Авторы

  • Мирзохид Лутфуллаев
    Самостоятельный соискатель, Академия Министерства внутренних дел Республики Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp117-120

Ключевые слова:

хозяйственный договор стороны хозяйственного договора права и обязанности принципы предпринимательская деятельность договорная дисциплина

Аннотация

В данной статье представлена информация о правовых основах хозяйственных договоров, порядке и процедурах их заключения, а также о роли и значении договорных принципов при заключении хозяйственных договоров. Кроме того, проведен научно-теоретический и практический анализ договорных отношений, связанных с договорной дисциплиной.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role and importance of contractual discipline in the
execution of business agreements in entrepreneurial
activities

Mirzokhid LUTFULLAEV

1


Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received October 2024

Received in revised form

15 November 2024
Accepted 25 November 2024

Available online

25 December 2024

This article provides information on the legal foundations of

economic contracts, the procedures for their formation, and the

role and importance of contractual principles in concluding

economic contracts. Additionally, it presents scientific-

theoretical and practical analyses of contractual relations
pertaining to contractual discipline.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss12/S-pp

117-120

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

economic contract,

parties to economic
contract,

rights and obligations,

principles,

entrepreneurial activity,
contractual discipline.

Tadbirkorlik faoliyatida xo‘jalik shartnomalarining
bajarilishida shartnoma intizomining o‘rni va ahamiyati

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

xoʻjalik shartnomasi,

xoʻjalik shartnomasi

taraflari,

huquq va majburiyatlar,
prinsiplar,

tadbirkorlik faoliyati,
shartnoma intizomi.

Ushbu maqolada xo‘jalik shartnomalarining huquqiy

asoslari, ularni tuzish tartib taomillari va xo‘jalik

shartnomalarin

i tuzishda shartnoma prinsiplarining o‘rni va

ahamiyati haqida ma’lumot berilgan, shuningdek, shartnoma

intizomiga oid shartnomaviy munosabatlar yuzasidan ilmiy-
nazariy va amaliy tahlillar olib borilgan.

1

Independent Researcher. Academy of the Ministry of Internal Affairs of the Republic of Uzbekistan.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

118

Роль и значение договорной дисциплины при

заключении

хозяйственных

договоров

в

предпринимательской деятельности

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

хозяйственный договор,
стороны хозяйственного

договора,

права и обязанности,
принципы,
предпринимательская

деятельность,

договорная дисциплина.

В данной статье представлена информация о правовых

основах хозяйственных договоров, порядке и процедурах

их заключения, а также о роли и значении договорных

принципов

при заключении хозяйственных договоров.

Кроме

того,

проведен

научно

-

теоретический

и

практический анализ договорных отношений, связанных с

договорной дисциплиной.

Yangi O‘zbekistonimizdagi bugungi kun barqarorligi, mamlakatimiz kelajagi uchun

muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki iqtisodiyotning samaradorligi va o‘sish sur’atlari

respublikamizning har tomonlama rivojlanayotganligidan dalolat beradi.Tarixiy tajriba
shun

i ko‘rsatadiki, iqtisodiy manfaatlar, harakatchan tashabbuslar va tavakkalchilik

iqtisodiy

taraqqiyotning

asosiy

harakatlantiruvchi

kuchi

hisoblanadi.

Bu

harakatlantiruvchi kuchlarning funksional qo‘llanilishi tadbirkorlik faoliyatidir, chunki

aynan shu ij

timoiy faoliyat turi shaxsiy va ijtimoiy farovonlikning oshishini ta’minlaydi.

Respublikamiz iqtisodiyotining taraqqiyoti bevosita mahalliy xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning tadbirkorlik faoliyatiga bog‘liq. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatining

samarad

orlik ko‘rsatkichlarining muntazam ravishda oshib borishi uchun iqtisodiyotning

huquqiy tartibga solinganligi muhim ahamiyatga egadir.

Ayniqsa, bugungi kunda xo‘jalik shartnomasi tadbirkorlik subyektlari faoliyatining

asosiy elementi hisoblanadi. Shartn

oma xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bir

-

biriga nisbatan majburiyatlarning bajarilishini kafolatlaydi, majburiyatlarni bajarmagan
yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda ushbu munosabatlar ishtirokchilarining
subyektiv huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish usullarini nazarda tutadi. Bu

iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining o‘zaro huquqlari, majburiyatlarini to‘liq
aniqlashga imkon beradi. Ya’ni shartnomada ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabat o‘zini
o‘zi tartibga soladi, unda ishtiro

k etuvchi shaxslarga manfaatlarini va maqsadlarini erkin

kelishib olish hamda natijaga erishish uchun qanday harakatlar qilinishini aniqlab olishga

imkon beradi. Shu bilan bir qatorda shartnoma taraflar o‘rtasidagi kelishuvga

umummajburiy yuridik kuchga eg

a bo‘lishni taqozo etadi. Shuning uchun shartnoma

nafaqat taraflarning erkini kelishib olish, balki o‘z xohishi bilan kelishuvga erishish,

taraflar zimmasiga muayyan majburiyatni olishni anglatadi.

Bundan tashqari hozirgi vaqtda tadbirkorlik faoliyatida shartnoma intizomini

mustahkamlash, tadbirkorlar huquqlarini ta’minlash va majburiyatni bajarmaganlarga
nisbatan qo‘llaniladigan fuqarolik

-huquqiy javobgarlik choralari samaradorligini oshirish

dolzarb masala bo‘lib, majburiyat bajarilishini ta’minlash vos

itasi va majburiyatni

bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish yo‘lidagi O‘zbekiston Respublikasining

1998-yil 29-

avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar

faoliyatining

shartnomaviy-

huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

119

yurituvchi subyektlar o‘rtasida vujudga kelayotgan mazmunan yangi iqtisodiy

munosabatlarni tartibga solishda hamda shartnoma intizomini mustahkamlashda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, shartnomalar tuzish tajribasiga yetarlicha ega

bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlarning iqtisodiy
aloqalarini mustahkamlash, turli xil ta’minotchi, tayyorlovchi monopol korxona va

tashkilotlar bilan shartnomaviy munosabatlarda ularning huquq hamda manfaatlarini

himoya qilishda ushbu qonunning tutgan o‘rni beqiyosdir.

Ushbu qonunning 1-

moddasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida xo‘jalik

shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish

va bekor qilish vaqtida yuzaga keladigan

munosabatlarni tartibga solishdan hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqi va

majburiyatlarini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va davlat
boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarini belgilashi
keltirilgan.

Qonunning 4-moddasida esa tadbirkorlik faoliyati sohasidagi shartnomaviy

munosabatlarning asosiy prinsiplari keltirilgan bo‘lib ular quyidagilardan iborat:

xo‘jalik shartnomalarini tuzishning erkinligi;

tara

flarning o‘zaro manfaatdorligi;

shartnoma intizomiga rioya etish;

taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi.

Bunda ko‘rinib turibdiki, ushbu qonun tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi

huquqiy normalarni amalga oshirishning butun huquqiy mexanizmini qamrab olgan.

Masalan, shartnoma intizomiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu iqtisodiy o‘sishning muhim
manbalaridan biridir. Amaliyotning ko‘p asrlik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy
munosabatlar, qaysi shaklda va qaysi davlatda rivojlanishidan qat’i nazar

, birinchi

navbatda, odamlar o‘rtasidagi tartibli munosabatlarning mavjudligidir, chunki bu

odamlar va ularning birlashmalari, iqtisodiy faoliyatning asosiy subyektlari hisoblanadi.
Bu shuni anglatadiki, tadbirkorlik faoliyatining yuqori samaradorligiga va zarur iqtisodiy

o‘sishga qat’iy intizom bilan erishish mumkin.

“Shartnoma intizomi”ga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: shartnoma

intizomi shartnoma munosabatlarini o‘rnatish va amalga oshirish bo‘yicha qonun
talablariga barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qat’iy rioya etishidir. Ya’ni
bunda taraflar tomonidan kelishilgan shartnoma majburiyatlarini to‘g‘ri bajarish
talabidan tashqari, ular tomonidan shartnoma tuzish, bajarish, o‘zgartirish tartibini
belgilovchi normativ talablarga qat’iy

rioya qilish talablarini ham o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga asosan, xo‘jalik shartnomasi

taraflarning kelishuviga muvofiq shartnomalarni o‘zgartirilish va bekor qilinishi mumkin.
Xo‘jalik shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, taraflarning uni o‘zgartirish yoki
bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuvi ham shunday shaklda amalga oshiriladi. Xo‘jalik
shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki xo‘jalik shartnomasining
shartlarini bir taraflama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Taraflardan birining talabi bilan xo‘jalik
shartnomasi iqtisodiy sudning qaroriga binoan faqat ikkinchi taraf xo‘jalik shartnomasini

jiddiy ravishda buzgan yoxud qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa

hollarda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Taraflardan birining xo‘jalik
shartnomasini buzishi ikkinchi tarafga u xo‘jalik shartnomasi tuzishda umid qilishga
haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada mahrum bo‘ladigan qilib zarar yetkazishi xo‘jalik


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

12 (2024) / ISSN 2181-1415

120

shartnomasini jiddiy buzish hisoblanadi. Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor

qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina yoki taklifda

ko‘rsatilgan yoxud qonunda yoki

shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat

bo‘lmaganida esa o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin, xo‘jalik shartnomasini
o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.

Shartnoma intizomi taraflarning o‘zaro kelishuvi bilan boshlanadi, shuning uchun

shartnoma intizomida shartlar faqat tuzilgan shartnoma doirasida yuzaga kelishi

mumkin. Masalan, shartnoma intizomini qo‘llash uchun asos majburiyatni lozim darajada

bajarmasl

ik, ya’ni majburiyatni buzish hisoblanadi. Endi bu o‘rinda qonun ustuvorligiga

e’tibor qaratish lozim, chunki qonun ustuvorligi, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish
usuli bo‘lib, uning yordamida qonuniylik va shartnoma intizomi rejimiga erishish
ta’minlanadi. Shartnoma intizomi va qonuniyligi qonun ustuvorligini ta’minlash natijasi
bo‘lib, ularning amaldagi holati mamlakatda mavjud huquqiy tartibot samaradorligini
muhim baholash ko‘rsatkichidir.

Tadbirkorlik faoliyatida tuziladigan fuqarolik huquqiy shartnomalarning ijrosini

ta’minlashda shartnoma intizomi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular xo‘jalik
shartnomalarini tuzishning erkinligi, taraflarning o‘zaro manfaatdorligi, shartnoma
intizomiga rioya etish xamda taraflarning o‘zaro mulkiy javobgarligi taomill

ariga amal

qilish bilan bevosita bog‘liq. Qonuniylik singari, shartnoma intizomi ham ijtimoiy

munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur huquqiy jarayondir. Ushbu huquqiy jarayon

funksional o‘zaro ta’sirning umumiy sohasini tashkil qiladi, chunki qonuniyli

k

bo‘lmaganda shartnoma intizomini ta’minlash mumkin emas. Qonuniylikdan farqli
o‘laroq, shartnoma intizomi qonun talablariga rioya qilish bilan cheklanmaydi. U qonun

osti hujjatlari, normativ-

huquqiy va huquqni qo‘llash hujjatlari talablariga, texnik va

tashkiliy qoidalarga, axloq va ishbilarmonlik odob-

axloq me’yorlariga, shuningdek

tadbirkorlik subyektlarining o‘zlari tomonidan tuzilgan shartnomalarda ishlab chiqilgan
o‘zaro bog‘liq xulq

-

atvorning huquqiy qoidalariga rioya qilishni o‘z ichiga oladi. Alba

tta

har qanday shartnoma o‘zini o‘zi tartibga solishga yo‘naltirilgan bo‘lsa

-da, qonunning

yuridik kuchiga tayanadi. Biroq qonun shartnomaviy munosabatlarni o‘z holicha tartibga
solmaydi. Qonun yo‘li bilan davlatning jamiyat xo‘jalik hayotiga aralashuvinin

g muayyan

belgilangan chegaralari mavjud bo‘ladi. Shartnoma esa, ommaviy va xususiy manfaatlar,

shu jumladan, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining manfaatlari iqtisodiy
muvozanatini vujudga keltiradi hamda saqlaydi. Har qanday qonun davlat nomidan qabul
qilinadi. Davlatning asosiy majburiyati, shaxsni uning huquq va erkinliklariga tahdid

solishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyatdan, shu jumladan, xususiy shaxslar

tomonidan tahdidlardan himoya qilishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonunlar.

3.

Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001.

4.

Z.O. Kuvandikov. Tadbirkorlik(biznes) huquqi. O‘quv qo‘l

lanma. SamDU 2023. 420 b.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.

Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik faoliyatini tartibga solish boʻyicha qonunlar.

Ибратов Б. Тадбиркорлик ҳуқуқи. –Тошкент.: Молия, 2001.

Z.O. Kuvandikov. Tadbirkorlik(biznes) huquqi. O‘quv qo‘llanma. SamDU 2023. 420 b.