarimizda qat’iy

belgilab qo‘yilgan. Bu qoida jinoyati

uchun jazoni o‘tayotgan mahkumlarga

ham taalluqli. Jazo turidan qat’i nazar, ular

o‘zini

ng asosiy huquq va

majburiyatlaridan, jamiyat a’zoligidan mahrum qilinmaydi.

Mamlakatimizda jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish, jamiyatdan

ajratmagan holda jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda qayta tarbiyalash borasida keng

ko‘lamli islohotlar o‘tkazilyapti.

Shulardan biri

probatsiya xizmatining yo‘lga

qo‘yilganidir. Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018

-yil

7-

noyabrda qabul qilingan “Jinoyat

-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi 4006

-qarori [1] bilan 2019-yil 1-yanvardan joriy etilgan. Qarorga

muvofiq Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijro

etilishini nazorat qilish

boshqarmasi negizida dastlab vazirlikning Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzurida
keyinchalik vazirlik Jamoat xavfsizligi departamenti tarkibida Probatsiya xizmati faoliyati

yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda

probatsiya atamasi

juda ko‘plab holatlarda keng qo‘llanib

kelinmoqda. Jumladan, jinoiy jazolarni ijro etish tizimini tadqiqot qilishga oid ishlarda [2],
xalqaro huquqiy hujjatlarda, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan
Mahkumlar bilan muomala qilishning minimal standart qoidalari (1955-yil) [3], Yevropa
penitensiar qoidalari (1987) [4] va boshqalar.

Xo‘sh, probatsiya o‘zi nima? Bu xalqaro atama lotinchadan olinib

“probatio” –

ya’ni

“sinov” degan ma’noni anglatadi. Mohiyatan shartli

hukm qilingan mahkumlarni qayta

tarbiyalash, ularning huquqlarini

ro‘yobga chiqarishning samaradorligini oshirishni

nazarda tutadi [5].

Probatsiya tarixi -

Probatsiya xizmatining dastlabki shakllari o‘rta

asrlarda

Angliyada vujudga kelgan. Bunga o‘sha davrda qo‘llanadig

an jazolarning juda qattiq va

shafqatsizligi sabab bo‘lgan, deyiladi

manbalarda [5].

Hozirgi ko‘rinishdagi probatsiya xizmati 1841

-yilda AQSh politsiyasi

ofitseri Jon Avgustus tomonidan tashkil qilgan. Bunga kutilmagan bir voqea sabab


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

117

bo‘lgan. Kunlarning birida sud ichkilikbozlikka yo‘liqqan huquqbuzarni hibsxonaga
jo‘natadi va uch haftadan keyin hukm o‘qilishini ma’lum qiladi. Hukm o‘qiladigan kuni

huquqbuzar politsiya ofitseri Jon Avgustus hamrohligida xushmuomalalik bilan kirib
keladi. Hamma huquqbuzarn

ing tashqi qiyofasi va fe’l

-

atvori tubdan o‘zgarganidan

hayratlanadi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Jon Avgustus huquqbuzarni nazoratga olib,

axloqan qayta tarbiyalagan ekan. Shu orqali sud va kishilar ongida shaxsni jazolash emas,
balki qayta tarbiyalas

h orqali jinoyatlarning oldini olish mumkinligi to‘g‘risida tasavvur

paydo bo‘lgan. Shundan keyin Probatsiya xizmati 1878

-yilda tashkil etilib, Federal

probatsiya qonunchiligini qabul qilinishga urinishlar 1908-yildan beri amalga oshirilgan,
ammo tegishli qonun faqat 1925-yilda qabul qilingan [6].

Angliyada esa probatsiya instituti 1887yilda “Birinchi mahkumning sud

jarayoni

to‘g‘risida” gi qonunning qabul qilinishi munosabati bilan paydo

bo‘lgan. Bugungi kunda

probatsiya xizmati dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari, xususan AQSh, Daniya,
Shvetsiya, Finlandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shveysariya kabi davlatlarning jinoyat-
ijroiya qonunchiligiga kirib kelgan hamda ushbu xizmat faoliyati turli davlatlarda turlicha

yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa

-da, jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish, ularni

jamiyatdan ajratmagan holda jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda qayta tarbiyalash

borasida ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda shunday xizmat faoliyat yuritadi.
Ko‘rishimiz mumkinki rivojlangan davlatlar amaliy

otidan hamda bir qator davlatlarda

o‘tkazilgan tadqiqotlar va o‘rganishlar asosida jinoiy jazo choralari sifatida insonga
qo‘llaniladigan ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar ijro etilishi

takomillashishiga olib keldi

Mahkumlarni axloqan

tuzatishda ularning ichki dunyosini o‘rganish, ijtimoiy

-

psixologik ta’sir ko‘rsatish muhim hisoblanadi. Masalan, Norvegiya, Daniya, Niderlandiya,
Shveysariya va boshqa bir qator rivojlangan davlatlarning probatsiya bo‘linmalarida

psixologlar ishlaydi. Buning uchun alohida xizmat xonalari va zallari tashkil etilgan. Ular

nazoratdagi har bir shaxs bilan individual suhbat o‘tkazib boradi. Ularga psixologik
yordam ko‘rsatadi. Ruhiy holati, muammolarini aniqlaydi. Sinov davrida ana shu

muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar beradi. Psixologik

uslublarni qo‘llagan holda nazoratdagi shaxslarning ijtimoiy

-psixologik portreti tuziladi.

Sobiq sovet respublikalarida (MDH) ozodlikdan mahrum qilish bilan

bog‘liq

bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan

shaxslar ustidan nazorat funksiyalari probatsiya

faoliyati tomonidan amalga oshirilishi Moldova Respublikasida 2008-yildan, Ukrainada
2015-yilda hamda Armaniston,

Qozog‘iston Respublikalarida 2016

-yil boshida,

shuningdek, Qirg‘iziston

Respublikasida 2017-yildan joriy etilgan hamda probatsiya

xizmatining

faoliyati huquqiy ta’minlangan

[7].

Dunyoning aksariyat davlatlarida probatsiya xizmati Jazoni ijro etish

departamenti, Sud departamenti, Adliya vazirligi tarkibiga kiritilgan.

Misol uchun, qo‘shni

Qirg‘izi

ston Respublikasida probatsiya xizmati Adliya vazirligi tarkibiga kiradi.

Daniyada probatsiya xizmati 1973-

yildan to‘laligicha Daniya Adliya

vazirligi

ixtiyoriga o‘tgan. Shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarida Probatsiya xizmatining

umumiy boshqaruvi AQSh

Oliy sudining ma’muriy idorasi tomonidan amalga oshiriladi

va sohani bevosita boshqarish mahalliy sudlar tomonidan amalga oshiriladi [8].

Buyuk Britaniyada Adliya vazirligi oldida hisobdor bo‘lgan

huquqbuzarlarni

davolash bo‘yicha milliy xizmat

tomonidan amalga oshiriladi, GFRda Probatsiya instituti

sud tizimida probatsiya bo‘yicha sudyaning yordamchisi shaklida tarkibiy tuzilishga ega.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

118

Shvetsiyada mustaqil qamoq va probatsiya xizmati tomonidan amalga oshirilsa,

Estoniyada probatsiya Adliya vazir

ligining Jinoyat nazorati bo‘yicha davlat xizmati

tomonidan amalga oshiriladi.

Probatsiya xizmatining tashkil etilishi ko‘pgina davlatlarda

o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi.

Misol uchun qo‘shni Qozog‘istonni olaylik. 2020

-yilda shartli ravishda jazoga

tortilganlar (6858) ning 37 foiziga nisbatan probatsiya qo‘llanilgan.

Natijada umumiy

mahkumlarning 202 nafari qayta jinoyatga qo‘l urgan bo‘lsa, 163 probatsiyaga

tushganlarning bor yo‘g‘i 15 nafari, ya’ni 7,4 foizi takroran jinoyat sodir etgan

[9].

Bundan xulosa qilsak, jinoyat sodir etilishining oldini olishda hamda mahkumlarni

axloqan tarbiyalashda probatsiyaning o‘rni katta.

O‘zbekistonning amaldagi qonunchilik amaliyotida ozodlikdan mahrum qilish bilan

bog‘liq bo‘lmagan jazolarning ijro etilishini na

zorat qiluvchi yangi xizmat probatsiya

xizmati yuqorida ta’kidlanganidek 2019

-yilning 1-

yanvar kunidan faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Xizmatining asosiy 4 ta vazifasi mavjud bo‘lib ular quyidagilar:

ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan

bog‘liq

bo‘lmagan

jazolarni ijro etish bo‘yicha faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari,

shuningdek, jamoat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda

samarali tashkil etish;

shartli hukm qilingan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli

ozod qilingan

shaxslarning xulq-

atvori ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish;

nazorat ostidagilar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan

voyaga yetmaganlarning ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishiga, shu jumladan,

ularning ka

sbiy tayyorgarligi bo‘yicha

tadbirlarni tashkil etish orqali har tomonlama

amaliy ko‘maklashish;

nazorat ostidagilarning qayta jinoyat sodir etish xavfini aniqlash va bunga yo‘l

qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik chora

-tadbirlarni amalga oshirish, ularning shaxsini

ijtimoiy-

psixologik portretni tuzgan holda o‘rganish etib belgilandi.

O‘tgan qisqa davr ichida Probatsiya faoliyatini yanada samarali tashkil

etish,

probatsiya nazoratida turgan shaxslarni ijtimoiy-huquqiy himoyasini

ta’minlash,

jamiyatga moslasht

irish borasidagi ishlarni yaxshilash bo‘yicha bir qator Prezident

hamda hukumat farmon va qarorlari qabul qilindi.

Misol uchun, 2021-yilning 29-

noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat

xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” gi

27-sonli Farmonining [10] qabul qilinishi, Probatsiya xizmati faoliyatini yanada

takomillashtirishda muhim o‘rin tutdi. Xususan, mazkur Farmonga asosan kelgusida

quyidagi tartiblar belgilanadi va takomillashtiriladi:

probat

siya nazoratidagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni to‘liq

elektron shaklga o‘tkazish, ularga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini

qo‘llash tartibi va asoslarini belgilash;

majburiy jamoat ishlari jazosini qo‘llashga doir n

ormalarni, ushbu jazoni ijro

etish mexanizmlarini takomillashtirish;

axloq tuzatish ishlari jazosini band bo‘lmagan shaxslarga tayinlash

amaliyotiga

doir muammoni bartaraf etish;

jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan shaxslarning jazosini og‘irroq jazoga

almashtirish tartiblarni takomillashtirish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning o‘rnatilgan cheklovlarga rioya

etishini va

ularning zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishini

ta’minlash, “Elektron

braslet”dan foydalanish;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

05 (2023) / ISSN 2181-1415

119

nazoratdagi

shaxslarga tarbiyaviy va huquqiy ta’sir choralarini

qo‘llash hamda

ularni ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha “Harakatlar

protokoli”ni ishlab chiqish va

amaliyotga tatbiq etish;

probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan yakka tartibdagi suhbatlarni maxsus

“Suhbat xonasi”da o‘tkazish tartibini joriy qilish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamoat xavfsizligi xizmatiga kelib

ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashda barmoq izini tanib olish tizimidan foydalanish

amaliyotini joriy etish;

probatsiya nazoratidagi s

haxslarning yashash, ish va o‘qish joyida

ekanligini

tekshirish maqsadida GPS texnologiyali qurilmalaridan

foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Xulosa qilib aytganda, probatsiya inspektorlarining faoliyati hududiy profilaktika

inspektorlari bilan kunlik uzluksiz

hamkorlikda tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.

Probatsiya inspektorlari zimmasiga profilaktik hisob va ma’muriy nazoratdagilarning
shaxsini o‘rganish va ularni ijtimoiy moslashtirish ishlarida profilaktika inspektorlariga

amaliy-

uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi.

Kelgusida, probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-psixologik yordam

ko‘rsatish, kasb

-

hunarga o‘rgatish va ishga joylashtirish bo‘yicha

ko‘maklashish

tadbirlarini amalga oshirishda, mutasaddi tashkilotlarning vazifalari aniq belgilangan
holda, yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida amalga oshiriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2018

-y. 07/18/4006/2166-son.

2.

Samuel H. Pillsbury. Understanding Penal Reform: The Dynamic of

Change.Journal of Criminal Law and Criminology. Volume 80 Issue 3FallArticle 3

Р.729

3.

Mahkumlar huquqlari: xalqaro va milliy standartlar. / F.Bakayeva va boshq.

Toshkent: Tafakkur, 2011.

B. 98.

4.

Европейские пенитенциарные правила Комитета министров ООН. –

М.,

2016.

136 с.

5.

Тимошенко С. Пробация

// Преступление и наказание.

-1992.-

№10.

-

С. 58.

6.

Борисов А. О роли английского юриста Д. Говарда в улучшении

организации

системы тюремного заключения, XVIII в. // Преступление и

наказание. 1993.

-

№ 6.

-

С. 44.

7.

Кантон Р. Прохождение пробации

за рубежом /Р. Кантон //Европейский

журнал пробации. Университет Бухареста. Т.1.

-

Бухарест, 2009.

-

С. 67.

8.

Гета М.Р. Пробация

и её пути развития в России: /М.Р. Гета // Актуальные

проблемы государства и права. –

Новокузнецк: НФИКемГУ.

- 2005. -

№1.

- C.132.

9.

Хуторская Н.Б. Институт пробации

в США: уголовно

-

правовые и

криминологические аспекты. Автореф. Дисс. на соискание

уч

.

степ. К.ю.н. –

М.:

1998.

С. 23.

10.

Мансуралиев Р.А. Юридическая природа института пробации

. //

Преступление и наказание. 2021.

-

№ 6.

-

С. 44.

11.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021

-y., 06/21/27/1116-son.

Библиографические ссылки

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2018-y. 07/18/4006/2166-son.

Samuel H. Pillsbury. Understanding Penal Reform: The Dynamic of Change.Journal of Criminal Law and Criminology. Volume 80 Issue 3FallArticle 3 – Р.729

Mahkumlar huquqlari: xalqaro va milliy standartlar. / F.Bakayeva va boshq. –Toshkent: Tafakkur, 2011. – B. 98.

Европейские пенитенциарные правила Комитета министров ООН. – М., 2016. – 136 с.

Тимошенко С. Пробация // Преступление и наказание. -1992.-№10.-С. 58.

Борисов А. О роли английского юриста Д. Говарда в улучшении организации системы тюремного заключения, XVIII в. // Преступление и наказание. 1993. - № 6. - С. 44.

Кантон Р. Прохождение пробации за рубежом /Р. Кантон //Европейский журнал пробации. Университет Бухареста. Т.1. - Бухарест, 2009. - С. 67.

Гета М.Р. Пробация и её пути развития в России: /М.Р. Гета // Актуальные проблемы государства и права. – Новокузнецк: НФИКемГУ.- 2005. - №1. - C.132.

Хуторская Н.Б. Институт пробации в США: уголовно-правовые и криминологические аспекты. Автореф. Дисс. на соискание уч. степ. К.ю.н. – М.:

– С. 23.

Мансуралиев Р.А. Юридическая природа института пробации. // Преступление и наказание. 2021. - № 6. - С. 44.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son.