Авторы

  • Шахбоз Буронов
    Студент, Юридический факультет, Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp27-29

Ключевые слова:

преступление Уголовный кодекс функция уголовного закона уголовный закон юридическая халатность преступная халатность

Аннотация

В данной статье с юридической точки зрения проводится анализ формы неосторожности в уголовном праве, рассматриваются различные виды неосторожного поведения, ответственность за совершение таких действий и вопросы наказания за них.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The concept of negligence in criminal law and its features

Shakhboz BURONOV

1

Samarkand State University named after Sharaf Rashidov

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2024

Received in revised form

15 January 2024

Accepted 25 February 2024

Available online

15 March 2024

This article, from a legal point of view, analyzes the form of

negligence in criminal law, examines various types of careless

behavior, responsibility for committing such actions and issues

of punishment for them.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2/S-pp27-29

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

crime,

criminal code,

the task of the criminal law,

criminal law,

legal extinction,

criminal indictment.

Jinoyat qonunida aybning ehtiyotsizlik shakli tushunchasi

va

uning o‘ziga xos xususiyatlari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Jinoyat,

jinoyat kodeksi,

jinoyat qonunining vazifasi,

jinoyat huquqi,

huquqiy ehtiyotsizlik,

jinoiy loqaydlik.

Ushbu maqolada jinoyat qonunida aybning ehtiyotsizlik

shakli, uning turlariga oid tushunchalar, ular uchun javobgarlik

va jazo tayinlash masalalari huquqiy jihatdan tahlil qilingan.

Понятие халатности в уголовном праве и её особенности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

преступление,

уголовный кодекс,

функция уголовного

закона,

уголовный закон,

юридическая халатность,

преступная халатность.

В данной статье с юридической точки зрения

проводится анализ формы неосторожности в уголовном

праве, рассматриваются различные виды неосторожного

поведения, ответственность за совершение таких действий

и вопросы наказания за них.

1

Student, Faculty of Law, Samarkand State University named after Sharaf Rashidov. Samarkand, Uzbekistan.

E-mail: ruzikulabriyev2022@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

28

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida aybning ehtiyotsizlik shakliga oid

ayrim masalalarni islohotlar talabi darajasida tartibga solingan deb bo‘lmaydi, unda

aybning mazkur shakliga oid umumiy qoidalar belgilangan xolos. Aybning ehtiyotsizlik

shakli, uning turlariga oid tushunchalar, ular uchun javobgarlik va jazo tayinlash

masalalari jinoyat qonunida yetarli darajada yoritilmagan. Bu esa aybning mazkur

shaklini aniqlash va baholash jarayonida sub’yektiv munosabatni yoki qonun normalarini

turlicha qo‘llash yoki talqin qilishni keltirib chiqarishi mumkin.

Bunday holat adolat g‘oyasi va odillik tamoyili buzilishiga olib keladi. Garchi

tergov-

sud amaliyoti ushbu sohada qonunda mavjud bo‘shliqni to‘ldirib turgan bo‘lsa

-da,

bu o‘rganilayotgan masalaning to‘g‘ri hal qilinishi amaliyot xodimlarining bilim saviyasi

va tajribasi bilan bog‘liqligi sababli masalaga bir xil yondashuv ta’minlayapti, deb

bo‘lmaydi. Binobarin, mamlakatimizda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat,

unda qonunning ustuvorligi ta’minlanishi shartligi sharoitida jinoyat qonunining

vazifasini har doim ham bir xil bo‘lmagan tergov

-sud amaliyoti orqali bajarish

mumkinligiga qo‘shilib bo‘lmaydi.

Shu bois, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoiy qilmishning ruhiy

jihatdan amalga oshirish mexanizmlari har xil bo‘lsa

-da, ayb jinoyat huquqi nazariyasida

sodir etilgan qilmishga nisbatan ruhiy munosabat sifatida shaxs ruhiyatining turli

sohalariga tegishli bo‘lgan tushunchalarda: intellektual va irodaviy elementlar sifatida

tadqiq etiladi.

Intellektual elementning tahlilidan shu ko‘rinadiki, u bilim xususiyatiga ega.

Bundan kelib chiqadiki, intellektual element

bu shaxs tomonidan o‘z qilmishining

ijtimoiy xavfliligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatini anglash hisoblanadi. Aybning muhim

tarkibiy qismi bo‘lgan mazkur jarayonni qasd yoki ehtiyotsizlikning intellektual elementi,

deb nomlash tarqalgan. Irodaviy element esa shaxs irodasining yo‘naltirilganligini aks

ettiradi, bu o‘z navbatida shaxs faoliyatini muayyan bir yo‘nalishga qaratilishi bilan birga

u yoki bu xavfsizlik choralariga oid qoidalarni ongli ravishda chetlab o‘tishda ifodalanadi.

Jinoyat qonunida nazarda tutilgan turli xildagi intellektual va irodaviy

elementlarning qo‘shilishi aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shakli hamda turlarini hosil

qiladi. Shu ma’noda intellektual va irodaviy elementlarni aybning mazmunini tashkil

etuvchi asosiy belgilar deyish mumkin. Demak, aybning intellektual va irodaviy

elementlari qo‘shilishining turli nisbati uni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

20-

moddasida qasd va ehtiyotsizlikka bo‘lish uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. O‘z

navbatida, aybning qasd shakli to‘g‘ri qasd va egri qasdga (JK 21

-modda), ehtiyotsizlik

shakli esa o‘z

-

o‘ziga ishonish va beparvolikka (JK 22

-

modda) bo‘linishi belgilangan. G‘arb

davlatlari qonunchiligida esa ehtiyotsizlik aybning mustaqil shakli sifatida ilk bor o‘rta

asrlarda italyan jinoyat huquqi ta’limotida shakllantirilgan va u egri qasdning

tushunchasi mahsuli bo‘lmish, shaxsning qonunga xilof xatti

-harakatlari oqibatini

oldindan ko‘ra bilishi shart bo‘lgan va bunga imkoni bo‘lgan holatlardagi ruhiy

omillarning jarayoni bo‘lib xizmat qilgan [1].

Shunga qaramay, ayb yuridik ma’noda faqat qonun chiqaruvchi tomonidan

belgilangan shakl va turlarda mavjud bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida qonun

chiqaruvchi aybning ehtiyotsizlik shaklini ikki turi: o‘z

-

o‘ziga ishonish va beparvolikni

farqlab belgilagan. Jinoyatni sodir etgan shaxs o‘z xulq

-atvori qonunda nazarda tutilgan

ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yeta turib, ehtiyotkorlik

chora-tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib

chiqmasligiga asossiz ravishda umid qilgan bo‘lsa, bunday jinoyat o‘z

-

o‘ziga ishonish

oqibatida sodir etilgan deb topiladi (JK 22-moddasi, ikkinchi qismi).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2024) / ISSN 2181-1415

29

V.F.

Kirichenko esa “huquqiy ehtiyotsizlik”ni ehtiyotsizlikning alohida mustaqil

ko‘rinishi sifatida ajratib ko‘rsatgan va bu fikrni A.S.

Nikiforov ham qo‘llab

-quvvatlagan [2].

P.S.

Dagel o‘z asarlarida ehtiyotsizlikning jinoyat qonunida mustahkamlangan

ko‘rinishlaridan tashqari “huquqiy ehtiyotsizlik”, “irodaviy beparvolik” va “jinoiy
loqaydlik” kabilarni ham ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, bular o‘z

-

o‘ziga ishonish va

beparvolikning qonunchilikda mustahkamlangan chegaralari bilan qamrab olinmagan
ekan [3].

Vaholanki, ehtiyotsizlikni qonunchilikda belgilanganidan boshqa yangi turlari

bo‘lishi kerakligi nazariyasi tarafdorlari o‘zlarini fikrlarini yuqoridagi kabi turli hayotiy

misollar bilan asoslashga harakat qilmasinlar, ular tomonidan ehtiyotsizlikning alohida

ajratib ko‘rsatilgan yangi turlari jinoyat qonunida belgilangan ehtiyotsizlikning ikki turi
mazmuni bilan to‘liq qamrab olinganligini ko‘rish mumkin.

Shu sababli, biz uchun A.I.

Rarogning “Ehtiyotsizlikning qonunchilikdagi ta’rifi

aybning bu ko‘rinishiga oid barcha turlarni qamrab oladi va ular sifat nuqtai nazaridan
alohida mustaqil ko‘rinish tashkil etmaydi” [4], degan fikri ham nazariy, ham amaliy
jihatdan asosli ko‘rinmoqda. Ehtiyotsizlikni qayd etilgan turlari “to‘lig‘icha
ehtiyotsizlikning qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan ta’rifiga to‘g‘ri keladi va sifat
nuqtai nazaridan alohida mustaqil ko‘rinish emas” [5].

Aybning ehtiyotsizlik shakli va uning muammolari haqidagi fikrlarimizni davom

ettirar ekanmiz, shu o‘rinda ehtiyotsizlikning jinoyat qonunida belgilangan ta’rifiga oid
yana bir muhim muammoli masala mavjudligi ko‘rinadi. Bu ehtiyotsizlik tushunchasining
berilishida qonun chiqaruvchi shaxsning o‘zi tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli
qilmishga nisbatan ruhiy munosabatiga to‘xtalmasdan, shaxsning faqatgina ijtimoiy xavfli

qilmish oqibatlariga nisbatan munosabati bilan cheklanganligidir.

Savol tug‘iladi, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etayotgan shaxs o‘z qilmishining

ijtimoiy xavfliligini anglaydimi?

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Тяжкова

И.М. Неосторожные преступления с использованием источников

повышенной опасности / Под.ред д

-

ра юридических наук, проф. В.С. Комиссарова.

-

СПб.: “Юридический центр Пресс”, 2002.

-

С.11 // Ўрта асрларда эрги қасд

тушунчаси қилмишнинг салбий оқибати ўлароқ, уларни олдиндан кўра билиш
имкони бўлган

-

бўлмаганлигидан қатъи назар, ҳар қандай бадхулқ онгнинг

кўриниши деб тушунилган.

2.

Кириченко В.Ф. Значение ошибки по советскому уголовному праву.

-

М.:

1952. С.28; Никифоров А.С. Основные вопросы уголовной ответственности за
преступления, совершенные по небрежности // Ученые записки ВИЮН. Вып. 1.

-

М.:

1955. С. 173

-174

3.

Дагель П.С. Проблема вины в советском уголовном праве. Автореф. дис. …

докт. юрид. наук.

-

Д.: 1969. С.21

-22

4.

Рарог А. И. Уголовная ответственность за неосторожное сопричинение. //

Уголовное право в XXI веке.

-

М.: ЛексЭст, 2002. С.62

5.

Ворошилин Е.В., Кригер Г.А. Субъективная сторона преступления. Учебное

пособие.

-

М.: 1987. С.55

-56.

Библиографические ссылки

Тяжкова И.М. Неосторожные преступления с использованием источников повышенной опасности / Под.ред д-ра юридических наук, проф. В.С. Комиссарова.-СПб.: “Юридический центр Пресс”, 2002. -С.11 // Ўрта асрларда эрги қасд тушунчаси қилмишнинг салбий оқибати ўлароқ, уларни олдиндан кўра билиш имкони бўлган-бўлмаганлигидан қатъи назар, ҳар қандай бадхулқ онгнинг кўриниши деб тушунилган.

Кириченко В.Ф. Значение ошибки по советскому уголовному праву. -М.: 1952. С.28; Никифоров А.С. Основные вопросы уголовной ответственности за преступления, совершенные по небрежности // Ученые записки ВИЮН. Вып. 1. -М.: 1955. С. 173-174

Дагель П.С. Проблема вины в советском уголовном праве. Автореф. дис. … докт. юрид. наук. -Д.: 1969. С.21-22

Рарог А. И. Уголовная ответственность за неосторожное сопричинение. // Уголовное право в XXI веке. -М.: ЛексЭст, 2002. С.62

Ворошилин Е.В., Кригер Г.А. Субъективная сторона преступления. Учебное пособие. -М.: 1987. С.55-56.