Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Methodological analysis of teaching the history of
Uzbekistan during the Soviet colonial period
Dilafruz GANIJONOVA
1
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
The article examines the state of historical scholarship and
the level of its study in Uzbekistan during the Soviet era.
Particular attention is devoted to the one-sided policies of that
period and their consequences for the development of historical
research in Uzbekistan.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Soviet power,
history,
Communist Party,
one-sided policy,
class struggle,
national liberation
movement,
book printing.
Sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston tarixi fanini
o‘qitishning metodologik tahlili
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
sovet hokimiyati,
tarix fani,
kommunistik partiya,
bir yoqlama siyosat,
sinfiy kurash,
milliy ozodlik harakatlari,
bosmachilik.
Mazkur maqolada sovetlar hukmronligi ostida bo‘lgan
davrda O‘zbekistonda tarix fanining holati va o‘rganilish
darajasi yoritib berilgan. Suningdek, muallif tomonidan
O‘zbekiston tarixi faniga nisbatan olib borilgan bir yoqlama
siyosat va uning oqibatlari atroflicha o‘rganilgan.
1
Doctoral Student, Andijan State Pedagogical Institute. E-mail: ganijonovadilafruz@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
92
Методологический анализ преподавания истории
Узбекистана в советский колониальный период
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Советская власть,
история,
коммунистическая партия,
односторонняя политика,
классовая борьба,
национально
-
освободительное
движение,
книгопечатание.
В статье рассматривается состояние исторической
науки и уровень её изучения в Узбекистане в период
советской
власти.
Особое
внимание
уделено
односторонней политике того времени и её последствиям
для развития исторической науки в Узбекистане.
Ta’lim tizimining barcha
bosqichlarida ijtimoiy fanlarni qay tarzda taqsimlash,
o‘qitish va amaliyot integratsiyasini tashkil etishga qaratilgan maxsus konsepsiya ishlab
chiqish zarur ehtiyojga aylanib bormoqda. Yangi O
‘
zbekistonning asosiy strategiyalaridan
biri sifatida
“
Uzluksiz ta
’
lim tizimida ijtimoiy fanlarni o
‘
qitish tartibi va tamoyillari
to
‘
g
‘
risida
”
Qonun ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish ehtiyoji ham mavjudligi
ta
’
kidlab o
‘
tildi. Bu yo
‘
nalishda Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan
“2022–
2030-yillarda
O
‘
zbekiston Respublikasining uzluksiz ta
’
lim va tarbiya sohasini gumanitarlashtirish
strategiyasi
”
yaratilishi va amalga oshirilishi tavsiya etildi.
Yangi O
‘
zbekistonning 2022
–
2026-yillarga mo
‘
ljallangan taraqqiyot strategiyasi
loyihasining
“
Ma
’
naviy taraqqiyotni ta
’
minlash, ushbu sohani tubdan isloh qilish va yangi
bosqichga olib chiqish
”
yo
‘
nalishida
“
O
‘
zbekiston tarixini o
‘
rganish va targ
‘
ib qilishni
rivojlantirish
”
vazifasi belgilangan. Bu tarix ta
’
limida ham integratsion sifatni ta
’
minlash,
bo
‘
lajak pedagog-kadrlar kasbiy kompetentligini yanada rivojlantirish masalalariga jiddiy
e
’
tibor qaratish lozimligini ko
‘
rsatadi. Ta
’
lim tizimidagi innovatsion va tajriba
faoliyatning ustuvor yo
‘
nalishlaridan biri ilmiy uslubiy va ijtimoiy-pedagogik
umumiylikni yaratish orqali umumiy o
‘
rta ta
’
lim maktablarining o
‘
qituvchi va
o
‘
quvchilarini rivojlantirish uchun yangi yo
‘
nalish va yangi mexanizmlarni ishlab chiqish
deb hisoblash mumkin bo
‘
ladi. Ushbu vazifalar Oliy ta
’
lim muassasalarida innovatsion
yondashuv asosida o
‘
tkaziladigan hamkorlikdagi amaliy faoliyat mexanizmlarini
tanlashda ko
‘
rsatma bo
‘
lib xizmat qiladi.
Oktyabr to
‘
ntarishi amalga oshishi bilan Sovet tuzumining mohiyatidan kelib
chiqqan holda unga mos bo
‘
lgan ilmiy tadqiqotlar tashkil etishning shakl va usullari
metodologiyasini ishlab chiqish ilgari surildi. Kommunistik partiya asosiy e
’
tiborni
partiya tarixi yo
‘
nalishiga qaratdi. Tarixiy izlanish maktablari yo
‘
q qilindi. Tarix fanini
jadallik bilan
siyosiylashtirish va g‘oyalashtirish jarayoni yuz berdi. Metodikada sinfiylik
bir xillik tamoyili yuzaga kelib tarixni sinfni o‘zi yaratadi degan qoida qaror topdi.
Sobiq sovetlar tuzumi davrida Ijtimoiy fanlarga, shu jumladan, tarixshunoslikka e’tibor va
munosabat bolshevistik tuzum talabi va manfaatlari nuqtai nazaridan qarab kelindi.
Lekin shunga qaramasdan zamonaviy ilmiy tarixshunoslik shakllandi va rivoj topdi. Bu
davrda bir qancha milliy tarixchilar yetishib chiqdi. 1918-yilda Toshkentda Turkiston
Sharq instituti ochildi. Bu ilmgoh 1924-
yilda O‘rta Osiyo universitetiga birlashtirildi.
1927-
yilda Samarqandda Oliy pedagogika instituti ochildi. Bu oliy o‘quv yurtlarida
ko‘plab qo‘lyozma kitoblar vaqfnomalar va vasiqalar yig‘ilib, ilmiy tadqiq etildi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
93
V. Bartold, V.
Vyatkin va Zimin kabi sharqshunos va o‘lkashunos olimlar o‘rta asrlar
tarixini hamda turli xildagi qadriyatlarni o‘rgandilar. Ammo mahalliy tarixshunoslikning
shakllanishi va uning rivoji B. Soliyev, M. Saidjonov, S. Ayniy, A. Fitrat, T. Risqulov,
F.
Xo‘jayevlarning nomi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda 1932
-yilda Fanlar Komitetining
tuzilishi tarixshunoslik rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. 1940
-yilda Fanlar Komiteti
ittifoqining O‘zbekiston filialiga aylantirilib, uning qoshida Til adabiyot va ta
rix instituti
ochildi.
1940-
yilda O‘rta Osiyo davlat universitetida O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi
ochildi. O‘zbekistonda tarixshunoslikning taraqqiyotida Moskva va Leningrad olimlari –
K.V. Trever, A.Y. Yakubovskiy, M. Nechkina, M. Drujinin, S. Tolst
ovlar bilan bo‘lgan
hamkorlik ijobiy natijalar berdi. Bu davrda O‘zbekiston xalqlari tarixining davrlanish
masalasi ishlab chiqilib eng qadimgi, shuningdek, o‘rta asrlarda ijtimoiy
-iqtisodiy va
madaniy hayotda sodir bo‘lgan tadrijiy o‘zgarishlar yozma manb
alar hamda moddiy
yodgorliklar asosida o‘rganildi va ilmiy tadqiq etildi. Natijada 1947–
1950-yillarda ilk bor
O‘zbekiston xalqlari tarixining ikki jildi yaratildi. Uni nashrga tayyorlashda Y.
G‘ulomov,
R. Nabiyev, V. Zohidov va boshqa olimlar ishtirok etishdi. Keyinchalik tarix va arxeologiya
instituti tarixiy tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy markazga aylandi.
Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurash voqealari shu
mustabid hukumat hukmronligi sharoitida o‘zining xolisona haqiqiy ilmiy talqinini
ololmasligi muqarrar edi. Chunki bu kurash sovet hokimiyatining Turkistondagi
hukmronligi va zulmiga qarshi qaratilgan edi. Uning sabablarining xolisona e’tirof etilishi
sovet hokimiyatining mustamlakachilik mohiyatini fosh etardi. Ushbu kurashning
umumxal
q xarakteri Turkiston xalqlarining sovet hokimiyati va uning g‘oyalarini tan
olmaganidan dalolat bergan. Kurashning shiddati, ommaviy qariyb 5-6 yil davomida
yengilmay olib borilgani Turkiston xalqlarining shijoati milliy g‘urur va mustaqillik istagi
naqad
ar kuchli ekanligini namoyon etib sovet hokimiyati va uning g‘oyalarini tan
olmaganidan dalolat berar edi. Sovet hokimiyatining kuch va zo‘rlik bilan o‘rnatilganligini
fosh etardi. Bu kurash haqidagi haqqoniy tasavvurlar xalqda milliy g‘urur, o‘z kuchiga
i
shonch, ajdodlarga hurmat, sovet davlatiga esa nafrat uyg‘otishi shubhasiz.
Shu sabablar tufayli sovet hokimiyati bu kurash mohiyatini u haqidagi haqiqatni
haqqoniy tasavvurlar va xotiralarni xalq ongidan o‘chirib yuborish uni qoralash noto‘g‘ri
talqin etish, soxtalashtirish va bu soxta tarixni avlodlar ongiga singdirish maqsadida juda
katta tashkiliy targ‘ibot
-tashviqot ishlarini olib bordi.
Sovet adabiyotlari ijtimoiy siyosiy hayot voqeligi, mafkuraviy sohada olib borilgan
faoliyat tahlilining ko‘rsatishicha, bunga zo‘ravonlik, tahdid, tazyiq va ta’qiblar
asosidagina erishilgan. Bu muammoga doir sovet tarixshunosligi quyidagi bosqichlarni
bosib o‘tgan. 1920
-
yillar sovet hokimiyatiga qarshi kurashlarning tarixiy talqini yo‘lidagi
ilk tajribalar haqqoniy va soxta qarashlarning shakllanishi.
2-bosqich 1930
–
1950-yillar ikkinchi yarmi
–
bolshevikcha konsepsiya asoslarining
yaratilishi va majburiy qaror toptirilishi.
3-bosqich 1950
–1980 yillarning o‘rtalari –
bolshevikcha lenincha konsepsiyaga
soxta tarixning y
aratilishi. Uning yanada sinfiylashtirilib ommalashtirilishi. G‘oyaviy
kurash maydoniga aylantirilishi.
4-bosqich 1980-yillar oxiri 1990-yillarda soxta tarixning fosh etilishi. Haqiqatning
ilk sadolari.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
94
Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi olib borilgan kurash sabablari va mohiyati
zamondoshlar tomonidan qanday baholangani haqida qayd etilgan aniq ma’lumotlar, bu
voqealar haqida dastlabki yillarda mutlaqo haqqoniy ijtimoiy qarashlar shakllanganidan
dalolat beradi. Bunday sharoitda sovet hokimiyat
i va hukmron mafkura ko‘zlagan
maqsadiga, ya’ni haqiqatni soxtalashtirib uning o‘z manfaatlariga moslashtirilgan soxta
talqinini yaratishga erisha olmasligi shubhasiz edi.
Shu tufayli bu kurashlar haqidagi haqqoniy axborotlar, mulohaza va tasavvurlarga
ba
rham berish, ularni oshkor etishga yo‘l qo‘ymaslik choralari belgilandi.
1921
–
1922-yillardan boshlab matbuotda bosmachilik rukni ostida maqolalar chop etildi.
Hukmron tomon manfaatlariga moslashtirilgan real ahvolni noto‘g‘ri baholagan, uning asl
mohiyati buzilgan. Bu xabar va sharhlarda bosmachilar sinfiy dushman qizil armiya
mehnatkashlar xaloskori degan soxta tasavvurlar targ‘ib etildi. Ya’ni sovet hokimiyati
zo‘ravonligiga qarshi mahalliy xalqning adolatli kurashi bosmachilik harakati degan
tuh
mat tamg‘asi ostida qoralanib, bu hodisa haqida jamoatchilik orasida salbiy
tasavvurlar aniqrog‘i soxta ijtimoiy qarashlarni yuzaga keltirish, uni mustahkam qaror
toptirishga kirishildi va bu davlat tashkiliy targ‘ibot ishlari olib borildi. Qizil armiya
si
yosiy targ‘ibot bo‘limlari, maorif, matbuot minglab kommunistlar faoliyati shu vazifaga
bo‘ysundirildi. Katta mablag‘lar sarf etildi Sovet hokimiyati qo‘lida sinfiy kurash ta’limoti
asosiy g‘oyaviy qurol bo‘lib xizmat qildi.
1950-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Turkiston xalqlarining mustabid sovet
hukumatiga qarshi olib borgan kurashlarini bosmachilik fuqarolar urushi sifatida
ta’riflagan sovet tarixshunosligida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda eng avvalo
muammo talqinida stalincha mezonlardan voz kechildi. Bu masala KPSS XX syezdi kun
tartibidan joy oldi.
Sovet adabiyotlarida sovet hokimiyatining Turkistondagi milliy ozodlik uchun
kurash frontiga qarshi qo‘llagan chora tadbirlari razil faoliyati mutlaqo oqlandi, qizil
bo‘yoqlarda ko‘rsatildi, sinf
iy kurash sifatida yoritildi. Mustabid hukumatning bu
boradagi siyosati, qo‘llagan keskin chora tadbirlari eng yirik harbiy to‘qnashuvlar, sovet
davlatining o‘lkadagi milliy siyosati bir yoqlama –
mustamlakachilar nuqtai-nazaridan
talqin etildi. Ularda rea
l ahvol o‘z aksini topa olmadi.
Bundan keyingi tadqiqotlarni yaratishda markaz nazoratini ta’minlash, g‘oyaviy
chetga chiqishlarga yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor berildi. Buni ta’minlashda SSSR
FAning Ulug‘ oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi muammosi
bo‘yicha tuzilgan ilmiy
kengash qoshida 1962-
yilda tashkil etilgan. O‘rta Osiyo ilmiy kengashi katta rolo‘ynadi.
1917
–
1920-yillardagi voqealar tarixining muhim masalalarini ishlab chiqishda
O‘rta Osiyo olimlariga yordam berish, ularga yo‘llanma va ko‘rsa
tma berib boshqarib
turish, ushbu bo‘limning muhim vazifalaridan biri.
Ilmiy kengash O‘rta Osiyo bo‘limning bevosita rahbarligida ikki jilddan iborat
hujjatlar to‘plami tayyorlashdi. 1158 ta hujjat jamlangan bu to‘plamda rasmiy harbiy
buyruqlar, yozishma,
ko‘rsatma axborotlar joy olgan bo‘lib, ular sovet hukumatining
tashkiliy faoliyatini butunlay oqlab ko‘rsatishga qaratilgan. Markaz olimlari tomonidan
yaratilgan barcha asarlarda sovet hokimiyatining 1918
–
1924-yillardagi faoliyati
ideallashtirildi, uning
juda katta yo‘qotishlari, zo‘ravonlik, zo‘riqish hisobiga amalga
oshirgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
95
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari/ Nashrga
tayyorlovchilar: M. Bekmurodov, Q. Quronboyev, L. Tangiyev.
–
To
shkent: Gʻafur Gʻulom
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017.
–
B. 70-72.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqiyot yoʻlimizni qatʼiyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga koʻtaramiz. I jild. –
Toshkent: Oʻzbekiston, NMIU, 2017.
3.
D.Ziyayeva Turkiston milliy ozodlik kurashi harakati, T. 2000.
4.
Ziyo Validiy Tugon, Xotiralar, T.1997.
5.
O‘zbekiston tarixi, T. O‘qituvchi. 1994.
6.
Q.Rajabov, Xo‘jayev va milliy istiqlol harakati, T.1997.
7.
O‘zbekiston tarixi (qisqacha ma’lumotnoma) T. Sharq, 2000.
8.
Клубные учреждения//Большая советская энциклопедия:[в 30 т.]/ гл.
ред.А. М. Прохоров.–
3-
е изд.–М.: Советская энциклопедия, 1969–
1978.
9.
O‘zbekiston SSR tarixi, II tom. Toshkent, 1971.
10.
Arxiv.uz.
