Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Gender Equality Policies in the Contemporary World
Makhfuzakhon SHAMSIEVA
1
Fergana State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15 January 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article highlights the gender equality policies being
implemented in countries around the world, the Global Gender
Gap Index indicators, the increasing proportion of women in
national parliaments within the framework of the "Action Plan
for Gender-Sensitive Parliaments" adopted by the Inter-
Parliamentary Union, and regional gender disparities.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
gender equality,
Global Gender Gap Index,
UN,
Inter-Parliamentary Union,
Rwanda,
national parliament,
region,
gender gap.
Zamonaviy dunyoda gender tenglik siyosati
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
gender tenglik,
Global Gender Gap Index,
BMT,
Parlamentlararo ittifoq,
Ruanda,
milliy parlament,
mintaqa,
gender tafovut.
Ushbu
maqolada
dunyo
mamlakatlarida
amalga
oshirilayotgan gender tenglik siyosati, Global Gender Gap Index
ko‘rsatkichlari, Parlamentlararo ittifoq tomonidan qabul
qilingan “Genderga nisbatan sezuvchan parlamentlar uchun
harakatlar rejasi” doirasida davlat
larning milliy parlamentida
ayollar ulushining oshib borayotganligi hamda mintaqaviy
gender tafovutlar yoritilgan.
1
PhD, Associate Professor, Fergana State University. E-mail: shamsiyeva69@gmail.ru
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
246
Политика гендерного равенства в современном мире
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
гендерное равенство,
Индекс гендерного
разрыва,
ООН,
Межпарламентский союз,
Руанда,
национальный парламент,
регион,
гендерный разрыв.
В данной статье освещаются политики гендерного
равенства, реализуемые в странах мира, а также
анализируются
показатели
«Глобального
индекса
гендерного
разрыва»,
«План
действий
для
гендерно
-
чувствительных
парламентов»,
принятый
Межпарламентским союзом, доля женщин в национальных
парламентах и региональные гендерные различия.
KIRISH
Gender tenglik
–
ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohada erkaklar bilan teng
huquq va imtiyozlar asosida faoliyatini olib borishda ko‘rinadi. Gender tenglikka erishish
BMT, Yevropa Ittifoqi boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilot va tuzilmalar hamda
davlatlar siyos
atining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2010-yil 2-iyuldagi 64/289 rezolyutsiyasi negizida
tashkil etilgan “BMT ayollari” butun dunyo boʻylab gender tengligini targʻib qilish,
imkoniyatlarn
i kengaytirish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish boʻyicha samarali
ishlarni amalga oshirib kelmoqda [1].
MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI
Hozirgi kunda jahon miqyosida xotin-qizlar masalasida mutlaqo yangicha
yondashuv va qarashlar asosida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, Yevropa
tadqiqotchilari [2] gender masalasida hamda ayollar hayotida vujudga kelgan
muammolarning amaliy va nazariy yechimlarini izlash masalalari bilan muvaffaqiyatli
tadqiqotlar olib borishdi. Ular o‘z tadqiqotlarida G‘arb jamiyatiga tegishli ikki qutb “Oila”
va “Kasbiy faoliyat” o‘rtasida bog‘liq bo‘lgan tendensiyalarni ijtimoiy so‘rovnomalar
asosida o‘rganib, ayollar va erkaklarning ko‘pchiligi oila va kasbiy faoliyatga bir xil e’tibor
qaratayotganligini aniqlagan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Bugungi kunda Shimoliy Yevropaning Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya,
Islandiya kabi mamlakatlari gender tengligiga erishish borasida qator muvaffaqiyatlarga
erishdi. Aytish joizki, Yevropaning ushbu mamlakatlarida gender tenglik siyosatining
taraqqiyotga erishish asosiy omillari quyidagilardir:
–
ayollar uchun har qanday kasb ta’limi va ish joylarining mavjudligi. (Islandiyada
ayollarning 72 foizi, Daniyada 80 foizga yaqini bandligi ta’minlangan);
–
ayollarni hokimiyat boshqaruvida ishtirok etishi. (Shvetsiya va Finlyandiyada
ayollarning 40 foizdan ko‘prog‘i davlat xizmatida faoliyat yuritadi);
–
aybsizlikka qarshi qonunlarni ishlab chiqilishi (90-yillarning birinchi yarmida
Shimoliy Yevropaning birinchi beshta mamlakatida erkaklar va ayollarga nisbatan
bevosita va bilvosita kamsitishni man qilgan hayotning barcha jabhalarida gender
tengligi to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi);
–
jinslarni tengligini ta’minlash uchun muayyan mexanizmlarni yaratilishi.
(ijtimoiy institutl
ar, tenglik bo‘yicha idoralar). Maxsus ekspertlar gender tenglik
siyosatini targ‘ib qilishni kuzatib boradilar;
–
ayollarning harakatini qo‘llab
-quvvatlanishi. (Shimoliy Yevropa mamlakatlarida
tenglik uchun ayollar harakatlari parallel ravishda rivojlana boshlangan) [3].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
247
Dunyo davlatlari tomonidan amalga oshirilayotgan gender tenglik siyosatini
baholash maqsadida har yili Jahon iqtisodiy forumi tomonidan Global Gender Gap Index
to‘rtta asosiy yo‘nalishda –
iqtisodiy ishtirok va imkoniyatlar, ta’lim olish, sog‘liqni
saqlash hamda siyosiy vakillik sohalarida tahlil o‘tkazib kelinmoda.
2024-yilda ushbu indeks 146 ta mamlakatda gender tengligini baholab, dunyo
bo‘ylab gender tengligi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qildi. Indeks
shuningdek, 2006-
yildan beri gender tengligi borasidagi o‘zgarishlarni chuqur tahlil
qilish imkonini beradi.
Tahlillarga ko‘ra, 2024
-
yilda dunyo bo‘ylab gender tengligi darajasi 68.5%ga yetdi,
bu esa o‘tgan yildagiga nisbatan atigi 0.1% o‘sishni ko‘rsatadi. Joriy te
ndensiyalarga
ko‘ra, hozirgi sur’at bilan gender tengligiga 134 yil ichida erishish mumkin.
Mamlakatlar bo‘yicha eng yuqori gender tengligi ko‘rsatkichlari: Islandiya (93.5%),
Finlyandiya (87.5%), Norvegiyada (87.5%); eng past gender tengligi ko‘rsatkichla
ri:
Sudan, Pokiston, Chadda aniqlangan.
Dunyoning 146 ta mamlakati bo‘yicha gender tenglikka erishishning to‘rtta asosiy
yo‘nalishlar tahlil etilib, umumlashtirilganda;
–
iqtisodiy ishtirok va imkoniyatlar
–
60.5%;
–
ta’lim olish –
94.9%;
–
sog‘liqni saqla
sh va omon qolish
–
96%;
–
siyosiy vakillik
–
22.5% ga (eng past ko‘rsatkich) teng ekanligi ma’lum bo‘ldi [4].
Global Gender Gap Index’ shuni ko‘rsatadiki, gender tengligiga erishish yo‘lidagi
o‘sish juda sust bo‘lib, ayniqsa iqtisodiy va siyosiy vakillik
sohalarida katta farqlar
mavjud. Ushbu tendensiyalarni o‘zgartirish uchun hukumatlar va biznes yetakchilari
gender tengligini iqtisodiy taraqqiyotning ajralmas qismi sifatida qabul qilishlari kerak.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, boshqa barcha kasblar or
asida ayniqsa siyosat
sohasida gender tengligiga erishish juda mushkul. Shunday qilib, jinsiy tafovut bo‘yicha
Global hisobotga ko‘ra, agar siyosiy vakillikdagi gender tengligining o‘zgarish darajasi
hozirgi darajada saqlanib qolsa, dunyoda siyosat sohasida gender tengligiga erishish
uchun o‘rtacha 95 yil, ta’lim sohasida gender tenglikka erishish uchun esa 12 yil kerak
bo‘ladi [5:35
-38]
Butun dunyoda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar siyosiy
rahbarlik lavozimlarida kam ishtirok etishad
i. Ayollarning siyosatda ko‘tarilishi yo‘lida
uchta asosiy to‘siqlar mavjudligi aniqlangan. Jumladan:
–
kambag‘allik, ta’lim va sog‘liqni saqlashdan foydalanish imkoniyati cheklanganligi;
–
siyosiy partiyalarda erkaklar hokimiyatini kuchaytirish, erkak nomzodlarni tanlash;
–
oilaviy qadriyatlar va maishiy hayot, ayollarga nisbatan an'anaviy munosabat.
Tarixiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, siyosiy vakillik va hukumat lavozimlarida
gender tengsizligi hanuzgacha butun dunyodagi demokratik mamlakatlarda asosiy
muammo bo‘lib qolmoqda.
Biroq, 2012-yilda Parlamentlararo ittifoq tomonidan qabul qilingan
“
Genderga
nisbatan sezuvchan parlamentlar uchun harakatlar rejasi”
ning hayotga tatbiq
etilayotgani mamlakatlarda va global miqyosda gender siyosatni rivojlantirish va gender
tenglikka erishishga xizmat qilayotganligini ta’kidlab o‘tish joizdir.
Xususan, 2022-yil 9
–
15-oktyabr kunlari Parlamentlararo ittifoqning
“Gender
tenglik siyosati va gender masalalarni inobatga oladigan parlamentlar tinchlik va
barqarorlikni mustahkamlashdagi harakatlantiruvchi kuch sifatida”
mavzusidagi
145-assambleyasini Ruanda poytaxti
Kigali shahrida o‘tkazilishi bejiz emas, albatta.
Bugun Ruanda parlamentdagi deputatlarning 61 foizdan
ortig‘ini ayollar tashkil etmoqda.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
248
BMT va PI tomonidan gender tenglikka oid xalqaro hujjatlarni hayotga tatbiq
etilishi natijasida bugunga kelib dunyo davlatlarining milliy parlamentlarida ayollarning
ulushi 26,1 foizni tashkil etmoqda. 193 mamlakatdan beshtasida
–
Ruanda (61 foiz), Kuba
(54,4 foiz), Nikaragua (50,6 foiz), Meksika (50 foiz) va Birlashgan Arab Amirliklari
(50 foiz), Yangi Zelandiya (49,7 foiz), Islandiya (47,6 foiz) va Kosta-Rika (47,4 foiz)da
parlament a’zolarining ko‘pchiligini ayollar tashkil etmoqda [6].
2024-yilgi mintaqaviy gender tafovuti reytingida Yevropada yetakchilik qilmoqda.
Mintaqa 75 foiz gender tenglik ko‘rsatkichiga eris
hib, 2006-yildan beri umumiy
yaxshilanish 6,2 foizga ortdi. Yevropaning Islandiya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya va
Germaniya davlatlari global 10 talikdan joy olgan.
Ikkinchi o‘rinni Shimoliy Amerika egallab 74,8 foiz gender tenglik ko‘rsatkichiga
ega. Mintaqada gender tafovut 4,3 foizga oshgan.
Uchinchi o‘rinda lotin Amerikasi va Karib havzasi joylashgan bo‘lib, gender tenglik
ko‘rsatgichi 74,2 foizni tashkil etadi. Mintaqa gender siyosati bo‘yicha eng katta sakrashni
amalga oshirdi va umumiy farqni 8,3 foizga qisqartirdi.
To‘rtinchi o‘rinni Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi egallagan, umumiy
gender tenglik ko‘rsatgichi 69,2 foizni tashkil etib, 2006
-yilga nisbatan 3,1 foizga ijobiy
siljish kuzatilgan.
Beshinchi o‘rinni Markaziy Osiyo egallab, gender tenglik ko‘rsatgichi 69,1 foizni
tashkil etmoqda.
Oltinchi o‘rinda Janubiy Afrika mintaqasi joylashgan bo‘lib, gender tenglik
ko‘rsatgichi 68,4 foizni tashkil etmoqda.
Yettinchi o‘rinni Janubiy Osiyo egallab, gender tenglik ko‘rsatgichi 63,7 foizni
tashkil etmoqda.
Barcha mintaqalar bo‘yicha oxirgi sakkizinchi o‘rinni Yaqin Sharq va Shimoliy
Afrika egallab, gender tenglik ko‘rsatgichi 61,7 foizni tashkil etmoqda [7].
XULOSA
Yuqoridagi ma’lumotlar dunyodagi biror bir mintaqa yoki mamlakat
hanuzgacha
gender masalalarini to‘la hal qila olmaganligini ko‘rsatadi. Dunyo mamlakatlari oldida
“genderga nisbatan adolatli va gender siyosatni qo‘llab
-quvvatlovchi jamiyatni
shakllantirish” vazifasi turibdi. Zamonaviy dunyoda
gender tenglik
–
demokratik
taraqqiyot darajasini ko‘rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Krolokke, Charlotte; Anne Scott Sorensen. Gender Communication Theories and
Analyses: From Silence to Performance.
–
Sage Publications, 2005.
–
Tree Waves of
Feminism: From Suffragettes to Grrls; Schlüter, A. (2012a): Führungsfrauen.
In: Unikate.
Geschlechterforschung, № 41.–
S. 100-107; Klammer, U. (2012): Wenn Mama das Geld
verdient… In: Unikate Geschlechterforschung, № 41. –
S. 59-68; Walter. K/ Lukoschat H.
(2008): Kinder und Karrieren: Die neuen Paare. Eine Studie der EAF im Auftrag der
Bertelsmann Stiftung. Kurzzusammenfassung der Studie. Berlin im Mai 2008. URL:
(https:// www.eafberlin.de/ fileadmin/eaf/Projekte/ Dokumente/P..Kinder_und_
Karrieren_Kurzzusammenfassung.pdf; Allmendinger, J. (2011):, Verschenkte Potenziale?
Lebensläufe nicht erwerbstätiger Frauen –
Unter Mitarbeit von Ebach, M. / Hennig, M. /
Stuhl, S. Bundeszentrale für politische Bildung. Schriftreihe Band 1120, Bonn.с
. 61.
2.
https://uz.wikipedia.org/wiki/BMT_Ayollari
3.
https://uzaf.uz/gender-tengligi/ Xalqaro gender tenglik standartlari
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
249
4.
Global Gender Gap Report 2024.Page-5/ World Economic Forum https
//www.weforum.org/publications/gender-gap-report-2024.
5.
Madaminov M.U. Gender Tengligi Tushunchasi, Uning Mohiyati Va Ilmiy Tahlili.
Page-35-38./ http://medicaljournals.eu/index.php/IJIMM/issue/view/3
6.
http://insonhuquqlari.uz/oz/news/m8958
/
Gender tenglik siyosati borasidagi
dunyo va O‘zbekiston tajribasi Parlamentlararo ittifoq nigohida
7.
Global Gender Gap Report 2024.Page-6/World Economic Forum https
//www.weforum.org/publications/gender-gap-report-2024.
