Авторы

  • Умиджон Усаров
    Доцент, PhD, кафедра истории, Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2-pp157-162

Ключевые слова:

Средняя Азия Европа Россия империя Туркестан промышленность хлопок текстиль рынок сырье производство торговля

Аннотация

В данной статье на основе источников и литературы различных периодов анализируется формирование аграрной политики Российской империи в Туркестанском крае, направленной на укрепление политического и экономического престижа на международной арене к середине XIX века. Политика, основанная на принципах колониализма, рассматривается через призму её влияния на подчинение сельского хозяйства интересам империи, что было достигнуто в результате различных военных экспедиций и наблюдений.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Some considerations on the formation of agricultural

policy of the Russian Empire in Turkistan

Umidjon USAROV

1

National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received February 2024

Received in revised form

15 February 2024

Accepted 15 March 2024

Available online

25 April 2024

This article, based on sources and literature from various

periods, analyzes the formation of the agricultural policy of the

Russian Empire in the Turkestan region, aimed at strengthening

political and economic prestige in the international arena by the

middle of the 19th century. Policies based on the principles of

colonialism are examined through the prism of their influence

on the subordination of agriculture to the interests of the

empire, which was achieved due to various military expeditions

and observations.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss2-pp157-162

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Central Asia,

Europe,

Russia,

empire,

Turkistan,

industry,

cotton,

textiles,

market,

raw materials,

manufacture,

trade.

Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkаsidа аgrаr

siyosаtining shаkllаnishigа doir bа’zi mulohаzаlаr

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

O‘rta Osiyo,

Yevropa,

Rossiya,

imperiya,

Turkiston,

sanoat,

paxta,

to‘qimachilik,

bozor,

xomashyo,

manufaktura,

savdo.

Ushbu maqolada XIX asr o‘

rtalariga kelib, Rossiya imperiyasi

o‘zining xalqaro maydonda siyosiy va iqtisodiy obro‘sini saqlab

qolish maqsadida Turkiston o‘lkasida mustamlakachilikka

asoslangan agrar siyosatining shakllanishi davr manbalari va

turli davrdagi adabiyotlar hamda ilmiy tadqiqot ishlari orqali

ochib berilgan. Shunigdek, maqolada imperiya hukumatining

o‘lkadan ko‘zlangan strategik maqsadlari yo‘lida turli harbiy

ekspeditsiya va kuzatishlar natijasida qishloq xo‘jaligini o‘z

manfaati yo‘lida bo‘ysundirish uchun olib borgan

siyosati

tahlilga tortilgan.

1

Associate Professor, PhD, Department of History, National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

158

Некоторые взгляды на формирование аграрной

политики Российской империи в Туркестане

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Средняя Азия,

Европа,

Россия,

империя,

Туркестан,

промышленность,

хлопок,

текстиль,

рынок,

сырье,

производство,

торговля.

В данной статье на основе источников и литературы

различных

периодов

анализируется

формирование

аграрной политики Российской империи в Туркестанском

крае, направленной на укрепление политического и

экономического престижа на международной арене к

середине XIX века. Политика, основанная на принципах

колониализма, рассматривается через призму её влияния

на подчинение сельского хозяйства интересам империи,

что было достигнуто в результате различных военных

экспедиций и наблюдений.

KIRISH

XIX asrning o‘rtalaridan boshlab Yevropa mamlakatlarida kapitalistik ishlab

chiqarish munosabatlarining rivojlanishi Rossiya imperiyasi kabi harbiy idora usuliga

asoslangan davlatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Bu davrga kelib, Rossiya

imperiyasida siyosiy-

iqtisodiy vaziyat o‘zgarib, rus burjuaziyasi Yevropadagi rivojlangan

kapitalistik mamlakatlarning fan-texnika va sanoat ishlab chiqarishi sohasida erishgan

yutuqlarini o‘z zavod

-

fabrikalarida qo‘llashga kirishdi. Natijada zavod

-fabrikalar soni

ko‘payib, transport aloqalari yaxshilandi, urbanizatsiya jarayoni kuchayib, shaharlar

kengaya boshladi. Biroq Angliya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlarda birgina temir

yo‘llarning mavjudligi, bu davlatlarning sanoati rivojlanishiga, tashqi bozorga chiqishiga

juda katta qulayliklar bergan vaqtda Rossiya imperiyasi iqtisodiyoti rivojlanish jihatdan

ancha orqada edi [4.

С. 300]. Bu ayniqsa, Rossiyaning Qrim urushidagi mag‘lubiyatidan

so‘ng yaqqol sezila boshladi. Aynan shundan keyin imperiyada islohotlar o‘tkazish

zarurligi, bu borada rivojlangan davlatlarning tajribasini o‘rganish kabi masalalar davlat

ahamiyatidagi muammoga aylandi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkadagi yer

-suv munosabatlariga oid

siyosatining shakllanishiga doir bir qator davr mualliflari, jumladan, rus harbiy zobiti,

general-leytenant M.A.

Terentev (1875) asari, imperiya senati a’zosi, graf K.K.

Palen (1911)

taftish komissiyasi ma’

l

umotlari va imperiya ma’murlaridan davlat mulklari va ziroatchilik

vaziri A.V. Kirivoshein(1912) hisobotlari hamda turli davrlarda N.A. Xalfin (1960),

A.P. Shipov (1958), Y.V. Balakin, A.I. Petrov, Y.A. Sorokin (1999), A.P. Derevyanko,

N.A. Shabelnikova (2001), H. Ziyoyev (2006), N.U. Musayev (2008), N.

Jo‘rayev, H.

Sodiqov

(2011), M.S. Hamidova (2013), B.A. Alimdjanov (2016), U.A. Usarov (2021) kabi

mualliflarning asarlari va tadqiqot ishlarida imperiya hukumatining o‘lkadan ko‘zlangan

agrar siyosatining mohiyati va shakllanishiga oid turli jarayonlar ochib berilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot ishi qiyosiy-statistik va mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, tarixiylik, xolislik

tamoyillari asosida yoritilgan bo‘lib, unda XIX asrning ikkinchi yarmi –

XX asr boshlarida

Rossiya imperiyasi mustamlakachi hukumatining Turkiston o‘lkasidan ko‘zlagan yer

-suv

siyosatining shakllanishi va strategik maqsadlarini ochib beruvchi manbalar hamda

tadqiqot ishlari ilmiy tahlilga tortilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

159

TAHLIL VA NATIJALAR

Rossiya imperiyasi hududida XVIII asr oxirlariga kelib 1200 ta manufaktura mavjud

bo‘lib, ular asosan rivojlangan metallurgiya va endigina rivojlanib kelayotgan yengil sanoat
sohalari hisobiga to‘g‘ri ke

lgan. Xususan, 1760-yillarda imperiya hududida 231 ta korxona

bo‘lgan bo‘lsa, asr oxiriga borib, bunday korxonalar soni 1082 taga yetadi [8, –

С. 412].

Sanoatnig jadal sur’atlar bilan rivojlanishi oqibatida Rossiya imperiyasi hududida

1800-yilga kelib, 100 dan ortiq ip-gazlama korxonalari qurildi. 1804-yilda esa bunday
fabrikalar soni 199 taga

yetgan bo‘lsa, 1830

-yilda 538 tani tashkil etgan. Biroq ularning

ko‘pchiligi Rossiya imperiyasi hududiga daromad qilish uchun kelgan Angliya, Germaniya,
Shvetsiya, Fransiya kabi Yevropa davlatlarning tadbirkorlariga tegishli korxonalar bo‘lib,
ular qatorida “E. Gubbard i Ko”, “L.

Knop”, “Vogau i Ko”, “Br. Nobel”, “Vaxter i Ko”,

“Y.P.

Gujon”, “K.O.

Jiro Sinovya”, “K.G.

Shpan” va boshqalar bor edi

[14,

11 b.].

Ayni paytda Rossiya imperiyasi hukumati tomonidan Yevropaga sanoat sohasidagi

turli zamonaviy tajribalarni o‘rganish maqsadida bir

qator mutaxassislar yuborilgan. Bu

harakatlardan asosiy ko‘zlangan maqsad imperiya sanoat va ishlab chiqarish sohasini o‘z
davridagi sanoati rivojlangan davlatlar darajasiga yetib olish bo‘lgan. Imperiya

hukumatining bu boradagi siyosati imperatorning ishonchli vakili N.X. Reyternning
1857-

yilda Parijdan podsho Nikolay II nomiga yo‘llagan maktubida yaqqol o‘z aksini topdi.

Jumladan, maktubda “bizning moliyaviy ahvolimizga hukumat katta e’tibor bermog‘i lozim.
Hozir biz burilish davrida turibmiz, barcha masala hukumat taraqqiyotining qanday yo‘lni
tanlab olishiga bog‘liqdir. Agar ahvol shu holatda qolaversa, eski yo‘ldan yangi yo‘lga yetib
olish qiyin bo‘ladi” deb yozadi. Shuningdek, N.X.

Reytern buning uchun yangi daromad

yo‘llarini izlash, xarajatlarni kamaytirish yo‘lini tavsiya qildi va o‘z fikrini maktubda
quyidagilar bilan izohlaydi: “buning uchun soliq olishning eski usullarini ko‘rib chiqish va
yangi yo‘llarini topish zarur. Moliyaviy ahvolni yaxshilash uchun ichki zayomlar va kredit
biletlari chiqarmoq kerak” [16, –

С. 60

-61].

Ta

kidlaganimizdek, bu davrda Rossiya imperiyasi hukumati yangi taraqqiyot

yo‘liga kirishi uchun katta islohotlarni amalga oshirishi zarur edi. Bu vaqtda Rossiya

imperiyasidagi rus dehqonlarini pomeshchik (yirik yer egalari va boylar)larga butunlay

bog‘lab qo‘ygan krepostnoylik (yirik yer egalari yoki boylar (pomeshchiklar)ning o‘ziga

qarashli dehqonlarga, ularning mehnati va mol-mulkiga cheksiz egalik qilishiga
asoslangan tuzum) [12] tuzumi dehqonlarning noroziliklarini kuchaytirib yuborgan
vaqtda imperiya hududida kapitalistik ishlab chiqarishning nisbatan tez rivojlanishiga

samarali ta’sir ko‘rsatuvchi, dehqonlar qaramligini bekor qiluvchi islohotlar

,

ya’ni

“krepostnoylik huquqi” bekor qilindi va bu esa ozodlikka erishgan ko‘plab dehqonlarning

zavod-fabrikalarga ishga joylashishiga imkon berdi.

Afsuski, XIX asr o‘rtalarida sifat jihatdan ancha orqada bo‘lgan Rossiya sanoat

mahsulotlari Yevropa bozorlaridagi raqobatga bardosh bera olmadi. Yevropa tajribasini

o‘rgangan rus iqtisodchilari rivojlangan davlatlar qatoriga kirish uchun raqobatsiz yangi
bozorlar, endi rivojlanib kelayotgan Rossiya to‘qimachilik sanoati uchun arzon xomashyo

lozimligini angladi. Ayni paytda Liverpul (Buyuk Britaniya) paxta yarmarkasidan va

O‘rta Osiyo bozorlaridan tuyalarda olib kelingan ozgina paxta imperiya to‘qimachilik

sanoati ehtiyojlarini qondira olmas edi. Bu haqda imperiya harbiysi M.A. Terentyev

shunday degan edi: “Bizning to‘qimachilik sanoatimiz mahsuloti agar ayrim
mahsulotlarni hisobga olmaganda Yevropa bozorlarida xaridor topa olmaydi” –

deb

ta’kidlagan [11, –

С. 32].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

160

Chindan ham qo‘shni bo‘lgan Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Xitoy kabi davlatlarda

ham an’anaviy to‘qimachilik sanoati rivojlangan bo‘lib, rus mahsulotlari bu yerlarda o‘z
xaridorini topa olmas edi. Rossiya to‘qimachilik sanoatining eng yirik vakillaridan biri

A.

Shipov ham to‘qimachilik sanoatining ahamiyatini o‘rganib, o‘z fikrini quyidagicha

ta’kidlaydi: “Sanoatning bironta ham sohasi o‘zining foydaliligi, ishchi kuchini samarali
band qilishi jihatidan to‘qimachilik sanoatiga bas kela olmaydi” [18, –

С. 49

-50].

Rossiya imperiyasining Qrim urushidagi mag‘lubiyatidan so‘ng Bolqon

mamlakatlariga bo‘lgan qiziqishdan voz kechdi. Endilikda rivojlanib kelayotgan
to‘qimachilik sanoatini xomashyo bilan ta’minlash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni

sotish uchun ichki bozorlar kerak edi. Shu bilan birga, bu davrdagi Rossiya imperiyasi

qo‘l ostiga olgan yerlarda esa paxta xomashyosini yetishtirishning imkoni yo‘q bo‘lib, bu
mamlakatlar allaqachon raqobatsiz savdo bozoriga aylanib bo‘lgan edi. Shu sababli
imperiya hukumati asosiy e’tiborini O‘rta Osiyo xonliklari hududlariga qaratdi.

XIX asrning o‘rtalarida Rossiya imperiyasi davlat siyosatining ustuvor

yo‘nalishlaridan biri O‘rta

Osiyoni xomashyo bazasiga aylantirish, moliyaviy masalalarni

hal qilishdan iborat edi. Rus iqtisodchilari to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro, Xiva,
Qo‘qon davlatlari hududida 10 million (mazkur ma’lumot bo‘r

t

tirib ko‘rsatilgan. –

U.U.)

atrofida aholi yashagan. Ularning ip-

gazlamalarga bo‘lgan ehtiyoji taxminan 1 million

750 ming pudni tashkil etgan. 1856

1864-

yillarda Rossiyaning O‘rta Osiyoga qilgan

eksportida ip-gazlama umumiy mahsuloti 40 foizga teng bo

lgan. 1867-yilda bu yerga

yuborilgan ip-gazlamalarning umumiy miqdori 11 million 647 ming 505 rublni tashkil
etgan [11,

С. 36].

Bu davrda O‘rta Osiyodan Rossiya imperiyasi bozorlariga uchta aloqa yo‘li orqali

to‘qimachilik, xomashyo mahsulotlari, xususan, paxta, ipak, ulardan yigirilgan kalava
iplar, tayyor matolar (olacha, bo‘z, doka, zandanachi, baxmal, kimxob, parcha),

turli-

tuman gilamlar, rus amaldorlari uchun sovg‘a

-

salom sifatida zardo‘zlik buyumlari

chiqarilgan [17,

179 б.]. Rossiya imperiyasi uchun bu qulay vaziyatni hisobga olgan rus

harbiy zobiti, general-leytenant M.A.

Terentyev, “Savdo ishlaridagi millionlab olinayotgan

daromadlar istilo qilingan mamlakatlardagi bozorlar biz uchun qanchalik katta

ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda. Hech shubha yo‘qki, ana shunday bozorlarga
ega bo‘lishimiz to‘qimachilik sanoati uchun yana millionlab daromadlar keltiruvchi yangi
manbalar yaratilishiga olib keladi” [11, –

С. 36] –

deb alohida ta’kidlaydi.

Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyo xonliklari hududlarini bosib olmasdan avval

i

mperiya hududida 600 ta to‘qimachilik fabrikasi bo‘lib, ularda 1 million 800 ming

to‘qimachilik

dastgohlari bo

lgan, ular ishlab chiqargan mahsulotning umumiy miqdori

120 million rublni tashkil etgan” [11, –

С. 34]. O‘rta Osiyo xonliklari Rossiya imperiyasi

tomonidan bosib olingandan so‘ng, bu yerlardan keltirilgan arzon homashyo hisobiga
bunday sanoat korxonalari soni ortib, Rossiya imperiyasi fabrikalar soni bo‘yicha
dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi [3, –

С. 176].

XIX ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi hukumati Turkistonda iqtisodiy

munosabatlarida mustamlakachilik siyosatini izchillik bilan amalga oshirdi.

U mintaqadagi yer-

suv va tabiiy boyliklarning egasi sifatida ish yuritib, ko‘pdan

-

ko‘p

mablag‘lar hukumat xazinasiga va kapitalistlarning cho‘ntaklariga daryo suvi kabi oqib

boraverdi. Ayniqsa, paxta ularga katta daromad keltirdi. Bundan tashqari,

mustamlakachilar o‘lkaga tayyor sanoat mollarini keltirib sotish orqali ham boylik

orttirgan [7,

157 b.]. Bu keyinchalik imperiya ma’murlarining yozgan ko‘pgina

hisobotlar va maktublarida o‘z aksini topdi. Jumladan, o‘lkada taftish o‘tkazgan senat


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

161

a’zosi graf K.K.

Palen shunday yozgan: “

A

gar Turkistonni bosib olishda ahamiyatli bo‘lgan

siyosiy tusdagi sabablarni hisobga olmasak, o‘lka Rossiyaga qo‘shib olingan ilk kunlardan

boshlaboq rus hukumatida ikki yoqlama

moliyaviy siyosat nuqtai nazaridan davlat

daromadlari manbai sifatida hamda yangi bozor sifatida va mustamlakachilik siyosati

nuqtai nazaridan guberniyalardagi ortiqcha aholini ko‘chirish uchun yangi hudud sifatida

qiziqish uyg‘otdi” [10, –

С. 96].

Shunnigdek, Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko‘zlangan

bosh maqsadi va asosiy yo‘nalishlarini Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri

A.V.

Kirivoshein shunday ifodalagan: “Bu

markaziy masalada uch ko‘rinish mavjud. Agar

birinchisida yarqirab turgan yozuv “Paxta” bo‘lsa, ikkinchisida “Sug‘orish” va nihoyat,

uchinchisida uncha ko‘zga tashlanib turmagan bo‘lsa ham, aslida hammasidan muhimi –

“ruslarni ko‘chirib keltirib o‘rnatish” yozuvi turibdi” [9, –

С. 111.; 13, –

215 b.]

Podshohning vazifasi markazning Turkistondagi mustamlaka siyosatining asosiy

yo‘nalishlarini juda lo‘nda, muxtasar tarzda, ya’ni “paxta”, “sug‘orish”, “ruslarni ko‘chirib

keltirish” kabi uch so‘zda ifodaladi [13, –

215 b.]. Shu bilan birga o‘lkadagi yer

-suv

munosabatlarida Rossiya imperiyasi hukumati ikki maqsadni ko‘zlab ish tutgan bo‘lib,

birinchidan, O‘rta Osiyoda o‘z

h

ukmronligini mustahkamlash bo‘lsa, ikki

nchi

dan esa o‘lka

iqtisodiy imkoniyatlaridan mustamlakachi imperiyaning hukmron tabaqalari manfaatlari

yo‘lida foydalanishga intilganligidadir [5, –

292 b.].

Rossiya imperiyasi ma’murlarining turli izlanishlari, o‘lkaga uyushtirilgan

ekspeditsiyalar va boshqa harakatlardan so‘ng bosib olingan O‘rta Osiyo xonliklari

yerlarida imperiya hukumati politsiya-

ma’muriy boshqaruv apparatini o‘rnatib, o‘lka

xalqlarini kapitalistik munosabatlar doirasiga tortdi. O‘lkada yaxlit ma’muriy boshqaruv

tizimining o‘rnatilishi yagona milliy bozorning vujudga kelishiga shart

-sharoit yaratdi.

Bu o‘z navbatida o‘lkada qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish jarayonini tezlashtirdi.

Jumladan, o‘lkaning Farg‘ona vodiysi paxta yetishtiruvchi hududga, Samarqand viloyati

g‘allachilik va bog‘dorchilikka, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari g‘allachilik va

chorvachilikka ixtisoslashib bordi, viloyatlar o‘rtasida tovar almashinuvi tezlashdi

[1,

С. 66

-67; 2,

15 б.; 15, –

9-10 b.].

O‘lka bosib olingandan keyin ham metropoliyada kapitalistik sanoat ishlab

chiqarishining o‘sib borishi natijasida Rossiya imperiyasi –

Turkiston savdo aylanmasi

ham rivojlandi. XIX asrning 80

yillariga kelib, Rossiya mahsulotlari Sirdaryo viloyatida,

shu jumladan, Toshkentda mustahkam o‘rin egallaydi [6, –

288 b.]. Agarda ikki

tomonlama savdo aylanmasi viloyatlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa,

birgina Sirdaryo viloyati bilan

Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1901

-yilda

45 300

000 so‘mga (rubl –

U.U.) yetgan. Buning 30 900

000 so‘mi (rubl –

U.U.) viloyatga

keltirilgan mollarga tegishli bo‘lib, ular orasida Rossiya gazlamalari eng ko‘p, ya’ni

20 000

000 so‘mni (rubl –

U.U.) tashkil etdi [6,

290 b.].

XULOSA VA TAKLIFLAR

XIX

asr o‘rtalarda sanoati rivojlangan Yevropa davlatlari oldida Rossiya imperiyasi

ichki sanoati mahsulotlari raqobatlasha olmay qoldi. Imperiya hukumati xalqaro

maydonda o‘zining siyosiy va iqtisodiy nufuzini saqlab qolish va imperiyaning ichki

iqtisodiy h

olatini rivojlantirish uchun bir qator islohotlar o‘tkazib, yangi rivojlanish

strategiyalarini ishlab chiqishga majbur bo‘ldi. Bu yo‘lda birinchi navbatda, imperiya

hududida kapitalistik ishlab chiqarishning nisbatan tez rivojlanishiga samarali ta’sir

ko‘rsatuvchi, dehqonlar qaramligini bekor qiluvchi islohot

,

ya’ni “krepostnoylik huquqi”

bekor qilingan bo‘lsa, ikkinchi navbatda, iqtisodiyotini

ng katta qismini tashkil etgan

sifatsiz sanoat mahsulotlari uchun yangi bozor topishga harakat qilindi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

2 (2024) / ISSN 2181-1415

162

Yuqoridagi sabablar imperiya hukumatining h

ali bozori egallanmagan O‘rta Osiyo

xonliklari hududiga bo‘lgan qiziqishlarni yanada kuchaytirishga hamda bu yerga nisbatan

bo‘lgan harbiy harakatlarini tezlashtirishga turtki bo‘ldi. Natijada, Rossiya imperiyasi

tomonidan O‘rta

Osiyo xonliklarinnig ayrim hududlari bosib olingach, bu hududda o‘z

mustamlaka tizimini o‘rnatdi. Bu davrda O‘rta Osiyo xonliklari imperiyaning markaziy

hududlaridagi sanoat korxonalarida ishlab chiqargan mahsulotlari uchun tayyor bozor

bo‘lib, hech qanday raqobat talab qilmas, shuningdek, imperiya sanoat korxonalari uchun

juda ko‘p miqdordagi arzon xomashyo yetkazib beradigan bazaga aylantirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Алимджанов Б.А. Экономическая политика Российской империи в

Туркестанском генерал

-

губернаторстве (вторая половина XIX

-

начало XX вв.): Дисс.

... канд. ист. наук. –

СПб. 2016. –

С. 6

6-67;

2.

Мусаев Н. XIX асрнинг II ярми –

XX аср бoшларида Туркистoнда санoат

ишлаб чиқаришининг шаклланиши. –

Тoшкент: IQTISOD

-MOLIYA, 2008.

15 б.

3.

Балакин Ю.В., Петрoв А.И., Сoрoкин Ю.А. Oчерки пo oтечественнoй истoрии.

Oмск: OГУ, 1999. –

С. 176.

4.

Деревянкo А.П., Шабельникoва Н.А. Истoрия Рoссии древнейших времен дo

кoнца ХХ века. –

М., 2001. –

С. 300.

5.

Jo‘rayev N., Sodiqov H. O‘zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachiligi

davrida). Birinchi kitob.

Toshkent: Sharq, 2011.

292 b.

6.

Зиёев Ҳ. Ўзбекистoн мустамлака ва зулм исканжасида. –

Тoшкент: Шарқ,

2006.

290 б.

7.

Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустақиллиги учун курашларнинг тарихи: (Милоддан

олдинги асрлардан то 1991 йил 31 августгача). –

Тошкент: Шарқ, 2001. –

157 б.

8.

Истoрия Рoссии с древнейших времен дo наших дней. –

М.: Прoспект, 2015. –

С. 412.

9.

Кривошен

А.В.

Записка

главноуправляющего

земледелием

и

землеустройством о поездки в Туркестанкий край в 1912 г.. –

СПб, 1912. –

С. 111.

10.

Пален К.К. Прилoжение к oтчету o ревизии Туркестанскoгo края. Материалы

к характеристике нарoднoгo хoзяйства Туркестана. Ч. 1. –

СПб., 1911. –

С. 96.

11.

Терентьев М.А. Р

o

ссия и Англия в бoрьбе з

a

рынки. –

СПб.: Тип

o

графiя

П.П. Меркульева, Гр

a

фскiй пер. Д. № 5. 1876.

С. 32

-36.

12.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. https://izoh.uz/uz/word/krepostnoy

13.

Ўзбекистоннинг

энг

янги

тарихи.

Туркистон

чор

Россияси

мустамлакачилиги даври. Биринчи китоб. –

Тошкент: Шарқ, 2000. –

215 б.

14.

Усаров У.А. Рoссия империясининг Туркистoн ўлкасидаги ер

-

сув

мунoсабатларига oид сиёсати: Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.

Тoшкент, ЎзМУ. 2021. –

11 б.

15.

Усаров У.А. Рoссия империясининг Туркистoн ўлкасидаги ер

-

сув

мунoсабатларига oид сиёсати: Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.

автореф. –

Тoшкент, ЎзМУ. 2021. –

9-

10 б.

16.

Хальфин Н.А. Пoлитика Рoссии в Средней Азии 1857–1858 гг. –

М.: Изд.

Вoст. лит., 1960. –

С. 60

-61.

17.

Ҳамидoва М.С. Бухoрo амирлиги савдo

-

маданий алoқалари тарихидан

(XIX асрнинг иккинчи ярми –

XX аср бoшлари) // ЎзМУ хабарлари. –

Тoшкент, 2013,

Махсус сoн. –

179 б.

18.

Шипoв А.П. Хл

o

пчатoбумажная пр

o

мышленн

o

сть и вoзмoжнoсть егo

значение для Рoссии. Сбoрник статей. –

М., 1958. –

С. 49

-50.

Библиографические ссылки

Алимджанов Б.А. Экономическая политика Российской империи в Туркестанском генерал-губернаторстве (вторая половина XIX-начало XX вв.): Дисс. ... канд. ист. наук. – СПб. 2016. – С. 66-67;

Мусаев Н. XIX асрнинг II ярми – XX аср бoшларида Туркистoнда санoат ишлаб чиқаришининг шаклланиши. – Тoшкент: IQTISOD-MOLIYA, 2008. – 15 б.

Балакин Ю.В., Петрoв А.И., Сoрoкин Ю.А. Oчерки пo oтечественнoй истoрии. – Oмск: OГУ, 1999. – С. 176.

Деревянкo А.П., Шабельникoва Н.А. Истoрия Рoссии древнейших времен дo кoнца ХХ века. – М., 2001. – С. 300.

Jo‘rayev N., Sodiqov H. O‘zbekiston tarixi: (Turkiston Chorizm mustamlakachiligi davrida). Birinchi kitob. – Toshkent: Sharq, 2011. – 292 b.

Зиёев Ҳ. Ўзбекистoн мустамлака ва зулм исканжасида. – Тoшкент: Шарқ, 2006. – 290 б.

Зиёев Ҳ. Ўзбекистон мустақиллиги учун курашларнинг тарихи: (Милоддан олдинги асрлардан то 1991 йил 31 августгача). – Тошкент: Шарқ, 2001. – 157 б.

Истoрия Рoссии с древнейших времен дo наших дней. – М.: Прoспект, 2015. – С. 412.

Кривошен А.В. Записка главноуправляющего земледелием и землеустройством о поездки в Туркестанкий край в 1912 г.. – СПб, 1912. – С. 111.

Пален К.К. Прилoжение к oтчету o ревизии Туркестанскoгo края. Материалы к характеристике нарoднoгo хoзяйства Туркестана. Ч. 1. – СПб., 1911. – С. 96.

Терентьев М.А. Рoссия и Англия в бoрьбе зa рынки. – СПб.: Типoграфiя П.П. Меркульева, Грaфскiй пер. Д. № 5. 1876. – С. 32-36.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. https://izoh.uz/uz/word/krepostnoy

Ўзбекистоннинг энг янги тарихи. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даври. Биринчи китоб. – Тошкент: Шарқ, 2000. – 215 б.

Усаров У.А. Рoссия империясининг Туркистoн ўлкасидаги ер-сув мунoсабатларига oид сиёсати: Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. – Тoшкент, ЎзМУ. 2021. – 11 б.

Усаров У.А. Рoссия империясининг Туркистoн ўлкасидаги ер-сув мунoсабатларига oид сиёсати: Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. – Тoшкент, ЎзМУ. 2021. – 9-10 б.

Хальфин Н.А. Пoлитика Рoссии в Средней Азии 1857–1858 гг. – М.: Изд. Вoст. лит., 1960. – С. 60-61.

Ҳамидoва М.С. Бухoрo амирлиги савдo-маданий алoқалари тарихидан (XIX асрнинг иккинчи ярми – XX аср бoшлари) // ЎзМУ хабарлари. – Тoшкент, 2013, Махсус сoн. – 179 б.

Шипoв А.П. Хлoпчатoбумажная прoмышленнoсть и вoзмoжнoсть егo значение для Рoссии. Сбoрник статей. – М., 1958. – С. 49-50.