Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Situational expertise firearms
Abduvakhob ZULFUKAROV
1
Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received September 2023
Received in revised form
15 September 2023
Accepted 25 October 2023
Available online
15 December 2023
The article discusses the concept of situational forensic
examination, the tasks of situational ballistic examinations, the
differences and tasks of this type of examination from diagnostic
ballistic examination, the objects and subject of the study of
situational forensic ballistic examination, issues of quality and
completeness of materials submitted when appointing this type
of forensic examination. The tasks of determining the location of
the shooter from firearms were investigated, based on the results
of the analysis of scientific works of industry specialists and
forensic expert practice, the circumstances (algorithm of expert
actions) that must be performed to solve issues to be solved in
the forensic ballistic examination of this type were
recommended. Taking into account the specifics of situational
forensics, a method of sighting was proposed to determine the
direction of firing using a mirror.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss9/S-pp7
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
situational forensic
examination,
situational ballistic
examination,
diagnostic ballistic
examination,
modeling,
tasks of situational
type of forensic
ballistic examination,
objects of situational
forensic ballistic
examination,
subject of situational
examination,
main tasks solved by
situational examination,
purpose of situational
ballistic examination,
situational examinations
related to the subject of
evidence,
features of situational
forensic examination,
conducting situational
expertise,
methods for determining the
firing range from close or
long range,
sighting.
1
Senior Lecturer, Doctor of Philosophy (PhD) in Law, Department of Forensic Examinations of the Academy of the
Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan. E-mail: Zulfuqorovabduvaxob@gmail.com.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
73
O‘qotar qurollarning situatsiviy ballistik ekspertizasi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
situatsiyaviy sud
ekspertizasi,
situatsiyaviy ballistik
ekspertiza,
diagnostik ballistik
ekspertiza,
modellashtirish,
sud-ballistika
ekspertizasining situatsion
turdagi vazifalari,
situatsiyaviy sud-ballistika
ekspertizasi ob’yektlari,
situatsiyaviy ekspertizaning
predmeti,
situatsiyaviy ekspertiza hal
qiladigan asosiy vazifalar,
situatsiyaviy-ballistik
ekspertizani tayinlash,
isbotlash predmeti bilan
bog‘liq situatsiyaviy
ekspertizalar,
situatsiyaviy sud
ekspertizasining
xususiyatlari,
situatsiyaviy ekspertizani
o‘tkazish, yaqindan yoki
uzoqdan o‘q otish
masofasini aniqlash usullari,
vizirlash.
Maqolada situatsiyaviy sud ekspertizasi tushunchasi,
situatsiyaviy ballistik ekspertizalarning vazifalari, bu turdagi
ekspertizaning diagnostikaviy ballistik ekspertizadan farqlari va
vazifalari,
situatsiyaviy
sud-ballistika
ekspertizasining
ob’yektlari va
tadqiqot predmeti, bu turdagi sud ekspertizasini
tayinlashda etilgan materiallarning sifati va to‘liqligi masalalari
o‘rganilgan. O‘qotar quroldan otuvchining joylashgan joyini
aniqlash
bo‘yicha
vazifalar
tadqiq
qilingan,
soha
mutaxassislarining ilmiy asarlarining va sud ekspertlik
amaliyotining tahlillari natijalariga asoslanib, bu turdagi sud-
ballistik ekspertizasida hal qilish uchun amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan holatlar (ekspert harakatlarining algoritmi) tavsiya
qilingan. Situatsiyaviy sud eksperti
zasining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘q otish yo‘nalishini
aniqlashning ko‘zgu orqali vizirlash uslubi yordamida o‘q otish
yo‘nalishini aniqlash usuli taklif qilingan.
Ситуационные экспертизы огнестрельного оружия
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
ситуационная судебная
экспертиза,
ситуационная
баллистическая
экспертиза,
диагностическая
баллистическая
экспертиза,
моделирование,
задачи ситуационного
типа судебно
-
баллистической
экспертизы,
объекты ситуационной
судебной баллистической
экспертизы,
предмет ситуационной
экспертизы,
Статья посвящена анализу концепции ситуационной
судебной баллистической экспертизы. В ней освещаются
основные задачи и принципиальные различия между
ситуационной
и
диагностической
баллистическими
экспертизами. Автор подробно описывает объекты и
предметы
исследования
в
рамках
ситуационной
экспертизы и подчеркивает важность полноты и качества
материалов, предоставляемых для ее проведения. Важной
частью статьи является исследование задач, связанных с
определением местоположения стрелка, основанное на
анализе научных работ специалистов и практического
опыта
судебно
-
баллистических
экспертиз.
Автор
предлагает конкретный алгоритм действий эксперта,
направленный на решение задач, стоящих перед судебно
-
баллистической
экспертизой.
С
учетом
специфики
ситуационной криминалистики, в статье представлен
инновационный метод визирования для определения
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
74
основные задачи,
решаемые ситуационной
экспертизой,
назначение ситуационно
-
баллистической
экспертизы,
ситуационные
экспертизы,
связанные с предметом
доказывания,
особенности
ситуационной судебной
экспертизы,
проведение ситуационной
экспертизы,
методы определения
дальности стрельбы с
близкого или дальнего
расстояния,
визирование.
направления стрельбы с использованием зеркала, что
может стать значительным вкладом в методологию
судебной баллистики
.
Situatsiyaviy sud ekspertizasini shakllantirish g‘oyasi L.G.Granovskiyga (1977
-y.)
tegishli. Olim ushbu ekspertizani kriminalistik sud ekspertizalari sinfiga kiritgan hamda
bu turdagi ekspertizasining ob’yektini –
hodisa (voqea) va bevosita tadqiqot ob’yek
tini
–
hodisa sodir bo‘lgan joy va vaziyatni –
aniqlagan.
“Situatsiyaviy ekspertiza” tushunchasi asosida “vaziyat”, “situatsiya” tushunchalari
yotadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida: “Vaziyat” [arabcha –
mavqe, holat]
–
1) Biror
narsaning fazoda egallab turgan holati, o‘zini tutgan holati; 2) tutgan o‘rin, mavq
e, nufuz;
3) Jamiyatdagi, hayotdagi sharoit, holat” [1, B.434] deya ta’rif berilgan.
Kriminalistika fanida vaziyat deganda jinoyat sodir etilgan vaziyat jinoyat qayerda,
qanday vaziyatda sodir etilgan, mavjud izlarning qaysi biri jinoyatga aloqadorligi
tushuniladi. Shu bilan birga, vaziyat (situatsiya) quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
“o‘ziga xoslik, retrospektiv, moddiy sharoitda va ideal (odamlar ongida) shakllarda aks
etish” [2, S.146]. Darhaqiqat “jinoyat ishlari bo‘yicha tergov vaziyatlari tayin bir jinoyatni
tergov qilishning muayyan paytidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beru
vchi holatlar
majmuidan iborat bo‘ladi” [3, B.212].
V.D. Isakovning ta’kidlashicha, “agar hodisa vaziyatini muayyan bir tizim sifatida
ko‘rilsa, unda aniqlanishi kerak bo‘lgan ikkita katta guruhni shartli ravishda ajratish
mumkin: 1) vaziyatning nisbatan o‘zgarmas tarkibiy qismlariga oid (hodisa ishtirokchi
lari,
jinoyatni sodir etish vositalari va boshqa narsalar, jinoyat izlarini yashirish vositalari); 2)
vaziyatning o‘zgaruvchan tarkibiy qismlariga oid (ob’yektlarning holati, joy sharoitlari,
vaqt, sub’ektlarning, ob’yektlarning o‘zaro ta’sirlashish mexanizmi)” [4, S.10].
Shunday qilib, ekspert tadqiqotlari nuqtai nazaridan vaziyat deganda jinoyat ishi
doirasidagi muayyan fazo va vaqtga oid holat bo‘lib, bu holat kelgusida ekspertlik
taqqoslashi orqali baholanishi kerak.
R.S. Belkinning fikricha, situatsion ekspertiza “vaziyatni izlar va ob’yektlar bo‘yicha
o‘rganadigan va hodisa mexanizmini yoki uning elementlarini aniqlaydigan ekspertiza”
[5]. D.S. Korovkin va A.S. Yagunovlar sud-
ballistik situatsion ekspertizani “belgil
angan
protsessual shaklda o‘tkaziladigan, tergov va sud organlari uchun muhim bo‘lgan, jinoyat
sodir etish paytida o‘qotar qurol va o‘q
-
dorilarni qo‘llash holatlari va shartlari to‘g‘risida
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
75
asosli dalillarni olishga qaratilgan maxsus ekspert tadqiqotlari” deb ta’riflaydilar [6,
S.149].
Situatsiyaviy ekspertizaning diagnostik ekspertizadan farqlovchi jihati shundaki,
situatsiyaviy vazifalarni bajarishda tadqiqot ob’yekti sifatida hodisa sodir bo‘lgan joyga
aloqador bo‘lgan, ma’lum bir statik holatdagi qandaydir ob’yektgina emas, balki, ho
disa
sodir bo‘lgan joydagi butun moddiy muhit, shu jumladan, o‘rganilayotgan vaziyat bilan
bog‘liq holda ushbu ob’yektda va atrofi
-
muhitda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar ham maydonga
chiqadi. Binobarin, muayyan sharoitlarda harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini, sodir
bo‘lgan hodisa holatlariga muvofiqligini; aniq harakatlar bilan ularning natijasida yuzaga
keladigan oqibatlar, holatlar va hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlikni aniqlash bilan
bog‘liq muammolarni hal qiladigan vazifalarni situatsiyaviy v
azifalarga kiritish mumkin
Bu kabi vazifalar sodir etilgan jinoyatning holatini, sodir bo‘lgan hodisa
mexanizmlarini qayta tiklash (modellashtirish) asosida, tegishli ob’yektlarning yoki (va)
ular akslarining tadqiqotlarida hal qilinadi.
Shu sababli, ushbu turdagi tadqiqotlarni situatsiyaviy ballistik ekspertizaning
alohida turi ekanligini ta’kidlash mumkin. Bu turdagi ekspertizani kompleks tibbiy
-
kriminalistik situatsiyaviy sud-ballistik ekspertizasi deb atash mumkin.
Sud-ballistika ekspertizasining situatsion turdagi vazifalari
—
ballistika
ekspertizalari ob’yektlarining qay holatda, qay sharoitda, qanday tartib va ketma
-ketlikda
vujudga kelganligi, o‘qotar qurol ishlatilishi bilan bog‘liq holda voqea sodir bo‘lgan joy
ni
ko‘zdan kechirish, uning maqsadi hamda ushbu turdagi ekspertiza ob’yektlarini qidirish,
topish, aniqlab olish va protsessual jihatdan qayd etish kabi masalalarni, ya’ni o‘qotar
qurol ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bo‘yicha voqea joyini ko‘zda
n kechirish
vazifalaridan biri daliliy ashyolarni (gilza, snaryad, pij va h.k.) aniqlash, ko‘zdan kechirish,
qayd etish va topib olish ekanligi, bunday voqealar sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda
mutaxassis sifatida ekspert-kriminalistlarning ishtirok
i, o‘q otilgan joy yoki uning yaqin
-
atrofida qurol yoxud uning alohida qismlarini, o‘qlar, sochmalar, kartechlar, gilzalar, pijlar,
prokladkalar, o‘q otilishining qo‘shimcha mahsulotlari, ularning izlari va h.k.ning topilishi
hamda voqea joyidagi ballistik
xarakterga ega bo‘lgan izlar va ob’yektlar bo‘yicha hal
etiladigan va eng ko‘p tarqalgan savollar, o‘q otilish izlari bo‘yicha uning masofasi va
yo‘nalishini, snaryadning uchish yo‘nalishini va o‘q otilish joyini, o‘q otilish izlari bo‘yicha
uning masofas
i va qurolning turi, o‘q otilish masofasini to‘siqdagi izlarga qarab aniqlash,
shuningdek o‘q otilish izlarining kompleks tadqiqoti, o‘q otilish izlarini ekspertiza qilishda
eksperimental o‘q otib olishlar, bu eksperimentga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
metodikasi, o‘q otilish yo‘nalishini aniqlashning metodikasi va qurolning to‘siqqa nisbatan
holatini hamda otuvchi hamda jabrlanuvchining o‘zaro joylashishini aniqlash, o‘q otilishlar
miqdori va ularning tartibini aniqlash metodikasini o‘rganishni
o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi
[7, B.29].
Yuqoridagilardan situatsiyaviy sud-
ballistika ekspertizasi ob’yektlarining doirasi
ancha keng, o‘zgaruvchan va doimiy ravishda o‘sib borish xususiyatiga egaligi kelib
chiqadi. Bu turdagi ekspertizaning ob’yektlari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular
sirasiga turli xil buyumlar, moddalar, jarohat va shikastlanishlar hamda moddiy qayd
etiluvchi akslar yoki tasvirlar kiradi. Jumladan: tadqiqot ob’yektlari —
buyumlar;
moddalar; shikastlanish va jarohatlar; moddiy qayd etiluvchi akslar-izlar. Ushbu sanab
o‘t
ilgan buyumlar, moddalar, jarohatlar va aks-tasvirlar ekspertizaga taqdim etilgan daliliy
ashyolar, shuningdek, taqqoslash uchun namunalar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
76
Situatsiyaviy ekspertizaning predmeti bo‘lib “muayyan hodisaning (jarayon)
holatlarini, shuningdek ma’lum bir sharoitlarda muayyan harakatlar natijasida kelib
chiqadigan oqibatning yuzaga kelishi ehtimolini aniqlash uchun, moddiy axborot
tashuvchilarning m
axsus uslublar orqali o‘tkaziladigan tadqiqotlar asosida ekspert
vazifalarini hal qilish” hisoblanadi [8, S.18].
Situatsiyaviy ekspertiza hal qiladigan asosiy vazifalardan biri
–
bu u yoki bu
hodisalarning mumkin bo‘lgan variantlarini yoki asl (haqiqiy) dinamikasini (kechishini)
aniqlashdir.
Situatsiyaviy-ballistik ekspertizani tayinlashda, ekspertga tekshirilayotgan
hodisaning dinamikasini aks ettiruvchi vaziyat to‘g‘risida xolisona qayd etilgan
ma’lumotlarni (hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish bayonnomasi, tan jarohati
yetkazish ho
latlari va shartlarini modellashtirish bo‘yicha tergov harakatlariga oid
materiallar -
tergov eksperimenti, ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish tergov
harakatlarining bayonnomalari, fotojadvallar, tergov harakatlarining video yozuvlari)
taqdim etilishi lozim.
Yuqoridagilardan situatsiyaviy ekspertizani tayinlashda ekspertga taqdim etilgan
materiallarning sifati masalalari alohida ahamiyatga ega bo‘lishi kelib chiqadi. Tergov
harakatlari (so‘roq, ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish, tergov ekserimenti)
bayon
nomalarida sodir bo‘lgan hodisa holatlarini batafsil aniqlashtirish talab etiladi,
ekspertga taqdim etilgunga qadar ashyoviy dalillar, ularda mavjud bo‘lgan jinoyat
izlarining axborotli ahamiyatini yo‘qotishni istisno qiladigan sharoitlarda saqlanishi kera
k.
Biroq, ta’kidlash joizki, ekspertga taqdim qilinayotgan tergov harakatlari
bayonnomalarining sifati har doim ham yuqorida kabi sifatli bo‘lmaydi. Ko‘pincha, tergov
ko‘zdan kechirishi ob’yektlarining tavsifi haddan tashqari qisqa holda taqdim etiladi va
nat
ijada, hodisa sodir bo‘lgan joyning holatini aks ettirishda ko‘p narsa bayon etilmay
qoladi.
Isbotlash predmeti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan situatsiyaviy ekspertizalar
imkoniyatlaridan foydalanish, sudlarning ish hajmi ortib borayotgan hozirgi sharoitda,
shaxsni asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortishning oldini oladi [9, S.35].
Turli xil vaziyatga oid holatlarni aniqlashtirish uchun skanerlovchi elektron
mikroskopiya usuli yaxshi samara beradi. Bu usul yordamida: o‘q otish holatini,
otuvchining holatini, o‘q otish usulini (bir qo‘li bilan, ikki qo‘li bilan va h.k.) otish
yo‘nalis
hini (yuqoridan pastga va boshq.) aniqlash mumkin [10, S.26].
Xulosa qilib aytganda, biz situatsiyaviy sud ekspertizasining quyidagi xususiyatlari
haqida gapirish mumkin: o‘zining xususiyatlariga ko‘ra, ko‘p hollarda bu kompleks sud
ekspertizasi; bu turdagi ekspertizani o‘tkazishda hodisa sodir bo‘lgan joyning tadqiq
otlari
bilan bog‘liq tergov harakatlarining natijalari hisobga olinishi kerak; situatsiyaviy
ekspertizaning predmeti bo‘lib, isbotlov predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar
hisoblanadi; sodir bo‘lgan hodisaning ko‘p tarkibli holatlaridan iborat bo‘lgan ta
dqiqot
ob’yektlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan, hal qilinadigan vazifalarning
murakkab va ko‘p bosqichli tabiati bilan ajralib turadi; tergov va sud tomonidan ilgari
surilgan tusmollar asosida o‘tkaziladi; bu turdagi ekspertizasi o‘tka
zishda hodisa sodir
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish natijalari, shuningdek boshqa tergov harakatlari, shu
jumladan, tergov eksperimenti natijalaridan foydalaniladi, shuningdek, ilgari o‘tkazilgan
sud ekspertizalari bo‘yicha ekspertlarning xulosalari hisobga olinadi; “situatsiyaviy
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
77
ekspertiza” va “situatsiyaviy ekspertiza tadqiqotlari” tushunchalari bir
-biridan farq qiladi,
“situatsiyaviy ekspertiza tadqiqotlari” atamasi o‘z mohiyatiga ko‘ra kengroq tushunchadir
[2, S.149].
Situatsiyaviy ekspertizani o‘tkazishda sud ekspertlari aniq holatlar, bayonotlar (har
doim ham xolis bo‘lmaydigan ma’lumotlar), shuningdek ob’yektning holati to‘g‘risidagi
ma’lumotlar to‘plami bo‘lgan muayyan vaziyatlarni tadqiq qiladilar. Aniq vaziyat esa
ekspertiza tayinlagan tergovchi (surishtiruvchi) tomonidan taklif etiladi. Vaziyatni, izlar va
taqdim etilgan ob’yektlar bo‘yicha tadqiqotlarida sud eksperti jinoyat sodir etish
mexanizmini, uning alohida elementlarini aniqlash bilan bog‘liq xulosalar chi
qaradi.
Tadqiqot ob’yektlari sifatida hodisa sodir bo‘lgan joydagi buyumlargina emas, balki
boshqa ashyoviy dalillar ham o‘rganiladi. Biroq, ta’kidlash joizki, situatsiyaviy ekspertiza
imkoniyatlari har doim ham samarali ishlatilmaydi.
Bu holat ekspertiza tayinlash amaliyotida ushbu turdagi sud ekspertizasini
tayinlashda ekspertga taqdim etilgan materiallarning sifati va to‘liqligi talab darajasida
emasligi bilan bog‘liq. Ayrim hollarda, tergovchi ayblanuvchi yoki guvohlar
ko‘rsatuvlarining “ishonchliligini” tekshirishni maqsad qilib, ekspertga taqdim qilingan
so‘roq bayonnomalarida, ayblanuvchi jinoyat sodir etilgan paytdagi holati (spirtli ichimlik
yoki giyohvandlik moddalari bilan mastlik holatida, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida)
sababli, jinoyatni sodir etish quroli (vositasi), yetkazgan zarbalari (tan jarohati yetkazish
bo‘yicha ishlarda) va yetkazilgan tan jarohatlarining joylashishi kabi ma’lumotlarni bera
olmaganligi ko‘rsatiladi, buning natijasida, ayblanuvchining sodir etilg
an jinoyatga
aloqadorligi to‘g‘risida dalillarni to‘plashning boshqa usullari va manbalarini e’tiborsiz
qoldiriladi.
Ko‘rinib turibdiki, situatsiyaviy ekspertizani tayinlashda ekspertga taqdim etilgan
materiallarning sifati masalalari alohida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli,
tergov harakatlari (masalan, so‘roq, ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirish, tergov
ek
sperimenti) bayonnomalarida sodir bo‘lgan hodisa tafsilotlarini batafsil aniqlashtirish,
ekspertga taqdim etilgunga qadar ashyoviy dalillar, ularda mavjud bo‘lgan jinoyat
izlarining axborotli ahamiyatini yo‘qotishni istisno qiladigan sharoitlarda saqlanish
i talab
etiladi.
Olib qo‘yilgan ob’yektlarni (buyum, narsa) o‘rab
-joylashtirishga ham bir qator
talablar qo‘yiladi. “O‘q otilishdan hosil bo‘lgan shikastlanishlar mavjud bo‘lgan kiyimlarni
o‘rab
-
joylashtirishga qo‘yiladigan talablaridan biri –
shikastlangan joyni himoya qilish
(masalan, mato yoki qog‘oz bo‘lagi bilan tikib to‘sib qo‘yish) hisoblanadi, shunda matodagi
shikastlanish atrofiga begona moddalar tushib qolmaydi. Yuqoridagi talablarga rioya
qilinganda, situatsiyaviy ekspertiza tadqiqotlarining natijalari baxtsiz tasodif natijasida
kelib chiqqan o‘lim hodisasiga oid tergov tusmollarini tekshirishda samarali qo‘llaniladi”
[9, S.35].
Masalan, qotilliklarni tergov qilishda, o‘limning ehtiyotsizlik oqibatida kelib
chiqqanligini haqidagi tumolni tekshirish kerak. Ushbu tusmoni tekshirish uchun sud-
ballistik ekspertizasini tayinlash to‘g‘risidagi qarorda quyidagi savol qo‘yilishi mumkin:
u
shbu quroldan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan o‘q otish imkoniyati mavjudmi?
Bu kabi vazifa yuz bergan o‘q otish tasodifiy yoki ataylabdan amalga oshirilganligini
aniqlashga qaratilgan bo‘ladi. O‘qotar quroldan tasodifiy (qo‘yib yuboruvchi ilmoqni
bosmasdan) o‘q otish deganda o‘qotar quroldan otuvchining ixtiyorisiz sodir bo‘lgan o
tish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
78
tushuniladi. O‘qotar quroldan, uning nosozligi sababli tasodifiy (beixtiyor) otish ehtimoli
mavjud bo‘ladi.
O‘qotar qurolning texnik holatini tadqiqi qilib sud eksperti, qurolning qo‘yib
yuboruvchi ilmog‘ini bosmasdan o‘q otishning ob’yektiv imkoniyatini aniqlashi kerak, o‘q
otish tasodifiy (beixtiyor) yoki ataylabdan amalga oshirilganligini aniqlash esa tergovchi
va sudning vakolati hisoblanadi.
O‘qotar quroldan otuvchining joylashgan joyini aniqlash quyidagi uchta kichik
vazifani ketma-
ket hal qilishdan iborat: o‘q otish yo‘nalishini, o‘q otish masofasini va
otilgan o‘qning uchish trayektoriyasini aniqlash. O‘q otish yo‘nalishini aniqlagandan so‘
ng,
otilgan snaryadning to‘siq bilan uchrashish burchagini, snaryad tekkanidan keyin
ob’yektning holati o‘zgarganligini va keyin azimut burchak hamda tushish (“zenit”)
burchagini aniqlash kerak bo‘ladi.
Otish masofasini aniqlash noaniq yechimga ega vazifadir, chunki bu kabi tadqiqotlar
bo‘yicha hisob
-
kitoblarda ko‘plab omillarni (to‘siqlar materialining turlichaligi,
snaryadning deformatsiyasi, havoning o‘qning shakli, tezligi va boshqa xususiyatlariga
bo
g‘liq bo‘lgan doimiy o‘zgaruvchan qarshilik kuchi) hisobga olishning har doim ham
imkoni bo‘lmaydi.
O‘qning boshlang‘ich tezligi va oxirgi tezligi o‘zaro 1,5 –
2 marta farq qilganda, ya’ni
to‘g‘ridan o‘q otishda yoki aniq belgilangan uchish trayektoriyasi bo‘yicha o‘q otilganda,
o‘qning masofasini tegishli ballistik tenglama yordamida aniqlash mumkin.
Hozirgi vaqtda sud ballistika ekspertizasida yaqindan yoki uzoqdan o‘q otish
masofasini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Masalan, L.S. Lazari ushbu masalani hal
qilish uchun “emission
-spektral, neytron-aktivatsion, atom-absorbsion, rentgen-
fluoresse
nt usullari yordamida, o‘q otish mahsulotlari joylashgan sohasidagi surma
moddasi miqdorini aniqlashni taklif qiladi. Bu usullar taxminan 50 metrdan o‘q otish
masofasini aniqlashga imkon beradi” [11, S.227].
I.A. Dvoryanskiy otish masofasini aniqlash uchun otilgan snaryad, ushbu snaryad
otilgan qurol, o‘qotar qurolning joylashgan joyi (erdan balandiligi bo‘yicha), shuningdek,
snaryadning to‘siq bilan uchrashishi (to‘qnashuvi) burchagi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
hamda zarur hisob-
kitoblarni amalga oshirishga imkon beradigan boshqa ma’lumotlar
yig‘indisidan foydalanishni taklif qiladi [12.]. Olingan dastlabki ma’lumotlar o‘q otish
masofasini hisoblash bo‘yicha formulalarga kiritiladi. Biroq, bu usul faqat ballisti
k
xususiyatlari oldindan ma’lum bo‘lgan standart o‘qotar qurol va patronlardan
foydalanilgan holatlarda qo‘llanilishi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari, o‘q otish masofasini aniqlash, shikastlanishni
eksperimental modellashtirish yordamida ham aniqlanishi mumkin, bu holda
modellashtirilgan shikastlanish, tekshirilayotgan shikastlanish bilan bir xil (xususan,
chuqurligi yoki hajmi
bo‘yicha) bo‘lishi kerak. O‘q tegishidan hosil bo‘lgan shikastlanish
kanalining chuqurligidan o‘q otish masofasini aniqlash, soyli o‘qotar quroldan otilgan
snaryad deformatsiyalanmagan va faqat to‘siq o‘zgarishga (deformatsiyaga) uchragan
holatlarda mumki
n bo‘ladi [13, S.363].
Sud eksperti tomonidan o‘q otish masofasini aniqlash jinoyatchilar tomonidan
sochma o‘q bilan o‘qlangan silliq stvolli o‘qotar qurollardan foydalanilganda ham amalga
oshiriladi, albatta bunday holat ekspertlik amaliyotida kam uchraydi.
Odatda, bunday hollarda otish masofasini aniqlash sochma o‘qlarning sochilish
(tarqalishi)ni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun eksperimental ravishda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
79
olingan jadval ma’lumotlaridan foydalaniladi, bunday jadval shikastlangan ob’yektdagi
sochma o‘qlar sochilish maydoni (diametri), maydon birligiga nisbatan snaryadlar
tegishlarining miqdori va o‘q otish masofasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. O‘q oti
sh
masofasini aniqlashni soddalashtirish uchun A.F.Lisitsin otish masofasini sochma
o‘qlarning tarqalish diametri bo‘yicha aniqlash uchun nomogramma shaklidagi,
hisoblashning grafik usulini taklif qildi, bu usulda sochma o‘qlarning o‘lchamlari,
shuningdek porox turi (tutunli yoki tutunsiz) hisobga olinadi [14, S.225-226].
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bu turdagi sud-ballistik ekspertizasida hal qilish
uchun savollarni hal qilish uchun quyidagilar amalga oshiriladi deb xulosa qilish mumkin:
Snaryadning uchish trayektoriyasini qayta tiklash uchun uning to‘siq bilan
to‘qnashuv tezligi muhim ahamiyatga ega. Biroq, ushbu tezlikni aniq baholash juda
mushkul vazifa bo‘lib, bu trayektoriyani aniqlashda, binobarin masofasiga ko‘ra o‘q otish
joyini an
iqlashda katta xatolarga olib keladi. Shu sababli, to‘siqlarda o‘q otish izlari
aniqlangan hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda, o‘q otish yo‘nalishi va o‘qning
tushish burchagini aniqlanadi, bu ma’lumotlar esa yetarlicha to‘liq va to‘g‘ri aniqla
nishi
mumkin. So‘ng esa, o‘qning mumkin bo‘lgan maksimal otish masofasi baholanadi hamda
hodisa sodir bo‘lgan joy o‘q otish joyini va otilgan gilzalarni aniqlash uchun tadqiq qilinadi.
O‘q otilgan (o‘q otuvchi joylashgan) joyni avtomatik tarzda otilgan yoki sochma
o‘qlar otish natijasida yetkazilgan bir nechta shikastlanishlarni tadqiqotlari yordamida
aniqlash mumkin. Bunday hollarda, otuvchining joylashgan joyi har bir teshik bo‘yicha
v
izirlash usulini qo‘llab aniqlanadi. Har bir shikastlanish (teshik) bo‘yicha vizirlar
chiziqlarning tutashgan nuqtasi ishlatilgan o‘qotar qurolning stvol og‘zi kesimining
joylashishini ko‘rsatadi.
Uzoqdan o‘q otish yo‘nalishini aniqlashning usullaridan biri –
bu to‘siqlardagi o‘q
tegishidan hosil bo‘lgan shikastlanish (teshik) bo‘yicha oyna (ko‘zgu) yordamida o‘q otish
yo‘nalishini aniqlashdir. Vizirlash usulida ko‘zgularni qo‘llash, o‘qning uchish yo‘nalishi
to‘siqdagi teshik o‘qi bilan mos keladigan, ko‘zguda aks etgan tasvirida hosil bo‘lishiga
asoslangan. Bu holda quyidagi ikkita holat mavjud bo‘ladi [15, S.20]:
Birinchi holat
–
bitta chuqur yopiq shikastlanish (masalan, daraxtdagi teshik)
mavjud bo‘lgan holat. Buning uchun qattiq asosga payvandlangan, o‘qlari o‘zaro mos
tushadigan ikkita metall spitsa (ingichka qattiq sim)dan iborat moslama ishlatiladi, chiqish
spitsasiga vizi
rlash trubkasi o‘rnatiladi. Ushbu qurilmani tayyorlashda asosga bitta spitsa
payvandlanadi va keyinchalik u kesildi. Bir vaqtning o‘zida asosda ko‘zgu o‘rnatilgan
plastinani joylashtirish uchun ham kesma kesiladi. Plastina asosga 45 S gradus burchak
ostida payvandlanadi, bunday maqsad
–
ko‘zgu orqali vizirlash trubkasining o‘z o‘qiga
perpendikulyar aks etishini kuzatishdir. Plastinada kirish va chiqish spitsalarining o‘qlari
o‘zaro mos kelishini tekshirish uchun teshik ochiladi. Ko‘zgu plastinkaga ikki tomo
nlama
yopishqoq lenta (skotch) yordamida mahkamlanadi. Ushbu qurilmani yopiq shikastlanish
(teshik)ga o‘rnatgandan so‘ng, oynadan 0,3
-0,5 metr masofada shtativ yordamida
fotokamera o‘rnatiladi. Shtativ yordamida balandlikka ko‘tarib, yon tomonga va bo‘ylam
a
qiyalik bo‘ylab harakatlantirib, fotoapparatni vizirlash naychasining yon qismining aksi
ko‘rinadigan holatga keltirish lozim. Bunda vizirlash naychasi orqali vizirlash nuqtasi
(zonasi) kuzatiladi. Shundan so‘ng esa fotosuratga olish mumkin bo‘ladi. Foto
suratda
vizirlash natijasi
–
o‘q otishning taxminiy joyi qayd etiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
80
Ammo shuni yodda tutish kerakki, fotosuratda hududning ko‘zgudagi kabi
akslangan tasvirlangan bo‘ladi bo‘ladi, shuning uchun fotokameraning holatini o‘zgartirib,
o‘sha joydan ushbu hududning odatiy fotosuratga tushirish kerak bo‘ladi.
Ikkinchi holat
–
o‘q bir daraxt tanasiga urinma tegib o‘tib, ikkinchi daraxtda yopiq
shikastlanish (teshik) hosil qiladi. Vizirlash ipini 0,2 -
0,3 m masofada ko‘rinadigan qilish
uchun kontrastli (rangi keskin farq qiluvchi) material bo‘laklaridan ushbu ipga belgilar
biriktiriladi (osiladi), bunday kontrastli material sifatida rangli yopishqoq tasma olinishi
mumkin.
Ko‘zgu uch oyoqli shtativga (masalan, kanselyariya qisqichlari yordamida)
aylanadigan qilib mahkamlanadi. Ko‘zguning markazida diametri 5 mm bo‘lgan teshik
mavjud bo‘lib, bu teshik orqali vizirlash ipi o‘tkaziladi.
Ushbu ko‘zgu orqali, vizirlash ipining ko‘zgudagi aksi ko‘zgudagi teshikning
nuqtasigacha yoki hajmigacha kamayadigan holatda keltirilib, fotosuratga olinadi. Bu
holda ham fotosuratda vizirlash nuqtasining ko‘zgudagi kabi akslangan tasviri olinishini
unutmaslik darkor, shuning uchun tekshirilayotgan hududning orientirli fotosuratini olish
va keyinchalik unga vizirlash nuqtasini (zonasini) o‘tkazish kerak.
Shunday qilib, “ko‘zguda aks etgan tasvirga asoslangan o‘qning uchish chizig‘ini
vizirlash moslamalari o‘q otilgan joyni yoki hudud maydonini ko‘rgazmali tarzda va tezkor
aniqlashga imkon beradi” [15, S.21].
Tadqiqotlarning kelgusi bosqichlarida otilgan gilza (gilzalar) va o‘q otuvchining
joylashgan joyini aniqlash maqsadida bu joy batafsil ko‘zdan kechiriladi.
Vizirlashning ushbu usuli tadqiqotlar jarayonining ko‘rgazmaliligi va xolisonaligini
sezilarli darajada oshiradi, shuningdek o‘ziga xos protsessual ahamiyatga ham ega, chunki
vizirlash natijalarining fotosuratlari hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechiri
sh uchun
fotojadvalga yoki ekspert xulosasiga ilova qilinishi mumkin.
Tadqiqotlar jarayonida videoyozuvdan foydalanilgan taqdirda ushbu ma’lumotlar
jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Xulosa o‘rnida situatsiyaviy ballistik ekspertizaning quyidagi xususiyatlarini
ta’kidlash mumkin
:
-
aksariyat hollarda, o‘zining tabiatiga ko‘ra bu turdagi ekspertizalar kompleks sud
ekspertizasi hisoblanadi;
-
bu turdagi ekspertizalarni o‘tkazishda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish
va tadqiqot qilish bilan bog‘liq tergov harakatlarining natijalari hisobga olinishi kerak;
- bu turdagi ekspertizaning predmeti
–
isbotlash predmeti bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan holatlar hisoblanadi;
-
yuz bergan hodisaning ko‘p tarkibli jarayonlari hisoblangan tadqiqot
ob’yektlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalarning murakkabligi va
ko‘p bosqichli tabiati tabiati bilan boshqa turdagi ballistik tadqiqotlardan ajralib turadi;
-
tergov va sud tomonidan ilgari surilgan tusmollar asosida o‘tkaziladi;
-
bu turdagi ekspertizalarni o‘tkazishda hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish,
shuningdek, ko‘pgina hollarda boshqa tergov harakatlarining, jumladan tergov
eksperimentining natijalari qo‘llaniladi, ilgari o‘tkazilgan sud ekspertizalari bo‘yicha
ekspert xulosalari hisobga olinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
:
1.
1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. V
-
harfi. / Tahrir hay’ati: E.Begmatov, A.Madvaliev,
N.Mahkamov, T.Mirzaev (rahbar), N.To‘xliev, E.Umarov, D.Xudoyberganova, A.Hojiev.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
09 (2023) / ISSN 2181-1415
81
A.Madvaliev tahr.ost.
–
T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti,
2013.
2. Блинникова Е.Б. Использование возможностей судебной ситуационной
экспертизы // Вестник Томского педагогического университета. 2012. № 12. –
С.145
-149.
3. Kriminalistika: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik / Mualliflar:
G‘.Abdumajidov va boshq. –
T.: “Adolat”, 2003. –
237 b.
4. Исаков В.Д. Теория и методология ситуалогической экспертизы: (для
судебных экспертов и юристов). –
СПб., 2008. –
132 с.
5. Белкин Р.С. Криминалистика. Краткая энциклопедия. –
М., 1993. –
111 с.
6. Коровкин Д.С., Ягунов А.С. Современное состояние и перспективы развития
ситуационной
судебно
-
баллистической
экспертизы
//
Вестник
Санкт
-
Петербургского университета МВД России. 2012. №2. –
С.149
-152.
7. Sh.X.Xasanov, X.A.Turabbaev, A.D.Xusanov, Ballistik ekspertiza: Darslik.
–
T.:
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. –
444 b.
8. Гедыгушев И.Д. Судебно
-
медицинская экспертиза при реконструкции
обстоятельств и условий причинения повреждений: (методика и практика). –
М.,
1999.
–
320 с.
9. Друкаров И.Л. Проблемы назначения наказания при особом порядке
судебного разбирательства // Вестн. Томского гос.пед.ун
-
та. 2006. Вып.11. –
С.35
-39.
10. Хмелева А.В. Использование результатов исследования следов выстрела в
следственной практике // Евразийский юридический журнал. 2015. №12. –
С.26.
11. Лазари A.C., Потапова Л.Ф. Установление модели огнестрельного оружия
по следам выстрела на преграде // Экспертная техника. –
М., 1986. Вып.93. –
С.227
-
230.
12. Дворянский И.А. Установление места производства выстрела при больших
дистанциях стрельбы // Судебно
-
баллистическая экспертиза. –
М., 1976. Вып.2. –
С.42
-46.
13. Светличный А.А. Значение судебно
-
баллистической экспертизы при
расследовании убийств по найму // Известия ТулГУ. Экономические и юридические
науки. 2013. №4
-2.
–
С.358
-363.
14. Лисицын А.Ф. Упрощенный график расчета дистанции выстрела по
радиусу рассеивания дроби // Судебно
-
медицинская экспертиза, 1982. №3. –
С.225
-
226.
15. Колотушкин С.М., Сафонов А.А. Семенов А.В. Определение направления
дальнего выстрела по пробоинам снарядов огнестрельного оружия // Вестник
Академии экономической безопасности МВД России. 2015. №2. –
С.19
-21.
