Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Innovative mechanisms for the development of strength
qualities of students in gymnastics lessons
Furkat KAKHKHOROV
1
Karshi State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2024
Received in revised form
15 December 2024
Accepted 20 January 2025
Available online
15 February 2025
Important requirements that gymnasts must fulfill in order
to rejuvenate their competitive age require an increase in the
volume and intensity of training loads. This does not always
allow us to solve the full range of pedagogical tasks set before
the requirements of gymnastics. However, the use of high-
intensity exercises requires special attention in the process of
physical training of young athletes.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Gymnastics,
exercise methods,
students,
physical fitness,
training.
Gimnastika
darslarida
talabalarni
kuch
sifatini
rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Sport gimnastikasi,
mashq metodlari,
talabalar,
jismoniy tayyorgarlik,
mashg‘ulot.
Gimnastikachilar bajarishi kerak bo‘ladigan muhim talablar,
raqobat yoshini yoshartirish, mashg‘ulot yuklamalarining hajmi
va jadalligini oshirishni talab etadi. Bu esa har doim
ham gimnastika talablari bo‘yicha belgilangan pedagogik
vazifalarning butun hajmini hal qilishga imkon bermaydi.
Shu bilan birga, yuqori intensiv mashqlardan foydalanish yosh
sportchilarning jismoniy tayyorgarligi jarayonida alohida
e’tibor talab qiladi.
1
Acting Associate Professor, Department of Physical Culture and Sports, Karshi State University.
E-mail: f.qahhorov1967@mail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
412
Инновационные механизмы развития силовых качеств
учащихся на занятиях гимнастики
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
спортивная гимнастика,
методы упражнений,
учащиеся,
физическая подготовка,
тренировка.
Важные требования, которые должны выполнять
гимнасты, омолаживая соревновательный возраст, требуют
увеличения объема и интенсивности тренировочных
нагрузок. Это не всегда позволяет решить весь объем
педагогических задач, поставленных перед требованиями
гимнастики. Однако использование высокоинтенсивных
упражнений требует особого внимания в процессе
физической подготовки юных спортсменов.
KIRISH
Gimnastika mashg‘ulotlari boshqa vositalar bilan birgalikda organizmning
harakati, u orqali boshqa funksiyalariga, insonning ruhiy va shaxsiy xislatlariga tanlama
va turlicha ta’sir ko‘rsatadi.Keyingi o‘n yillikda gimnastikaning sport turlari (sport, badiiy
gimnastika va sport akrobatikasi) mamlakatimizda keng tarqalib, ommalashib ketdi.
Bunga milliy gimnastikachilarning dunyoning ilg‘or xalqaro gimnastika anjumanlaridagi
ajoyib muvaffaqiyatlari yordam berdi. Mutaxassislarning fikricha, gimnastikachilarning
zaxiralarini tayyorlash ushbu sport turidagi mavjud tendensiyalarga asoslanishi lozim.
Gimnastika
–
bu individual ravishda mashq bajarish va umuman kombinatsiyalarni
muntazam ravishda oshirib boriladigan koordinatsion murakkabligi bilan alohida ajralib
turadigan sport turlaridan biridir. Gimnastikachilarda harakat jadalligini oshirish, vaqt
birligi chegaralangan maydonda bajarilayotgan mashqning texnik va taktik jihatdan
aniqligini rivojlantirishning yuqori darajasini talab qiladi. [1, 2]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bu muammolarni samarali hal etish uchun gimnastikachilarning umumiy va
maxsus
jismoniy
tayyorgarligini
mustahkamlash,
o‘quv
-
mashg‘ulot
jarayoni
samaradorligini oshirishga qaratilgan turli vositalardan keng foydalanish lozim. Shu bilan
birga, eng avvalo, gimnastikachilarning harakat samaradorligini belgilovchi maxsus
jismoniy sifatlarini: tezlik, kuch, chidamlilik va epchillik singari sifatlarni
takomillashtirish zarurligini unutmaslik kerak. [3, 4]
Ayni vaqtda, gimnastikachilarda jismoniy yuklama parametrlarini to‘g‘ri tanlash,
asosiy jismoniy sifatlar va mashg‘ulotlarning dastlabki bosqichida uning jismoniy
tayyorgarlik darajasini rivojlanishining qonuniyatlari va d
inamikasini o‘rnatish zarur.
Bu borada ma’lumotlarning kamligi sportchilarni umumiy va maxsus jismoniy
tayyorgarligini tashkil etish, usul va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish jarayonini sezilarli
darajada murakkablashtirmoqda. [2]
Gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini mukammallashtirish raqobatbardosh
umidli sportchilarni zarur darajadagi jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan hozirgi
talablar qanday bo‘lishi kerak degan savolga javob topishimiz kerak.
Tadqiqotningmaqsadi yosh gimnastikachilarni kuch qobiliyatlarini rivojlantirish
bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikani samarali qo‘llashdir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
413
MUHOKAMA
Bu tajriba ertalabki soatlarda yagona tizim yordamida o‘tkazildi. Tajribaning butun
davrida kamida 20 ta o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Nazorat guruhi uchu
n pedagogik
tadqiqot dasturi haftasiga uch-besh kun, 40-45 daqiqa davom yetadigan tayyorgarlik
qismlarida kuch-quvvatni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar mashqlar bajarish usuli
orqali qo‘llaniladi.
Test gimnastika dasturlari bilan tartibga solingan
testlar bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Sinov uchta ko‘rsatkich bo‘yicha o‘tkazildi. (tortilish, qo‘llarni bukib yozish,
30 soniya davomida press bajarish).
Nazorat
guruhi sport maktablarining namunaviy dasturi bilan shug‘ullandi. Tajriba
guruhi biz
tomonimizdan ishlab chiqilgan usul bilan shug‘ullandi.
Pedagogik tadqiqot boshlanishida sportchilarda kuch sifatlarini rivojlantirishning
dastlabki darajasi aniqlandi.
Qarshi shahridagi “Qarshi olimpia zaxiralari kolleji” negizida 13
-14 yoshli
gimnastikachilar bilan tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotda 13-14 yoshdagi 20 nafar
o‘quvchi ishtirok etdi. Bulardan: nazorat guruhida 10 nafar va tajriba guruhida 10 nafar
o‘quvchi ishtirok etdi.
Nazorat guruhi kollejning o‘quv rejasiga muvofiq shug‘ullandi. Barcha s
port
mashg‘ulotlari maktab o‘quv rejasiga muvofiq bo‘lib o‘tdi.
Tajriba guruhi biz ishlab chiqgan jadval bo‘yicha 13
-14 yoshdagi
gimnastikachilarda kuch qobiliyatlarini rivojlantirish mashqlar usuli bilan shug‘ullandi.
Pedagogik tadqiqotning davomiyligi 8 haftani tashkil etdi. Pedagogik tadqiqotdan
oldin va keyin jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun nazorat testlari o‘tkazildi.
Pedagogik tadqiqot boshlanishida ikki guruhdagi sportchilarda kuch sifatlarini
rivojlantirishning dastlabki darajasi aniqlanib, qiyosiy baholash amalga oshirildi.
Ishimizning boshida o‘tkazilgan test natijalari asosida va natijalarni qiyosiy
baholash bo‘yicha ikki guruhning kuch tayyorgarligi statistik jihatdan bir xil
–
(R0,05)
ekanligi aniqlandi. Sinov
natijasida olingan ma’lumotlar asosida ikki kuzatilgan guruhda
13-14 yoshli futbolchilarning kuch qobiliyatlarini rivojlantirishning taxminan bir xil
boshlang‘ich darajasi tashkil etildi. 13
-14 yoshli futbolchilarning kuch qobiliyatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan tadqiqot mashq usulini qo‘lladik. Kuch sifatlarini rivojlantirish
bo‘yicha asosiy ishlar chorshanba va juma kunlari olib borildi Qolgan kunlarda kuch
sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha muntazam topshiriqlar berib borildi.
TADQIQOT METODLARI
Tadqiqotningdastlabki 2 haftasidavomida
№ 1 majmuani amalga oshirdik.
Tadqiqotning 3 va 4 haftalarida № 2 majmuani amalga oshirdik. №3 majmua ikkinchi
majmua o‘rniga
5-6 hafta ichida amalga oshirildi. Keyingi 2 hafta tadqiqotning 1 va
2 haftalari bilan bir
xil o‘tkazildi. Tadqiqotning 7 va 8 haftalari 3 va 4 haftalari bilan bir
o‘tkazildi.
№1 majmua:
1. Mashq.
(og‘irligi 3 kg bo‘lgan to‘pda bajariladi).
To‘p bilan bir oyoqda sakrashlar. 5 marta + 30 metr masofaga yuqori sur’atda
borish (oyoqlarni almashtirish bilan bajariladi). 80
–
90% intensivligi. Nafas rostlash
2 min. Takrorlanishlar soni 3 marta.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
414
2.
Mashq. Gavdanini ko‘tarish mashqlari (Otjimaniya) qo‘lni har
-xil kenglikda
(davomiyligi 5 marta soni 10 tadan) bajarish.
3.
Mashq. Kuchni rivojlantirish O‘tirib turish mashqlarini bajarish (Davomiyligi
5 marta, soni 20 martadan).
№2 majmua
1.
Mashq №1 (vaznli gimnastika to‘pi bilan)
O‘tirgan holatda sakrash mashqlari. Jadallashtirish 10 marta +20 metr.
80
–
90% intensivligi. Epizodlar orasidagi dam olish 3-5 daqiqa. Takrorlash soni (3 qator)
2.
Mashq № 2 (to‘siqlar osha sakrash, balandligi 30 sm) 5 to‘siqlar.
80
–
90% intensivligi. Faol dam olish2-3 daqiqa. Takrorlanishlar soni 6 marta.
3.
№3 mashqlar
5 marta +20 metr masofaga “umbaloq” oshish. 80
-90% intensivligi. Ijro vaqti
3 daqiqagacha. Takrorlanish 4-
5 daqiqa o‘rtasida qolgan. Ushbu mashqlar to‘plami
mashg‘ulotning asosiy qismida amalga oshiriladi.
№3 majmua
1.
30 sm balandlikka sakrash. Uni maksimal sur’atda bajarish. Sakra
shda,
takrorlanish soni 10-12 marta.
2.
O‘tirib sakrash mashqlarini bajarish. 50 m masofaga yuqori tezlikda o‘tirgan
holda sakrab borish. 80-90% intensivligi. Oraliq dam olish 1-2 daqiqa. Takrorlanish soni
4 marta.
3. Umbaloq oshish mashqlari maksimal kuch
bilan bajarildi. Bo‘lgan masofa
100 metrni tashkil etadi.
4. Baland turnikda 3 razryad mashqlarini bajarish murabbiy nazoratida.
NATIJALAR
Ishlarimiz yakunida kuzatilgan guruhlaridagi sportchilarni qayta sinovdan
o‘tkazdik.
Tajriba guruhida statistik ko‘rsatkichlarning sinov jihatdan sezilarli darajada
oshishi 1,4 marta yaxshi bo‘ldi, t
-
mezon = 1.443; yotgan holda gavda ko‘tarish ham
1,3 marta yuqori natija ko‘rsatdi, t
-mezon = 1.323. press mashqida 2-guruh 1.2 marta
yaxshi
natija ko‘rsatdi, t
-mezon = 0.743.
Tizimli ishlar gimnastikachilarda kuch qobiliyatining rivojlanish darajasini,
o‘zgartirish imkonini berdi. Biz ham bolalar faoliyatida o‘zgarishlarga erisha oldik: ular
nafaqat gimnastika sport turiga qiziqish, balki o‘z
tezligi va kuch sifatlarini sinab ko‘rish,
sport mahoratini turli yo‘llar bilan o‘zlashtirishda muvaffaqiyat qozonishga intilishni
boshladi.
Biroq, shuni ta’kidlash kerakki, turli bolalar erishgan muvaffaqiyat bir xil emas.
Shunday qilib, jismoniy qobiliy
atga ega bo‘lgan futbolchilarda eng ijobiy o‘zgarishlarni
kuzatdik.
Tadqiqot natijalarini baholab shuni ta’kidlash lozimki, qisqa vaqt ichida kuch
qobiliyatlarining rivojlanish darajasini sezilarli darajada oshirish mumkin emas. Shu
bilan birga, maktab bolalari orasida gimnastika kuch sifatlari, tayyorligi va texnik
elementlar darajasi oshganligini qayd etamiz.
XULOSA
Tayyorlangan, jismoniy rivojlangan, uzoq muddatli jismoniy kuchlarga bardosh
bera oladigan, mavsum davomida jismoniy sifatlarni namoyon etishda barqarorlik
ko‘rsata oladigan sportchilarda doimiy ravishda talab ortib bormoqda. Bunday
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2025) / ISSN 2181-1415
415
sportchilarni tayyorlash yuqori konsentratsiyani, mashg‘ulot jarayonining barcha
talablariga javob beradigan mashg‘ulot tizimini
egallashni talab etadi. Jismoniy sifatlarni
rivojlantirishning ko‘rib chiqilgan davrlari 13
-14 yoshni jismoniy tayyorgarlikning
maqsadga muvofiq rivojlanishi uchun qulay deb hisoblashga asos bo‘ladi. Bundan kelib
chiqadiki, mashg‘ulot rejimlarida maxsus mashqlarni bajarish mashg‘
ulot metodlari
muammolarini yechishga va organizmning funksional imkoniyatlarini yaxshilashga
yordam beradi.
Biz mashg‘ulot jarayonida 13
-14 yoshdagi gimnastikalarning kuch tayyorgarligini
rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot mashqlar usulini ishlab chiqdik va
amalga oshirdik,
bu esa ushbu sportchilarning kuch tayyorgarligini sezilarli darajada yaxshilash imkonini
berdi.
Joriy etilgan majmuaga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashish, me’yorni va yuklamani
stajyor tomonidan o‘zlashtirilish darajasini doimo kuzatib borish lozim. O‘quv rejimlarida
maxsus mashqlarni bajarish ta’lim metodlari muammolarini hal qilishga va organizmning
funksional imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradi.
Eng samarali usul takrorlanuvchi va intervalli o‘qitish usullari hisoblanadi. Turli
yoshdagi gimnastikachilarni bitta usul yordamida o‘qitish mumkin emas. Ayniqsa,
12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘quv yuklamalarini rejalashtirishda
individual yondashuv bo‘lishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
M.N. Umarov, A.K. Eshtayev, D.R. Ishtayev, G.M. Xasanova Gimnastika darslik
Toshkent
–
2018, 4-12 b.
2.
Гавердовский Ю. К. в соавт. Спортивная гимнастика (мужчины и
женщины). Примерные
программы спортивной подготовки для ДЮСШ, СДЮШОР и
ШВСМ. –
М.: 2005. –
420 с.
3.
Умаров М.Н, Эштаев А.К. Разработка модельных характеристик гимнастов
высокой квалификации // «Фан спортга». –
Ташкент, 2004. –
№1. –
С. 35
-38.
