Авторы

  • Рахматулла Мирзаев
    К.ю.н., доцент, Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp122-134

Ключевые слова:

образование система образования борьба с коррупцией педагогический этический кодекс профессиональная этика профессиональная деятельность

Аннотация

В настоящее время научное сообщество разрабатывает и применяет эффективные механизмы противодействия коррупции в системе образования, опираясь на системы мониторинга, контроля и предупреждения правонарушений, а также использование правовых средств. Однако в образовательных учреждениях Республики Узбекистан отсутствуют моральные кодексы педагогических работников, в то время как в западных странах они используются крайне эффективно. Разработка кодекса нравственности педагогического работника и алгоритма для внесения изменений позволит детально регламентировать все аспекты профессиональной этики педагогов. Важно подчеркнуть, что создание кодекса этики в образовательном учреждении – это серьёзная и ответственная работа, так как в этом документе необходимо отразить все возможные аспекты нравственного поведения педагога в профессиональной деятельности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The scientific-theoretical interpretation of a disguised
form of corruption

gift

Rakhmatulla MIRZAYEV

1


Samarkand State University named after Sharof Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2023

Received in revised form

15 November 2023
Accepted 25 November 2023

Available online

15 January 2024

Currently, the scientific community is developing and

applying effective mechanisms to combat corruption in the

education system, relying on systems of monitoring, control and

prevention of offenses, as well as the use of legal means.

However, in educational institutions of the Republic of
Uzbekistan there are no moral codes for teaching staff, while in

Western countries they are used extremely effectively. The

development of a code of ethics for teachers and an algorithm

for making changes will make it possible to regulate in detail all
aspects of the professional ethics of teachers. It is important to

emphasize that creating a code of ethics in an educational

institution is a serious and responsible work, since this

document must reflect all possible aspects of the moral
behavior of a teacher in his professional activities.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp122-134

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

education,

education system,

fight against corruption,
pedagogical,

ethical code,

professional ethics,
professional activity.

Korrupsiyaning niqoblangan shakli

“sovg‘a”ning ilmiy

-

nazariy talqini xususida

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ta’lim,

ta’lim tizimi,

korrupsiya,

korrupsiyaga qarshi
kurashish,

pedagog,

odob-axloq kodeksi,

kasbiy etika,

kasbiy faoliyat.

Ushbu maqolada hozirgi kunda ilmiy hamjamiyat tomonidan

ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘pgina

samarali

mexanizmlar ishlab chiqilganligi va qo‘llanilayotganligi

haqida so‘z boradi. Shuningdek, ta’lim muassasasida pedagoglar

uchun axloq kodeksini ishlab chiqish jiddiy va mas’uliyatli ish

ekanligi, ushbu hujjatda pedagogning kasbiy faoliyatida axloqiy

xulq-

atvorining barcha mumkin bo‘lgan jihatlarini ko‘rsatish

muhim ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida fikrlar yuritilgan.

1

PhD in law, Associate Professor, Samarkand State University named after Sharof Rashidov.

E-mail: Saidibodullayev@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

123

Маскированная форма коррупции –

«подарка» в плане

научно

-

теоретической интерпретации

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

образование,

система образования,
борьба с коррупцией,

педагогический,
этический кодекс,
профессиональная этика,

профессиональная
деятельность.

В настоящее время научное сообщество разрабатывает и

применяет эффективные механизмы противодействия

коррупции в системе образования, опираясь на системы
мониторинга, контроля и предупреждения правонарушений,

а также использование правовых средств. Однако в

образовательных учреждениях Республики Узбекистан

отсутствуют

моральные

кодексы

педагогических

работников, в то время как в западных странах они

используются крайне эффективно. Разработка кодекса

нравственности педагогического работника и алгоритма для

внесения изменений позволит детально регламентировать

все аспекты профессиональной этики педагогов. Важно
подчеркнуть, что создание кодекса этики в образовательном

учреждении –

это серьёзная и ответственная работа, так как

в этом документе необходимо отразить все возможные

аспекты

нравственного

поведения

педагога

в

профессиональной деятельности.

O‘qituvchining pora yoki qimmatbaho sovg‘a talab qilish ehtimoli ularning

mehnatiga haq to‘lash jahon standartlariga qaraganda anchagina past bo‘lgan
mamlakatlarda ortadi. Agar poraxo‘rlikni aniqlash va isbotlash qiyin bo‘lsa, shuningdek,
buning uchun jazo choralari qattiq bo‘lmasa, u yerda korrupsiyaviy xatti

-harakatlar

ehtimoli ko‘payadi.

Ta’limdagi axloqiy xulq

-

atvor kunlik normativ hol bo‘lishi va benuqsonligi tufayli

e’tiborga olinmasligi kerak. Bu jihatdan vijdonlilik siyosati boshqa mansabdor shaxslarga
o‘rnak bo‘lishi uchun davlat xizmatchilari va ta’lim sohasi xodimlari orasida yuqori
standartlarni tan olish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilishi lozim. Agar bu sodir bo‘lsa,
korrupsiyaviy hodisalar ahamiyatsiz bo‘lib, alohida holatlarga aylanib, jamiyatda salbiy

baholanib, vakolatli organlar tomonidan qattiq jazolanadi [1].

Axloqiy xulq-

atvor jamiyatda ma’naviy, ruhiy

-axloqiy qadriyatlarni davlat

hokimiyatining yuqori darajasida rivojlantirish zarurligini anglashdan boshlanadi. Bu
barcha darajalardagi mansabdor shaxslarning faoliyatida yuqori standartlarni joriy etish,
davlatda hokimiyatni egallab olish, homiylik, qarindosh-

urug‘chilik va poraxo‘rlikning

oldini olishni nazarda tutadi.

Halollik siyosatini barcha mansabdor shaxslar uchun davlat xizmatining xulq-atvor

normalari sifatida talqin qilish mumkin. Axloqiy tamoyillar, qoidaga ko‘ra, poraxo‘rlik va

ichki korrupsiyaning boshqa shakllarini taqiqlovchi qoidalarga kiritilgan. Davlat

korrupsiyani jamiyat hayotining barcha sohalariga buzg‘unchi ta’sir ko‘rsatadigan og‘ir

jinoyat deb tan olishi lozim.

Ta’lim sohasidagi korrupsiya, ko‘pincha, xodimlar tomonidan sovg‘alarni qabul

qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunda ba’zi bir davlatlarda fuqarolar sovg‘alar berishga,
jumladan, davlat xizmatchilari va pedagoglarga sovg‘alar berishga ko‘nikib qolgan, shu
sababli mazkur an’ana ijtimoiy

-madaniy munosabatlarning bir qismi sifatida qabul


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

124

qilinadi va korrupsiyaviy hodisalarga bog‘lanmaydi. Bu, xususan, sobiq ittifoqdan qolgan
hududlarda, masalan, O‘zbekistonda ham kuzatiladi. Boshqa bir davlatlarda (G‘arbiy
Yevropa, AQSh, Kanada, Yaponiya va b.) davlat xizmatchilariga har qanday sovg‘alarni
qabul qilish qat’iy taqiqlangan. Bu korrupsiya hisoblanadi va qonun bilan ta’qib qilinadi.
Amaliyot va xususiyatli ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, odamlar barcha turmush
kechirish shakllarida, hatto huquqiy tizimi zaif yoki yo‘q bo‘lsa ham, nimalarga yo‘l
qo‘yish mumkinligi, nimalar esa huquqbuzarlik bo‘lib hisoblanishi to‘g‘risida aniq
tasavvurga ega bo‘ladi.

Bizningcha, axloqiy va noaxloqiy xatti-

harakatlar o‘rtasida chegara tortish

usullaridan biri bunday xulq-

atvorning tizimga ta’sirini baholash hisoblanadi. Xususan,

yakka tartibda dars o‘tish (repetitorlik) har doim ham tizimga salbiy ta’sir
ko‘rsatavermaydi. Buni ta’limning sifati va adolatliligi bilan oqlash mumkin. Qolaversa,
davlat ta’limidagi bo‘shliqlarni qoplaydi. Binobarin, maktab va oliy o‘quv yurtlari
o‘quvchilarning bilim darajasini ko‘tarish uchun

uni qo‘llab

-quvvatlashda (binolardan

bepul foydalanishga ruxsat bersa yoki qo‘shimcha darslarni moliyalashtirsa) xususiy
repetitorlik g‘ayriaxloqiy va g‘ayriqonuniy hisoblanmaydi. Agar xususiy ta’lim asosiy
dastur bo‘yicha to‘laqonli o‘qishga erishish sharti bo‘lib hisoblansa, bu o‘rta ta’lim
tizimiga ham, oliy ta’lim tizimiga ham jiddiy putur yetkazishi mumkin.

Korrupsiyalangan muhit sharoitlarida ta’lim tizimi axloqiy qadriyatlar va xulq

-

atvorni targ‘ib qila olmaydi. Axloq va qadriyatlarga o‘qitish uchun qulay muhitni yaratish

shaffoflik, halollik va axloqiy xulq-atvorga rioya qilishni talab qiladi. Birinchi navbatda,

bu jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan bir qatorda ta’lim sohasining
sog‘lomlashishiga ham bevosita ta’sir qiladi [2].

Ta’lim tizimida korrupsiyaning ko‘proq murakkab va yashirin turlaridan biri

sovg‘alar berishdir. Bu O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, ko‘rsatilgan yordam uchun

hurmat-

ehtirom izhor qilish, minnatdorchilik bildirish an’anasiga asoslanadi. Shu bilan

birgalikda sovg‘a ta’lim muassasalarida qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sir
ko‘rsatadigan boshqarish toifasi bo‘lib hisoblanadi. Shu munosabat bilan korrupsiyaning
keng tarqalgan mazkur turini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

Boshqarish faoliyati amaldagi shajaraviy tizim doirasida umumiy maqsadlarga

erishish uchun odamlarning birgalikdagi faoliyatini professional ta’minlashga
yo‘naltirilgan [3]. Qo‘yilgan vazifalarni bajarish jarayonida boshqaruvchilar odamlarning
tan olish, hurmat qilish, e’tibor qaratishga bo‘lgan psixologik va ijtimoiy ehtiyojlariga
tayanadilar. Boshqaruv vositalaridan biri esdaliklar va sovg‘alar berishdir. Ular o‘z
jamoasining a’zolari, rahbariyat yoki sherik tashkilotlarning xodimlari uchun
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Sovg‘alarni tashkilotning maqsadli auditoriyasi, masalan,
tovarlar va xizmatlar iste’molchilari uchun e’lon qilinadigan aksiyalar va turli konkurslar

doirasida ham olishlari mumkin.

“Art

-

Grani” kompaniyasining bosh direktori V.A.

Vasyuxinning fikricha, mohiyatiga

ko‘ra sovg‘a uzoq muddatli investitsiyadir, chunki u sadoqatni oshiradi va ish

munosabatlarini mustahkamlaydi. O‘sha qadim zamonlardayoq sovg‘a ramziy

ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu ahamiyat sovg‘a beruvchining sovg‘a oluvchi bilan o‘zaro

munosabatlarini ushlab turish va rivojlantirishga, sovg‘a berish yo‘li bilan sovg‘a

oluvchini boshqarishga intilishidan iborat bo‘lgan. Bugungi kundagi biznes muhitda

amalda birorta ham uchrashuv taqdimotsiz o‘tmaydi. Ishbilarmon odamlar to‘g‘ri

tanlangan sovg‘a odamlarning o‘zaro munosabatlariga ta’sir ko‘rsatishini yaxshi biladi.

Bu o‘ziga xos nozik diplomatik vosita bo‘lib, undan malakali foydalanish voqealarning


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

125

rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, kayfiyatni yaxshilaydi, sheriklarni bir

-biriga

moslashtiradi va oxir-oqibatda tashkilotga boshqaruv maqsadlariga erishishga imkon

beradi. Sovg‘a ishonch, hurmat va hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘zlayotganlikni

anglatadi [4].

A.D.

Barisheva ham sovg‘aning sherikka boshqaruv toifasi sifatida ta’sir ko‘rsatish

xususiyatini (“yumshoq kuch” ning namoyon bo‘lishi) ajratib ko‘rsatadi, sovg‘a oluvchini

qandaydir bir darajada “qarzdor” qilib qo‘yadi. Agar ish bo‘yicha sherik birinchi

uchrashuvda o‘zaro til topishga erisholmagan bo‘lsa, u keyingi marta katta ehtimol bilan

sovg‘a ko‘tarib keladi, muzokaralar paytida o‘zini yanada yumshoq va sodiqroq tutadi,

biror narsada yon bosishga rozi ekanligini bildiradi [5].

Tajribali boshqaruvchilar tashkilotlarga to‘g‘ri, ehtiyotkor, o‘rinli, esda qoladigan,

biroq ko‘zga tashlanmaydigan sovg‘alar berishni maslahat beradi. Ish yuzasidan

sheriklar, qoidaga ko‘ra, tanlangan sovg‘a g‘oyasining o‘ziga xosligiga, shuningdek, u

beriladigan vaziyatga va

usuliga alohida e’tibor qaratadilar. T.Y.Bistrova o‘z tadqiqotida

sovg‘a berish san’ati sovg‘a beruvchining o‘zini va tashkilotini iqtidorli deb bilishini

bilvosita nazorat qilishida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi [6].

Zamonaviy olamda

“sovg‘a”

tushunchasi yildan yilga tobora tijoratlashtirilmoqda.

Xususan, V.I.

Ilin [7], har qanday voqelik tufayli yoki ularsiz turli xil sovg‘alarni ishlab

chiqarish va sotishning butun sanoati (industriya) mavjud, deydi. Bozordagi aksariyat

kompaniyalar sovg‘alarni marketing maqsadlarida qo‘llaydilar (iste’molchilarga

mukofotlar topshirish bilan turli konkurslarni e’lon qiladilar va o‘tkazadilar.

O‘z mahsulotlari namunalarini bepul tarqatadilar yoki kompaniyaning ramzi tushirilgan

narsalarni sovg‘a qiladi).

Sovg‘a boshqarish va tarbiyalash vositasi sifatida chiqadi, bu uning rolli

vazifalarining xilma-

xilligida namoyon bo‘ladi, bu vazifalar V.I.

Ilin [8] tomonidan

quyidagicha ifodalangan:

ijtimoiy tarmoqlarni qo‘llab

-

quvvatlash (jamiyatda odamlar o‘rtasidagi

munosabatlarini rivojlantirishni ta’minlash);

kundalik hayotda uzilish sodir qilish (muntazam iste’moldan voz kechish, sovg‘a

sifatida biror narsa olish);

sovg‘a oluvchining ijtimoiy mavqeini oshirish va uning jamoatchilik tomonidan

e’tirof etilishi;

sovg‘a berish marosimi (avloddan avlodga o‘tadigan sovg‘a berish madaniyati

shakllanadi);

berish uchun sabablar (bayramlar, unu

tilmas sanalar, sovg‘a beruvchi va oluvchi

uchun ahamiyatliligiga urg‘u berish bilan vaqt oralig‘ining

boshqa sanalari);

sovg‘a berish marosimlarini ijtimoiy qurilishi (marosimlarni boshqarish, yangi

an’analarni shakllantirish ijodiy jarayoni);

sovg‘alarni ijtimoiy qurilishi (sovg‘alarning mazmuniga nisbatan trendlar,

oqimlar va talablarni shakllantirish);

sovg‘a matn sifatida (o‘zida muayyan xabarni qabul qiluvchiga olib boradi).

Sovg‘aning boshqarish imkoniyatlari shunchalik ulkanki, bu hodisa o‘zbek

qonunchiligida ham mustahkamlanishga ega bo‘lgan. Davlat sovg‘ani qabul qilish

(ayniqsa, qimmatbaho) ko‘pgina mansabdor shaxslarni sovg‘a beruvchining

manfaatlarini ko‘zlab, muayyan harakatlarni amalga oshirishga majbur qilishini

tushunadi. Bu esa hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, manfaatlar

to‘qnashuvi, korrupsiya va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

126

Sovg‘a berishning yuridik jihatlari I.I.

Bikeevning [9] maqolasida ham tahlil

qilingan. Muallif turli mamlakatlarning hokimiyat organlarida sovg‘a berish tajribasini
tasvirlaydi, “pora” va “sovg‘a” tushunchalarini aniq ajratishni taklif qiladi. Olimning

fikricha, mansab vakolati yoki xizmat majburiyatlarini bajarish sababli olinadigan

(ish beruvchidan emas) sovg‘alar yoki boshqa moddiy boyliklarga bo‘lgan munosabat
to‘g‘risidagi masalani hal qilish davlatning sivilizatsion rivojlanish yo‘lini tanlash
muammosi bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy

-iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan davlatlar

mansabdor shaxslari orasida korrupsiyaning yuqori darajasi bilan ajralib turadi.
Dunyoning rivojlangan davlatlari hokimiyat tizimida mazkur voqelikka nisbatan aniq

munosabatni allaqachon shakllantirgan [10]. G‘arbda xizmatchilar belgilangan
miqdordan qimmat bo‘lmagan sovg‘alarni olish huquqiga ega va undan ortiq sovg‘alar
esa daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaga kiritiladi. Xususan, AQShda mansabdor
shaxsga beriladigan sovg‘aning qiymati $50 dan oshmasligi lozim, aks holda bu pora
hisoblanadi. Mansabdor qimmatbaho sovg‘a olishni xohlagan taqdirda, u buning uchun
o‘z tashkilotining ish axloqi masalalari bilan shug‘ullanadigan xodimidan ruxsat olishi
zarur bo‘ladi. Buyuk Britaniyada hukumat a’zosi qiymati 140 funt

-

sterlinggacha bo‘lgan

“qaytarilmaydigan” sovg‘a qabul qilishi mumkin. Agar sovg‘a qimmatroq tursa, u holda u
beruvchiga shunga teng qiymatdagi sovg‘a bilan javob qaytarishi zarur bo‘ladi. Agar vazir
sovg‘ani o‘zida qoldirishni xohlasa, u sovg‘aning haqiqiy qiymati va ₤140 o‘rtasidagi
farqni budjetga to‘lashi lozim bo‘ladi [11].

2022-yilning 8-

noyabrida kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat

fuqarolik xizmati to‘g‘risida”[12]gi Qonunida davlat xizmatchisi tomonidan sovg‘a olishga
taqiq nazarda tutilmagan. Bizningcha, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida ham

xuddi Rossiya qonunchiligidagi kabi tegishli taqiqlar aks etishi zarur. Bundan tashqari

yangi qonunning takomillashuvi doirasida yuqorida qayd etilgan o‘zgartirishlarni kiritish
lozim bo‘ladi. Bunda o‘quv muassasalari darajasida pedagog xodimlarning “Axloq
kodeks”larini qabul qilish va ularda davlat xizmatchilariga nisbatan qo‘llaniladigan xuddi
o‘sha normalarni ko‘rsatish zarur.

Germaniyada o‘qituvchilarga e’tibor va minnatdorchilikning moddiy belgilarini

ko‘rsatish an’anasi mavjud. Lekin unga juda ehtiyotkorlik bilan yondashiladi, chunki
sovg‘a nafaqat janjalga, balki pedagogning ishdan bo‘shatilishiga ham olib kelishi

mumkin. 2011-yilda Berlinda shov-

shuvli sud jarayoni bo‘lib o‘tgan. Fridrixsxayndagi

maktablardan birida to‘qqizinchi sinf o‘quvchilarining ota

-

onalari o‘qituvchi ayolga

minnatdorchilik sifatida 190 yevro turadigan haykal va 20 yevrolik guldasta sovg‘a
qilgan. Bunga har bir o‘quvchining oilasi 15 yevrodan hissa qo‘shgan. Sinf rahbari
tomonidan olingan sovg‘a yirik miqdorda jarima bilan tugagan. O‘qituvchi sovg‘ani qabul
qilganligi uchun to‘rt ming yevro to‘lashiga to‘g‘ri kelgan [13].

Germaniyada o‘qituvchilar va davlatning budjetdan ish haqi oluvchi boshqa

xodimlar bilan bir qatorda qiymati 10 yevrodan oshiq bo‘lgan sovg‘alarni qabul qilishga
haqli emasligini hisobga olish mumkin bo‘ladi. Biroq ta’lim tizimini tartibga solish

Germaniya federal yerlarining vakolatiga kiradi, shu sababli ularning har biri bu borada

o‘zining normalarini o‘rnatishi lozim. Masalan, Berlinda eng qat’iy qoidalar qabul
qilingan: o‘quvchilar o‘qituvchilarga, agar ular birgalikda sotib olgan bo‘lsa, 30 yevrodan
qimmat turadigan sovg‘alarni berishi mumkin, qimmat turadigan sovg‘alar uchun maktab
rahbariyatiga hisob berishiga to‘g‘ri keladi. Bunda 50 yevrodan qimmat turadigan
sovg‘alarni qabul qilish shahar xalq ta’limi bo‘limining roziligini talab qiladi. Shu bilan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

127

birga, Shimoliy Reyn

Vestfaliyada yanada moslashuvchan qoidalar amal qiladi:

pedagoglar va maktablar kutubxona uchun kitoblar, o‘quvchilarning hunarmandchilik

ishlari, gullar, shokolad, konfetlar va ish yuritish buyumlarini qabul qilishi mumkin. Biroq

ularning aviachiptalar, sovg‘a sertifikatlari, foizsiz va imtiyozli kreditlarning, sayohat
hamda avtomobildan foydalanish uchun to‘lovlar va boshqalarni qabul qilishi qat’iyan
ta’qiqlanadi.

Maktabdan tashqarida turli e’tibor qaratish belgilari munozarali bo‘lishi mumkin.

Agar maktab sayohatidan keyin o‘qituvchini uyiga eltib qo‘yish odatdagi hol deb

hisoblansa, birgalikda restoranga borish katta ehtimol bilan muammo bilan tugaydi. Sinf
rahbarlari ota-onalar majlisidan keyin norasmiy uchrashuvlarga taklif qilingan taqdirda
nemis mutaxassislari ularga bunday taklifni rad qilishni maslahat beradi, chunki kafe, bar

yoki restoranda albatta o‘qituvchilarning kasbiy mahorati xususida gap boradi.
O‘quvchilarning davomati va ta’lim tizimining hamda maktabning kamchiliklari
muhokama qilinadi. Bularning barchasi pedagoglar, maktablar va milliy ta’lim sohasining
obro‘sizlantirilishiga ko‘maklashadi, shu sababli yaxshisi bunday tadbirlarga
qatnashmagan ma’qul. Maktabga moddiy yordam ko‘rsatishni xohlaydigan ota

-onalar

direktorga xayriya mablag‘larini yig‘ish o‘tkazilyaptimi yoki maktabga biror

-bir yordam

kerakmi degan savollar bilan murojaat qilishi mumkin [14].

Sovg‘alar borasida xuddi shunday vaziyat Yevropaning boshqa –

Fransiya, Italiya,

Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlarida ham o‘z rivojini topmoqda. Bu masalaga
bo‘lgan yondashuv umumiy va yetarlicha oddiy: o‘qituvchilar va ta’lim muassasalari
qiymati qonunchilik yoki maktabning normativ hujjatlari bilan o‘rnatilgan qiymatgacha
(odatda bu qiymat unchalik katta bo‘lmaydi) bo‘lgan sovg‘alarni qabul qilishlari mumkin.
Muayyan miqdordan oshgan barcha sovg‘alar Ta’lim vazirligi bilan kelishilishi yoki

oluvchi tomonidan rad qilinishi lozim.

Gollandiyada maktablarda ota-

onalar majlislari o‘tkazilmaydi, maktab ma’muriyati

va sinf rahbarlari barcha ota-

onalarni yakka tartibda qabul qiladi. Maktablarda sovg‘alar

berilmaydi. Masalan, o‘qituvchining tug‘ilgan kuni bo‘lsa, o‘quvchilar sinfga kelib 10

-30

sentdan yig‘adilar. Bu pulga o‘qituvchi, qoidaga ko‘ra, sharbatlar, mevalar sotib oladi va

bolalarga tarqatib beradi [15].

Yaponiyada sovg‘alar borasida maxsus an’analar amal qiladi. Bu jarayon o‘zaro

bo‘lishi lozim. Sovg‘a beruvchining oldida ochilmaydi, bunda ko‘rsatiladigan munosabat
beruvchini xafa qilib qo‘yishi mumkin deb hisoblanadi. Ayniqsa yeguliklarni (bayramona
qadoqlangan milliy taomlar va mevalar) sovg‘a qilish keng tarqalgan. Sovg‘ani oluvchi
mansab shajarasida qanchalik yuqorida tursa, u shunchalik qimmat sovg‘a oladi, biroq
beruvchiga sovg‘aning qiymatiga teng qiymatda bo‘lgan sovg‘a qaytarishi lozim.
Yaponiyada pedagoglarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi, ya’ni jamoat
transportida ularga joy bo‘shatishadi, biznesmenlar pedagoglar uchun chegirmali
do‘konlar ochishadi. Shu bois o‘qituvchilarga sovg‘alar berish odatiy hol emas, ular
ijtimoiy shajarada yuqori o‘rinni egallagan, bunday fikr hech bir yaponiyalikning xayoliga
kelmaydi. Mamlakatda O‘qituvchilar kuni bayram sifatida nishonlanmaydi, pedagoglar

uchun eng yaxshi minnatdorchilik

itoatkorlik va o‘qishdagi tirishqoqlikdir.

O‘qituvchilarga ta’zim qilib salom beriladi, maktabda tarbiya o‘ta qat’iy, bolalarni esa,

birinchi navbatda jamiyatda amal qiladigan odob-

axloq qoidalariga o‘qitishadi,

bu qoidalar ta’lim tizimida sovg‘alar berishni nazarda tutmaydi [16].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

128

O‘zbekiston Respublikasida (MDH mamlakatlarida) o‘qituvchilar, sinf rahbarlari,

maktab ma’muriyatini tabriklash qadimiy an’analarga ega. Sovg‘alar o‘ta turli

-tuman:

konfetlar va gullardan tortib sovg‘a sertifikatlari va maishiy texnikagacha bo‘lishi mumkin,

hammasi ota-

onalarning xohishi va imkoniyatlariga bog‘liq. Bunda ularning sharafiga sovg‘a

berish mumkin bo‘lgan ko‘plab sabablar va sanalar mavjud: tug‘ilgan kun, O‘qituvchilar kuni,

8-

mart, Yangi yil, “So‘nggi qo‘ng‘iroq”, bitiruv kechasi va hokazolar. Shuningdek, esdalik

sovg‘alar taqdimoti bilan qimmatbaho restoranlarda o‘tkaziladigan bitiruv kechalarida ota

-

onalar hisobidan maktab yoki oliy o‘quv yurti ma’muriyati hamda o‘qituvchilarini taklif

qilish odatiy holdir. Bu ayniqsa keyingi 25 yilda keng tarqalgan voqelikka aylangan. Ko‘pgina

ota-

onalar bolalarini obro‘li maktablar yoki oliy o‘quv yurtlariga joylashtirish, davomati past

o‘quvchilarga e’tibor qaratish uchun “qanday qilib minnatdorchilik bildirishni” yaxshi

bilishadi. Aksariyat umumta’lim muassasalarida bu hodisa keng tarqalmagan, chunki ota

-

onalar mos keluvchi moddiy imkoniyatlarga ega emas, biroq an’anaviy konfetlar, guldastalar,

o‘zlari yasagan buyumlarni o‘quvchilar va talabalar turli bayramlarda muntazam ravishda

olib kelishadi [17].

Biz yuqorida umuman mamlakatda, xususan, ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi

kurashish samaradorligini oshirish uchun O‘zbekiston qonunchiligiga qanday

o‘zgartirishlar kiritish zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdik. Endi e’tiborni ta’lim

muassasalarida axloq kodekslarni joriy qilish mexanizmiga qaratamiz, xorijiy

mamlakatlar bu boradagi amaliyotini tadqiq qilish bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqotimizning

ko‘rsatishicha, mamlakatning ta’lim tizimida korrupsiya darajasini pasaytirish imkonini

beradi. Ilmiy hamjamiyatda keyingi o‘n yillikda ta’lim tizimi xodimining “axloqiy

layoqatliligini” kasbiy standartlar qismiga kiritish tashabbusi tez

-tez muhokama

qilinmoqda. Bunday taklifni, xususan, I.A.Zimnyaya [18] bergan. Unga ko‘ra, pedagog

xodim hurmat namunasiga ega bo‘lishi, tarbiya, ma’lumot va xulq

-atvor va kasbiy

muloqotning yuqori darajasi bilan ajralib turishi lozim. Boshqacha qilib aytganda,

o‘qituvchi (pedagog) pedagogik faoliyat sub’yekti sifatida kasbiy, ma’naviy va psixologik

fazilatlar majmuasini o‘zida mujassamlashtirishi lozim.

Pedagogik xodimlarning “axloqiy layoqatliligi” muammosiga L.M.

Sharovaning [19]

qarashi qiziqarli. U ta’lim tizimi xodimlari kasbiy layoqatliligining tuzilishini ma’lum bir

kasbiy-

axloqiy model deb hisoblaydi. Mazkur modelga kasbiy va axloqiy, o‘qituvchining

kasbiy nuqtai nazari to‘g‘risidagi psixologik, kasbiy

-

pedagogik mahorati, o‘qituvchining

ma’naviy

-

psixologik sifatlari va uning kasbiy axloqi to‘g‘risidagi psixologik va axloqiy

bilimlari kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi [20] Qonunida o‘qituvchilarning

axloqi bilan bog‘liq huquqiy norma mavjud bo‘lib, o‘qituvchilar o‘z faoliyatida ularni hisobga

olishlari lozim (46-moddaning 10-

bandi: “

Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga

oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi

”).

Shu munosabat bilan aytish mumkinki, pedagoglar odob-

axloqi hozirgi kunda ma’naviy

-

huquqiy kategoriya hisoblanadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, ta’lim tizimi normativ

-

huquqiy asosining yangilanishi axloq ta’lim tashkilotining boshqaruv organlari nazorati

ostida bo‘lishiga olib kelgan. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida pedagoglarning

axloqiy normalari ko‘rsatilgan ichki (lokal) hujjatlar ishlab chiqilishi va qo‘llanishi lozim.

Turli toifadagi ta’lim tashkilotlari (maktabgacha, o‘rta, oliy va b.) uchun namunaviy

axloq kodeksi foydali bo‘lishi mumkin. Shuningdek, turli ta’lim muassasalari xodimlariga

uslubiy qo‘llab

-

quvvatlashni ta’minlash ham muhim bo‘lib hisoblanadi. Bu mos keluvchi

faoliyatning mavjud tajribasini umumlashtirish va ta’lim tizimiga ko‘proq muvaffaqiyatli

maqbul ishlanmalarni joriy qilish imkonini beradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

129

Pedagogik xodimlarning axloq kodekslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

[21], O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va davlatning boshqa
amaldagi qonun hujjatlariga, shu jumladan, inson va bola huquqlari to‘g‘risidagi
qoidalarga, umuminsoniy axloqiy tamoyillarga (adolatlilik, mas’uliyatlilik, birdamlik,

demokratiklik va hamjihatlik) asoslanishi kerak.

Shuni qayd qilamizki, ilmiy hamjamiyat pedagog xodimlarning axloq kodekslarini

ishlab chiqish bilan faol tarzda shug‘ullana boshlaganiga unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q,
shu sababli mazkur normativ hujjatlar oddiy. Ular buzilgan taqdirda qat’iy jazo
choralarini o‘z ichiga olmaydi. Umuman olganda, pedagoglarning axloq kodeksi adolatli

va ishonchli munosabatlar madaniyatini shakllantirishga, kasbiy pedagogikaning yuqori

darajasini qo‘llab

-

quvvatlash, kasbiy sha’ni va inson qadr

-qimmatini himoya qilish,

yagona ta’lim jarayoni barcha qatnashchilarining o‘zaro munosabatlar siyosatini tartibga

solishga qaratilgan.

Pedagogik xodimlarning axloq kodeksini tuzilishi jihatdan bir nechta asosiy

bo‘limlarga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ular o‘zgaruvchi (variativ) nomlarga ega
bo‘lishi mumkin, ammo mohiyatiga ko‘ra bitta narsani ifodalashi lozim:

I bo‘lim

da mazkur hujjatda foydalaniladigan asosiy tushunchalar va ularning

ta’riflarini, jumladan, pedagogik faoliyatning axloqiy, ma’naviy normalari hamda

tamoyillari keltiriladi;

II bo‘lim

pedagogning shaxsiyati va kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni o‘z

ichiga oladi. Unda, xususan, pedagog o‘quvchilar uchun namunaga aylanishga intilishi
lozimligi xususida gap boradi (pedagogning obro‘yi oliy kasbiy qadriyatga aylanishi
lozim). Shu munosabat bilan u o‘ziga yuqori talablar qo‘yishi, har qanday sharoitda ham
o‘zini qo‘lga ola bilishi va axloqsiz xatti

-

harakatlardan o‘zini tiya olishi lozim.

III bo‘lim

o‘qituvchining o‘quvchilar, hamkasb pedagoglar, o‘quvchilarning ota

-

onalari, ta’lim muassasasining ma’muriyati bilan o‘zaro kasbiy munosabatlarining o‘ziga
xos xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lishi lozim. Maktab o‘quvchilari bilan muloqotlar

hurmat, mehribonlik, talabchanlik, xolislik asosida qurilishi lozim. Pedagog millat, jins,

diniy e’tiqod, yoshi va boshqa belgilaridan kelib chiqib o‘quvchilarning sha’ni va qadr

qimmatini kamsitishga haqli emas.

IV bo‘lim

axloq kodeksining qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish va ularni

buzganlik uchun javobgarlikni o‘z ichiga oladi [22].

Umuman olganda, ushbu tuzilma bo‘yicha pedagog xodimlarning barcha axloq

kodekslari ishlab chiqiladi, ammo ularning ba’zi bir qoidalari batafsil va alohida
tavsiflangan bo‘lsa, bo‘limlarning soni ko‘proq bo‘lishi mumkin. N.Ye.

Popova va

O.A.Yereminalar tomonidan taklif qilingan axloq kodeksning tuzilmasini tahlil qilish

shuni ko‘rsatadiki, unda sovg‘alar berish amaliyotini tartibga soluvchi bo‘lim mavjud

emas.

Pedagog xodimlarning axloq kodeksi ta’lim tashkilotining ichki normativ

hujjatlariga kiradi. Ta’lim muassasalarining ichki normativ hujjatlari O‘zbekiston
qonunchiligi va ish beruvchilarning ta’sis hujjatlarida boshqaruv, xodimlar, moliyaviy

-

xo‘jalik va boshqa faoliyatini tartibga solishga qaratilgan umumiy xususiyatdagi
qoidalarni belgilovchi ichki hujjatlarda aks ettirilgan vakolatlarga muvofiq ta’lim

tashkilotlarining boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

130

Shunga e’tiborni qaratamizki, ta’lim muassasalarida ichki hujjatlarni yagona ishlab

chiqishning aniq tartibi qonunchilik bilan o‘rnatilmagan, shu bois barcha ta’lim

tashkilotlari mazkur tartibni o‘zlari mustaqil ravishda belgilaydi.

Maktabda sovg‘a berish bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, pedagog xodimning

axloq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish –

berilgan ichki hujjatda ta’lim tashkilotida

sovg‘alar berish qoidalarini tartibga soladigan bo‘limni ishlab chiqish va qabul qilish

maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bu bo‘limda biz ta’lim muassasalarining xodimlari qabul qilishi mumkin bo‘lgan

sovg‘alarning eng kam miqdorini aks ettirishni taklif qilamiz (masalan, Rossiyada

sovg‘aning qiymati 3000 rubldan oshiq bo‘lishi mumkin emas). Qimmatroq sovg‘alarni

qabul qilish xodim tomonidan ta’lim tashkilotining rahbari bilan kelishilishi yoki

muassasaga qilingan sovg‘a sifatida ma’muriyatga topshirilishi lozim. Bunday sovg‘alar,

masalan maktab muzeyida saqlanishi yoki ulardan o‘qitish jarayonida foydalanilishi

mumkin (agar bu o‘quv quroli bo‘lsa). Pedagoglar qabul qilishi mumkin bo‘lgan qimmat

bo‘lmagan sovg‘alarga quyidagilar kiradi: gullar, konfetlar, kanselyariya tovarlari va b.

Shu bois kelgusida ziddiyatli vaziyatlardan qochish uchun mazkur masalani tartibga

solish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Amalda, maktab (oliy o‘quv yurti) nishonlaydigan

bayramlar va unutilmas sanalarni, milliy madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan

bog‘liq

ta’lim tashkilotida mavjud bo‘lgan an’analarni va sovg‘alar berish amaliyotini

axloq kodeksida belgilash zarurligini bildiradi. Hujjatda xodim olishi mumkin bo‘lgan

sovg‘alarning aniq ro‘yxatini ko‘rsatish lozim bo‘ladi. Bu oxir

-oqibatda axloq kodeksini

ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari uchun sovg‘alar berish madaniyatini

shakllantiradigan muhim vositaga aylantiradi.

Biz ta’lim tashkilotida sovg‘alar berish amaliyotini tartibga solish to‘g‘risidagi

bo‘limning taxminiy matnini keltiramiz. Har bir ta’lim muassasasi mazkur bo‘limdagi

qoidalarning tafsilotlarini (detallarini) pedagogik kengash, OTM Kengashi va hokazolarda

muhokama qilishi mumkin. Yo‘l qo‘yiladigan qiymatdagi sovg‘alarning turini kengaytirish

yoki qisqartirish mumkin, qimmatbaho sovg‘alarni qabul qilish va ularni ta’lim

tashkilotiga topshirish yoki bunday sovg‘alarni qabul qilishdan to‘liq bosh tortish

qoidalarini batafsilroq ifodalash mumkin. Agar ta’lim muassasasida axloq kodeksi

mavjud bo‘lmasa, sovg‘a berishni tartibga solish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi

uni ishlab chiqish va qabul qilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, axloq kodeksini ishlab chiqish, qabul qilish hamda ta’lim

tashkilotida sovg‘a berishni tartibga soluvchi bo‘limni yaratish algoritmini loyihalashni,

bizning nazarimizda, quyidagicha ifodalash mumkin:

Birinchi qadam. Ishlab chiqish:

tartibga solishni talab qiladigan normalar,

maktab an’analarining tamoyillarini aniqlashni nazarda tutadi. Ta’lim tashkiloti rahbari

ular bo‘yicha ichki hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlashda zarur bo‘ladigan masalalarni

aniqlaydi hamda tahlil qiladi. Amaliy faoliyatda tegishli ehtiyoj va masalalar doirasi

pedagogik va OTM Kengashlari majlislarida aniqlanadi.

Bu bosqichda muammolar va xatolarni aniqlash vositasi axloq kodeksini tahlil qilish,

aqliy hujum bo‘lishi mumkin.

Ikkinchi qadam. Loyihalash:

sovg‘a berish amaliyotini tartibga soladigan ishchi

qoida yoki bobini kichik guruhlarda ishlab chiqish va muhokama qilish. Mazkur

bosqichda axloq kodeksining ta’lim muassasasida sovg‘a berish amaliyotini tartibga

soluvchi bobi ishlab chiqiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari,

jumladan, ota-

onalar jamoatchiligi, maktabning vasiylik kengashi yoki oliy ta’lim

muassasasining o‘zaro harakatlarini o‘z ichiga oladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

131

Loyihalash vositasi yordamida korporativ madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlari,

an’analari va ta’lim tashkilotining sovg‘a berish amaliyotini hisobga oladigan bo‘lim ta’sis

etiladi. Shu bilan birga axloq kodeksi qoidalari hamma uchun tushunarli va amalda

bajariladigan bo‘lishi lozim. Pedagogik kengashda sovg‘a berish amaliyotini tartibga
soluvchi bo‘limni ishlab chiqishni kimga topshirish (ishchi guruh tarkibiga kimni kiritish)
mumkinligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish mumkin. Jarayonga

ota-

onalar, o‘quvchilar va keng jamoatchilikni jalb qilish mumkinligi, agar shunday bo‘lsa,

ularning ishtirok etish tartibini aniqlab olish muhim bo‘ladi.

Pedagogik kengashning (yig‘ilishning) bayonnomasida ishchi guruhni

shakllantirish, uning tarkibi, joyi, pedagogik xodimning axloq kodeksi loyihasini yoki

oldindan mavjud bo‘lgan ichki hujjatga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini ishlab chiqish
bosqichlari va muddatlari to‘g‘risida qabul qilingan qaror ko‘rsatilishi lozim. Ta’lim

muassasasining rahbari shu asosda tegishli buyruq chiqaradi.

Amalga oshirish vositalari:

loyihalashtirish, yaratish to‘g‘risida buyruq.

Uchinchi qadam. Muhokama qilish:

mazkur bosqichda jamoa bilan bevosita ish

olib boriladi. Ishchi guruh mazkur masala borasida ta’lim muassasasining barcha
sub’

y

ektlarining fikrini hisobga olishi muhim bo‘ladi. Ishchi guruh aniq belgilangan

muddatlarda ishchi loyihani tahrir qilishi lozim. Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan

ichki hujjat loyihasini (yoki unga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini) muhokama qilish
pedagogik va OTM Kengashi yig‘ilishida amalga oshiriladi (agar muhokamaga ta’lim
muassasasi xodimlaridan tashqari ko‘pgina boshqa odamlar ham tortilgan bo‘lsa,

ommaviy eshitishlar formati tanlanishi mumkin). Ishlab chiqilgan ichki hujjat loyihasini
muhokama qilishning barcha ishtirokchilariga ushbu hujjat matnining nusxasi taqdim
etilishi lozim.

Muhokama jarayonida uning barcha ishtirokchilari hujjat loyihasi bo‘yicha o‘z

takliflarini bildirishi mumkin. Bunda ishlab chiqilgan loyihaning qoidalarida bu takliflarni

hisobga olishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi zarur. Pedagogik
kengashning yig‘ilishi yoki ommaviy eshitish yakunlari bo‘yicha bayonnoma
rasmiylashtiriladi, shu asosda ishchi guruh ichki hujjat loyihasiga o‘zgartirishlar kiritadi
(agar tegishli takliflar tushgan bo‘lsa). Ishchi guruh o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan ichki
hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun ta’lim muassasasining rasmiy saytiga
joylashtirishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining

4-

moddasi ta’lim faoliyati sohasida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini o‘z ichiga oladi).

Amalga oshirish vositalari: seminar,

ishbilarmonlik o‘yinlari, ommaviy eshitishlar

.

To‘rtinchi qadam

. Joriy qilish:

loyihani (sovg‘a berish amaliyotiga oid ishlab chiqilgan

bo‘lim) amaliyotga joriy qilishni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda axloq kodeksi loyihasini amalga
oshiradigan ishchi guruh vakillaridan xolis ma’lumotlarni olish muhim bo‘ladi.

Amalga oshirish vositalari: amaliy faoliyat va faoliyatni tahlil qilish.

Beshinchi qadam. Tasdiqlash:

ishlab chiqilgan ichki hujjat loyihasini yoki unga

o‘zgartirishlar kiritishni tasdiqlash muassasaning pedagogik va OTM Kengashlarida
amalga oshiriladi va “Hujjatni tasdiqlash vizasi” munosabat belgisi (viza) bilan
rasmiylashtiriladi. Ushbu munosabat belgisi hujjatga viza qo‘ygan shaxsning imzosi uning
familiyasi, ismi, sharifi va lavozimini, imzo qo‘yilgan sanani o‘z ichiga oladi. Kelishuv
jarayonidan keyin hujjat loyihasi tasdiqlash uchun ta’lim muassasasi rahbariga

yuboriladi. Ichki normativ hujjat ish beruvchi uni qabul qilgan kundan yoki mazkur

hujjatda ko‘rsatilgan kundan boshlab kuchga kiradi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

132

Ta’lim muassasasining rahbari ichki hujjatlarni quyidagi usullar bilan qabul qilishi

mumkin:

tasdiqlash;

ichki hujjatni tasdiqlash to‘g‘risida buyruq (farmoyish) chiqarish;

Xodimlar imzo qo‘yish bilan muassasada qabul qilinadigan va ularning mehnat

faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan barcha ichki normativ hujjatlar bilan tanishtirilishi

lozim.

Amalga oshirish vositalari: ichki hujjatni tasdiqlash to‘g‘risida buyruq.

Ta’lim muassasalarida sovg‘a berish qoidalari to‘g‘risidagi bo‘limni o‘zida qamrab

oladigan pedagog xodimlarning axloq kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida

ishni ma’lum bir algoritmga muvofiq tashkil qilish muhim bo‘ladi. Bu jarayonni barcha

manfaatdor tomonlar uchun tushunarli, aniq va izchil, ularning fikrlarini hisobga olgan

holda amalga oshiradi. Buning ustiga, ushbu algoritm ta’lim jarayoni qatnashchilarining
o‘zaro munosabatlari natijasida vujudga keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish imkonini
beradi. Ta’lim muassasasida sovg‘alar berish qoidalari bo‘limi mavjud bo‘lgan pedagogik

xodimning axloq kodeksi munosabatlarni barqarorlashtirishga, nizolar va
qonunbuzarliklarni bartaraf etishga, jamoani va muassasadagi pedagogik jarayonni
boshqarishga yordam beradi, normalarni ishlab chiqish faoliyatida ishtirok etish

doirasida turli fikrlarni hisobga olish imkoniyatini ta’minlaydi.

Shunday qilib, ilmiy adabiyotlarda faoliyat turlari bo‘yicha ta’limdagi

korrupsiyaning quyidagi turlari keltirilgan: ta’lim jarayonidagi vakolat

-vazifalar bilan

bog‘liq korrupsiya; soliq va mulkka nisbatan nomunosib kasbiy xatti

-harakatlarning

natijasi bo‘lgan tovar

-moddiy boylik va

xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq korrupsiya.

Shuningdek, korrupsiyaning yirik (masalan, ob’yektlar qurilishida) va mayda (ayrim

mansabdor shaxslarga, jumladan, pedagog-

o‘qituvchilarga pora berish) guruhlarga

ajratish ham amal qiladi.

Ushbu tadqiqotda biz ta’lim tizimidagi korrupsiyaning sovg‘a sifatidagi ko‘rinishiga

alohida e’tibor qaratdik, chunki sovg‘a berish amaliyoti O‘zbekistonning ta’lim
muassasalarida keng tarqalgan va shu bilan birga, dunyodagi ko‘pgina davlatlardan farqli
o‘laroq, hech qanday tarzda qonunchilik bilan tartibga solinmagan (cheklanmagan).
Sovg‘a –

bu boshqaruv toifasi, chunki odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning va

tashkilotlarda korporativ madaniyatni shakllanishiga ta’sir qiladi. Ilmiy adabiyotlarda
ko‘plab maxsus tadqiqotlar keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga va
“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga davlat xizmatchilari va budjet sohasi
xodimlari tomonidan (shu jumladan, ta’lim sohasi ham) sovg‘alar qabul qilishda bir qator
qonuniy cheklovlarni, shuningdek, har bir ta’lim muassasasining pedagog xodimlarining

axloq kodekslariga tegishli normalarni kiritish zarur edi, deb hisoblaymiz.

Hozirgi kunda ilmiy hamjamiyat tomonidan ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi

kurashish bo‘yicha ko‘pgina samarali mexanizmlar ishlab chiqilgan va qo‘llanilmoqda.

Ular monitoring, nazorat qilish, huquqbuzarlikning oldini olish, huquqiy vositalarni

qo‘llash tizimlariga asoslanadi. Biroq bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
muassasalarida pedagog xodimlarning axloq kodekslari yo‘q. Holbuki, ular g‘arb
mamlakatlarida o‘ta samarali amal qilmoqda. Pedagogik xodimning axloq kodeksini
(ta’lim muassasalarida sovg‘a berish amaliyotini tartibga solish to‘g‘risidagi bo‘limni o‘z
ichiga oladigan) ishlab chiqish, qabul qilish va unga o‘zgartirishlar kiritish algoritmi

pedagog xodimlar kasbiy etikasining barcha jihatlarini batafsil tartibga solish imkonini


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

133

beradi. Bu hujjatda keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi va ixchamligini, shuningdek,
pedagoglarni u bilan tanishtirganda idrok etishning qulayligi va ko‘rgazmaliligini
ta’minlaydi. Umuman olganda, ta’lim muassasasida axloq kodeksini ishlab chiqish jiddiy
va mas’uliyatli ish ekanligiga e’tiborni qaratamiz, chunki ushbu hujjatda pedagogning

kasbiy faoliyatida axloqiy xulq-

atvorining barcha mumkin bo‘lgan jihatlarini ko‘rsatish

muhim ahamiyatga ega. Kodeksning qoidalari hamma uchun tushunarli, amaliy jihatdan

bajariladigan bo‘lishi, hujjatning alohida qoidalariga rioya qilinishi lozim, shunda ular

buzilgan taqdirda javobgarlik yuzaga keladi. Bunda axloq kodeksining joriy etilishi

O‘zbekiston ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi samarali

mexanizmiga aylanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Макарова М.Н. Проблема коррупции в высшем образовании: взгляд

студентов // Право и жизнь. –

2019.

№ 5. –

С.

61.

2.

Поляков М.М. Противодействие коррупции в сфере высшего образования и

научно

-

исследовательской деятельности // Актуальные проблемы российского

права. –

2016.

№ 11. –

С.

59.

3.

Агафонова М.С., Берегович К.А. Управленческая деятельность: ее

особенности, структура и характерные черты // Научно

-

методический

электронный журнал “Концепт”

.

2017.

Т.2. –

С. 438. [Электрон ресурс]. URL:

http://e-koncept.ru/2017/570086.htm (

мурожаат қилинган сана

: 15.09.2021).

4.

Васюхин В.А. Долгосрочная инвестиция: как бизнес

-

подарки укрепляют

деловые отношения //

Fashion Tech Day

. [Электрон ресурс].

URL:

https://newretail.ru/business/dolgosrochnaya_investitsiya_kak_biznes_podarki_ukreply
ayut_delovye_otnosheniya8325/ (

мурожаат қилинган сана

: 15.09.2021).

5.

Барышев А.Д. Основы современного менеджмента.

М.: Просвещение,

2016.

С.

51-52.

6.

Быстрова Т.Ю. Сувениры и подарки как элементы корпоративной культуры и

бизнес

-

коммуникаций // Человек в мире культуры. 2013. Ь –

№3.

С.

21.

7.

Ильин В.И. Потребление как дискурс. –

СПб: Интерсоцис,

2008.

С.

273.

8.

Ильин В.И. Подарок как социальный феномен. Тезисы лекции. М.: Центр

социологического образования при институте социологии РАН, 2001. [Электрон
ресурс].

URL: http://www.acapod.ru/1227.html?printable=y (

мурожаат қилинган

сана:

15.09.2021).

9.

Бикеев И.И. Проблемы отграничения взятки от подарка: практика и

тенденции // Актуальные проблемы экономики и права. 2013. –

№ 1.

С.

248-249.

10.

Oʻsha joyda. –

S. 245-246.

11.

Тархов Г.А. Современные методы противодействия коррупции в

зарубежном праве. –

М.: Право, 2016. –

С.

56-58.

12.

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat fuqar

o

lik xizmati toʻgʻrisidagi”

Qonuni

maʼqulla

ndi // Lex.uz. [Elektronniy resurs]. URL: https://lex.uz/uz/docs/6145972

(murojaat qilingan sana: 27.09.2022).

13.

Запретные подарки учителям в школах Германии: как безобидный презент на

1 сентября может привести к увольнению // News.ru, 03.09.2018. [Электронный ресурс].

URL:

https://www.newsru.com/world/03sep2018/germany_1sept.html

(

мурожаат

қилинган сана

: 13.10.2018).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

134

14.

Запретные подарки учителям в школах Германии: как безобидный презент

на 1 сентября может привести к увольнению //

News.ru

, 03.09.2018. [Электрон ресурс].

URL:

https://www.newsru.com/world/03sep2018/germany_1sept.html

(

мурожаат

қилинган сана

: 13.10.2018).

15.

Дегтерева Е. Обзывать учителей можно, дарить подарки

нет: как учатся

русские дети за рубежом //

Mir24.tv

. 01.09.2017. [Электрон ресурс]. URL:

https://mir24.tv/articles/16265400/obzyvat-uchitelei-mozhno-darit-podarki-net-kak-
uchatsya-russkie-deti-za-rubezhom (

мурожаат қилинган сана

: 13.10.2018).

16.

Елкина В.С. Этикет подарка в Японии. М.: Слово, 2010. –

С.

73.

17.

Малков М.А. Проблема коррупции в современной системе образования.

М.: Право, 2015. –

С.

65-67.

18.

Зимняя И.А. Проблемы правовой регламентации профессиональной

этики педагогических работников. –

М.: Мысль,

2016.

С.

21-22.

19.

Шарова

Л.М.

Основы

профессиональной

компетентности

педагогического работника. –

М.: Слово, 2014. –

С.

36-38.

20.

O

ʻ

zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O

ʻ

RQ-637 sonli

Ta

ʼ

lim

to

ʻ

g

ʻ

risida

gi Qonuni // Lex.uz. [Elektron resurs]. URL: https://lex.uz/ru/docs/5013009

(murojaat qilingan sana: 15.09.2021).

21.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 08.12.1992 // Lex.uz. [Elektron

resurs]. URL: https://lex.uz/docs/35869 (murojaat qilingan sana: 15.09.2021).

22.

Попова Н.Е., Еремина О.А. Профессиональный стандарт «Педагог»: от

теории к практике // Педагогическое образование в России.

2017.

№3. –

С.

17-18.

Библиографические ссылки

Макарова М.Н. Проблема коррупции в высшем образовании: взгляд студентов // Право и жизнь. – 2019. – № 5. – С. 61.

Поляков М.М. Противодействие коррупции в сфере высшего образования и научно-исследовательской деятельности // Актуальные проблемы российского права. – 2016. – № 11. – С. 59.

Агафонова М.С., Берегович К.А. Управленческая деятельность: ее особенности, структура и характерные черты // Научно-методический электронный журнал “Концепт”. – 2017. – Т.2. – С. 438. [Электрон ресурс]. URL: http://e-koncept.ru/2017/570086.htm (мурожаат қилинган сана: 15.09.2021).

Васюхин В.А. Долгосрочная инвестиция: как бизнес-подарки укрепляют деловые отношения // Fashion Tech Day. [Электрон ресурс]. URL: https://newretail.ru/business/dolgosrochnaya_investitsiya_kak_biznes_podarki_ukreplyayut_delovye_otnosheniya8325/ (мурожаат қилинган сана: 15.09.2021).

Барышев А.Д. Основы современного менеджмента. – М.: Просвещение, 2016. – С. 51-52.

Быстрова Т.Ю. Сувениры и подарки как элементы корпоративной культуры и бизнес-коммуникаций // Человек в мире культуры. 2013. Ь – №3. – С.21.

Ильин В.И. Потребление как дискурс. – СПб: Интерсоцис, 2008. – С. 273.

Ильин В.И. Подарок как социальный феномен. Тезисы лекции. М.: Центр социологического образования при институте социологии РАН, 2001. [Электрон ресурс]. URL: http://www.acapod.ru/1227.html?printable=y (мурожаат қилинган сана: 15.09.2021).

Бикеев И.И. Проблемы отграничения взятки от подарка: практика и тенденции // Актуальные проблемы экономики и права. 2013. – № 1. – С. 248-249.

Oʻsha joyda. – S. 245-246.

Тархов Г.А. Современные методы противодействия коррупции в зарубежном праве. – М.: Право, 2016. – С. 56-58.

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisidagi” Qonuni maʼqullandi // Lex.uz. [Elektronniy resurs]. URL: https://lex.uz/uz/docs/6145972 (murojaat qilingan sana: 27.09.2022).

Запретные подарки учителям в школах Германии: как безобидный презент на 1 сентября может привести к увольнению // News.ru, 03.09.2018. [Электронный ресурс]. URL: https://www.newsru.com/world/03sep2018/germany_1sept.html (мурожаат қилинган сана: 13.10.2018).

Запретные подарки учителям в школах Германии: как безобидный презент на 1 сентября может привести к увольнению // News.ru, 03.09.2018. [Электрон ресурс]. URL: https://www.newsru.com/world/03sep2018/germany_1sept.html (мурожаат қилинган сана: 13.10.2018).

Дегтерева Е. Обзывать учителей можно, дарить подарки - нет: как учатся русские дети за рубежом // Mir24.tv. 01.09.2017. [Электрон ресурс]. URL: https://mir24.tv/articles/16265400/obzyvat-uchitelei-mozhno-darit-podarki-net-kak-uchatsya-russkie-deti-za-rubezhom (мурожаат қилинган сана: 13.10.2018).

Елкина В.С. Этикет подарка в Японии. М.: Слово, 2010. – С. 73.

Малков М.А. Проблема коррупции в современной системе образования. М.: Право, 2015. – С. 65-67.

Зимняя И.А. Проблемы правовой регламентации профессиональной этики педагогических работников. – М.: Мысль, 2016. – С. 21-22.

Шарова Л.М. Основы профессиональной компетентности педагогического работника. – М.: Слово, 2014. – С. 36-38.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637 sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni // Lex.uz. [Elektron resurs]. URL: https://lex.uz/ru/docs/5013009 (murojaat qilingan sana: 15.09.2021).

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 08.12.1992 // Lex.uz. [Elektron resurs]. URL: https://lex.uz/docs/35869 (murojaat qilingan sana: 15.09.2021).

Попова Н.Е., Еремина О.А. Профессиональный стандарт «Педагог»: от теории к практике // Педагогическое образование в России. 2017. – №3. – С. 17-18.