Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Establishment of a modern archive institution in
Uzbekistan
Mirzabek KHOLBOEV
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received November 2023
Received in revised form
15 December 2023
Accepted 25 December 2023
Available online
15 February 2024
This article provides information about the creation of a new
modern archival institution in Uzbekistan, their activities,
attention to archives and the work carried out to preserve the
funds of regional archives as well.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss11/S-pp118-125
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
archive,
Russian Association of
Archivists,
district archives,
single state archival fund,
fund,
Department of archives,
Central Archive Department
of the USSR.
O‘zbekistonda zamonaviy arxiv muassasasi tashkil topishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
arxiv,
Rossiya arxiv xodimlari
uyushmasi,
tuman arxivlari,
yagona davlat arxiv fondi,
fond, arxiv boshqarmasi,
SSSR Markaziy arxiv
Boshqarmasi.
Ushbu
maqolada O‘zbekistonda yangi zamonaviy arxiv
muassasasi tashkil topishi, ularning faoliyati, arxivlarga bo‘lgan
e’tibor, viloyat arxivlari fondlarini saqlash bo‘yicha amalga
oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berilgan.
1
Teacher, Faculty of Social Sciences. Namangan State University. E-mail: mirzabek7176@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
119
Создание
современного
архивного
учреждения
в Узбекистане
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
архив,
Союз архивистов России,
районные архивы,
Единый государственный
архивный фонд,
фонд, архивное
управление,
Центральное архивное
управление СССР.
В данной статье представлена информация о создании
новых современных архивных учреждений в Узбекистане,
их деятельности, внимании к архивам и проводимой
работе по сохранению фондов региональных архивов.
Rossiya imperiyasi Turkistonni egallagandan so‘ng boshqaruv shakllari ham
to‘laligicha o‘zgartirildi. XX asr boshlarida Turkiston tarixida barcha sohalarda bur
ilish
yuz berdi. Aynan shu davrlarni o‘lkada shiddatli o‘zgarish
davri deb aytish mumkin.
O‘lkada zamonaviy muassasa sifatida arxivlarni yaratish g‘oyasi XIX asrning oxirlarida
paydo bo‘ladi, ammo bu ishlar bir qancha uslubiy jarayonlarni hisobga olgan holda
cho‘zilib ketdi. Asosan, 1917
-yildan keyingi voqealar arxivlar hayotida muhim voqea
bo‘ldi. Yangi muassasa sifatida davlat boshqaruvida arxiv ishi tushunchasi kirib kela
boshladi.
Rossiya imperiyasi Turkistonga bostirib kirgan davrda arxiv ishi mavjud yoki
mavjud emasligi haqida tarixchi va arxivchi olimlar turlicha fikrlar yuritgan. Xususan,
1939-
yilda sharqshunos olim P.P. Ivanov Xiva xonligi arxivini birinchi bo‘lib o‘rganib
chiqib, mazkur arxiv haqida ma’lumot bergan. Qo‘qon xonligi arxivi haqida sharqshunos
olima A.L. Troyiskaya 1968-
yilda “Каталог архива Какандских ханов XIX века” nomli
ma’lumotnomasini e’lon qilgan [1]. Ko‘plab tarixchi olimlar Qo‘qon va Xiva xonlari arxivi,
Buxoro amirligi qushbegi arxivi faoliyat yuritgan, degan fikrni ilgari surgan. Chindan ham
xonliklar davrida arxiv tushunchasi bo‘lmagan, ammo hujjatchilik ishi yaxshi yuritilgan.
Rossiya imperiyasi kirib kelgan davrda xonliklarda hujjat ishi mavjud bo‘lib, o‘ziga xos
tarzda yuritilgan. Lekin, bu ishlar asosan bir tomonlama rivojlanganligi, xonliklar
boshqaruviga oid va mansabdor shaxslarning hujjatlariga asosiy e’tibor qaratilganligi
bilan ahamiyatlidir. Hujjatchilik ishi saroy devonxonasida faoliyat yuritgan bo‘lib, unga
ma’lum bir shaxs mas’ul etib tayinlangan.
Ushbu hujjatlardan asosan saroydagilar va
yuqori martabali shaxslargina foydalana olganlar. Bu esa mavjud davrda arxiv vazifasini
o‘taganligi, undan faqatgina ayrim toifadagi shaxslar manfaat ko‘rganligi sohada yangilik
va o‘zgarish bo‘lmaganligiga sabab bo‘ladi.
Turkistonda arxiv ishi sovetlar kirgunga qadar mavjud bo‘lgan bo‘lsa
-da,
zamonaviy tarzda shakllanmagan desak o‘rinli bo‘ladi. Ko‘plab sohalar kabi arxiv ishi
ham xonliklar boshqaruvida bir tomonlama rivojlangan. Hujjatlar har bir idoraning o‘zida
saqlanib, tarqoq holda bo‘lgan, bu esa hujjatlarni saqlashga e’tiborsiz bo‘linganidan
dalolat beradi. Oktabr to‘ntarishidan keyin marksizm tarafdorlari tarixiy va siyosiy
ahamiyatga ega bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarini o‘rganishga kirishdilar. Bolsheviklar
uchun kelajakdagi ishlarni amalga oshirishda katta xizmat qilishi kerak bo‘lgan arxivlar
nazoratga olina boshlandi. Shu sababli bosib olingan hududlarda arxiv ishiga doir qaror
va farmonlar ishlab chiqildi
. “Sovet arxiv ishi tarixiga oid birinchi asarlar 1920
-yillarda
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
120
hujjatlarni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan paydo
bo‘lgan. Arxivlar birinchi navbatda ilmiy muassasalar sifatida ko‘rilgan. Tarixchi
-olimlar,
akademiklar A.S. Lappo, Danilevskiy va S.F. Platonov, arxivshunos I.L. Mayakovskiy
arxivlarni birinchi navbatda tarixiy tadqiqotlar vositasi sifatida ko‘rib, arxiv ishini
rivojlantirish yo‘llari haqida fikr yuritdilar, Rossiya va xorijiy arxiv xizmatining holatini
tahlil qildilar va taqqosladilar” [5]. Arxiv fanining nazariy muammolarini ishlab chiqish
1920
–
1930-
yillardagi yetakchi arxiv nashri bo‘lgan “Arxiv ishi” jurnali professional
davriy nashrlar sahifalarida bo‘lib o‘tdi. Eng asosiysi 1917
-yil inqilobdan keyingi
vaqtlarda tarixiy rivojlanishni ahamiyatli deb bilgan marksizm tarafdorlari hisoblangan
bolsheviklar vakillari Rossiya va ular egallagan hududdagi arxivlarni o‘z nazoratlariga
oldilar. Aynan shu sabab asnosida 1917-yil fevraldan keyingi voqealar hamda,
1920-
yilning oxirigacha bo‘lgan jarayonlarda arxivlarning hujjatli merosini saqlash
uchun kurash, arxiv ishi bo‘yicha islohotlarning kuchaytirilishi, arxivlarni boshqarishning
yangi davlat tizimi qurilishining boshlanishi bilan xarakterlanadi.
Ushbu bosqichni ham ikki davrga ajratish maqsadga muvofiq:
birinchi davr
1917-yil fevralidan 1918-
yil martigacha. Bu davr ikki to‘ntarish
davri boʻlib, arxivlarda koʻplab muammolarning mavjudligi bilan izohlasak, ushbu
davrda, hujjatlarni talon-
taroj qilish, hujjatlarni maqsadli yoʻq qilinishi bilan
harakterlanadi. Ana shunday og‘ir damlarda, fevral inqilobidan keyingi dastlabki
kunlardayoq rus ziyolilari arxivlarni himoya qilish uchun kirishdilar. Rossiya arxiv
xodimlari uyushmasi (
Союза РАД
-
Российских архивных деятелей)
doirasida o‘z
faoliyatini tashkil etgan fan va madaniyat vakillari ushbu jamoat tashkiloti milliy arxiv
merosini saqlab qolishga ulkan hissa qo‘shdi. Ular nafaqat Rossiya arxivlarini, balki
barcha egallab olingan joylardagi hujjatlarni yaxshi saqlash muhim ekanini alohida
ta’kidlagan.
Oktabr to‘ntarishidan keyin arxivlardagi vaziyat ham tubdan o‘zgarib,
ikkinchi davrni
boshlab berdi. 1918-yil bahoridayoq bolsheviklar hukumati vakili
D.B. Ryazanov Rossiya arxiv xodimlari uyushmasi ittifoqi vakillari bilan hamkorlik
aloqalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu foydali birlashmaning samarali ishi
natijasi 1918-yil 1-iyundagi RSFSRda arxivlarni qayta tashkil etish va markazlashtirish
to‘g‘risidagi farmon matni bo‘ldi. Aynan shu hujjatda sovet arxivlari tizimining asosiy
qoidalari shakllantirilgan va arxivlarni boshqarishda davlat markazlashuvi tamoyillari
mustahkamlangan [3].
Bolsheviklar chiqargan barcha qonun, qaror va farmonlar Turkistonga ham tegishli
bo‘lib, amal qilinishi qat’iy belgilangan edi. B.N. Storojev 1918
-yilning aprel oyida RSFSR
hukumati tashabbusi bilan markaziy arxiv idoralari boshqarmasini tuzish, arxiv ishini
qayta qurish va markazlashtirish xususida qaror qabul qiladi, o‘shanda hukumat
topshirig‘iga ko‘ra “arxiv tashkilotlari boshqaruvini tashkil etish” uchun maxsus
komissiya tuziladi.
1918-yil 2-
aprelda Arxivlarni boshqarish boʻyicha Markaziy Qoʻmita tuzilib, unga
arxivlarni vaqtincha boshqarish funksiyasi yuklangan va qisqa muddatda mamlakatda
arxiv ishini qayta tashkil etish boʻyicha meʼyoriy hujjatni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
1918-
yil iyun oyida Xalq komissarlar sovetining “Arxiv ishini qaytadan tuzish va
markazlashtirish” haqida dekreti qabul qilindi. Ushbu dekretda 12 ta band ko‘rsatilib,
barcha respublikalar uchun arxiv ishini qayta tuzishda yangicha ish tashkil etish, arxiv
ishi boshqaruvini o‘zgartirish hujjatlarga e’tiborni yanada kuchaytirish, saqlovini
ta’minlash va arxiv ishiga doir barcha jarayonlarning isloh qilinishi ko‘rsatib berilgan.
Xususan, dastlabki berilgan topshiriq quyidagicha edi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
121
1.
Hukumat muassasalarini hamma arxivlari qaramog‘idagi muassasa qatorida
tugatildi va ularda saqlanib kelayotgan ish va dokumentlar (hujjatlar) yagona davlat arxiv
fondini tashkil etadi.
2. Davlat arxiv fondini boshqarish ishi Bosh arxiv ishlari boshqarmasiga
yuklatiladi.
3. Hukumat muassasalarining 1917-yil 25-oktabrgacha tamomlangan barcha
ishlari va yozishmalari davlat arxiv fondiga topshiriladi.
Har qaysi idora uchun u bilan kelishib Bosh arxiv ishlari boshqarmasi tomonidan
maxsus belgilangan muddat ichida kundalik faoliyat uchun ahamiyatini yo‘qotmagan
ishlar, shu idorani ichida qoldiriladi va Bosh arxiv ishlari boshqarmasining ixtiyori va
qaramog‘iga topshirilmaydi.
4. Hukumat muassasalarini hozirda yurgizib turgan hamma ishlari va yozishmalari
har qaysi idora uchun maxsus qaror bilan belgilanadigan muddat ichida ularni ixtiyorida
qoldiriladi. Ko‘rsatilgan muddatdan keyin hamma tamomlangan ish Davlat
arxiv fondiga
topshiriladi.
5.
Hukumat muassasalari qanday bo‘lmasin, ish va yozishmalarni yoki ayrim
qog‘ozlarni Bosh arxiv ishlari boshqarmasining yozma ruxsatidan tashqari yo‘q qilish
huquqiga ega emasdirlar. Shu ma’lumotni buzuvchilar sud javobgarligiga tortiladilar.
6. Bosh arxiv ishlari boshqarmasi davlat arxiv fondidan spravkalar olish tartibini
tezda belgilash lozim. Shu barobarida spravkalarni erkin olish huquqi mazkur ishni
amalga oshirgan
o‘sha idoraga beriladi.
7. Ilmiy jihatdan yaxshi foydalanish va shuningdek, qulay saqlash uchun va
xarajatlarni tejash maqsadi bilan, Davlat arxiv fondining ayrim qismlarini arxiv ishlarini
markazlashtirish prinsipida imkoniyati bo‘lganda birlashtirish kerak.
8.
Bosh arxiv ishlari boshqarmasi Maorif xalq komissariatiga alohida qism bo‘lib kiradi.
9. Bosh arxiv ishlari boshqarmasining mudiri Maorif Xalq Komissarining taqdim
qilishi bo‘yicha Markaziy hukumat tomonidan tasdiq qilinadi.
Maorif xalq komissariatini kollegiya a’zoligi huquqidan foydalaniladi va arxiv
ishlari boshqarmasining markaziy hukumat oldidagi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri doklad qilish
huquqiga ega bo‘lgan vakilidir.
10.
Bosh arxiv ishlari boshqarmasi va unga tegishli bo‘lgan viloyat boshqarmalari
haqidagi nizom qo‘shimcha nashr etiladi.
11.
Shu dekret e’lon qilinishi bilan bunga qadar nashr etilgan Russiyada arxiv ishini
tashkil qilish huquqidagi dekretlar va qarorlarni harakati bekor qilinadir.
12.
Har xil idoralarga ularning qaramog‘ida turgan arxivlarni saqlash uchun
berilgan kreditlarni 1918-yil 1-iyundan boshlab Bosh arxiv ishlari boshqarmasining
ehtiyojiga sarf qilish uchun Maorif xalq komissariatining ixtiyoriga beriladi [6]. Mazkur
dekret barcha tarqoq arxivlarni markazlashtirishda asos bo‘la oldi. Turkistonda eski
tizimda ishlab kelayotgan arxivlar tugatildi (yangicha ish faoliyatiga o‘tkazildi). Barcha
arxiv manbalari Turkiston ASSRning yagona Davlat arxiv fondi (DAF) ni tashkil etishi
belgilab qo‘yildi
. DAFni boshqarish va nazorat qilish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv
ishlari bosh boshqarmasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Turkistondagi barcha davlat idoralari
o‘z hujjat ishlarini ularning roziligisiz yo‘q qilish huquqiga ega emas deb belgilandi.
Nafaqat 1917-
yilga qadar yaratilgan hujjatlar, balki sovet idoralarida tashkil bo‘lgan
hujjatlar ham davlat arxiv fondining tarkibiy qismi deb e’lon qilindi. Bu hujjatlarni
nazorat qilib turish Arxiv ishlari bosh boshqarmasiga topshirildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
122
Mamlakatda birinchi marta arxiv ishini tashkil etish tamoyillari va arxiv ishi
huquqi qonuniylashtirildi. Davlat idoralarining barcha arxivlari idoraviy muassasalar va
ularda saqlanadigan ishlar va hujjatlar sifatida tugatilib, bundan buyon yagona davlat
arxiv fondini (YADAF) tashkil etishi belgilandi. Aslini olganda sovetlar tomonidan arxiv
ishiga oid chiqarilayotgan barcha qonun, qaror, farmonlarda barcha hujjatlar ularning
ixtiyoriga to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri o‘tkazilgan.
Rossiya hukumati tomonidan tashkil etilgan arxiv
qonunchiligi va arxivlarning ish yuritish tizimi Qizil Armiya hujjatlarini ham qisman
o‘zida mujassamlashtirgan edi. Sovet hukumati harbiy kuchlar bosh qo‘mondonligi Qizil
Armiya va fuqarolar urushi tarixi bo‘yicha materi
a
llar yig‘ish to‘g‘risida topshiriqlar
berdi. Shu maqsadda frontdagi shtablarda shu jumladan, Turkiston frontida harbiy ishlar
arxiv bo‘linmalari tuzilib, har bir armiya harbiy ishlari haqidagi ma’lumotlarini to‘plashi
va ularni markazga yuborishlari shart etib belgilandi.
Keyingi muhim qarorlardan biri, Xalq komissarlar sovetining 1919-yil 31-mart
Arxiv hujjatlarini saqlash va yo‘q qilish haqidagi dekreti arxiv ishida quyidagi ishlarni
bajarishini belgilab berdi:
1. Sovet muassasalari, professional va kooperativ tashkilotlarning tugatilgan
hamma ishlari (arxiv fondlari) o‘z ixtiyorlarida besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida
saqlanadi, lekin ish ichidan birorta ham hujjat ajratib olinmasligi kerak.
2.
Belgilangan muddat o‘tgandan keyin tugatilgan ishlar tarixi material (manba)
sifatida tegishli arxiv bo‘limiga topshiriladi.
3.
Arxiv bo‘limiga topshirilishi lozim bo‘lgan ishlardan quyidagilar yo‘q qilinadi:
a)
diplomatik aloqalar, siyosiy, jamoat, iqtisodiy tarixlarni o‘rganish uchun va
umuman har qaysi turmushning har xil ko‘rinishlarida ahamiyatga ega bo‘lmagan
hujjatlar;
b)
umuman mazmun va forma jihatidan bir xil bo‘lgan, lekin shunday ishning yoki
qog‘ozning (hujjatning) bittasi saqlanishi kerak.
4.
Ishlarni yo‘q qilish uchun ajratganda, ulardan doimiy saqlashni talab qiluvchi
hamma ajrim hujjatlarini saqlash uchun va shuningdek, avtograflar, pechat namunalari,
gerb qog‘ozlarini bosma blankalari va boshqalar ajratib olinishi kerak.
5.
Saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv fondlarini ko‘rib chiqish va ulardan yo‘q qilinishi
kerak bo‘lgan ishlarni ajratish bosh arxiv boshqarmasi tomonidan tayinlangan
kishilardan iborat komissiya va ishi ko‘rilishi kerak bo‘lgan muassasaning vakili
tomonidan bajariladi. Petrograd va Moskvada ko‘rib chiqilayotgan hamda saqlash uchun
davlat arxiv fondiga topshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni (hujjatlarni) qabul qilib oladigan
bo‘limning boshlig‘i, joylarda esa guberniya yoki oblast arxivlarining mudirlari
komissiyaning raisi bo‘ladi.
6.
Komissiya o‘z faoliyatida hujjatlarni saralash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalarga va
zarur hollarda Arxiv ishi bosh boshqarmasining maxsus ko‘rsatmalariga amal qiladilar.
7.
Komissiyaning qarori, yo‘q qilish uchun belgilangan ishlarning ro‘yxatlari bilan,
Bosh arxiv ishlari boshqarmasi qoshidagi Bosh inspektor raisligida Yagona davlat arxiv
fondining seksiyalaridan bittasining boshlig‘idan, bo‘limlardan bittasining boshlig‘idan va
ilmiy-
statistika bo‘lim mudiridan iborat bo‘lgan tekshirish komissiyasiga taqdim qilinadi.
8.
Ko‘rib chiqish komissiyaning fikri Bosh arxiv ishlari boshqarmasining tasdig‘iga
taqdim qilinadi. Tasdiq qilingandan keyingina ijro etiladi, ishlarni va ushbu hujjatlarni
yo‘q qilish uchun ajratish, ko‘rib chiqish komissiyasining raisi yoki a’zolaridan birining
ishtirokida amalga oshiriladi, u esa bajarish aktini tuzadi va bu haqda tekshirish
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
123
komissiyasiga xabar beradi. Yo‘q qilinadigan ishlar yoki qog‘ozlar xalq xo‘jalik Oliy
Sovetini qog‘oz sanoatining guberniya yoki Markaziy Boshqarmasiga topshiriladi, ularni
yo‘q qilinayotganda esa, Markaziy arxiv ishlari boshqarmasining vakili albatta ishtirok
etishi zarur.
9.
Yo‘q qilingan ishlarning ro‘yxati va unga aloqador bo‘lgan barcha yozishmalar
arxiv bo‘limining unda saqlanishi lozim bo‘lgan alohida ishini tashkil etadi.
Xalq Komissarlari Kengashining raisi V. Ulyanov (Lenin).
Xalq Komissarlari Kengashining boshqaruvchi direktori V. Bonch Bruevich [6].
1919-yil 15-noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining qaroriga
muvofiq Arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tuzildi. Turkiston Respublikasi Davlat arxiv
jamg‘armasida qo‘lyozma manbalardan tashqari matbuot materiallari va suratli hujjatlar
bor edi. Davlat arxivi jamg‘armasiga faqat 1917
-yildan oldingi tashkilotlar arxiv
hujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham qabul qilingan.
Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyingina davlat arxiviga topshirilishi
belgilangan. Bu qoida 1921-yil 30-sentabrdan kuchga kirgan.
Joylarda viloyat arxiv bo‘limlari tashkil qilindi. Masalan, 1920
-yilning martida
Farg‘onada, 1920
-
yil iyunda Andijonda, o‘sha yil noyabrda Yettisuvda, 1921
-yil martda
Kaspiyorti viloyatida ana shunday arxiv bo‘limlari tashkil qilindi. Turkiston XKSning
1921-yil 25-
yanvardagi qaroriga binoan, arxivlarda qo‘lyozma hujjatlargina emas, balki
nashr qilingan materiallar va suratli hujjatlar ham yig‘ila boshlandi. Hukumatning
1921-yil 23-
iyundagi buyrug‘i bilan hujjatlarni yo‘q qilish taqiqlandi [4]. Keyinchalik
mazkur qarordagi kamchiliklar aniqlanib, hujjatlarga egalik qilish huquqiy tomondan
ta’minlandi. Xususan, Sovet bosma nashrlarini arxivda saqlash to‘g‘risida Turkiston
Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashining 1921-yil 25-yanvardagi 18-sonli qarorini
o‘zgartirish uchun O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi
qarori quyidagicha bo‘ldi:
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining barcha davlat va jamoat muassasalari,
shuningdek, ilmiy jamiyatlari barcha hujjatlarni markaziy arxiv bo‘limiga topshirishi shart
etib belgilandi. O‘zbekiston SSR Arxiv ishi boshqarmasiga bugungi kunga qadar bosmaxona,
toshbosma yoki boshqa vositalar bilan ko‘paytirilayotgan hujjatlar 3 nusxada: kitoblar,
broshyuralar, jurnallar, gazetalar, varaqalar, murojaatlar, deklaratsiyalar, plakatlar, shiorlar
va boshqalar, shuningdek, bir nusxada; qurultoylar, mitinglar, yig‘ilishlarning fotosuratlari,
Oktabr inqilobidan keyin nashr etilgan chizmalarni topshirish kerak [7] ekanligi qaror orqali
qayd etildi. Undan tashqari kelgusida mazkur qarorda ko‘rsatilgan yangi materiallar paydo
bo‘lishi munosabati bilan ular belgilangan vaqtda O‘zSSR arxiv ishi markaziy boshqarmasiga
yuborilishi shart etib belgilandi.
1917
–
1920-yillarda Turkistonda arxiv ishini tashkil etishning siyosiy va tashkiliy
asoslari yaratildi. Turkiston Respublikasi Arxiv ishi Markaziy Boshqarmasi tuzilgandan
so‘ng, unga RSFSR Bosh arxivi tomonidan yuborilgan D.I.
Nechkin rahbarlik qildi
(U 1919-
yilning dekabrida Toshkentga keladi). O‘lkada Nechkin kelishi bilanoq arxiv
ishini yaxshilash borasida jiddiy ishlar boshlanadi. Ya’ni joylarda mahalliy arxivlar
faoliyatini tuzish va yo‘lga qo‘yishga kirishib ketdi. 1920
-
yilning may oyida Аrxiv ishi
Markaziy Boshqarmasi boshqaruvchisi D.I. Nechkin, ilmiy xodim P.I. Sosnovskiy,
inspektor F.
Suslovlar respublika bo‘ylab xizmat safarida bo‘ldi. Ular arxiv jamg‘armalari
holatini o‘rganib, mahalliy hukumat organlariga arxiv ishlarini tashkil qilishda yordam
berdilar.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
124
1921-yil 14-
iyulda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining “Arxiv ishi bosh
boshqarmasi va avtonom respublikalar arxiv muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning ahamiyati shundan iborat bo‘ldiki,
Rossiya tomonidan egallangan barcha hududlardagi arxiv ishidagi umumiy holat qamrab
olindi. Bu qarorning mazmuni va ahamiyati quyidagicha bo‘ldi:
1.
Hozir mavjud boʻlgan va shakllanayotgan avtonom respublikalarda arxiv ishi
boʻyicha markaziy boshqarmalar tashkil etilib, ularning bo‘ysunuviga butun arxiv fondi va
yangi respublikalar tasarrufiga oʻtkazilgan muassasalardagi alohida arxiv ishi oʻtkaziladi.
Eslatma. RSFSR markaziy arxivlariga saqlanadigan hujjatlar nusxalarda
topshiriladi; agar ularning o‘lchamlari juda katta bo‘lsa, ulardan nusxa ko‘chirish imkoni
bo‘lmasa, ular avtonom respublikalarning davlat hokimiyati organlari tomonidan bepul
foydalanish uchun taqdim etiladi, lekin amaldagi saqlash joylarida qoladi. Muxtor
respublikalar arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar, agar ular umumdavlat yoki
umummilliy ahamiyatga molik bo‘lsa, nusxasi olingandan keyin markaziy arxivga
topshiriladi yoki nusxasini olish qiyin bo‘lgan taqdirda, ular boshqarma tomonidan qabul
qilinadi. Arxiv ishi bosh boshqarmasi roʻyxatga olish uchun va mahalliy arxivlarning
maxsus boʻlimlariga ularda saqlash uchun avtonom respublikalarning davlat hokimiyati
organlari tomonidan belgilangan tartibda va ularning masʼuliyati ostida ajratiladi.
2.
Avtonom respublikalarning arxiv muassasalari ma’muriyati mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan tayinlanadi va unga umumiy asosda bo‘ysunadi, lekin
arxivni texnik boshqarish bilan bog‘liq barcha ishlarda u boshqarmaning ko‘rsatmalari va
buyruqlariga bo‘ysunadi. RSFSR Arxiv ishi Bosh boshqarmasi, texnik masalalar bo‘yicha
bevosita aloqada bo‘lishi mumkin.
3. Avtonom respublikalar tomonidan saylangan Markaziy arxiv boshqarmasi
ma’muriyati esa asta
-sekin barcha arxiv hujjatlarini viloyat arxiv boshqarmalaridan oladi.
4.
O‘tkazilgan arxiv fondlaridan har qanday hujjatlarni yo‘q qilish faqat Arxiv ishi
bosh boshqarmasi ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
5. Oblastlarning faqat bir qismi avtonom respublikalar chegarasiga kiritilgan
hollarda viloyat arxiv ishi boshqarmalari muxtor respublika arxivlari markaziy
boshqarmalari tarkibiga o‘tkaziladi:
a)
funksiyalari avtonom respublikalarning davlat organlariga o‘tkazilgan davlat
hokimiyati organlari faoliyatiga oid arxiv fondlari va alohida arxiv ishlari;
b) ushbu respublikalar hududlarida istiqomat qiluvchi millatlarning milliy-
madaniy tarixiga oid ishlar va materiallar.
6. 5-
bandga muvofiq, o‘tkazib beriladigan arxiv fondlarini taqsimlash uchun
muxtor respublikalar va viloyat arxiv boshqarmalari vakillaridan teng asosda joylarda
kelishuv komissiyasi tuziladi.
Eslatma. Arxiv ishi bosh boshqarmasi zarur hollarda kelishuv komissiyasiga
mutaxassislarni yuborishi mumkin.
7. Kelishuv komissiyasi tuzilishi bilan bir vaqtda muxtor respublika vakillaridan
biri viloyat arxiv boshqarmasi kengashi tarkibiga kiradi. Xuddi shu taqdimnoma viloyat
arxiv ishi bo‘limiga taqdim etiladi.
8. Mahalliy komissiyalarda yuzaga keladigan nizolar, shuningdek, arxiv fondlarini
topshirish munosabati bilan ular tomonidan hal etilmagan barcha masalalar Moskva
shahridagi Arxiv ishi va tegishli milliy vakolatxona markaziy komissiya tomonidan teng
asosda tuzilgan Bosh boshqarmasi vakillari tomonidan qilinadi [2]. Umuman olganda arxiv
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
11 (2023) / ISSN 2181-1415
125
ishidagi barcha jarayonlarni mazkur qaror orqali tartibga solindi, aniq boshqaruv shakli
qabul qilindi bu esa sohadagi kamchiliklarni bartaraf etishda muhim qaror bo‘la oldi. Barcha
hujjatlar markazlashtirildi, ularni ilmiy-
amaliy ahamiyatidan qat’i nazar ruxsatsiz yo‘q qilish
taqiqlanishi ham ijobiy ishlardan biri bo‘ldi. Ikkinchi tomondan qaraydigan bo‘lsak, arxiv
boshqaruvi to‘laqonli sovetlarga bo‘ysundirildi, hujjatlarning haqiqiy egalari ularni boy
berishi bilan birga foydalanishi ham taqiqlandi. Bu esa milliy ziyolilarning ilmiy ishlarini
tilsiz guvohlar orqali aks ettirishini ta’minlay olmadi. Aksincha sof, asl tarixni yuzaga
chiqarishning oldi olinishida ushbu qarorning mazmuni muhim bo‘ldi.
Ushbu tadqiqotni o‘rganish orqali quyidagi xulosaga kel
dik. Yangi tipdagi arxiv ishi
sovetlar bosqinidan keyin tashkil topdi, uning qonunchiligi yaratildi. Alohida zamonaviy
davlat muassasasi sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Tizimli ish yuritish joriy etildi. Ammo,
shu qatori kamchiliklar ham yetarlicha mavjud edi. Sovet davrida arxiv ishi tashkil etilgan
dastlabki vaqtlarda afsuski Leningrad va Moskva shaharlari tashqarisida arxivlardan
foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Faqatgina Partiya rozilik bergan arxivchilarga ruxsat
berilgan bo‘lsa
-
da, ularda ham turli taqiqlar mavjud edi, ya’ni sovet hujjatlarini qoralashi
ta’qiqlangan edi. Ular kun so‘ngida maxsus xodimlarga o‘z qayd daftarlarini ko‘rsatishlari
lozim bo‘lgan. Sovet Ittifoqi bo‘ylab bolsheviklar mafkurasi kuchlarini yorqin
aks
ettiruvchi hujjatlaridan ko‘chirmalar oldilar. Bu harakatlardan maqsad tarixchi va
o‘quvchilarni real voqeliklardan uzoqlashtirib, o‘zgartirilgan tarixga ko‘proq e’tibor
qaratishni ko‘zda tutar edi. Arxivlardagi sof tarix aks etgan hujjatlar nafaqat o‘lka
vakillariga, balki, mafkura uchun xizmat qilmagan shaxslarga ham berilmagan. Arxiv
ishida sovetlar tomonidan dastlabki yillardagi ijobiy ishlarni ham aytish o‘rinli, ya’ni
hujjatlarni saqlaydigan alohida tizim tashkil etildi, ularni qonuniy himoyalash boshlandi,
yangi tizimli ishlaydigan idora tashkil etildi, bu esa hujjatlarni saqlashga katta turtki
berdi. Bu jarayonning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. Jumladan, uning ijobiy tomoni
arxiv ishi va hujjatchilikning yangi bosqichga chiqishi va zamonaviy muassasa sifatida
faoliyat yuritishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, salbiy jihati esa hudud egallangandan so‘ng
hujjatlar qiymati va qimmatiga e’tibor berilmay, o‘lka tarixiga oid bo‘lgan ko‘plab
hujjatlar Turkistondan olib chiqib ketildi.
Xullas, ko‘p yillar davomida Turkistonning hujjatli merosi taqdiri davlat arxivlari
bilan bog'liq edi. Ularda to‘plangan hujjatlar doimo davlat mulki bo‘lgan qimmatli axborot
resurslari majmui sifatida qaralib kelingan. Madaniy va axborot hodisasi sifatida hujjatlar
O‘zbekiston axborot makonining bir qismidir. Shu nuqtai nazardan ularni har qanday
boshqaruv davrida saqlash va e’zozlash eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. I.Alimov -
Arxivshunoslik. O‘quv qo‘llanma. –
Toshkent, 2015. - 192 b.
2.
Военушкина С. М., Тесемникова Н. А. Основные декреты и постановления
советского правительства по архивному делу
1918-
1982 г.г.
-
Москва, 1985.
–
79
с.
3.
Цеменкова, С. И. История архивов России: XX
-
начало XXI века: учеб. Пособие. –
Рос. Федерации, Урал. федер. ун
-
т.
-
Екатеринбург: Изд
-
во Урал. ун
-
та, 2019.–
200 c.
4.
Исакова М., Иофе В. Архившунослик. Ўқув қўлланма. –
Тошкент: Чўлпон, 2007.
5.
Чупрова Эльвира. Возникновение и развитие архивной отрасли в 1917
-1991
гг. (на примере Коми ССР): Автореф. дис. ...канд. ист. наук
-
Сыктывкар, 2004. –
32
с
.
6. Namangan viloyati davlat arxivi, 273-fond, 1-
ro‘yxat, 1
-ish, 17-22-b.
7. Namangan viloyati davlat arxivi, 273-fond, 1-
ro‘yxat, 8
-ish, 23-24-b.
8.
Военушкина С. М., Тесемникова Н. А. Основные декреты и постановления
советского правительства по архивному делу
1918-
1982 г.г.
-
Москва, 1985. С. 12
-13.
