Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Types of corruption in the educational system of the
republic of uzbekistan and effective mechanisms of
combating IT
Rakhmatulla MIRZAYEV
1
Samarkand State University named after Sharof Rashidov
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
In this article, positive progress has been observed in the
fight against corruption in our country in recent years,
including the launch of the "Corruption-free sector" project
based on the Decree of the President of the Republic of
Uzbekistan on May 27, 2019 "On measures to further improving
the system of fighting corruption in the Republic of Uzbekistan".
It is the main focus of this process is on reducing the possibility
of committing corrupt acts, that this experience is also having
good results in the higher and secondary special education
system, in order to make the admission process to higher
educational institutions transparent and fair based on the
"Higher Education Corruption Free Zone" program, first of all,
the process of applying for the bachelor's degree that it will be
implemented online, and the details of the work carried out in
recent years to prevent corruption in the higher and secondary
special education system of our country.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp74-84
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
corruption,
corrupt actions,
higher education,
special secondary education,
corruption-free sphere,
prevention of corruption,
conditions,
legal punishment.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida korrupsiyaning
turlari va unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
korrupsiya,
korrupsion harakatlar,
oliy ta’lim,
o‘rta maxsus ta’lim,
korrupsiyasiz soha,
Ushbu maqolada, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga
qarshi kurash borasida ijobiy siljishlar kuzatilayotganligi, jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 27-maydagi
“O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi
ni
yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
1
PhD in Law, Associate Professor, Samarkand State University named after Sharof Rashidov. Samarkand,
Uzbekistan. E-mail: Saidibodullayev@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
75
korrupsiyaning oldini olish,
shart-sharoit,
qonuniy jazo.
asosida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi ishga tushirilganligi, bu
jarayonda asosiy e’tibor korrupsion harakatlarni sodir etish
imkoniyatini qisqartirishga qaratilganligi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim
tizimida ham bu tajriba yaxshi samara berayotganligi, “Oliy ta’lim
korrupsiyasiz soha” dasturi asosida oliy o‘quv muassasalariga qabul
jarayonini shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida, avvalo,
bakalavriatga hujjat topshirish jarayoni onlayn amalga oshiriladigan
bo‘lganligi va mamlakatimiz oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida
korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida so‘nggi yillarda amalga
oshirilayotgan ishlarning tafsilotlari haqida so‘z borgan.
Виды коррупции в системе образования Республики
Узбекистан и эффективные механизмы борьбы с ней
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
коррупция,
коррупционные действия,
высшее образование,
среднее специальное
образование,
свободная от коррупции
сфера,
предупреждение
коррупции,
условия,
правовое наказание.
В данной статье подчеркиваются положительные
сдвиги в борьбе с коррупцией в нашей стране за последние
годы, включая запуск проекта «Сфера без коррупции». Этот
проект был основан на Указе Президента Республики
Узбекистан от 27 мая 2019 года «О мерах по дальнейшему
совершенствованию системы противодействия коррупции
в Республике Узбекистан». Основное внимание в рамках
этого
проекта
уделяется
снижению
возможности
коррупционных действий. Этот опыт дает положительные
результаты в системах высшего и среднего специального
образования, делая процесс приема в высшие учебные
заведения прозрачнее и справедливее в рамках программы
«Высшее образование –
сфера без коррупции». Особенно
стоит отметить, что процесс подачи заявлений на
получение степени бакалавра будет реализован в онлайн
-
формате. Статья также подробно рассказывает о работе,
проведенной в последние годы, по предотвращению
коррупции в системах высшего и среднего специального
образования нашей страны.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim
tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va
madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni
shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘ri
lmoqda.
Korrupsiyadan holi jamiyat va davlatni yaratish mamlakat taraqqiyotining
mustahkam kafolati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
2018-yil 7-
dekabr kuni Konstitutsiyamizning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimda so‘zlagan nutqida “Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha
olmaymiz”, [1] deb ta’kidlagan edi.
Davlatning korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan barcha islohotlari fuqarolarning
huquq va manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, ta
’lim sohasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish orqali mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviy
-axloqiy fazilatlarga ega,
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
76
Xususan, Prezidentimiz 2020-yil 24-yanvar k
uni Oliy Majlisga yo‘llagan
Murojaatnomasida, “Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman degan,
yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni
yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oli
y ta’lim bilan qamrab olish
darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-
60 foizga yetkazamiz” [2], deb
ta’kidlagan edi.
Ta’lim sohasidagi korrupsiyaning tuzilishini chuqur va aniq tushunish uchun uning
yuzaga kelishi sabablari va tartibga solish
mexanizmlarini aniqlash zarur. Ta’lim tizimi
bir nechta usullar bilan korrupsiyalangan bo‘lishi mumkin. Masalan:
–
ta’lim berish vakolat
-vazifalari orqali;
–
tovar va xizmatlarni yetkazib berish orqali;
–
nomunosib kasbiy xatti-harakatlar natijasida;
–
soliqqa tortish va mulkchilik sohasida [3].
Korrupsiya rejalashtirish va boshqarishning barcha sohalari: axborot tizimlari,
maktablar qurish, pedagoglarni tanlash va tayinlash, ularning mansab pillapoyasi bo‘ylab
ilgarilashi (shu jumladan, rag‘batlantirish t
izimi), jihozlar va darsliklarni yetkazib berish
hamda taqsimlash, mablag‘lar ajratish (stipendiyalar, subsidiyalar va boshqalar),
imtihonlarni o‘tkazish, attestat va diplomlarni berish, o‘quv muassasalaridan tashqarida
tadbirlarni o‘tkazish hamda boshqa s
ohalarga taalluqlidir.
Ta’lim sohasidagi korrupsiya oqibatlarining har xil turlari mavjud. Xususan:
–
korrupsiya,
boshqa davlat sektorlarida bo‘lgani kabi, moliyaviy resurslarning
talon-taroj qilinishiga olib keladi;
–
o‘qishga kirishdagi g‘ayrioddiy talablar kuchayib ketganda, imtihonlar
jarayonidagi poraxo‘rliklar tufayli iste’dodli yoshlardan noratsional foydalanilganda,
yoshlar orasida korrupsiya (noqonuniy harakatlar va favoritizm) keng avj olgan
holatlarda o‘quvchi va talabalarning bi
lim olish imkoniyatlari keskin pasayadi. Buning
ustiga, ularning o‘zlari ham korrupsiyaga o‘ralashib qoladilar.
Bunday oqibatlar har qanday davlat sektori uchun ham xarakterli emas.
Bu oqibatlar ta’lim tizimining asosiy funksiyalari bilan chirmashib ketad
i, Binobarin,
ularni keltirib chiqargan korrupsiya ham bevosita ta’lim bilan bog‘liq bo‘ladi.
Xodimlar (ayniqsa, o‘qituvchilar tarkibi) va xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni nuqtai
nazaridan ta’lim sektori davlatning ikkinchi yoki eng yirik sektoridir. Ta’
lim xizmatlari
maktabgacha va maktab yoshidagi bolali
oilalar, yoshlar hamda o‘qishga qaror qilgan
barcha shaxslarga mo‘ljallangan. Bu shuni anglatadiki, mamlakatda juda ko‘p odamlar
ta’lim sohasidagi korrupsiya oqibatlaridan aziyat chekmoqda. Bu holat ta’
lim sohasida
korrupsiyani qaltis siyosiy muammoga aylantiradi [4].
Agar fuqarolar davlat va jamoat institutlaridan faol tarzda hisobdorlikni talab
qilmasa, qonunchilikni kuchaytirish va samarali boshqariladigan institutlarni ta’sis qilish,
korrupsiyaning o
ldini olish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, o‘quvchilarga axloqiy ta’lim
-tarbiya berish korrupsiyaga qarshi
kurashishga yordam beradi, negaki yoshlar har qanday davlatning kelajagidir.
Korrupsiyaga qarshi ta’lim alohida ishlay olmaydi. Bolalar va yoshlar ta’lim oladigan
muhit ularning munosabatlarini shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Binobarin,
axloqiy ta’lim sohasida (xususan, o‘qituvchilar va murabbiylar doirasida) o‘zaro
munosabat va xulq-
atvorni o‘zgartirish bo‘yicha sa’y
-harakatlarni
ng bir qismi bo‘lishi
lozim. Boshqaruvni takomillashtirish va mazkur sohadagi xodimlar ustidan ijtimoiy
nazoratni kuchaytirish zarur.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
77
Ta’lim sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora
-tadbirlar butun
ta’lim muhitiga taalluqli bo‘lishi, bunda
halollik, ezgu boshqaruv qadrlanadigan, soha
qanday ishlayotganligi va moddiy boyliklar qanday sarflanayotganligi samarali, shaffof va
jamoatchilik nazorati mexanizmiga ega bo‘lishi lozim. Ta’lim tizimida korrupsiya
muammosini tahlil qilar ekanmiz, davlat
boshqaruvini ta’minlash uchun fuqarolarning
munosabati muhim ekanligini tushunish zarur bo‘ladi.
Ta’lim tizimining zaif tomonlari xodimlar, moliyalashtirish va davlat xaridlari
hisoblanadi. Xodimlar masalasidagi potensial zaif nuqtalarga, xususan, qonunchilikning
va asosiy boshqaruv tamoyillarining mukammal emasligi korrupsiyaga qarshi kurashish
imkonini bermaydi. Amaldagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlay olmaslik davlat
boshqaruv tizimida shaffoflik, nazorat, samarali ishlashga rag‘batning yo‘qligidan dalolat
beradi [5].
Moliya tizimining ehtimoliy zaif tomonlari ushbu tizimni demarkazlashtirish
natijasida qayta qurish uchun imkoniyatlarning yo‘qligini, ichki va tashqi nazoratning
yetarli emasligini o‘z ichiga oladi.
Davlat xaridlari tizimining zaif tomonlari raqobatbardosh va adolatli tartib-
qoidalarga asoslangan savdolarni o‘tkazish va shartnomalar tuzish uchun xalqaro
standartlarga mos kelmaydigan yuridik qoidalarni, korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha kuchsiz qonunchilik va asosiy tam
oyillarni, shuningdek, samarasiz ichki va
tashqi nazorat qilish hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.
Ilmiy adabiyotlarda korrupsiya ko‘p jihatdan siyosiy tizimlarning barqarorligiga,
mavjud huquqiy asosiga, ommaviy axborotning ochiqligi va shaffofligiga, ayrim
mansabdor shaxslar va muassasalarning javobgarlik darajasiga, mavjud boshqaruv
mexanizmlarining samaradorligiga, shuningdek, xorijiy investitsiyalarning o‘ziga xos
xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘lishi qayd qilinadi [6].
Davlat darajasidagi korrupsiya shaxsiy moddiy foyda olish uchun mansabdor
shaxslarning vakolatlarini suiiste’mol qilishni anglatadi. Biroq, ta’lim –
muhim ijtimoiy
boylik. Shuning uchun kasbiy normalar faqat moddiy boyliklarni qo‘lga kiritishga
qaratilmay
di. Agar oliy o‘quv yurti salbiy obro‘ga ega bo‘lsa, uning o‘qituvchilari yoki
rahbariyati o‘qishga kirish, baholar yoki diplom berish uchun pora olayotgan bo‘lsa, bu
uning bitiruvchilarining mehnat bozoridagi mavqeiga salbiy ta’sir qiladi. Ichki bozorda
b
itiruvchilar davlat korxonalariga ishga joylashganda talab qilinmagan mutaxassis bo‘lib
chiqish xavfi kamroq bo‘lsa
-da, biroq xususiy sektorda, ayniqsa, xalqaro mehnat
bozoridan xodimlarni yollab ishlaydigan kompaniyalarda korrupsiya bo‘yicha salbiy
obro‘ga ega bo‘lgan oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari jiddiy muammolarga duch
kelishi mumkin.
Oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar turli xil shakllarda sodir
etiladi.
Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarlik shakllari
–
oliy
ta’lim sohasida
sodir etiladigan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning turli ko‘rinishlari hisoblanadi.
Oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning quyidagi shakllari
mavjud: davlatga qarashli OTMda byudjet mablag‘larining talon
-toroj qilinishi; OTMni
akkreditatsiya qilish uchun pora berish; oliy ta’limga oid diplom va boshqa hujjatlarni
noqonuniy usulda olish; tanlov natijasini hisobga olmagan holda OTMni ro‘yxatdan
o‘tkazish; talabalarni baholash jarayonida o‘qituvchilar tomonidan korrupsiyaviy
tovlamachilik sodir etish; o‘qishni istamagan talabalarning o‘qituvchilarga korrupsiyaviy
bosim qilishi; hamkasblarning va rahbariyatning mas’ul o‘qituvchilarga talabalarni
qo‘llab
-
quvvatlash masalasida korrupsiyaviy bosimlar o‘tkazishi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
78
OTM sohadagi korr
upsiyaviy huquqbuzarliklarning quyidagi shakllariga e’tibor
qaratish lozim:
–
OTMga kirish jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etish;
–
talabalarni baholash jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etish;
–
bitiruv malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya
qilish jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etish;
–
talabalarning davomatini yashirish maqsadida korrupsiyaviy huquqbuzarlik
sodir etish;
–
o‘qish joyini ko‘chirish, o‘qish yo‘nalishini o‘zgartirish hamda o‘qishga q
ayta
tiklash jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etish;
–
ilmiy-tadqiqot jarayonlarida korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etish;
–
budjet mablag‘larini talon
-toroj qilish;
–
rahbar xodimlarning va hamkasblarning mas’ul o‘qituvchilarga
korrupsiyaviy
bosim o‘tkazishi;
–
OTM xodimlaridan korrupsiyaviy maqsadlarda noqonuniy pul mablag‘larini yig‘ish;
–
talaba
larga kitoblar va boshqa o‘quv materiallarini majburiy sotish hamda
buning uchun ularni turli jabhalarda qo‘llash;
–
OTMni bitirganligi to‘g‘risida soxta diplom yoki boshqa hujjatlar berish;
–
kadrlarni lavozimga tayinlash, ularni ishdan bo‘shatish, moliyaviy
rag‘batlantirish jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etish;
–
OTMga davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etish;
–
talabalarni yotoq joyi bilan ta’minlash jarayonida korrupsiyaviy huquqbuzarlik
sodir etish va boshqalar.
–
Sohadagi korrupsiyaviy huquqiy munosabatlar davlat yoki mintaqa bo‘yicha
dolzarb va o‘ziga xos bo‘ladi.
–
Jumladan, Italiyada mafiya va
OTM o‘rtasida korrupsiyaviy munosabatlar
mavjudligi sababli tadqiqotchilar tomonidan bu holat sohadagi yangi korrupsiyaviy
huquqbuzarlik shakli sifatida baholandi. AQShda firibgarlik, plagiat va talabalar
uddaburonligi keng tarqalgan bo‘lsa, Rossiya Federatsiyasida OTMga kirish va o‘qishni
tamomlash jarayonidagi poraxo‘rlik dolzarb hisoblanadi. Buyuk Britaniyada OTMni
akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq korrupsiya muhim ahamiyat kasb etadi, Xitoyda
o‘qishni bitirganligi to‘g‘risida soxta sertifikat be
rish keng tarqalgan. Birgina AQShda
xususiy oliy ta’lim rivojlanishi natijasida universitetlarning davlatdan qarzlari 1,7 mln.
dollardan 17,0 mln. dollarga ortdi va bu turli firibgarliklarning sodir etilishiga olib
kelmoqda.
–
Korrupsiyaviy huquqbuzarlik shakllari amalga oshirilayotgan islohotlar bilan
birga vujudga kelishini xalqaro tajribadan ko‘rish mumkin. Masalan, xususiy oliy ta’lim
rivojlangan AQSh va Yevropa mamlakatlarida OTMni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
jarayonida korrupsiyaviy holatlar ko‘p uchra
ganligini inobatga olsak, mamlakatimizda
xususiy OTM endi rivojlanayotganligini hisobga olgan holda, mazkur huquqbuzarlik
yaqin kelajakda dolzarb shaklga aylanishi ehtimoli borligini e’tiborga olish zarur.
Oliy ta’limdagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni q
uyidagicha tasniflash mumkin:
1)
ta’limdagi maxsus korrupsiya:
–
akademik korrupsiya: talaba
–
fakultet va talaba
–
boshqaruv xodimi o‘rtasidagi
korrupsiya;
–
xizmat ko‘rsatishdagi korrupsiya: talaba
–
xizmat ko‘rsatuvchi xodim va talaba
–
boshqaruv xodimi o‘
rtasidagi korrupsiya;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
79
2)
boshqaruvdagi korrupsiya.
Xuddi shu kabi, korrupsiyaviy huquqbuzarlik shakllarini OTMning tashkiliy-
huquqiy shakliga qarab, davlat, xususiy va xorijiy OTMdagi huquqbuzarliklarga ajratish
mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan potensial zaif nuqtalarni bartaraf qilish bo‘yicha choralar
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
–
axloq kodeksini qabul qilish. Huquqiy asoslarni mustahkamlash, korrupsiyaning
oldini olish va natijaga e’tibor qaratish bo‘yicha xabardorli
kni oshirish;
–
tayinlash. Martaba va martaba pillapoyasi bo‘ylab ko‘tarilish va taqdirlashda
shaffof mezon va tartiblarni joriy qilish;
–
monitoringni davlat xizmati tizimiga uyg‘unlashtirish. Ta’lim tizimidagi
korrupsiyani aniqlash va oldini olish bo‘yicha vakolat, malaka va tajribaga ega bo‘lgan
mutaxassislar tomonidan shikoyatlarni qabul qilish va ular bilan ishlashning ishonchli va
yuqori darajada mustaqil tizimlarini ta’minlash uchun mos keluvchi tartib
-taomillarni
hamda institutsional tuzilmani ishlab chiqish [7].
Ta’lim sohasida korrupsiya natijasida yetkazilgan moliyaviy yo‘qotishlarni
baholash va qaysi korrupsiyaviy xatti-harakatlar
–
yirik korrupsiya, jumladan,
infratuzilmani rivojlantirish (yangi binolar va inshootlarni qurish) yoki mayda
korrups
iya (bunda har bir alohida holatda paydo bo‘ladigan miqdorlar ahamiyati
unchalik katta bo‘lmaydi) ko‘proq salbiy ta’sirga egaligini aniqlash qiyin. Maishiy
korrupsiya keng tarqalgan, masalan, bolalarni maktabga qabul qilish yoki yoshlarning
oliy o‘quv yurt
iga kirishi uchun ota-
onalaridan olinadigan noqonuniy yig‘imlar –
ulardan
aholining kam ta’minlangan qismi hammadan ko‘p zarar ko‘radi.
Kambag‘allik, davlat xizmatchilari va ta’lim sohasi xodimlari ish haqining pastligi
korrupsiyaga oid xatti-harakatlarni sodir qilishga olib keladigan asosiy omillardan
biridir. Mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik past bo‘lsa,
maishiy korrupsiya darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Kamroq rivojlangan
mamlakatlarda maishiy korrupsiya ba’zan normal x
ulq-atvor hisoblanadi (bu yirik
korrupsiyaga tegishli emas, u hamma joyda uchraydi, qarorlar qabul qilishning yuqori
darajasida dunyoga keladi va qo‘llab
-quvvatlanadi).
Ta’limdagi tizimli korrupsiya
–
bu davlat xizmati va ta’lim muassasalarida axloqiy
norm
alarning yo‘qligi, rasmiy qoidalarni bilmaslik, korrupsiyaga oid xatti
-harakatlarni
aniqlash yoki amalga oshirish, ularning sabablarini tushunish va boshqaruv qarorlarini
qabul qilish hamda zaruriy choralarni ko‘rishning iloji yo‘qligi bilan tavsiflanadi.
U davlat
va jamiyat korrupsiya hayotning ajralmas va muqarrar qismi bo‘lib hisoblanishiga rozi
bo‘lganda va buni amalda tan olganda vujudga keladi.
Oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar quyidagi xususiyatlarga ega:
Birinchidan
, oliy
ta’limda munosabat sub’yektlari sonining ko‘pligi va sohada
korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilish darajasining yuqoriligi.
Jumladan, 2022-
yil holatiga ko‘ra Respublikada 1 mln. nafardan ortiq bakalavriat,
200 ming nafardan ortiq magistr talabalar ta
’lim olishi, 30 mingga yaqin professor
-
o‘qituvchilar mehnat qilishi buning yorqin misoli bo‘ladi [8]. Mazkur sub’yektlarning
deyarli har kuni o‘zaro munosabatga kirishishi va bu jarayonda inson omilining o‘ta
yuqoriligi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga olib kelishi mumkin;
Ikkinchidan
, talabalarni baholash jarayonidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning
ko‘zga ko‘rinmasligi, munosabat sub’yektlari va jamoatchilik tomonidan bu turdagi
harakatlarning ahamiyatsiz huquqbuzarlik sifatida baholanishi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
80
Xususan, talabaning pul berib yoki tanish mansabdorlar orqali ijobiy baho olishi
o‘qituvchi va talabalar tomonidan jinoiy huquqbuzarlik sifatida qabul qilinmaydi. Mazkur
mayda korrupsiyaviy harakatlarning o‘qish va ish faoliyatida muntazam sodir etilis
hi
ularni o‘qituvchi va talabalar uchun oddiy holga aylantiradi.
Uchinchidan
, oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar davriy asosda
sodir etilish xususiyatiga ega.
Jumladan, har yili OTMga kirish imtihonlarining o‘tkazilishi, yilda ikki marta
oraliq,
yakuniy imtihonlarni joriy etilganligi va bitirish kurslarida yakuniy davlat
attestatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlarning topshirilishi holatlarini misol qilib keltirish
mumkin. Davriy asosda korrupsiyaviy o‘choqlarning yuzaga kelishi huquqbuzar
lar uchun
uzoq va puxta tayyorgarliklar (korrupsiyaviy sxema) ko‘rish imkoniyatini yaratadi
hamda bu sohadagi korrupsiyaviy xavf-
xatarlarning yuqori bo‘lishiga olib keladi;
To‘rtinchidan
, abituriyent va talabalar uchun oliy ma’lumotga ega bo‘lish katta
hay
ot yo‘lidagi hal qiluvchi nuqta, ko‘p ehtimol bilan uning kelajagi uchun ko‘prik bo‘lishi
alohida bir xususiyat. Ushbu muhim hayot bosqichida ijobiy natijaga qonuniy yo‘l bilan
erisha olmagan shaxslar korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga urinadi;
Beshinchidan
, oliy ta’lim sohasidagi korrupsiya bo‘lajak kadrlarda korrupsiyaviy
illatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Masalan,
talabaning
o‘qituvchi
bilan
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
korrupsiyaviy
munosabatlarga kirishishi uni savodsiz kadr bo‘lishiga olib kel
ishi bilan bir qatorda,
kelgusi ish faoliyatida ham korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga o‘rgatib boradi.
Zero, sohada korrupsiyaning avj olishi korrupsiyaga moyil bo‘lgan bo‘lajak kadrlar uchun
tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi;
Oltinchidan
, ol
iy ta’lim sohasidagi korrupsiya boshqa sohalarda ham
korrupsiyaning keng tarqalishiga xizmat qiladi.
Xususan, OTMga pora berish yo‘li bilan kirgan va uni korrupsiyaviy yo‘llar bilan
tugatgan talaba davlat xizmatining turli sohalariga, jumladan sog‘liqni sa
qlash, qurilish,
huquqni muhofaza qilish va boshqa sohalarda mehnat faoliyatini davom ettiradi va bu o‘z
navbatida ushbu davlat xizmati sohalarida korrupsiyaning keng tarqalishiga olib keladi.
Oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik shakli, tasnifi va o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganishga, sohadagi korrupsiyaviy xavf
-xatarlarning kelib chiqish
sabablari va omillarini aniqlashga imkon beradi.
Mamlakatimizda korrupsiya muammosi bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar
o‘tkazgan
olim-professor Sh.R.
Qobilovning [9] asosli ta’kidlashicha: “Umuman ta’lim
masalasiga e’tiborsizlik, uning faoliyatiga harom
-harishni, firibgarlikni aralashtirish
mudhish oqibatlarni yuzaga keltiradi. Buni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
ko‘rsatdi. Shu o‘rinda Janubiy Afrika Respublikasi Stellenboss universiteti peshtoqiga
yozib qo‘yilgan quyidagi iborani iqtibos sifatida keltirishni o‘rinli, deb topdik:
“Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofali
raketa shart emas. Buning
uchun ta’lim sifatini tushirib, imtihonlarga aldov
aralashtirishning o‘zi kifoyadir.
Bu tarzda ta’lim olgan shifokorlar qo‘lidan bemorlar o‘lim topadi, quruvchilar
qurgan uy va binolar vayron bo‘ladi, iqtisodchi va hisobchilar qo‘lida moliyaviy
resurslar sovuriladi, adolat ham shunday huquqshunos va sudyalar qo‘lida zavol
topadi.
Ta’limning inqirozi –
bu millat inqirozidir
”
.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
81
Haqiqatan ham, ta’lim sohasidagi korrupsiya boshqa sohadagi korrupsiyaning
paydo bo‘lish turlari va shakllarining manbai hisoblanadi. Ta’lim tizimidagi
korrupsiyaning xavfliligi shundaki, u har yili boshqaruv va xalq xo‘jaligining turli
sohalarini bilim, ko‘nikma va malakaga ega mutaxassislar bilan to‘ldiradi. Nafaqat
o‘quvchilari, balki pedagog xodimlari korrupsiyalashgan tas
hkilotda bilim olgan
mutaxassis, korrupsion bitimga kirishishga tayyor yosh kadr bo‘lib shakllanishini
unutmaslik kerak.
Ayniqsa, ta’lim sohasida korrupsiyaning bo‘lishi kelajakka xavf soladigan eng katta
tahdid sanaladi. Ta’limdagi korrupsiya olib borilay
otgan islohotlarni puchga chiqaradi va
yangi “korrupsiyaga moyilligi bor kelajak avlod”ni o‘stirib chiqaradi.
Oliy ta’lim sohasida qonun buzilishi va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha
kompleks tadbirlarni amalga oshirish bugungi kun muammosi hisoblanadi. Shu bois ham,
2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat Dasturida [10] yoshlarda
korrupsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini
shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanganligi bejiz emas.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida ijobiy
siljishlar kuzatilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil
27-
maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni [11] asosida “Korrupsiyasiz
soha” loyihasi ishga tushirildi. Bu jarayonda asosiy e’tibor korrupsion harakatlarni sodir
etish imkoniyatini qisqartirishga qaratildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida
ham bu tajriba yaxshi samara berdi.
“Oliy ta’lim korrupsiyasiz soha”
dasturi asosida oliy o‘quv muassasalariga qabul
jarayonini shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida, avvalo, bakalavriatga hujjat topshirish
jarayoni onlayn amalga
oshiriladigan bo‘ldi.
Quyida mamlakatimiz Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasida so‘nggi yillarda amalga
oshirilayotgan ishlar tafsilotiga to‘xtalamiz [12].
Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida 5 tagacha oliy ta’lim mua
ssasasida
tanlovlarda ishtirok etish imkoni berildi. Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan
kirish test sinovlarini jamoatchilik va aholi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri kuzatish imkoniyatiga ega
bo‘ldi. Shu maqsadda barcha bosqichdagi imtihonlar katta pavilonlarda o‘tkazilmoqda.
Kasbiy-
ijodiy imtihonlar esa ikki bosqichda, ya’ni har bir yo‘nalish o‘z ixtisosligi
bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari tomonidan onlayn translyatsiya qilingan holda tashkil
etildi. Ijodiy imtihonlardan so‘ng majburiy 3 ta fan ona tili, matematika va O‘zbekiston
tarixi bo‘yicha DTM tomonidan test sinovlari o‘tkazildi.
Magistraturaga qabul jarayonini adolatli va shaffof o‘tkazish uchun davlat oliy
ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali
o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki
xalqaro sertifikat balli asosida, ballar ketma-
ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga
oshirildi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazish amaliyotidan voz kechildi. Ushbu o‘zgarish
mazkur jarayonda uchraydigan korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
O‘qishni boshqa turdosh ta’lim maskanidan ko‘chirishning korrupsiyadan holiligi
ta’minlanmoqda. Talabalar o‘qishini ko‘chirish hamda tiklashda barcha jarayon ochiq va
shaffo
f bo‘ldi. Arizalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish onlayn amalga
oshirildi. Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar
o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi ikkita holatda ruxsat berildi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
82
birinchisi
,
talaba oila qurgani munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy
yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat
qilganda;
ikkinchisi
, davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning
turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish (tegishli vazirlik
(idora) rahbarining tavsiyasi asosida) uchun murojaat qilganda.
Davlat oliy ta’lim muassasalararo o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha murojaatlar soni
haddan ziyod ko‘p va bu jarayon korrupsion alomatlardan holi emas edi. Bu ko‘rsatkich
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020
-yilda 28 ming,
2021-
yilda 56 ming nafar talaba davlat oliy ta’lim muassasalararo o‘qishni ko‘chirish
istagini bildirgan.
2022-yilda 100 mingdan oshi
shi kutilgan edi. Albatta, 100 ming talaba o‘z o‘qishini
muvaffaqiyatli ko‘chirib olish uchun barcha imkoniyatdan foydalanishga harakat qilar va
bu jarayonda nafaqat tizim mutasaddilari, balki ta’limga umuman aloqasi bo‘lmagan
firibgarlar tuzog‘iga tushib qolish holati ko‘p kuzatilgan [13].
Endi oliy ma’lumot olish niyatidagi yoshlar avvaldan o‘qishini ko‘chirib ketish
niyatida emas, balki oliy ta’lim muassasasini to‘g‘ri tanlagan holda, shu o‘quv dargohini
bitirish maqsadida o‘qishga kirishga intiladi.
Mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib, 2022/2023-
o‘quv yilidan boshlab,
mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zaro kelishuv asosida oliy o‘quv
yurtlari bilan akademik mobillikni amalga oshirish vakolati berildi.
Talabalar o‘qishini xorijdan ko‘chirishda arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish
maxsus portal yordamida bajariladi. Chet eldan o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish
istagida bo‘lgan talabalarning imtihonga tayyorlanishiga yetarlicha vaqti bo‘lishi
maqsadida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish balli
2022-
yil aprel oyidayoq ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi.
Masalan,
tabiiy
fanlar
hamda
san’at
yo‘nalishlarida
o‘tish
balli
80 ball, matematika hamda pedagogika yo‘nalishlarida 94 ball, sot
siologiya va
psixologiya, jurnalistika, iqtisod yo‘nalishlarida 105 ball, huquq yo‘nalishida 140 ball,
sog‘liqni saqlash sohasida o‘tish balli 129 ball qilib belgilandi.
Bilimni baholashdagi shaffoflik korrupsiyani oldini oladi. Eng keng tarqalgan
korrupsi
ya elementlari mavjud bo‘lgan yana bir tizim talabalar bilimini baholash tartibi
ham to‘liq o‘zgartirildi hamda bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi
nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Qayd etish kerakki,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 27-maydagi
“O‘zbekiston Respublikasida
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF–
5729-
son Farmoni bilan oliy ta’lim
tizimida “Korrupsiyasiz soha”loyihasini amalga oshirish belgilandi.
2021-
yilda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha
14ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Oliy va o‘rta maxsus, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya
vazirliklarining
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va
o‘quv
-yordamchi
xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritish haqida”gi
qo‘shma qaroriga (ro‘yxat raqami
2859-3, 2021-yil 12-may) muvofiq,
OTMlarda Korrupsiyaga qarshi “komplaens
-
nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlari
tashkil etildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
83
•
Bilimli yoshlarni adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida qabul qilish
mexanizmlari joriy etilib, bir vaqtning o‘zida
5 tagacha oliy ta’lim
muassasasiga kirish
uchun tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
•
Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari imtihon.edu.uz platformasida onlayn
translyatsiyasi tashkil etilib, imtihonlarda korrupsion omillarni minimallashtirish
maqsadida imtihon oluvchi komissiya a’zolari
tarkibi turli oliy ta’lim muassasalaridan
jalb qilingan professor-
o‘qituvchilardan shakllantirildi.
•
Magistraturaga qabulda 2-
bosqichli tanlov jarayoni yo‘lga qo‘yilib, magistraturaga
kirishda hujjatlar magistr.edu.uz platformasida onlayn shaklda qabul qilindi.
•
magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisligiga mos fanlar bo‘yicha imtihon
jarayonlari imtihon.edu.uz platformasida onlayn translyatsiya qilinishi hamda natijalar
3 kun muddatda OTM tomonidan DTMga taqdim etilishi va OTM rasmiy veb-
saytida e’lon
qilindi.
•
chet tili bo‘yicha test sinovlari Davlat test markazi tomonidan kuzatuv
kameralari
va onlayn kuzatish test2021.uz imkoniga ega bo‘lgan katta
pavilonlarda o‘tkazildi.
•
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim (doktorantura)ga kirish uchun o‘tkaziladigan
imtihon jarayonlari imtihon.edu.uz platformasida onlayn translyatsiya qilindi.
•
Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish uchun ikkinchitalim.edu.uz, akademik
litseylarga hamda professional ta
’lim muassasalariga o‘qish kirish uchun
litsey.edu.uz,
kasb.edu.uz, kollej.edu.uz, texnikum.edu.uz hujjatlarni onlayn topshirish platformalari
ishlab chiqildi va joriy etildi.
OTM faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, oliy ta’lim
tizimida
jarayonlarni avtomatlashtirish, byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishining
oldini olish va
moliyaviy xarajatlarni qisqartirish maqsadida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish
axborot tizimi” (HEMIS) ishlab chiqildi.
2021-yil 1-sentabrdan boshlab OTMlarda bosqichma-bosqich joriy etish orqali:
•
“O‘quv jarayoni” modulida guruh jurnali, dars jadvali, imtihonlar jadvallari,
•
talabaning reyting daftarchasi, o‘zlashtirish qaydnomalari, davomat hisobotlari,
diplom va akademik ma’lumotnomalar raqamlashtiril
di;
•
“Ma’muriy jarayon” modulida oliy ta’lim muassasasi strukturasi, talabalar
kontingenti va ularning harakati, professor-
o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yuritish hamda hisobotlarni tayyorlash raqamlashtirildi;
•
“Ilmiy jarayon”
modulida professor-
o‘qituvchilarning ilmiy loyihalari,
maqolalari
va ilmiy-
uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bazasini
shakllantirish hamda o‘qituvchilar va kafedralarning ilmiy
reytingini baholash masalalari
raqamlashtirildi;
•
“Moliyaviy jarayon” modulida talabalarning QR
-
kodli to‘lov
-shartnomalarini
shakllantirish, talabalarga elektron ko‘rinishda taqdim etish, shartnoma to‘lovlari
monitoringini yuritish, talabalarga stipendiya belgilash to‘g‘risidagi ma’lumotlar
tizim
orqali amalga oshiriladi.
•
Moliya vazirligining “UzASBO” axborot tizimi
bilan axborot almashinuvi yo‘lga
qo‘yildi.
2021/2022-
o‘quv yilidan boshlab talabalarning QR
-
kodli to‘lov
-shartnomalarini
t-kontrakt.edu.uz axborot tizimida shakllantirish imkoniyati yaratildi.
•
Imtihon natijalariga ko‘ra, talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan
to‘lov
-
shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun onlayn shaklda
ariza qoldirish hamda to‘lov
-shartnomani onlayn qabul qilish imkonini beruvchi
t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishlab chiqildi va ishga tushirildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
84
Mazkur axborot tizimi Davlat test markazi bazasi bilan integratsiya qilindi
va abituriyentlar to‘plagan
bali bo‘yicha kontrakt miqdori avtomatik shakllantirilishi
hisobiga tabaqalashtirilgan
to‘lov
-
shartnoma miqdorini belgilash bilan bog‘liq
korrupsiyaviy holatlarning oldi olindi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
M.Sh.Mirziyoyev, “Niyati ulugʻ xalqning ishi ham ulugʻ, hayoti yorugʻ va kelajagi
farovon boʻladi”.
3-jild.
–
T.: “Oʻzbekiston” NMIU, 2019. –
65-66-b.
2.
M.Sh.Mirziyoyev, “Milliy tiklanishdan –
milliy yuksalish sari”. 4
-jild.
–
T.,
–
2020.
–
13-b.
3.
Любкина Н.А., Лубский Р.А. Коррупция в сфере высшего образования:
основные проблемы и способы их разрешения в современном российском
обществе // Юрист
-
правоведъ. –
2018.
–
№3 (86). –
С.
45-54.
4.
Момотова О.Н., Руденко М.Н. Особенности изучения коррупции в сфере
образования // Экономика и социум. –
2016.
–
№ 9 (28). –
С.
17.
5.
Акунченко Е.А., Вырва П.А., Дамм И.А. Основы коррупционного
просвещения в сфере образования / под ред. И. А. Дамм, Н. В. Щедрина.
–
Красноярск: АСТ, 2016. –
С.
78.
6.
Дамм И.А. Коррупция в сфере образования: понятие, характерные черты,
формы и виды // Актуальные проблемы экономики и права.
–
Сибирский
федеральнный университет, 2019. –
Т. 10. –
№ 4. –
С.
6.
7.
Сычева А. В. Коррупция в сфере высшего образования: коррозия
правосознания // Ученые записки Крымского федерального университета имени
В. И. Вернадского. Юридические науки. –
2015.
–
Т. 1 (67). –№ 4.
–
С.
21.
8.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumotlari.
9.
Qobilov Sh. R. Korrupsiya: kelib chiqish sabablari va unga qarshi kurashishning
jahon tajribasi.
–
T., 2011.
–
244 b; Qobilov.Sh. R. Korrupsiyaga qarshi kurashish: iqtisodiy,
maʼnaviy
-
maʼrifiy choralari va yoʻllari. Monografiya. –T., “Oʻqituvchi” NMIU. 2015. –
160
b; Qobilov Sh.R. Korrupsiya: sabablari, shart-
sharoitlari, oqibatlari va oldini olish yoʻllari.
Monografiya //
–T.: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi “Oʻqituvchi”
NMIU.
–
2019.
–
368 b Qobilov Sh. R. “Ichki ishlar organlarida korrupsiyaning oldini olish
va xodimlarda korrupsiyaga qarshi xulq-
atvorni shakllantirish”. Darslik. –T.:Oʻzbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2020.
–
352 b; Qobilov.Sh. R. Korrupsiyaning sodir
etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlar va ularning oldini olish choralari. Monografiya.
// Masʼul muharrir y.f.d., prof. Q. R. Abdurasulova. –T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2020.
–
224 b.
10.
Oʻzbek
iston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-son
Farmoniga 1-ilova.
11.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 27-
maydagi “Oʻzbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to
ʻgʻrisida”gi PF–
5729-son Farmoni /http://www.lex.uz.
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining maʼnaviy
-
maʼrifiy ishlar boshqarmasining maʼlumotlari asosida.
13.
Oʻzb
ekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JXD Huquqbuzarliklar
profilaktikasi xizmati maʼlumotnomasi –
2022-yil.
