Авторы

  • Юсуфбек Жахонгиров
    Доцент, доктор философии по историческим наукам (PhD), кафедры Теория гражданского общества, Андижанский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3-pp88-98

Ключевые слова:

религия исламская религия мечеть медресе религиозное образование религиозное образовательное учреждение исламские учебные заведения Ташкентский исламский институт Международная исламская академия

Аннотация

В статье с помощью первоисточников и материалов научной литературы анализируется историческая необходимость подготовки кадров для исламских религиозных организаций в годы независимости Республики Узбекистан и связанные с этим проблемы.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Historical need and existing problems of training

personnel for Islamic religious organizations in

Uzbekistan during the years of independence

Yusufbek JAKHONGIROV

1

Andijan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received April 2024
Received in revised form
15 May 2024
Accepted 15 June 2024
Available online
25 June 2024

The article, with the help of primary sources and scientific

literature, analyzes the historical need for training personnel

for Islamic religious organizations during the years of

independence of the Republic of Uzbekistan and related

problems.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss3-pp88-98

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

religion,

Islamic religion,

mosque,

madrasah,

religious education,

religious educational

institution,

Islamic educational

institutions,

Tashkent Islamic Institute,

International Islamic

Academy.

O‘zbekistonda mustaqillik yillarida Islomiy diniy

tashkilotlarga kadrlar tayyorlashning tarixiy zarurati va

mavjud muammolar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

din,

islom dini,

masjid,

madrasa,

diniy ta’lim,

diniy ta’lim muassasasi,

islomiy ta’lim muassasalari,

Toshkent islom instituti,

Xalqaro islom Akademiyasi.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik

yillarida islomiy diniy tashkilotlarga kadrlar tayyorlashning

tarixiy

zarurati va unda mavjud bo‘lgan muammolarga doir

masalalar birlamchi manbalar va ilmiy adabiyotlardagi

materiallar yordamida tahlil qilingan.

1

Associate Professor, Doctor of Philosophy in Historical Sciences (PhD), Department of Theory of Civil Society,

Andijan State University.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

89

Историческая

необходимость

и

существующие

проблемы

подготовки

кадров

для

Исламских

религиозных организаций в Узбекистане в годы
независимости

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Религия,

исламская религия,

мечеть,

медресе,

религиозное образование,

религиозное

образовательное

учреждение,

исламские учебные

заведения,

Ташкентский исламский

институт,

Международная

исламская академия.

В статье с помощью первоисточников и материалов

научной

литературы

анализируется

историческая

необходимость подготовки кадров для исламских

религиозных

организаций

в

годы

независимости

Республики Узбекистан и связанные с этим проблемы.


KIRISH

Islom dini va diniy ta’lim tarbiya jamiyat taraqqiyoti hamda inson qadr

-qimmati

uning shaxs sifatida ijtimoiylashuvida muhim rol o‘ynagan. Islom dini ko‘rsatmalarini

odamlar orasida keng yoyish va tushuntirishda din sohasida ma’lum bir malakaga ega
bo‘lgan olimlar, ulamolar, din peshvolariga murojaat qilingan. Maqolada mustaqillik

yillarida islom diniy tashkilotlarini kadrlar bilan ta’minlash masalasi tadqiq etilgan bo‘lib,
aholining 94% islom diniga e’tiqod qiladigan, tarixi esa islom sivilizatsiyasining beshigi

sanalib, ko‘plab ulamolarni yetishtirgan O‘zbekiston uchun ham zarurat sanalganligi,

shuningdek, mazkur masalalardagi mavjud muammolar tadqiq etilgan.

ASOSIY QISM

Ma’lumki, ushbu vazifalarni amalga oshirishda respublikadagi masjidlar,

madrasalar muhim o‘rin tutgani holda, bu maskanlar diniy va dunyoviy fanlardan
yoshlarga ilm, bilim, ta’lim

-

tarbiya beruvchi, odob o‘rgatuvchi muassasa hisoblangan.

Islom ulamolari, din xodimlari, imom-xatiblarning olgan ilmlari esa ularning madrasa va

islomiy ta’lim muassasalarida orttirilgan bilimlari sanalgan. Ilm esa xoh u diniy bo‘lsin

xoh u dunyoviy

insonni komillikka yetaklagan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach diniy sohada vijdon erkinligi kafolatlanib,

davlat fuqarolarni e’tiqodini erkin amalga oshirish, islomiy ilmlarni egallashlariga sharoit

yaratildi. Albatta, islom ilmlarining rivojlanishi, uning ravnaqi bevosita sohaning yetuk

mutaxassislariga bog‘liq sanalgan. Respublikada esa ushbu ishlar sovet davrida O‘rta
Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi (SADUM) ixtiyorida, mustaqillikni

ilk yillarida Movarounnahr musulmonlari idorasi zimmasida bo‘lib, 1995

-yildan uning

negizida tashkil etilgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi bajarib kelmoqda

[1. B. 107].

Aholining diniy-

ma’rifiy sohada bo‘lgan ehtiyojini qondirish diniy ta’limni isloh qilish

ishlari, mazkur tashkilotning asosiy vazifalaridan biriga aylandi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

90

Shu o‘rinda Prezident Sh.Mirziyoyevning Alhamdulilloh, hammamiz musulmonmiz,

buning shukronasini qilib, farzandlarimizni ham bunday ne’matning qadriga yetadigan

insonlar etib tarbiyalashimiz kerak emasmi? Muhtaram imom-

xatiblarimiz Alloh yo‘lida

xolis xizmat qilishni o‘z zimmasiga olganlar. Bu ham mas’uliyat, ham ulkan sharaf.
Shuning uchun sog‘lom e’tiqod yo‘lini targ‘ib qilishni kimdan so‘raymiz? Ulamolar, imom

-

xatiblarimizdan so‘raymiz. Shu borada barchamiz kimdan ibrat olamiz? Albatta imom

-

xatiblarimizdan [2.B.409]. Zero shunday ekan, mamlakatda diniy kadrlar tayyorlash

muassasalari, islom bilim yurtlari ulardagi ta’lim tizimi faoliyatini tarixiy jihatdan tadqiq

etish bugunning dolzarb masalalaridandir.

Shu asosda islom dini tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash ehtiyoji

mustaqillikni ilk yillaridan zarur sanalgan. Shuni alohida qayd etish lozimki, har

tomonlama yetuk, diniy va dunyoviy bilimlarni o‘zida mujassam etgan mutaxassislar
bo‘lmagan bir sharoitda aholi o‘rtasida muqaddas dinni noto‘g‘ri talqin qilib, islom dini

paydo bo‘lgan davri nuqtai nazaridan tushunish, aqidaparastlik, ekstremistik kayfiyat va
boshqa radikal ko‘rinishdagi holatlar orqali talqin qilish mavjud bo‘lgan.

Darhaqiqat, avvalo, mustaqillikni ilk yillarida mamlakatda, og‘ir ijtimoiy vaziyat

hukm surgan. Davlat mustaqilligi bilan birgalikda islom dinini o‘rganishga keng yo‘l

ochilganligi, aholi o‘rtasida islom dinini o‘rganishga qiziqishni yanada kuchaytirdi. Zotan,
“Islom ilmlari bir ummon. U faqat diniy aqidalardangina iborat bo‘lmagan. Qolaversa, oliy

islom o‘quv yurtlarida 19–20 turdagi fandan dars o‘tilib, imtihon olingan. Uzoq
muddatdan buyon haqiqiy diniy ta’lim bo‘lmaganidan kelib chiqqani holda surani yodlab,

namoz o‘qishni o‘rganib olgan kishi qori aka, mulla amakiga aylanib qolgan edi”

[3].

Shu

bilan birgalikda ushbu intilish aholida islomni noto‘g‘ri talqin qilish, qishloq va

mahallalarda to‘liq islom ilmidan savodi bo‘lmagan (chalamullalar) ni o‘ziga ustoz qilib
olish, yoki tengdoshlar orasida dinni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq anglaydigan

insonlarni ustoz sifatida ko‘rib unga ergashish holatlari ko‘paygan edi. Mazkur holat esa
o‘z

-

o‘zidan respublika mustaqilligi yo‘lidagi siyosiy vaziyatga ham ta’sirini o‘tkazmay

qolmadi, Ayrim reaksion kuchlar o‘zining atrofiga yosh, g‘o‘r, diniy savodi bo‘lmagan va
islomni o‘rganishga qiziqib turgan, fanatik bo‘lgan yoshlar orasidan islomni turli yo‘llar

bilan targ‘ib qilish orqali niyatiga erishmoqchi bo‘lgan. Natijada muqaddas islom dinini
noto‘g‘ri talqin qilib, ekstremistik oqimlarga da’vat etishi oqibatida turli diniy

oqimlarning paydo bo‘lganini ham ko‘rish mumkin edi. Bu esa respublikada mazkur
jarayondan o‘z siyosiy maqsadlariga erishishda ustalik bilan foydalanib qoluvchi

kuchlarning harakatlariga ham yo‘l ochib berdi.

Ikkinchidan,

sovetlar davrida kommunistik mafkura tazyiqi ostida islom diniga

qarshi kurash olib borilgan edi. Qolaversa, XIX asrning 20-yillari ikkinchi yarmidan

boshlab, o‘zbek xalqining sovetlarga qarshi kurashi nisbatan susayganligidan foydalanib,

partiya va sovet organlari islom dini, soha ulamolariga qarshi kurashni avj oldirgan.
Masalan, 1925-

yilda respublikada “Xudosizlar uyushmasi” tashkil qilindi. Mazkur

uyushmani keyinchalik 1929-

yildan boshlab, “Kurashchan xudosizlar uyushmasi”ga

aylantirishgan. Shu bilan birga islom diniga qarshi targ‘ibot va tashviqot ishlari

kuchayganligi oqibatida islom dinini o‘rganishga bo‘lgan faoliyat aholi o‘rtasida batamom
to‘xtatilgan edi. Din ulamolari ta’qib ostiga olingan. Faqatgina ikkinchi jahon urushi

davrida sho‘rolar tuzumining diniy siyosatida qisman o‘zgarishlar davri kuzatilgan.

1943-

yilda Toshkentda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlarining diniy boshqarmasi

tashkil qilinib, ayrim o‘quv madrasalarning faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi oliy diniy kadrlarni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

91

tayyorlashga bo‘lgan jarayonning kurtak ochishiga imkon berdi. Biroq sho‘rolar

hukumatining islom ulamolarining qatag‘on qilishi, siquvi natijasida soha rivojidagi
o‘zgarishlar o‘z samarasini bermadi.

Uchinchidan,

o‘tgan asrda sho‘ro hokimiyatining islom diniga salbiy munosabati

natijasida islom diniy tashkilotlariga, tashkilot tarixiga oid kitoblar yozish, mashhur

islomiy alloma, ulamolar haqida kitob yozish, chop etish ta’qiqlangan edi. Islom diniga
bag‘ishlab yozilgan ko‘plab asarlar qattiq tanqid ostiga olinardi, bu esa o‘z navbatida

diniy-

ma’naviy merosni unutilishiga olib keldi. Bunday vaziyatda xalqning sarosimaga

tushmaslik, birodarkushlik, aholi iymon

e’tiqodidagi juz’iy farqlarni nizoga

aylantirmaslikka chaqirish birgina davlat idoralari rahbarlarining ishi bo‘lmay, ko‘pni
ko‘rgan mahalla oqsoqollari, o‘sha davrdagi musulmon ulamolar, islom olamida elga

tanilgan imom domlalarga ham bog‘liq edi. Buning uchun albatta, sohaga doir mas’uliyatli
kadrlarga zarurat, ehtiyoj tug‘ilishi bilan birgalikda, ular uchun munosib shart sharoit

yaratish zarur edi.

To‘rtinchidan

,

istiqlolning dastlabki yillarida din xodimlari va ulamolari o‘rtasida

diniy boshqarma atrofida birdamlik, yakdillik bo‘lmagan. Bu o‘z

-

o‘zidan bir tomondan

Markaziy Osiyo mamlakatlarini mustaqilligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa

mamlakatda ulamo va imom-

xatiblar o‘rtasida amaldagi diniy idora raisiga qarshi

harakatlar hamda ulamolarning diniy idora atrofida birlashishi o‘rniga turli nizo,

fitnalarning avj olganligida edi.

Bu nizolar asosan shaxsan muftiy Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni

diniy boshqarma raisligidan ketishini talab qilish, uning mamlakatdagi musulmonlarni

diniy e’tiqod va amallari bilan bog‘liq ishlari rivojini ko‘rolmaslik kabi fitnalardan iborat

bo‘lib, bu holatlar Toshkent masjidlaridan birida kuzatilgani tarixiy manbalardan ma’lum.

Shu vaziyatda islom ulamolari o‘rtasidagi kurashlarning avj olishiga mintaqadagi

musulmonlarning vakillari ham qarab turmadi. Endigina mustaqillikni qo‘lga kiritgan
respublikada ichki nizolarni, aynan islom ulamolarini o‘rtasida sodir bo‘lishini salbiy

baholab ularni qo‘llab

-quvvatlamadilar.

Xususan, mustaqillikni ilk yillarida O‘zbekistonda ekstremistik harakatning din

niqobi ostida keng tus olib kirib kelishi, ularni musulmonlar o‘rtasiga raxna solishi
to‘g‘risidagi xavotirlar yuzasidan respublika hududidagi masjid qavmlari nomidan davlat

boshqaruvi idoralari nomiga Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni Diniy boshqarma

boshlig‘i sifatida qo‘llab

-

quvvatlanishi, shayxga qilingan tuhmatlarni asossizligi to‘g‘risida

turli murojaat va talabnomalar kelib tushgan [4.V.99-

100]. Bunga o‘xshash fikrlar

respublikaning barcha hududlaridan mahalla, masjid qavmlaridan, qishloq

oqsoqollaridan ko‘plab musulmonlardan arizalar shaklida kelib tushgan. Ularning asosiy

talablari muftiyning tashabbusi bilan respublika musulmonlari emin-erkin haj ibodatini

amalga oshirayotganligi, ko‘plab masjid va madrasalar ochilib, diniy ta’lim yo‘lga
qo‘yilayotganligi, shuningdek, bu ijobiy ishlarni ko‘rolmasdan musulmonlarni

bo‘linishlariga sabab bo‘layotgan diniy ekstremistik oqimlarni tugatishda hukumat
miqyosida kurashish zarurligi va davlat idoralarining bu masalada yordam qo‘lini

cho‘zish kabi talablar bo‘lgan.

Shu kabi va boshqa turli voqealar ham respublikada islom dini yo‘nalishidagi

tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan imomlarning shaxsi, masjid qavmiga kim

boshchilik qilyapti, qaysi mazhab yo‘nalishida xizmat qilmoqda, ular musulmonlar bilan

qanday suhbat olib bormoqda, respublika masjidlaridagi holat, ular qaysi mablag‘lar


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

92

evaziga qurilgan, madrasalardagi ahvol, u yerda diniy ta’lim qanday yo‘lga qo‘yilgan,

qanday adabiyotlar va kimlar tomonidan o‘qitilmoqda kabi ishlarni tartibga solishdan
iborat bo‘lgan.

Yuqoridagi omillar mamlakat mustaqilligining ilk davrlaridan boshlab diniy

arkonlarni puxta biladigan kadrlar tayyorlash ishiga ehtiyojni yuzaga keltirdi.

Diniy sohada kadrlar tayyorlashda o‘sha vaqtlarda

diniy boshqarma raisi bo‘lgan

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf boshchiligida keng ko‘lamli ishlar yo‘lga

qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlashda birinchi navbatda ularni o‘qitish uchun kerakli

shart-sharoitlar va adabiyotlar yetishmas edi. Mazkur vazifani amalga oshirishda

1991

1993-

yillarda joylarga yuborilgan xatlardan ma’lumki, og‘ir bir sharoitda kadrlar

tayyorlash masalasida qator xorijiy islom mamlakatlaridan yordam so‘ralgan. Buni

Saudiya Arabistonidagi Muxammad Bin Saud Islom universiteti mudiriga Toshkent Islom

Instituti ehtiyojlari uchun talabalarni o‘qitishda stipendiya ajratishga muhtojlik, institut

binosini jihozlashda mablag‘ ajratish, arab tilini o‘rganish uchun darsliklar ajratish,

Toshkent shahar bojxonasi rahbari R.Pirmuhammedovga Saudiya Arabistonidan

keltirilgan darsliklarni qabul qilib olishga ruxsat so‘ralgani va ularni madrasalarda
o‘qitish uchun qo‘llanma sifatida foydalanish uchun olib kelingani qayd etilgan.

Shuningdek, Pokiston Islom dorilfununidan Movarounnahr Musulmonlari idorasi uchun

zarur bo‘lgan, xususan, idora qoshidagi bosmaxonaga keltirilgan dastgohni olish,

Pokiston davlatidan kelgan madrasa talabalari uchun 4 quti diniy adabiyotni so‘rash

uchun murojaat qilingan va qayd etilgan xatlardan ham bilish mumkin. Bundan tashqari

MMI muassisligidagi madrasalardagi talabalarni kitob va darsliklar bilan ta’minlash
maqsadida Saudiya Arabistonidan 1000000 (bir million) nusxa Qur’oni Karim sovg‘a

qilingan [5. V. 84-91].

Ushbu xatlardan

diniy idora raisi respublikada diniy ta’lim tarbiya ishini

jonlantirish orqali mutaxassislar tayyorlashga astoydil harakat qilganligini ko‘rish

mumkin. Ushbu kitob va uskunalar xorijiy islom Respublikalaridan hadya tariqasida

kelgan. Ushbu mamlakatlar mamlakatdagi islom ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan
talabalarni xorijga borib o‘qishlarini ham ta’minlashga yordam berganlar. Saudiya

Arabistonida respublika talabalarini o‘qishi uchun to‘lovlarni o‘z zimmalariga olishga
tayyor bo‘lganlar. Albatta, bu ishlar keyinchalik davlatlarning o‘zaro hamkorlik,

shartnoma va aloqalarni mustahkamlash orqali amalga oshirilgan. Dastlabki
davrlardanoq Movarounnahr Musulmonlari Idorasining xalqaro xorij islom

respublikalari bilan hamkorlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Respublikada madrasa

talabalari tahsili uchun adabiyotlar yetishmasa-da, biroq respublikada diniy kadrlar

tayyorlash tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan deya baholangan. Chunki mamlakatda sobiq

ittifoq davridan faoliyat olib borgan 2 ta madrasada va 1 ta islom oliy ilmgohida turli

respublikalardan kelgan islom dini ulamolari tahsil olganlar. Shu tariqa kadrlar

tayyorlash zarurati maqsadida xalqaro hamkorlik ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan,

1993-

yilda Dog‘iston musulmonlari idorasining iltimosiga ko‘ra musulmonlar idorasi

tomonidan 400 ta haftiyak, 600 ta durusi shifohiya, 1000 ta juzu amma va bag‘dodiy, 100

ta naxv darsligi yuborilgan [6. V.93].

Mustaqil O‘zbekistonning birinchi muftiysi Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

faoliyati davomida asosiy e’tiborini sobiq Ittifoq musulmonlarining diniy sohadagi,
ayniqsa, diniy ta’lim, ularning diniy huquqlarini tiklash yo‘lidagi to‘siqlarni olib

tashlashga qaratgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

93

1994-

yilgi ma’lumotga ko‘ra respublikada dinga (bevosita islom) xizmat

qiluvchilarni soni 7000 (yetti ming) kishini tashkil etgan [7.V.34]. Ularning bilim darajasi

turlicha bo‘lgan, barchasi yuqoridagi talablarga javob bera olmagan. Bolshevikcha tuzum

sharoitida dinga xizmat qiluvchi, din bilan bog‘liq vazifalarda faoliyat ko‘rsatuvchi
malakali mutaxassislar tayyorlashga deyarli e’tibor berilmagan. Buning uchun esa

albatta, din va davlat munosabatlari doirasida o‘zaro mustahkam qonuniy aloqa o‘rnatish

zarurati vujudga kelgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi davlatdan ajratilgan bo‘lsa

-da, mazkur

murakkabliklar ortidan davlatning ham diniy kadrlar tayyorlash ishiga bevosita rahbarlik,

ularni o‘qitish tizimini zamonaviy asosda qurish, respublikadagi barcha din vakillarini o‘zaro
hamjihatligini ta’minlash, dindorlarni bo‘linishini oldini olish, ularning asl maqsadlari

ortidagi keyingi faoliyatlarini aniqlash va ayrim diniy oqimlarni siyosiy harakatlariga chek

qo‘yish maqsadida 1992

-

yili Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

tashkil etildi. Qo‘mitaning qator vakolatlari doirasida islom dini tashkilotlari kadrlar bilan
ta’minlash ishida, madrasalarni faoliyati bo‘yicha nazorat olib borgan.

Mamlakatda 1992-yildan boshlab diniy boshqarma ruxsati asosida madrasalar

ochilishi yo‘lga qo‘yilgan. 1994

-

yilgi ma’lumotga ko‘ra respublikada 10 ta rasmiy

ro‘yxatdan o‘tgan madrasa faoliyat ko‘rsatgan. Ularda 2500 nafar o‘g‘il

-

qizlar ta’lim olgan.

Ularga 150 mudarris din asoslaridan dars bergan. Shuningdek, norasmiy faoliyat olib

borayotgan 18 ta madrasada esa 2000 ga yaqin tolib va tolibalar tahsil olganlar. Mazkur

madrasalarda ta’lim berayotgan 266 nafar mudarrisdan 74 tasigina ya’ni (27.8%) gina

maxsus diniy bilimga ega bo‘lgan mutaxassislar hisoblangan. Bundan tashqari
mamlakatning 350 dan ortiq masjidlari qoshida tashkil etilgan diniy ta’lim beruvchi

guruhlarda 10000 (o‘n ming) dan ortiq turli yoshdagi fuqarolar din asoslaridan
boshlang‘ich ma’lumot olganlar. 1994

-

yilgi ma’lumotga ko‘ra yana 50 ga yaqin norasmiy

madrasa faoliyat ko‘rsatgan. Ularda diniy ta’lim bilan birgalikda ona tili va adabiyoti, chet
tillari fanlari o‘rgatilgan. Bundan tashqari madrasaning asosiy bilim berish vositasi kasb

-

hunarga o‘rgatish ham bo‘lgan

[8.V.34].

Kadrlar tayyorlashdagi ikki tomonlama hamkorlik qilish ishlari, ya’ni O‘MI va

Qo‘mita faoliyatidagi o‘zaro yakdillik ularni tartibga solish ishida yaxshi samara sifatida
ko‘rilgan. Mutaxassislarni o‘qitish va tarbiyalash faoliyatidagi ishlarni yo‘lga qo‘yishdan

tashqari mamlakatda amalda diniy tashkilotlarda (islom) xizmat olib borayotgan imom

domlalar, din xodimlarining malakasi, ularning o‘sha davr ruhini tushuna olishi, boshqa

diniy oqimlar ta’siriga tushgan

-

tushmaganligi, ulamolardagi bo‘linish ishlari ham

xavotirli tus olgan edi. Masjidlarda ishlayotgan imom-xatiblarning 15 foizigina diniy

o‘quv yurtlarini tamomlagan mutaxassislar bo‘lgan

[

9.V.13]. Bundan ko‘rinadiki, islomiy

ta’lim muassasalarini tamomlaganlarni ko‘pchiligi diniy bilimni o‘zicha o‘rgangan

shaxslar bo‘lgan.

Yana bir muammo masjidlar tizimida edi. O‘zbekistonda

1994-yil I chorak

ma’lumotiga ko‘ra 5200 (besh ming)dan ortiq masjidlar bo‘lsa

[10.V.35], bu yerda

xizmatda bo‘lib turgan imom

-

xatiblar masalasida muammolar bo‘lgan. Imom

-

xatiblarning bilimi, tajribasi, boshqa oqimlarga nisbatan munosabati, O‘MI atrofidagi
umumiy yakdillikning yo‘qligi diniy tashkilot (islom) xodimlarini attestatsiyadan

o‘tkazishni talab etgan. Shu maqsadda qator tadbirlar ishlab chiqilib, Qo‘mita O‘MI va
uning joylardagi vakilliklari bilan hamkorlikda attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlab

yuborilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

94

O‘MI ning maxsus farmoni bilan o‘tkazilgan ushbu attestatsiya natijalariga ko‘ra

Toshkent viloyatidan Qibray va Yangi yo‘l tumanidagi 2 ta imom xatib egallab turgan

lavozimiga nomunosib topilgan. Shuningdek, Namangan viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan

15 ta masjiddan Namangan shahridagi “Otavalixon to‘ra”, Chortoq tumanidagi “Xazrati

Bilol” masjidlarida xanafiylikdan chekinganligi uchun imomlar almashtirilganligi, “Islom

nuri”, “Abu xanifa”, “Karimjon qori”, “Xasti xizir”, “Abdurahim mulla” va boshqa masjid

imomlari xanafiylik yo‘lida e’tiqod qilib faoliyatida davom etishi bayon qilingan. Bundan

tashqari Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi “Xazrati Umar” masjidi imomi va Jizzax

viloyatidagi imomlarda turli noqonuniy firqalarga xos illatlar sezilmagan.

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Navvoq”, “Zarg‘aldoq”, “Abu Bakr Siddiq”

masjidlari qurilishiga noqonuniy oqim tarafdorlari

mablag‘lari hisobidan mablag‘ olingan

bo‘lsa

-

da, mazkur imom xatiblar Imomi A’zam mazhabida bo‘lganlar. Asaka tumanidagi

“Tojiboy Xalfa”, “Do‘rmon”, “Abdulhay Maxsum”, “Imom Buxoriy”, Oltinko‘l tumanidagi

“Jaloliddin”, “Oro”, Shahrixon tumanidagi “Bo‘ston”, “Jiyda”, “Arab”, Izboskan tumanidagi

“To‘rtko‘l” masjidi imomlari faoliyatlarida oldin chalkashliklar bo‘lsa

-da, ular keyinchalik

to‘g‘ri yo‘lga tushib olganlar. Yoki Samarqand viloyati Bulung‘ur shahridagi “Amir

xamza”, Urgut tumanidagi “Chorchinor” masjidi imomlari Imomi A’zam mazhabidan

chekinmaganliklari qayd etilgan [11.V.18-19].

Ushbu ma’lumot respublika masjidlarida imomat vazifasida xizmat qilib turgan va

joylardan turli arizalar kelib tushganligini inobatga olgan holda faoliyati o‘rganilib

attestatsiya qilingan. Ayrim masjid imomlari Andijon va Qo‘qon shahridagi turli

noqonuniy firqalarning in qurgan markazlariga kelgan mablag‘lar hisobidan joylardagi

yangi masjid qurilishi va ularga nisbatan xayrixoh bo‘lishi respublikaning diniy kadrlarni

yetishtirish siyosatiga zid sanalgan. Chunki aholi namozxonlari o‘rtasida “bu masjidga

chiqib bo‘lmaydi, u o‘zimizni masjid unga chiqsa bo‘ladi yoki bunga chiqish mumkin

emas” qabilidagi bo‘linishlar ro‘y berishi mamlakatdagi musulmonlar o‘rtasida nizo va

tarafkashliklarni urchishiga ham sabab bo‘lishi mumkin edi. Mazkur holatlarni tartibga

solishni yagona yo‘li mamlakatda diniy ta’limni isloh qilish va amaldagi din xodimlari

faoliyatini o‘rganib, to‘liq attestatsiyadan o‘tkazishdan iborat bo‘lgan.

1998-yil 5-

maygacha respublikada o‘rganilgan masjidlarning umumiy soni 4030 ta

bo‘lgani holda mazkur masjidlarda xizmatda turgan imomlar soni 3892 nafarni tashkil

etgan [

12.V.39]. Ushbu imomlarning aksariyati diniy sohada ma’lum bir savodi bo‘lsa

-da,

afsuski, ularni diniy ilm olganligi to‘g‘risida hujjati bo‘lmagan.

Zero, imomlarni

fuqarolarga diniy ma’rifat yo‘lida xizmat qilishi inobatga olinib, ularning aholiga din

aqidalarini yetkazishida yuksak mas’uliyat talab qilinar edi.

Ta’kidlash lozimki, dastlabki yillarda respublikadagi bunday muassasalar soni

yildan-

yilga ortib borgan. Biroq o‘tkazilgan attestatsiya natijalari va boshqa omillar

sabab, 1998

1999-

yillarda respublikada ro‘yxatdan o‘tgan masjidlar soni dastlab

1949 tani tashkil etgan bo‘lsa, 1999

-

yil aprel oyigacha 1355 ta masjidni to‘liq ro‘yxati

shakllantirilib, ushbu 1355 masjid imomlari o‘z lavozimiga loyiq deb topilgan. Ulardan

diniy sohada oliy ma’lumotlilar soni 230 tani tashkil etgan. Diniy o‘rta

-maxsuslari esa

485 tani, qolgan 640 tasi esa diniy sohadagi faoliyati va tajribasiga qarab musulmonlar

idorasi guvohnomasiga ega bo‘lgan. Yosh jihatdan esa 60 yoshgacha imomlar 1147 tani,

60-70 yoshdagilar 152 tani, 70 yoshdan oshganlar esa 56 tani tashkil etgan [13.V.39].

Shuningdek, 1991

1997-

yillarda mamlakatda oliy diniy ma’lumotga ega bo‘lgan

imomlar 4000 ta masjid hisobi bilan 1.6 foizni tashkil etib, o‘rta maxsus diniy ma’lumotga

ega imomlar esa 2.7 foiz bo‘lgan. Yosh jihatdan 60 yoshdan oshgan imomlar 47.5 foizdan


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

95

iborat edi [

14.B. 44]. Asosiy e’tibor xodimlarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan.

Buning natijasida, 1997

2000-yillar ichida Toshkent islom universiteti (TIU) da imomlar

uchun tashkil etilgan doimiy o‘quv

-

malaka oshirish kurslari, o‘tkazilgan attestatsiya va

rotatsiya natijalariga ko‘ra oliy diniy ma’lumotga ega bo‘lgan imomlar 22.5 foizga, o‘rta

maxsus ta’limga ega imomlar nisbati 47.5 foizga yetkazilgan, yoshi 60 dan yuqori

imomlar miqdori 10 foizga keltirilgan [15.V.44]. Uch yil ichida bunday miqdorga

kelganligini asosiy sabablaridan biri masjidlarni qisqarishi ham bo‘lgan.

Bundan ko‘rinadiki, mamlakatda islom dini sohasida ma’naviy muhitni

sog‘lomlashtirish uchun diniy sohada malakali kadrlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi va
ularni o‘qitishda tajriba orttirish tobora ayon bo‘lib borgan. Ayniqsa, yosh imomlarni

o‘qitish, tajribali kadrlardan foydalanish, ularni boshqa masjidlarga yuborish, islom

mamlakatlarini sohada amalga oshirayotgan imkoniyatlari bilan tanishish, ulardan

tajriba olish zarurati vujudga kelib, respublikada mazkur ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Yana bir muhim jihat kadrlarni joyiga qo‘yishni zaruriy sharti sifatida, avvalo,

madrasalarni isloh qilish bo‘lsa, ikkinchidan amaldagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan

imom-

xatiblarning sharoitlarini yaxshilash, ularni moddiy tomondan qo‘llab

-

quvvatlashdan iborat edi. Shuningdek, masjidlarni umumiy holatini o‘rganish va imom

-

xatiblar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida kamchiliklar ma’lum bo‘lib borgan.

Islomiy ta’lim muassasalarini bitirgan bitiruvchilarni masjidlarga yuborib, kuchli

mutaxassislari jalb qilinishi inobatga olinsa, bunday holatda islomiy ta’lim

muassasalarining o‘zida ham kadr masalasi ayanchli edi.

Chunki qator obyektiv sabablar

mavjud bo‘lib, islomiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini aytilgan joyga xizmat

vazifasiga bormasligi, zamonaviy dars xonalar bilan ta’min etish ishlari, muassasalarni
kompyuter va jihozlar bilan ta’minlash, madrasa mudarrislarining oylik maoshlaridagi

muammolar barchasi mablag‘ bilan bog‘liq bo‘lgan.

Shuningdek, Imom xatiblarning moddiy jihatdan ham qo‘llab

-quvvatlanishida ham

muammolar bo‘lgan. Masalan, respublikada faoliyat olib borgan imomlarning 30 foizi

maoshsiz, 55 foiz imomlar 2001

2002-yillarda 1500-

2000 so‘m, 2002–

2003-yillarda

3500-

4000 so‘m oylikka ishlaganlar. Birgina Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan

207 ta masjiddan 150 ta imom maosh olmasdan ishlagan [16.B.253]. Bunga yechim

sifatida yo‘llanma bilan tayin etilgan imomlarga mahalliy imkoniyatlardan foydalangunga
qadar, O‘MI tomonidan hech bo‘lmaganda uch

-

to‘rt oy oylik maosh bilan ta’minlash

masalasi

taklifi berilgan. Chunki ayrim imomlar aynan mablag‘ yo‘qligi sababli va moddiy

imkoniyatidan kelib chiqib, o‘ziga tayinlangan masjidga ishga bormagan. O‘MI va diniy

tashkilotlar, ziyoratgohlar, imom-

xatiblarni mablag‘ bilan ta’minlash, ularning moliyaviy

faoliyatini nazorat qilish “muhtasiblik” bo‘limining asosiy vazifasi bo‘lgan. Imom

-

xatiblarni maoshlarini vaqtida berish maqsadida viloyat muhtasiblari hisobot berib

borganlar. Har bir masjidlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda bankda schyot raqami

ochilganligiga ham e’tibor qaratilgan va shu orqali mablag‘lar nazorati yo‘lga qo‘yilgan.
Maoshlar masalasidagi muammolarning muhim sababi O‘MI tizimi ishlab chiqarish orqali

foyda ko‘rmaydigan jamoat tashkiloti sifatida faqat xayr

-ehson sifatida faoliyat olib

borganligi edi. Biroq gaz, elektr, suv, issiqlik kabi to‘lovlar ishlab chiqarish korxonalari

darajasida olingan. Tushgan mablag‘larning aksariyati esa kommunal xizmat va turli
to‘lovlarga sarflangan. Bu holatlar ham bartaraf etilib, madrasa va masjidlarning

qarzdorligi yopilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

96

Attestatsiya guvohnomasi bilan xizmat qilib turgan imomlarni rasmiy

madrasalarni bitirgan, maxsus diplomga ega bo‘lgan imomlar bilan almashtirishga ham
alohida e’tibor qaratilgan. Madrasalarda esa xuddi shunday islohot o‘tkazish, ularni

professional kadrlar bilan ta’minlash, ularni o‘qitish tizimi kutubxona va boshqa moddiy
ta’minotga muhtojligi masalalari kabi muammolar ortidan “bir viloyatda bir madrasa”

tartibi joriy qilingan.

Respublikada 2008-

yilgi ma’lumot bo‘yicha islom diniy tashkilotlari O‘MI,

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, TII, 9 ta madrasa, 2037 ta masjid faoliyat
yuritgan. Masjidlarning aksariyati Farg‘ona vodiysi viloyatlariga: Andijonda 181 ta,

Namanganda 186 ta, Farg‘ona viloyatida 198 ta, shuningdek, Toshkent viloyatida 222 ta,
Samarqandda 285 ta, Qashqadaryoda 182 ta va Jizzaxda 171 taga to‘g‘ri kelgan

[17.V.35].

Respublika hududida faoliyat olib borgan masjidlar va shuningdek, ularning imom-
xatiblari fuqarolarning diniy ehtiyojlarini qondirgan. Shunga qaramay aholida

masjidlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori edi.

Shuning uchun arxiv hujjatlarda tadqiq etilishicha

2005

2015-

yillar oralig‘ida Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatlarining chegara

hududlaridan deyarli respublikaning turli hududlaridan yangi masjidlar ochish bo‘yicha

doimiy murojaatlar kelib tushgan.

2010-yilga kelib respublika masjidlarida faoliyat yuritayotgan imomlardan

1579 tasi maxsus oliy va o‘rta diniy ta’lim olgan imomlar bo‘lgan. Qolgan imomlar

mustaqil ravishda diniy savod chiqarib O‘MI hay’ati qarori bilan imomlikka loyiq
ko‘rilgan fuqarolar bo‘lgan

[

18.V.37]. Mazkur imomlarni maxsus diniy ta’limot olgan yosh

kadrlar bilan almashtirish jarayoni doimiy tarzda amalga oshirib kelindi. Lekin bu

jarayonlarda fuqarolarning xohish irodasidan kelib chiqib, ko‘p yillardan beri

namozxonlarga bosh bo‘lib kelayotgan, xalq orasida obro‘ e’tibor qozongan imomlarni

talabalikdan chiqqan yosh mutaxassis bilan almashtirish masalasi ham muammo

sanalgan. Bunday hollarda yoshlarni o‘sha imomlarga ma’lum muddatga, tajribaga ega
bo‘lgunga qadar noiblikka berib, namozxonlarni ularga ko‘niktirib borish maqsadga

muvofiq deb topilgan.

Umuman olganda, mamlakatda mustaqillikni ilk yillarida yangi madrasalar va

masjidlarni ochilishi ommaviy tus oldi. 1998

1999-yillarda esa din niqobi ostidagi

ekstremistik guruhlarning faollashuvi va radikallashuvi ro‘y berdi. Mazkur jarayonlardan

so‘ng islom dini tashkilotlari xodimlari, masjid imomlarini malakasini oshirish tizimi

takomillashtirildi. Madrasalar qariyb 50 tadan 10 taga tushirildi. Har bir viloyatda bir

madrasa tizimi joriy etildi. Din xodimlarini tayyorlash ishi xavotirli tus olishi ro‘y berdi.

2016-yildan boshlab boshqa sohalar rivojidagi ulkan siljishlar qatori diniy-

ma’rifiy

sohada tub ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Diniy tashkilotlarni malakali kadrlar
bilan ta’minlash ishi yangi bosqichga ko‘tarildi.

XULOSA

Mustaqillik yillarida islom dini tashkilotlariga kadrlar tayyorlash masalasi

3 bosqichga bo‘lib o‘rganildi. Buni esa albatta mustaqillik yillarida qabul qilingan “Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun bilan izohlash mumkin. Birinchi

bosqich 1991

1998-yillarda, islom dini tashkilotlariga mutaxassis tayyorlash zarurati va

mavjud muammolar tahlili shuni ko‘rsatadiki, islom ta’limining an’anaviy hamda eskicha

radikal tizimi jamiyatdagi ijtimoiy-

siyosiy jarayonlarning rivojlanish yo‘liga to‘siq

hisoblandi. Shu ma’noda birinchi ma’muriyat davrida Respublikada ushbu yo‘nalishdagi

muammolarni kengayib ketishining oldi olindi. Buning uchun Vazirlar Mahkamasi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

97

huzurida tashkil etilgan Din ishlari bo‘yicha Qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi

hamkorligining yo‘lga qo‘yilishi yaxshi samara sifatida baholandi. Ularning yakdilligi
ortida sohadagi professional kadrlarga ehtiyoj vaqtida aniqlanib, diniy ta’lim tizimiga

an’anaviy islom ta’lim shaklidan voz kechilib, ta’limda zamonaviy usullar, dunyoviy va
diniy fanlar uyg‘unligi yutuqlaridan foydalanish natijasida ma’rifiy islomni targ‘ib etish

orqali taraqqiyotga erishish yo‘li tanlandi.

1999

2016-yillar sohada professional mutaxassis kadrlar tayyorlashning huquqiy

bazasi takomillashdi. O‘rta

-

maxsus islom diniy o‘quv yurtlarida o‘qishga fuqarolar

qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki professional ta’lim

olganidan keyin qabul qilinishi qoidasi mustahkamlandi. Mutaxassislarni tayyorlashda

diniy ta’limdan oliy ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olishdagi nomutanosibliklarga

barham berildi.

2016

2021-yillar diniy sohada kadrlar tayyorlash modelining yangi bosqichiga

erishildi. Diniy ta’lim

tarbiyaning uzluksizligi ta’minlandi, yangi oliy diniy ta’lim

muassasalari ochildi. Imom Termiziy, Imom Buxoriy Xalqaro ilmiy markazlari, islom dini

sohalariga oid ilmiy maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Toshkent islom universiteti

Xalqaro islom akademiyasiga aylantirildi. Xalqaro islom sivilizatsiyasi markazi bunyod

qilinishiga erishildi. Diniy kadrlarning malakasini oshirish tizimi takomillashdi. Diniy

ta’limning 5 ta bosqichli yangi modeli amaliyotga joriy etildi. Birinchi bosqich: o‘rta diniy

ta’lim bosqichi –

4 yil, mutaxassislik: imom, imom noibi; Ikkinchi bosqich: oliy diniy ta’lim

bosqichi

4 yil, mutaxassislik: imom, pedagog-

o‘qituvchi, soha mutaxassisi; Uchinchi

bosqich magistratura bosqichi 2

yil, mutaxassislik: boshqaruv apparati xodimi, pedagog

o‘qituvchi; To‘rtinchi bosqich: tayanch doktorantura (PhD) bosqichi 3 –

yil, mutaxassislik:

ilmiy xodim, islomshunos, ilohiyotchi; Beshinchi bosqich: doktorantura (DSc) bosqichi

3 yil, mutaxassislik: ilohiyotchi olimlarni tayyorlash ko‘zda tutildi. Ushbu tizimni joriy

qilish orqali respublikada professional, diniy fanlarni chuqur o‘zlashtirgan, zamonaviy

tahdidlarga qarshi tura oladigan malakali diniy xodimlar, imom xatiblar tayyorlanishiga

erishilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Sh. Sirojiddinov Bag‘rikenglik dinlarning asosi: Toshent

-2010

“TIU” nashriyot

-

matbaa birlashmasi, B-107.

2.

Sh.M. Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –

Toshkent: “O‘zbekiston”

nashriyoti, 2021.- 409 b.

3.

Ziyouz.uz: Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning: «Iymon va e’tiqod insonga

yo‘ldosh» nomli Muloqot jurnali ijodkorlarining savollariga javoblari «Muloqot»

oynomasi, 1991 yil, 1-son.

4.

O‘zRPAA (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Administratsiyasi arxivi) 975-

jamg‘arma, 19

-

ro‘yxat, 103

-

yig‘ma jild, 99

-100 varaq

5.

O‘zbekiston Milliy arxivi M

-152-

jamg‘arma, 1

-

ro‘yxat, 19

-

yig‘majild, 84

-100

varaqlar.

6.

O‘zbekiston Milliy arxivi M

-152-

jamg‘arma, 1

-

ro‘yxat, 19

-

yig‘majild, 93

-varaq.

7.

O‘zRPAA 975

-

jamg‘arma, 20

-

ro‘yxat, 81

-

yig‘ma jild, 34

-varaq.

8.

O‘zRPAA 975

-

jamg‘arma, 20

-

ro‘yxat, 81

-

yig‘ma jild, 34

-varaq.

9.

O‘zRPAA 975

-

jamg‘arma, 20

-

ro‘yxat, 81

-

yig‘ma jild, 35

-varaq.

10.

O‘zRPAA 975

-

jamg‘arma, 20

-

ro‘yxat, 81

-

yig‘ma jild, 35

-varaq.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

3 (2024) / ISSN 2181-1415

98

11.

O‘zbekiston Milliy arxivi 37

-

jamg‘arma, 1

-

ro‘yxat, 1501

-

yig‘majild,

18-19-varaqlar

12.

O‘zRPAA 975

-

jamg‘arma, 26

-

ro‘yxat, 539

-

yig‘ma jild, 39

-varaq.

13.

O‘zRPAA 975

-

jamg‘arma, 26

-

ro‘yxat, 539

-

yig‘ma jild, 39

-varaq.

14.

O‘zbekiston Milliy arxivi 37

-

jamg‘arma, 1

-

ro‘yxat, 8030

-

yig‘majild, 44

-varaq.

15.

O‘zbekiston Milliy arxivi 37

-

jamg‘arma, 1

-

ro‘yxat, 8030

-

yig‘majild, 44

-varaq.

16.

O‘zPAA 975

-

jamg‘arma, 30

-

ro‘yxat, 155

-

yig‘majild, 253

-varaq.

17.

O‘zPAA 975

-

jamg‘arma, 30

-

ro‘yxat, 1000

-

yig‘majild, 35

-varaq.

18.

O‘zPAA 975

-

jamg‘arma, 30

-

ro‘yxat,

1000-

yig‘majild, 357

-varaq.

Библиографические ссылки

Sh. Sirojiddinov Bag‘rikenglik dinlarning asosi: Toshent-2010 - “TIU” nashriyot-matbaa birlashmasi, B-107.

Sh.M. Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021.- 409 b.

Ziyouz.uz: Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning: «Iymon va e’tiqod insonga yo‘ldosh» nomli Muloqot jurnali ijodkorlarining savollariga javoblari «Muloqot» oynomasi, 1991 yil, 1-son.

O‘zRPAA (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi arxivi) 975-jamg‘arma, 19-ro‘yxat, 103-yig‘ma jild, 99-100 varaq

O‘zbekiston Milliy arxivi M-152-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 19-yig‘majild, 84-100 varaqlar.

O‘zbekiston Milliy arxivi M-152-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 19-yig‘majild, 93-varaq.

O‘zRPAA 975-jamg‘arma, 20-ro‘yxat, 81-yig‘ma jild, 34-varaq.

O‘zRPAA 975-jamg‘arma, 20-ro‘yxat, 81-yig‘ma jild, 34-varaq.

O‘zRPAA 975-jamg‘arma, 20-ro‘yxat, 81-yig‘ma jild, 35-varaq.

O‘zRPAA 975-jamg‘arma, 20-ro‘yxat, 81-yig‘ma jild, 35-varaq.

O‘zbekiston Milliy arxivi 37-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1501-yig‘majild, 18-19- varaqlar

O‘zRPAA 975-jamg‘arma, 26-ro‘yxat, 539-yig‘ma jild, 39-varaq.

O‘zRPAA 975-jamg‘arma, 26-ro‘yxat, 539-yig‘ma jild, 39-varaq.

O‘zbekiston Milliy arxivi 37-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 8030-yig‘majild, 44-varaq.

O‘zbekiston Milliy arxivi 37-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 8030-yig‘majild, 44-varaq.

O‘zPAA 975-jamg‘arma, 30-ro‘yxat, 155-yig‘majild, 253-varaq.

O‘zPAA 975-jamg‘arma, 30-ro‘yxat, 1000-yig‘majild, 35-varaq.

O‘zPAA 975-jamg‘arma, 30-ro‘yxat, 1000-yig‘majild, 357-varaq.