Авторы

  • Бахтиер Шодмонов
    Заведующий кафедрой Методологии социально-экономических наук, Национальный центр подготовки новым методологиям учителей Ташкентской области

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp309-312

Ключевые слова:

инновации цивилизация реформа образование наука история методы обучения интерактивные методы педагогическое мастерство педагогическая технология

Аннотация

В данной статье даются предложения и рекомендации относительно интерактивных, эффективных аспектов преподавания истории в общеобразовательных школах, а также решения существующих в этом отношении конкретных проблем на основе педагогического мастерства и педагогических технологий.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Problems and solutions to teaching History at secondary
schools

Bakhtier SHODMONOV

1


National Center for Training Teachers in New Methodologies of Tashkent Region

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2023

Received in revised form

15 November 2023
Accepted 25 November 2023

Available online

15 January 2024

This article provides suggestions and recommendations

regarding interactive, effective aspects of teaching history in

secondary schools, as well as solving specific problems existing

in this regard based on pedagogical skills and pedagogical

technologies.

2181-

1415/©

2023 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss10/S-pp309-312

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

innovation,

civilization,

reform,

education,

science,

history,

teaching methods,
interactive methods,

teaching skills,

pedagogical technology.

Umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitishning

muammo va yechimlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

innovatsiya,

sivilizatsiya,

islohot,

ta’lim,

fan,

tarix fanlari,

ta’lim metodlari,

interfaol usullar,

pedagogik mahorat,

pedagogik texnologiya.

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida tarix fanini

o‘qitishning interfaol yondashuvli, samarali jihatlari hamda bu

boradagi mavjud o‘ziga xos muammolarning pedagogik

mahorat va pedagogik texnologiyalar asosidagi yechimlariga oid
takliflar va tavsiyalar berilgan.

1

Head of the Department of Methodology of Socio-Economic Sciences, National Center for Training Teachers in New

Methodologies of Tashkent Region


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

310

Проблемы и пути решения преподавания истории в

общеобразовательной школе

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

инновации,

цивилизация,

реформа,

образование,

наука,

история,

методы обучения,
интерактивные методы,
педагогическое
мастерство,

педагогическая
технология

.

В данной статье даются предложения и рекомендации

относительно интерактивных, эффективных аспектов

преподавания истории в общеобразовательных школах, а
также решения существующих в этом отношении

конкретных

проблем

на

основе

педагогического

мастерства и педагогических технологий.

Kirish

.

Ijodkorlik va yangilik o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.

O‘quvchilarga o‘z qiziqishlari va kuchli tomonlarini o‘rganish imkoniyatini berish orqali

maktablar mustaqil fikrlash va harakat qilishga qodir mutafakkirlarni rivojlantirishi

mumkin. Bu avtonomiya va o‘z

-

o‘ziga ishonish tuyg‘usini rivojlantiradi, o‘quvchilarga

umrbod ta‘lim oluvchilar bo‘lish imkoniyatini beradi. Bugungi tez o‘zgaruvchan muhit
o‘quvchi yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda yangi pedagogik interfaol metodlardan
keng foydalanishni taqozo qiladi. An’anaviy mashg‘ulotlar olib borish asta

-

sekin o‘z

o‘rnini intensiv va interfaol metodlarga, noan’anaviy dars o‘tish shakllariga bo‘shatib
bermoqda. Ta’lim

-

tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash,

avvalo pedagogik mahoratni talab etadi. Interfaol usulda dars olib borilayotganda

o‘quvchi sinfda o‘zini erkin his qilishi o‘quv jarayoni emotsional jihatdan uni
qoniqtirsagina amalga oshib, o‘z fikrlarini erkin bayon eta oladi. Ijodkorlik va

innovatsiyalar tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish bilan birga keladi.

Umumta’lim maktablarida tarix fanini o‘qitishda yangi uslub va usullardan foydalanish
o‘quvchilarga fanni o‘rgatishda samarali natijalarga olib kelishi ilmiy jihatdan asoslab
berilgan. Ayniqsa, maktablarda tarix fanini o‘qitishda ko‘rgazmali vositalar va
manbalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Tadqiqot metodologiyasi

. Mustaqillik yillarida tarixchi olimlar tomonidan katta

ahamiyatga molik ilmiy-

tadqiqot ishlari amalga oshirildi, dolzarb mavzularni o‘z ichiga

olgan ko‘plab nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi, qator ilmiy
adabiyot, monografiyalar nashr yuzini ko‘rdi, fan yuzasidan tegishli muammolarni

qamrab olgan, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar tashkil qilindi,

dunyoning nufuzli va yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi,
zamonaviy talablarga asoslangan qator yangi avlod o‘quv adabiyotlari chop etildi.[1]
Ilmiy tadqiqotlar natijasida maktab darsliklarida quyidagi ilmiy yangiliklar o‘z ifodasini

topdi. Birinchidan, 6-

sinf qadimgi dunyo tarixi darsligida O‘zbek davlatchiligining tub

asoslari, Xorazm davlati, Baqtriya va sug‘d davlatchiligi, O‘rta Osiyodagi dastlabki

shaharsozlikning boshlanishi, zardushtiylik va buddaviylikning shakllanishi, 7-sinf

O‘zbekiston tarixi darsligida esa o‘zbek davlatchiligida yangi davlatlar Eftaliylar, Turk
xoqonligi kabi davlatlar yanada chuqurroq o‘rganildi, shuningdek, G‘aznaviylar,

Xorazmshohlar, Temuriylar davlati, Amir Temur shaxsi haqqoniy ochib berildi, ungacha


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

311

bo‘lgan darsliklarda ushbu davlatlar va shaxslar haqida bir yoqlama va noxolis

yondashilgan edi. 8-

sinf O‘zbekiston tarixi darsligida esa Zahiriddin Muhammad Bobur,

Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Uch xonlik davri, shuningdek, chor Rossiyasining O‘rta
Osiyoga istilochilik yurishining boshlanishi batafsil o‘rganib chiqildi. Ushbu voqealar
yuzasidan o‘quvchilarga xaqqoniy fikrlar va aniq ma’lumotlar berildi. 9

-

sinf O‘zbekiston

tarixi darsligida esa chor Rossiyasi bosqini va chorizm mustamlakachilik siyosati aniq

ochib berildi. Bungacha bo‘lgan davrdagi darsliklarda esa O‘rta Osiyo xonliklari chor
Rossiyasiga o‘z ixtiyori bilan qo‘shilgani iddao qilib kelinar edi. 10

-

sinf O‘zbekiston tarixi

darsligida Sovet davlatining tashkil topishida amalga oshirilgan qirg‘inlar, Turkiston
muxtoriyatining qonga botirilishi, istiqlolchilik harakati, jadidlar va ziyolilarning qatag‘on

qilinishi, shuningdek, quloqlashtirish siyosati, paxta siyosati, kabi voqealar ochib
berilgan. Bungacha 1920-1930-yillardagi istiqlolchilik harakati bosmachilik, quloq

qilinganlar esa boy ekspluatatsiya qiluvchi quldorlar deb e’tirof etib kelinar edi.

Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi bo‘g‘inidagi ta’lim muassasalari, shu

jumladan, umumiy o‘rta ta‘lim maktablari o‘qituvchilari oldida yangi muammolar, ya’ni
o‘qitilayotgan fanning o‘zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi.

Ma’lumki, umumiy va o‘rta ta’lim maktablarida ijtimoiy

-gumanitar fanlarni

o‘qitishda ko‘rgazmali qurollar muhimdir. Ayniqsa tarix fanida xaritalar, jang sxemalarini
ko‘rsatish dars samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari mavzular bo‘yicha matnlarni

ham berish mumkin. Matnda keltirilgan tushunchalar, tarixiy atamalar obrazli tarzda

namoyon bo‘ladi.

O‘quvchi o‘z uyida televideniye orqali yoki kinoteatrda tarixiy

mavzudagi asarni tomosha qilib, uning mazmuni bilan chuqur tanishishga muvaffaq

bo‘lgani holda, o‘qituvchi dars jarayonida faqatgina darslik materiali bilangina
chegaralanayotgan bo‘lsa, u holda o‘quvchida mazkur dars uchun hech qanday qiziqish
paydo bo‘lmaydi. Ana shunday inqirozli sharoitdan chiqib ketish uchun o‘qituvchi tarix
fani darsida emotsional mahoratini ishga solib, o‘quvchilarni mavzuning mazmuniga
bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga, uning har tomonlama mustahkamlanishiga erishmog‘i
lozim. O‘qituvchi o‘z darsi davomida zamon talablariga mos bo‘lgan maxsus jihozlangan
tarix xonalarini tashkil etib, o‘qitishning turli metodik vositalaridan, jumladan ekran
qo‘llanmalari, magnitofon yozuvlari, teledarslardan foydalanishi kerak. Tarix fanini
o‘qitishda bugungi kundagi yangiliklar, o‘zgarishlar va qonunlar, zamonaviy manbalar,
erishilayotgan natijalar, bo‘lib o‘tayotgan eng so‘nggi voqeliklar bilan bir qatorda

tarixiy manbalardan foydalanish texnologiyalarini yaratish dolzarb pedagogik
muammolar sirasiga kiradi.

Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish

o‘qituvchi bayonini obrazli qilib konkretlashtirsa, ko‘rgazmali qurollar vositasida
o‘quvchilarda o‘tmish to‘g‘risida yorqin va aniq tasavvur hosil bo‘ladi, o‘quvchilarning
eshitish faoliyatiga ko‘rish va sezish organlarining faoliyati ham qo‘shiladi. Shu bilan
ularning bilimi yanada chuqurlashadi va mustahkamlanadi. Ko‘rgazmali qurollar
o‘quvchilarning bilim olishida muhim manba bo‘lib xizmat qiladi hamda o‘quvchilarning

tarixiy tasavvurlariga aniqlik kiritadi va bu tasavvurlarni konkretlashtirishga yordam

beradi. Tarixni o‘qitishda qo‘llaniladigan ko‘rgazmali qurollar o‘zining mazmuni, tarixiy

obrazlarining xarakteri, ularni tayyorlanish va foydalanish usullariga qarab quyidagi

turlarga bo‘linadi:

1. Tarixiy yodgorliklar, esdalik joylari; arxitektura yodgorliklari, xo‘jalikka doir va

boshqa qurilishlar; mehnat qurollari; qurol-

yarog‘lar, ro‘zg‘or buyumlari, shu jumladan

arxeologik topilmalar.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2023) / ISSN 2181-1415

312

2. Tasviriy ko‘rgazmalar; o‘qitishda foydalanish uchun ishlangan tarixiy kartinalar

va albomlar, san’at asarlari, portretlar, rasmlar, fotohujjatlar va fotosuratlar,
darsliklardagi illyustratsiyalar, o‘quv diapozitivlari, diafilmlar va kinofilmlar, maketlar,

mulyajlar, har-xil modellar, multimedialar, internet materiallari va boshqalar.

3. Shartli ko‘rgazma qurollari. Tarixiy va kontur kartalar, tarixiy atlaslar, sxemalar,

grafika, diagramma va kartogrammalar, applikatsiyalar va pedagogik rasmlar. [2]

O‘quvchi tarix fanidan bilimlar asosini o‘zlashtirganda millatimiz va boshqa

xalqlarning o‘tmish, kecha va bugungi taraqqiyoti to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘ladi.

Tarix darsi, har bir odamga etnomilliy, umummilliy va umum insoniy qadriyatlarni

o‘zlashtirishga yordam berishi lozim. Bu o‘quvchini shaxs, fuqaro, inson sifatida
shakllanishiga asos bo‘ladi. O‘quvchilar O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish davomida
umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirib boradi. Tarix darslari o‘quvchilarga tarixiy
bilimlarni yetkazib beruvchi vositagina emas, balki ularning ma’naviy

-axloqiy jihatdan

shakllanib borishlarini ta’minlovchi kuchli ta’sirga ega bo‘lgan omil hamdir.

Xulosa

. Umumta’lim maktablarida tarix fanlarini o‘qitish metodikasida ta‘limning

turli usul va vositalari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. O‘qituvchi tanlagan didaktik

materialning mazmun va xarakteridan kelib chiqib, unga mos tarzda usul va vositalarni

qo‘llab, dars faoliyatiga to‘g‘ri joriy qilishni yo‘lga qo‘ysa, o‘quvchining faolligini oshirish
masalasining yechimi hal etilgan bo‘ladi. Tarix o‘qituvchisi o‘quvchilarga tarixiy davrlar
voqea hodisalari va jarayonlarni aynan o‘zini ko‘rsatib bera olmaydi, faqat gapirib beradi.
O‘quvchilar tarixdan ma’lumot beruvchi haqiqiy buyumlarni juda qiziqish va hayajon
bilan o‘rganadilar. Shuning uchun ham maktabda tarixiy ko‘hna obidalar, muzeylar va

yodgorliklarga sayrlar, ziyoratlar va ekskursiyalar tashkil etish katta samara beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

U.S.To‘pchiyev, B.N.Mirzayev. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, tadqiqot

ob’ekti, nazariy metodologik tamoyillari. –

Toshkent

2.

F.R.Sa’dullaeva Tarix fanini o‘qitishga qo‘yilgan talab va yangicha yondoshuvlar.

Ta’lim va tadqiqotlar. 2022yil

4 son

3.

M.N.Irisbaeva Ta’lim

-tarbiya jarayonlarida tarixiy-milliy va zamonaviy

pedagogik texnologiyalarni integratsiyalash. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa

doktiri(PhD).

Samarqand.: 2020yil

4.

T.Toshpulatov, Y.G‘afforov Tarix o‘qitish metodikasi Toshkent. «Universitet»,

2002 yil

Библиографические ссылки

U.S.To‘pchiyev, B.N.Mirzayev. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti, nazariy metodologik tamoyillari. – Toshkent

F.R.Sa’dullaeva Tarix fanini o‘qitishga qo‘yilgan talab va yangicha yondoshuvlar. Ta’lim va tadqiqotlar. 2022yil 4 son

M.N.Irisbaeva Ta’lim-tarbiya jarayonlarida tarixiy-milliy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni integratsiyalash. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktiri(PhD). –Samarqand.: 2020yil

T.Toshpulatov, Y.G‘afforov Tarix o‘qitish metodikasi Toshkent. «Universitet», 2002 yil