Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Issues of improving the spirituality of youth in the mahalla
Dilshodbek KOMILOV
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
The article reveals the importance of effectively solving the
problems of raising the spirituality of youth in the mahalla with
the help of scientific literature and articles in periodicals. Also,
increasing the role of citizens
’
self-governance bodies in
effectively solving issues related to the youth
’
s spirituality, issues
of citizens
’
meetings representing the interests of the youth were
considered and analyzed.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp116-120
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
mahalla,
youth,
spirituality,
politics,
mass culture,
value.
Mahallada yoshlar
ma’naviyatini
yuksaltirish masalalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
mahalla,
yoshlar,
ma’naviyat,
siyosat,
ommaviy madaniyat,
qadriyat.
Mazkur maqolada mahalladagi yoshlar
ma’naviyatini
yuksaltirish
muammolarini samarali hal etish ahamiyati ilmiy adabiyotlar va
davriy nashrlardagi maqolalar misolida ochib berilgan. Shuningdek,
yoshlar
ma’naviyatiga
molik masalalarni samarali hal etishda
fuqarolarning
o‘zini
o‘zi
boshqarish organlarining rolini oshirish,
fuqarolar
yig‘inlarining
yoshlar manfaatlarini ifodalovchi masalalari
ham
ko‘rib
chiqilib, tahlil qilingan.
Вопросы
повышения
духовности
молодежи
в
махалле
АННОТАЦИЯ
Ключевые
слова:
махалля,
молодежь,
духовность,
политика,
массовая
культура,
ценности.
Статья
подчеркивает
значимость
эффективного
подхода
к
укреплению
духовных
ценностей
среди
молодежи
в
махалле
через
активное
использование
научных
трудов
и
публикаций
в
периодических
изданиях.
Освещается
также
значимая
роль
органов
местного
самоуправления
в
решении
проблем
духовного
развития
молодежи,
что
иллюстрируется
на
примере
анализа
сходов
граждан,
где
обсуждаются
интересы
и
потребности
молодых
людей.
1
Basic Doctoral Student, Department of History of Uzbekistan, Andijan State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
117
Dunyo hamjamiyatida
ma’naviy
tahdidlarning xavfi kun sayin ortib borayotgan bir
davrda mustaqil va
sog‘lom
fikrlaydigan yoshlarni ajdodlarga yuksak hurmat ruhida
tarbiyalash va ularga munosib
bo‘lishga
intiladigan avlodni tarbiyalash respublikamizda
davlat siyosati darajasiga olib chiqildi, bu jarayonda faol ishtirok etish har birimizning
muqaddas burchimizdir. Bugungi kunda dunyo miqyosida kechayotgan globallashuv
jarayonlari XX asrning oxiri XXI asr boshlarida butun yer yuzidagi barcha xalqlar va
millatlar taraqqiyoti uchun, shuningdek, yosh avlod uchun misli
ko‘rilmagan
imkoniyatlar
yaratib berganini hech kim inkor etolmaydi. Bu boradagi fan va texnikaning
ilg‘or
yutuqlaridan zamonaviy axborot
–
kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, internet
tizimlari turli davlatlar va mintaqalar
o‘rtasidagi
o‘zaro
hamkorlik va integratsiya rivojiga
juda katta hissa
qo‘shayotganiga
bugun barchamiz guvohi
bo‘lmoqdamiz.
Yoshlarimizni
yuksak
ma’naviy
-axloqiy ruhda tarbiyalash, ularda
ma’naviy
jasorat
tuyg‘usini
shakllantirish turli mafkuraviy-
ma’naviy
tahdidlardan himoya qilishning muhim omilidir.
Hozirgi davrda global muammolarning bevosita davom etishi, ijtimoiy, iqtisodiy hayotda
bo‘lishning,
ayniqsa, jamiyat hayotining yalpi axborotlashuvi tarkibiy qisimini
informatsion madaniyatning inson faoliyatidagi
o‘rnini
tashkil etadi. Axborot
texnologiyalari fuqarolik jamiyatining barcha qirralarini egallab, jamiyat hayotini tobora
zamonaviylashuvini,
takomillashuvini
ta’minlamoqda.
Axborot
texnologiyalari
fundamental, ijtimoiy gumanitar fanlarning so‘nggi yutuqlaridan unumli foydalangan
holda, barcha fanlarning muntazam rivojlanishiga shart-sharoit yaratadi [1].
Ommaviy madaniyat mazmunini zamonaviy sanoat ishlab chiqarilishi, kino-
televideniye, kitoblar, gazetalar, jurnallar, sport, turizm va hokazolar tashkil etadi. U
mahsulotlarni iste’mol qilish
–
ommaviy iste’moldir, chunki mazkur madaniyatni iste’mol
qiladigan auditoriya
–
katta zallar, stadionlar, kinoekran, televideniye ishqibozlaridan
iborat bo‘lgan
ommaviy
auditoriyadir. Bugungi kunda ko‘pchilik yoshlar odobni, kiyinish,
muomala madaniyatini asosan ommaviy madaniyat orqali o‘zlashtirmoqda.
Dunyodagi har bir xalqning o‘ziga xos an’analari,
urf-odatlari milliy qadriyatlari
mavjud. Muayyan zaminda kurtak ochib, necha yuz yillar davomida shakllangan va sayqal
topgan ma’naviy mezonlar shu millatning, shu xalqning bebaho boyligi hisoblanadi.
Hayotimizga shiddat bilan kirib kelayotgan texnika va texnologiya, globallashuv jarayonlarida
bunday boylikning mohiyatini yanada chuqurroq anglash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bugun
keskin tus olayotgan “ommaviy madaniyat” ham ma’naviy tahdidlardan biridir.
Zamonaviylik, tezkor taraqqiyot bilan hamqadam bo‘lish yoshlarimizning hayot
tarziga aylanib bormoqda. Albatta, bu quvonarli hol. Chunki bir nechta tilda bemalol
so‘zlasha olish, internet olamiga kirib dunyo yangiliklaridan boxabar bo‘lish
imkoniyatining mavjudligi ularning bilimi, dunyoqarashi kengayotganidan darak beradi.
Biroq globallashuv jarayonlarida turli g‘oyalar kurashi, axborot xurujlari, mafkuraviy
tazyiqlar tobora avj olayotgani sir emas. Bugun arzimasdek ko‘ringan kichik xabar ham
ham odamlarni
ng, ayniqsa yoshlarning hayotini o‘zgartirishga qodir kuch bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda dunyoda demokratiya va erkinlik, oshkoralikning “yagona standart”ini
zo‘r berib targ‘ib qilayotgan buzg‘unchi kuchlar insonlar ongiga ta’sir ko‘rsatishning turli
yo‘llaridan foydalanishga harakat qilmoqda. Ana shu yo‘lda juda muhim vazifani
–
inson
ma’naviyatini yo‘qotish orqali uni bo‘ysundirishga xizmat qiladi. Ularning fikricha,
har bir
millat, mamlakatning milliy madaniyati, ma’naviyati va qadriyatlari “eskilik sarqiti” bo‘lib,
ular “ko‘z
-
ko‘z” qilayotgan “madaniyat” esa inson huquqlarini ch
eklamaydigan, har kim
erkinligidan bemalol foydalanishga asoslangan
deb targ‘ib qilinmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
118
Muhtaram yurtboshimiz 2017-yil 27-
iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqida
“Tarbiya qancha mukammal bo‘lsa, xalq
shuncha baxtli yashaydi”,
deb ta’kidlaganlar. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu
masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda dunyo
miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda.
Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya,
“ommaviy madaniyat” kabi xavf
-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib
kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshqa
ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani
ayni
haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi [2].
Ma’naviy jasorat moddiy yoki ma’naviy
manfaatdorlik evaziga amalga oshirilmaydi, balki u insonning, jumladan yoshlarimizning
o‘z hayoti
ni, maqsad va orzu-
umidlarini xalq va jamiyat uchun bag‘ishlab amalga oshirgan
ezgu faoliyatini ham ifodalaydi. Ma’naviy jasorat ayrim shaxslar va alohida kishilarning
salohiyatigina emas, balki har bir inson, jumladan yoshlarimiz uchun ham imkoni bo‘lgan
ma’naviy fazilatdir.
O‘zbekistonda qadimdan shakllangan turli madaniyat va tamaddun (sivilizatsiya)lar
yonma-
yon yashab kelgan, bu esa mahallalardagi bag‘rikenglik, tinchlikparvarlik,
insonparvarlik saxovat va mehr oqibatlilik fazilatlari bilan yanada
ajralib turadigan o‘zbek
xalqining o‘ziga xos bo‘lgan
mentaliteti shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu hol
mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatga mansub xalqlarning o‘ziga
xosligi, shuningdek, betakrorligini saqlash hamda tarixan shakllangan qadimiy milliy
madaniyatlar, san’at va xalq ijodiyoti, an’ana va urf
-odatlarining yaqinlashuvi, bir-birini
boyitishga hamjihatlik,
o‘zaro hurmat muhitini shakllantirishga
va imkoniyatlar eshigini
ochilishiga asos bo‘ldi.
Axborot televideniye va internet yordamida g‘arb “universal” madaniyatining dunyo
bo‘yicha tarqatilishi yanada barcha mamlakatlar uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Bunday
tahdid shu qadar kuchliki, hatto u turli dasturlash yo‘llari orqali elat, millat va xalq
lar
ongiga singdirilmoqda. Oqibatda “madaniy tajovuzkorlik” va inson huquqlari ekspansiyasi
tushunchalari ham paydo bo‘ldi. Demak axborotni qabul qilish madaniyatini
shakllantirish-
dolzarb muammolardan biridir. Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning
geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy axborot-
kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar
ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda,
barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga, qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat b
ilan
kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda[3].
Buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriyning “Odob durdonalari” (Al
-Adab
al-
mufrad) kitobida keltirilgan muborak hadisi sharifida “Hech bir ota o‘z farzandiga
xulqu-
odobdan buyukroq meros bera olmaydi”, deyiladi. O‘zbekistonni taraqqiy topishi
uchun eng muhim vazifalarimizdan biri bu oilaviy tarbiyadir.
Bizning asosiy vazifamiz
–
yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur
sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi “virusi” tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun
yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab
-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish
borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim deb hisoblaymiz. Shu
munosabat bilan, O‘zbekiston globallashuv va axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari
jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va
amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat
–
BMTning Yoshlar
huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishini taklif etadi [4].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
119
Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar tahsinga
sazovordir. Yoshlarni
madaniyatli, ma’naviyatli, ma’rifatli etib tarbiyalashda davlatimiz
tomonidan yoshlarga siyosat darajasida qaralayotganligi mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar o‘z natijasini berib kelmoqda, ayniqsa, yoshlarning intellektual
salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini
mustahkamlash, vatanparvarlik hamda sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol
avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hammamiz ko‘rib, kuzatib turibmiz –
bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo
insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi ufq va imkoniyatlar ochish bilan birga, ularni
ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf
-xatarlarga ham duchor etmoqda. Diniy ekstremizm,
terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi
tahdidlar qancha-
qancha oilalar, mamlakatlar boshiga og‘ir kulfatlar ol
ib kelmoqda,
g‘arazli kuchlar hali ong
-
u tafakkuri to‘la shakllanib ulgurmagan bolalarni o‘z ota
-onasi,
Vataniga qarshi qo‘yib, ularning hayotiga zomin bo‘lmoqda. Shuning uchun biz–
ota-
onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla bu masalada hushyorlik va ogohlikni
yanada oshirib, buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat aytganidek, “bu dunyo
haqiqatan ham kurash maydoniga, sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq esa bu kurashning
quroliga aylanib borayotganini chuqur anglab, shu
borada jaholatga qarshi ma’rifat
asosida ish olib borishimiz zarur” [5]. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tashabbuskorligi asosida yoshlar hayotiga aloqador
bo‘lgan jami 50 ta qonun va qonunosti
hujjatlari qabul qilindi. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan keng
ko‘lamli islohotlar, turli sohalardagi
yangilanishlar samarasi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
jarayonlardagi
o‘zgarishlarni butun dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etib
kelinmoqda,
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro darajadagi reytingi yangi bosqichga
ko‘tarilib, bu o‘zgarishlar bir qancha siyosiy liderlar tomonidan davlatimiz bilan
diplomatik jarayonlarini
qayta ko‘rib chiqishiga asos bo‘lmoqda. Bugungi kunda
O‘zbekistonda aholi umumiy sonining 60 % dan ortig‘ini yoshlar tashkil e
tadi.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning 9
-moddasida yoshlarga oid
davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi organlar va muassasalar tizimiga
ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari, davlat soliqni
saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va
sport ishlari bo‘yicha organlar, mehnat organlari, prokuratura organlari, ichki ishlar
organlari, adliya organlari, mudofaa ishlari bo‘yicha organlar kirishi bilan bir q
atorda, bu
borada boshqa organlar va muassasalar ham qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etishi
mumkinligi belgilab berilgan [6].
Yurtboshimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini va madaniyatini
yuksaltirishda,
ularning g‘oyaviy dunyoqarashini rivojlantirish maqsadida besh tashabbus ilgari surildi.
Bugungi kunda tashabbus doirasida barcha yoshlarni bir maqsadlari atrofida jipslashtirib,
aniq maqsadlarga undab kelinmoqda, shuningdek har qanday tahdidlar va xavf-xatarlarni
oldini olish maqsadida besh tashabbus asosida yoshlarni musiqa, va san’at sohalarida,
sport sohalarida jismoniy chiniqtirish,
yoshlar o‘rtasida komputer texnologiyalarida
foydalanish ko‘nikmalarini
shakllantirish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, xotin
-qizlarni
ish bilan ta’minlash masalalarini hal etish mumkin, degan g‘oya qat’iyat bilan
yoshlarimizning ongi shuuriga singdirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarimizning kelajakda yuksak
ma’naviyatli shaxs bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadgʻu bilig”
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
120
asarida o‘quv
-
idrok, bilim haqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi. “Uquv
-
idrok qorong‘i
tundagi mash’alga o‘xshaydi. Bilim esa o‘sha mash’aldan taralayotgan
nurga qiyos.
U kishini yoritadi, unga ro‘shnolik beradi.
Bunga ishonmasang, shubha qilsang ko‘zingni katta och! O‘zingni zakovat nuri bilan
yoritib ko‘r. Donishmandlarning bitta hikmatli so‘zi yaxshi ma’lum: bilimdon o‘z bilimlari
tufayli balo-
ofatlardan omon qoladi. Telba, nodon o‘lsa, ajablanmaslik kerak: asli
da
ularning tiriklik chog‘ida ham o‘limdan farqi qolmaydi. Uquvsiz kishining ishi yurishmaydi.
Hurmat kishining o‘quv
-idrokidan keladi-
yu o‘quv
-idroksiz kishi bir hovuch kepak
bilan teng. Bularning barini kuzat, qara, bil! Shunda o‘quv
-idrokli dono kishilarning tub-
asli senga ma’lum bo‘ladi. O‘quv
-idrok kishini pokiza qiladi. Bilim esa yuksaltiradi. Inson
zaminda paydo bo‘lgan ekan, boshqa mavjudotlardan o‘z bilimi bilan farqlanadi.
Dunyodagi turli-
tuman san’at, hamda son
-sanoqsiz hunarlar uquv va bilimga tayangani
uchun maqtaladi, tillardan tillarga ko‘chib yuradi. O‘quv
-idrokdan ozgina ulush olgan kishi
ham talay naf ko‘radi [7]”.
Yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashda
milliy ma’naviy immunitetni
shakllantirishda uning yuksalishiga erishish yo‘llari ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan
asarlar, nodir qo‘lyozmalar yoshlarning ma’naviy ehtiyojini asrlar davomida milliy
ma’naviy boyliklarimiz asosida
qondirishimiz, ularni turli yot g‘oyalardan asrashimizda
Shayx Olouddin Mansur “Qur’oni karim”, Alixonto‘ra Sog‘uniy “Tarixi Muhammadiy”, Yusuf
Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”, Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy”, Abu Nasr Farobiy “F
ozil
odamlar shahri”, Shayx Muhammad Sodiq Muxammad Yusuf “Baxtiyor oila”, Toxir Malik
“Odamiylik mulki”, Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” va shu kabi asarlar
orqali yoshlarimizni tarbiyalashda muhim manba sifatida foydalanib kelmoqdamiz.
O
‘zbekistonimizni rivojlantirish yoshlarning qo‘lida ekanligini kelajagimiz ham bugungi
yoshlarni ertangi hayotimizni belgilovchi kuch sifatida qaramog‘imiz muhim, albatta.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
A.A. Abdumalikov, Fuqarolik jamiyatida shaxs informatsion madaniyatini
shakllantirish.
–Toshkent: OʻzR “FA” nashriyoti, 2016.
2.
Sh.Mirziyoyev, Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga koʻtaramiz. 1
-tom.
–
Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2018.
3.
I.A.
Karimov, Yuksak maʼnaviyat –
yengilmas kuch.
–
Toshkent: “Maʼnaviyat”, 2008.
4.
Z.Sh. Hamidov, N.Z. Hamidov, Axborot madaniyati muammo sifatida // Ilmiy
xabarnoma.
–
Andijon, 2019. №2.
5.
Sh. Mirziyoyev, Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir. 2 tomyu-
Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2018.
6.
2017
–
2021-
yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini oʻrganish boʻyicha. Ilmiy
-uslubiy risola.
–
Tosh
kent: “Maʼnaviyat”, 2017.
7.
Yusuf Xos Hojib. “Qutadgʻu bilig” –
Toshkent: “Yulduzcha”, 1990.
