Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Innovative technologies in forensic activity
Zulfukorov ABDUVAKHOB
Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 15 July 2024
Available online
25 August 2024
The article considers the influence of innovative
technologies on the production of forensic examinations.
Promising innovative directions of forensic-expert activity are
shown, among which 3D technologies, nanotechnologies and
application of artificial neural networks are singled out as
effective. Proposals were made to expand the possibilities of
forensic expertise by solving the tasks of expertise, which were
previously considered unfeasible, qualitatively changing the
activities of forensic experts under the influence of innovations.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4-pp62-68
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
forensic expertise,
forensic expert science,
forensic activity,
innovations,
innovative technologies,
artificial intelligence.
Sud-ekspertlik faoliyatida innovatsion texnologiyalar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sud ekspertizasi,
sud ekspertshunosligi,
sud-ekspertlik faoliyati,
innovatsiyalar,
innovatsion texnologiyalar,
sun’iy intellekt.
Ushbu maqolada innovatsion texnologiyalarning sud
ekspertizalarini ishlab chiqarishga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Sud
-
ekspertlik faoliyatining istiqbolli innovatsion yo‘nalishlari
ko‘rsatilgan, ular orasida muallif tomonidan 3D texnologiyalari,
nanotexnologiyalar va sun’iy neyron tarmoqlardan foydalanish
samarali ekanligi ta’kidlangan. Innovatsiyalar ta’siri ostida sud
-
ekspertlik faoliyatining sifat jihatidan o‘zgarishi, ilgari imkoni
yo‘q deb hisoblangan ekspertiza vazifalarini hal qilish orqali sud
ekspertizasi imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklifl
ar
berilgan.
1
Doctor of Philosophy (PhD) of Law, Associate Professor, Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic
of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
63
Инновационные технологии в судебно
-
экспертной
деятельности
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
судебная экспертиза,
судебная экспертология,
судебно
-
экспертная
деятельность,
инновации,
инновационные
технологии,
искусственный интеллект.
В статье рассматривается влияние инновационных
технологий на процесс проведения судебных экспертиз.
Особое внимание уделено перспективным направлениям в
судебно
-
экспертной деятельности, среди которых особо
выделяются
3D
-
технологии,
нанотехнологии
и
использование искусственных нейронных сетей. Внесены
предложения по расширению возможностей судебной
экспертизы, которые позволят решать задачи, ранее
считавшиеся невыполнимыми, что качественно изменит
работу
судебных
экспертов
под
воздействием
инновационных технологий.
Innovatsion jarayonlar sud-ekspertlik faoliyati
sohasiga tobora ko‘proq kirib
bormoqda. Huquqni muhofaza qilish amaliyotiga shaxs, jamiyat va davlatning turli
tahdidlarga qarshi kurashishda muvaffaqiyatli yordam berish uchun sud ekspertizasi
o‘zining ilmiy
-texnik arsenalini doimiy ravishda takomillashtirishi va boyitib borishi
kerak. Sud-ekspertlik faoliyati rivojlanishining tarixiga nazar solinsa, innovatsion
texnologiyalar ushbu faoliyatni to‘lig‘icha qamrab olganligini ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida: “Innovatsiya (ing. innovatsion –
kiritilgan
yangilik, ixtiro)
–
1)
texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun
iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2)
ilmiy-
texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga
asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi
yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanilishi” deb
ta’kidlangan [1, B.199].
Sud ekspertizasining paydo bo‘lishi nafaqat huquqiy fanlar, balki fan va
texnikaning ayrim tarmoqlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq, chunki sud
ekspertizasining turkumlari va turlarining, shuningdek, yangi tadqiqot uslublarining
shakllanishi fan va texnologiyalar kashfiyotlariga asoslanadi. Bir qator yangi sud
ekspertizalari, birinchi navbatda ekspertiza obyektiga aylangan texnik vositalar va
ikkinchidan, ularni tadqiq qilish uchun mo‘ljallagan texnik vositalarni yaratishga imkon
bergan texnologik taraqqiyot natijasida yaratilgan turli asbob-uskunalar va qurilmalar
yordamidagina shakllanishi mumkin edi [2, S.27]. Ammo innovatsion texnologiyalar
nafaqat sud-ekspertlik faoliyatini, balki sud ekspertiza nazariyasini (sud
ekspertshunosligi) fan sifatida shakllantirish va rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Sud
ekspertshunosligi ilmiy kashfiyotlar va yangi texnologiyalarga tayanib va ularni o‘ziga
singdirib, ilmiy g‘oyalarni aniq bir sud ekspertining faoliyatida amaliy qo‘llaniladigan
natijalarga aylantiradi.
Innovatsion texnologiyalarning sud ekspertshunosligining butun tuzilishiga va
uning har bir alohida elementiga ta’sirini tahlil qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash natijasida ilgari mavjud bo‘lmagan yangi
hamda mavjud bo‘lsa
-
da, endilikda tegishli o‘zgarishlarga uchragan obyektlarning paydo
bo‘lishi yangi xususiyatlarni kashf etishga va ushbu xususiyatlarning yangi belgilarini
namoyon bo‘lishiga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida sud ekspertizasining yangi
turkumlari va turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
64
Umuman olganda, fan, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasi, ilmiy
ma’lumotlarning doimiy o‘sishi va takomillashishi, ilmiy bilimlarni o‘zaro integratsiyasi
(uyg‘unlashuvi) va farqlanish jarayonlari sud ekspertshunosligi, sud ekspertizasining
turkumlari va turlarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
XX asrning oxiridan boshlab, fuqarolik muomalasida masofadan boshqariladigan
modellar tobora keng tarqaldi, ular orasida foydalanish darajasi kundan-kunga ortib
borayotgan uchuvchi qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan: vertolyotlar, kvadrokopterlar va
boshq. XXI asrning boshlariga kelib esa uchuvchisiz uchadigan apparatlari (dronlar)
bolalar uchun o‘yinchoqlarga aylanmoqda.
Ular operatorlar, jurnalistlar, blogerlar
tomonidan video tasvirga olishda keng foydalanilmoqda. Qutqaruvchilar bu kabi
apparatlardan favqulodda vaziyatlarda yordam berish uchun, olimlar esa ilmiy
tadqiqotlarda ma’lumotlarni to‘plash va qayd etish uchun
foydalanadilar. Ammo dronlar
qo‘llanilayotgan
shaxsiy va ijtimoiy foydali sohalarning kengayishi bilan bir vaqtda ularga
qonuniy chora
qo‘llash holatlari
ham uchrashi mumkin. Jumladan:
“Har bir insonning o‘z huquqlari bor: so‘z erkinligi, saylash va boshqalar. Lekin
o‘zgalarning ham huquqlari borda. Odam o‘zining huquqlarini amalga oshirayotgan
paytda o‘zgalarning huquqlariga daxl qilmasligi kerak. Hozirgi sharoitda tinchlikni
saqlash
–
pirovard masala. Dunyodagi geosiyosiy vaziyat, notinchlikni hammamiz ko‘rib
turibmiz, bu hech kimga sir emas. Dronlarni taqiqlab qo‘yish yoki qandaydir cheklov
qo‘yish bu –
ularning huquqlariga daxl qilish, degan masalaning o‘zi sal noto‘g‘ri. Bunga
boshqa tomondan qarash kerak-da. Masalan, biz hozir hammaga [drondan foydalanishga]
ruxsat berib yuborsak
–
bu qurilmalardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan
darajada emas
–
qo‘pol qilib aytganda, odamlar bir
-birini uyida qilayotgan ishlarini ham
dronlar orqali Facebook yoki boshqa tarmoqlarda efirga qo‘yib yuborishi mumkin” [3].
Ta’kidlash joizki, yangi tadqiqot obyektlari sud ekspertizasining yangi turi
(turkumi) paydo bo‘lishining eng katta sababidir. Ilm
-
fan va texnikaning aniq ilg‘or
yutuqlari qanchalik keng qo‘llanilsa, ular bilan bog‘liq sud
-ekspertlik faoliyati shunchalik
faol rivojlanadi [2, S.49]. Masalan, V.G.
Grigoryan “sud
-avtotexnikaviy ekspertizasida
transport vositasining tezligini aniqlash uchun ilgari ma’lum bo‘lgan uslubiyotni qo‘llash
mumkin bo‘lmagan hollarda sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar tadqiqot obyekti
sifatida ishlatiladi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar yordamida sud ekspertiga
yo‘l
-transport hodisasi paytida transport vositasining tezligini aniqlashga muvaffaq
bo‘lgan holatlar ma’lum” deb yozgan [4, S.87].
Xususiy ekspertiza nazariyalari haqidagi ta’limot ham ijobiy o‘zgarishlarga
uchramoqda. Ekspertizaga oid identifikatsiya, diagnostika, profilaktika va bashorat
qilishning (prognozlash) an’anaviy nazariyalari bilan bir qatorda, so‘nggi paytlarda
ularning qatoriga sud-
ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish to‘g‘risidagi rivojlanayotgan
nazariyani ham kiritish bo‘yicha fikrlar bildirilmoqda.
Y.R.
Rossinskayaning fikricha, “sud
-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish
nazariyasi (ta’limoti), qoidalari umuman ekspertiza tadqiqotlari jarayoniga ham, sud
ekspertizasining ayrim turkumlari va turlarini ekspertiza tadqiqotlariga ham teng
ravishda qo‘llaniladigan, bir qator xususiy nazariyalarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.
Ushbu shakllanayotgan va rivojlanib borayotgan ta’limotda raqamli izlar va ularning
tashuvchilarini tadqiqotlarining umumiy tamoyillari, uslubiyoti va shartlari, shuningdek
ularning sud-
ekspertiza tadqiqotlari texnologiyalari qamrab olinishi kerak” [5, S.366].
Sud-
ekspertlik faoliyatining huquqiy ta’minoti masalalari tegishli Qonunchilik
hujjatlariga yangiliklar
–
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmoqda, chunki
jamiyat va davlatning ijtimoiy-
iqtisodiy holatining zamonaviy sharoitida O‘zbekiston
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
65
Respublikasining 2010-yil 1-
iyundagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni eskirdi. Shu
sababli,
O‘zbekiston Respublikasida sud
-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning
2021
–
2025-
yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasida “Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sud
ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish belgilab qo‘yilgan:
nodavlat sud-
ekspertlik tashkilotlarining maqomi, ularga qo‘yiladigan talablar, ular
tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o‘tkazish tartib
-taomili hamda ish
reglamentlarini belgilash; nodavlat sud-
ekspertlik faoliyatini metodik ta’minlash hamda
tartibga solish mexanizmini joriy etish; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga
asosan ekspertlar tomonidan mutaxassis fikrini berish; maxsus vakolatli organning
huquq va majburiyatlarini belgilash; qayta ekspertiza o‘tkazish vakolati beriladigan
ekspertlar reyestrini yuritish tizimini joriy etish va unga kiritishga doir talablarni
belgilash; sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish; sud ekspertizasi
faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya
institutlarini joriy etish”
[6].
Sud-ekspertlik faoliyatida sud ekspertining protsessual maqomida bir xillikning
yo‘qligi kuzatilmoqda, chunki ekspertning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati
nafaqat ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazilayotgan jarayonga, balki ushbu sud eksperti qaysi
ekspertiza muassasasining xodimi bo‘lishiga qarab ham farq qiladi.
Shu sababli, yuqorida ta’kidlangan O‘zbekiston Respublikasida sud
-ekspertlik
faoliyatini rivojlantirishning 2021
–
2025-
yillarga mo‘ljallangan
konsepsiyasida, yaqin
kelajakda sud-
ekspertlik sohasida hal etilishi zarur bo‘lgan asosiy muammolardan bir
sifatida “... sud
-ekspertlik faoliyatining tashkiliy hamda ilmiy-uslubiy jihatdan
markazlashmaganligi muayyan bir ekspertiza turi bo‘yicha turli yondashuvlar kelib
chiqishiga sabab bo‘lmoqda” deb bayon etilgan
[6]. Chunki, innovatsiyalardan
foydalanishning amaliy imkoniyati ko‘p jihatdan sud ekspertlarining kasbiy
tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi.
Sud ekspertshunosligi o‘zi uchun asosiy bilim manbalari hisoblangan fan sohalari
bilan chambarchas bog‘liq. Ish uchun muhim bo‘lgan
xatolarni aniqlash uchun zarur
bo‘lgan maxsus bilimlarni ilmiy bilimlarning turli sohalaridan olish mumkin. Shu sababli,
sud ekspertlik amaliyotiga ekspertizaga hal qilish berilgan savollarni samarali hal qilish
uchun “katta fanlar”ning g‘oyalari, usullari va uslublarini faol ravishda integratsiya
qilinmoqda.
Masalan,
sud-
tibbiyot
ekspertizasini
o‘tkazishda
kompyuter
tomografiyasidan foydalanish sud ekspertining imkoniyatlarini kengaytiradi: o‘q
tegishidan hosil bo‘lgan jarohatlar va shikastlanishlarning umumiy ko‘rinishini
o‘zgartirmasdan, jarohat kanalining xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot olish, yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘limida tirik tug‘ilish belgilarini topish va h.k., shuningdek,
murdadan turli infeksiyani sud-
tibbiyot ekspertiga o‘tkazish xavfini yo‘q qilish kabilar
shular jumlasidandir.
N.B.
Abrarova “Kompyuter texnologiyalari va innovatsion texnologiyalar nafaqat
innovatsion yondashuvni amalga oshirish, balki deyarli barcha turdagi ekspertizalarning
imkoniyatlarini juda samarali kengaytirish imkonini berdi, shu bilan birgalikda,
ekspertiza tadqiqotlarini amalga oshirish jarayonini ham avtomatlashtirishga yo‘l ochdi.
Buning natijasi sifatida, bir tomondan, ekspertiza tadqiqotlarini bilish jarayonining
ma’lum darajada o‘zgarishi, boshqa tomondan uning imkoniyatlarini sezilarli darajada
kengaytirish hamda olingan ma’lumotlarning ilmiy asoslanganligi darajasini oshirish
imkoniyati paydo bo‘ldi” deb ta’kidlaydi [7, B.20]. A.V.
Kokinning fikricha esa, sud
ekspertizasi an’anaviy turlarining uslubiyoti obyektlarni tadqiqot qilishning yangi
axborot-texnik uslublariga moslashtirilishi kerak [8, S.33].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
66
Bizning fikrimizcha, innovatsion texnologiyalardan foydalanishning eng istiqbolli
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
–
3D texnologiyalarining keng qo‘llanilishi:
3D modellashtirish, 3D skanerlash,
3D bosib chiqarish;
–
sun’iy neyron tarmoqlar
i va
sun’iy intellektdan foydalanish;
–
kompyuter tomografiyasini qo‘llash;
–
nano-texnologiyalardan foydalanish.
Bir qator tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, sud
-
ballistik ekspertizalarini o‘tkazish
uchun avtomatlashtirilgan ballistik identifikatsiya qilish
tizimlari ishlatiladi. O‘q va
gilzalarning iz qabul qiluvchi sirtlarini, kelgusida o‘qlarning yon sirtlarining va gilzalar
qalpoqchalarini yoyib suratga olish orqali izli yoyilmalarini hosil qiluvchi optik
skanerlash qurilmalaridan (skanerlaridan), bevosita ta’sirlashmasdan (kontaktsiz)
o‘lchovchi moslamalariga ega bo‘lgan
3D
skanerlardan foydalanishga o‘tish nafaqat uch
o‘lchovli tasvirlarni, balki skanerlangan ob
yektlarning qattiq elektron nusxalarini ham
olish imkonini beradi. Bu avtomatlashtirilgan komplekslarni yaxlit tizimga kiritish
imkonini beradi va natijada, optik tizimlar, skaner moslamalari, standart ma’lumotlar
bazasi tuzilishining yagona parametrlari, o‘qlar va gilzalarning skanerlashdan so‘ng
olingan tasvirlarining parametrlari hamda ushbu tizimlarda ma’lumotlarni kodlashning
yagona usuli ta’minlanadi [9].
3D skanerlash nafaqat ballistik tadqiqotlarda, balki daktiloskopik, trasologik
tadqiqotlar, sud-
tibbiyot ekspertizalarida ham qo‘llanilishi mumkin va h.k.
Ko‘plab hajmdagi ma’lumotlarning paydo bo‘lishi, hisoblash quvvatining oshishi
hozirgi vaqtda sun’iy intellekt imkoniyatlarini oshirmoqda. Har o‘n yillikda sun’iy
intellekt yangi cho‘qqilarni zabt etmoqda. Masalan, sun’iy intellektning rivojlanishidagi
yutuq sifatida “Go” [10] deb nomlangan o‘yinda o‘ynash uchun maxsus “AlphaGo” dasturi
ishlab chiqilganini aytish mumkin. Bunday dasturni yaratish uzoq vaqt davomida ko‘p
variantli harakatlar va pozitsiyalarni baholash talab etilganligi sababli imkonsiz deb
hisoblangan, chunki ushbu o‘yin ishtirokchida sezgi, intuitsiya va strategik fikrlashni
talab qilar hamda unda qat’iy belgilangan (qattiq) algoritmlar yo‘q edi. Biroq, ushbu
dasturda ikkita neyron tarmoqdan foydalanish 2017-
yil may oyida “Go” o‘yinida
amaldagi jahon chempioni Xitoylik Ke Szyo [11] ustidan g‘alaba qozonishga imkon berdi
[12, S.16].
Sun’iy intellekt texnologiyalari –
sud-ekspertlik faoliyatining istiqbolli
yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi vaqtda sun’iy intellektni
sud-xatshunoslik ekspertizasida
[13], mualliflikshunoslik ekspertizasida [14], sud-portret ekspertizasida [15] tatbiq
qilishga bag‘ishlangan
tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, sud-avtotexnikaviy
ekspertizasida ham
sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha takliflar mavjud
[16].
Sun’iy intellekt texnologiyalari qidirilayotgan shaxslarni aniqlash va bedarak
yo‘qolganlarni
qidirish
uchun
faol
foydalanilmoqda.
Masalan,
“
FindFace
”
texnologiyasidan foydalangan holda shahar
ning turli joylariga o‘rnatilgan kuzatuv
kameralaridan jinoyatchilarni qidirish Moskva shahrida 2017-yildan beri amalga
oshirilmoqda. 2020-
yilning o‘zida shahar videokuzatuv tizimi –
“Xavfsiz shahar”
avtomatlashtirilgan qidiruv majmuasi (APK)ning huquqni muhofaza qilish segmentidan
foydalangan holda 5
000 dan ortiq jinoyatlar ochilgan [17]. O‘zbekistonda ham kuzatuv
kameralaridan samarali foydalanilmoqda, jumladan “Jinoyat sodir etgani uchun
qidiruvda bo‘lgan besh nafar shaxs Toshkentdagi kuzatuv kameralari orqali aniqlanib,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
67
qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya xabar berdi. Qayd etilishicha, 14 –
19
–
sentyabr
kunlari Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari jinoyat sodir etgani uchun ichki
ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan besh nafar shaxsni qo‘lga oldi” [18].
Hozirgi vaqtda sun’iy intellektdan foydalangan holda ekspertiza vazifalarini hal
qilish uchun tubdan yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Masalan, “Yuridik fanlari doktori
Ikrom Fazilov o‘z loyihasida jinoyatlarni bartaraf etish bo‘yicha “namunaviy harakatlar
formulasi” ishlab chiqishni taklif etdi. Olimning fikricha, “Jazoni ijro etish
muassasalaridagi mahkumlarni saqlash joylari”ning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish,
“Intellektual kameralar”ni keng qo‘llash orqali jinoyatlarni aniqlash va oldini olish,
“Hududlarning elektron kriminogen xaritasi”ni yuritib, ularga vaziyat nuqtai nazaridan
“diagnoz” qo‘yish, natijasiga ko‘ra kuch va vositalarni oqilona taqsimlash ishlarini tashkil
etish joiz” [19].
Biroq, o‘z o‘rnida jinoyatchilikning zamonaviy ko‘rinishlarining o‘ziga xos
xususiyatlari ham sezilarli darajada o‘zgardi –
moddiy bazaga ega bo‘lgan uyushgan,
mukammal texnik jihozlangan guruhlarning faoliyati katta o‘rin egallay boshladi, bu esa
sud ekspertlaridan o‘z maxsus bilimlari hajmini va ish faoliyati samaradorligini
oshirishni hamda ularni qo‘llash doirasini kengaytirishni talab qiladi.
Shunday qilib, sud ekspertizasida innovatsiyalarni qo‘llash sohalari juda keng, ular
butun sud ekspertshunosligi va sud-
ekspertlik faoliyatining tizimiga to‘liq kirib borishi
kerak. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish sud-ekspertlik faoliyatini va mustaqil
fan sifatida sud ekspertshunosligni sezilarli va sifat jihatidan o‘zgartiradi, uni yanada
rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar ochadi, bu esa o‘z navbatida nafaqat, ilgari imkoni
yo‘q deb hisoblangan ekspertiza vazifalarini hal qilish orqali sud ekspertizasi
imkoniyatlarini kengaytiribgina qolmay, balki ekspert xulosalarining ishonchliligi va
daliliy ahamiyatini oshirishga imkon yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. I
-
harfi. / “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”.
Davlat ilmiy nashriyoti.
–
Toshkent.
–
B.199 // https://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_
milliy_ensiklopediyasi.
2.
Неретина
Н.С. Методологические, правовые и организационные аспекты
формирования и развития новых родов и видов судебных экспертиз: монография.
–
М.: Юрлитинформ, 2017. –
152 с.
3.
“Dronlardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan darajada emas” —
“Madad” NNT vakili. // https://www.gazeta.uz/uz/2024/04/15/dron.
4.
Григорян
В.Г. Новые объекты исследования судебных автотехнических
экспертиз // Теория и практика судебной экспертизы. 2019. –Т.14.
№ 2. –
С. 84
-91.
5.
Россинская
Е.Р. Научная школа судебной экспертологии кафедры
судебных экспертиз и ее роль в исследовании проблем цифровизации
судебноэкспертной деятельности // Новеллы Конституции Российской Федерации
и задачи юридической науки: материалы конференции: в 5 ч. –
М., 2021.
–
Ч.4.
–
С.362
-367.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021
-yil 5-
iyuldagi “O‘zbekiston
Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–
6256-
son Farmoni. / Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021
-y., 06/21/6256/0636-son;
18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son.// https://lex.uz/docs/5491507.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
68
7.
N.B.Abrarova.
Sud-
fonografiya
ekspertizasini
o‘tkazishda
zamonaviy
innovatsion texnologiyalar yutuqlarining o‘rni. O‘zbekiston sud ekspertizasi: huquqiy,
ijtimoiy, ilmiy-
amaliy jurnal. 2021. №1 (1).–
B.19-25.
8.
Кокин
А.В. Судебная экспертиза в эпоху четвертой индустриальной
революции (Индустрии 4.0) // Теория и практика судебной экспертизы. 2021. №2.
–
Т.16.
–
С.29
-36.
9.
Владимиров
В.Ю.,
Макаров
И.Ю.,
Данилов
И.А.
Развитие
и
совершенствование цифровизации судебных баллистических экспертиз //
Новеллы Конституции Российской Федерации и задачи юридической науки:
материалы конференции: в 5 ч. –
М., 2021. –
Ч. 4. –
С.276
-281.
10.
Go
–
Qadimgi Xitoyda paydo bo‘lgan,
bu ikki
o‘
yinchi
ga mo‘ljallangan
mavhum
strategik stol
o‘
yini b
o‘
lib, u b
o‘
sh joyni t
o‘
sish orqali raqibdan k
o‘
ra k
o‘
proq hududni
egallashga qaratilgan.
11.
Ke Szyo xitoylik professional
“
Go
”
9
dan o‘
yinchisi. Xitoyda birinchi raqamli
“
Go
”
o‘
yinchisi hisoblanadi, 2014-yil sentyabr oyidan boshlab
Ke Szyo “Rémi Coulom”
o‘yinchilarining
norasmiy
jahon
reytingida
birinchi
o‘
'rinda
turadi.
/
https://ru.wikipedia.org/wiki.
12.
Ли
Кай
-
фу. Сверхдержавы искусственного интеллекта. Китай. Кремниевая
долина и новый мировой порядок. –
М.: Манн, Иванов и Фербер, 2019. –
240 с.
13.
Иванов
А.И., Газин
А.И., Качайкин
Е.Я., Андреев
Д.Ю. Автоматизация
почерковедческой экспертизы, построенная на обучении больших искусственных
нейронных сетей // Модели, системы, сети в экономике, технике, природе и
обществе. 2016. №1 (17). –
С.249
-257.
14.
Соколова
Т.П. Судебное автороведение как междисциплинарная область
знания // Вестник Университета имени О.Е.
Кутафина (МГЮА). 2019. №5.
–
С.132
-142.
15.
Подволоцкий
И.Н. Организация портретной экспертизы в цифровой сфере //
Вестник Университета имени О.Е. Кутафина (МГЮА). 2020. №6.
–
С.89
-100.
16.
Попов
В.Л. Проблемы и перспективы использования нейросетевых
технологий при производстве судебных экспертиз в транспортной сфере //
Транспортное право и безопасность. 2020. №3 (35). –
С.65
-75.
17.
Новости
ГУ
МВД
России
по
г.
Москве
//
URL:
https://77.мвд.рф/news/item/22825421.
18.
Milliy gvardiya jinoyat sodir etgani uchun ichki ishlar organlari tomonidan
qidiruvda bo‘lgan besh nafar shaxsni qo‘lga oldi / https://sputniknews.uz/20230922/
jinoyat-qidiruv-shaxslar-kuzatuv-kameralari-39194654.html.
19.
Jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha innovatsion loyiha ilgari surilmoqda. /
https://advokatnews.uz/xabar/422.html.
