Авторы

  • Анвар Хусанов
    PhD, доцент, подполковник, начальник Кафедры криминалистической экспертизы

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp137-143

Ключевые слова:

история криминалистики цифровая криминалистика компьютерные преступления кибератака статистика

Аннотация

Статья посвящена цифровой криминалистике и современным технологиям, которые становятся особенно актуальными в наше время. В ней рассматриваются новейшие достижения в области цифровой криминалистики и их роль в современном мире.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Implementation of modern criminal technique tools into
the IAA system

Anvar KHUSANOV

1


Department of Criminalistic Expertise

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received August 2024

Received in revised form

15 September 2024
Accepted 25 September 2024

Available online

15 October 2024

The article is devoted to digital forensics and modern

technologies, which are becoming especially relevant in our time.

It examines the latest achievements in the field of digital

forensics and their role in the modern world.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss10/S-pp137-143

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

history of forensics,

digital forensics,
computer crimes,
cyber attack,

statistics.

IIO tizimiga zamonaviy kriminalistik texnika vositalarini
joriy qilinishi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

raqamli kriminalistika tarixi,
raqamli kriminalistika,
kompyuter jinoyatlari,

kiber hujum,

statistika ma’lumotlari,

bulut hisoblash xizmati.

Ushbu maqola hozirgi kunda eng dolzarb bo‘lib kelayotgan

raqamli

kriminalistika va texnologiyalar mavzusida bo‘lib unda

yangi texnologiyalar hamda raqamli kriminalistika to‘g‘risida

so‘z boradi.

Внедрение современных средств криминальной

техники в систему ОВД

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

история криминалистики,
цифровая
криминалистика,

Статья посвящена цифровой криминалистике и

современным технологиям, которые становятся особенно

актуальными в наше время. В ней рассматриваются

1

PhD, Associate Professor, Lieutenant Colonel, Head of the Department of Criminalistic Expertise.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

138

компьютерные
преступления,

кибератака,

статистика.

новейшие

достижения

в

области

цифровой

криминалистики и их роль в современном мире.


XXI asr kompyuter va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan ajralib

turadi. Insoniyat o‘z rivojlanishining raqamli bosqichiga jadal kirib bormoqda. An’anaviy

ijtimoiy munosabatlar tobora yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib amalga
oshir

ilmoqda va ulardan foydalanmasdan umuman imkonsiz bo‘lganlari ham mavjud.

Afsuski, ushbu sohani zamonaviy huquqiy tartibga solish texnologik rivojlanish
suratlaridan ortda qolmoqda. Texnologik rivojlanish esa, ayniqsa informatika taraqqiyoti
hali ham shiddat bilan oldinga siljimoqda. Axborot texnologiyalari nafaqat professionallar

hayotiga, balki oddiy insonlarning kundalik hayotiga ham tobora ko‘proq kirib bormoqda.
Odamlar ish va bo‘sh vaqtining katta qismini kiber

-

makonda o‘tkazadilar. Insonlar haqiqiy

moddiy dunyo va kiber-

makon o‘rtasida harakat qilganligi sababli, bu ikki xil muhitning

uyg‘unlashuvi yuzaga kelmoqda. Afsuski, real hayotning salbiy jihatlari ham kiber

-

makonga kirib boradi va kiber jinoyatlar ham bundan mustasno emas. Bundan tashqari,
odamlarning kiber-

makonda ko‘p vaqt o‘tkazishlari, bu yerda katta miqdordagi

ma’lumotlarni qoldirib ketishlarini anglatadi. Jinoyatlarni tergov qilish dastlab moddiy
(real) dunyoda amalga oshirilgan bo‘lsa

-da, ammo bugungi kunga kelib dalillarni ,

ma’lumotlar

ni kiber-makondan (raqamli shaklda) olish borasida katta imkoniyatlar

mavjud. Ushbu imkoniyatlar, ya’ni raqamli dalillarni olish, to‘plash, tahlil qilish va taqdim

qilishning raqamli kriminalistik usullari hali ham rivojlanib bormoqda. Chunki raqamli

ma’lumotlarning hajmi kundan kun o‘sib bormoqda. Raqamli dalillar yuzasidan tadqiqot
olib boruvchilar soni ham ko‘paymoqda. Bugungi kunda elektron dalillarni va ulardan

jinoyat ishlarini yuritishda foydalanishning jinoyat-protsessual va kriminalistik jihatlarini

o‘rganish bilan chegaralanib qolmasdan, uni fundamental ilmiy tadqiqotlar o‘tkazgan
holda o‘rganish talab qilinadi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) inson

faoliyatining deyarli barcha sohalari uchun standartlarni ishlab chiqish va nashr etish bilan

shug‘ullanadi. Jumladan, mahsulotlar, xizmatlar va eng yaxshi amaliyotlar uchun bir xil

standartlarni taklif etadi. Aslida, raqamli kriminalistika borasida amaliyotni tartibga solish

va raqamli dalillarni aniqlash, to‘plash, olish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha eng yaxshi

tajribalarni ommalashtirish 90-yillarning oxiriga kelib boshlangan edi. ISO 27 000
standartlar oilasi axborot xavfsizligiga, shu jumladan raqamli ekspertiza tekshiruvi uchun

ISO / IEC 27037: 2012 standartini o‘z ichiga oladi. ISO

27037 raqamli dalillarga ishlov

berish uchun protseduralarni tasvirlaydi. Ushbu standartlar ilg‘or tajribalar standartlari
guruhiga kiradi va raqamli dalillarni aniqlash, to‘plash, olish va saqlash jarayonida
bajarilishi kerak bo‘lgan protseduralarni umum

lashtiradi.

Insoniyat taraqqiyotining eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarilgan davri bu

XXI asr axborot

asri hisoblanadi. Ushbu asrda kompyuter vositalari va axborotlashtirish jarayonlari kashf

etilib insoniyat hayotining yengil bo‘lishi bilan birga tezkorlik bilan axborot olishi, saqlashi,
ulardan nusxa ko‘chirishi va unga taqiq qilish kabi ko‘p masalalar o‘z yechimini topdi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda bu sohada jinoyatchilikning

o‘sib borayotgan va rivojlanayotgan tendensiyasi mavjud. Jinoyatlarni tergov qilish ancha


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

139

mashaqqatli jarayon hisoblanadi. Bu jinoiy va jinoyat-protsessual huquq sohasidagi

bilimlardan, shuningdek, fan, texnologiya, san’at yoki hunarmandchilik sohasidagi
bilimlarni o‘z ichiga olgan maxsus bilimlardan foydalanishni talab qiladi. Jinoyat

protsessida maxsus bilimlardan foydalanishning muhim protsessual shakllaridan biri bu

sud ekspertizasi hisoblanadi. O‘rganish natijalari bo‘yicha ekspert xulosa beradi. Bu qonun

hujjatlarida nazarda tutilgan protsessual harakatlaridan biridir. Dastlabki tergov va sud
tergovi davomida ham amalga oshiriladigan protsessual harakat sifatida ekspertiza

ma’lumotlarning belgilangan hajmi va ahamiyati bo‘yicha so‘roqdan keyin ikkinchi o‘rinni
egallaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, sud

-ekspertizasi amaliyoti soha sifatida turli xil

elementlarning murakkab tizimi bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi, normativ

tartibga solish, ekspert faoliyati subyektlarining holati va funksiyalari, texnik vositalar va

ilmiy asoslangan ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish usullari. Shuning u

chun bunday

murakkab, rivojlanayotgan tizimda zamonaviy texnik vositalardan foydalanmasdan turib,

rivojlanish mumkin emas. Albatta, ular kompyuter texnologiyalari va tizimlarini o‘z ichiga

olishi kerak. Hozirgi vaqtda zamonaviy kompyuter texnologiyalari juda yuqori darajaga

ko‘tarilganligi va ulardan foydalanishda ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda odatiy
operatsiyalarni ko‘p jihatdan avtomatlashtirish, murakkab va mashaqqatli hisob

-

kitoblarning aniqligi va samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Buning oqibatida,

bir tomondan, ma’lum ekspertiza tadqiqotlarini kognitiv jarayon sifatida aylantirish bo‘lsa,

boshqa tomondan, uning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishga, shuningdek,

olingan ma’lumotlarning ilmiy asosliligini oshirishga xizmat

qiladi. Bugungi kunda

qo‘llaniladigan ko‘p sonli ekspert tadqiqot usullarining har biri, jumladan,
kompyuterlardan foydalanish, o‘ziga xos va turli obyektlarni o‘rganishda muayyan
muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, ular ham bir qator umu

miy

xususiyatlarga ega bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda telekommunikatsiya tizimlari,

videoyozuvlarning raqamli fonogrammalari, kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar

bo‘yicha tadqiqotlar jadal rivojlanmoqda, sud

-ekspertizalarining boshqa turlarini

o‘tkaz

ish usullarini takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Sud-ekspertizasiga

kompyuter texnologiyalarini joriy etilishi bu insoniyat faoliyatining barcha sohalarini, ham

kasbiy, shaxsiy, maishiy faoliyatni kompyuterlashtirishning umumiy jarayoni bo‘lib

qolmoqda. Kompyuter texnologiyalari sud-

ekspertizasi jarayonini ko‘p jihatdan

avtomatlashtirishga imkon berdi. Eksperimental ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash,
ma’lum formulalar va algoritmlar yordamida yordamchi hisob

-kitoblarni amalga oshirish,

tasvirlarni tahlil qilish, individual ekspert muammolarini hal qilishda va yangi usullarni

joriy etdi va ekspert tadqiqotlari metodologiyasini o‘zgartirdi. Sud ekspertizasini
rivojlantirish jarayoni bevosita tergov va sud amaliyotining ehtiyojlariga bog‘liq. Ayna

n u

jinoyatlarni tergov qilish uchun muhim bo‘lgan holatlarni aniqlash uchun zarurligini yoki

boshqa ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligini aniqlaydi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud

-huquq

tizimini yanada isloh qilishga, shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish,

uning sha’ni va qadr

-qimmatini hurmat qilish hamda ushbu sohada xalqaro standartlar va

il

g‘or xorijiy tajribani joriy etishga qaratilgan samarali ishlar amalga oshirildi. Shu bilan

birga, jinoyat sodir etishda zamonaviy texnologiyalar va usullarni qo‘llash butun dunyoda


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

140

tobora ommalashib borayotganligini inobatga olib, shaxsning ijtimoiy xavfli qilmish uchun
aybliligini sudda ilmiy-texnik jihatdan asoslangan ishonchli dalillar bilan isbotlash
jarayonlarini yanada takomillashtirish talab etilmoqda. Jinoyatchilikka qarshi kurashish

bo‘yicha o‘tkazilayotgan tezkor

-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida dalillarni

to‘plashda zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini, xususan, kriminalistik ilmiy
usul va vositalarni qo‘llash amaliyotini yangi bosqichga olib chiq

ish lozim.

Sodir

etilgan

huquqbuzarliklarni

zamonaviy

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘z vaqtida aniqlash va qisqa muddatlarda fosh etish,

ashyoviy dalillarning kriminalistik tadqiqotlarini yanada takomillashtirish, shuningdek,
ichki ishlar organlari ekspert-

kriminalistika bo‘linmalarining bu boradagi imkoniyatlarini

oshirish maqsadida quyidagilar ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika

faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanishi zarur

hisoblanadi:

zamonaviy fan va texnikaning ilg‘or yutuqlarini, raqamli texnologiyalarni,

kriminalistikaning yangi ilmiy usul va vositalarini qo‘llash mexanizmlarini joriy etish,

zamon talablariga mos avtomatlashtirilgan kriminalistik axborot-qidiruv tizimlari va
axborot bazalarini yaratish;

axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklar bo‘yicha

raqamli ekspertizaning imkoniyatlaridan keng foydalanish, bu borada kriminalistik
hisoblarni yuritish;

shaxsga doir biometrik ma’lumotlar (genomga oid axborot, yuz qiyofasi, qo‘l barmoq

izlari) asosida avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlarini qo‘llash sohasini

muvofiqlashtirish mexanizmlarini tatbiq qilish;

tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida ashyoviy dalillar

tadqiqotining yangi turlari, innovatsion kriminalistik yondashuv, usul hamda texnik
vositalarini keng joriy etish, bu borada laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlar
talabiga moslashtirish;

ashyoviy dalillarni isbot qilishda ularning ishonchliligini oshirish bo‘yicha doimiy

ravishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish hamda sud-

ekspertlik faoliyatiga tatbiq etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

ekspert-kriminalistika sohasida kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va

malakasini oshirish bo‘yicha butunlay yangicha samarali o‘quv

-amaliyot jarayonini tashkil

etish, ekspert-

kriminalist xodimlarning mavqeyini ko‘tarish hamda sud

-ekspertlik

fa

oliyatidagi xolisligi va mustaqilligini har tomonlama ta’minlash.

Aniqlash (Identifikatsiya):

Identifikatsiya qilish jarayoni raqamli dalillarni qidirish,

aniqlash va hujjatlashtirishni o‘z ichiga oladi (raqamli dalillar ham moddiy (fizik), ham
mantiqiy shaklda ifodalanadi). Moddiy va mantiqiy tasvirlar o‘rtasida sezilarli farq mavjud.

Moddiy tasvir

fayl tizimiga ajratilgan yoki ajratilmaganligidan qat’iy nazar saqlash

vositasida barcha ma’lumotlarni to‘playdi. Mantiqiy tasvir esa faqat fayl tizimiga
ko‘rinadigan ma’lumotlarni to‘playdi. Raqamli dalillarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan

barcha qurilmalar ushbu jarayon davomida aniqlanishi kerak. Tergovchi, ekspert yoki

mutaxassis jinoyat sodir bo‘lgan joyni tekshirishni tizimli shaklda amalga oshirishi kerak.

Bundan maqsad, kichik, niqoblangan qurilmalar yoki birinchi qaras

hda ahamiyatsiz bo‘lib

ko‘rinadigan narsalarni nazardan qochirmaslik hisoblanadi. Bundan tashqari, ekspert

-


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

141

mutaxassis virtual komponentlar shaklidagi yashirin raqamli dalillarning mavjud

bo‘lishining ehtimoli borligi haqida o‘ylab ko‘rishi lozim. Masalan,

Bulut hisoblash xizmati.

Ba’zi qurilmalarning ishlamay qolishi (ularning holati vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi
mumkin), dalillarni olishda ushbu turdagi qurilmalarga ustunlik berish ya’ni birinchi
navbatda ulardagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritish juda muhim hisoblanadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan

jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni aniqlash va
tergov qilish uslublarini takomillashtirishga qaratilgan raqamli kriminalistika sohasida
ilmiy-

tadqiqot faoliyatini tashkil etish maqsadida “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy

-

tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul

qilindi.Mazkur qarorda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi negizida Raqamli
kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish nazarda tutilgan. Institut raqamli
kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqot va ishlanmalar markaziga aylanishni maqsad
qilgan. Qarorning asosiy jihatlari:

1. Institutga raqamli kriminalistika sohasida sud-tibbiy ekspertiza va tadqiqotlar

o‘tkazish vakolati beriladi;

2. Kiberjinoyatlarni tergov qilish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalar joriy

etiladi. Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati samaradorligini oshirishda “katta
hajmli ma’lumotlar” (Big Data) tahlili, sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalard

an

foydalanishga alohida e’tibor qaratiladi;

3. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash,

olib qo‘yish, saqlash va tadqiq etishda amaliy yordam ko‘rsatiladi;

4. Raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish usullari ishlab

chiqiladi va takomillashtiriladi;

5. Kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan

jinoyatlarni aniqlash va tergov qilish usullari ishlab chiqiladi;

6. Raqamli kriminalistika sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi;
7. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnikaviy

hamkorlik kengaytiriladi. Qarorda “Raqamli dalillarning yagona reyestri” –

idoralararo

avtomatlashtirilgan tizimni yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Reyestr raqamli

dalillarni, jumladan, fotosuratlar, video va audio yozuvlar, elektron hamyonlar haqidagi

ma’lumotlar, kripto

-aktivlar manzillari, IP-manzillar va jinoyatlarning boshqa raqamli

izlarini to‘plash, qayd etish, saqlash va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan.

Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlar oldini olish

yo‘nalishida professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma

-bosqich tayyorlash va qayta

tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Bosh

prokuraturaning quyidagi takliflari ma’qullanadi:

- 2024/2025-

o‘quv yilidan boshlab, raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning

oldini olish yo‘nalishi bo‘yicha bosqichma

-bosqich har yilgi belgilanadigan davlat

buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
hamd

a O‘zbekiston milliy universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura

mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

-

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Raqamli kriminalistika” yo‘nalishi

bo‘yicha tergovchilar hamda tezkor

-

qidiruv xizmati xodimlari uchun doimiy maxsus o‘quv


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

142

kurslarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy
shaklda axborot-

ta’lim portali orqali tashkil etish;

- Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2025/2026-

o‘quv yilidan boshlab

“Kiberhuquq” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura yo‘nalishini ochish.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi 2024/2025

-

o‘quv

yilidan boshlab universitetlarda raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini

olish bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari kvo

talarini

davlat buyurtmasiga asosan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish har yilgi

davlat buyurtmasi parametrlarini belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif
kiritadi.

Belgilanishicha:
-

nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalar

sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida 3 va 4

-

o‘quv kurslari talabalari ichki ishlar

va prokuratura organlarida o‘quv rejalarida belgilangan muddatlarda amaliyot
(stajirovka) o‘tashi tashkil e

tiladi;

- universitetlarni raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olishga doir

mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘qishni tamomlagan talabalar huquqni muhofaza qiluvchi

organlardagi xizmatga belgilangan maxsus tartiblar va talablar asosida qabul qilinadi;

-

raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarning oldini olish yo‘nalishida

professional kadrlarni uzluksiz, bosqichma-bosqich tayyorlash va qayta tayyorlash

respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Yuqoridagi tushunchalarga asoslangan holda Ichki ishlar organlari xodimlari o‘z

faoliyatlari davomida xizmat vazifalarini olib borishlari natijasida jinoyatlarning

“issiq

izidan”

aniqlash koeffitsiyenti hamda ularni tez va to‘la ochilishida muhim ahamiyat kasb

etishini

ko‘rishimiz mumkin.

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurati

ekspert hal qilinadigan muammolari sonining kengayishi va murakkabligi bilan bog‘liq.
Hozirda ekspertiza amaliyotida qo‘llanilayotgan texnologiyalarni kengaytirish va

mukammallashtirish, shu bilan birga, raqamli texnologiyalarni sud-ekspertizasi

ehtiyojlariga moslashtirish kerak. Bu sohani yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari

ekspert muassasalarining umumiy ixtisoslashtirilgan axborot-

kommunikatsiya tarmog‘ini

yara

tish yo‘li bilan foydalanilayotgan axborot tizimlarini integratsiyalash, internet

tarmog‘idagi jinoiy ko‘rinishlarga qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan yangi ekspertiza
usullarini ishlab chiqish, eng so‘nggi texnologiyalardan foydalanishdan iborat bo‘lib

,

raqamli texnologiyalar, shu jumladan, sun’iy intellekt tizimlarini joriy etish kerak bo‘ladi.
Barchamizga ma’lumki, jahon hamjamiyati olimlari tomonidan taqdim etilgan
jinoyatlarning yuz berishi hamda qaysi turdagi jinoyatlar hozirgi kunda ko‘p yuz

beray

otgani yuzasidan taqdim etilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, raqamli

texnologiyalar orqali sodir etilayotgan kiber jinoyatlar global muammolardan biriga

allaqachon aylanib bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tishgan. Bu kabi jinoyatlarning oldini

olish hamda ularning profilaktikasini olib borish borasida bir qator yangi, zamonaviy

dasturlar hamda yetuk kadrlar yetishib chiqishi zarur masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.





background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

10 (2024) / ISSN 2181-1415

143

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. ISO. (2012) ISO/IEC 27037:2012 Information Technology

Security Techniques

Guidelines for Identification, Collection, Acquisition, and Preservation of Digital

Evidence, International Organization for Standardization, Geneva.

2. И.Р. Атанов. Жиноят ишлари бўйича махсус билимлардан фойдаланишнинг

процессуал ва криминалистик жиҳатлари. Монография. –

Т.: ТДЮУ, 2018. Б. 408

3. Vassil Roussev. Digital Forensic Science: Issues, Methods, and Challenges.

Morgan & Claypool Publishers series. University of Texas, San Antonio. 2016.

155 p.

4. Sindhu, K.K., Meshram, B.B. (2012) “Digital Forensic Investigation Tools and

Procedures”, International Journal of Computer Network & Information Security, Vol. 4,

no. 2, pp 39-48.

5. ACPO. Good Practice Guidelines for Digital Evidence. Association of Chief Police

Officers 2012.

43 p. Available from: www.OSINTTOOLS.co.uk

6. Federici, C. (2014) “Cloud Data Imager: A unified answer to remote acquisition of

cloud storage areas”, Digital Investigation, Vol. 11, no. 1, pp 30

-42.

7. Sean E. Goodison, Robert C. Davis, and Brian A. Jackson. “Digital Evidence and U.S.

Criminal Justice System” –

The National Institute of Justice, Office of Justice Programs, U.S.

Department of Justice. 2014.

31 p.

8. Hegarty, R., Lamb, D., Attwood, A. (2014) “Digital Evidence Challenges in the

Internet of Things”, 9th International Workshop on Digital Forensics and Incident Analysis,

Plymouth, pp 163

172.

9. Buzarovska Lazetik, G., Koshevaliska, O. (2013) “Digital Evidence in Criminal

Procedures”, Balkan Social Science Review, Vol. 2, pp 63

-83.

10. Veber, J., Klíma, T. (2014) “Influence of Standards ISO 27000 Family on Digital

Evidence Analysis”, 22st Interdisciplinary Information Management Talks (IDIMT),
PodĢbrady, pp 103

-114.

11. https://www.egm.gov.tr (Turkiya davlati politsiyasining rasmiy malumotlar

markazi)

12. https://uz.wikipedia.org/ (Qidiruv resurslar bazasi)

Библиографические ссылки

ISO. (2012) ISO/IEC 27037:2012 Information Technology – Security Techniques – Guidelines for Identification, Collection, Acquisition, and Preservation of Digital Evidence, International Organization for Standardization, Geneva.

И.Р. Атанов. Жиноят ишлари бўйича махсус билимлардан фойдаланишнинг процессуал ва криминалистик жиҳатлари. Монография. – Т.: ТДЮУ, 2018. Б. 408

Vassil Roussev. Digital Forensic Science: Issues, Methods, and Challenges. –Morgan & Claypool Publishers series. University of Texas, San Antonio. 2016. – 155 p.

Sindhu, K.K., Meshram, B.B. (2012) “Digital Forensic Investigation Tools and Procedures”, International Journal of Computer Network & Information Security, Vol. 4, no. 2, pp 39-48.

ACPO. Good Practice Guidelines for Digital Evidence. Association of Chief Police Officers 2012. – 43 p. Available from: www.OSINTTOOLS.co.uk

Federici, C. (2014) “Cloud Data Imager: A unified answer to remote acquisition of cloud storage areas”, Digital Investigation, Vol. 11, no. 1, pp 30-42.

Sean E. Goodison, Robert C. Davis, and Brian A. Jackson. “Digital Evidence and U.S. Criminal Justice System” – The National Institute of Justice, Office of Justice Programs, U.S. Department of Justice. 2014. – 31 p.

Hegarty, R., Lamb, D., Attwood, A. (2014) “Digital Evidence Challenges in the Internet of Things”, 9th International Workshop on Digital Forensics and Incident Analysis, Plymouth, pp 163–172.

Buzarovska Lazetik, G., Koshevaliska, O. (2013) “Digital Evidence in Criminal Procedures”, Balkan Social Science Review, Vol. 2, pp 63-83.

Veber, J., Klíma, T. (2014) “Influence of Standards ISO 27000 Family on Digital Evidence Analysis”, 22st Interdisciplinary Information Management Talks (IDIMT), PodĢbrady, pp 103-114.

https://www.egm.gov.tr (turkiya davlati politsiyasining rasmiy malumotlar markazi)

https://uz.wikipedia.org/ (Qidiruv resurslar bazasi)