Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Practice of resolving disputes arising from relationships
involving consumers
Rakhmatilla DEKHKANOV
1
Center for Advanced Training of Lawyers under the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received October 2024
Received in revised form
15 November 2024
Accepted 25 November 2024
Available online
25 December 2024
This scientific article contains a theoretical and practical
analysis of conflict resolution methods in consumer relations.
Also, proposals are developed by analyzing the importance of
alternative methods of conflict resolution, international practice
and problems in current national legislation.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
consumer courts,
small claims courts,
arbitration courts,
authorized commission or
council,
ombudsman model.
Iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib
chiqadigan nizolarni hal qilish amaliyoti
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
iste’molchilar sudlar,
kichik da’voli sudlar,
arbitraj sudlari,
vakolatli komissiya yoki
kengash,
ombudsman modeli.
Ushbu
ilmiy
maqolada
iste’molchi
ishtirokidagi
munosabatlarda nizolarni hal qilish usullarining nazariy va
amaliy tahlilini oʻz
ichiga olgan. Shuningdek, nizolarni hal qilish
muqobil usullarining ahamiyati, xalqaro tajriba va hozirgi
kundagi milliy qonunchilikda muammolarni tahlil qilish orqali
takliflar ishlab chiqilgan.
1
Senior Lecturer, Center for Advanced Training of Lawyers under the Ministry of Justice of the Republic of
Uzbekistan. E-mail: romdehqanov@gmail.com
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
67
Практика разрешения споров, возникающих из
отношений с потребителями
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
потребительские суды,
суды мелких тяжб,
арбитражные суды,
уполномоченная комиссия
или совет,
модель омбудсмена.
Данная научная статья содержит теоретический и
практический анализ методов разрешения конфликтов в
потребительских отношениях. Также разрабатываются
предложения путем анализа значимости альтернативных
методов
разрешения
конфликтов,
международной
практики и проблем действующего национального
законодательства.
Darhaqiqat, ishlab chiqarish jarayonlari va elektron tijoratning tobora
ommaviylashuvi, xorijiy mahsulot va xizmatlar uchun nafaqat ichki, balki tashqi
bozorlarning ochilishi, transport imkoniyatlarining rivojlanishi, telekommunikatsiya va
xalqaro turizmning o‘sishi kabi sabablar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
dolzarbligini oshirmoqda. Transchegaraviy savdoni rivojlantirishning albatta asosiy
vositasi xavfsiz, shaffof yo
‘
llar orqali xalqaro miqyosda harakat qiladigan iste
’
molchilarni
himoya qiladigan standartlarni o
‘
rnatish hisoblanadi. Bizga ma
’
lumki, iste
’
molchi hozirgi
bozor iqtisodiyotda zaif tomon bo
‘
lganligi sababli uning huquqlarini yetarli va samarali
himoya qilish talab etiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining
“
Iste
’
molchilarning
huquqlarini himoya qilish bo
‘
yicha ko
‘
rsatmalari
”
da korxonalar iste
’
molchilarga keraksiz
xarajatlar va yuklarsiz tez, adolatli, shaffof, arzon, qulay, tezkor va samarali, nizolarni hal
qilishni ta
’
minlaydigan shikoyatlarni ko
‘
rib chiqa oladigan mexanizmlarini yaratishi
kerakligini ta
’
kidlaydi [1]. Shuni ta
’
kidlash kerakki, iste
’
molchi huquqiy munosabatda
kirishganda vujudga kelgan yoki vujudga kelishi mumkin bo
‘
lgan nizolarini samarali,
qulay va kam xarajat orqali hal qilishni xohlaydi. Shu munosabat bilan iste
’
molchilar
ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish usuli sifatida
quyidagilarni amalda ko
‘
rishimiz mumkin.
Iste
’
molchi ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish
usullaridan biri sifati alohida iste
’
molchilar sudlari tashkil qilish hisoblanadi. Ushbu
amaliyotni Avstraliya, Braziliya, Isroil va Turkiya kabi davlatlar misolida ko
‘
rishimiz
mumkin. Avstraliya, Braziliya, Isroil va Turkiya davlatlarida iste
’
molchining o
‘
z
huquqlarini himoya qilishga kirishining kafolatlash vositasi sifatida maxsus yoki
ixtisoslashtirilgan sudlar yaratilgan va bu sudlar muayyan tartib asosida ishlaydi. Misol
uchun, Avstraliyada 1973-yilda tashkil qilingan kichik da
’
volar bo
‘
yicha tribunal sudlari
tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berish bilan bog
‘
liq kichik da
’
volar bo
‘
yicha sud
ishlarini, agar ikkala tomon vakillik qilishga rozi bo
‘
lmasa, advokat ishtirokisiz amalga
oshiriladigan protsedura bo
‘
yicha qaror qabul qiladi. Lotin Amerikasi davlatlarining biri
Braziliyada 1984-yildan beri kichik da
’
volar bo
‘
yicha ixtisoslashtirilgan sudlar tashkil
etilgan va bu sudlar bepul asosida vakillik qilmasdan, shaxsning ish haqining kamida
yigirma baravarigacha bo
‘
lgan miqdorda ishlarni ko
‘
radi [2]. Ushbu sudlar Braziliyada
iste’molchilarga oid nizolarning 80 foizini ko‘rib chiqmoqda. Kichik da’volar bo‘yicha
sudlar Isroilda ham joriy qilingan va ular magistratura sudlari tarkibida kiritilgan.
Isroildagi kichik da’volar bo‘yicha sudlar mosla
shuvchan protsessual qoidalar yordamida
imkon qadar samarali tarzda ish yuritish huquqiga ega [
3]. Turkiyada iste’molchilar
ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ikki tomonlama tizim orqali hal
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
68
qilish mavjud. Birinchisi iste’molchi sudlari mavjud bo‘lib, ular oldida iste’molchi
2,446,03 Turkiya Lirasidan kam bo‘lgan har qanday da’vo arizasini ko‘rib chiqadi.
Ikkinchi usul esa, iste’molchining hakamlik sudlariga murojaat qilishi mumkinligidir
[4].
Afrika davlatlaridan Efiopiyada ham kichik
da’voli sudlar mavjud bo‘lib, ular ichki
davolarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli hisoblanadi, Efiopiyada ixtisoslashgan sudlarda
professional bo‘lmagan sudyalardan tashkil topgan va kichik da’volarni hal qiladi, biroq
bu sudlar transchegaraviy nizolar bo
‘yicha yurisdiksiyaga ega emas
[5]. Kanadaning
Kvabek provinsiyasida yuqoridagi davlatlarda bo‘lgani kabi kichik da’voli sudlar ham
mavjud, ammo ular ichki da’volar uchun ajratilgan
[6]. Norvegiya, Janubiy Afrika,
Shveytsariya va Urugvayda xalqaro iste’molchilar munosabatlariga tegishli bo‘lgan
soddalashtirilgan kichik da’volar bo‘yicha ish yuritish ham mavjud.
Iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal
qilishning ikkinchi usuli arbitraj sudlarida nizo hal qilish hisoblanadi. Bu usullar shuni
anglatadiki, nizolarni hal qilishning davlat sudiga yoki milliy hakamlik sudiga murojaat
qilishdan farq qiluvchi mexanizmdir. Ko‘pgina xorijiy davlat qonun hujjatlarida
iste’molchilar o‘rtasidagi nizolarni arbitraj orqali hal qilishga ruxsat beradi, ba’zilari
davlat qonunchiligi nizolarni hal qilish uchun maxsus mexanizmlarni ham ta’minlaydi.
Iste’molchi shartnomalarida arbitraj bandlarini mavjud bo‘lishi to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri
iste’molchilar nizolarini arbitraj orqali hal qilishga ruxsat ber
adi. Avstraliyada va
Belgiyada ikki xil yondashuv mavjud, ba’zi olimlar bu borada iste’molchilar ishtirokidagi
munosabatlar milliy sudlarga tegishli ekanligini ta’kidlasa, olimlarning boshqa toifasi
Avstraliyaning “Adolatli savdo to‘g‘risida”gi qonunining
32X-
moddasini iste’molchilarga
taalluqli masalalarda arbitrajni istisno qiladigan tarzda talqin qilish mumkin deb
ta’kidlashadi
[
7]. Xuddi shunday talqin Belgiyaning “Savdo amaliyoti to‘g‘risida”gi
qonunining 32-moddasida ham mavjud [8]. Norvegiya, Daniya va Kanadaning Ontario
provinsiyasida iste’molchi nizolarining hakamlik huquqiga faqat nizo yuzaga kelgandan
keyin arbitraj kelishilgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi. Bundan tashqari, Germaniyada
shartnomada bir bandi sifatida arbitraj kelishuvini o‘z ichiga olgan bo‘lishi yoki
arbitraj kelishuvini alohida shartnomada ham ko‘rsatilishi kerakligini belgilaydi
[9].
Iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni arbitraj orqali
hal qilinishi mumkin bo‘lgan davlatlarda ushbu masala bo‘yic
ha maxsus qoidalar qabul
qilingan. Iste’molchi arbitraji tijorat arbitraji masalalarida qo‘llaniladigan qoidalar bilan
bir xil qoidalarga bo‘ysunadi. Fransuz qonunchiligida davlat yurisdiksiyasida
iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlarda iste’molchini y
ashayotgan davlat sudlari
oldida ish yuritishga to‘sqinlik qiluvchi arbitraj bandi adolatsiz hisoblanadi va shuning
uchun iste’molchi uchun majburiy bo‘lmagan holda sanksiya qilinadi. Boshqa tomondan,
qachon munosabatlar xalqaro bo‘lsa, iste’molchining zaif pozitsiyasi qanday bo‘lishidan
qat’i nazar, iste’molchi shartnomasida tuzilgan arbitraj bandi haqiqiy hisoblanadi.
Germaniyada 2016-
yildan beri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus
arbitraj kengashlari mavjud bo‘lib, ularning ishi Fed
eral Adliya boshqarmasi tomonidan
muvofiqlashtiriladi. Ayni paytda ularning 27 tasi idora tarkibiga kiradi, ular hakamlik
kengashlarining qonuniy talablarga muvofiqligini dastlabki va doimiy tekshirish va har
to‘rt yilda bir marta Yevropa Ittifoqiga hisobotlar taqdim etishni o‘z ichiga oladi. Kehl
shahrida Umumjahon arbitraj komissiyasi mavjud bo‘lib, u iste’molchilar bilan tovar va
xizmatlar sotuvchilari, ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi har qanday nizolarni ko‘rib
chiqadi va 2020-
yildan boshlab u iste’molchilar bo‘yicha Federal Bosh arbitraj kengashi
maqomini olgan [10].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
69
Iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal
qilishning uchinchi usuli bu sud yoki arbitraj sudlaridan tashqari nizoni hal qiladigan
komissiya yoki kengash va shu kabi tuzilmalar tashkil etishdir. Misol uchun, Daniya
iste’molchilari muammolarini iste’molchilar shikoyatlari bo‘yicha kengashga,
Norvegiyada iste’molchilar nizolari bo‘yicha komissiyaga iste’molchilar murojaat
qilishlari mumkin, ular ikkala mamlakatda ham mustaqil jamoat tuzilmalari hisoblanadi.
Ushbu organga Daniyada 800 DKK (taxminan 105 yevro) va 100 000 DKK (taxminan
13
300 yevro) o‘rtasidagi da’volar bilan cheklangan. Gretsiyada har bir prefekturada
iste’molchilar uchun ochiq bo‘lgan nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish qo‘mitasi tashkil
etilgan. Fransiyada iste’molchi siyosatini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan agentlik
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning aksariyat xususiy ishlarida ma’muriy
qarorlar qabul qilish vakolatiga ega.
Litva Respublikasida iste’molchilar siyosatini
shakllantirish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha boshqa
davlat organlarining faoliyatini nazorat qilish Adliya vazirligi huzuridagi Iste’molchilar
huquqlarini himoya qilish davlat xizmati tomonidan amalga oshiriladi [11]. Kanadaning
Kvabek provinsiyasida juda keng vakolatlarga ega bo‘lgan iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish idorasi tashkil etilgan, u ayniqsa iste’molchilarning shikoyatlarini qabul
qiladi. Biroq Kvabekning iste
’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni
ushbu idoraning xalqaro iste’molchilar munosabatlaridagi roli haqida hech qanday qoida
ko‘rsatilmagan
[
12]. Belgiya Iqtisodiy huquq kodeksining XVI kitobi iste’molchi nizolarini
suddan tashqari hal qilish tartibini tartibga soladi. Belgiyaning Iqtisodiy huquq
kodeksining XVI. 5-
moddasiga asosan iste’molchilar bilan bog‘liq nizolarni suddan
tashqari hal etishni o‘z ichiga olgan mustaqil organ mavjud bo‘lib, uning asosiy vazifalari
iste’molchilar va ta
dbirkorlik subyektlarini ularning huquq va majburiyatlari, shu
jumladan iste’molchi nizolarini muqobil hal etish imkoniyatlari to‘g‘risida xabardor
qilish, shuningdek, nizolarni suddan tashqari hal etish bo‘yicha so‘rovlarni ko‘rib
chiqishdan iborat [13].
Iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal
qilishning to‘rtinchi usuli sifatida ombudsman modeli ham uchraydi. Bu model
Skandinaviya mamlakatlarida parlament tomonidan tayinlanadigan iste’molchilarning
ombudsmani mavjud bo‘lib, ular bozor sohasida raqobat va iste’molchilar huquqlarini
himoya qilish uchun mas’uldir. Polshada iste’molchilar siyosati uchun mas’ul raqobat va
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat organi bor, lekin buzilgan
iste’molchilar huquqlarini tiklash iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha
ombudsman faoliyati doirasida amalga oshiriladi [14].
O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida”gi 1996
-yil 26-apreldagi Qonunining 25-moddasi 11-kichik bandida
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari
iste’molchilar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni sudga qadar hal qilishn
i
tashkil etishga ko‘maklashishi belgilab o‘tilgan. Bu normada belgilangan qoidalarni
amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005
-yil
12-
oktyabrdagi “Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va uni ko‘rib chiqish tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 225
-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom qabul
qilingan. Ushbu nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi,
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
70
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi
Qonunlariga muvofiq raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama
to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi ishni O‘zbekiston Respublika
si
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning
hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslari
belgilangan. Yuqorida nomlari keltirilgan qonun hujjatlarini buzganlik ishi komissiya
tartibida ko‘rib chiqiladi. Ushbu nizomda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va
reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi haqidagi ish ariza tushgan yoki nazorat
funksiyalari amalga oshirilishi va o‘rganishlar natijalariga ko‘ra ish qo‘zg‘
atilgan paytdan
boshlab, bir oy muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan. Bizning nazarimizda bu muddat
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish uchun uzuq muddat hisoblanadi. Chunki
yuqorida ko‘rib chiqilgan xorijiy amaliyotda nizo qisqa vaqtda ko‘rib chiqi
lishi
belgilangan, bundan asosiy maqsad o‘ylashimizcha iste’molchi buzilgan huquqlarini qisqa
vaqt ichida tiklanishi va ular uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni o‘zlari uchun
kerakli vaqtda foydalanishi orqali jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlardagi faolligini
saqlashdir. Shu bilan birga, bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi kabi holat
mavjud bo‘lishi mumkinligi iste’molchilar tomonidan murojaatni nafaqat komissiyaga,
balki sudga murojaat qilish ular uchun qulayroq hisoblanadi, bu o‘z navbat
ida bu nizomni
ishlamasligi va samarasiz bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu muddatlar o‘z navbatida
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolariga nisbatan uzoq
hisoblanadi, shuning uchun ular tomonidan bu kabi komissiyaga murojaat qilishdan
manfaat mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, ushbu nizomda ishlar o‘zbek tilida, qoraqalpoq
tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yuritilishi, ish
yuritiladigan tilni bilmaydigan qatnashuvchilar o‘z hisobidan tarjimon yollas
hga haqli
ekanligi belgilangan, ammo bu qoida o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha
bo‘lib turgan chet el fuqarolariga qo‘shimcha mablag‘ sarflashni talab qilganligi bois, chet
el fuqarolari tomonidan murojaat qilish ahamiyatini yo‘qotadi. Bun
dan tashqari,
komissiyaning qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan o‘ziga
nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga ko‘rsatma berishi va bu ko‘rsatmani bajarish
uchun bir oy muddat berilishi, ko‘rsatmani bajarish muddatini uzaytirish to‘g‘risida
iltimosnoma berilganda ko‘rsatmani bajarish muddati ko‘pi bilan uch oygacha
uzaytirilishi mumkinligi belgilangan. Bu ham o‘z navbatida bizning nazarimizda nizomni
iste’molchilar tomonidan faol tarzda murojaat qilishdan tiyilishiga sabab bo‘lishi
mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarni himoya qilish bo‘yicha
qonunlarimizda nizoni muqobil usulda hal qilish tartibi, usuli ham ko‘rsatib o‘tilmagan.
O‘zbekiston Respublikasining “iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi
Qonunida nizolar faqat milliy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilab o‘tilgan,
nizolarni muqobil usulda hal qilish ko‘rsatilmagan. Bu esa, o‘z navbatida ma’lum bir
muammolarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, iste’molchilarning transchegaraviy
munosabatlari zaiflashadi, bu iste’molchilarning sifatli, shuningdek zamon talablariga
mos mahsulot xizmatlardan foydalana olmasligiga olib keladi. Ikkinchidan,
iste’molchilarning transchegaraviy munosabatlardagi ishtiroki kamayishiga olib keladi.
Uchinchi
dan, davlatlar o‘rtasidagi munosabat va davlat turizmi ham o‘z navbatida
rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
12 (2024) / ISSN 2181-1415
71
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, biz tomonimizdan quyidagilarni taklif qilinadi:
Iste’molchilar ishtirokidagi munosabatlardan kelib chiqad
igan nizolarni hal qilish
mexanizmi sifatida milliy sudlardan tashqari nizolarni hal qilish muqobil usullariga
ruxsat berish. Bu esa iste’molchining shartnoma tarifi sifatidagi mustaqilligi ta’minlangan
hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkam
asining 2005-yil 12-oktyabrdagi
“Raqobat, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va uni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi 225
-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan
protsessual qoidalarni iste’molchi uchun qulay va nizoni tez hal qilish imkoniyatini
beradigan shaklda qaytda ishlab chiqish, shuningdek, vakolatli organ tomonidan nizoni
ko‘rib chiqish muddatlarini 10 kun muddat etib belgilash
ko‘rsatmani ijro etish masalasi
bo‘yicha ham muddatni 20 kun etib belgilash va bu muddatlarni uzaytirishga yo‘l
qo‘ymaslik, bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el
fuqarolariga ham murojaat qilish imkoniyatini yaratish maqsadida tarjimon xizmati
uchun to‘lov vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi kabi qoidalarga o‘zgartirilishi
nizomning samarali ishlashiga va bu bilan iste’molchilarning sudga murojaat qilish hajmi
kamaytirilishiga olib kelishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
United Nations Conference On Trade And Development, United Nations
Guidelines For Consumer Protection New York and Geneva, 2016
–
UNCTAD/DITC/CPLP/MISC/2016/1
2.
3.4.5.9. consumer protection in international private relations General report.
Diego P. Fernández Arroyo
3.
https://www.thecanadianencyclopedia.ca/en/article/small-claims-court
4.
https://www.austlii.edu.au/cgi-
bin/viewdb/au/legis/nsw/consol_act/fta1987117/
5.
According to Report of Belgium, V.1.
6.
12.Защита прав потребителей: в поисках оптимальной модели:
монография / П.Д. Багрянская, М.О. Дьяконова, П.П. Кабытов и др.; отв. ред. С.А.
Синицын, М.Л. Шелютто; Институт законода тельства и сравнительного
правоведения при Правительстве Рос сийской Федерации. –
М.: ООО
«ЮРИДИЧЕСКАЯ ФИРМА КОНТРАКТ», 2021
7.
14.КОНСУЛЬТАТИВНЫЙ СОВЕТ ПО ЗАЩИТЕ ПРАВ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ
ГОСУДАРСТВ –
УЧАСТНИКОВ СНГ Актуальные вопросы защиты прав потребителей
в государствах − участниках СНГ.
8.
http://www.ejustice.just.fgov.be/eli/loi/2013/02/28/2013A11134/justel
