Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Causes and conditions enabling crimes committed by
previously convicted individuals
Khurshid UMBAROV
1
Supreme School Judges with the Supreme Judicial Council of the Republic of Uzbekistan
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received January 2025
Received in revised form
15 January 2025
Accepted 25 February 2025
Available online
25 March 2025
This article analyzes the criminological characteristics of
previously
convicted
individuals.
The
socio-spiritual
characteristics of persons who have committed crimes, the
factors influencing their criminal behavior, including spiritual,
social, economic, and psychological reasons, are highlighted.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Previously convicted person,
recidivism,
criminological
characteristics,
causes of crime,
prevention.
Ilgari sudlangan shaxslar tomonidan sodir etiladigan
jinoyatlarning sabablari va unga imkon bergan shart-
sharoitlar
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Ilgari sudlangan shaxs,
retsidiv jinoyatchilik,
kriminologik tavsif,
jinoyatchilik sabablari,
profilaktika.
Mazkur
maqolada
ilgari
sudlangan
shaxslarning
kriminologik tavsifi tahlil qilingan. Jinoyat sodir etgan
shaxslarning ijtimoiy-
ma’naviy xususiyatlari, ularning jinoiy
xatti-
harakatlariga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan,
ma’naviy, ijtimoi
y, iqtisodiy va psixologik sabablar yoritilgan.
1
Student, Supreme School Judges with the Supreme Judicial Council of the Republic of Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
444
Причины и способствующие условия совершения
преступлений ранее судимыми лицами
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
ранее судимое лицо,
рецидив,
криминологическая
характеристика,
причины преступления,
профилактика.
В данной статье анализируются криминологические
характеристики ранее судимых лиц. Рассматриваются
социально
-
духовные особенности лиц, совершивших
преступления, факторы, влияющие на их преступное
поведение, включая духовные, социальные, экономические
и психологические причины.
Bugungi kunda jinoyat oqibatlari bilan kurashishni emas, balki jinoyatchilikning
asl omillarini aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etish orqali uning barvaqt oldini olishni
ustuvor maqsadga aylantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bilan birga respublikada kuzatilayotgan jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va
prognoz qilish, jinoyatchilik omillarini ilmiy diagnoz qilish, qonunchilik va huquqni
qo‘llash amaliyotini takomillashtirish orqali ularni bartaraf etish, shuningdek, ilmiy
tadqiqotlarni huquq-tartibot amaliyotidagi muammolarning manzilli hal etilishiga
yo‘naltirish mexanizmlarini tubdan isloh qilish zarurati yuzaga kelgan [1].
Shu boisdan,
hududlardagi kriminogen vaziyatni chuqur tahlil qilish, jinoyatlarning dinamikasi va
sodir etilishiga ta’sir
qilayotgan omillarni aniqlash va “ilmiy diagnoz” qo‘yish orqali
jinoyatchilikni prognozlash va uning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
So‘nggi paytlarda yuzaga kelayotgan xavf
-xatar va tahdidlar, avvalo, xalqaro
terrorizm, diniy ekstremizm, n
oqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o‘rtasida
xalqimizga yot g‘oyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotganligi ichki ishlar
organlari oldiga o‘z vaqtida ularning oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha yangi
vazifalarni qo‘ymoqda [2]. Ayniqsa, “
huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va
shart-
sharoitlarini o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining barcha qatlamlari huquqiy
madaniyatini oshirish, ularda qonunga hurmat, qonun buzilishining har qanday
ko‘rinishiga murosasizlik tuyg‘usini singdirish yo‘li bilan huquqbuzarliklarning barvaqt
profilaktikasi va oldi olinishini ta’minlash” [2] huquqni qo‘llash amaliyotidagi muhim
vazifalardan biri hisoblanadi.
Huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga
oshiruvchi
organlar va muassasalar tomonidan g‘ayriijtimoiy xulq
-atvorli,
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan,
ilgari sudlangan, huquqbuzarliklar sodir etgan hamda o‘zining g‘ayriijtimoiy xulq
-atvori
bilan jamiyatga s
albiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarga nisbatan tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatishga qaratilgan profilaktika chora
-
tadbirlarini amalga oshirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu o‘z navbatida, ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini
oshirish, fuqa
rolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, yurtimizda
jinoyatchilikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatlarni barvaqt aniqlash va ularning
oldini olish imkonini bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, ilgari sudlangan shaxslar o‘rtasida profilakti
k ishlarni samarali
tashkil etish, voyaga yetmaganlar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazilishini
ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish jinoyatlarning sodir
etilishini barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ishlarning tashkil
etilishi ma’muriy hududlarda kriminogen vaziyatning yaxshiligini ta’minlashga xizmat
qiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
445
Bugungi kunda bozor munosabatlari jarayonida bo‘sh ish o‘rinlarining yaratilishi
borasida mamlakatimizda olib borilayotgan ko‘plab am
alga oshirilayotgan choralarga
qaramasdan aholining ko‘pchilik qismining ishsizligi, shu jumladan bu holatlar ilgari
sudlangan shaxslarni ishga joylashtirishdagi muammolarni keltirib chiqarayotganligi
dolzarb masala hisoblanadi.
Jinoyatchilik
ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganilganida jinoyatchi shaxsi va uning
xususiyatlari ham o‘rganiladi [3]. Ma’lumki, jinoyatchi shaxsining ijtimoiy xavfli va aybli
qilmishlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni kriminologiya fani tadqiq etadi. Zero,
jinoyat sodi
r etgan shaxslarni ilmiy jihatdan o‘rganish o‘zining mazmun va mohiyatiga
ega [4] bo‘lib, jinoyatchi shaxsiga oid ma’lumotlarni o‘rganishga qaratilgan profilaktik
chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, “jinoyatchi shaxsi” ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, bir qator fanlarning
o‘rganish obyekti hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsi yuridik psixologiya uchun ham,
kriminologiya uchun ham alohida qiziqish uyg‘otadi. Zero, u muayyan tashqi shart
-
sharoitlarni oddiygina aks ettirib qolmay,
balki o‘zaro aloqaning faol tomonini tashkil etadi.
Kriminologiyada “jinoyatchi” va “jinoyatchining shaxsi”
kabi atamalar kategoriya,
ya’ni har biri mustaqil tushuncha sifatida talqin qilinadi. “Jinoyatchi shaxsi” tushunchasi
o‘ziga xos ravishda jinoyatchining ijtimoiy belgilarini ifodalaydi, ya’ni shaxsning “ijtimoiy
qiyofasi”ni ochib berishga xizmat qiladi [5
].
Huquqbuzar shaxslarga xos bo‘lgan yana bir jihat shundaki, ularning ma’naviy va
intellektual darajasi yuqori bo‘lmagan, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydigan,
xulq-
atvori agressiv hamda kriminogenlik darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar hisoblana
di.
Ushbu toifadagi shaxslar barcha jinoyat etgan shaxslarning uchdan bir qismini tashkil
etadi. Shuningdek, shaxsning oilaviy ahvoli, moddiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi,
turar joyi ham kriminologik ahamiyatga egadir.
Jinoyatchi shaxsining tuzilishida quyidagi elementlar mavjud:1) insonning ijtimoiy
munosabatlar tizimidagi o‘rnini aks ettiradigan alomatlar (jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli,
ma’lumoti va hokazolar) majmuasini o‘z ichiga olgan ijtimoiy maqomi; 2) shaxsning
faoliyatning asosiy sohalarida o‘
zini real namoyon qilish orqali ifodalangan ijtimoiy
funksiyalari (kasbiy-mehnat, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-maishiy); 3) insonning
faoliyatning asosiy turlarida o‘zini namoyish qilishiga munosabatini aks ettiradigan
axloqiy-psixologik qoidalar (qonunga, huquq tartibotga, mehnatga, oilaga, madaniy
qadriyatlarga va hokazolar) [6].
Shaxs ma’lumot darajasining pastligi, axloqsizligi, xulq
-
atvorining salbiyligi ko‘p
hollarda huquqbuzar shaxsni g‘ayriijtimoiy ishlardan o‘zini tiya olmaslikka olib keladi.
Bunday
shaxslar oqibatda o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun
shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarni o‘ylamasdan, osongina sodir etadilar.
Jinoyat sodir etuvchi shaxslarning hissiyot va g‘arazli niyatlari hayotdagi
qiyinchiliklar,
ruhiy o‘zgarishlar yoki buzilishlar natijasidir [7].
Ilgari sudlangan shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish
ko‘p jihatdan tezkor
-profilaktika ishlarining tabiati va intensivligi ushbu toifadagi
jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatl
ariga qanchalik mos kelishiga bog‘liq bo‘ladi.
Jinoyatchi-
retsidivistning shaxsini tavsiflovchi ma’lumotlarning tahlili uning umumiy
portretini tuzishga imkon beradi. Jinoyatlarning takror sodir etilishini tahlil qilganda
ehtiyojli-motivatsion sohadagi che
tga chiqishlar kriminologik ahamiyatga ega bo‘lib,
ehtiyoj va manfaatlarning umumiy chegaralanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
446
Shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat subyektda g‘ayriijtimoiy yo‘nalish
mavjudligini taxmin qilishga imkon beradi. Retsidiv sodir bo‘
lganida, bunga ishonch
kuchayadi va ko‘plab olimlar allaqachon uning antisotsial qarashlari, ko‘nikmalari,
odatlari saqlanib qolishi mumkin [8].
Ilgari sudlangan shaxslarning ijtimoiy-axloqiy buzilishi ozodlikdan mahrum qilish
joylarida uzoq vaqt
bo‘lish jarayonida chuqurlashadi. Nevrotizm, psixopatizatsiya,
xarakterning aksentuatsiyalashuvi, xatti-harakatning noadekvatligi, tajovuzkor
ko‘rinishlarga barqaror moyillik nafaqat jinoiy turmush tarzining, balki ozodlikdan
mahrum qilish joylarida uzoq v
aqt bo‘lishning ham odatdagi oqibatlaridir [9].
Ilgari sudlangan shaxslar uchun surunkali alkogolizm, giyohvandlik, ruhiy
buzilishlar kabi kasalliklar xos hisoblanadi. O‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etgan residiv
jinoyatchi shaxslarning 58% o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir etishda spirtli ichimliklar ta’sirida
sodir etishgan [10]. Bundan keyingi ulush giyohvandlikka ruju qo‘ygan shasxlar hissasiga
to‘g‘ri kelmoqda. Giyohvand moddalarga bo‘lgan ishtiyoq ko‘pincha odamni boshqa
jinoyat sodir etishga undaydigan o
mil hisoblanadi. Ko‘pincha, hech qanday sababsiz, hech
qanday his-
tuyg‘ular ta’siri ostida bo‘lmasdan, og‘ir jinoyatlar spirtli ichimlik yoki
giyohvand moddalarning ta’sirida sodir etiladi. Bizningcha, sud aybdorga jazo jazo
tayinlashda ana shunday holatlarni hisobga olishi lozim.
Chunki, shaxsning spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi oqibatida asab tizimining
tormozlanishi, o‘zini boshqara olmaslik, qilayotgan hatti
-harakatining oqibatini anglab
yetmaslik, ayniqsa, shaxsning hulq-atvorida emotsional ruhiy holatlarining salbiy
tomonga o‘zgarishi kuzatiladi [11]. Umuman olganda, shaxsning mastligi natijasida o‘z
harakatlarini nazorat qilolmaslik, qo‘pollik, agressivlik kuzatiladi. Buning natijasida mast
kishining ongida jamiyatda o‘rnatilgan ahloq
-odob normalariga befarqlik va hurmatsizlik
bilan qarash paydo bo‘ladi. Bu esa, jamiyatga zid bo‘lgan turli g‘ayri
-ijtimoiy salbiy
xususiyatlarni shakllantirib shaxsning jinoyat sodir etishiga olib keladi.
Shuni qayd etish joizki, shaxsning mastlik holatidagi harak
atlarida ma’lum bir
darajada huquqbuzarning “hech kimdan qo‘rqmayman”, “hamma narsa mumkin” degan
fikrlari ularning ijtimoiy xavfli qilmishlarida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot jarayonida zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar ko‘p hollarda spirtli
ichi
mliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilishi natijasida o‘ta og‘ir turdagi qilmishlarni ham
sodir etishganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, qasddan odam o‘ldirishning 36%, qasddan
badanga shikast yetkazishning 43%, nomusga tegishning 12%, bezorilikning 51% bevosita
mastlik natijasida sodir etilgan. Ayrim tadqiqotlarda jinoyatlarni sodir etilishida jinoyatchi
shaxslar 73% mast holatda ekanligi ma’lum bo‘lgan [12].
Tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki,
ilgari sudlangan shaxslar
oilaviy ahvoliga ko‘ra
48% oilali, 9% birga yashamaydi, 43% turmush qurmagan shaxslardir. Ilgari sudlangan
shaxslarning aksariyat qismini turmush-
tarzi nosog‘lom, vaqtincha ishsiz, ma’lumoti
yuqori bo‘lmagan, ma’naviyati rivojlanmagan, atrofdagilarga bo‘lgan munosabati
samimiy bo‘lmagan, atrofidagilar bilan muomalada qo‘pol va jizzaki bo‘lgan toifadagi
shaxslar tashkil etadi [13].
Ilgari sudlangan shaxslarning taxminan 75
–80% bo‘sh vaqtlarini ko‘pincha spirtli
ichimlik yoki giyohvand moddalar iste’mol qilish yoxud qimor o‘yinlari o‘ynash
bilan
o‘tkazishni afzal ko‘radi [14]. Bu borada retsidiv huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni o‘z
vaqtida hisobga olish, ma’muriy nazorat o‘rnatish, ishga joylashtirishga alohida e’tibor
qaratish lozim. Shu bilan birga, profilaktika choralari tezkor-qidiruv tadbirlari bilan bir
vaqtda amalga oshirilishi kerak.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
447
Ilgari sudlangan shaxslarning 85% o‘zining doimiy yashash joyi hududida o‘sha
joydagi kriminogen vaziyatni yaxshi bilishi tufayli o‘zining jinoiy maqsadlari yo‘lida
jinoyat sodir etgan.
Ilgari sudlan
gan shaxslarning eng xarakterli xususiyati ularning g‘ayriijtimoiy
qarashlari va xulq-
atvorining barqarorligi bo‘lib, bu axloqiy
-
huquqiy me’yorlarga e’tibor
bermaslik, parazitlik, takroriy tizimli jinoyatlar sodir etishda namoyon bo‘ladi. Retsidivistlar
na
faqat o‘zlari yangi jinoyatlar sodir etishlari, balki boshqa ma’naviy jihatdan barqaror
bo‘lmagan shaxslarni, ayniqsa, yigit va o‘smirlarni jinoiy harakatlarga jalb etishadi.
Ilgari sudlangan shaxslar aqlli, irodasi sust, jizzaki va hissiy beqaror turlarga
bo‘linadi. Masalan, irodasi sust retsidivistlar jinoyatlarni ijtimoiy hayotga
moslashmaganligi, nihoyatda noqulay hayotiy vaziyatlar, turmushining yo‘lga
tushmaganligi sababli sodir etadilar. Ular odatda har xil jinoyatlarni sodir etadigan,
vaziyatga b
og‘liq individlardir.
Ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligi kriminologik tavsifi, uning darajasi, tuzilishi
va dinamikasini hisobga olish o‘z navbatida, barcha jinoyatlar doirasidagi retsidivlar soni
va uning alohida turlari,
jinoyatlarning ayrim turlari bilan belgilanadi. “Keyingi yillarda
ilgari sudlanganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar sur’atining kamayganligi
kuzatilgan. Lekin, shunga qaramasdan jinoyatchilik tarkibida retsidiv jinoyatlar
hissasining keskin kamaym
ayotganligi tashvishli holdir” [15]
.
Ilgari sudlangan
shaxslar toifalari ularni sodir etgan jinoyatlariga qarab
tavsiflanadi. Ya’ni, bir yoki bir necha marotaba sudlangan shaxslar bo‘lib o‘rganish
mumkin. Masalan, o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlari ulu
shi boshqa jinoyatlarga qaraganda
ko‘proq sodir etiladi. Xususan, o‘g‘irlik jinoyatlarining sodir etilishida jinoyat sodir etgan
jinoyatchi shaxslar jinoyatlarni sodir etishda murakkab darajada jinoyat izini
qoldirmasdan jinoyat sodir etishda turli usul va
shakllarni qo‘llab sodir etishlari ushbu
turdagi jinoyatni fosh etishda murakkab vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Ilgari sudlangan
shaxslar jinoyatchiligi o‘ziga xos miqdor va sifat belgilariga ega
b
o‘lib, o‘zining rivojlanish
tendensiyalari va xususiyatlari bilan umumiy jinoyatchilik
tarkibidagi ijtimoiy hodisaning mohiyatini aniqlash imkonini beradi [16].
Ijtimoiy muhit va ijtimoiy hamkorlik o‘z tabiatiga ko‘ra kriminologik xarakterga
ega bo‘lib, retsidiv jinoyatchilikning sa
bablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni
tahlil qilishda muhim ahamiyatga egadir [17]. Jamiyatdagi o‘zgarishlar, ayniqsa, uning
ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy, siyosiy, tashkiliy, boshqaruv, ilmiy-texnikaviy va boshqa
obyektiv sharoitlarini o‘zgaris
hi munosabati bilan retsidiv jinoyatlarning sifat va miqdor
ko‘rsatkichlari o‘zgarib bormoqda.
Ayrim adabiyotlarda ilgari sudlangan
shaxslar jinoyatchiligining sabablari
mazmuniga ko‘ra, ijtimoiy
-psixologik holatlarga, ularga imkon beruvchi sharoitlarni esa
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan yuzaga keluvchi holatlarga ajratiladi. Zero,
hozirgi vaqtda kriminologik tadqiqotlarda jinoyatchilikka yuzdan ortiq omillar ta’sir
ko‘rsatayotganligi ta’kidlangan [18].
Ilgari jinoyat sodir etganligi ham muayyan qilmishning kelib chiqishida, ayniqsa
jabrlanuvchining qilmishiga munosib javob qaytarish bilan jinoyat sodir etishiga olib
kelishini kuzatish mumkin. Bunday vaziyatlar nikohsiz birga yashagan shaxslarda
ko‘proq kuzatildi. Misol uchun, ilgari sudlangan fuqaro N. uyida turmush o‘rtog‘i A. bilan
o‘rtalarida kelib chiqqan nizo tufayli turmush o‘rtog‘i tanasining turli joylariga qo‘li va
oyoqlari bilan urib unga nisbatan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
448
Jinoyat sodir etgan aniqlangan shaxslar umumiy sonining nisbiy barqarorligiga
qaramay, ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin takroran jinoiy
xatti-
harakatlar sodir etgan shaxslar soni sezilarli darajada kamaymagan bo‘lsa
-da, uning
o‘sishi yoki kamayishi ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha samarali
profilaktika chora-
tadbirlarini ishlab chiqilganligiga bog‘liq.
Ilmiy-
nazariy jihatdan “sabab” tushunchasi o‘ziga xos mazmun va mohiyatga ega
bo‘lib, mazmun jihatidan tabiat yoki jamiyat hayotida u yoki bu voqelikning yuzaga
kelish
ida katta o‘rin tutishi tushunilsa, mohiyat jihatidan salbiy yoki ijobiy vaziyatlarni
yuzaga keltirishi tushuniladi. Shuning uchun bir qator ijtimoiy-tabiiy fanlar, ayniqsa,
falsafa fanida bu muammoga javob topishga alohida e’tibor qaratilgan.
Umuman olga
nda, “sabab” o‘ziga xos tushuncha sifatida, ya’ni obyektiv voqelikda
o‘zaro bog‘liq sabab va oqibatni yuzaga keltiruvchi qonuniyat deb e’tirof etilganini ko‘rish
mumkin. Sababning yuzaga kelish jarayoni vaqt mobaynida ma’lum bir bosqichlar
asosida shakllan
adi va aytib o‘tilganidek, oqibatni keltirib chiqarishga ta’sir etadi.
Ayniqsa, jamiyat hayotida sodir bo‘ladigan ijtimoiy
-huquqiy munosabatlarning
shakllanishida sabab va oqibat o‘ziga xos ravishda kechadi. O‘z navbatida, har bir sababni
keltirib chiqaruv
chi “sabab”ning mavjud ekanligini ham yodda tutish lozim. Shundan
kelib chiqqan holda kriminologiya fanida jinoyatchilikning sabablarini o‘rganishga
alohida e’tibor qaratilganini ko‘rish mumkin.
Sabab va oqibatning o‘zaro bog‘liqligi, sharoit bilan uzviy a
loqada ekanligi
qonuniyatini bilish esa aynan jinoyatchilikni ilmiy-nazariy jihatdan chuqur tahlil etishga
imkon yaratadi. Chunki, sababning kelib chiqishida ma’lum bir sharoitning mavjud
bo‘lishi tabiiy bir holdir. Binobarin, sabab va sharoitni bir
-birida
n ajralgan holda ko‘rib
chiqish aslo mumkin emas. Sabab va sharoitni kompleks tarzda o‘rganish
jinoyatchilikning kelib chiqishini ilmiy bilishda katta ahamiyatga egadir. Shu orqali
jinoyatchilik va jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitga kriminogen-
determinant sifatida qarash lozim
*
.
Ijtimoiy hodisalarni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitlar o‘ziga xos metodologik
va mazmunlar nuktai nazaridan tavsiflanadi hamda shu asosda jamiyat hayotida ro‘y
berayotgan voqealarga baho berish mumkin.
Jinoyatchiligining sabablari va ularning sodir etilishiga imkon berayotgan sabab va
shart-
sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va tahlil qilish asosida uning salbiy oqibatlarini
kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero,
“
retsidiv jinoyatchilik muammosi
–
eng avvalo alohida jinoyatchilar toifalarining
muammosidir
” [19]
.
A.I.
Alekseev ta’kidlaganidek, qayta jinoyatlarning sodir etilishiga imkon beradigan
qator shart-
sharoitlar muayyan vaziyat bilan bog‘liq holda s
odir etiladi. Jamiyatga qarshi
qaratilgan qarashlarning barqaror bo‘lgan tizimi obyektiv va subyektiv sabablar ta’sirida
shakllanadi [20].
Ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uning
sodir etilishida ijtimoiy va huquqiy omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy omillar
o‘z ichiga jinoyatchilikning sabab va shart
-sharoitlarini, jinoyatchi shaxsining demografik
ma’lumotlari, belgilarini qamrab olsa, huquqiy omillar –
jinoyat qonunchiligiga asosan
jinoyat sodir etgan
jinoyatchi shaxsga nisbatan jazoning muqarrarligini ta’minlash yoxud
yengillashtirish va qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi yondashuvlarni qamrab oladi.
*
Determinane
–
lotincha soz bulib, “belgilovchi” degan maʼnoni bildiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
449
Retsidiv jinoyatchilikning ham umumiy, ham maxsus xarakterga ega bo‘lgan
muayyan sabab va shart-sharoi
tlarning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Birinchi guruhga
umuman jinoyatchilikka xos bo‘lgan sabablar va shart
-sharoitlar kiradi, ikkinchi guruhga
esa
–
retsidiv jinoyatchilikka ta’sir qiladigan holatlar kiradi. Shu bilan birga, ayrim
yuridik adabiyotlar
da retsidiv jinoyatchilikning o‘ziga xos, maxsus sabablari mavjud
emasligi ham ko‘rsatib o‘tilgan [21]
. Bizning nazarimizda retsidiv jinoyatchilikning sodir
etilishida umumiy va maxsus xarakterga ega muayyan sabab va sharoitlar mavjud.
Ayrim yuridik adabiyotlarda ilgari sudlangan shaxslarning jinoyatlarni sodir etish
sabablari va unga imkon bergan shart-
sharoitlar xususida so‘z yuritilganda
, ular umumiy
ma’noda “jinoyatlarni yuzaga keltiruvchi omillar” sifatida ham e’tirof etilib, bu borada
“jinoyatchilikni
vujudga keltiruvchi omillar”, “jinoyatga imkon berayotgan omillar” [22],
“jinoyat jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi kriminologik omillar” [23], “jinoyatning sababiy
omillari” [24] tushunchalaridan foydalanilganligi ko‘zga tashlanadi.
Sabab va shart-sharoitni
ng o‘zi nima? degan savolga javob topish zarur. “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati”da sabab, sharoit, shart kabi tushunchalarga, “sabab
–
bois, vaj,
bahona; yo‘l, usul; aloqa kabi ta’riflar berilgan [25].
Yuridik adabiyotlarda esa
jinoyatlarning sabablari, ularga imkon berayotgan shart-
sharoitlar xususida ko‘plab fikr
va mulohazalar bildirilgan. N. Djuraevaning yozishicha, huquqbuzarliklarning sodir
etilish sabablari va ularga imkon beruvchi omillar muammosi har qanday kriminologik
tadqiqotda u yo
ki bu tarzda ko‘rib chiqiladi. Chunki, u kriminologiyaning muhim
muammolaridan biridir [26], deydi.
Huquqiy adabiyotlarda sababning o‘zi shart
-
sharoit bilan o‘zaro ta’sir or
qali
namoyon buladi va oqibatni keltirib chiqaradi [27] deb qayd etilgan.
Fikrimizcha, jinoyatchilik sabablari
–
jinoyatchilikning sodir etilishini taqozo
etadigan, uni oziqlantiradigan, ko‘payishini ta’minlaydigan voqea, hodisa va
jarayonlarning yig‘indisidir. Jinoyatchilik sharoitlari deganda jinoyatchilikni sodir
etilishini taqozo etmaydigan uni keltirib chiqarmaydigan, biroq uning sodir etilishiga
ko‘maklashadigan voqea, hodisa va jarayonlar majmuini tushunish lozim.
Kriminologiya oid ta’limotlarda ilgari sudlangan shaxslarning jinoyatchiligi
sabablari haqida turli qarashlar mavjud. Ushbu qarashlar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy,
ma’naviy sohalarda mavjud muammolar, nizolar va ziddiyatlar bilan izohlanadi.
Ularda jinoyatchilik sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarni tushuntirishda ikki xil
yondashuv ko‘zga tashlanadi.
Birinchisi
,
–
jinoyatchilik sabablari va ularga imkon bergan sharoitlarning ijtimoiy
hodisalar bilan bog‘liqligidir. Bunda jinoyatchilik sabablari va unga imkon bergan
sharoitlar obyektiv va subyektiv turlarga bo‘linadi. Obyektiv sabab va shart
-sharoitlar
insonning
irodasi va ongiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda mavjud bo‘ladi, shu bois ularni
bartaraf qilib bo‘lmaydi, ammo ularni cheklash, bir qismini zararsizlantirish, ularning
salbiy oqibatlarini kamaytirish, ya’ni ularni nazorat qilish va ularga ta’sir ko‘rsatish
mumkin.
Subyektiv sabablar va shart-
sharoitlar odamlarning muayyan maqsad yo‘lidagi
faoliyatiga taalluqli va bog‘liq bo‘lib, odatda ushbu faoliyatdagi kamchiliklarning
oqibatida yuzaga keladi [28].
Ikkinchi yondashuvga
jinoyatchilikning sodir etilish sabablari va ularga imkon
bergan sharoitlar inson, ijtimoiy guruh, jamiyat hayotining subyektiv sohasi bilan bog‘liq
masalalarga bo‘linadi. Kriminologiyada sabab har doim oqibat bilan bevosita bog‘liq
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
450
bo‘lib, undan hech qanday oraliq bo‘g‘inlar bilan ajralmagan. Oqibatning eng yaqin
(bevosita) sababigina sabab, deb atalishga loyiqdir. Jinoyatchilik (va jinoyat)ning bunday
bevosita sababi subyektiv omil, ya’ni individuumlar, ijtimoiy guruhlar psixologiyasidagi
nuqsonlardir. Ay
nan ular jinoyatchilikning sabablari sifatida qaralishi mumkin”
[29].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek:
“Biz “Adolat –
qonun ustuvorligida”
degan tamoyil asosida jamiyatimizda hurmat,
huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan ishlarimizni
jadal davom ettiramiz. Bu borada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga alohida
e’tibor qaratiladi. Buning uchun avvalo m
ahalla imkoniyatlaridan keng foydalanish,
profilaktika inspektorlarining ish samarasi va mas’uliyatini oshirish, ular uchun munosib
xizmat va turmush sharoitini yaratib berish choralarini ko‘rishimiz darkor” [30].
Jinoyatchilik sabablarining ijtimoiy-psixologik determinantlariga: ijtimoiy
psixologiya va shaxs psixologiyasidagi ziddiyatlar; shaxsda jinoiy xulqning shakllanishiga
imkon beruvchi sharoitlar esa oila, yaqin atrofidagilarning, maktabdagi, ishlab
chiqarishdagi, maishiy tarbiyaning, tashkiliy boshqaruvga oid xato va kamchiliklarning
salbiy ta’siri singari hodisalar kiradi.
Ma’lumki, jinoyatchilikning sabablarini ilmiy jihatdan o‘rganish va tahlil qilishga
nisbatan bo‘lgan ushbu yondashuv jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy
-ruhiy
sabablar b
ilan bog‘liqdir. Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon
bergan shart-
sharoitlarni o‘rganish va tahlil qilish asosida ilmiy diagnozlar qo‘yish
muhim ahamiyatga egadir.
Shart-
sharoitlar esa makro va mikro muhitda o‘z ifodasini topadi. Bu
nda
mikromuhitga asosiy e’tibor qaratiladi, chunki individ ana shu darajada ijtimoiylashadi.
Fikrimizcha, takroriy jinoyatchilikning sabablari va unga imkon bergan sharoitlarni
tushuntirishga ikkinchi yondashuv afzalroqdir, chunki retsidiv jinoyatchilikning sodir
etilish sabablari va ularga imkon bergan sharoitlar inson, ijtimoiy guruh, jamiyat
hayotining subyektiv sohasi bilan bevosita bog‘liqdir.
Kriminolog olimlarning fikricha, retsidiv jinoyatchilikka qarshi kurashishda uning
ta’sirchan mexanizmlarini i
shlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, jinoyatchilik
xulqining oldini olish tadbirlari samaradorligi, ta’sirchanligi, eng avvalo, jinoyatchi
shaxsda ijobiy fazilatlarning, ijtimoiy foydali ehtiyoj va qiziqishlarning shakllanishiga
bog‘liq bo‘ladi.
[31].
J.S.
Muxtorov ta’kidlaganidek, ijtimoiy
-foydali faoliyatdan yiroq shaxslar bunday
holatda jamiyatga zid turmush kechiruvchi, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar ta’siriga
tushib qoladilar yoki ularning o‘zlari boshqalarni, ayniqsa voyaga yetmaganla
rni jinoyat
sodir etishga undaydilar [32]. Chunki,
“huquqbuzarliklar o‘z
-
o‘zidan sodir etilmaydi.
Asosiy masala huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini
olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-
sharoitlarni o‘z vaq
tida bartaraf
etishdan iboratdir” [33].
Z.A.
Amirov ta’kidlaganidek, biron
-
bir jarayon dinamikasini o‘rganishni ushbu
jarayonni keltirib chiqaruvchi birlamchi asos va sabablarni o‘rganishdan boshlash
maqsadga muvofiq bo‘ladi” [34]. “
Jinoyat sabablari
–
jinoyatning sodir etilishini taqozo
qiladigan, uni oziqlantiradigan, ko‘payishini ta’minlaydigan hodisa, voqea va
jarayonlarning yig‘indisi bo‘lsa, jinoyat sharoitlari esa, jinoyatni bevosita keltirib
chiqarmaydigan, lekin uning sodir e
tilishiga ko‘maklashadigan hodisa, voqea va
jarayonlarning majmui hisoblanadi” [35].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
451
Yuridik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, “sabablar, o‘z mazmuniga ko‘ra, ijtimoiy
-
psixologik holatlar bo‘lsa, sharoitlar esa iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan
yuzaga keluvchi holatlar hisoblanadi” [36].
Yuqoridagi fikr-mulohazalar va kriminologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan
holda aytish mumkinki, ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligining sabablari deganda,
jinoyatchilikning sodir etilishini taqozo qi
ladigan, ularni oziqlantiradigan, ko‘payishini
ta’minlaydigan hodisa, voqea va jarayonlarning yig‘indisi;
ilgari sudlangan shaxslar
jinoyatchiligi sharoitlari deganda ushbu turdagi jinoyatlarni bevosita keltirib
chiqarmaydigan, lekin ularning sodir etilish
iga ko‘maklashadigan hodisa, voqea va
jarayonlarning majmui tushuniladi.
Har qanday jinoyatlar kabi, ilgari sudlangan shaxslarning jinoyatchiligining sabab
va sharoitlarini bir-
biridan ajratish ham murakkab jarayon bo‘lib, faqatgina muayyan
shaxsning qilmishini nima keltirib chiqarganligini va nima uning kelib chiqishiga
ko‘maklashganini aniqlash mumkin bo‘ladi. Chunki,
u yoki bu hodisa, voqea yoki jarayon
ayrim holatda sabab sifatida harakat qilsa, boshqa vaziyatda esa sharoit sifatida namoyon
bo‘ladi [37].
Har qanday huquqbuzarliklar kabi, retsidiv jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini
bir-
biridan ajratish ham murakkab jarayon bo‘lib, faqatgina muayyan shaxsning
qilmishini nima keltirib chiqarganini va nima uning kelib chiqishiga ko‘maklashg
anini
aniqlash mumkin bo‘ladi. Chunki, u yoki bu hodisa, voqea yoki jarayon ayrim holatda
sabab sifatida harakat qilsa, boshqa vaziyatda esa sharoit sifatida namoyon bo‘ladi [38].
Ayrim yuridik adabiyotlarda residiv jinoyatchilikning quyidagi sabab va sharoitlari
o‘rganilgan: a) shaxsga ijtimoiy ruhiy
-
muhitning salbiy ta’siri; b) ishsizlik, moddiy
yetishmovchilik; v) spirtli ichimlik yoki giyohvandlikka ruju qo‘yish; d) ilgari sudlangan
shaxslar bilan yetarli darajada profilaktik ishlar olib borilmaganligi [39].
Retsidiv jinoyatchiligining sabablarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga
ajratilgan: a)
nosog‘lom ma’naviy
-
ruhiy holat; b) ma’naviy
-axloqiy tarbiyaning zaifligi
yoki sustligi; v) g‘ayriijtimoiy xulq
-atvorga egalik; g) moddiy yetishmovchilik va
qiyinchiliklar; d) spirtli ichimlikka ruju q
o‘
yish [40]. Mazkur sabablarni jinoyatchilikni
keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlar deb izohlash mumkin.
Oilada nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni shartli ravishda quyidagi
guruhlarga ajratilgan
: a) oiladagi nosog‘lom ma’naviy
-
ruhiy muhit; b) oiladagi ma’naviy
-
axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi; v) oila a’zosi (a’zolari)da mavjud bo‘lgan
g‘ayriijtimoiy xulq
-atvor;g) oiladagi moddiy yetishmovchilik va qiyinchiliklar; d) oila
a’zosi (a’zolari)ning spirtli ichimlikka ruju qo‘yishi; ye) asossiz (me’
yoridan ortiq) rashk,
erkak va ayolning xiyonati; j) erta turmush qurish, yosh oiladagi munosabatlarga noo‘rin
aralashuv [41]. Ushbu jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sabablarning bunday
guruhlar
ga ajratilishi to‘g‘ri deb hisoblaymiz.
I.Yu.
Fazilov o‘z tadqiqotlarida ishsizlik, huquqiy ong va huquqiy madaniyatning
pastligi, ayniqsa yoshlarning «ommaviy madaniyat» ta’siriga tushib qolishi, fuqarolarda
yengil yo‘l bilan tezroq katta boylik orttirishga bo‘lgan xohish
-istakning yuqoriligi,
oilaviy-maishiy nizolar
–
shaxsning jinoyat sodir etishiga turtki bo‘ladi [42]
.
M.Q.
O‘razaliev esa, jinoyatlarning sodir etilishiga ma’naviyat darajasining pastligi;
ishsizlikning yuqoriligi; jamiyatdagi oila-nikoh munosabatlarining deformatsiyasi;
shaxsning ijtimoiylashuvidagi nuqsonlar, shaxslararo munosabatlar madaniyatining
pastligi, alkogolizm, giyohvandlik retsidiv jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi asosiy
omillardan [43] biri deb hisoblaydi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
452
Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, jinoyat sodir etgan shaxslarning
aksariyatini axloqsiz,
ma’naviyati past, salbiy xulq
-
atvorga ega bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Chunki,
aybdorning muayyan harakati yoki salbiy xulqi oilada nizo kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Misol uchun, J. ismli fuqaro uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib, turmush o‘rtog‘ini haqorat
qilishi natijasida kelib chiqqan o‘zaro ziddiyat oqibatida xotinini do‘pposlab unga tan
jarohati yetkazgan. Mazkur oilada doimiy ravishda bu kabi nizolar bo‘lib tursa
-da, xotini
farzandlarining taqdirini o‘ylab bu haqida t
egishli organlarga murojaat qilmagan.
Shuningdek, J. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, mast holatda uyida jiyani
N.
hamda qizlari D. va R.larning ko‘zi oldida xotinini o‘ldirish bilan qo‘rqitgan. J.ning
ushbu xatti-harakatlari JKning 110-moddasi bilan baholanib, uning jinoiy javobgarlikka
tortilishiga sabab bo‘lgan
[44].
U.Sh. Xoliqulov bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi yuqoriligini ularni sodir
etgan shaxslarning axloqiy qashshoqligi, behayoligi va shafqatsizligi bilan izohlanadi [45]
d
eb to‘g‘ri qayd etgan. Bazi tadqiqotlarda qotilliklarning va qasddan badanga og‘ir tan
jarojati yetkazish jinoyatlarining yarmi maishiy nizolar oqibatida sodir etilishi
aniqlangan [46].
Bizning fikrimizcha, shaxsdagi g‘ayriijtimoiy salbiy xulq
-
atvor ko‘pin
cha
nizoli vaziyatlarni vujudga kelishiga va turli darajadagi jinoyatlarning sodir etilishiga
sabab bo‘ladi.
Q.R. Abdurasulovaning fikricha, jinoyatning sodir etilishiga olib keladigan katta-
kichik omillar miqdorini to‘la va to‘g‘ri aniqlash mumkin
emas. Zotan, kishilarning xulq-
atvorini tushuntiruvchi mukammal nazariya haligacha ishlab chiqilmagan. Bunday
nazariya qachondir ishlab chiqilgan taqdirda ham muayyan jinoyatning asl sabablarini
tushuntiruvchi holatlar va omillarni aniq belgilash mumkin emas [47].
M.X.
Rustambaevning quyidagi fikrlari tahlil qilinayotgan masala bo‘yicha to‘xtamga
kelishda ahamiyatlidir:
“
jinoyatchilikning sabablarini ilmiy bilishda kompleks tarzda u yoki
bu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy
-
psixologik yo‘nalishdagi holatla
rni tahlil etish muhim
o‘rin tutadi. Bu kabi yo‘nalishlarga shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi (genetik va
ijtimoiy) omillarni va kriminogen holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarni ham kiritmoq joiz.
Hech shubha yo‘qki, turli toifadagi jinoyatlarning sodir etilishida shaxsning ma’lum bir
xislatlari mavjud vaziyatlar bilan uyg‘unlashgan bo‘ladi” [48]
.
Yuqoridagi mutaxassislarning fikrlari, jinoyatchilikka oid statistik tahlillar, jinoyat
ishi materiallari tahlillari asosida ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligining asosiy
sabablari qo‘ydagilar bilan bog‘liq:
a)
oiladagi nosog‘lom ijtimoiy muhitning ta’sirida shaxsning ma’naviy
-ruhiy
jihatdan shakllanishiga va unda jinoiy xulq-
atvorning paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Zero,
nosog‘lom ijtimoiy
-ruhiy muhitdagi shaxsning turmush tarzi yoki shunday holatda
namoyon bo‘luvchi salbiy harakatlari muayyan jinoyatlarning sodir etilishiga olib keladi.
b)
shaxsning giyohvandlik va ichkilikbozlikka ruju qo‘yganligi, shaxsning ta’lim
-
tarb
iyasi, huquqiy ong va madaniyatining pastligi, mas’uliyatsizlik, oilaga befarqlik,
loqaydlik;
d)
ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmaydigan shaxslar jamiyatga zid
turmush kechiruvchi yoki jinoyat sodir etishga moyil shaxslarning ta’siriga tushib turl
i
ko‘rinishdagi jinoyatlarni sodir etadi.
e) jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar bilan hududiy
profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig‘ini raislari tomonidan tarbiyaviy
ahamiyatga ega bo‘lgan profilaktik ishlarning yetarli dara
jada olib borilmasligi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
453
f) oila, mahalla, korxona, tashkilot va muassasalarda jamiyatdagi ijtimoiy-ruhiy
muhitni sog‘lomlashtirish, jinoyat sodir etishga olib keluvchi kriminogen omillarning
ta’sirini yo‘qotish va kuchsizlantirish borasidagi ishlar yetarli
darajada emasligi.
g)
g‘ayriijtimoiy salbiy xulq
-atvor oqibatida shaxsning axloqqa va qonunga zid
xatti-harakatlarni sodir etishga moyilligining yuqoriligi.
h) ishsizlik, oilada yetishmovchilik, moddiy muhtojlik, shaxsdagi salbiy xulq-atvor,
agressivlik, sovuqqonlik.
i)
shaxsdagi g‘ayriijtimoiy salbiy xulq
-
atvorni kamaytirish, tuzatish, to‘g‘ri
fikrlashni o‘rgatish borasida mahalla, oila a’zolari va qo‘ni
-
qo‘shnilarining befarq
bo‘lganligini kuzatish mumkin.
Shaxsdagi jinoiy xulq-atvorning vujudga kelish sabablarini aniqlash, eng avvalo
u yuzaga kelgan ijtimoiy muhitning xususiyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Chunki,
jinoiy xulq-
atvorni umumiy ko‘rinishda oladigan bo‘lsak, u biror
-bir shaxsga
xos subyektiv xulq-atvor natijasi emas, balki subyektiv va obyektiv jarayonlar va
shart-sharoitlar yoki munosabatlar natijasida yuzaga keladi.
Ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligining sabablari, uning turli salbiy ta’sirlarga
tez berilishi har qanday rivojlangan davlatlar hayotidagi eng katta muammolardan biri
hisoblanadi. Negaki, ilgari sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishidan to‘g‘ri o‘ziga xulosa
chiqarmasdan, sodir etgan xatti-
harakatining mohiyatini to‘liq tushunib yetmasdan,
to‘g‘ri yo‘lga o‘tmasdan yoki ijtimoiy voqelik ta’sirida takroriy ji
noya sodir etishi mumkin.
Demak, ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligining sabab va sharoitlarini
o‘rganishda shaxsning oilaviy turmush tarzi va jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy
jarayonlarni ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Negaki, ilgari sudlan
gan
shaxslarning jinoyatchiligini asosiy sabablarini aniqlash uchun jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy ahvolini, uni belgilovchi aloqa va munosabatlarni o‘rganish hamda uni
jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi omillar bilan tahlil qilish zarur.
Ilgari sudlangan shaxslarning jinoyat sodir etish sabablari mazmun-mohiyatiga
ko‘ra ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy, psixologik
holatlarga, ularga imkon bergan shart-
sharoitlarni esa iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan yuzaga keluvchi jihatlarga
ajratiladi [49]
. Ba’zi yuridik adabiyotlarda jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi yuzdan
ortiq omillarning mavjudligi o‘rganilgan
[50].
Yuqorida keltirilgan jinoiy qilmishlarni sodir etgan shaxslarning jinoyat sodir
etishining asosiy sabablari quyidagilar:
–
ilgari jinoyat sodir etgan shaxsning avval sodir etgan jinoiy qilmishida xulosa
chiqarib to‘g‘ri yo‘l o‘tmaganligi;
–
shaxsda jinoiy-hulq atvorning mavjudligi;
–
ochko‘zlik va g‘arazgo‘ylik niyatida birovning mol
-mulkini egallashga oldindan
reja tuzilganligi;
–
oson yo‘l bilan mol
-mulk topish niyatining mavjudligi;
–
jamiyatdagi qonun va axloq-odob qoidalarini mensimasligi.
Ilgari sudlangan shaxslar
jinoyatchiligiga oid jinoyat ishlari materiallarini o‘rganish
va ularni tahlil qilish jarayonida shaxsning takroriy jinoyat sodir etishiga olib kelgan
salbiy ma’naviy
-
ruhiy xususiyatlarga quyidagilar sabab bo‘lganligini kuzatish mumkin:
–
jinoyatchi shaxs oilasida sog‘lom ijtimoiy muhitning mavjud emasligi;
–
ota va onaning farzand tarbiyasida e’tiborsizlik va mas’uliyatsizlik bilan
munosabatda bo‘lishi;
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
454
–
shaxsning spirtli ichimlik yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol
qilishga ruju qo‘yganligi;
–
notanish shaxslar bilan yaqindan tanishish yoki jinoyat sodir etishga moyil
bo‘lgan toifadagi shaxslar ta’siriga tushib qolish natijasida;
–
jinoyat sodir etish orqali oson yo‘l bilan moddiy manfaatdorlikka erishish va
ehtiyojlarini qondirish;
–
jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan yetarli darajada tarbiyaviy
ahamiyatga ega
bo‘lgan profilaktik ishlarning olib borilmaganligi aniqlandi.
Ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligining kriminologik xususiyatlarini
quyidagicha tushuntirish mumkin. Shaxsda g‘ayriijtimoiy xususiyatlar va jinoyat sodir
etishga moyil xulq-atvorning shak
llanishida oiladagi muhit va tashqi ta’sirlarning o‘rni
beqiyosdir. Shunisi e’tiborliki, oiladagi nosog‘lom muhit nafaqat huquqbuzarliklarning,
balki og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning sodir etilishini ta’minlovchi omil vazifasini bajaradi.
Zero,
“
hech kim
onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Jinoyatchilik nomaqbul ijtimoiy
-
iqtisodiy, ma’naviy
-axloqiy muhitdagina ildiz otishi mumkin
” [51]
.
Ikkinchi sabab sifatida shaxsning doimiy ish o‘rniga ega emasligi tufayli “
bekorchi
”
vaqt o‘tkazishga intilish holatlari ko‘p bo‘ladi. Ilgari sudlangan shaxslar jinoyatchiligining
sodir etilishida, xususan ko‘pchilik yoshlar o‘z qilmishlarini turli xil sharm
-hayosiz,
vahshiy, zo‘ravonlik va shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik, jangari va shu kabi
filmlarni ko‘plab ko‘rganliklarini sabab qilib ko‘rsatadilar
[52].
Uchinchi sabab sifatida spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop
vositalar ta’sirida shuningdek, ruhiy zo‘rikishlar natijasida jinoyat sodir etilishi (zo‘rlik
ishlatib sodir etiladigan jin
oyatlarning yarmiga yaqini ushbu vositalar ta’sirida sodir
etilgan) kuzatilmoqda. Ayniqsa, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning mastlik va
psixotrop moddalarning ta’siri sodir etilmoqda.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, og‘ir va o‘ta og‘ir
turdagi jinoyatlarning sodir etilishida
shaxsning mastligi va ichkilikka ruju qo‘yganliligi hamda giyohvandlik moddalari va
psixotrop vositalar ta’sirida bo‘lganligi ko‘proq sabab bo‘lmoqda.
Yuqorida qayd etilgan ilgari sudlangan shaxslar tomonidan takroriy jinoyat sodir
etilishining sabab va shart-
sharoitlarini o‘rganish va tahlil qilish asosida ushbu turdagi
jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali chora-
tadbirlarni belgilash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2024 йил 15 январдаги
«Жамоат хавфсизлигини таъминлаш ва жиноятчиликка қарши курашиш соҳасини
илмий тадқиқ қилиш фаолиятини сифат жиҳатидан янги босқичга кўтариш чора
-
тадбирлари тўғрисида»ги ПФ
-10-
сон Фармони //URL:http//www.lex.uz.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 10 апрелдаги «Ички
ишлар органларининг фаолияти самарадорлигини тубдан ошириш, жамоат
тартибини, фуқаролар ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини
ишончли ҳимоя
қилишни таъминлашда уларнинг масъулиятини кучайтириш
чора
-
тадбирлари тўғрисида»ги ПФ
-5005-
сон Фармони //URL:http//www.lex.uz.
3.
Рахмонов Р.Н., Юлдашев М.Ш. Вояга етмаганлар назоратсизлиги ва
ҳуқуқбузарликларининг
олдини олишда ҳуқуқий маданиятнинг аҳамияти:
Республика илмий
-
амалий конференция материаллари. –Т., 2016. –Б. 134.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
455
4.
Криминология: Дарслик / З.С.Зарипов, И.Исмаилов ва бошқ. –Т.,
Ўзбeкистон Рeспубликаси ИИВ Акадeмияси, 2007. –
Б. 84.
5.
Криминология: Дарслик / Проф. З.С.Зариповнинг умумий таҳрири остида.
–
Т., 2007. –
84-
б.
6.
Ратинов А.Р., Ефремова Г.Х. Правовая психология и преступное поведение
-
Красноярск, 1988.
-
102 б.
7.
Жигаров Е.С., Петухов В.И. Философия. Криминология. –
М.: Олма
-
Прес,
2006.
–
С. 562.
8.
Алауханов
Е.О. Криминология. Учебник, Алматы, –
2008.
–
С. 214.
9.
Еникеев М.И. Юридическая психология. –
СПб., 2005. –
С. 89.
10.
Зарипов З.
С., Исмаилов И. Криминология. –
Т., 1996. –
38-
б.
11.
Попов А.Н. Насилие как основание возникновения аффекта
присовершении преступлений против личности. / А.Н. Попов // Уголовное право.
Киев. –
2002.
–
С.69.
12.
Журавлева Ю.В. Виктимологическая профилактика изнасилований:
Афтореф. дис. кан. юрид. наук. –
М., 2007. –
С. 12.
13.
Муродов А.Ш. Ички ишлар органларининг оиладаги зўравонлик билан
боғлиқ
ҳуқуқбузарликлар профилактикасини такомиллаштириш: Юридик фанлар
бўйича фалсафа док
-
ри дисс. –
Т., 2019. –
Б. 72
-73.
14.
Гуров А. И. Профессиональная преступность. Прошлое и современность. –
М., 1990. –
С. 76.
15.
Мухторов Ж.С. Ички ишлар идоралари профилактика
хизматлари
томонидан жиноятларнинг олдини олишни таъминлаш: Юридик фанлар номзоди
илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. –Т., 2008. –Б. 40.
16.
Мурадова Я.Р. Показатели женской преступности в России начала
XXI века (общефедеральный и региональный уровни) // Рос. следователь. –
2008.
–
№ 8. –С. 22
-23.
17.
Сборник статистических данных о работе районных (городских) судов и
мировых судей Рязанской области за 2011 год. Рязань, –
2012.
–
С. 3.
18.
Семенихин В. Подросток ждет защиты // Милиция. –
1992.
–
№1. –
С. 13;
Алексеев А.К. Криминология: Курс лекциий. –
М.,
1999.
–
С.67; Абдурасулова Қ.Р.
Аёллар жиноятчилигининг жиноят
-
ҳуқуқий ва криминологик муаммолари:
Монография. –
Т., 2005. –
Б.47; Фазилов И.Ю. Одам савдосига қарши курашнинг
жиноят
-
ҳуқуқий ва криминологик муаммолари: Монография. –
Т., 2016. –
Б.171.
19.
Алексеев А.И. Индивидуальная профилактика рецидива преступлений. –
М., 1975. –
С. 30.
20.
Абаджян
А.В.
Пенитенциарная
преступность:
детерминизм,
антикриминогенное воздействие: Автореф. дис. канд. юрид. наук. М., 2001. –
С
. 10-16.
21.
Городнянская В. В. Постпенитенциарный рецидив: монография / В. В.
Городнянская. –М.: Юрлитинформ, 2012. –
С. 168.
22.
Фазилов И.Ю. Одам савдосига қарши курашнинг жиноят
-
ҳуқуқий ва
криминологик муаммолари: Монография. –Т., 2016. –Б.169.
23.
Мирзараимов И.М. Жиноий фаолиятдан олинган даромадларни
ошкорлаштиришни олдини олишнинг жиноят
-
ҳуқуқий ва криминологик
чоралари: Юрид. фан. номз. ... дис. автореф. –
Т., 2003. –
Б. 12.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
456
24.
Змановская Е.В. Профилактика девиантного поведения молодежи:
Учебное пособие. –
СПб.,
2010.
–
С.
62.
25.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати / 80
000
дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси /
www.ziyouz.com.
26.
Джураева Н. Вояга етмаган шахсларни ғайриижтимоий хатти
-
ҳаракатларга
жалб этишнинг сабаблари ва унга имкон берган шарт
-
шароитлар //
Вояга
етмаганларнинг
ишларини
юритиш
масалалари:
Илмий
-
амалий
конференция материаллари. –
Т., 2012. –
Б. 118.
27.
Исмоилов Н.Т. Вояга етмаганлар жиноятларининг индивидуал олдини
олиш муаммолари: Юрид. фан. номз. ... дис. –
Т., 2006. –
Б. 44.
28.
Бу ҳақда қаранг: Сахаров А.
Б., Саркисов
Г.
С. Проблема преступности в
современных условиях. –
Ереван, 1991. –
С. 65–
66.
29.
Кузнецова Н.
Ф. Проблемы криминологической детерминации. –
М., 1984.
–
С.
13.
30.
Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш
–
юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови: Ўзбекистон Республикаси
Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали
маросимдаги маъруза // Халқ сўзи. –
2016.
–
7 дек.
31.
Турсунова О.А. Вояга етмаганлар ўртасида жиноятчиликнинг олдини
олиш бўйича профилактик чора
-
тадбирлар // Ҳуқуқшунослик истиқболлари:
Илмий мақолалар тўплами. –
Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015. –
Б. 227.
32.
Мухторов Ж.С. Жиноятларнинг олдини олишда маъмурий назоратнинг
аҳамияти // Ҳуқуқшунослик истиқболлари: Илмий мақолалар тўплами. –
Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015. –
Б. 97.
33.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017
йил
15
ноябрь куни ўтказилган ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ва жиноятчиликка
қарши
курашиш борасида белгиланган вазифалар ижроси, бу борада мавжуд
муаммолар ва уларни ҳал этиш масалаларига бағишланган видеоселектор
йиғилишидаги нутқи // Халқ сўзи. –
2017.
–
15
ноябр.
34.
Амиров З.А. Ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда ҳуқуқий тарбиянинг
роли: юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.
—
Т., 2018. —
Б. 14.
35.
Фазилов И.Ю. Нормалар таҳлили: уларни қўллаш амалиётидаги
муаммолар // Huquq va Burch. –
Тошкент, 2018. –
№ 3. –
Б. 56
-57.
36.
Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik /
I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov.
—
T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2015.
—
B. 83.
37.
Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik /
I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov.
–
T.: O‘zbekiston Respublikasi I
IV
Akademiyasi, 2015.
–
B. 83.
38.
Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik /
I. Ismailov, Q.R. Abdurasulova, I.Yu. Fazilov.
–
T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2015.
–
B. 83.
39.
Хисамутдинов Ф. Р. Особенности предупреждения профессиональной и
рецидивной преступности (история и современность) / Ф. Р. Хисамутдинов, А. Е.
Шалагин // Вестник Казанского юридического института МВД России. –
2014.
–№
4(18)
–
С. 55.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
02 (2025) / ISSN 2181-1415
457
40.
Қаршиев
Ғ.С. Ёшлар рецидив жиноятчилигининг криминологик тавсифи
ва профилактикаси: Юрид. фан. д
-
ри (PhD) ... дис. –
Т., 2020. –
Б. 39.
41.
Муродов А.Ш. Ички ишлар органларининг оиладаги зўравонлик билан
боғлиқ ҳуқуқбузарликлар профилактикасини такомиллаштириш: Юрид. фан. д
-
ри
(PhD) ... дис. –
Т., 2019. –
Б. 39.
42.
Фазилов
И.Ю. Одам савдосига қарши курашнинг жиноят
-
ҳуқуқий ва
криминологик жиҳатлари: 12.00.08
–
Жиноят ҳуқуқи. Ҳуқуқбузарликларнинг
олдини олиш. Криминология –
ихтисослиги бўйича юрид. фан. докторлик
диссертацияси автореферати. –Т., 2016. –
Б. 27
-28.
43.
Утениязов М.К. Вояга етмаганлар гиёҳвандлигининг олдини олиш
муаммолари: Юрид. фан. номз. ... дис. –
Т., 2004. –
Б.53
-90.
44.
Сурхондарё вилояти жиноят ишлари бўйича суди архиви материаллари.
26/09-
сонли жиноят иши.
45.
Холиқулов У.Ш. Ўзбекистон Республикаси жиноят қонунчилиги
бўйича
вояга етмаганларга жазо тайинлаш муаммолари: юрид. фан. номз. дисс
-
я. –Т., 2006.
–Б. 50.
46.
Мясникова К.А. Криминологическая характеристика современной
бытовой преступности и меры её предуприждения: автореф. дис. кан. юрид. наук. –
Ростов
-
на
-
Дону. 200
4.
–С. 15.
47.
Абдурасулова
Қ.Р. Аёллар жиноятчилигининг криминологик тавсифи ва
профилактикаси // Криминология. Махсус қисм: Дарслик / Муаллифлар жамоаси. –
Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2015. –Б. 133
-134.
48.
Рустамбаев
М.Х. Фуқароларнинг соғлиғи ва жисмоний дахлсизлигига
қарши қаратилган жиноятларнинг криминологик тавсифи ва профилактикаси //
Криминология. Махсус қисм: Дарслик / Муаллифлар жамоаси. –Т.: Ўзбекистон
Республикаси ИИВ Академияси, 2015. –
Б. 333.
49.
Алауханов Е. О. Криминология: учебник / Е. О. Алауханов. –СПб.:
Юридический центр Пресс, 2013. –
С. 426.
50.
Қаршиев
Ғ.С. Ёшлар рецидив жиноятчилигининг криминологик тавсифи
ва профилактикаси: юрид. фанлар бўйича фалсафа док. дисс. –
Т., 2020. –Б. 49.
51.
И.А. Каримов Бунёдкорлик йўлидан. –Т.4. –
Т., 1
996.
–
Б. 147.
52.
Қодиров
Э. Ёшлар жиноятчилигининголдини олиш масалалари. –Т.:
Тошкент давлат юридик университети, 2017. –
Б.
25.
