Авторы

  • Нодирбек Жалилов
    Самостоятельный соискатель, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp549-555

Ключевые слова:

принцип законности адвокатская деятельность юридическая этика справедливость верховенство закона юридическая профессия сравнительный анализ правовые системы

Аннотация

Принцип законности имеет важное значение в адвокатской деятельности, обеспечивая соблюдение юристами законодательства и защиту прав и свобод личности. В адвокатской профессии этот принцип означает, что все действия и решения должны полностью соответствовать закону, что обеспечивает справедливость и равенство. Принцип законности укрепляет доверие к правовой системе и сохраняет целостность адвокатской профессии.

В статье анализируется значение принципа законности в адвокатской деятельности, а также проводится сравнительный анализ его применения в разных юрисдикциях. Рассматривается, как данный принцип связан с этическим поведением адвокатов, процессами принятия решений и их ролью в защите прав клиентов. Кроме того, обсуждаются проблемы, с которыми сталкиваются юристы при реализации этого принципа, и подчёркивается важность обеспечения его постоянного применения в адвокатской деятельности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The Significance of the Principle of Legality in Advocacy.
A Comparative Analysis

Nodirbek JALILOV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2025

Received in revised form

15 January 2025

Accepted 25 February 2025

Available online

25 March 2025

The principle of legality is of great importance in legal

practice, ensuring that legal professionals adhere to laws and

safeguard the rights and freedoms of individuals. In the legal

profession, the principle of legality means that all actions and

decisions must fully comply with the law, which ensures justice
and equality. This principle not only strengthens trust in the legal

system but also preserves the integrity of the legal profession.

The article analyzes the importance of the principle of legality

in legal practice and conducts a comparative analysis of its
application in different jurisdictions. It explores how this principle

is related to the ethical behavior of lawyers, the decision-making

process, and their role in protecting clients' rights. Additionally,

the article highlights the challenges faced by legal professionals in
implementing the principle of legality and the importance of

ensuring its consistent application in legal practice.

2181-

1415/©

2025 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss2/S-pp

549-555

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Principle of legality,

legal practice,

legal ethics,

justice,

rule of law,

legal profession,
comparative analysis,

legal systems.

Advokatlik faoliyatida qonuniylik prinsipining ahamiyati.
Qiyosiy tahlil

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Qonuniylik prinsipi,
advokatlik faoliyati,

huquqiy axloq,

adolat,

qonun ustuvorligi,

huquqiy kasb,

qiyosiy tahlil,

huquqiy tizimlar.

Qonuniylik prinsipi advokatlik faoliyatida muhim ahamiyatga

ega bo‘lib, yuridik mutaxassislarning qonunlarga rioya qilishi

va shaxslarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishini

ta’minlaydi. Advokatlik kasbida qonuniylik prinsipi shuni

anglatadiki,

barcha harakatlar va qarorlar qonunlarga to‘liq mos

kelishi kerak, bu esa adolat va tenglikni ta’minlaydi. Ushbu tamoyil

nafaqat huquqiy tizimga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, balki

advokatlik kasbining yaxlitligini ham saqlaydi.

1

Independent Researcher, Tashkent State University of Law. E-mail: jnbek93@gmail.com


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

550

Maqolada qonuniylik prinsipining advokatlik faoliyatidagi

ahamiyati tahlil qilinadi va turli yurisdiksiyalarda uning

qo‘llanilishiga oid qiyosiy tahlil o‘tkaziladi. Ushbu prinsip qanday

qilib advokatlarning axloqiy xulq-atvori, qaror qabul qilish

jarayonlari va mijozlarning huquqlarini himoya qilishdagi roli

bilan bog‘liq ekanligi o‘rganiladi. Bundan tashqari, maqolada

qonuniylik prinsipini amalga oshirishda yuridik mutaxassislar

duch keladigan muammolar va uning advokatlik faoliyatida

doimo ta’minlanishini kafolatlashning ahamiy

ati yoritiladi.

Принцип законности в адвокатской деятельности.

Сравнительный анализ

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Принцип законности,

адвокатская деятельность,

юридическая этика,

справедливость,

верховенство закона,

юридическая профессия,

сравнительный анализ,

правовые системы.

Принцип законности имеет важное значение в адвокатской

деятельности,

обеспечивая

соблюдение

юристами

законодательства и защиту прав и свобод личности.

В адвокатской профессии этот принцип означает, что все

действия

и решения должны полностью соответствовать

закону, что обеспечивает справедливость и равенство.

Принцип законности укрепляет доверие к правовой системе и

сохраняет целостность адвокатской профессии.

В статье анализируется значение принципа законности

в адвокатской деятельности, а также проводится

сравнительный анализ его применения в разных

юрисдикциях. Рассматривается, как данный принцип

связан с этическим поведением адвокатов, процессами

принятия решений и их ролью в защите прав клиентов.

Кроме того, обсуждаются проблемы, с которыми

сталкиваются юристы при реализации этого принципа, и

подчёркивается важность обеспечения его постоянного

применения в адвокатской деятельности.

Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining

muhim bosqichi sifatida fuqarolarning manfaatlari, ularning qonuniy huquqlarini himoya

qilishning samarali vositalaridan biri bu advokatlik instituti hisoblanadi.

Advokatning mustaqilligini ta’minlash bevosita jismoniy va yuridik shaxslar

huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishning asosiy ko‘rinishlaridan biridir.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.

Mirziyoyevning

ta’kidlashicha

“Qonunchiligimizda advokatlarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha yetarli

asoslar yaratilgan bo‘lsada

amaliyotga bu normalar mutlaqo ishlamayotganligini afsus

bilan qayd etishimiz lozim”.

“Yangilangan Konstitutsiyada advokatlar maqomi alohida norma sifatida kiritildi.

Tabiiyki, advokatsiz odil sud amalga oshmaydi. Taraflar protsessual jihatdan maqomi

teng

bo‘lgandagina tortishuv vujudga keladi. Shu bois, sud protsessida advokatning

mavqeyi prokuror bilan tengma-

teng bo‘lishi lozim. Eng muhimi shunda

-ki, prokuratura

va sudga oid konstitutsiyaviy normalar alohida bobda aks etganidek, endi advokaturaga

bag‘ish

langan yangi bob kiritildi. Va bu jinoyat yoki fuqarolik protsesslarda tortishuv

tamoyilining mustahkam konstitutsiyaviy asosini yaratib berdi.”


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

551

Advokatura faoliyatida qonuniylik prinsipi asosiy ahamiyatga ega, chunki u

advokatlar va ularning mijozi

o‘rtasidagi munosabatlarda qonuniy normalarga qat’iy

amal qilishni ta’minlaydi. Qonuniylik prinsipi advokatning o‘z vakolatlarini amalga

oshirishda faqat qonunlar doirasida harakat qilishi va har qanday noqonuniy xatti-
harakatlardan qochishi kerakligini anglatadi.

Bu prinsip advokatdan mijozni himoya qilishda va uning manfaatlarini ifodalashda

huquqiy normalarga rioya qilishni talab etadi. Qonuniylik prinsipiga amal qilish

advokatlarning jamiyat va sud organlari oldidagi obro‘sini oshiradi va sud

-huquq

tizi

mining barqarorligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu prinsip advokatlarning o‘z

zimmasidagi mas’uliyat va burchlarni bajarishda shaffoflikni saqlashga yordam beradi.

“Advokatning mustaqilligi deganda uning boshqa xizmatlar ko‘rsatmasligi,

tarkibiy, moliyaviy va psixologik jihatdan boshqa tashkilotlar va manfaatlardan ajralib
turishi tushuniladi.

“Mustaqil advokatlar” yoki “advokatlik xodimlari” ishi yoki mustaqil advokatlik

tashkilotlari uchun ko‘ngillilar. Mustaqil advokatlar odamlarga o‘z sharoitlari bo‘yicha
haqiqiy tanlov qilishlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni olishga yordam beradi va
shaxsni/guruhni o‘z tanlovlarini boshqalarga topshirishda qo‘llab

-quvvatlaydi. Mustaqil

advokat buni o‘zi uchun qila olmaydigan odamlar nomidan gapirishi mumkin.”

Umuman olganda, qonuniylik prinsipi advokatura faoliyatining asosiy prinsipdan

biri bo‘lib, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda va fuqarolar ishonchini mustahkamlashda
katta rol o‘ynaydi.

“Nyu

-Yorkda 1990-yilda jinoyatlarning oldini olish

bo‘yicha

BMT sakkizinchi

Kongressi tomonidan qabul qilingan advokatlar roli, asosiy tamoyillari asosiy qoidalari,

qolaversa Gavana shahrida bo‘lib o‘tgan jinoyatchi tomonidan sodir

etilgan jinoyatni

oldini olish uchun BMT Kongressi tomonidan qabul huquqshunoslar roli bilan

bog‘liq

bo‘lgan masala ko‘rib chiqilgan.

Rossiya Federatsiya qonunchiligini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda

Rossiya Federatsiya qonunchiligida advokatlik faoliyatining davlatning noto‘g‘ri

aralashuvidan mustaqilligi kafolatlarini beruvchi qoidalar mavjud emas va bugungi
kunda esaadvokatga nisbatan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish jinoyat-
protsessual qonunchiligining umumiy qoidalari bilan tartibga solinadi va advokatlik
faoliyatining ommaviy xususiyatini hisobga oladigan

qo‘shimcha

protsessual kafolatlarni

nazarda tutmaydi. Ishni olib borayotgan advokat dastlabki tergovni olib boruvchi
tergovchiga, surishtiruvchiga, prokurorga va boshqalar uchun noqulay

bo‘lgan holatlarda

ish olib borishar ekan. Shu

bois, “noqulay”

advokatdan qutulishni istagan huquqni

muhofaza qilish organlari

unga “ta’sir” berishni boshlaganlar.”

Advokatlik kasbiga fuqarolik jamiyatining asosiy inson huquqlari instituti sifatida

murojaat qilgan har bir shaxsga malakali yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’mi

nlashdek

qonun ustuvorligi tamoyilini amalda tatbiq etishda yetakchi rol yuklangan. Inson
huquqlari faoliyatini amalga oshirish shakllaridan biri sifatida advokatlik va advokatlik
faoliyati birdek inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishning davlat

tomonidan kafolatlangan tamoyillarini ta’minlashga qaratilgan.

“Advokatning

kafolatlariga

to‘xtaladigan

bo‘lsak,

advokatning kasbga oid

huquqlari, sha’ni va qadr

-qimmati qonun bilan himoyalangan. Advokatlarning kasbiy

faoliyatiga u yoki bu

tarzda bevosita va bilvosita aralashish, ular o‘z kasbiy vazifalarini

bajarayotganda olgan muayyan ma’lumotlarni oshkor etishni talab

qilish, shuningdek


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

552

advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslaridan va texnik xodimlaridan

xuddi shunday ma’lumotlarni

talab qilish taqiqlanadi. Advokat o‘z kasbiy

vazifalarinibajarayotganida unga biror-

bir shaklda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.”

Ushbu yuqoridagi

“Advokatlik

faoliyati to‘g‘risida”

qonunga

ko‘ra,

Fuqarolik

sohasidagi advokat

o‘zining

professional faoliyatini amalga oshirishda u tomonidan

bildirilgan fikr uchun intizomiy,

fuqarolik, ma’muriy

yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi

mumkin emasligi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining 1998

-yil 25-

dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining

kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunining 5

-moddasiga

ko‘ra advokatning mustaqilligi unga qonunda belgilangan tartibda advokatlik faoliyatini
amalga oshirish uchun ijozat berish, bu faoliyatni to‘xtatib turish va tugatish;

advokatning daxlsizligi; advokatlik sirini oshkor etishni talab qilishni man etish; advokat
olib borayotgan ishlarga aralashganlik yoxud advokatning daxlsizligini buzganlik uchun
javobgarlik; davlat tomonidan unga advokatlik faoliyati kafolatlari berilishi hamda

ijtimoiy himoyalanishi orqali ta’minlanadi.

Mamlakatimizda advokatlik faoliyatini rivojlantirish, fuqarolar huquqlarini,

ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmini yaratish, sud

protsessida taraflarning tortishuvi va teng

ligini ta’minlash, advokatlik faoliyatiga yosh

iqtidorli kadrlarni ishtirokini yanada oshirish dolzarb vazifalardan biridir.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2018

-yil 12-

maydagi “Advokatura

instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish
chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–

5441-

son Farmoniga ko‘ra advokatlarning o‘zlarining

himoya ostidagi shaxslar bilan audio va videokuzatuv qurilmalari bo‘lmagan maxsus
xonalarda hamda begona shaxslarning ishtirokisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz
uchrashishi ta’minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi
shaxslar eshitishini istisno etgan holda ularni vizual ko‘rib turish imkoniyati saqlanib

qolinishi shart.

Advokat mustaqilligini ta’m

inlash ish jarayonida qonun ustuvorligi hamda adolatni

ta’minlashga xizmat qilish barobarida himoya ostidagi shaxsning qo‘shimcha huquqlarini
himoya qilish hamda profilaktikasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Zero “Diego

Garsiya-

Sayan alohida ta’kidlagandek, “prokuror, advokat va sudyalar o‘z kasbiy

faoliyatini erkin olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, qonun doirasida vazifalarni
bajarish chog‘ida har qanday tahdid, aralashuv yoki bosimdan muhofazalangan bo‘lishlari
lozim”.

Huquqiy yordam samarali

bo‘lishi uchun advokat mustaqil ravishda faoliyatini

amalga oshirilishi lozim. Mazkur holat xalqaro jamiyat tomonidan ham tirtibga solingan

bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti yuristlarning roliga oid asosiy tamoyillar kirish

qismida shunday bayon eti

lgan “Inson huquqlari va erkinliklarini lozim darajada himoya

qilish uchun har bir inson, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy yoki fuqarolikka oid va siyosiy

bo‘lishidan qat’iy nazar, huquq va erkinliklardan va, muhimi, har bir inson mustaqil va

malakali yurist

lar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlardan foydalanish

imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Advokatlar o‘z funksiyalarini mustaqil bajarishlari uchun ularni faoliyatiga har

qanday noqonuniy aralashuvlardan himoya qilish lozim. Aralashuv turi hamda shakli
turlicha

ularning o‘z mijozlari bilan muloqot qilishlariga to‘sqinlik qilishdan tortib,

to qo‘rqitish va jismoniy hujumgacha bo‘lishi mumkin.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

553

Ozarbayjonda “Advokatura to‘g‘risida”gi yangi qonunni ko‘rib chiqish jarayonida

Qo‘mita mazkur qonun “advokatlar o‘z funksiyalarini erkin va mustaqil bajarishlari
yo‘lida to‘siq hosil qilishi mumkin”, degan xulosaga keldi va hukumatga “Advokaturaga
kirish va a’zolikka qabul qilish mezonlari advokatlarning mustaqilligiga to‘sqinlik

qilmasligi uchun kerakli choral

arni ko‘rishni” tavsiya etdi.

Liviyada esa Qo‘mita “agar advokatlar davlat xizmatida bo‘lmasa, o‘z professional

vazifalarini qarshiliksiz bajarish erkinligiga ega ekanliklari va ularga huquqiy yordam

berish bo‘yicha xizmat taqdim etilishi” xususida jiddiy shubha bildirdi va “Paktning

14-moddasi, shuningdek yuristlarning roliga taalluqli Asosiy tamoyillarning talablari

to‘liq bajarilishi ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘rilishi”ni tavsiya etdi.

Advokatlar tomonidan to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqla

rdan yana biri

sifatda davlat hokimiyati organlari tan olinmasligini ko‘rsatishimiz mumkin. Mazkur
organlar advokatning mustaqilligini, uning daxlsizligini e’tirof etishi lozim hisoblanadi.

Davlat boshqaruv organlari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan

o‘zaro tenlik tamoyillari asosida hamkorlik o‘rnatilmaganligi advokatning o‘z faolitini
to‘liq amalga oshira olmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Advokat maqomiga ega bo‘lish talablari mavjud bo‘lib, amaldagi qonun hujjatlarida bir

qancha tartibl

ar o‘rnatilgan. Xususan, “Malaka komissiyasining talabgorga advokat maqomini

berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, odatda, advokatlikka nomzodning barchasi
imtihon topshirish yo‘li bilan hal qilinadi. Malaka imtihoni mas’ul tomonidan talabgo

rlardan

zurur hujjat talab qilib olgan kundan e’tiboran bir oy ichida o‘tkaziladi.

Fikrimizcha, advokatning mustaqilligini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini

himoya qilish bugungi huquqiy davlat siyosatining bir qismi bo‘libgina qolmasdan,

advokatlar daxlsiligi, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashi holatlariga barham berish
oldimizda turgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Nafaqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, balki chet el fuqarolari yoki fuqaroligi

bo‘lmagan shaxslarga xam advokatl

ik maqomini berish mamlakatdagi fuqarolarning

siyosiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilish bilan birgalikda,

advokatlarning mustaqilligini ta’minlash, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni

oldini olgan, shuningdek mavjud advokat

lar orasida raqobatni ta’minlaga ko‘maklashadi.

“Advokatlar qonun ustuvorligini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Advokatlar, masalan, o‘z mijozlarining adolatli sudlovga bo‘lgan huquqlarini himoya

qiladilar. Advokatlar uchun advokat advokatlar mustaqil va erkin faoliyat yurita oladigan
dunyoni yaratishga intiladi. Bizning vazifamiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining

Advokatlarning roli bo‘yicha asosiy tamoyillariga asoslanadi.”

“Advokatning mustaqilligi butun dunyoda advokatlik kasbining asoslarida

n biri

sifatida tan olingan tamoyildir. Yuqoridagi iqtibosdan ko‘rinib turibdiki, advokatlar
mustaqil bo‘lishlari va har doim o‘zlarining kasbiy funktsiyalarini bajarishlari uchun

erkin harakat qilishlari kerak, jumladan, inson huquqlarini ilgari surish, o

‘zlarining

huquqlarini himoya qilish. mijozlar va odil sudlovni ta’minlash. Deyarli barcha milliy va

xalqaro kasbiy xulq-atvor kodekslari advokatning mustaqilligini tartibga soladi. Biroq,

advokatning “mustaqillik” tamoyili va undan kelib chiqadigan axloqi

y burchlarni

tushunishi uning yuridik an’analariga qarab farq qiladi”.

Bu jarayonda advokat rahbarlik qiladi va mijozning xohish-

istaklarini ta’minlovchi

vosita sifatida harakat qilmasligi kerak. Mustaqillik advokatga chegaralarni belgilashga
imkon beradi

va shu bilan mijoz xohlagan narsani himoya qilmaydi yoki mustaqil bo‘lishi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

554

mumkin emasligini ko‘rsatmaydi. Bu, shuningdek, advokat mijozdan voz kechish, ishni
rad etish yoki hatto mijozning manfaatlarini himoya qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul

qilish erkinligiga ega ekanligini anglatadi.

Masalan, advokat yaqin oila a’zolari tomonidan yoki ularga qarshi ishlarni

ko‘rmaydi, u bilan birga yashovchi yoki u bilan yaqin qarindosh bo‘lgan shaxslarning

manfaatlarini himoya qilmaydi, guruh yoki uyushmada

bo‘lgan boshqa advokatni himoya

qilmaydi. Advokat, shuningdek, agar bu o‘z va mijoz manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatga

olib keladigan bo‘lsa, agar bir nechta mijozlar o‘rtasida manfaatlarga zid bo‘lsa yoki

buning sodir bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lsa, ishni

rad etadi.

Agar advokat uzrli sababga ega bo‘lsa, u mijoz bilan hal qilib bo‘lmaydigan

kelishmovchilik, sud muhokamasi davomida manfaatlar to‘qnashuvi yoki vakillikni davom

ettirishni imkonsiz qiladigan boshqa asosli sabablar kabi ishni tark etishi mumkin. Agar

protsess allaqachon davom etayotgan bo‘lsa, advokat odatda sudga xabar beradi va u

mijozni ham xabardor qilishi va o‘rinbosar advokat topishga yordam berishi mumkin.

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatchilikning oldini olish va

huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo‘yicha oltinchi Kongressi o‘zining

16-

rezolyutsiyasi bilan Jinoyatchilikning oldini olish va nazorat qilish qo‘mitasini o‘zining

ustuvor vazifalari

qatoriga sudyalarning mustaqilligi va tanloviga oid ko‘rsatmalarni

ishlab chiqishni kiritishga chaqirganligini hisobga olib, sudyalar va prokurorlarning

kasbiy tayyorgarligi va maqomi;

Shu bois, birinchi navbatda sudyalarning odil sudlov tizimidagi roli hamda ularni

tanlash, o‘qitish va o‘tkazish muhimligiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.”

Mustaqillikni ta’minlash qonunda mustahkamlangan kafolatlar shaklida taqdim

etiladi. Amerikalik huquqshunos Edvard Uilyamsning so‘zlariga ko‘ra, “erkinlik tarixi –

bu

qonuniy jarayon tarixi”.

Ilgari advokatura va advokatlik faoliyatining mustaqil pozitsiyasini ta’minlovchi

kafolatlarni o‘rganish va taqdim etishga kompleks yondashuv qo‘llanilmagan edi. Huquq

nazariyasida advokatlik amaliyoti va advokatura mustaqilligi institutining tizimli talqini

mavjud emas edi.

Muallif advokatlik kasbi mustaqilligining tashkiliy kafolatlari qatoriga advokatlikka

a’zolikni qabul qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda, boshqaruv organlarining kadrlar

tarkibini shakllantirishda, kasbiy qoidalarni ishlab chiqishda, kasbiy faoliyat masalalari

bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berishda mustaqillikni ham o‘z ichiga oladi. Kasbiy qoidalarni

buzganlik uchun advokatlarga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortishning mutlaq

huquqining mavjudligi

, yuridik hamjamiyat a’zolarining huquq va erkinliklarini himoya

qilish uchun sudga murojaat qilish huquqi, huquq va huquqlarni himoya qilish uchun

sudga murojaat qilish huquqi va yuridik hamjamiyat a’zolarining erkinliklari.

Yuqorida ta’kidlangan fikrlar

hamda xorijiy tajribani inobatga olgan holda

advokatlik faoliyatiga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilash

maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa advokatlik faoliyatida mustaqillikni yanda ta’minlash,

faoliyatga aralashishlarni keskin kamayishiga bazami yaratishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. –

Toshkent: O‘zbekiston, 2017. –

592 b

2.

https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yangilangan-konstitutsiyada-advokatlar-

maqomi/ Gulnoza Yusupjanova, TDYU Jinoyat-

prosessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

02 (2025) / ISSN 2181-1415

555

3.

The Scottish Independent Advocacy Alliance (SIAA) https://www.siaa.org.uk/

what-is-independent
advocacy/#:~:text=Principle%201%3A%20Independent%20advocacy%20is,to%20inju
stice%2C%20discrimination%20and%20disempowerment.

4.

Urunov , M. ., & G‘ulomjonov , O. . (2022). ADVOKAT MUSTAQILLIGINI

TA’MINLASH, SUD HUQUQNI MUHOFAAZA QILISH ORGANLARGA BAHO BERISH.
Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(11), 40–47. извлечено
от https://in

-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/4200

5.

Ibragimova , R. . (2022). ADVOKAT-SHAXSNING HUQUQIY HIMOYACHISI.

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования, 1(21), 21–24. извлечено от https://www.in

-academy.uz/index.php/

zdif/article/view/3472

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y.,1

-son, 12-

modda, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375

-son;

04.08.2022

y.,

03/22/786/0705-son;

21.09.2024

y.,

03/24/963/0735-son.

https://lex.uz/docs/29626#29726 https://lex.uz/docs/3731060 (Qonun hujjatlari

ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018

-y., 06/18/5441/1210-son).

7.

https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=600

8.

UN Guiding Principles on the Role of Lawyers, set out above, Preamble. Other

relevant documents: Recommendation R (2000) 21 of the Committee of Ministers of the
Member States on the Promotion of the Freedom of Legal Practice of the Council of
Europe and Principles and Governing Principles for Fair Trial and Legal Aid in Africa,
Principle I./ https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/basic-
principles-role-lawyers

9.

Concluding observations of the Human Rights Committee on Azerbaijan, UN

document, CCPR/CO/73/AZE, 14p.

10.

Concluding observations of the Human Rights Committee on the Libyan Arab

Jamahiriya, UN Doc CCPR/C/79/Add. 101, 14-p.

11.

O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati : darslik / M H Rustambayev,

U.A Tuxtasheva; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. T

oshkent davlat yuridik

instituti.

Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012, 81

-b.

12.

https://lawyersforlawyers.org/en/basic-principles

13.

Michael G. Karnavas International Criminal LawTags ECCC, International

Criminal Law, Karnavas https://michaelgkarnavas.net/blog/2015/12/15/the-lawyers-
independence-part-i

14.

Adopted by the Seventh United Nations Congress on the Prevention of Crime

and the Treatment of Offenders held at Milan from 26 August to 6 September 1985 and
endorsed by General Assembly resolutions 40/32 of 29 November 1985 and 40/146 of
13 December 1985

15.

https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/basic-

principles-independence-judiciary.

16.

Williams, Edward Bennett. One Man’s Freedom.

N.Y., 1962.

P. 145.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – 592 b

https://yoshlarovozi.uz/oz/news/yangilangan-konstitutsiyada-advokatlar-maqomi/ Gulnoza Yusupjanova, TDYU Jinoyat-prosessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

The Scottish Independent Advocacy Alliance (SIAA) https://www.siaa.org.uk/ what-is-independent advocacy/#:~:text=Principle%201%3A%20Independent%20advocacy%20is,to%20injustice%2C%20discrimination%20and%20disempowerment.

Urunov , M. ., & G‘ulomjonov , O. . (2022). ADVOKAT MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH, SUD HUQUQNI MUHOFAAZA QILISH ORGANLARGA BAHO BERISH. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 2(11), 40–47. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/4200

Ibragimova , R. . (2022). ADVOKAT-SHAXSNING HUQUQIY HIMOYACHISI. Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования, 1(21), 21–24. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/ zdif/article/view/3472

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999 y.,1-son, 12-modda, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son; 04.08.2022 y., 03/22/786/0705-son; 21.09.2024 y., 03/24/963/0735-son. https://lex.uz/docs/29626#29726 https://lex.uz/docs/3731060 (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 06/18/5441/1210-son).

UN Guiding Principles on the Role of Lawyers, set out above, Preamble. Other relevant documents: Recommendation R (2000) 21 of the Committee of Ministers of the Member States on the Promotion of the Freedom of Legal Practice of the Council of Europe and Principles and Governing Principles for Fair Trial and Legal Aid in Africa, Principle I./ https://www.ohchr.org/en/instruments-mechanisms/instruments/basic-principles-role-lawyers

Concluding observations of the Human Rights Committee on Azerbaijan, UN document, CCPR/CO/73/AZE, 14p.

Concluding observations of the Human Rights Committee on the Libyan Arab Jamahiriya, UN Doc CCPR/C/79/Add. 101, 14-p.

O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyati : darslik / M H Rustambayev, U.A Tuxtasheva; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Toshkent davlat yuridik instituti. — Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012, 81-b.

Michael G. Karnavas International Criminal LawTags ECCC, International Criminal Law, Karnavas https://michaelgkarnavas.net/blog/2015/12/15/the-lawyers-independence-part-i

Adopted by the Seventh United Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment of Offenders held at Milan from 26 August to 6 September 1985 and endorsed by General Assembly resolutions 40/32 of 29 November 1985 and 40/146 of 13 December 1985

Williams, Edward Bennett. One Man’s Freedom. – N.Y., 1962. – P. 145.