Авторы

  • Иброхим Саидов
    Преподаватель, кафедра Бизнес-право, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp337-344

Ключевые слова:

коллективное производство корпоративное управление трансакционные издержки проблема «безбилетника» система контрактов экономическая эффективность

Аннотация

В данной статье анализируется значение и практическое применение теории «коллективного производства» в корпоративном управлении. Рассматривается синергетический эффект коллективного производственного процесса, а также роль этого метода в повышении экономической эффективности. В рамках статьи освещаются проблемы «безбилетника», способы сокращения трансакционных издержек и влияние внедрения справедливых систем мотивации на корпоративную эффективность. Также обсуждается подход коллективного производства в современном корпоративном управлении и его роль в повышении конкурентоспособности организаций. Статья предлагает рекомендации по более эффективному управлению экономическими системами путем интеграции теоретических концепций и практических решений.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Application of the "collective production" theory in
corporate governance

Ibrokhim SAIDOV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received December 2024

Received in revised form

15 December 2024
Accepted 20 January 2025

Available online

15 February 2025

This article analyzes the significance and practical

application of the "collective production" theory in corporate

governance. It examines the synergistic effects of the collective

production process and the role of this method in increasing

economic efficiency. The article discusses the "free rider"
problem, ways to reduce transaction costs, and the impact of

implementing fair incentive systems on corporate efficiency.

Additionally, the study explores the collective production

approach in modern corporate governance and its role in
enhancing organizational competitiveness. The article provides

recommendations for more efficient management of economic

systems by integrating theoretical concepts and practical

solutions.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp

337-344

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

collective production,

corporate governance,
transaction costs,

free rider problem,

contract system,

economic efficiency.

Korporativ boshqaruvda “jamoaviy ishlab chiqarish”
nazariyasini qo‘llash masalalari

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

jamoaviy ishlab chiqarish,

korporativ boshqaruv,
tranzaksiya xarajatlari,

tekin tomoqlik muammosi,

shartnomalar tizimi,
iqtisodiy samaradorlik.

mazkur maqolada korporativ boshqaruvdagi “jamoaviy

ishlab chiqarish” nazariyasining ahamiyati va amaliy

qo‘llanilishi tahlil qilingan. Jamoaviy ishlab chiqarish

jarayonining sinergetik ta’siri, shuningdek, bu usulning

iqtisodiy samaradorlikni oshirishdagi

roli ko‘rsatib berilgan.

Maqola doirasida “tekin tomoqlik” muammosi, tranzaksiya
xarajatlarini kamaytirish usullari va adolatli rag‘batlantirish

tizimlarini joriy etishning korporativ samaradorlikka ta’siri

yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy korporativ boshqaruvda

jamoaviy ishlab chiqarish yondashuvi va uning tashkilotlarning

1

Lecturer, Department of Business Law, Tashkent State University of Law. E-mail: ibrohim.saidov@tsul.uz


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

338

raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni muhokama qilingan.

Maqola nazariy g‘oyalar va amaliy ko‘rsatmalar integratsiyasi

orqali iqtisodiy tizimlarni yanada samarali boshqarishga oid

tavsiyalarni taqdim etadi.

Применение теории «коллективного производства»

в корпоративном управлении

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

коллективное

производство,
корпоративное
управление,

трансакционные
издержки,

проблема «безбилетника»,
система контрактов,

экономическая
эффективность.

В

данной

статье

анализируется

значение

и

практическое

применение

теории

«коллективного

производства»

в

корпоративном

управлении.

Рассматривается синергетический эффект коллективного

производственного процесса, а также роль этого метода в

повышении экономической эффективности. В рамках
статьи освещаются проблемы «безбилетника», способы

сокращения трансакционных издержек и влияние

внедрения

справедливых

систем

мотивации

на

корпоративную эффективность. Также обсуждается подход
коллективного

производства

в

современном

корпоративном управлении и его роль в повышении

конкурентоспособности организаций. Статья предлагает

рекомендации по более эффективному управлению
экономическими

системами

путем

интеграции

теоретических концепций и практических решений.


KIRISH

Korporativ boshqaruv sohasida

jamoaviy ishlab chiqarish

nazariyasining

qo

llanilishi, zamonaviy iqtisodiyotda kompaniyalar tuzilishini strukturaviy va funksional

jihatdan qayta ko

rib chiqilishini talab qiladi. Kapitalistik iqtisodiyotda resurslarning

kompaniyalar tomonidan egalik qilinishi va taqsimlanishi foyda ko

rishni ko

zlovchi

nodavlat tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda, resurs egalari hamkorlik va
ixtisoslashuv orqali mahsuldorlikni oshirishga intiladilar. Bunday iqtisodiy muhitda
korporativ boshqaruvning An

anaviy yondashuvlarini amaliy jihatdan o

zgartirishni talab

qiladi.

Ko

plab olimlar ta

kidlashicha, kompaniyalar (firmalar) mavjudligining asosiy

sabablaridan biri sifatida bozorda kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog

liq tranzaksiya

xarajatlarini kamaytirishni ta

kidlashadi. Ushbu nazariy asoslar firmalarni faqat foyda

olishga qaratilgan yagona subyekt sifatida emas, balki murakkab, ko

p qirrali tuzilma

sifatida qayta talqin qilish zaruratini ko

rsatadi.

Ushbu maqolada, jamoaviy ishlab chiqarishning nazariy asoslari va korporativ

boshqaruvdagi amaliy qo

llanilishi chuqur tahlil qilinadi. O

rganiladigan asosiy mavzular

jumlasidan, jamoaviy ishlab chiqarish nazariyasi, uning iqtisodiy samaradorligi,
shuningdek, korporativ boshqaruvdagi yangi yondashuvlar va ularning zamonaviy biznes
muhitidagi o

rni muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, jamoaviy ishlab chiqarish

jarayonida yuzaga keladigan

tekin tomoqlik

kabi muammolarni ham ko

rib chiqadi. Bu

esa jamoaviy harakatlar samaradorligini pasaytiruvchi asosiy omil sifatida tan olinadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

339

1. Kompaniyaning tabiati va o‘ziga xosligi

An’anaviy korporativ boshqaruvda kompaniya o‘z xodimlari bilan munosabatlarda

majburlov kuchiga ega deb tushuniladi. Biroq rivojlangan bozor sharoitida ushbu qarash

biroz noto‘g‘ri hisoblanadi. Kompa

niyalar barcha resurslarni boshqarishda hech qanday

qudrat va vakolatga ega emas.

Bozor iqtisodiyotida kompaniyalar asosan birgalikdagi ishlab chiqarish asosida

ma’lum bir foydaga erishishni ko‘zlaydi. Shundan kelib chiqib, iqtisod nazariyasi jihatidan

kompaniyalar birgalikda ishlab chiqarish maqsadidagi bir nechta kiruvchi subyektlar

o‘rtasidagi munosabatlarni jamlovchi shartnomalar to‘plami sifatida qaraladi. Ushbu
shartnomalar to‘plamida har bir kiruvchi tomon: ta’sischi, menejer, muhandis, yetkazib

beruvchi va-

hokazolar moliyaviy foydaga erishish uchun o‘zaro hamkorlik qiladi. Ushbu

hamkorlikni bir nom va bir maqsad sari bog‘lab turuvchi tuzilma esa kompaniya

hisoblanadi.

Iqtisodchi Ronald Koazning “Firma tabiati” (1937) asarida keltirilgan g‘oyalar

firmalar mavjudligining sabablarini tushuntirishga yordam beradi. Uning fikricha,

firmalar bozorda alohida har bir bitimni kelishish va bajarish bilan bog‘liq tranzaksiya
xarajatlarini kamaytirish maqsadida paydo bo‘lgan. Masalan, har bir mahsulot yoki

xizma

t uchun alohida shartnoma tuzish va uni bajarish o‘rniga firmalar bu jarayonlarni

ichki tartibda, ya’ni o‘z tashkiloti doirasida boshqarish orqali xarajatlarni sezilarli

darajada kamaytirish imkoniyatiga ega. Bu esa bozorda tez va samarali harakat qilish
u

chun zarur bo‘lgan resurslarni tejash imkonini beradi. Bunday tashkil etilish, firmalarga

bozor sharoitlariga tez moslashish va raqobatda ustunlik qozonish imkonini yaratadi.

Biroq, kapitalistik iqtisodiyot endi rivojlanayotgan davlatlarda kompaniyalar ustun

vakolat bilan o‘z ichki muammolarni hal qilish qudratiga ega deb tasvirlanadi. Biroq, bu
tasavvur noto‘g‘ri. Ilmiy jihatdan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kompaniyalar barcha kirish

resurslarini majburlov asosida boshqara olmaydi. Ularning bozor iqtisodiyotidagi
majburlov kuchi va vakolati odatiy bozor shartnomalaridan farq qilmaydi. Firmalarning
xodimlarni turli vazifalarga tayinlash va boshqarishga oid tasavvurlari, aslida, firmalar va

bozorlar orqali shartnomalarni muzokara qilish jarayonidagi o‘xshashliklarni ko‘rsatadi.
Masalan, ish beruvchi xodimga ma’lum bir vazifani bajarishni buyurishi, xuddi,
iste’molchining sotuvchiga ma’lum bir mahsulotni sotishni so‘rashi kabidir. Bu yerda
shartnomaviy majburiyatlarning davom etishini ta’minlovchi hech qanday

kafolatlar

mavjud emas. Buning o‘rniga, biznesni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun har ikkala

tomon doimiy ravishda foydali shartlar asosida muzokaralar olib borishi kerak
hisoblanadi.

Shunday qilib, zamonaviy biznesda kompaniya boshqaruvining asosiy vazifasi

vakolatli boshqaruv yoki xodimlar ustidan nazorat emas, balki xodimlar, hamkorlar,

yetkazib beruvchilar hatto ta’sischilar bilan doimiy ravishda muzokaralar o‘tkazish orqali

shartnomalar tuzish, kompaniya tovarlari va mahsulotlarini birgalikda samarali ishlab
chiqarishni olib borish, kompaniya foydasi va resurslarini kompaniya ichida adolatli
taqsimlash ishlarini amalga oshirish hisoblanadi.

2. Kompaniya shartnomalar tizimi sifatida (Nexus of contract)

An‘anaviy qarashlarga ko‘ra, ulushdorlar kompaniyaning “egalari” hisoblanib, ular

bevosita nazoratni amalga oshiradilar. Biroq, ba’zi olimlar bu qarashga qarshi chiqib,
zamonaviy korporatsiyalarni An’anaviy mulkchilik

-

nazorat modelidan ko‘ra ko‘proq

shartnomaviy tizim sifatida qarash

kerakligini ta’kidlashadi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

340

Masalan, Fama kompaniyani turli ishtirokchilar

ulushdorlar, menejerlar,

ishchilar va kreditorlar

o‘rtasidagi shartnomalar tizimi sifatida tasvirlaydi. Har bir

ishtirokchi o‘z resurslari yoki ko‘nikmalarini belgilangan shartno

malarga muvofiq

qo‘shadi.

Jensen va Meckling kabi olimlar ham, firma An’anaviy yondashuvda yagona, foyda

olishga qaratilgan subyekt sifatida ko‘rilishi kerak emasligini, balki ko‘proq murakkab,
ko‘p qirrali tuzilma sifatida qayta talqin qilinishi lozimligini ta’kidlashadi. Ular firmani

faqat jismoniy aktivlar yoki boshqaruv iyerarxiyasi bilan belgilanuvchi tashkilot emas,
balki manfaatdor tomonlar

ulushdorlar, ishchilar, yetkazib beruvchilar va mijozlar

o‘rtasidagi “shartnomalar majmuasi” sifatida tasavvur qilish kerakligini ta’kidlaydilar.

Darhaqiqat, ushbu tadqiqotchi olimlar taqdim etgan yondashuv zamonaviy

korxonalar

tuzilmasini

An’anaviy

tashkilotlardan

ko‘ra

murakkabroq

va

integratsiyalashgan tizim sifatida qayta baholashga imkon beradi. Bugungi zamonaviy

korporatsiyalar yagona qaror qabul qiluvchi subyekt bo‘lmay, turli shartnomalar va

kelishuvlar majmuasi sifatida tavsiflanadi.

Alchian va Demsetz kabi olimlar kompaniyani jamoaviy ishlab chiqarish va

o‘lchash xarajatlarining murakkabliklariga javob b

eruvchi samarali tashkilot sifatida

tushuntiradilar. Ular ko‘rsatishicha, An’anaviy bozor mexanizmlari yetarli bo‘lmagan

vaziyatlarda, kompaniya ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va unumdorlikni oshirish
maqsadida markazlashgan shartnomalar yordamida tashkil etiladi. Xususan, jamoaviy

ishlab chiqarish va o‘lchash qiyinchiliklari mavjud bo‘lganda, firma o‘ziga xos markaziy

boshqaruv orqali shartnomaviy tuzilmalar atrofida ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Firmada xodimlar, yetkazib beruvchilar va boshqa r

esurslarni ta’minlovchilar kabi

turli kiritma egalari ishlab chiqarish jarayoniga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Ushbu tuzilma

doirasida firma bozor asosidagi mustaqil shartnomalarga tayanish orqali kelib
chiqadigan murakkablik va xarajatlarni kamaytirish uc

hun markaziy rol o‘ynaydi. Agar

yagona markaziy tashkilot bo‘lmasa, har bir kiritma egasi boshqa ishtirokchilar bilan
shartnomalar tuzish va yangilash bilan bog‘liq yuqori tranzaksiya xarajatlariga duch

kelishi muqarrar hisoblanadi. Firma yagona shartnoma tarafdori sifatida ushbu jarayonni
soddalashtirib, tranzaksiyalarni kamaytiradi va yanada barqaror ishlab chiqarish usulini
shakllantiradi.

Kompaniya direktorlariga alohida kiritma egalari bilan mustaqil ravishda

shartnomalarni qayta kelishish imkoniyatini berish ham muhim jihatdir. Ushbu

moslashuvchanlik firmaning unumdorlikdagi o‘zgarishlarga, bozor talablari yoki

kiritmalar mavjudligiga tezda javob berishiga imkon beradi. Masalan, agar xodim yoki
yetkazib beruvchi talabni qondirmasa, direktorlar boshqa ishtirokchilar bilan

kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqmasdan shu kiritmani almashtirish yoki o‘zgartirish
imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa murakkab, qimmatli qayta muzokaralarga ehtiyojni

kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi.

Firmaning shartnomalar

markazi sifatidagi o‘rni o‘zgarishi va sotilishi mumkin. Bu

esa uni uzluksiz ishlab chiqarish birligi sifatida saqlab qoladi. Ulushdorlar yoki
birlashishlar orqali amalga oshiriladigan bu imkoniyat ishlab chiqarishni davom ettirish
va firmaning mavjud shartnomaviy va tashkiliy tuzilmasini yangidan tashkil etish

imkonini beradi. Bozor asosidagi almashinuvlardan farqli o‘laroq, firmaning o‘zining
tuzilmasini “davomiy obyekt” sifatida sotish imkoniyati, uzoq muddatli yashash

qobiliyatini saqlab qolib, iqtisodi

y muhitda moslashuvchanlikni ta’minlaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

341

3. Kompaniyaga kiritma kirituvchilarning mehnatini baholash masalalari

Kompaniyada xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish, ularning ish

faoliyatini munosib ravishda mukofotlash va daromadni adolatli taqsimlash masalalari
juda muhimdir. Agar xodimlarning harakatlari va erishilgan natijalar adolatli

taqsimlanmagan va o‘z vaqtida mukofotlanmagan bo‘lsa, bu ularning umumiy ish
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday vaziyatda, xodimlar ish

faoliyatida qoniqarsizlik hissi tufayli ish jarayonida samarasiz harakatlarni qilishlari yoki

bo‘sh vaqtida boshqa ishlar bilan shug‘ullanishlari mumkin.

Biznesda samaradorlikka erishish va bunday muammolarni oldini olish uchun

ikkita asosiy yechim mavjud: birinchidan, kompaniyadagi barcha mahsuldorlikni aniq

o‘lchash bo‘lsa, ikkinchidan, mahsuldorlikka hissa qo‘shgan barcha ishtirokchilarni

adolatli ravishda mukofotlash masalasidir. Bozor mexanizmlari ushbu muammolarni hal
qilishda tabiiy yechim sifatida qaraladi. Chunki ular odatda ishlab chiqarish va

mukofotlash o‘rtasida to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri va aniq bog‘liqlikni ta’minlaydi. Masalan, agar

fermer bug‘doy hosildorligini 10 foizga oshirsa va bozor narxlari barqaror qolsa, uning

daromadi ham shunga mos ravishda oshad

i. Bu o‘zgarishlar fermerning mehnatiga

bog‘liq holda uning daromadini to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri oshirishga yordam beradi, bu esa

boshqa ishtirokchilarni ham o‘z kiritmalariga qarab mukofotlash prinsipiga asoslanadi.

Agar iqtisodiy tashkilotning o‘lchov tizimi yo

mon amalga oshirilsa va mukofotlar

hamda mahsuldorlik orasida zaif bog‘liqlik mavjud bo‘lsa, bu odatda past mahsuldorlik
darajasiga olib keladi. Aksincha, agar tashkilot o‘lchovni yaxshi amalga oshirsa –

chiqishlarni aniq o‘lchab, mukofotlarni muvofiqlasht

irsa

kutilgan natija sifatida

mahsuldorlik yuqori bo‘ladi.

4. Jamoaviy ishlab chiqarish nazariyasi

Zamonaviy korporativ boshqaruvda kompaniyalarni “jamoaviy ishlab chiqarish”

tuzilmasi sifatida qarash taklif etiladi. Bu ishlab chiqarish shakli bir qancha shaxslar

tomonidan amalga oshiriladi. Ularning har biri umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shadi.
Yakka tartibdagi ishlab chiqarishdan farqli o‘laroq, jamoaviy ishlab chiqarishida natija
to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri har bir a’zoning individual hissasiga bog‘liq emas.

Buning o‘rniga, bu

usulda natijalar a’zolarining alohida hissalarining yig‘indisidan ko‘ra, ularning
birgalikdagi harakatlarining sinergetik ta’siridan kelib chiqadi.

Umumiy natijani faqatgina umumiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari asosida

kuzatish orqali har bir ishtirokchining marginal mahsuldorligini aniqlash qiyin. Masalan,

ikki kishi birgalikda og‘ir yukni yuk mashinasigacha ko‘tarayotganda, ularning har

birining alohida hissasini belgilash mumkin emas. Bunday holatlar jamoaviy ishlab
chiqarishiga xo

s bo‘lib, bu yerda natija a’zolarning birgalikdagi harakatlarining o‘zaro

ta’siri natijasidir.

Ajratiladigan ishlab chiqarish funksiyalari bilan taqqoslaganda, jamoaviy ishlab

chiqarishi yanada murakkabdir. Ajratiladigan funksiyalarda, umumiy natija individual

hissalarning qo‘shilishidan kelib chiqsa, jamoaviy ishlab chiqarishida natija kirishlar
o‘rtasidagi ajratib bo‘lmaydigan o‘zaro ta’sirlardan kelib chiqadi. Bu esa jamoaviy a’zolari
mustaqil ravishda ishlab chiqara olishganidan ko‘ra ko‘proq natijani a

nglatadi.

Shuning uchun, kompaniyalar jamoaviy ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda,

a’zolarning hissasini aniq o‘lchash va mukofotlash mexanizmlarini ishlab chiqishda
qiyinchiliklarga duch keladilar. An’anaviy iqtisodiy usullar, bu kabi murakkab

vaziy

atlarda ko‘pincha samarasiz bo‘lib, ularda jamoaviy a’’zolarining chambarchas


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

342

bog‘langan hissalarini osongina ajratib bo‘lmaydi. Natijada jamoaviy ishlab chiqarish
tizimida ishtirok etuvchi har bir a’zo uchun adolatli va samarali mukofotlash tizimini

yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoaviy ishlab chiqarishda asosiy muammo

bu “tekin tomoqlik” (free

-riding)

muammosidir. Ya’ni, jamoaviydagi ayrim shaxslarning birgalikdagi kutilmalarga
yetarlicha hissa qo‘shmasa

-da, umumiy natijaga qarab barcha

bilan bir xil rag‘batlanishga

ega bo‘lishlari jamoaviy ishlab chiqarishda muammolarga olib kelishi mumkin. Umumiy

natijadagi individual kirishlarni aniq belgilash qiyinligi sababli har bir ishtirokchining
amalga oshirgan hissasini amalga oshirish qiyinlash

adi. Bu esa, jamoaviy a’zolari

mahsuldorligini pasaytirishi mumkin, chunki ularning mahsuldorligining pasayishi oson

aniqlanmaydi va ularga beriladigan kompensatsiyalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Biroq jamoaviyning har bir a’zosining xatti

-harakatlarini kuzatish va nazorat qilish

imkonsizdir. Odatda, har bir a’zoning qo‘shayotgan kiritmasini, qilayotgan ishini doimiy

nazoratga olish kompaniyaga qimmatga tushishi mumkin.

Masalan odatda kompaniya xodimlari tomonidan idora resurslari jumladan, ofis

anjo

mlari, aloqa vositalari va kompyuterlardan o‘zlarining shaxsiy maqsadlarda

ishlatilishiga yo‘l qo‘yadilar. Biroq, ushbu harakatlarning oldini olish uchun kuzatish
xarajatlari natijalarga erishish xarajatidan yuqori bo‘lib ketishi mumkin.

Agar noeffektivlik tufayli yuzaga keladigan iqtisodiy zarar kuzatuv xarajatlaridan

kam bo‘lsa, tashkilotlar bunday xatti

-harakatlarni ruxsat etish orqali samaradorlikka

erishadilar. Bunday vaziyatlarda resurslardan foydalanishni qattiq nazorat qilish o‘rniga,

kengroq yutuql

arga e’tibor qaratishni afzal ko‘radi.

Masalan, Alchianning ta’kidlashicha, universitetlarda akademik muhitda noeffektiv

xatti-

harakatlarni kuzatish o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega. Professor

-

o‘qituvchilarning

faoliyati ko‘pincha professional va shaxsiy foydalanishning aralashmasidan iborat bo‘lib,

ular orasidagi chegaralarni aniq ajratish har doim ham mumkin emas. Masalan,
professor-

o‘qituvchilar ish bilan bog‘liq va shaxsiy xabarlarni bir xil pochta yoki telefon

orqali yuborishi mumkin. Bu esa samarali va aniq kuzatishni murakkablashtiradi.

Shu murakkablikni hisobga olib, universitetlar kichik resurslardan foydalanishdan ko‘ra
asosiy natijalarga e’tibor qaratishni afzal ko‘radi. Shunday qilib, universitetlar o‘z
maqsadlariga mos keladigan natijalarni ko‘z

lab, fakultetlarga qisman erkinlik berib,

byurokratik to‘siqlarni minimallashtiradilar.

Universitetlar resurslardan foydalanishni qattiq nazorat qilishda muvozanatni

saqlash zaruriyatiga duch keladilar, chunki kuchli kuzatish fakultet a’zolari kayfiyatini
pasaytirishi va ishtiyoqini susaytirishi mumkin. Haddan tashqari qat’iy nazorat fakultet
a’zolari o‘rtasida ishonchni kamaytirishi, ularni ortiqcha stressga olib kelishi va hatto
norozilikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli, universitetlar ishonch muhiti

yaratib, professor-

o‘qituvchilarning resurslardan mas’uliyat bilan foydalanishini

rag‘batlantirishni afzal ko‘radilar. Bu yondashuv akademik sohada ishlaydiganlarni
rag‘batlantirish tuzilmasi bilan mos keladi, chunki u erkinlikni ta’minlaydi va intellekt

ual

mehnat uchun zarur bo‘lgan kam nazoratli muhitni yaratadi.

5. Bozor raqobati jamoaviy ishlab chiqarishni tashkil etish mexanizmi

sifatida

Alchian va Demsetz modeliga ko‘ra, bozor raqobati jamoaviy ishlab chiqarishni

samarali tashkil qilish uchun kuchli mexanizm sifatida xizmat qiladi. Raqobatli bozor

sharoitida jamoaviylar va individual xodimlar ko‘pincha o‘z ishlash natijalaridan bevosita


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

343

foyda olishadi. Bu esa ularni samarali hissa qo‘shishga ichki motivatsiya bilan undaydi.

Bozor raqobati darom

ad, mijozlarning qoniqishi va bozor ulushi kabi ko‘rsatkichlar

orqali jamoaviy va individual ishchilar samaradorligini ochiq ravishda namoyon qiladi.

Masalan, savdo yoki loyiha asosidagi jamoaviylarda xodimlar ish natijalariga qarab

bonuslar, komissiyalar

yoki foyda ulashish tizimlari orqali rag‘batlantiriladi. Agar

xodimlar o‘zlarining daromadlari va martaba rivoji bozor natijalari bilan chambarchas
bog‘liqligini tushunishsa, ularning o‘z ichki monitoringga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi,

chunki bozor asosidagi

rag‘batlantirish tabiiy ravishda javobgarlik mexanizmi sifatida

xizmat qiladi va individual xatti-harakatlarni tashkilot samaradorligi bilan moslashtiradi.

Bozor raqobati o‘z

-

o‘zini tartibga soluvchi kuch sifatida faoliyat ko‘rsatadi va

samaradorlikni oshi

radi. Raqobat qizg‘in bo‘lgan sohalarda past samaradorlik katta

yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Masalan, bozor ulushini yo‘qotish, mijozlarning
noroziligi yoki ish o‘rnining xavf ostida qolishi kabi. Ushbu raqobat bosimi ularni yanada

samarali ishlashga undaydi. Chunki xodimlar samaradorlikning pasayishi ularning

bozordagi o‘rniga bevosita xavf tug‘dirishini anglaydilar.

Bundan tashqari, raqobatli firmalar ko‘pincha ko‘rsatkichlarni aniq belgilab,

jamoaviy a’zolari o‘rtasida o‘zaro javobgarlikni ta’minl

aydilar. Bu sharoitda jamoaviy

a’zolari bir

-birlarini norasmiy tarzda kuzatadilar, chunki ularning faoliyati nafaqat ichki

baholanadi, balki tashqi bozor standartlariga ham mos keladi. Bu esa jamoaviyda tekin

tomoqlikka qarshi samarali mexanizm bo‘lib, umu

miy samaradorlikni oshiradi.

Ko‘plab raqobatli bozor sharoitidagi kompaniyalar jamoaviydagi o‘z xodimlariga

oylik rag‘batlantirishlar, natijalarga asoslangan bonuslar yoki ulush opsiyalari kabi
mukofotlar orqali rag‘batlantirish tuzilmalarini joriy qiladil

ar. Ushbu mexanizmlar

individual va jamoaviy muvaffaqiyatini tashkilotning keng iqtisodiy maqsadlari bilan

bog‘laydi. Har bir a’zoni “tekin tomoqlik”dan saqlanishga va maksimal samaradorlikka

intilishga undaydi. Xodimlar jamoaviyning bozor muvaffaqiyati bilan yaqin aloqador

ekanliklarini tushunishadi. Bu esa ularni jamoaviy natijalarini oshirishga mas’uliyatliroq

qiladi.

Yuqori samaradorlik ko‘rsatayotgan xodimlar ushbu rag‘batlantirishlardan

ko‘proq foyda ko‘radi, bu esa past samaradorlik ko‘rsatayotgan xodimlarni o‘z
harakatlarini oshirishga undaydi. Bu jamoaviy ichidagi sog‘lom raqobat muhitini yaratadi
va bu ichki monitoringga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, chunki rag‘batlantirish

mexanizmlari shirkingni tabiiy ravishda kamaytiradi.

Bundan tashqari, indi

vidual jamoaviy a’zolari o‘zlarining bozor ichidagi shaxsiy

reputatsiyasini mustahkamlashni ham xohlashadi. Bu shaxsiy professional imijni saqlash

istagi uzoq muddatda karyerada o‘sishga olib keladigan imkoniyatlarni yaratadi va

shirkingni oldini olishga turtki beradi. Ushbu reputatsiya motivatsiyasi individual xatti-
harakatlarni jamoaviy maqsadlari bilan moslashtiradi, keng qamrovli monitoringga

bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, korporativ boshqaruvdagi “jamoaviy ishlab

chiqarish” nazariyasi, zamonaviy iqtisodiy tizimlar doirasida muhim o‘rin egallaydi.
Ushbu nazariya, firmalar va boshqa tashkilotlarning ichki tuzilishini qayta ko‘rib chiqish

orqali ulardagi samaradorlikni oshirish va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish imkonini

beradi. Jamoaviy ishlab chiqarish usuli, a’zolarning birgalikdagi harakatlari natijasida
sinergetik ta’sir yaratish orqali, yakka tartibdagi ishlab chiqarishdan ko‘ra yuqori

darajada natijalarni kafolatlaydi.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

01 (2025) / ISSN 2181-1415

344

Biroq, “tekin tomoqlik” muammosi kabi qiyinchiliklar ham mavjud bo‘lib, bu

jamoaviy ishlab chiqarishning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun,

kompaniyalar uchun jamoaviy a’zolari orasida adolatli rag‘batlantirish va nazorat

tizimlarini yaratish, shuningdek, shaffof mukofotlash mehanizmlarini ishlab chiqish

muhimdir. Bu orqali har bir ishtirokchi o‘z hissasini qo‘shishga undaladi va jamoaviy

ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi oshiriladi.

Zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyotida jamoaviy ishlab chiqarish

nazariyasini qo‘llash, tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirish va bozor
sharoitlariga moslashuvchanlikni ta’minlashda asosiy strategiya sifatida qaralishi
mumkin. Bu, o‘z navbatida, korporativ boshqaruvning yangi paradigmasini

shakllantirishga yordam beradi, bu esa tashkilotlar va ularning manfaatdor tomonlari

uchun ko‘proq qiymat yaratish imkoniyatini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Alchian and H. Demsetz

‘Production, Information Costs, and Economic

Organization’ (Dec., 1972) The American Economic Review, Vol. 62, No. 5, 777

-795;

2.

F. Fama ‘Agency Problems and the Theory of the Firm’ (Apr, 1980) Journal of

Political Economy, Vol.88, No.2, 288-370;

3.

Jensen & H

. Meckling, ‘Theory of the Firm: Managerial Behaviour, Agency Costs

and Ownership Structure’ (1976) 3 Journal of Financial Economics 305

-360;

4.

R. H. Coase “The Nature of the Firm: Influence” Journal of Law, Economics, &

Organization Vol. 4, No. 1 (Spring, 1988), pp. 33-47

Библиографические ссылки

A. Alchian and H. Demsetz ‘Production, Information Costs, and Economic Organization’ (Dec., 1972) The American Economic Review, Vol. 62, No. 5, 777-795;

F. Fama ‘Agency Problems and the Theory of the Firm’ (Apr, 1980) Journal of Political Economy, Vol.88, No.2, 288-370;

C. Jensen & H. Meckling, ‘Theory of the Firm: Managerial Behaviour, Agency Costs and Ownership Structure’ (1976) 3 Journal of Financial Economics 305-360;

R. H. Coase “The Nature of the Firm: Influence” Journal of Law, Economics, & Organization Vol. 4, No. 1 (Spring, 1988), pp. 33-47