Авторы

  • Дилноза Ахмедова
    Базовый докторант, Андижанский государственный педагогический институт

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp121-127

Ключевые слова:

учебный процесс стимул поощрять мотив образование мотивация традиционный метод интерактивный метод интеграция

Аннотация

В данной статье рассматривается эффективность развития интеллекта учащихся через использование метода интерактивной стимуляции в образовательном процессе. Обсуждается значение стимуляции в учебной деятельности, преимущества её использования, а также само понятие метода стимуляции. Это объясняется на основе мнений и определений ряда зарубежных учёных. В статье также представлен метод мотивации, относящийся к естествознанию, который способствует развитию воображения учащихся о Вселенной и умений работать с многозначными числами.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Pedagogical opportunities for education and intellectual
development through interactive encouragement of
students (using the example of primary classes)

Dilnoza AKHMEDOVA

1


Andijan State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2023

Received in revised form

15 September 2023
Accepted 25 October 2023

Available online

15 December 2023

This article discusses the effectiveness of the development of

students

intelligence by using the method of interactive

stimulation in the educational process, the importance of

stimulation in the educational process, the advantages of using it

in the educational process, the concept of the stimulation
method, and it is explained through the opinions and definitions

of several foreign scientists. The article presents a motivational

method related to natural sciences that develops students

imagination about the Universe and skills in performing
operations with multi-digit numbers.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp121-127

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

educational process,
stimulation,

encourage,

motive,

motivation,

traditional method,

interactive method,

integration.

O‘quvchilarni interfaol usulda rag‘batlantirish orqali

tarbiyalash va intellektini rivojlantirishning pedagogik
imkoniyatlari

(boshlang‘ich sinflar misolida)

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

ta’lim jarayoni,

rag‘bat,

rag‘batlantirish,

motiv,

tarbiya,

motivatsiya,

an’anaviy metod,

interfaol metod,

integratsiya.

Ushbu maqola ta’lim jarayonida

interfaol usulda

rag‘batlantirish metodini qo‘llash orqali o‘quvchilar intellektini
rivojlantirishning

samaradorligi,

ta’lim

jarayonida

rag‘batlantirishning ahamiyati, o‘quv jarayonida qo‘llashning

afzalliklari, rag‘batlantirish metodi tushunchasi xususida

adabiyotlarda keltirilgan va bir qator xorij olimlarining fikr-

mulohazalari, ta’riflari yoritib berilgan.

1

Doctoral student, Andijan State Pedagogical Institute.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

122

Педагогические возможности воспитания и развития

интеллекта учащихся посредством стимулирования их
в интерактивном режиме

(на примере начальных

классов)

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

учебный процесс,

стимул,

поощрять,

мотив,

образование,

мотивация,

традиционный метод,
интерактивный метод,
интеграция.

В данной статье рассматривается эффективность

развития интеллекта учащихся через использование

метода интерактивной стимуляции в образовательном

процессе. Обсуждается значение стимуляции в учебной
деятельности, преимущества её использования, а также

само понятие метода стимуляции. Это объясняется на

основе мнений и определений ряда зарубежных учёных.

В статье также представлен метод мотивации, относящийся

к естествознанию, который способствует развитию
воображения учащихся о Вселенной и умений работать с

многозначными числами.


Kirish

O‘zbekiston “Milliy tiklanishdan –

milliy yuksalish sari” tamoyili asosida

taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Yangi davr shiddati va talablari taʼlim

-

tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qatʼiy talablarini qo‘ymoqda. Zero, bu ikki jarayon
o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak
maʼnaviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng

dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-

hunar egasi bo‘lgan vatanparvar

yoshlarni yetishtirib beradi.

Bunday yoshlarni tarbiyalash esa pedagoglar oldiga ta’lim

-

tarbiya berishda zamonaviy texnologiyalarini izlab topish va uni amalda samarali qo‘llay
olish talabini qo‘ymoqda. Ta’lim samaradorligiga erishish hamda o‘quvchilarning
intellektual va kognitiv faoliyatlarini rivojlantirishda ularni o‘z o‘rnida munosib
rag‘batlantirib borish eng samarali metodlar sirasiga kiradi.

Inson faoliyatining tuzilishini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan turli tadqiqotlar

doimo unda rag‘batlantiruvchi komponentga ehtiyoj borligini ta’kidlaydi. Agar bir
vaqtning o‘zida shaxsda faol, to‘liq fidoyilik bilan harakat qilish, muqarrar qiyinchilikla

rni,

noqulay sharoitlarni va boshqa vaziyatlarni yengib, ko‘zlangan maqsad sari tirishqoqlik
bilan harakat qilish istagini uyg‘otadigan rag‘batlar mavjud bo‘lsa, har qanday faoliyat

samaraliroq davom etadi va yuqori sifatli natijalar beradi. Bularning barchasi bevosita

ta’lim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, agar o‘quvchilarda bilimga ijobiy munosabat, ularda
kognitiv qiziqish mavjudligi, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash zarurati, ularda
burch, mas’uliyat hissi va hokazolar bo‘lsa, metod yanada muvaff

aqiyatli va samarali

bo‘ladi [1; 2

-ilova].

Innovatsiyalar asri fonida yashayotgan o‘quvchilar endi ta’limga an’anaviy

yondashuvlar kerakli samara bermasligi mumkin bo‘lgan boshqa dunyoga jadallik bilan
moslashmoqdalar. Umumta’lim maktablarida interfaol rag‘batlantirishdan foydalanish

orqali boshlan

g‘ich sinf o‘quvchilarining aql

-zakovatini rivojlantirish ularning kuchli

intellektual qobiliyatlari va tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirishning zamonaviy qolaversa
samarali usuli hisoblanadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

123

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Rivojlanayotgan shaxsni, ya’ni o‘quvchini rag‘batlantirishning zarurligi haqidagi

fikrlar bir qator pedagog va psixologlarning izlanishlarida bola qiziqishlarini

himoyalashning nazariy-amaliy xususiyatlarini ochish tarzida bayon etilgan. Jumladan,

R. Safarova, E.

G‘oziyev, D.A.

Abdurahimova, Q. Oqilova, F.B.

Valixo‘jayeva, M.M.

Berdiyeva,

N.I. Xalilova, E.M. Muxtorov, Q.B.

Jo‘rayev, P.I.

Ivanov, M. Zufarova, M.V. Vohidov,

M.X.

Rahmonovalar mazkur muammoga e’tibor qaratganlar.

Shuningdek, rus psixologiyasi namoyandalari K.D. Ushinskiy, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov,

V.M.

Bexterev, А.F.

Lazurskiy, V.N.

Myasishev, А.А.Uxtomskiy, D.N.

Uznadzs, S.L. Rubinshten.

А.N.

Lsotggsov, P.M. Yakobsov, V.S. Merlin, L.I. Bojovich, V.I. Selivanov, V.G.

Аseez va boshqalar

mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. L.I.

Bojonich “shaxs shakllanishini

muayyan davrlarga bo‘lishda motivlarga asoslanadi, shuning uchun bu yondashuvni

motivatsion yondashuv deb yuritish mumkin” deb ta’kidlagan.

Psixologiyada

rag‘batlantirish

shaxsga nisbatan motivatsiya berish deb yuritiladi.

Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan

yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet davlatlarda

o‘ziga

xos

psixologik maktablar vujudga kelgan

bo‘lib,

ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va

konsepsiyalar mohiyati jihatdan farqlanuvchi

g‘oyalar

va

yo‘nalishlar

mujassamlashdi.

Psixologiyada

“motiv”

tushunchasi

sabab, xatti-

harakatni talab qiladi, shuning uchun ham o‘quv motivlari o‘quvchining

faoliyat predmetiga munosabati, shu

faoliyatga yo‘naltirilishi sifatida aniqlanadi.

Faoliyatning motivatsiyasi uni rag

batlantirish, ya

ni harakatga undash jarayoni bilan

chambarchas bog

liqdir. [4; 27

29-b.]

“Rаg‘bаt”

inson his-

tuyg‘ulari, ruhiy holatlari rivoji va barqarorlashuviga yordam

beruvchi, uni faollikka undovchi psixik taʼsir. U javob reaksiyasi sifatida shaxsga taʼsir

o‘tkazishning vositasi vazifasini bajaradi. Shu bois rag‘bat ham sabab, ham oqibat rolini

o‘ynaydi. Bixeviorizm tushunchasi rag‘bat bilan reaksiya munosabati tashqi taʼsir,

organizmning harakatlarga javob reaksiyasi sifatida talqin qilinadi. Rag‘batni motiv bilan bir

xil deb qarash mumkin bo‘lmasa

-d

a, baʼzi holatlarda rag‘bat ichki mo

tivga aylanishi ham

mumkin. Psixologiyada rag‘bat inson ruhiyatiga, bilvosita dunyoqarashiga, hissiyotiga,

kayfiyatiga, qiziqishiga, intilishiga ijobiy taʼsir o‘tkazishdir. Rag‘bat moddiy va maʼnaviy

mazmunga ega bo‘lib, shaxsning faoliyat samaradorligi ortishiga xizmat qiladi” [2; 92–

93-b].

Pedagog olimlarimizdan Y.Rasulova, D.Maqsudovalar tomonidan ishlab chiqilgan

“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmada rag‘batlantirish metodiga

quyidagicha ta’rif berilgan. “

Rag‘batlantirish

pedagogik ta’sir ko‘rsatish usulidir.

O‘quvchilarning, bolalar jamoasining xatti

-harakatlari va ishlarini ijobiy baholash uning

asosini tashkil qiladi. Rag‘batlantirishning tarbiyaviy ahamiyati shundan iboratki,

u o‘quvchilar xulq

-

atvorida ijobiy xislatlarni ko‘paytirib, mustahkamlashga yordam beradi.

U

nda rag‘batlantirilgan o‘quvchilargina

emas, balki butun sinf zaruriy saboq oladi. Buning

natijasida o‘quvchilar jamoasida ishni yanada yaxshi bajarishga, tartib

-

intizomli bo‘lishga,

ishonchni oqlashga intilish yuzaga keladi” [3; 5–

6-b.].

Natijalar va muhokama

O‘qitishda taqdimotlar va bir tomonlama muhokamalarni o‘z ichiga olgan darslar

yagona monoton yondashuv bo‘lsa,

albatta o‘quv faolligi darajasini pasaytirishi mumkin.

Boshqa tomondan, interfaol yondashuvlar o‘quv jarayonini boyitib, uni qiziqarli va

samarali qiladi. O‘quvchilar e’tiborini jalb qilish va ularning faolligini oshirish usullaridan

biri interaktiv stimul

yatsiya (rag‘batlantirish)dir.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

124

Interaktiv stimulyatsiya o‘tilayotgan dars mashg‘ulotlarini o‘rganishni yanada

amaliy va integrativ qilish uchun ta‘lim o‘yinlari, texnologiya, guruh bilan ishlash loyihalari
va umumiy sinf muhokamalari kabi turli xil o‘quv resurslaridan foydalanishni o‘z

ichiga

oladi. Bu metod sinfni universal bilimlarni oson hazm qiladigan va boshqarilishi oson

bo‘ladigan kichik guruhlarga ajratadi.

Interaktiv stimulyatsiyaning aqlning rivojlanishiga ta‘siri

Interaktiv rag‘batlantirish o‘quvchilarni o‘quv jarayonida bevosita ishtirok etishga

majbur qiladi, bu esa auditoriyani darsga nisbatan qiziqishini maksimal oshiradi.

O‘quvchilar berilayotgan ma‘lumotlarni passiv ko‘rish o‘rniga ular bilan faol muloqotga

k

irishadi. Bu esa intellektual rivojlanishni rag‘batlantiradi, chunki bunday yondashuv

yordamida o‘quvchilar axborotni tahlil qilish va tanqidiy baholash, muammolarni ijodiy
hal qilish va jamoa bo‘lib ishlash qobiliyatiga ega bo‘ladilar. O‘quv ilovalari kab

i

innovatsion texnologiyalarga asoslangan onlayn darslarni o‘rganishni mustaqil ravishda
o‘zlari uchun qulay va qiziqarli ko‘rinishga keltirishi mumkin. Ilovalar, o‘yinlar va
jumboqlardan foydalanib, bolalar o‘yin orqali o‘rganadilar, murakkab tushunchalar

va

ko‘nikmalarni egallaydilar.

Quyida biz boshlang‘ich sinflar uchun o‘z

-

o‘zini stimulyatsiyalashga matematik

tushunchalar yordamida yondashish metodini ko‘rsatib o‘tamiz:

O‘lchov birliklari orqali rag‘batlantirish

Bunda o‘quvchilar o‘z

-

o‘zini baholaydi. Buning uchun dastlab o‘quvchilarning dars

davomidagi faolligi va darsga qatnashishiga qarab o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘lchov
birliklari yozilgan kartochkalar tarqatadi. Dars so‘ngida o‘quvchilar o‘zi to‘plagan ballarni
o‘lchov birliklarining turli kattaliklarida ifodalab beradi. Eng ko‘p o‘lchovga ega bo‘lgan
o‘quvchilar turli nominatsiyalarda mukofotlanadi. Bunday rag‘bat kartochkalarini
murakkablashtirmaslik uchun uzunlik, og‘irlik va vaqt o‘lchovi b

irliklaridan foydalanish

maqsadga muvofiq. Rag‘bat kartochkalari dizaynini tanlash har bir pedagogning o‘z
ixtiyorida bo‘lib, quyida baholar kesimida kartochkalarga namunalar keltirilgan:

5 baho

4 baho

3 baho













5 m

5 dm

5 sm

5 t

5 soat

5 min

5 sr

5 sek

5 kg


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

125

Yuqoridagi metodda 1-2-sinflar uchun esa soddaroq variantidan foydalanish

mumkin. 5 baho 5sm, 4 baho 4sm, 3 baho 3sm va hk. kabi belgilansa, dars so‘ngida
o‘quvchilar o‘zlari to‘plagan ballarini kattaroq o‘lchovi birliklari masalan detsimetrlarda

ifodalaydi.

Masalan: 45 sm = 4dm,5sm
16sm= 1dm,6sm
29sm=2dm,9sm

Bu usulning afzalliklari shundaki, o‘quvchilarning uzunlik, og‘irlik hamda vaqt

o‘lchov birliklari haqidagi bilimlari mustahkamlanadi. O‘zlashtirishi pastroq bo‘lgan
o‘quvchilar ham darsga nisbatan qiziqishi ortib, o‘z potensialiga qaraganda ancha yuqori

natijalarni qayd etadi. Bu metodni matematika darslaridan tashqari boshqa darslarga

tatbiq etish ham maqsadga muvofiq. Chunki o‘quvchi biroz o‘zlashtirishi qiyinroq bo‘lgan
o‘lchov birliklari mavzusini har doim yodda saqlashi mumkin.

Dars olib borishda stimulyatsion metodlar uchun aniq hisob-kitob qilingan,

samaradorligi oldindan belgilab qo‘yilgan umumiy metodlar yo‘qligi uchun, pedagog
sinfdagi o‘quvchilarning bilim salohiyati va sinf jamoasining ta’lim

-tarbiyasidan kelib

chiqib rag‘batlantirish metodini tanlaydi. Quyida biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
qamrovida rag‘batlantirishning interfaol usullaridan biri bo‘lgan va tabiiy fanlar tarmog‘ini
o‘z ichiga olgan metodni ko‘rsatib o‘tamiz.


1-2-sinflar uchun


+

+

=





+

+ =




Yuqoridagi metoddan boshlang‘ich sinf

fan o‘qituvchilari bilan bir qatorda sinf

rahbarlari ham foydalansa bo‘ladi. Boshlang‘ich sinfda deyarli

barcha fanlar sinf rahbarlar

tomonidan o‘rgatilib kelinishini inobatga olsak, mazkur metod aynan sinf rahbarlari uchun
o‘quvchilarni darsga qiziqtirish bilan bir qatorda, davomat hamda tartib

-intizomni saqlash

uchun foydali hisoblanadi.

Metodni amalga oshirish bosqichlari:
1-bosqich

:

bu turdagi yulduzcha har bir o‘quvchining maktabga kelganligi

va o‘quv fanlaridan olgan har bir 5 bahosi uchun berib boriladi.

2-bosqich

:

bu yulduzchalar yuqoridagi yulduzchalar 3 taga yetganda

beriladi. Ya’ni 3 kichik yulduzchalar 1 ta qizil yulduzchaga almashtiriladi.

3-bosqich

:

bu turdagi yulduzchalar esa qizil yulduzchalarning 3 tasiga

almashtiriladi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

126

4-bosqich

:

Bu bosqichga yetib kelish uchun o‘quvchilar sariq yulduzchalardan

10 ta to‘plagan bo‘lishi

lozim va bu 10 ta yulduzchalar katta porloq yulduzga aylanadi

va sinf burchagida tashkil qilingan

“Samoviy yulduzlar”

burchagidan joy oladi. Har bir

o‘quvchining porloq yulduziga o‘zining rasmi yopishtirib qo‘yiladi.

Yuqoridagi interfaol usulda rag‘batlantirish metodini bir chorak yoki bir oylik o‘quv

davri uchun qo‘llash mumkin. Sinf rahbarlari o‘quvchilarni nafaqat 5 baholar uchun, balki

jamoat ishlaridagi faolligi, tartib-

intizomliligi va qo‘shimcha sinf topshiriqlarini o‘z vaqtida

bajarganligi uchun istalgan turdagi yulduzchalar bilan rag‘batlantirib borishlari mumkin.

O‘quvchilar psixologiyasidan kelib chiqib, darsdagi jazo yoki rag‘bat turini

kamaytirish choralari ko‘riladi.

3-4-sinflar uchun

3-4-sinflar uchun mazkur metod quyidagi tartibda olib boriladi. Chorak boshida sinf

rahbari yoki fan o‘qituvchisi tomonidan barcha o‘quvchilar quyoshda ekanligi, undagi
harorat o‘ta issiqligi sababli tezroq boshqa sayyoralarga o‘tib olish kerakligi tushuntiriladi.

Har bir sayyora orasidagi masof

aning uzunligiga qarab to‘plash kerak bo‘lgan yulduzchalar

soni belgilab qo‘yiladi. Ya’ni oralaridagi masofa uzoq bo‘lgan ikki sayyorani “zabt etish”
uchun ko‘proq yulduzcha to‘plash talab etiladi. 3–

4-

sinf o‘quvchilarining psixologik

-

fiziologik holati ham

da individual salohiyatini hisobga olib, ular uchun to‘planadigan

yulduzchalar sonini 2 barobarga oshirib, 20 ta etib belgilash maqsadga muvofiq.

… dan

…gacha

masofa

Yulduzchalar soni

1.

Quyosh

Merkuriy

58mln.km

1

2.

Merkuriy

Venera

51mln.km

1

3.

Venera

Yer

42 mln. km

1

4.

Yer

Mars

78 mln. km

1

5

Mars

Yupiter

551 mln. km

2

6.

Yupiter

Saturn

651 mln. km

3

7.

Saturn

Uran

1 mlrd. 733mln. km

6

8.

Uran

Neptun

1 mlrd. 620 mln. Km

5

Jami:

4 mlrd.788 mln. km

20


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

09 (2023) / ISSN 2181-1415

127

Metodni qo‘llash afzalliklari shundaki, sayyoralar o‘rtasidagi masofalarni bilish

orqali o‘quvchilarning koinot haqidagi bilimlari va tasavvurlari kengayadi. Sayyoralar
orasidagi masofalarni yodda saqlash va og‘zaki hisoblash malakalari rivojlanadi. Bu esa
istalgan o‘quv fanini boshlang‘ich sinf yuklamasida mavjud bo‘lgan “Tabiiy fan” darslari
bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Metodni qo‘llash davomida quyidagilarga e’tibor

berish tavsiya etiladi:

1.

Muammoli vaziyatlarga asoslangan topshiriqlarni o‘z ichiga olish

: Bu yondashuv

o‘quvchilarga haqiqiy muammolarni hal qilish imkoniyatini beradi, bu esa ularda analitik,
tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

2.

Texnologiyadan foydalanish: oʻquv ilovalari va qurilmalarini sinfga kiritish

oʻquvchilarning oʻzaro taʼsirini va oʻrganishga faolligini oshirishga yordam beradi.

3.

O‘yin orqali o‘rganish: O‘quv mashg‘ulot o‘yinlari o‘quvchilarni butun o‘quv

jarayoni davomida qiziqtirishning ajoyib usuli bo‘lishi mumkin.

Xulosa

Shunday qilib, biz o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish uchun usullar

guruhini va ularga kiritilgan turli usullarni tasvirlab berdik. O‘quv jarayoni nafaqat

kognitiv qiziqishni rag

batlantirishga, shuningdek bir qator boshqa interfaol usulda

rag‘batlantirishlarga ham asoslanadi. Ular orasida maktab o‘quvchilarining o‘qishdagi
burch va mas’uliyatini rag‘batlantirish ayniqsa muhimdir. Ushbu rag‘batlar o‘quvchilarga
o‘rganishdagi muqarrar qiyinchiliklarni yengib o‘tishga, quvonchni his qilishlariga,

o‘rganishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishdan qoniqish hissini his qilishlariga imkon
beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘quv jarayonida burch va mas’uliyatni shakllantirishning
metodlari maktab o‘quvchilarini tarbiyalash usullariga asoslanadi, bu o‘z

-o

‘zidan ta’lim

va tarbiya jarayonlarining birligini ta’minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019

-yil 31-dekabrdagi

“Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish

chora-

tadbirlari toʼg‘risida”gi 1059

-sonli qarori. https://lex.uz/docs/4676839

2.

https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/

11-o-zbekiston-milliy-

ensiklopediyasi

ЎЗБЕКИСТОН

МИЛЛИЙ

ЭНЦИКЛОПЕДИЯСИ

Р ҲАРФИ

3.

Y.Rasulova, D.Maqsudovalar tomonidan ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy ishlar

metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma

4.

Duayt Li. “Rag‘batning kuchi”, avaible at: econfun.s3.eu

-central-1.amazonaws.com

5.

U.I.Inayatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova Pedagogika:1000 ta

savolga 1000 ta javob: metodik

qo‘llanma.

-Toshkent: 2012.-54 b.

6.

Innchenon declaration/Education 2030: Towards inclusive and euitable quality

education and lifelong learning for all (World Education Forum, 19-22 may 2015.

7.

Раимбаев Б., Маковецкая Ю.Г. Мотивация учения:

основы

организации

образовательной

организацией

психология.

D.Axmedova, O‘quvchilarni rag‘batlantirish orqali tarbiyalash va intellektual

salohiyatlarini oshirishning pedagogik-

psixologik xususiyatlari (boshlang‘ich sinflar

misolida).

“ Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy muhitni yaratishning pedagogik

texnologiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy

-amaliy anjumani,

15-may 2023-yil.

Библиографические ссылки

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʼg‘risida”gi 1059-sonli qarori. https://lex.uz/docs/4676839

https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/ 11-o-zbekiston-milliy-ensiklopediyasi ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ЭНЦИКЛОПЕДИЯСИ Р ҲАРФИ

Y.Rasulova, D.Maqsudovalar tomonidan ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma

Duayt Li. “Rag‘batning kuchi” , avaible at: econfun.s3.eu-central-1.amazonaws.com

U.I.Inayatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog‘omova Pedagogika:1000 ta savolga 1000 ta javob: metodik qo‘llanma. -Toshkent: 2012.-54 b.

Innchenon declaration/Education 2030: Towards inclusive and euitable quality education and lifelong learning for all (World Education Forum, 19-22 may 2015.

Раимбаев Б., Маковецкая Ю.Г. Мотивация учения: основы организации образовательной организацией психология.

D.Axmedova, O‘quvchilarni rag‘batlantirish orqali tarbiyalash va intellektual salohiyatlarini oshirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (boshlang‘ich sinflar misolida). “ Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida madaniy muhitni yaratishning pedagogik texnologiyalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani, 15-may 2023-yil.