Авторы

  • Улугбек Артиков
    Научный сотрудник, Национальный Центр археологии Академии наук Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp228-239

Ключевые слова:

Средняя Азия Ахсикат Риштан Афрасиаб Бухара Мингурик Шамазор сырье сероглинная керамика неолит средневековье Караханиды микроскоп гончар хумдон кувшин эксперимент анализ конус-пираскоп кислород образцы находка гипс

Аннотация

Микроскопический анализ сероглинной керамики X–XII вв., найденной в ходе раскопок Аксикента, включал определение химического состава сырья и сравнительное исследование технологий производства керамики. На основании выводов, представленных Н.С. Гражданкиной о способах изготовления сероглинной керамики в Средней Азии, был проведен эксперимент на материалах из Аксикента для изучения особенностей так называемой «ахсикатской технологии» этого вида керамики. Исследование включало анализ нескольких образцов находок с использованием современных моделей микроскопов, что позволило более детально рассмотреть структуру и технологические характеристики керамики.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Manufacturing technology of grey clay ceramic vessels of
Akhsikat, 9th-13th centuries

Ulugbek ARTIKOV

1


National Archaeological Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 15 December 2024

Available online

25 January 2025

Microscopic analysis of gray clay ceramics of the 10th-12th

centuries obtained from various excavations of Aksikent,

determination of the amount of chemical components in the

raw materials, comparative review of the technology of ceramic

production in practice. Based on the conclusions made by N.S.
Grazhdankina as a result of studying the methods of

manufacturing gray clay ceramics in Central Asia, an

experiment was conducted on Aksikent materials in order to

determine the "Akhsikat technology" of this type of ceramics.
Consideration of several samples of finds on modern models of

microscopes.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss6-pp

228-239

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Central Asia,

Akhsikat,

Rishtan,

Afrasiab,

Bukhara,

Mingurik,

Shamazor,

raw materials,

gray clay ceramics,

Neolithic,

Middle Ages,

Karakhanids,

microscope,

potter,

humdon,

jug,

experiment,

analysis,

pyroscope cone,

oxygen,

samples,

find,

gypsum.

1

Scientific researcher, National Archaeological Center of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.

E-mail: mirimonartikov@gmail.ru


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

229

IX

–XIII asrlarda Axsikatdagi bo‘zrang sopol idishlar

tayyorlash texnologiyasi

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

O‘rta Osiyo,

Axsikat,

Rishton,

Afrosiyob,

Buxoro,

Mingo‘rik,

Shomozor,

xomashyo,

bo‘zrang sopol,

neolit,

o‘rta asr,

Qoraxoniylar,

mikroskop,

kulol,

xumdon,

ko‘za,

tajriba,

tahlil,

konus-piraskop,

kislorod,

namunalar,

topilma,

gips.

Axsikentning turli qazishma obyektlaridan olingan

X

XII asrlar bo‘zrang sopollarini mikroskopik tahlil etish,

xomashyo tarkibidagi kimyoviy komponentlar miqdorini

aniqlash, sopol tayyorlash texnologiyasini amaliyotda qiyosiy

ko‘rib chiqish. N.S.

Grajdankina O‘rta Osiyoda bo‘zrang sopol

tayyorlash usullarini o‘rganish natijasida bergan xulosalariga

tayanib,

shu

turdagi

sopol

pishirishning

“Axsikat

texnologiyasini” aniqlash maqsadida Axsikent

materiallari

ustida tajriba o‘tkazish. Topilmalardan bir nechta namunalarni

zamonaviy mikroskop modellarida tekshirish.

Технология изготовления сероглиняных керамических

сосудов Ахсиката IX–XIII вв.

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Средняя Азия,

Ахсикат,

Риштан,

Афрасиаб,

Бухара,

Мингурик,

Шамазор,

сырье,

сероглинная керамика,

неолит,

средневековье,

Караханиды,

микроскоп,

гончар,

хумдон,

кувшин,

эксперимент,

анализ,

конус

-

пираскоп,

кислород,

образцы,

находка,

гипс.

Микроскопический анализ сероглинной керамики

X

–XII вв., найденной в ходе раскопок Аксикента, включал

определение химического состава сырья и сравнительное

исследование

технологий

производства

керамики.

На основании выводов, представленных Н.С. Гражданкиной

о способах изготовления сероглинной керамики в Средней

Азии, был проведен эксперимент на материалах из

Аксикента для изучения особенностей так называемой

«ахсикатской

технологии»

этого

вида

керамики.

Исследование включало анализ нескольких образцов

находок

с

использованием

современных

моделей

микроскопов, что позволило более детально рассмотреть

структуру и технологические характеристики керамики.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

230

KIRISH

Qoramtir sopol buyumlarning kelib chiqishi qadimga, xususan neolit davriga borib

taqaladi [Grajdankina, 198].

Arxaik sopol buyumlar ko‘pincha qora va kulrang

ko‘rinishda pishirilgan. Qadimgi davr manzilgohlari tadqiqotchilar tomonidan
o‘rganilganda bo‘zrang sopol ishlab chiqarish an’anasi uzoq davrlardan shakllangani
ma’lum bo‘ldi. Bilamizki, dunyodagi eng qadimg

i katakomba qabri Iroqning shimoli-

g‘arbiy qismidagi Halaf madaniyatining Yarimtepa II neolit turar joyida Ya.N.

Merpert,

M.R. Munchaevlar [Merpert, Munchaev 30]

qazishmasi vaqtida eng qadimgi bo‘lgan

kichik bo‘zrang kosacha topiladi

[Sverchkov, 100].

Taxminan bunday tehnologiya birinchi marta neolit davrida Kichik Osiyoning

janubi-

g‘arbiy qismida paydo bo‘lgan va Kavkazorti kuro

-araks madaniyati sohiblari

orqali sharqqa tarqalgan bo‘lishi mumkin

[Masson, 1964]

O‘rta asr kulollari qadimiy tajribani hisobga

olib texnologiyani takomillashtiradilar.

X

omashyo xususiyatlarini mukammal bilish, aniqrog‘i temir miqdori yuqori bo‘lgan

tuproqni tanlash idishlarni qorayib pishishini ta’minlagan. Qorishmaga gips

[Anarbaev,

2013, 466]

mineralini qo‘shib tayyorlash muhim jihatlardan hisoblangan. U ko‘pincha

yupqa idishlarni yasashda yordam beradigan vosita sifatida qo‘shilgan

[Sayko, 29].

Sirtiga oq rangda angob qoplamasini berish mahsulotni kumushdan tayyorlangan

buyumlarga o‘xshashini ta’minlab, yorqin rang xosil qilishg

a imkon bergan.

MUNOZARA

Ko‘pgina tadqiqotchilar bo‘zrang kulolchilik buyumlarini shakl chiqarish usullari

haqida batafsil to‘xtalib o‘tganlar. Ayniqsa bezaklarning shakllari va naqshlarini

sinchkovlik bilan tahlil qiladilar, ammo ularning aksariyati mater

ialning o‘zidan kelib

chiqib, idishlar

kulrang tuproqdan

tayyorlanganini ta’kidladilar. V.L.

Vyatkin Afrosiyob

kulolchilik ishlab chiqarishiga to‘xtalar ekan, Samarqand bo‘zrang idishlari xomashyosida

panjikentdan keladigan kulrang tuproq ishlatilgani, yupqa devorli, yengil, yuzasi
sayqallangan bunday sopol buyumlari metalldek taasurot qoldirishini aytadi [Vyatkin,
1927:34]. Ye.A. Davidovich, B.A.

Litvinskiy Qal’ai

-

Balo sopol majmualarini o‘rganish

mobaynida, bo‘zrang ko‘zalarni puxtalik bilan maydalangan

kulrang tuproqdan ishlab

chiqarilganini aytib o‘tadi [

Davidovich, Litvinskiy, 1955:100].

N.S.

Grajdankina yuqoridagi tadqiqotchilar fikri yanglish bo‘lganini izohlar ekan,

yorqin va kulrang kulolchilik ishlab chiqarish uchun xomashyo manbaasi barcha sopol

uchun bir xil bo‘lgan lyoss, shunga yaqin qumoq tuproq bo‘lgan. Ulardan qadimgi
sirlanmagan va sirlangan kulolchilikning barcha turlari ishlab chiqarilganini o‘z
tajribasida ko‘rsatib beradi. Toshkent, Angren, Panjikent va boshqa joylarda mavjud
bo‘lgan kulrang tuproqlarni o‘zlari o‘rganayotgan kulolchilik buyumlari uchun xomashyo
sifatida ko‘rgan tadqiqotchilar idishlar rangidan xulosaga kelishda yanglishadilar.

Odatda, tuproqlardagi kul rangi kuygan, ortiqcha ishlov berilgan organik moddalar

aralashmasidan kelib chiqadi. Sopolni olovda pishirish paytida organik qoldiqlar yonib

ketadi va mahsulot loy tarkibiga mos keladigan rangga ega bo‘ladi. Xatto olovda pishirish
vaqtida sopol tusini o‘zgartirish uchun maxsus texnologiya orqali begona qo‘shimcha

unsurla

r qo‘llanilsada, o‘z rangini o‘zgartirgan idishlar qayta olovga qo‘yib yuqori

haroratda kuydirilsa,

odatiy sarg‘ish ranga qaytishini Axsikentdan topilgan Qoraxoniylar

davri bo‘zrang sopol parchalari ustida Rishton kulolchilik markazida o‘tkazgan tajribamiz

tasdiqlaydi (3, 4-rasmlar).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

231

Bu turdagi kulolchilik buyumlari

orasida ko‘zalar, choynak, grafin, vaza, flyaga,

kosa, piyola, har xil turdagi idish qopqoqlari, bolalar o‘yinchoqlari

[Anarbaev, 2023, 224],

qadahlar, xurmachalar keng tarqalgan.

Bo‘zrang sopol mahsulotlari O‘rta Osiyoda IX asrda yuzaga chiqib, XII–

XIII asr

boshlarida ishlab chiqarishning eng katta rivojiga erishadi. O‘rta Osiyo bo‘zrang
kulolchiligiga mutlaqo o‘xshash ishlab chiqarish Oltin O‘rdada rivojlanib, tadqiqotlar

davomida XIII-XIV asrlarga tegishli shaxarlarda

bo‘zrang sopol

mahsulotlari ko‘p

mi

qdorda topilgan. Xorazm va Oltin O‘rda bo‘zrang ko‘zalarining morfologik va bezak

xususiyatlari mutlaqo o‘xshashdir.

O‘rta Osiyoning deyarli barcha xududlarida bo‘zrang sopol buyumlari ishlab

chiqarilgan. Afrosiyob [Sokolovskaya, 153],

Kofirqal’a, Mingo‘ri

k (Toshkent) [Buryakov,

1956], Termiz [Shishkin, 114

115], Xorazm [Vakturskaya, 300

312], Qadimgi

Marv [Pugachenkova, 1962], Buxoro [Grajdankina, 173], Quva (XII asr) [Axrorov, 59],
Axsikat [Anarbaev, 364]

va boshqa yodgorliklarda olib borilgan qazishmalarda juda ko‘p

miqdorda turli xildagi idishlar topilgan. Sopol bo‘laklarining serobligi, ularning uzoq
masofalarga tashib olib borilgani bo‘zrang ishlab chiqarishning anchayin mashxurligini

bildiradi. Ehtimol u zodagon odamlar foydalanadigan kumush va bronza idishlarga taqlid

qilib yasalgan bo‘lishi mumkin. Nafis, bezakka boy bunday idishlar unchalik qimmat
bo‘lmagan.

1-rasm. (Manbaa: Anarbayev, 2023: 210)
2-rasm. (Manbaa: Anarbayev, 2023: 205)

Axsikentning sirlanmagan kulolchilik buyumlari O‘rta Osiyoning boshqa

mintaqalaridagi ishlab chiqarishga yaqin bo‘lib, qadimgi Farg‘ona kulollari haqidagi

tasavvurni sezilarli darajada hosil qiladigan mahalliy xususiyatlarga ega. Axsikentni
qazish vaqtida topilgan idishlar majmuasi

turli maqsadlar uchun yasalgan xo‘jalik

idishlar, oshxona buyumlari, ko‘zalar –

suv extiyojidan tortib hashamdor idishlargacha,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

232

boy bezakli bo‘zrang idishlarning katta assortimenti sha

har moddiy madaniyatini aks

ettiradi. Qatla

mlar va mikroqatlamlarni sinchiklab o‘rganish natijasida ma’lum darajada

rivojlangan o‘rta asr sirlanmagan kulolchilik xronologiyasini aniqlash imkoni bo‘lgan

[Anarbayev, 368].

Axsikent qazishmalarida suyuqlik saqlash uchun idishlar, xumchalar, qadahlar,

b

olalar tuvagi, oftoba kabi bo‘zrang kulolchilik buyumlari ko‘plab topilgan. Yodgorlikdan

olingan bo‘zrang ishlab chiqarish mahsulotining katta miqdori Qoraxoniylar davrida
charxda yasalgan idishlarni tashkil etadi. Sopol buyumlar orasida qo‘lda yasalgan

qozonlar mavjud. Ular Axsikentning AK-4 majmuasiga asosan I asrning ikkinchi yarmi

II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri kelib [

Anarbaev, 2013], yodgorlikdan topilgan eng

qadimgi bo‘zrang idishlardir.

2022-yil Axsikent arxeologik kompleks ekspedisiyasi doirasida Q-VIII obyektida

davom ettirilgan qazishmalarda qo‘lga kiritilgan kulolchilik buyumlari va parchalardan
7443 ta sirlanmagan, 2503 ta sirlangan va 1234 ta bo‘zrang idishlarning qoldiqlari
topildi. Statistik ko‘rsatkichga ko‘ra, birgina Q

-VIII qazishma maydonining kichik qismida

bo‘zrang ishlab chiqarish umumiy kulolchilik mahsulotlarining 11% ini, sirlanmagan

sopol idishlarning 14% ini tashkil etadi. Boshqa qazishma joylarda bu miqdorlar farq

qilishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bo‘zrang ishlab chiqarishni alohida o‘rganish uchun

yetarli materiallar mavjud.

Axsikentning turli qazishma obyektlaridan olingan X

–XII asrlar bo‘zrang

sopollarini mikroskopik tahlil etdik, xomashyo tarkibidagi kimyoviy komponentlar
miqdorini aniqladik, sopol tayyorlash

tehnologiyasini amaliyotda qiyosiy ko‘rib chiqdik.

N.S.Grajdankina O‘rta Osiyoda bo‘zrang sopol tayyorlash usullarini o‘rganish natijasida

bergan xulosalariga tayanib, Rishton kulolchilik markazida shu turdagi sopol

pishirishning “Axsikat texnologiyasini”

aniqlash maqsadida Axsikent materiallari ustida

tajriba o‘tkazdik. Topilmalardan bir nechta namunalar zamonaviy mikroskop

modellarida tekshirildi. Natijada qorishmaning yaxshi tayyorlangani, bunda tuproq

xomashyosi o‘rni va sopol xamiri mohirlik bilan tayy

orlangani aniqlandi. Boshqa

hududlardagi [Peshereva, 1961] kabi Ahsikent sopollarida har xil turdagi tuproqlarni
aralashtirish amaliyotiga qaramay, parchaning tuzilishi mikroskop ostida butunlay bir xil

ko‘rinadi.

Ikki xil modeldagi qo‘l mikroskopi (1

-jadval) va eng zamonaviy model

mikroskoplarida (2-jadval) turli idishlarning parchalari tekshirildi.

Ba’zi idishlardagi

m

ayda bo‘shliqlar loss tarkibida organik unsurlar bo‘lganini ifodalaydi. Pishirish vaqtida

yonib ketib o‘rnida shunday teshikchalar qolgan. Qalin idishlarda yoriqlar ko‘rinadi.

Zuvalani shaklga keltirishdan oldin loyga

kam ishlov bergandan bo‘lishi mumkin.

Axsikent bo‘zrang idishlarining katta qismi hech qanday qo‘shimchalar aralashtirmay sof
lossdan yasalgani ma’lum bo‘ladi. Ayrim yupqa idish

lar qorishmasida gips moddasi

kuzatildi. Axsikentning IX

–XII asrlar bo‘zrang ishlab chiqarishdagi nozik, yupqa devorli

idishlar mikroskop ostida qaraganda mayda teshikchalar, g‘ovakchalar, organik

moddalar, mayda toshlar deyarli uchramaydi. Sababi kulollar angob qoplamasi va yupqa
devorli mahsulotlar uchun qorishmadagi qum zarralari va begona aralashmalarni olib
tashlashda suyultirilgan loyni yupqa mato orqali filtrlashgan. Zuvala yaxshi qorilib,

uzoqroq vaqt tindirib qo‘yilgan hamda dastgohda loyga qayta

-qayta ishlov berilgan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

233

1-jadval.

Digital Microscope Model A8-USB olingan

mikrofotolar

Dino Lite Digital Microscope

olingan mikrofotolar

Axsikentning o‘rta asrlar bo‘zrang ko‘zasi.

Axsikentning Q-

4 maydonining №4 xona chuquridan topilgan

idish parchasi.

(1980-yil qazishmalarda)

Axsikentning Q-9 maydonining 9 qatlamdan topilgan idish parchasi.

(1982-yilgi qazishmalarda)

Axsikentning o‘rta asrlar bo‘zrang nom’lum idish parchasi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

234

2-jadval.

SUNSHINE Microscope Model M-24 olingan mikrofotolar

Axsikentning Q-

9 maydonidan topilgan ko‘za.

(1982-yilgi qazishmalarda)

Axsikentning Q-4 joyidan topilgan

simob

ko‘zacha.

(1980-yilgi qazishmalarda)

Axsikentdan olingan topilma joyi

qayd etilmagan ko‘za.

(Rishton KMK qayta pishirilgan)

Axsikentning Q-8 joyidan topilgan

idish parchasi.

(2022-yilgi qazishmalarda)


E.M.

Peshereva O‘rta Osiyoning XX asr 40–

50-yillariga qadar hunarmand-kulollar

tomonidan amalda qo‘llanilgan tuproqdan loy qorishmasini tayyorlash jarayonini batafsil

bayon qilib beradi. Ehtimol, qadimgi davrning sopol uchun xomashyo tayyorlash

an’analari nisbatan kam o‘zgargan va maishiy sopol ishlab chiqarish riv

ojlanishida katta

tafovut sezilmagan [Peshereva, 1961: 159]. Ye.M. Pesh

erevaga ko‘ra atrofi g‘isht bilan

qoplangan maxsus platformaga tashlangan tuproq maydalanib, suv bilan to‘ldirilgan.

Qorishma oyoqlar bilan yaxshilab aralashtiriladi. Katta tosh va qold

iqlar qo‘lda olib

tashlanadi. Tozalangan loy katta bo‘lakka aylantirilib, qurib ketmasligi uchun mato bilan
o‘rab tindiriladi. Kerakli o‘lcham olinib, undan mahsulotlar kulolchilik dastgohida shaklga
keltirilgan. Ba’zi joylarda tuproq chuqurlariga suv to‘l

dirilgan va ketmon bilan loy qorilib,

o‘sha joyda oyoqlar bilan ezilgan. Bu texnologiya

Rishton kulolchiligi uchun ham begona

emas. Lekin bu jarayon juda uzoq vaqt, ustaning aytishicha, olti oylab muddat talab
etishini hisobga olib bugungi kunda kulollar t

ehnologiyaning zamonaviy ko‘rinishiga

o‘tishgan. Ya’ni tuproq tegirmon barabanga tashlanadi, maydalangandan so‘ng ma

xsus

parrakli hovuzda qorishma shishiriladi. Suyilgan loyni so‘rg‘ichda tortib suzgich to‘ridan
o‘tkaziladi. Chiqindilardan tozalangan qorishma suvni siqib chiqarish bosqichiga o‘tadi.
So‘n

g

gi jarayonda esa vakuum pressga tashlanib bo‘shliqdagi havo siqib chiqariladi.

Dastlabki bosqichdan to loy x

xamiri tayyor bo‘lguncha barcha bosqichlar 3 soatda amalga

oshiriladi. Tayyor xxamirni kulollar sotib olib undan istagan idishlarini yasashi mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

235

RKM ustaxonalardagi kuzatuv tadqiqotlarda hunarmandlar eski an’anani yaqin

davrlargacha qo‘llab kelganini tasdiqlashdi.

Rishton kulollari loy qorishmasi uchun

xomashyoni sel oqizib kelgan to‘plandi manbada

n olishadi. Tuproq qatlami uch qismdan

iborat bo‘lib, eng yuqorisi go‘ng tuproq –

ekinlar uchun, keyingi qatlam sariq tuproq,

uchinchisi qizil soz tuproq kulollarning asosiy manbai bo‘lib kelmoqda. Alohida olingan

qizil tuproq dastlab kesak h

olatida bo‘lib

, oftobda yoyib quritiladi. Qurigan tuproq suvga

solib sut qo‘yiqligida atalanadi. Elakdan o‘tkazilganda, mayda toshchalarni, ayniqsa
ohakni ushlab qolish imkoniyati bo‘ladi. Sut qo‘yiqligida bo‘lishining sababi qorishma
qancha suyuq bo‘lsa, tarkibidagi oh

ak-

toshlarni elak ushlab qolishi oson bo‘ladi. Agar loy

tarkibida ohak zarralari qolib ketsayu xom sopol idishlarga namlik yetganda ohak

zarralari o‘ziga shimib, shishib ketadi. Idishdan bo‘rtib chiqqan donachalar mahsulot

sifatini buzadi. Rishton loyi 1000-

1150° issiqlikni ko‘tara oladi. Harorat yuqorilab,

1500° gacha ko‘tarilsa idish erishni boshlaydi.

Sopol idishlarga loy xamirini tayyorlash

haqida gapirganda, arxeologik adabiyotlarda odatda qadimgi kulolchilikdagi loy
qorishmasining nozikligi va sifati

ni tavsiflash uchun ishlatiladigan “maydalangan”

atamasi haqida to‘xtalib o‘tish kerak. Maishiy kulolchilikka oid deyarli har bir asarda
quyidagi iboralar mavjud: “yaxshi maydalangan tuproqdan”, “mohirlik bilan
maydalangan tuproqdan”. Maydalash, ezish

bu

juda ko‘p mehnat talab qiladigan jarayon

bo‘lib, maxsus binolar va yuqori suv sarfini talab qilgan. Loyni ko‘p miqdorda suvda
emulsiya hosil bo‘lgunga qadar aralashtirish kerak, keyin tindirishga qo‘yib beriladi.

Natijada, barcha yirik zarralar pastki qis

mga cho‘kadi va eng mayin tuproq moddasi

ustida nozik loydan iborat yengil qatlam hosil qiladi. To‘planishi kerak bo‘lgan yuqori
qatlamni yo‘qotmaslik uchun suvni juda ehtiyotkorlik bilan to‘kish kerak. Shunday bo‘lsa

-

da, maydalash paytida olingan loyning

muhim qismini yo‘qotish muqarrar.

N.S.

Grajdankina O‘rta Osiyo qadimgi shaharlaridan o‘rganilayotgan kulolchilik

turining bir qancha namunalarini ehtimoliy kimyoviy komponent tarkibini laboratoriya

sharoyitida tekshirib hisoblash ma’lumotlarini batafsil ta

qdim etgan [Grajdankina, 179].

U tadqiqotida rivojlangan o‘rta asr shaharlarining xomashyo manbaasi va bo‘zrang

sopollari kimyoviy tarkibini solishtirish imkonini bergan. Shundan kelib chiqib, qadimgi

kulollar bo‘zrang mahsuloti uchun xomashyoni qayerdan k

eltirgani, sirlangan va loss

rangli sirlanmagan idishlar bilan tuproq manbaasi qanchalik farqli yoki bitta ekanini bilib

olish mumkin bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi rivojlangan o‘rta asr shaharlaridan Axsikentga eng
yaqin bo‘lgan Quvaning materik tuprog‘i, XII asr qazishmalaridan olingan kulrang

gilmoya

va hozirgi tandirchilar ishlatadigan tuprog‘i kimyoviy tarkibi tekshiri

ladi.

Biz Axsikent materiallari tahlil natijalarini solishtirib ko‘rsak, barcha kimyoviy
elementlarning foiz ulushida tafovut sezilarli darajada ko‘rindi.

Demak o‘rta asr Quva va

Axsikent hunarmand-kulollari sopol ishlab chiqarish uchun bir-birining tuproq
manbaasidan tashib keltirishga ehtiyoj sezmagan.

Axsikent o‘rta asr kulol

-ustalarining

bo‘zrang va loss rangli sopol mahsulotlari uchun xomashyo manbaasi qanchalik bir

xil

yoki farqli,

hududning o‘zidan olganmi yoki boshqa hududlardan tashib kelganmi, bi

lish

uchun bir nechta namunalar olib labo

ratoriyada tahlillar o‘tkazdik (

3-jadval).

Axsikent kompleks arxeologik ekspeditsiyasi doirasida yodgorlikning o‘rta asrlar

sopol va tuproqlardan 8 xil namuna olinib O‘zFA Umumiy va noorganik kimyo instituti

laboratoriyasida kimyoviy komponentlar tarkibi tahlil etildi (3-jadval). Ular rentgen
flyursent tahlil usuli orqali EPSILON 4 uskunasida BeO detektor pardasida kumushli va

misli filtrlardan foydalanib, havo va Geliy atmosferasida olib borildi. Tahlil ma’lumotlari


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

236

K

α

, K

β

, L

α

va L

β

spektralni tasvir-

vaqt, rentgen nuri ma’lumotlariga asoslangan CPS

ko‘rsatgichlarida olindi.

Olingan ma’lumotlar Scatter FP metodi asosida qayta ishlandi va

namunalarning elementar tarkibi to‘g‘risida % larda ma’lumotlar keltirilgan. Tahl

il uchun

olingan namunalarda kimyoviy elementlar eng ko‘p miqdorni tashkil qiluvchi 25 ta
modda jadvaldan o‘rin oldi.

Tahlil va hisoblash natijalariga ko‘ra Al, Si, Fe, K, Ca

elementlarining foiz miqdori ko‘pligi aniqlandi. Bunda ushbu elementlar mineral v

a oksid

ko‘rinishda uchraydi. Pishirilgan

sopol parcha

larida oksidlar zanjirsimon bo‘lib

tarmoqlanadi. Zanjir tugunlarida yuqoridagi elementlar mustahkam joylashadi. Nisbatan
kamroq yuqori orbitalli noyob metallar erkin metall yoki tuz xolida uchraydi. Ular

kulolchilik buyumlariga mo‘rtlik beradi va ularning miqdori juda kam uchradi.

3-jadval.

Xomashyo va pishirilgan sopol moddasining kimyoviy tarkibi (natijalar % da)

№№

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

Simob

ko

za

ch

a

ma

ss

asi

(S

h

omo

zor

k

o‘

h

n

a

q

abr

ist

on

i)

Ah

sik

at

ni

ng

X

-X

I a

sr

la

r

h

om

g‘

ish

t

d

evo

rid

an

n

amu

n

a

Hu

md

on

d

a

qa

yt

a

p

ish

ir

il

ga

n

Ah

sik

at

ni

ng

X

I a

sr

b

o‘

zr

ang

ko

za

si

O

lov

d

a

p

ish

ga

n

so

p

ol

p

ar

ch

asi

(Rish

to

n

tu

p

rog

i)

Sa

ro

y

qi

sh

log

inin

g

ta

nd

ir

ch

il

ar

tu

p

rog

i

(To‘

ra

q

o‘

rg‘

on

)

Ah

sik

at

ni

ng

X

-X

I a

sr

la

r

simo

b

ko

za

ch

asi

Ah

sik

at

ni

ng

X

-X

I a

sr

la

r

u

ch

oy

oq

li

bo

zr

ang

ko

za

si

Ah

sik

at

ni

ng

X

-X

I a

sr

la

r

los

s

ra

n

gl

i s

opol

p

ar

ch

as

i

Massa

grammda

15

18

16

18

20

16

18

20

Na

0,14

0,0084

0,00712

0,093

0,0034

0,0842

0,187

0,37

Mg

1,8

0,27

0,614

0,947

0,531

0,647

0,985

1,72

Al

4

5,51

7,8

6,17

5,07

5,64

6,22

5,72

Si

12,8

17,86

13,7

12,31

11,09

12,72

13,1

14,98

P

1,07

0,73

0,79

1,08

1,024

1,008

0,54

1,08

S

0,67

0,94

0,04

0,61

0,054

0,074

0,099

1,03

K

6

3,1

4,8

2,14

3,04

3,14

4,01

6,4

Ca

10,8

12,3

12,71

10,7

11,91

10,002

10,87

11,81

Ti

4,18

4

3,8

3,21

2,098

3,17

2,014

2,987

Mn

0,82

0,73

0,92

0,087

0,73

0,097

0,0987

0,0654

Fe

15,3

16,1

17,2

18,9

15,6

16,1

18,7

15,81

As

0,014

0,008

0,0071

0,0082

0,0074

0,098

0,25

0,2

Br

0,096

0,023

0,978

0,728

0,67

0,378

0,258

0,047

Rb

1

1,7

1,07

1,098

1,045

0,962

0,951

0,81

Sr

2,8

2,07

3,1

2,71

3,07

2,45

2,354

98,7


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

237

Zr

3,1

1,98

1,02

1,09

0,86

0,821

0,753

0,074

Mo

0,72

0,423

0,054

0,047

0,054

0,024

0,014

0,0321

Ag

0,051

0,086

0,097

0,096

0,074

0,064

0,032

0,078

In

0,008

0,0071

0,068

0,071

0,096

0,0114

0,0098

0,00074

Sn

0,024

0,027

0,047

0,091

0,075

0,0745

0,0456

0,0547

Ba

0,004

0,0046

0,0071

0,0617

0,0247

0,06547

0,0987

0,0654

Ce

0,006

0,0041

0,0064

0,0073

0,074

0,0647

0,0321

0,0214

Eu

0,007

1

0,0034

0,0043

0,0074

0,0017

0,0021

0,00742

0,00874

Hg

0,000

8

0,001

0,00092

0,00738

0,0094

0,0047

0,00963

0,00896

Pb

0,008

1

0,0092

0,0073

0,0073

0,0015

0,00647

0,00874

0,00542


Jadvalda keltirilgan Axsikatning X

–XI asrlar xom g‘isht devori tuprog‘ining

kimyoviy elementlar miqdori X

–XI asrlar uch oyoqli bo‘zrang ko‘zasi va loss rangli sopol

parchasi tarkibidagi moddalar miqdorini qiyoslasak deyarli bir xil natijani ko‘rishimiz
mumkin. Shundan xulosa qilsak bo‘ladiki Axsikat o‘rta asr kulol

-hunarmandlari sopol

ishlab chiqarish uchun tuproq xomashyosini yodgorlikning rabod qismidan olishganini

aytish mumkin bo‘ladi. Ma’lum bo‘ldiki, Axsikat tuprog‘i tarkibida eng ko‘p miqdorda
bo‘lgan Fe va Ca kimyoviy moddalar mavjudligi har qanday qora

-kulrang sopol ishlab

chiqarish uchun kamyob xomashyo hisoblanadi. Balki, Farg‘onaning boshqa kulolchilik
ishlab chiqarish markazlari o‘z mahsulotlari uchun tuproqni Axsikatdan tashib ketgani
kabi fikrlar o‘rinli bo‘lar.

Axsikent kulollari sinchkovlik bilan tayyorlagan sopol xamiridan odatdagidek kulol

charhida mahsulotlar hosil qilishgan. Ayrim idishlarni shaklga solishda g‘ayrioddiy jihat –

bo‘rtma bezaklar bilan to‘liq qoplangan buyumlarni tayyorlash bo‘lgan. Ba’zi hashamdor

idishlar kulol charxida tanasining yarmi alohida yasalgan: yuqori va pastki qismlar

gorizontal uloq bilan bog‘langan yoki yon qismlar vertikal chokka birlashgan (

1-rasm).

Tananing yarmi bezakli shakl hosil qilish uchun qolibda bosiladi. Ayrim topilmalarning
ichki yuzasida barmoq izlari qolgan

chuqurchalar mavjud. Qurigandan so‘ng qolibdan

ajratiladi va birlashtiriladi. Chok tashqi tomondan va imkon bo‘lganda ichkaridan

ehtiyotkorlik bilan ishqalangan. Hatto tashqi tomondagi choklar nisbatan bilinmaydi.

Ba’zan ularni qo‘lda yasalgan jingalak bo

sma shakllar bilan yashirishga urinishgan

(1-rasm

). Bo‘yin alohida shaklga keltiriladi va odatiy tarzda tanaga biriktirilgan.








3-rasm.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

238










4-rasm.

Bo‘zrang idishlarni tayyorlash jarayonining so‘n

ggi bosqichi katta qiziqish

uyg‘otadi. Idishning kul rangda ko‘rinishi maxsus oltingugurtli tuproqlardan foydalanish
bilan bog‘liq degan taxminlar butunlay o‘rinsiz, chunki sopolning rangini o‘zgartirishi
mumkin bo‘lgan organik moddalar va rangli qo‘shimchalar olovda pishish vaqtida

yonib

ketadi. Tajribalar va nazariy ma’lumotlar bo‘zrang kulolchilikni pishirish jarayoni

quyidagi tartibda borishini taxmin qilish imkonini beradi. N.S. Grajdankina tajribasiga

ko‘ra pechni yoqish va uni eng yuqori haroratga yetkazish

odatdagidek davom etishi

kerak.

Pishirish oxirida nazorat tuynugidan olov kamerasiga tutunli yoqilg‘ilar bo‘lgan

ho‘l somon, maysa, yangi novdalar tashlanadi, shundan so‘ng teshik mahkamlanadi va
o‘choq to‘liq sovib ketguncha yopiq qoldiriladi

*

. Sovutish jarayoni biroz sekin kechadi.

Loss rangli sopollar pishirishda esa bu jarayon tezlashadi, sababi harorat biroz

pasaygandan so‘ng kislorod oqimi rangni kuchaytirishi uchun o‘choq ochildi.

Bo‘zrang idishni pishirish jarayoni uzoqroq vaqt, ko‘proq mehnat, ma

horat, tajribani

talab qiladi. Chunki idishlarda dog‘lar qolmasligi uchun yoqilg‘i qo‘shilishi ehtiyotkorlik
bilan bajarilishi va uning miqdori bir xil bo‘zrang olish uchun yetarli bo‘lishi kerak.

Shunday qilib, Axsikat hunarmandlarining Qoraxoniylar davrida kulolchilik

texnikasini takomilashshtirishi va mehnat unumdorligini oshishi hisobiga sirlanmagan

kulolchilik buyumlar tayyorlashda sifat jihatdan o‘sish kuzatiladi. Kumush va bronza
idishlarga taqlid qilib charxlarda yasalgan yupqa devorli bo‘zrang sopo

l buyumlar paydo

bo‘ladi (

2-rasm). Maxsus sopol pishirish texnologiyasi orqali metall idishlarning sopol

nusxalarini yaratishga to‘liq erishiladi (

2-rasm).

X

ulosa qilib aytamizki, rivojlangan o‘rta asrlarda Axsikatning kulolchilik san’ati

rivojlangan. B

o‘z

rang idishlardagi bezak nafaqat estetik didni, balki mahalliy mintaqa

aholisi turli qatlamlarining mafkuraviy qarashlarini hamda

o‘sha davr aholisining badiiy

didi, urf-

odatlari va turmush tarzini aks ettiradi. Shuningdek, kulolchilikning bu turi o‘sha

dav

rning turmush tarzi, madaniyati va iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan. Bu idishlarning

ahamiyati bir necha jihatlarda namoyon bo‘ladi. Mazkur sopol majmualari tiplari va
naqsh motivlariga ko‘ra oldingi davr sopol majmualaridan o‘ziga xos ko‘rinishlari bilan

ajralib turgan. Bo‘zrang idishlar nafaqat amaliy vazifani bajargan, balki estetik qiymatga
ham ega bo‘lgan. Axsikatdagi kulolchilik mahalliy iqtisodiyotning muhim tarmog‘i
bo‘lgan. Yuqori darajadagi bunday kulolchilik buyumlari xalqaro savdo tovarlari bo‘

lib

ham bozorlarda sotilgan, savdo aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

*

Kislorodsiz pishirilgan sopol maxsulotlari xumdonda qorayib pishadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

239

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Анарбаев

А.А. Ахсикет –

столица древней Ферганы. –

Ташкент.:

Tafakkur, 2013.

2.

Анарбаев

А.А.

Ахсикент археология парки. Тошкент.: Фан.

2023.

3.

Ахраров И. Археологические раскопки в шахристане городища Кува //

ИМКУ. №10. Ташкент, 1973.

4.

Буряков. Ю.Ф. Городище Минг

-

Урюк в Ташкенте, Труды САГУ, кн. 12,

Ташкент, 1956

.

5.

Буряков Ю.Ф. и Д. Г. Зильпер. Археологические наблюдения в 1959 г. на

городище Минг

-

Урюк в Ташкенте, Труды ТашГУ, нов. сер., вып. 172, Ташкент, 1960

.

6.

Вактурская Н.Н. Классификация средневековой керамики Хорезма (

IX-XVII

вв.), «Керамика Хорезма», Труды ХАЭ, т.

IV

. М., 1959.

7.

Гражданкина

С.Н.

К истории керамического производства в Средней Азии

//

ИМКУ. №

5.

Ташкент.: Фан,

1964.

8.

Давидович Е.А., Литвинский Б.А. Археологический очерк Исфаринского

района. Труды, т.

XXXV

. Сталинабад. 1955.

9.

Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М.

-

Л. 19

64.

10.

Мерперт Н.Я., Мунчаев Р.М. Погребальный обряд племен халавской

культуры (Месопотамия) // Археология Старого и Нового Света. М., 1982. 

11.

Мирзалиев Г.А. Неглазурованная керамика

XII

начало

XIII

в. с городища

Эски Ахси. ИМКУ №20. «Фан». Ташкент. 1986.

12.

Пещерева Е.М. Гончарное производство Средней Азии, М.

-

Л., 1959.

13.

Рахимов М.К. Художественная керамика Узбекистана, Ташкент, 1961.

14.

Сайко Э.В. История технологии керамического ремесла Средней Азии

VIII-

XII

вв.

-

Душанбе.:1966.

15.

Сверчков М.Л. Тохары древние индоевропейцы в Центральной Азии. –

Ташкент.:

SMI ASIA, 2011.

16.

Соколовская.

Ф.Л.

Археология Центральной Азии: Архивные материалы.

Том

1.

Неглазурованная керамика средневекового Самарканда как фактор

экономики городского ремесла (по материалам городища Афрасиаб конца VII –

начала XIII в.) Самарканд. 2015.

17.

Шишкин В. А. Курган и мечеть Чор

-

Сутун в развалинах старого Термеза.

Труди АН УзССР,

серия 1, ТАЭ, Ташкент. Изд

-

во АН УзССР, 1945.

Библиографические ссылки

Анарбаев А.А. Ахсикет - столица древней Ферганы. – Ташкент.: Tafakkur, 2013.

Анарбаев А.А. Ахсикент археология парки. Тошкент.: Фан. 2023.

Ахраров И. Археологические раскопки в шахристане городища Кува // ИМКУ. №10. Ташкент, 1973.

Буряков. Ю.Ф. Городище Минг-Урюк в Ташкенте, Труды САГУ, кн. 12, Ташкент, 1956.

Буряков Ю.Ф. и Д. Г. Зильпер. Археологические наблюдения в 1959 г. на городище Минг-Урюк в Ташкенте, Труды ТашГУ, нов. сер., вып. 172, Ташкент, 1960.

Вактурская Н.Н. Классификация средневековой керамики Хорезма (IX-XVII вв.), «Керамика Хорезма», Труды ХАЭ, т. IV. М., 1959.

Гражданкина С.Н. К истории керамического производства в Средней Азии // ИМКУ. №5. - Ташкент.: Фан, 1964.

Давидович Е.А., Литвинский Б.А. Археологический очерк Исфаринского района. Труды, т. XXXV. Сталинабад. 1955.

Массон В.М. Средняя Азия и Древний Восток. М. -Л. 1964.

Мерперт Н.Я., Мунчаев Р.М. Погребальный обряд племен халавской культуры (Месопотамия) // Археология Старого и Нового Света. М., 1982.

Мирзалиев Г.А. Неглазурованная керамика XII – начало XIII в. с городища Эски Ахси. ИМКУ №20. «Фан». Ташкент. 1986.

Пещерева Е.М. Гончарное производство Средней Азии, М.-Л., 1959.

Рахимов М.К. Художественная керамика Узбекистана, Ташкент, 1961.

Сайко Э.В. История технологии керамического ремесла Средней Азии VIII-XII вв. -Душанбе.:1966.

Сверчков М.Л. Тохары древние индоевропейцы в Центральной Азии. – Ташкент.: SMI ASIA, 2011.

Соколовская. Ф.Л. Археология Центральной Азии: Архивные материалы. Том 1. Неглазурованная керамика средневекового Самарканда как фактор экономики городского ремесла (по материалам городища Афрасиаб конца VII – начала XIII в.) Самарканд. 2015.

Шишкин В. А. Курган и мечеть Чор-Сутун в развалинах старого Термеза. Труди АН УзССР, серия 1, ТАЭ, Ташкент. Изд-во АН УзССР, 1945.