Авторы

  • Карима Ражабова
    Преподаватель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp86-90

Ключевые слова:

избирательные споры административное урегулирование судебное урегулирование судебные издержки государственная пошлина

Аннотация

В данной статье анализируются способы разрешения избирательных споров, в частности порядок и сроки разрешения таких дел административными судами в рамках законодательства Узбекистана. Обсуждаются две различные категории судебных издержек, их специфика и связанные с ними практические и теоретические проблемы, а также предлагаются некоторые решения.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Issues related to court costs in resolving election disputes

Karima RAJABOVA

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024

Received in revised form

15 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

15 August 2024

This article analyzes the methods of resolving electoral

disputes, in particular the procedure and timeframes for

resolving such cases by administrative courts within the
framework of the legislation of Uzbekistan. Two different

categories of legal costs, their specifics, and related practical
and theoretical problems are discussed, and some solutions are
proposed.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp86-90

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

election disputes,

administrative settlement,

judicial settlement,

court costs,

state duty,

legal costs.

Saylovga oid nizolarni hal etishda sud xarajatlariga oid
masalalar

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

saylovga oid nizolar,

ma’muriy tartibda hal etish,

sud tartibida hal etish,

sud xarajatlari,

davlat boji,

sud chiqimlari.

uUshbu maqolada saylovga oid nizolarni hal etish usullari,

xususan bunday ishlarni ma’muriy sudlar tomonidan ko`o‘rib
hal etish tartibi, muddatlari O`O‘zbekiston qonunchiligi

doirasida tahlil qilinib, ushbu protsessda sud xarajatlari bilan

bog`g‘liq masalaga asosiy urg`g‘u beriladi. Sud xarajatlarining
ikki xil toifasi, ularning o`o‘ziga xos xususiyatlari hamda ular

bilan bog`g‘liq bo`o‘lgan amaliy hamda nazariy muammolar

muhokama qilinib, muallif tomonidan ularga ayrim yechimlar
taklif etiladi.

1

Teacher, Tashkent State University of Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

87

Вопросы, касающиеся судебных издержек при
разрешении избирательных споров

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

избирательные споры,

административное

урегулирование,

судебное урегулирование,

судебные издержки,

государственная пошлина,

судебные издержки.

В данной статье анализируются способы разрешения

избирательных споров, в частности порядок и сроки

разрешения таких дел административными судами в

рамках законодательства Узбекистана. Обсуждаются две

различные категории судебных издержек, их специфика и

связанные с ними практические и теоретические

проблемы, а также предлагаются некоторые решения.

KIRISH

So`o‘ngi yillarda mamlakatimizda demokratiyaning asosiy elementlaridan biri

bo`o‘lgan saylov jarayonlari avj olganligini ko`o‘rishimiz mumkin. Ushbu jarayon

demokratiya deyilishi bejiz emas, albatta. Zero, fuqarolar aynan saylov jarayonlarida

Konstitutsiya darajasida o`o‘rnatilgan o`o‘zlarining huquqlarini, davlatni boshqarishdagi
o`o‘rnini faol tarzda namoyon qilishadi. Mazkur holat to`o‘liq namoyon bo`o‘lishi esa

fuqarolarni saylov huquqlari to`o‘liq himoyada ekanligi muhim ahamiyatga egadir.
O`O‘zbekiston qonunchiligida fuqarolar o`o‘zlarini saylov huquqlarini ikki xil usulda himoya

qilishlari mumkin. Bular: ma’muriy va sud tartibida.

Fuqarolarning huquqlarini ma’muriy tartibda himoya qilish deganda, ayrim

adabiyotlarda gata’riflanganidek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ma’muriy organ

yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan qilingan noqonuniy harakat (harakatsizlik)

yoki ular tomonidan chiqarilgan g‘ayriqonuniy qarorlar ustidan yuqori turuvchi organ yoki
maxsus tashkil etilgan organga shikoyat qilish va ko‘rib chiqish tushuniladi . Bunda

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga ko‘ra, saylov bilan bog‘liq nizolar yuzaga

kelganda saylov komissiyasiga murojaat qilish mumkin. Jumladan, ushbu Kodeksning 101-

moddasiga ko‘ra, saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy va

yuridik shaxslarning ushbu Kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning

boshqa masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida
ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda

ularga yozma javoblar berishi, saylovga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish

kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib chiqib, javob qaytarishi shart. Saylov

komissiyasining raisi murojaatni ko‘rib chiqadi va unga doir qaror qabul qiladi.

Saylovga oid nizolarni hal etishning keyingi turi, ya’ni, sud usuliga to‘xtaladigan

bo‘lsak, nazariy jihatdan bu jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ma’muriy organ yoki

ular mansabdor shaxslar i tomonidan qilingan noqonuniy harakat (harakatsizlik) yoki ular

tomonidan chiqarilgan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish va uni ko‘rib chiqish

tushuniladi

Ushbu nizolar ommaviy-

huquqiy xususiyatga ega bo‘lsa, bunday nizolar ma’muriy

sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Albatta, ushbu protsess to`o‘la namoyon bo`o‘lishi sud xarajatlariga ham bevosita

bog`g‘liq hisoblanadi. Negaki, davlat bojining to`o‘lanmaganligi sudda arizachining
shikoyatini qaytarishga asos bo`o‘lib xizmat qiladi

.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

88

Ushbu maqolada fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish va, asosan, sud

xarajatlari masalasi muhokama etiladi.

MATERIAL VA METODLAR

Maqolada huquqshunoslarning ilmiy-nazariy qarashlari asosida fuqarolarning

saylovga oid huquqlarini ma’muriy sudlar orqali himoya qilish, ushbu jarayonda sud

xarajatlari masalalari muhokama etiladi

Yuqoridagi savollarga javob topish uchun amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va sud

amaliyoti hujjatlari tahlil qilinib, tegishli taklif va xulosalarga kelinaditaqdim etilgan.

TADQIQOT NATIJALARI VA TAHLILI

Fuqarolarning saylovga oid huquqlarini sudga taalluqlilik nuqtai nazaridan tahlil

qiladigan bo`o‘lsak, ushbu jarayon nizoning predmetiga bog`g‘liq ekanligini ko`o‘rishimiz

mumkin. Negaki saylovga oid ishlar jinoyat yoki ma’muriy sudlar tomonidan ko`o‘riladi.

O`O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to`o‘g`g‘risidagi kodeksining

(MSIYtK) 27-moddasiga asosan, saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari)

yuzasidan nizolashish ma’muriy sudlar sudloviga taalluqli bo`o‘lsa, saylovni tashkil etish va

o`o‘tkazishdagi huquqbuzarliklar hamda jinoyatlar jinoyat sudlarida ko`o‘riladi.

Fuqarolar saylov huquqlarini ma’muriy sudda himoya qilish sudlovlilik jihatdan ham

biroz farq qiladi, ya’ni saylov komissiyasining xatti

-harakatlari (qarori) ustidan berilgan

shikoyatlar tuman (shahar) ma’muriy sudlari, Markaziy saylov komissiyasining xatti

-

harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarni esa O`O‘zbekiston Respublikasi Oliy

sudi ko`o‘rib chiqadi.

Saylov komissiyasining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat sud

tomonidan shikoyat berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi,

agar saylovga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa, darhol ko‘rib chiqilishi lozim.

Nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar organlari, nomzodlar, ishonchli vakillar,

kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ushbu qarorlar

qabul qilinganidan keyin besh kun ichida sudga shikoyat qilishi mumkin. Markaziy saylov

komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin besh kun ichida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin .

Shikoyat sud tomonidan arizachini va tegishli saylov komissiyasining vakilini,

shuningdek, prokurorni, agar shikoyat arizachiga emas, balki boshqa fuqaroga daxldor

bo‘lsa, o‘sha shaxsni ham chaqirgan holda ko‘rib chiqiladi. Bu Mazkur shaxslarning

kelmasligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.

Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va

arizachiga topshiriladi .

Demak, yuqorida saylovga oid nizolarning ma’muriy sudda ko`o‘rib chiqish tartibiga

to`o‘xtaldik, lekin ushbu jarayon davomida sud xarajatlari masalasi ham alohida ahamiyatga

ega bo`o‘lib, amaldagi qonunchiligimiz aynan ushbu masalada ham bo`o‘shliqlarga ega.

Dastavval, sud xarajatlari tushunchasini muhokama qiladigan bo`o‘lsak, O‘zbekiston

Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksining 12

-bobi aynan

sud xarajatlariga bag`g‘ishlangan bo`o‘lib, unga muvofiq, sud xarajatlari davlat bojidan va

ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat ekanligi keltirib o`o‘tilgan.

Sud xarajatlari bir qator o‘ziga xos belgilardan iborat:

1) ular maʼmuriy sudlarga murojaat qilish va ishlarni ko‘rib chiqish yuzasidan;

2) maʼmuriy ishlarni hal etishga oid protsessual faoliyatning chiqimliligi, yaʼni tegishli

huquq va manfaatlarning himoya qilinishi muayyan to‘lov asosida ishda ishtirok etuvchi

taraflar hisobidan undirilgan holda hal etilishi;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

89

3) sudga asossiz murojaat etilishining oldini olish va maʼmuriy adolatni taʼminlashga

oid davlat xarajatlarini qonuniy to‘lovlar sifatida o‘rnatilgan kompensatsiya qilishnishi

ko‘rinishida;

4) xarajatlarni to‘lash va taqsimlash qonunda belgilangan bo‘lib, bu maʼmuriy sud

ishlarini yuritishning barcha bosqichlari va turlarini qamrab oladi. Misol uchun, davlat bojini

to‘lash faqatgina sudga ariza taqdim etishda emas, balki sud ishi yurituvining apellyatsiya va

kassatsiya bosqichlarida ham to‘lash nazarda tutilgan .

Sud xarajatlari o`o‘zining maqsadlariga ham ega bo`o‘lib, ayrim olimlar maʼmuriy

ishlarni ko‘rib chiqishda odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq sud hokimiyati

xarajatlarining davlat tomonidan muayyan miqdorda qoplanishi, ya’ni ushbu xarajatlar

sudda faoliyat yuritadigan xodimlarning ish haqlari, sud binosi va anjomlarining

amortizatsiyasi, kanselyariya xarajatlari va boshqalardan iborat ekanligini va bu

kompensatsion funksiya sifatida eʼtirof etilishini ta’kidlashsa , boshqa olimlar undan

ko`o‘zlangan asosiy maqsad davlatning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog`g‘liq

xarajatlarni amalga oshirish emas, balki taraflarni o`o‘zlarining fuqarolik burchlarini

ixtiyoriy ravishda bajarishga rag`g‘batlantirish va asossiz nizolar qo`o‘zg`g‘atilishining oldini

olishdir , deya fikr bildirishadi.

Bizning fikrimizcha, sud xarajatlari ushbu ikkala funksiyani o`o‘z ichiga oladi. Negaki,

tarixga nazar tashlaydigan bo`o‘lsak, o`o‘rta asrlarda faqat cheklangan ma’lum bir shaxslar

(chinovniklar) uchun amalga oshirilgan odil sudlovni boshqaruvchi shaxslar xizmati uchun

pul to`o‘langan bo`o‘lsa , sud aholining barcha qatlamiga ochiq bo`o‘lgandan so`o‘ng sud

organlarini ish hajmini keskin ravishda oshirib yubordi. Bu holat yana sud xarajatlari

institutida o`o‘zgarishlar qilinishiga olib keldi va shu tariqa davlat boji va hamda sud

chiqimlaridan iborat bo`o‘lgan sud xarajatlari shakllandi .

Sud chiqimlariga keladigan bo`o‘lsak, MSIYtK 113

-moddasiga asosan, sud

xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlaridan, sud

tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish, sud

majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan, shuningdek

ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir.

Sud xarajatlarining yana bir turi bo`o‘lgan davlat boji masalasining tahliliga keladigan

bo`o‘lsak, O`O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to`o‘g`g‘risida”gi qQonunining 3

-

moddasiga ko`o‘ra, davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va

(yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar

tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lov hisoblanadi. Mazkur

qonunning 5-moddasiga asosan, saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan

nizolashish haqidagi shikoyatlar davlat boji undiriladigan obyektlar tarkibiga kiritilgan.

Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 134

-moddasida davlat boji va pochta

xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar

taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib

-

bo‘lib to‘lash mumkinligi

qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud

iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa, ariza qaytarilishiga olib kelishi qayd etilgano‘rnatilgan. Biroq

“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga Ilovada ushbu boj miqdori

qancha ekanligi keltirilmagan. Amaliyotda Qoraqalpog`g‘iston Respublikasi, viloyatlar

hamda tumanlararo ma’muriy sudlari tomonidan davlat boshqaruvi organlarining,

ma’muriy

-

huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning,

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining

harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha, ya’ni


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

90

fuqarolardan BHM (bazaviy hisoblash miqdori)ning bir baravari, yuridik shaxsclardan BHM

(bazaviy hisoblash miqdori)ning o‘n baravarigacha miqdorida davlat boji undirilib

kelinmoqda.

Yana bir muammo shundaki, O`O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji

to`o‘g`g‘risida”gi Qqonunining 10

-

moddasida ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan

ozod qilingan shaxslar toifalari tarkibida “ma’muriy

-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga

vakolatli bo‘lgan boshqa organlar” jumlasi keltirilgan bo`o‘lib, ushbu holat

aniqlashtirilmagan. To`o‘g`g‘ri, O`O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib

-taomillar

to`o‘g`g‘risida”gi Qqonunining 4

-

moddasida ma’muriy

-huquqiy faoliyat

ayrim jismoniy

yoki yuridik shaxslarga yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar

guruhiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqaruv faoliyati sifatida keltirilgan va bu quonunning 3

-

moddasida saylovlarni o`o‘tkazish jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmasligi keltirilgan. Biroq

bu holat saylov komissiyalarining ma’muriy huquqiy faoliyatni butkul amalga oshirmaydi,

degan xulosaga olib kelmaydi. Sababi saylov komissiyasi qarorlarida ham ma’muriy

-huquqiy

faoliyat elementlarini ko`o‘rishimiz mumkin

.

XULOSA

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng doiradagi islohotlar sud, jumladan

ma’muriy sudlarda ham bir qator o`o‘zgarishlar kiritish kerakligini nazarda tutadi.

Xususan,yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, saylov komissiyalarining xatti-

harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritib, davlat boji muammosini hal qilish

lozim bo‘ladi. Negaki bu ham, o‘z navbatida, saylovga oid nizolarni hal etishda sud

protsessiga o`o‘z ta’sirini o`o‘tkazadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

O‘

YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023

-y., 03/23/889/0978-son; 28.02.2024-y.,

03/24/915/0160-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son.

3.

Ma’muriy huquq va protsess. Darslik. S.A.Muratayev, B.T.Musayev, D.R.Artikov//

-

Toshkent:Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y.

4.

Жураев , Ш. . (2022). Некоторые правовые вопросы судебных расходов в

административном судебном производстве. Общество и инновации, 3(6/S), 43–

51.

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp43-51

5.

Ш.Шорахметов

-

“Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик процессуал

ҳуқуқи”, дарслик.

6.

Дмитриев Ф. М. История судебных инстанций и гражданского

апелляционного судопроизводства от Судебника до Учреждения о губерниях. Т. 1. М.,

1899

—1900. С. 271.

7.

Шмотин Кирилл Сергеевич (2018). Пути развития института судебных

расходов: сравнительно

-

правовой анализ. Журнал российского права, (10 (262)), 147

-

155. C.150

8.

Ражабова Карима Қаҳрамоновна. (2022). Cайлов комиссиялари, уларнинг

хатти

-

ҳаракатлари(қарорлари) тушунчаси ва ўзига хос хусусиятлари. Eurasian journal

of law, finance and applied sciences, 2(3), 175

186.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 03/23/889/0978-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son.

Ma’muriy huquq va protsess. Darslik. S.A.Muratayev, B.T.Musayev, D.R.Artikov// - Toshkent:Yuridik adabiyotlar Publish, 2022-y.

Жураев , Ш. . (2022). Некоторые правовые вопросы судебных расходов в административном судебном производстве. Общество и инновации, 3(6/S), 43–51. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss6/S-pp43-51

Ш.Шорахметов - “Ўзбекистон Республикасининг фуқаролик процессуал ҳуқуқи”, дарслик.

Дмитриев Ф. М. История судебных инстанций и гражданского апелляционного судопроизводства от Судебника до Учреждения о губерниях. Т. 1. М., 1899—1900. С. 271.

Шмотин Кирилл Сергеевич (2018). Пути развития института судебных расходов: сравнительно-правовой анализ. Журнал российского права, (10 (262)), 147-155. C.150

Ражабова Карима Қаҳрамоновна. (2022). Cайлов комиссиялари, уларнинг хатти-ҳаракатлари(қарорлари) тушунчаси ва ўзига хос хусусиятлари. Eurasian journal of law, finance and applied sciences, 2(3), 175–186.