Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Teaching methods aimed at developing cognitive
competence
Jonibek MUSTAFOYEV
1
Navoi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
This article examines the onset of the "Cotton Affair"
outbreak of repression in the Bukhara region, shedding light on
the unlawful actions carried out by the investigation team
during this period. These actions had a detrimental impact on
the socio-economic fabric of society and led to severe tragic
consequences.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
"Cotton Case",
repressive policy,
investigative team,
illegal investigation,
false accusation,
violation of human rights,
bribery,
defamation,
tragic consequences.
O‘zbekistonda “Paxta ishi” bilan bog‘liq tergov
jarayonlarining boshlanishi va qatag‘on qilishning avj
olishi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
“Paxta ishi”,
qatag‘on siyosati,
tergov guruhi,
noqonuniy tergov,
soxta ayblov,
inson huquqlarini toptalishi,
poraxo‘rlik,
tuhmat,
fojeali oqibatlar.
Ushbu maqolada “Paxta ishi” qatag‘onini Buxoro viloyatida
boshlanishi va bu davrda tergov guruhi tomonidan olib borilgan
g‘ayrihuquqiy harakatlar natijasida jamiyatning
ijtimoiy-
iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatib, og‘ir fojeali oqibatlarni
keltirib chiqarishi haqida ma’lumot beriladi.
1
Senior teacher, Department of History, Doctor of Philosophy in Historical Sciences, Navoi State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
111
Начало следственных процессов по “Хлопковому делу”
в Узбекистане и вспышка репрессий
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
«Хлопковое дело»,
репрессивная политика,
следственная группа,
незаконное
расследование,
ложное обвинение,
нарушение прав человека,
взяточничество,
диффамация,
трагические последствия.
В статье представлена информация о начале репрессий,
связанных с «Хлопковым делом» в Бухарской области, а
также о негативном воздействии этих событий на
социально
-
экономическую
жизнь
общества.
Особое
внимание уделено незаконным действиям следственной
группы, которые в тот период привели к серьезным
трагическим последствиям.
KIRISH
XX asrning 80-yillariga kelib sovet davlatining inqirozi tobora chuqurlashib,
mamlakatdagi ichki ziddiyatlar kuchaydi va tanazzuli muqarrar halokat yoqasiga kelib
qoldi. Sovet Ittifoqi har tomonlama keskin iqtisodiy inqirozlar, ijtimoiy tushkunlik va
siyosiy bo
‘
htonlar girdobida qolib, o
‘
z hukmronligining so
‘
nggi bosqichini boshidan
kechirayotgan edi. Mazkur davrda jarayonlarni ziddiyatli kechishi, jamiyatning ijtimoiy-
siyosiy hayotida poraxo
‘
rlik, korrupsiya, davlat mulkini o
‘
marish, mahalliychilik,
dalillarni soxtalashtirish va boshqa salbiy illatlarni mavjudligi sovet siyosiy tuzumini
inqirozga yuz tutganligidan darak berardi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bir qator mutaxassislar xususan, X.Yunusova, D.Avliyaqulova, H.Abuyev,
X.Xojamberdiyevlar tomonidan Gdlyan boshchiligidagi SSSR Prokuraturasining tergov
guruhi tomonidan O
‘
zbekistonda amalga oshirilgan qatag
‘
on ishiga oid ba
’
zi tadqiqotlarni
amalga oshirilgani[1]ga qaramay, respublikada amalga oshirilgan qatag
‘
on siyosati
bo
‘
yicha maxsus tadqiqot hali amalga oshirilgani yo
‘
q. Ushbu maqolada O
‘
zbekistonda
amalga oshirilgan
“
Paxta ishi
”
qatag
‘
oni davri va uning og
‘
ir ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
tahlil qilingan. Mazkur mavzuni tadqiq etishda tarixiylik, obyektivlik, qiyosiy taqqoslash,
xronologik ketma-ketlik va tarixiy izchillik tamoyillaridan foydalanib, yoritib berishga
harakat qilindi.
MUHOKAMA
XX asrning 80-yillariga kelib sovet davlatining inqirozi tobora chuqurlashib,
mamlakatdagi ichki ziddiyatlar kuchaydi va tanazzuli muqarrar halokat yoqasiga kelib
qoldi. Sovet Ittifoqi har tomonlama keskin iqtisodiy inqirozlar, ijtimoiy tushkunlik va
siyosiy bo
‘
htonlar girdobida qolib, o
‘
z hukmronligining so
‘
nggi bosqichini boshidan
kechirayotgan edi. Yashirin iqtisodiyot jamiyatdagi barcha sohalarni, ayniqsa, mamlakat
iqtisodiyotining har bir jabhasiga kirib borishidan tashqari ittifoq miqyosida partiya
boshqaruv bug
‘
inlarining quyidan yuqorigacha bo
‘
lgan bo
‘
limlarida goh yashirin, goh
ochiq o
‘
zini namoyon qilib turdi. Mazkur davrda jarayonlarni ziddiyatli kechishi,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida poraxo
‘
rlik, korrupsiya, davlat mulkini o
‘
marish,
mahalliychilik, dalillarni soxtalashtirish va boshqa salbiy illatlarni mavjudligi sovet
siyosiy tuzumini inqirozga yuz tutganligidan darak berardi [2]. XX asr 80-yillarida
O
‘
zbekistonda sovet davlati tomonidan olib borilgan zo
‘
ravonlik va qatag
‘
on siyosati
milliy ruh va o
‘
zligimizga qarshi qaratilgan kampaniya edi. Bu qatag
‘
on inson haq-
huquqlari, milliy his-tuyg
‘
ularni poymol etish, butun bir xalqni jinoyatchiga chiqarishga
qaratilgan unsurlarni yana qayta takrorlashi bilan avvalgi qatag
‘
onlardan aslo
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
112
qolishmasdi.
Shunday qilib sovet davlatining bu qatag‘on siyosati “Paxta ishi”, “o‘zbeklar
ishi” degan mash’um nom ostida tarixga kirdi.
NATIJALAR
1982-yil 12-
noyabrda L.I.Brejnev vafotidan ikki kun o‘tib, asosiy voris sifatida
Y.V.Andropov KPSS Markaziy Qo‘mitasining Bosh Kotibi lavozimini egalladi. Yangi r
ahbar
butun mamlakat bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasini boshlab, Markaziy
Osiyo rasmiylariga nisbatan qo‘yilgan korrupsiya ayblovlarini o‘rganib chiqa boshladi[3].
Dastavval 1983-
yili SSSR Bosh Prokuraturasining alohida muhim ishlar bo‘yicha
tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida tergov guruhi tuzilib, siyosiy kampaniyani o‘tkazish
uchun O‘zbekistonga yuborildi. Bu vaqtdagi respublikaning rahbarlari Kommunistik
partiya qolaversa, kuch ishlatuvchi organlarning olib borayotgan siyosatiga qarshi turish
o‘rniga bu kampaniyani nafaqat qo‘llab
-quvvatladi, balki, barcha shart-sharoitlarni
yaratib berishdi. 1983-yilning 25-
aprelida O‘zbekiston SSR poytaxti Toshkentga yetib
kelgan komissiya “Paxta ishi” degan umumiy nom ostida jinoyatlarni tergov qilish
bo
‘yicha keng ko‘lamli ishni boshladi[4]. SSSR Bosh Prokurori A.Rekunkov topshirig‘i
bilan T.Gdlyan boshchiligidagi SSSR Prokuraturasi tergov guruhi tarkibiga mamlakatning
turli mintaqalaridan to‘plangan huquqshunoslar, auditorlar biriktirilib, O‘zbekistonga
yuborildi. Ushbu ishlarni tekshirish uchun 48 dan ortiq tezkor-qidiruv guruhlari tashkil
etilgan bo‘lib, ularda 340 nafar, shu jumladan, 88 nafari boshqa Ittifoq respublikalaridan
safarbar etilgan edi. Ishga 150 nafarga yaqin auditor jalb qilingan, ulardan 15 nafari
boshqa respublikalardan kelgan[5].
Maxsus tayyorlangan guruh 1983-yil 26-aprelda Buxoroga yetib keldi. Shu tariqa
O‘zbekiston SSRning Buxoro oblasti markazida Davlat xafvsizlik qo‘mitasi poraxo‘rlik
illatlarini tekshirish ishlarini boshladi. B
u operatsiya keyinchalik “o‘zbeklar ishi” deb nom
olgan mash’um voqeaning boshlanishi edi. Uning asosiy maqsadi Buxoro oblasti
sotsialistik mulkni talon-
taroj qilishga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘ini qo‘lga olish emas,
balki O‘zbekiston Kompartiyasi 1
-ko
tibi Sharof Rashidovni yo‘q qilish edi. SSSRning
O‘zbekistonga nisbatan o‘ylab topgan uydirmalari asosida ishlab chiqilgan “Paxta ishi”
deb nomlangan “ssenariy” xafvli tus ola boshladi. KPSS Markaziy Qo‘mitasi qanday qilib
bo‘lsada, O‘zbekiston rahbariyati
ni, uning xalqini uyushgan jinoyatchilikda ayblab,
obro‘sizlantirishga harakat qildi[6].
Tarixchi F.Razzakovning ta’kidlashicha, “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” deb
nomlangan siyosiy kampaniya Davlat xafvsizlik qo‘mitasi xodimlari “haddidan oshib
ketgan Mu
zaffarov”ga nisbatan darhol operatsiya o‘tkazishdan boshladi. 1983
-yil 27-
aprelda A.Muzaffarov Davlat xafvsizlik qo‘mitasi tomonidan yollangan ayol tomonidan
1000 rubl miqdoridagi pulni hibsdagilardan birini ozod qilishda ko‘maklashgani uchun
pora sifatida
berayotgan vaqtida qo‘lga olindi[7]. Ko‘p o‘tmay uning ko‘rsatmalariga
asosan Buxoro shahri va viloyatining qator yuqori mansabdor kishilari qamoqqa olindi.
1983-yil 3-may kuni Buxoro shahar sanoat mollari savdosi boshqarmasi direktori Shodi
Qudratov bilan birgalikda 7 nafar militsiya mansabdorlari va savdo tashkiloti boshliqlari
qamaldi.
A.Muzaffarov
, Sh.Qudratovlarga qo‘yilayotgan ayblovlarni oqlash maqsadida
ularning xonadonlarida qattiq tartibda tintuv va tekshiruv ishlari o‘tkazildi. Xususan,
A.Muzaffarovning jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayonida so‘roq qilinayotgan boshqa
guvohlarning ko‘rsatma
lari asosida A.Muzaffarovning uyi tintuv qilinganda u yerdan
ishga taaluqli ashyoviy dalillar, shu jumladan 1 million 600 ming rubldan ortiq
miqdoridagi pul va qimmatbaho buyumlar topilishi bilan uning aybi to‘la tasdiqlandi[8].
Shuningdek, tergov guruhi
Sh.Qudratov ishi bo‘yicha A.Muzaffarovdan ham
ko‘proq shov
-
shuvli ayni vaqtda o‘ta katta miqdordagi pul va qimmatbaho buyumlarni
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
113
qo‘lga kiritishdi. Bunday muvaffaqiyatli operatsiyadan so‘ng tergov guruhi Y.V.Andropov
tomonidan berilgan topshiriqni yanada a
’lo darajada bajarishga kirishib, A.Muzaffarov,
Sh.Qudratovdan tashqari yana 20 dan ortiq xonadonlarda o‘ta qattiq tartibdagi tintuv va
tekshiruv ishlarini o‘tkazishdi. Buxoroda olib borilgan barcha tintuvlar natijasida 15 mln
rubldan oshiq pul va qimmatbaho buyumlar musodara qilingan[9].
Ammo 1920-
yildan toki Sovet Ittifoqi tarqalgunga qadar har o‘n yilda qatag‘on
siyosatini yurgizib, xalqni qo‘rquvda ushlab turishga odatlanib qolgan Markazga ayni shu
mash’um voqea O‘zbekistonni badnom qilish uchun bahona
bo‘ldi. Markaz A.Muzaffarov
va Sh.Qudratovlarning ishini tergov qilishni O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi
organlaridan olib, SSSR prokuraturasiga topshirdi. Tergov guruhi “zanjirning asosiy
xalqasi Buxoroning mutloq xo‘jayini A.Karimovga bog‘langan”[
10] deya asosiy zarba
viloyatning birinchi rahbari va uning atrofidagi xodimlarni tergovga tortishdi. Ishni
qo‘lga olgan SSSR prokuraturasi Sh.Qudratovni Buxoro shahar sanoat mollari savdosi
boshqarmasi direktori lavozimida ishlab, yuqori mansabni saqlab turish uchun
O‘zbekiston Kompartiyasi Buxoro oblast partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Abduvohid
Karimov, Buxoro oblast ichki ishlar boshqarmasining mas’ul shaxslarga pul va boshqa
moddiy buyumlarni pora sifatida berib, ularning sohaga aralashmasligidan va
nazoratsizlikdan foydalanib, shaxsiy boyish maqsadida shahar sanoat va savdo
tashkilotlarida qo‘l ostidagi ishchilardan pora olish tizimini yaratishda aybdor deb
topildi[11].
Buxoroda qo‘lga olingan mansabdorlarga qo‘yilayotgan jinoiy ayblovlarning asosiy
yo‘nalishi ichki ishlar vaziriga va undan keyin Sh.R.Rashidovga qaratilgan edi. 1983
yilning iyunida A.Muzaffarov ko‘rsatmasi bilan Buxoro oblast ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i A.Do‘stov tergov izolyatoriga tashlandi. Tergov jarayonida A.Do‘stovga nisb
atan
qo’llanilgan noqonuniy usullar ta’sirida u o‘zi xizmat qilayotgan sohaning va viloyatning
yuqori darajali mansabdorlariga pora berganligi haqida ko‘rsatma berdi.
1984-
yil boshlarida rasman “Paxta ishi”ni tergov qilish keng ko‘lamda amalga
oshirish boshlandi. Ushbu maxsus missiyaning asosiy maqsadlaridan biri shubhasiz,
O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibi Sh.R.Rashidovni aybdor qiluvchi dalillarni qo‘lga
kiritish orqali O‘zbekiston hukumati va joylardagi rahbar xodimlarni g‘ayriqonuniy
faoliyatlar
ini fosh etishdan iborat bo‘lgan. SSSR Bosh Prokuraturasi alohida muhim ishlar
bo‘yicha tergovchilari T.Gdlyan boshchiligidagi tergov guruhining barcha sa’yi
harakatlariga qaramasdan Sh.R.Rashidovni obro‘sizlantiruvchi faktlarni qo‘lga kiritishga
muvaffaq
bo‘lishmadi. Shu tariqa KPSS Markaziy Qo‘mitasi tomonidan amalga
oshirilayotgan “Buxoro ishi” tobora qizg‘in pallaga kirayotgan edi. 1983
-yil 18-avgustda
“Buxoro ishi” T.Gdlyan boshchiligidagi Ittifoq Prokuraturasining tergov guruhi ixtiyoriga
o‘tkazildi v
a T.Gdlyanning asosiy yurishlari boshlandi.
1984-
yilda tergov guruhi tomonidan “Paxta ishi”ga doir 125 ta jinoyat ishi tergov
qilindi, ularning 82 tasi 1983 yilda qo‘zg‘atilgan edi. 1984
-yili 270 nafar shaxsga nisbatan
48 ta jinoyat ishi tergov tomonidan yakunlanib, sudga yuborilgan. Shundan tugallangan
ishlar bo‘yicha sudlanuvchilar orasida 6 nafar sovxoz direktorlari, 4 nafar kolxoz raislari,
7 nafar paxta tozalash zavodlari direktori, 12 nafar paxta zavodlari, maishiy xizmat
ko‘rsatish va mahalliy sanoa
t korxonalari direktorlari, 20 ta turli rahbarlar, masalan,
bo‘lim mudirlari, sex boshliqlari brigadirlar va boshqa amaldorlar ayblangan bo‘lib,
ularning jinoyatlari natijasida yetkazilgan zararning taxminiy miqdori 143 million rublni
tashkil etadi, shunda
n 11 milliondan ortig‘i tergov guruhi tomonidan undirilgan[12].
Sudga yuborilgan jinoyat ishlari respublika hududlari bo‘yicha quyidagi ko‘rinishda
bo‘lgan:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
114
Qashqadaryo oblastida
–
140 nafar sudlanuvchiga nisbatan 25 ta jinoyat ishi,
shunga mutanosib tarzda Jizzax oblastida 42 nafar sudlanuvchiga 4 ta, Samarqand
oblastida 11 nafar sudlanuvchiga 1 ta, Xorazm oblastida 4 nafar sudlanuvchiga 3 ta,
Andijon oblastida 9 nafar sudlanuvchiga 1 ta, Sirdaryo oblastida 20 nafar sudlanuvchiga
5 ta, Buxoro oblastida 15 nafar sudlanuvchiga 3 ta, Namangan oblastida 5 nafar
sudlanuvchiga 2 ta, Toshkent oblastida 1 nafar sudlanuvchiga 1 ta, Farg‘ona oblastida 15
nafar sudlanuvchiga 1 ta, Surxondaryo oblastida - 8 nafar sudlanuvchiga nisbatan 2 ta
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan[1
3]. Tergov guruhi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar
natijasida 1981-1983-
yillarda respublikada paxta xom ashyosini tayyorlashda qo‘shib
yozish va boshqa qonunbuzarlik holatlari keng tarqalgan mintaqa sifatida baholab,
tekshirish ishlarini yanada avj oldirib yubordi[14].
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistondagi tergov guruhi o‘z faoliyatini dastlabki
davridanoq, asosan partiya ko‘rsatmalariga tayanib ish olib bordi. Tergov guruhining
asosiy vazifasi esa tashviqot yo‘li bilan aholi ichida vahima uyg‘otish, shu yo‘l bilan
respublika ustidan to‘laqonli boshqaruv nazoratini o‘rnatishga qaratilgan edi. T.Gdlyan
guruhining g‘ayriqonuniy xatti
- harakatlari davrida butun mamlakatda turli shov-
shuvlarga sabab bo‘lgan uydirmalarni tergovchilarning o‘zlari to‘qib chiq
ardilar. XX
asrning 80-
yillarida O‘zbekistonda Kommunistik partiya tomonidan amalga o‘tkazilgan
qatag‘on siyosati respublikadagi barcha sohalarni birdek qamrab olganligi hamda
tergovchi tomonidan o‘ylab topilgan soxta ayblovlarni ayblanuvchilarni qo‘rqitib
bo‘yniga qo‘yishi natijasida keng ko‘lamli tus oldi. Mazkur qatag‘onda partiya organlari,
huquqni muhofaza etuvchi soha, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligining yuqoridan
quyigacha bo‘lgan xodimlari tergov jarayoniga tortildi.
Bu yo‘lda ayblanuvchilarga nisbatan qonunda ko‘zda tutilmagan usullardan
foydalanib, nafaqat ularning o‘zlariga balki, oila a’zolariga soxta ayblov asosida tergov
jarayonini o‘tkazishdi. Shunday qilib “Paxta ishi” qatag‘oni aynan Markaz rahnamoligida
Sh.R.Rashidov shaxsiga va but
un O‘zbekiston xalqiga qarshi qaratilgan kampaniya
sifatida amalga oshirildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.Yunusova X. E. XX asrning 80
–yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy–
iqtisodiy
jarayonlar va ma’naviy hayot.Tarix.fan.dok. diss.
-
T.:O‘zMU, 2009
; Avliyaqulova D.D.
Sovet hokimiyatining O’zbekistondagi qatag’on siyosati va uning oqibatlari (XX asr 20
-80
yillari. janubiy viloyatlar misolida) Tarix.fan.nom. diss. -
T.:O‘zMU, 2012.; Abuyev H. O.
Sovet hokimiyatining qayta qurish siyosati va uning O‘zbekistonga ta’siri (1985
-1991
yy.). Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss.
-T.: 2020. ; Xodjamberdiyev X.
“O‘zbekistonda ijtimoiy
-
siyosiy jarayonlar tarixi” (1970 –
1991 yillar) Tarix fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss.
-T.: 2020.
2.O‘z
bekiston tarixi (1917-
1991 yillar) K.2. O‘zbekiston 1939
-1991 yillarda/
mas’ul muharrirlar R.Abdullayev, M.Rahimov, Q.Rajabov. –
Toshkent: O‘zbekiston NMIU,
2019.
–
B.118
3. Norling N. “Party Problems and Factionalism in Uzbekistan: Evidence from the
Commun
ist Party Archives”. Central Asia
-Caucasus Institute & Silk Road Studies Program
–
A Joint Transatlantic Research and Policy Center. American Foreign Policy Council, 509
C St NE, Washington D.C. Institute for 169 Security and Development Policy, V.
Finnbod
avägen 2, Stockholm
-Nacka, Sweden, 2017.
–
P.99
4. Rashidova G., Komilov D. Sharof Rashidov inson-
davr ko‘zgusida va davr inson
taqdirida.
–
Toshkent: 2017.
–
B.301
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
115
5. O‘zbekiston Milliy Arxivi (O‘zMA), R
-1710-fond, 13-
ro‘yxat, 1425
-
yig‘ma jild, 31
-
varaq
6. Rahmonov A. Quzg‘unlar hamlasi. –
Toshkent: Turon zamin ziyo, 2017.
–
B.13
7. Гдлян Т., Иванов Н. Кремлевское дело. Повест
-
хроника. –Ростов на Дону:
Книга, 1994. –С.8
8. O‘z MA, R
-2454-fond, 6-
ro‘yxat, 6480
-
yig‘ma jild, 7
-varaq
9. Ergashev Sh. Erk istar ko‘ngil. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017. –
B.163
10. Гдлян Т., Додолев Е. Пирамида
-1.
–Москва: АПС, 1990. –С.16
11. O‘z MA, R
-2454-fond, 6-
ro‘yxat, 6480
-
yig‘ma jild, 6
-varaq
12. O‘zMA, R
-1710-fond, 13-
ro‘yxat, 1470
-
yig‘ma jild, 31
-varaq
13. O‘z MA, R
-1710-fond, 13-
ro‘yxat, 1470
-
yig‘ma jild, 30
-31-varaqlar
14. Ismoil Jondoriy. O’tmish saboqlari. –
Buxoro: 2019.
–
B.22
