Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Types of tourism and their significance
Nigora SHADIEVA
1
, Durdona IBOTOVA
2
, Sevara RAKHIMOVA
3
Bukhara State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 15 December 2024
Available online
25 January 2025
The article examines various types of tourism and draws the
necessary conclusions regarding their significance. It also
provides recommendations for further developing tourism
throughout Uzbekistan.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
ecotourism,
exotic park,
camping,
adventure tourism,
snowboard.
Turizm turlari va ularning ahamiyati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
ekoturizm,
ekzotik park,
kamping,
sarguzasht turizmi,
snovbord.
Mazkur maqolada turizm turlarini oʻrganilgan va ularning
ahamiyati yuzasidan kerakli xulosalar berilgan. Shuningdek,
Oʻzbekiston hududida turizmni rivojlantirish yoʻllarini ishlab
chiqish boʻyicha tavsiyalar koʻrsatib oʻtilgan.
Виды туризма и их значение
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
экотуризм,
экзотический парк,
кемпинг,
приключенческий туризм,
сноуборд.
В данной статье изучены виды туризма и представлены
необходимые выводы об их значении. Также даны
рекомендации по разработке путей развития туризма на
территории Узбекистана.
1
Associate Professor, Department of Geography, Bukhara State Pedagogical Institute.
2
Student, Bukhara State Pedagogical Institute.
3
Student, Bukhara State Pedagogical Institute.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
383
Inson hayoti
davomida turli mashaqqatlarni boshidan oʻtkazadi, toʻsiqlarga
uchraydi.
Insonning ham ruhan, ham jismonan sog‘ligʻini saqlash uchun rekreatsion
resurslarning oʻrni beqiyos. Inson salomatligini tiklashga qaratilgan eʼtibor, hayot
tarzining yaxshilanishi, r
ekreatsiyaga boʻlgan talabning ortishiga sabab boʻldi. Insonlar
dunyoqarashini kengaytirish, mamlakatning tarixini, madaniyatini dunyoga tanitish
borasida turizmning oʻrni juda katta. Qaysiki davlatda turizm yaxshi yoʻlga qoʻyilgan
boʻlsa, turistlar oqimi koʻp boʻlsa, bu davlatning iqtisodiyoti rivojlangan hisoblanadi.
Madrid xalq maqolida aytilishicha “Hech kim sayohatchi boʻlmasdan oldin, haqiqiy
inson hayotini bilmaydi”. Darhaqiqat, sayohat qilgan insonning dunyoqarashi, maʼnaviy
olami kengayadi, madaniyati, xulq-
atvori oʻzgaradi. Shu sababli hozirgi kunda turizmga juda
katta eʼtibor berildi. Tabiati xushmanzara hududlarda innovatsion gʻoyalar, zamonaviy
dizayn asosida turizm zonalarini barpo etish koʻplab mamlakatlarda kuzatilyapti. Turizmga
beriladigan
eʼtibor natijasida bir qancha turizm turlari paydo boʻldi.
Turizm turlari va ularning mazmun-mohiyati:
Sarguzasht turizmi
–
sayohatchilar kutilmagan hodisalarga duch kelishlari, mazkur
hududni kuzatishlari mumkin. Bunda turist jismoniy va maʼnaviy jihatdan rivojlanadi.
Asosan bu turizm turi iqlimi mo‘tadil, tabiati xushmanzara hududlarda amalga oshiriladi.
Sarguzasht turizmini
ng baʼzi yoʻnalishlari, masalan: yurish, togʻ velosipedi, snowbord,
changʻi kabi koʻrinishlari boʻlishi mumkin. Qisman sport turizmini ham oʻz ichiga oladi.
Aynan bu turizm turi Rossiya, Germaniya, AQSh, Fransiya hududlarida tashkil etilgan.
Agroturizm
–
ferma yoki dalaga qilinadigan tashriflar asosida yuzaga keladi.
Sayohatchilar asosan quyidagi ishlar bilan mashgʻul boʻlishadi:
–
ov qilish;
–
makkajoʻxori labirintlarida sayr
;
–
meva terish;
–
hayvonlarni boqish;
–
otda sayr qilish;
TURIZM
TURLARI
Sarguzasht
turizmi
Tibbiy
turizm
Madaniy
turizm
Agro
turizm
Diniy
turizm
Sport
turizm
Eko turizm
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
384
–
hosilni yigʻishda is
htirok etish.
Agroturizm rivojlangan mamlakatlarga: Ruminiya, Italiya, AQSh, Hindiston,
Shimoliy Gʻarbiy Angliya kiradi.
Diniy turizm
–
muqaddas joylarni, diniy markazlarni sayyohlar tomonidan ziyorat
qilinishi. Hozirgi kunda diniy turizmning rivojlangan koʻrinishi musulmonlarning haj va
umra ziyoratlariga tashrifi hisoblanadi. Haj ziyorati Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga
katta foyda ke
ltirmoqda. Oʻzbekiston hududida ham Islom dunyosining eng qimmatbaho
Qurʼoni karim namunalaridan biri –
Xalifa Usmon Qurʼon kitobi saqlanuvchi Hazrati
Imom majmuasi, hadislarni sahih va nosahihga ajratgan buyuk hadisshunos Imom al
–
Buxoriy maqbarasi, Naqshbandiya izdoshlari qabrlari va diniy markazlar ham mavjud.
Musulmon sayyohlarning Buxorodagi qadamjolari orasida yetti pir ziyoratgohiga boʻlgan
yuqori sanaladi.
Ekoturizm
–
inson taʼsiriga uchramagan, tabiatning ekologik jihatdan toza,
xushmanzara hududlariga tashrif buyurish. Bu turizm turi 20
–
30 yil oldin vujudga
kelgan. Turizmning mazkur turi Laos, Keniya, Tanzaniya, Nepal, Avstraliya, AQSh
mamlakatlarida keng tarqalgan. Oʻzbekiston hududida bu turizm turi mamlakat
ichkarisida yaxshi rivojlangan. Choʻl
hududlarida istiqomat qiluvchi aholining koʻp qismi
bahorning aprel
–
may oylaridan yozning oxirigacha togʻli va togʻoldi hududlariga
dam
olish uchun borishadi. Ekologik turizm uchun Ugom
–
Chotqol milliy bogʻi, Nurota
togʻlari, Aydarkoʻl tabiati juda mos
hisoblanadi.
Sport turizmi
–
sportni xush koʻruvchilar uchun tashkil etilgan manzillarga tashrif
buyurish. Oʻzbekiston hududida sport ixlosmandlari uchun Chimyon, Bildirsoy, Amirsoy,
Yangiobod ayni muddao.
Madaniy turizm
–
mamlakatning madaniyati, tarixi, ayniqsa, turmush tarzini
oʻrganish uchun amalga oshiriladi. Maʼlumki, Oʻzbekiston hududida
7000 dan ziyod
madaniy meros obyektlari mavjud. Ularning koʻpchiligi YUNESKOning butunjahon merosi
roʻyxatiga kiritilgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz shah
arlari aynan tarixiy va
madaniy markazlardan hisoblanadi. Oʻzbek millati anʼanalari, madaniyati, urf
- odatlarini
dunyoga tatbiq qilish madaniy turizm rivojlanishiga sabab boʻladi.
Bizga maʼlumki, Oʻzbekiston hududida sarguzasht turizmi togʻli hududlarning
qorli
zonalarida tashkillashtirilgan. Turizmni noanʼanaviy tarzda ham rivojlantirish mumkin.
Oʻzbekistonning Mirzachoʻl, Jom, Qarshi, Qarnob, Malik, Qizilqum choʻl hududlarida yozda
harorat issiq boʻlib, sarguzasht izlovchilar uchun aynan mos iqlim shakll
anadi. Ushbu
hududlarda qiziqarli zonalarni tashkil qilish mumkin. Insonlardan uzoqda haqiqiy,
kutilmagan sarguzashtlarni boshdan kechirish turistlar uchun ham qiziq, albatta. Bu
“choʻl sarguzasht zonasi”ning qurilishi
Oʻzbekiston turizmining rivojlanishig
a yordam
berishi, turizm halqalari yanada kengayib, turistlar oqimini koʻpaytirishga erishish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston hududida turizmni rivojlantirish uchun koʻplab
yoʻnalishlarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Turizmning rivojlani
shi davlat uchun
ham aholi uchun ham juda katta foyda hisoblanadi. Turizmning faqatgina bir turini emas,
turli jabhalarini rivojlantirish, turistlar oqimi kengayishiga sabab boʻladi. Oʻzbekiston
qulay iqlimga, tarixiy me’morchilik inshootlariga hamda xilma
- xil urf-odatlariga boy
zamin sanaladi.
Ona yurtimizni dunyoga tanitishda turizmning oʻrni beqiyos albatta.
Aynan “Sarguzasht turizmi” ning yoʻlga qoʻyilishi ham turizmni rivojlanishi uchun yangi
pillapoya boʻlsa ajab emas.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
6 (2024) / ISSN 2181-1415
385
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO
‘
YXATI:
1.
П.В. Большаник, Н.Ш. Шадыева “Рекреационные ресурсы и туристские
объекты Бухарской области”
–
Омск 2023 г.
2. M.A. Mirzayev, M.T. Aliyeva
“
Turizm asoslari
”
–
Toshkent 2021yil.
3. I.S. Tuxliyev, R. Hayitboev, B.Sh. Safarov, G.R. Tursunova
“
Turizm asoslari
”
–
Toshkent 2014 yil
4.
M.R. Usmonov “Turizm geografiyasi”
–
Samarqand 2020 yil.
