Авторы

  • Мохларой Абдукамолова
    Базовый докторант, Кафедра всемирной истории, Ферганский государственный университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss6-pp222-227

Ключевые слова:

Соманиды Моваруннахр Хорасан историография источник система управления турецкие хаджибы нумизматика археология научные исследования Российская империя советский период правитель идеологический взгляд Арабский халифат турецкие рабы Аббасиды

Аннотация

В статье анализируются исследования, освещающие деятельность тюркских хаджибов в системе управления Саманидов в Мавераннахре и Хорасане IX-X веков, их роль и значение в государственном управлении. Изучение истории Саманидов началось с периода Российской империи и продолжается советскими историками и другими зарубежными учеными, а также узбекскими историками после обретения независимости. Однако в научных трудах имеются отрывочные сведения, поскольку по теме, которую мы подчеркнули, не была сделана целостная работа. Ниже в статье рассматриваются некоторые исследования ученых, которые привели сведения, служащие раскрытию роли тюркских хаджибов и их государственного значения в системе управления Саманидов, и указывается, что это актуальная тема, для которой необходимо предоставить полную информацию на основе конкретных источников.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Research and their analysis on the topic of the activities of
the Turkic hajibs in the system of management of the
Samanid dynasty

Moklaroy ABDUKAMOLOVA

1


Fergana State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 15 December 2024

Available online

25 January 2025

The article analyzes the activities of Turkish pilgrims, their

role and importance in state administration in the management

system of the Samanid power in Movarounnahr and Khorasan

of the 9th-10th centuries. The study of the history of the

Samanid era began during the Russian Empire and is continued
by historians of the Soviet era and other foreign scholars, as

well as by Uzbek historians after independence. However, due

to the fact that no comprehensive work has been done on the

topic we have highlighted, scientific works contain incomplete
information. Below, the article examines some of the studies of

scientists who provided information that served to reveal the

role of Turkish pilgrims and their role in the state importance in

the management system of the Samanid government, and shows

that it is an actual topic that needs to be fully informed based on
specific sources will be passed.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-

iss6-pp

222-227

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Sаmanids,

Movarounnahr,

Khurasan,

historiography,

source,

administration system,
Turkish Hajibs,

numismatics,

archeology,

scientific research,

Russian Empire,

Soviet period,

governor,

ideological view,

Arab caliphate,

Turkish slaves,

Abbasids.

Somoniylar sulolasi boshqaruv tizimida turkiy hojiblar
faoliyati mavzusiga oid tadqiqotlar va ularning tahlili

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Somoniylar,

Movarounnahr,

Xuroson,

Maqolada IX

X asrlar Movarounnahr va Xurosondagi

Somoniylar hokimiyati boshqaruv tizimida turkiy hojiblar

faoliyati, ularning davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda ahmiyati

1

PhD student, Department of World History, Fergana State University. E-mail:

mohlaroyabdukamolova@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

223

tarixshunoslik,

manba,

boshqaruv tizimi,

turkiy hojiblar,

numizmatika,

arxeologiya,

ilmiy tadqiqot,

Rossiya imperiyasi,

sovet davri,

voliy,

mafkuraviy qarash,

Arab xalifaligi,

turk g‘ulomlari,

Abbosiylar.

yoritilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Somoniylar davri tarixini

o‘rganish Rossiya imperiyasi davridan boshlangan bo‘lib, sovet

davri tarixchilari va boshqa chet el olimlari, qolaversa,

mustaq

illikdan keyin o‘zbek tarixchi olimlari tomonidan davom

ettirilmoqda. Lekin biz ta’kidlagan mavzu yuzasidan yaxlit

bir ish qilinmaganligi uchun ilmiy asarlarda uzuq-yuluq

ma’lumotlar mavjud. Quyida maqolada aynan Somoniylar

hokimiyati boshqaruv tizimida turk hojiblari va ularning davlat

ahamiyatidagi rolini ochib berishga xizmat qiladigan ma’lumot

keltirgan olimlarning ayrim tadqiqotlarini ko‘rib chiqiladi va

aniq manbalar asosida to‘liq ma’lumot berish lozim bo‘lgan

dolzarb mavzu ekanligini k

o‘rsatib o‘ti

ladi.

Исследования по теме деятельности тюркских

хаджибей в системе управления династии Саманидов и

их анализ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Соманиды,

Моваруннахр,

Хорасан,

историография,

источник,

система управления,

турецкие хаджибы,

нумизматика,

археология,

научные исследования,

Российская империя,

советский период,

правитель,

идеологический взгляд,

Арабский халифат,

турецкие рабы,

Аббасиды.

В статье анализируются исследования, освещающие

деятельность тюркских хаджибов в системе управления

Саманидов в Мавераннахре и Хорасане IX–X веков, их роль

и значение в государственном управлении. Изучение

истории Саманидов началось с периода Российской

империи и продолжается советскими историками и

другими зарубежными учеными, а также узбекскими

историками после обретения независимости. Однако в

научных трудах имеются отрывочные сведения, поскольку

по теме, которую мы подчеркнули, не была сделана

целостная работа. Ниже в статье рассматриваются

некоторые исследования ученых, которые привели

сведения, служащие раскрытию роли тюркских хаджибов и

их государственного значения в системе управления

Саманидов, и указывается, что это актуальная тема, для

которой необходимо предоставить полную информацию на

основе конкретных источников.

KIRISH

Hozirgi kunga qadar jahon tarixshunosligida va mamlakatimizda Markaziy Osiyo, shu

jumladan Somoniylar davlat boshqaruv tizimi tarixiga oid ko‘p ilmiy asarlar yaratilgan.

Ushbu tadqiqotlarda Xuroson va Movarounnahrdagi boshqaruvda turkiy hojiblar faoliyatiga

oid ayrim jihatlari xususida jiddiy mulohazalar uchraydi.

А

ksariyat tarixchilar O

rta Osiyo

tarixiga bag

ishlangan asarlarida bu haqida to

‘xtalib o‘tganlar. Rossiya imperiyasi, sovet

davri va mustaqillik yillarida tadqiq etilayotgan mavzuning ayrim jihatlariga aloqador

bo

lgan yirik tadqiqotlar sirasiga V.

А

. Tizengauzen, V.V. Bartold, Y.

А

. Davidovich,

B.G.

G‘afurov, H.

Neʼmatov, B.D.

Kochnev, E.X.

G‘ulomrizo, Sh.

Kamoliddinov, S. Yuldashev

asarlarini kiritishimiz mumkin. Ushbu asarlarning asosiy obyekti Somoniylar boshqaruv

tizimida turkiy hojiblarning ahamiyati haqida bo‘lmaganligi uchun ularda biz tanlagan

mavzu bo‘yicha qisqa maʼlumotlar uchraydi xolos.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

224

Rossiya imperiyasi davrida Somoniylar davlati tarixini o‘rganish ishlarini

V.

А

. Tizengauzen bosh

lab berdi. Uning “Imperator arxeologiya jamiyati” ning sharqiy

bo‘limiga topshirgan “Somoniylar tangalari haqida” [17. –

1-238 b.]. nomli hisobot ishida

dastlabki somoniy hukmdorlar

А

hmad ibn

А

sad, Nuh ibn

А

sad, Ishoq ibn

А

sad va

boshqalar to‘g‘risida numizmatik maʼlumotlar berib o‘tadi [17. –

83-238 b.]. Ushbu

maʼlumotlar orqali Somoniylar davrida faoliyat olib borgan turkiy hojiblarga yanada

aniqlik kiritishimiz mumkin.

ASOSIY QISM

Mavzuga oid ilmiy tadqiqotlar orasida taniqli sharqshunos olim V.V. Bartold

asarlari o‘zining ilmiy qimmati va manbalardan maksimal darajada foydalanganligi bilan

ajralib turadi. Muallif ayni mavzuga oid alohida tadqiqot olib bormagan. Lekin,

O‘rta Osiyo tarixiga bag‘ishlangan asarlarida bu masalaga oid baʼzi bir qaydlar qoldi

rib,

fikr-

mulohazalar bildirib o‘tgan [2, 3, 4, 5].

Sovet davrida olib borilgan tadqiqotlardan yana biri Y.

А

. Davidovich nomi bilan

bog‘liq. Olim eʼlon qilgan ko‘plab maqolalari Somoniylar davridagi davlat boshqaruv

tizimi tarixini yoritishda ahamiyati beqiyosdir. Y.

А

. Davidovich tomonidan amalga

oshirilgan tadqiqotlar numizmatika sohasiga oid bo‘lib, yozma manbalarda

uchramaydigan tarixiy shaxslarning faoliyatini yoritishda qo‘shimcha material bo‘lib

xizmat qiladi.

Tadqiqotchi tomonidan 1956-y

ilda eʼlon qilingan «Ферганские Саманиды по

нумизматическим данным» (“Numizmatik maʼlumotlarga ko‘ra Farg‘ona Somoniylari”)

nomli maqolasida Farg‘onada hukmronlik qilgan somoniylar xonadoniga mansub voliylar

birma-

bir sanab o‘tilgan

[9.].

Y.А.

Davidovichning ushbu ishi numizmatikaga oid

bo‘lganligi sababli, unda Somoniylar hokimiyati o‘rnatilishi arafasidagi siyosiy vaziyat,

somoniylar xonadoniga mansub voliylarning faoliyati to‘laligicha ochib berilmagan.

Y

.А.

Davidovichning

«Монеты Ферганы как источник для характеристики

института феодальных пожалований за службу в Средней Азии в Х в.» (

Farg

ona

tangalari X asrda O

rta Osiyoda xizmat uchun feodal mukofotlari institutini tavsiflovchi

manba sifatida) [11.

107-114 b.] hamda

«Владетели Насрабада (по

нумизматическим данным)»

(Nasrobod hokimlari (numizmatik maʼlumotlarga ko‘ra))

nomli maqolalarida ham Farg‘ona vodiysini idora etgan turkiy hojiblar faoliyati

numizmatik materiallar asosida yoritiladi [10.

110-141 b.].

Tadqiqotimiz doirasida sovet davrida dastlab rus tilida yozilib, keyin esa tojik tilida

eʼlon qilingan ishlardan biri H.

Neʼmatovning “Davlati Somoniyon: tochikon dar asrhoi

IX

–X.”

(Somoniylar davlati: IX

–X asrlarda tojiklar) monografiyasi bo‘lib [15.], unda asosan

Somoniylar davlatining iqtisodiy hayoti yoritilgan [15.

36-118 b.].

А

mmo olimning

siyosiy va mafkuraviy qarashlari sabab Somoniylar va ularning noiblari bo‘lgan turkiy

hojiblar davri deyarli yoritilmagan. Lekin somoniy hukmdorlarning turkiy ko‘chmanchi

qabilalarning yolla

nma qo‘shinlaridan chegara hududlarni qo‘riqlash va boshqarish

uchun ularga topshirilganligi markazdan qochish va keyinchalik sulola qulashiga ham

olib kelgan sabab sifatida ko‘rsatadi [15. –

32 b.]. Vazir Ibn Amid somoniylar armiyasini

bejizga “turklar qo‘shini” deb atamagan.

Amir saroyi ma’muriyat boshlig‘i lavozimini Alptegin, Bektuzun, Tosh, Qorategin

kabi mashhur turkiy qullar egallab, keyinchalik Xurosonni turli viloyatlarida yuqori

harbiy lavozimlarga tayinlanganlar [15.

37 b.]. Bu narsa ularning q

o‘l ostida ko‘plab

lashkar va mulk yig‘ilishiga va mustaqillikka intilishiga sabab bo‘lgan. Shu o‘rinda Bakr

Farg‘oniyning vodiyda amalda mustaqil siyosat yuritganligi eslatib o‘tilgan [15. –

103 b.].


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

225

B.G‘.

G‘ofurov

tomonidan

eʼlon

qilingan

“Tadjiki”

[6,7.]

(“Tojiklar”)

monografiyasining har ikki kitobida ham ayrim maʼlumotlar uchraydi. Tadqiqot ikki
qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda O‘rta Osiyoning qadimgi davridan ilk o‘rta
asrlargacha bo‘lgan tarixi yoritilgan [6.]. Аsarning ikkinchi qismida Аrab xa

lifaligi

qo‘shinlarining Xuroson va Movarounnahrga qilgan yurishlari, Somoniylar davlati ahvoli
xususida umumiy maʼlumotlar keltirilgan [7.].

I.

Х

.

G‘ulomrizoning «

M

еждународные связи государства саманидов (

IX

X

вв.)»

(“Somoniylar davlati xalqaro aloqalari

(IX-

X))” nomli PhD dissertatsiyasida somoniy

amirlarning eng katta muammolaridan biri qo‘shin qo‘mondonlarining Xuroson hukmronligi

uchun kurashi va turklarning kuchayib ketishi deb yozadi. Bundan tashqari, amir Nuh ibn

Nasrning Abu Ali Chag‘oniy o‘rtasida

gi ziddiyatlar Abu Malik ibn Nuh

(954

–961) Farg‘ona hokimi Bakr ibn Malik yordamida hokimiyatni mustahkamlamoqchi

bo‘ladi va u Xurosondagi ko‘p hududlarni egallaydi, lekin 956

-yilda Bakr ibn Malik

karmatiylar bilan aloqada ayblanib, Alptegin tomonidan o‘l

diriladi. Mansur ibn Nuh

hukumronligini zaiflashtirish maqsadida turkiy elitaning bir qismi bo‘lgan turkiy

lashkarboshilar va shu paytga qadar rahbarlik lavozimida ishlagan amaldorlar Turkiston

shohi Iloqxondan Buxoroga kelishini so‘raydi [8. –

26 b.]. Muallif Alptegin haqida Mansur ibn

Nuh uning yordami bilan taxtni egallagan lekin ko‘pchilik amirni ukasini yoqlagan. Alptegin
bunga norozilik sifatida G‘aznaga ketadi va shu yerda G‘aznaviylarga asos soladi degan
xulosani beradi. Ammo Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asarida Alptegin sadoqat bilan
xizmat qilgan Nuh ibn Nasr vafot etganida saroy amaldorlari bo‘lajak amir bilan Alptegin
orasini buzish maqsadida Xurosonda turgan Alptegindan amirning ukasi yoki o‘g‘lini
tanlashni so‘rashadi va u ukasiga ishora qilgach malikzodada adovat uyg‘onadi. Qarigan
chog‘ida o‘zi bir umr xizmat qilgan sulola bilan urushgandan ko‘ra Hindistonga g‘azot uchun
ketishni afzal biladi va o‘sha yerdagi vafotidan so‘ng uning xizmati va tarbiyasida bo‘lgan
Sobuqtegin tomonidan G‘aznaviyl

ar sulolasiga asos solinadi [16.

103-113 b.].

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ushbu mavzuning ayrim masalalariga aloqador

tadqiqotlar eʼlon qilingan. А

mmo sharqshunos va tarixchi olimlar tomonidan ushbu

muammoga doir fundamental asarlar yaratilganicha yo‘q.

B.

А

bduhalimov tomonidan 2010-

yilda nashr etilgan “Bayt А

l-Hikma va Markaziy

Osiyo olimlarining Bag‘doddagi ilmiy faoliyati” nomli monografiyasida А

rab xalifaligi

davrida Xuroson va Movarounnahrdan yetshib chiqqan allomalarning ilmiy faoliyatini
tadqiq etgan [1.].

Shamsiddin Kamoliddin tomonidan 2012-yilda Germaniyaning Saarbryukken

shahrida nashr etilgan «Саманиды из истории государственности Узбекистана

IХ–Х вв.» (“Somoniylar: IX–X asrlar O‘zbekiston davlatchiligi tarixidan”) nomli
monografiyasi Somoniylar davlati tarixini o‘rganishda muhim qadam bo‘ldi [13.]. А

sarda

keltirilgan faktlar manbalardan maksimal foydalangan holda berilganligi sababli
ishonchliligi yuqoridir. Muallif shu paytgacha fanda somoniylarning kelib chiqishi Eron

bilan bog‘liq ekanligini rad etib, ular kelib c

hiqishi nuqtai nazaridan turkiy sulola

bo‘lganligi, hamda ularning ilk vatani Farg‘ona ekanligi haqidagi nazariyani ilgari suradi.

Bundan tashqari Somoniylar davlat boshqaruv apparatida 80 dan ortiq turkiy

hojiblarning mavjud bo‘lganligini va boshqaruv tiz

imidagi deyarli barcha sohalar

xususan, ichki tartib va davlat himoyasi ularning qo‘lida bo‘lganligini taʼkidlaydi.

Abbosiylar saroyida ham Somoniylarda ham asosiy mansablar turklar tomonidan

boshqarilgan. Ular maʼlum viloyatlarni boshqarishgan va o‘sha yerda o‘z sulolalariga asos


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

226

solishgan. Nafaqat Somoniylar balki, butun arab xalifaligida turk harbiy

qo‘mondonlarining nufuzi baland bo‘lganligini, ular xalifalarga joylardagi isyonlarni
bostirishda va qo‘l ostida saqlab turishda katta yordam berganliklarini

, hatto, 4 mingta

turk g‘ulomlari bilan somomiy noiblarga isyon qilib, Bag‘dodga kirib borgan Baris
qo‘mondonni eslatib o‘tadi [13. –

231 b.].

А

mmo asar aynan somoniylar davridagi turkiy

hojiblar faoliyatiga bag‘ishlanmagan, shuning uchun ular haqida atroflicha ma’lumotlar
berilgan. Qolaversa, Somoniylar davridagi Farg‘ona vodiysi haqida to‘xtalganda, muallif

vodiyni idora etgan turkiy hojiblar va Somoniylar vakillari ketma-ketligida ayrim

chalkashliklarga yo‘l qo‘yadi [13. –

201 b.]. Olimning yana bir maqolasi somoniylarning

mashhur qo‘mondoni hisoblangan Foiq al

-

Xossa haqida ham bir qancha ma’lumotlar

keltiradi. Xususan, as-

Sam’oniyning “al

-

Ansob” asari va an

-

Nasafiyni “Al

-qand fi zikri

ulamoi Samarqand” asarlariga tayanib, Foiq al

-Xossaning kelib chiqishini turklarga emas

avvalroq bosib olingan al-

Andalus ya’ni Ispaniyaga bog‘laydi u yerda qo‘lga olinib, qul

bozorida sotilgan, bir muddat Vizantiyada yashagan va keyinchalik xalifa tomonidan Nuh

ibn Nasrga beriladi. Somoniy hukmdor Foiqni o‘g‘li Mansur ibn N

uhga shaxsiy xizmatkor

qilib beradi “xossa” laqabi “hukmdorning shaxsiy xizmatkori” ma’nosini berishi shundan.
U saroydagi barcha turk g‘ulomlari kabi tarbiyalanib arab tilidan tashqari turk va fors

tillarini ham yaxshi bilgan [14.].

Mavzuga oid yanada ke

ngroq maʼlumotlarni S.Yuldashevning izlanishlarida ham

ko‘rishimiz mumkin [18.]. Xususan, “Sipohsolor Bakr Farg‘oniy” nomli maqolasida
mintaqadagi turk harbiylari nufuzi ortishi sabablari va Farg‘onada voliy sifatida faoliyat

olib borgan turkiy hojib Bakr

Farg‘oniy, uning otasi, bobosi faoliyati va davlat

boshqarishdagi ahamiyatlari ochib beriladi [20.].

Tadqiqotchining “V

-

X asrlarda Farg‘onadagi siyosiy, ijtimoiy –

iqtisodiy va madaniy

jarayonlar” mavzusidagi Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) i

lmiy darajasini olish

uchun yozilgan dissertatsiyasida Farg‘ona mulkining voliylari bo‘lgan Somoniylar А

hmad

ibn

А

sad,

А

bul

Аʼ

shas

А

sad ibn

А

hmad, Ishoq ibn

А

hmad, Muhammad ibn

А

sad, turkiy

hojiblardan Bakr Fargʼoniy va Аyachteginlarning vodiy bilan bog‘li

q faoliyatlariga oid

sanalarga aniqlik kiritilgan [19.]. Lekin bu tadqiqot ham ko‘plab manbalar asosida
yozilgan bo‘lsada, hudud jihatdan faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaralangan.

XULOSA

Umuman olganda, Rossiya imperiyasi, sovet davri, mustaqillik yillarida va xorijda

Somoniylar davlatchiligi tarixi, tarixshunoslik va manbashunoslik kabi masalalariga oid

bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Tarix fanining ayrim masalalariga bag‘ishlangan
turli tadqiqotlarda ham ayni mavzuga oid baʼz

i fikrlar bildirildi. Ularning tahlili bizga

mavzuni obʼektiv yoritishga imkon beradi. Lekin ayni mavzu yuzasidan aniq manbalar
asosida yaxlit bir tadqiqot olib borilmaganligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatib turibdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Абдуҳалимов Б. Байт Ал

-

Ҳикма ва Марказий Осиё олимларининг

Бағдоддаги илмий фаолияти. –

Тошкент, 2010. –

243б.

2.

Бартольд

B.

В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Соч. –

Москва:

Наука, 196

3

. Т.

I (1).

763с.

3.

Бартольд В.В. Арабское завоевание и Туркестан при Саманидах/ Соч. –

М.:

Наука, 1963. –

Т. II (1).


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Issue

5

6 (2024) / ISSN 2181-1415

227

4.

Бартольд В.В. К истории арабских завоеваний в Средней Азии/ Соч. –

М.:

Наука, 1964. –

Т. II (2).

5.

Бартольд В.В. Тюрки/ Соч. –

М.: Наука, 1968. –

Т. V.

6.

Гафуров Б.Г. Таджики: Древнейшая, древняя и средневековая история.

Кн

I.

Душанбе: Ирфон,1989. –

378с.

7.

Гафуров Б.Г. Таджики: Древнейшая, древняя и средневековая история.

Кн

II.

Душанбе: Ирфон,1989. –

386с.

8.

Голамреза

Э.X “Mеждународные связи государства саманидов (

IX-X

вв.)”

Диссертация на соискание ученой степени кандидата исторических наук

.

Душанбе

, 2015.

9.

Давидович Е.А. Ферганские Саманиды по нумизматическим данным // ЭВ.

Вып. Х

I.

М.–Л.,

1956, C. 14

26.

10.

Давидович. Е.А. Владетели Насрабада (по нумизматическим данным) //

Краткие сообщения ИИМК. Вып. 61. –

Москва., 1956

.

11.

Давидович Е.А. Монеты Ферганы как источник для характеристики

института феодальных пожалований за службу в Средней Азии в Х в. //

Письменные памятники Востока. Историко

-

филологические исследования. М.,

1969.

С.

110-141.

12.

Камолиддин Ш. Сведения «Китаб ал

-

ансаб» Сам’ани о Фергане // ОНУ.

№1. Ташкент, 1974.

C. 37-43.

13.

Камолиддин Ш. Саманиды из истории государственности Узбекистана IХ

-

Х вв. –

Saarbrucken: Lap Lambert Academic publishing, 2012.

14.

Камолиддин Ш.С. Из истории Средней Азии: Фа’ик ал

-

Хасса //

Исследования по истории Средней Азии. Эпоха арабских завоеваний и раннего
ислама. Saarbrucken: LAP, 2014. С. 19

-22.

15.

Неъматов Ҳ. Давлати Сомониён: точикон дар асрҳои IХ

-

Х. –

Душанбе:

Ирфон,

1989.

304 с

.

16.

Низомулмулк.

C

иёсатнома (Сияр ул

-

мулук). Тошкент: Янги аср авлоди,

2008.

240 б

.

17.

Тизунгаузен В.Г. О саманидских монетах. ТВОРАО, ч.

I.

СПб,

1855, C.1-238.

18.

Юлдашев С.Б. Фарғона водийси Сомонийлар давлати таркибида //

“Фарғона водийси янги тадқиқотларда” мавзусидаги учинчи республика илмий
анжумани. Фарғона, 2017. Б.115

19.

Юлдашев С.Б. “

V-

Х асрларда Фарғонадаги сиёсий, ижтимоий –

иқтисодий

ва маданий жараёнлар” мавзусидаги Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
илмий даражасини

олиш учун ёзилган диссертация автореферати.

20.

Юлдашев С.Б., Мелиқўзиев У. Сипоҳсолор Бакр Фарғоний // ФДУ: Илмий

хабарлар. 2018. –

№ 2. –

Б

. 46.

Библиографические ссылки

Абдуҳалимов Б. Байт Ал-Ҳикма ва Марказий Осиё олимларининг Бағдоддаги илмий фаолияти. – Тошкент, 2010. – 243б.

Бартольд B.В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Соч. – Москва: Наука, 1963. Т. I (1). – 763с.

Бартольд В.В. Арабское завоевание и Туркестан при Саманидах/ Соч. – М.: Наука, 1963. – Т. II (1).

Бартольд В.В. К истории арабских завоеваний в Средней Азии/ Соч. – М.: Наука, 1964. – Т. II (2).

Бартольд В.В. Тюрки/ Соч. – М.: Наука, 1968. – Т. V.

Гафуров Б.Г. Таджики: Древнейшая, древняя и средневековая история. Кн I. – Душанбе: Ирфон,1989. – 378с.

Гафуров Б.Г. Таджики: Древнейшая, древняя и средневековая история. Кн II. – Душанбе: Ирфон,1989. – 386с.

Голамреза Э.X “Mеждународные связи государства саманидов (IX-X вв.)” Диссертация на соискание ученой степени кандидата исторических наук. Душанбе, 2015.

Давидович Е.А. Ферганские Саманиды по нумизматическим данным // ЭВ. Вып. ХI. — М.–Л., 1956, C. 14–26.

Давидович. Е.А. Владетели Насрабада (по нумизматическим данным) // Краткие сообщения ИИМК. Вып. 61. – Москва., 1956.

Давидович Е.А. Монеты Ферганы как источник для характеристики института феодальных пожалований за службу в Средней Азии в Х в. // Письменные памятники Востока. Историко-филологические исследования. М., 1969. С. 110-141.

Камолиддин Ш. Сведения «Китаб ал-ансаб» Сам’ани о Фергане // ОНУ. №1. Ташкент, 1974. C. 37-43.

Камолиддин Ш. Саманиды из истории государственности Узбекистана IХ-Х вв. – Saarbrucken: Lap Lambert Academic publishing, 2012.

Камолиддин Ш.С. Из истории Средней Азии: Фа’ик ал-Хасса // Исследования по истории Средней Азии. Эпоха арабских завоеваний и раннего ислама. Saarbrucken: LAP, 2014. С. 19-22.

Неъматов Ҳ. Давлати Сомониён: точикон дар асрҳои IХ-Х. – Душанбе: Ирфон, 1989. – 304 с.

Низомулмулк. Cиёсатнома (Сияр ул-мулук). Тошкент: Янги аср авлоди, 2008. – 240 б.

Тизунгаузен В.Г. О саманидских монетах. ТВОРАО, ч. I. – СПб, 1855, C.1-238.

Юлдашев С.Б. Фарғона водийси Сомонийлар давлати таркибида // “Фарғона водийси янги тадқиқотларда” мавзусидаги учинчи республика илмий анжумани. Фарғона, 2017. Б.115

Юлдашев С.Б. “V-Х асрларда Фарғонадаги сиёсий, ижтимоий – иқтисодий ва маданий жараёнлар” мавзусидаги Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати.

Юлдашев С.Б., Мелиқўзиев У. Сипоҳсолор Бакр Фарғоний // ФДУ: Илмий хабарлар. 2018. – № 2. – Б. 46.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)