Авторы

  • Нодира Маматкулова
    и.о. доцент, Ташкентский архитектурно-строительный институт, Ташкент, Узбекистан

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss1/S-pp1-6

Ключевые слова:

Промышленные предприятия Эффективность Производство Доход Материалы Глобализация

Аннотация

В следующей статье исследуется уровень эффективности крупных и малых промышленных предприятий. В нем также представлены удобные методы и приемы и подходы к достижению эффективности.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Increase the economic efficiency of industrial enterprises

Nadira MAMATKULOVA

1


Tashkent institute of architecture and civil engineering

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received January 2021
Received in revised form
15 January 2021
Accepted 20 January 2021
Available online
10 February 2021

The following articles investigates the rate of economic

efficiency. Furthermore, it suggests good methods, ways and
approaches.

2181-

1415/© 202

1 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

Industrial enterprises
Efficiency
Production
Income
Raw materials
Globalization

Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar:

Sanoat korxonalari
Samaradorlik
Ishlab chiqarish
Daromad
Xomashyo va materiallar
Globallashuv

Quyidagi maqola katta va kichik sanoat korxonalarida

samaradorlik

darajasini

tekshiradi.

Bundan

tashqari

samaradorlikka erishishning qulay uslub va metod va
yondoshuvlarini tanishtiradi.

1

Associate professor, Tashkent institute of architecture and civil engineering, Tashkent, Uzbekistan

E-mail: nodirabegim.777@mail.ru


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

2

Повышение

экономической

эффективности

промышленных предприятий

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

Промышленные
предприятия

Эффективность

Производство

Доход

Материалы

Глобализация.

В следующей статье исследуется уровень эффективности

крупных и малых промышленных предприятий. В нем
также представлены удобные методы, приемы и подходы к
достижению эффективности

.

Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlashga doir

vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan,
uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat
berilmoqda.

Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining

mustahkamlanishi oila budjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish

bilan band bo‘lmagan aholi s

onini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab

chiqarishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda kasanachilar ish stajini hisoblash,

ularga pensiya va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlash huquqi ta’minlanadi.

Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xomashyo va materiallarni yetkazib

berish asosida oilaviy pudratni rivojlantirish fuqarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu

bilan birga, past rentabelli va ko‘p mehnat sarfi talab qilinadigan mahsulotlarning ayrim

turlarini uy sharoitida

ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu, o‘z

navbatida, yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ayni paytda globallashuv shiddatli kechayotgan davrda bozor munosabatlarining

yo’lga qo’yilishi, mamlakatning jahon hamja­miyatiga integrasiyalashuvi hamda iqtisodiy
tizimdagi axborot rolining o’sishi, yangi texnologiyalar, kapital bozorlari o’rtasidagi
aloqalarning kuchayishi iqtisodiyotning innovasion rivojlanish yo’liga o’tishini taqozo

etmoqda. Dunyoning rivojlangan

va rivojlanayotgan mamlakatlari tajribasini o’rganish,

shuningdek, respublikamizning boy tabiiy va ijtimoiy resurslari, ishlab chiqarish va ilmiy-

texnik salohiyatini hisobga olib, innovasion rivojlanish yo’lini tanlab olish muhim

ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mamlakatimiz rivojlanishini maksimal darajada tashkil
etish uchun, eng avvalo, innovasion hamda ilmiy-texnik salohiyatdan samarali

foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Bu borada mamlakatimizning kompleksli

innovasion siyosatini shakllantirish

bo’yicha qonunchilik asoslarini yaratish zarur.

Innovasion faoliyatni samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun esa, mazkur

faoliyatning strategik va taktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish talab etiladi.

Ma’lumki, mazkur tizimni ishlab chiqi

sh faqatgina ilmiy asoslarda amalga oshiriladi. Shu

sababli mutaxassislar, tegishli soha xodimlari innovasion faoliyatni tashkil etish va
boshqarish amaliyotini, strategik qoidalarini va innovasion siyosatni shakllantirish hamda
amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur

Innovatsiya, bu

yanada mukammalroq holatga o’tish uchun yaratiluvchi

yangiliklardan iborat bo’lib,

o’ylab topish, ishlab chiqarish va ixtiro qilish

lozim bo’lgan

yangi vosita, yangi usul, yangi mahsulot, yangi texnologiyalar, demakdir. Innovatsiya


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

3

yangi bilimlarning yig’indisi sifatida amalda qo’llanishi va mos keluvchi sohalarda samara

berishi lozim.

Bugungi kunda innovatsiya ishlab chiqarishda, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy

munosabatlarda, ilm-

fan, madaniyat, ta’lim sohalarida keng qo’llanmoqda. Bu esa, har bir

sohaning rivoji uchun yangicha yondashuv bilan qarash, deganidir.

O’zbekiston iqtisodiyotida milliy sanoatning roli va ahamiyati sal­moqli bo’lib,

davlat mustaqilli­giga erishilgandan keyin bu sohada tub xo’jalik

-iqtisodiy, tashkiliy-

ins­titusional va tarkibiy islohot­lar amalga oshirildi.

Sanoat korxo­nalarini davlat tasarrufidan chiqa­rish va xususiylashtirish, davlat –

aksiyadorlik, korporativ, jamoa va xususiy mulk shakllariga aylantirish, sanoat

tarmoqlarida tarkibiy o’

zgarishlar amalga oshirilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik,

chet el kapitali ishtirokidagi qo’shma kor­xonalar tashkil etildi. Milliy sanoat rivojlanishi,

yangi davrning makroiqtisodiy vaziyatlarini, bozor munosabatlarini shakllantirish va
tarkibiy

o’zgarishlar tavsifini sanoatlashtirish strategiyasidan kelib chiqib bir necha

bosqichga ajratish mumkin.

Bozor munosabatlariga o’tishning ustuvor yo’nalishlaridan biri, bu –

iqtisodiyot

tarmoq­larida innovasion islohotlar, tub yangilanishlarning modernizasiya qi­linishi
hisoblanib, u makroiqti­sodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalarni yangi texnologiyalar

bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi.

Ushbu jarayon, shubhasiz, mamlakatning innovatsion, iqtiso­diy salo

hiyatini

oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Mamlakatimiz

iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion o’zgarishlarni amalga
oshirish sur’atlarini jadallashtirishni talab etmoqda. Ta’kidlash joizki, iqt

isodiyoti taraqqiy

etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, samarali innovasion strategiyaga erishish

uchun iqtisodiy va tabiiy omillardan oqilona foydalanish zarur.

Mamlakat sanoat-innovatsion siyosatida potensial raqobatbardoshlikni yuzaga

keltir

ish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning xomashyo yo’nalishiga ixtisoslashgan

tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlar hisobiga eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni
rivojlantirish ustuvor aha­miyatga ega. Investisiyalarning jalb etilishini muvofiqlashtirish

,

ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish va dunyo bozorlarida mustahkam o’rin egallash
bo’yicha davlat siyosatini yuritish asosiy yondashuvlarimiz mohiyatini namoyon etishi

lozim.

Sanoat tarmoqlarida innovasion strategiyalarni muntazam ravishda qo’llashni

yo’lga qo’yish va tatbiq etishni amalga oshirish uchun ishlab chiqarilayotgan

raqobatbardosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish davomiyligiga erishish sanoat

ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.

Fan-texnika

taraqqiyotini ta’minlashning eng muhim yo’nalishlaridan biri, bu –

ilg’or, eng zamonaviy texnologiyalarni muntazam ravishda o’zlashtirib borishdan iborat.
Ilg’or texnologiyalar, bu –

sinovdan o’tgan texnologik jarayonlarni birlashtirish, turli

-

tuman fizik

kimyoviy usullarni qo’llash, vakuumlash, nanotexnologiyalardan samarali

foydalanish kabi bir qancha usullar majmuini o’zlashtirishni tashkil etishga qaratilgan

jarayondir.

Yana bir yo’nalish –

ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mexanizasiyalashtirish,

elektrlashtirish va kompyuterlashtirishdan

iborat. Rivojlangan mamlakatlarning barcha

tarmoqlarida qayd etilayotgan jihatlarning to’liq amalga oshirilishi uchun qat’iy rioya

qilinadi. Bu borada talab etilayotgan bironta omilga ikkilamchi vazifa, deya qaralmaydi.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

4

Aksincha, texnik faoliyatni tashkil etish uchun zarur bo’lgan barcha talablarning o’z

o’rnida bo’lishiga jiddiy e’tibor qaratiladi. Shuningdek, avtomatlashtirishning yuksak
cho’qqisi hisoblanmish va samaradorlikni ta’minlaydigan robot texnikalarini qo’llashga
e’tibor berish ham ishlab chiqarishning eng oliy maq­sadlaridan biriga aylanishi lozim.

Texnika ilm-fan yutuqlari asosida yaratilayotgan inson kuch qudratini, uning ish

qobiliyatini, ijodiy salohiyatini cheksiz oshiruvchi qurol hisoblanadi. Texnologiya esa, ilm-

fan va zamonaviy texnik vositalar asosida ma’lum moddiy boyliklarni yaratuvchi yoki shu

moddiy boyliklarni amalga oshiruvchi omildir.

Yangi texnologiya va innovatsion strategiya, texnik jarayonlarning bir-biriga

bog’liqligi, bir

-birin

i to’ldirib turishi, ularning muntazam ravishda takomillashtirilishi

jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Texnologik innovasiyalar yuridik shaxsning birinchi marotaba ishlab chiqarayotgan

mahsulotlari, jarayonlar, xizmatlar va usullar shaklida (ularni boshqa yuridik shaxslar

qo’llayotgan bo’lsa ham) bo’lishi mumkin. Texnologik innovatsiyaning ikkita turi mavjud
bo’lib, ular mahsulotlar innovatsiyalari va jarayonlar innovatsiyalaridan iborat. Sanoat

ishlab chiqarishda mahsulot innovatsiyalari texnologik jihatdan yangi va har taraflama

takomillashtirilgan mahsulotni tayyorlash va joriy etishni o’z ichiga oladi.

Texnologik yangi mahsulot, bu

texnologik xususiyatlari (funksional belgilari,

konstruktiv yo’l bilan bajarilishi, qo’shimcha operatsiyalari, qo’llan

iladigan tarkibiy

qismlari hamda materiallar tarkibi) yoki qo’llanilish maqsadi prinsipial jihatdan yangi yoki
yuridik shaxs tomonidan ilgari ishlab chiqarilgan shunga o’xshash mahsulotlardan sezilarli

darajada farq qiluvchi mahsulotdir.

Bunday innovasiyalar prinsipial jihatdan yangi texnologiyalarga yoki mavjud

texnologiyalardan, tadqiqot va ishlanmalar natijalaridan foydalanishga asoslangan bo’lishi

mumkin. Texnologik jihatdan takomillashtirilgan mahsulot, bu

yuqori samarali tarkibiy

qismlar va materiallardan foydalanish, bir yoki undan ortiq texnik tarkibiy qismlarni

qisman o’zgartirish (kompleks mahsulotlar) yo’li bilan ishlab chiqarishning sifat

xususiyatlari yaxshilanadigan va iqtisodiy samaradorligi oshiriladigan mahsulotdir.

Mamlakatimizda korxona

larni rivojlantirish uchun respublikamizning iste’mol

bozorlarini aholi o’rtasida xaridorgir bo’lgan sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish,

tarmoqning eksport salohiyatini oshirish, kichik korxonalar tomonidan raqobatbardosh
mahsulotlarni ishlab chiqarishni

qo’llab

-quvvatlash, tarmoqda yangi texnik va texnologik,

investitsiya siyosatini yuritish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga yangi va

sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni muntazam o’zlashtirish, tarmoq korxonalarini yangi

texnikalar bilan

jihozlashga jiddiy e’tibor qaratish uchun xorijiy sarmoyalarni keng

ko’lamda jalb etish chora

-tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Xullas, innovatsion munosabat tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining asosini tashkil

qiladi. Ya’ni, bozor munosab

atlari sharoitida faoliyat yuritayotgan korxonalar va

xo’jaliklarning raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishlari, xizmatlar ko’rsatishda

muvaffaqiyatga erishishlari uchun muntazam ravishda yangiliklarni izlashga intilishlari va

o’z faoliyatlariga tatb

iq etishlari bu boradagi eng muhim jihatlar hisoblanadi.


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

5

Dunyo olimlari sanoat korxonalarini rivojlantirishda quyidagi uchta muhim

omilning

mavjudligi

va

darajasi

zarur

degan

xulosalarga

kelishgan:

Moddiy texnik manba

. Har qanday iqtisodiy samaradorlik iqtisodiy resurslarni -

ishlab chiqarish omillarini talab qiladi. Bularga, avvalambor, tabiiy boyliklar, mashinalar,
asbob-uskunalar, transport vositalari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va ularni
iste'molchilarga yetkazib berish uchun ishlatiladigan boshqa vositalar, shuningdek
moliyaviy resurslarning o'zi muhimdir. Resurslarning uchinchi turi - bu inson mehnat
resurslari. Ular ishchi kuchining sifat va miqdoriy tarkibi, uning malakasi, ixtisoslashuvi,
bandlik darajasi bilan belgilanadi. So'nggi paytlarda nazariya va amalda yana bir resurs -
tadbirkorlik qobiliyatining ahamiyatiga ko'proq e'tibor berilmoqda. Innovatsion,
noan'anaviy ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasi - yer, kapital, ishchi kuchi tashabbusi
bilan chiqqan tadbirkor mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning o'sishiga yordam
beradi va tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshiradi.

Sanoat korxonalaridagi tashkiliy ishlar.

Sanoat korxonalaridagi tashkilotchilik

ishlari yuqori daromad olishga eng yaxshi sabab bo'ladi.

Sanoat korxonalaridagi ijodiy faoliyat, yangilik bilan bog'liq bo’lgan

tashabbuskorlik

. Zamonaviy ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitida uning ahamiyati ayniqsa

ortib bormoqda. Innovatsiya bilan bog'liq funksiyani kuchaytirish bilan bog'liq holda,
tadbirkorlik uchun yangi iqtisodiy muhit yaratilmoqda. Yangi mahsulotlar va
texnologiyalarni joriy etish bilan shug'ullanadigan ilmiy-texnik ishlanmalar bozori o'sib
bormoqda. Tadbirkorlikning axborot infratuzilmasi rivojlanmoqda, foydali ma'lumotlarga
kirish kengaymoqda, patent va litsenziyalash xizmatlari, elektron kompyuterlar
yordamida to'plangan

bank ma'lumotlari tarmog'i mustahkamlanmoqda. Bular esa o’z

navbatida

Tadbirkorlik ma'lum bir tarkib, yo'naltirilganlik, tadbirkor tomonidan amalga

oshiriladigan protseduralar harakatlarining ketma-ketligi bilan tavsiflanadi.

Klassik tadbirkorlik - bu resurslarni maksimal rentabelligini oshirishga, ishlab

chiqarish hajmlarini boshqarishga qaratilgan an'anaviy, konservativ tadbirkorlik, bu yerda
kompaniyaning rentabelligini oshirish, mahsulot turlarini yangilash uchun zaxiralarini
aniqlash uchun tashqi omillar (kreditlar, protektsionizm) va ichki omillar ishtirok etadi.

sanoat korxonalari

moddiy texnik

bazalari

Sanoat

korxonalarining

oijodkorlik faoliyati:

yaratuvchilik

qobiliyati

Sanoat

korxonalarining

tashkilotchilik

faoliyati


background image

Жамият ва инновациялар –

Общество и инновации –

Society and innovations

Special Issue

1 (2021) / ISSN 2181-1415

6

Innovatsion tadbirkorlik zamon talablariga javob beradi, ilmiy-texnik taraqqiyot

tezligini tezlashtirish; modellarning o'zgaruvchanligi (2 - 3 yil); kelajakdagi iste'molchilar
ehtiyojlarini bugun qondirishga tayyorlik; yangiliklarni (mahsulotlar, xizmatlar,
texnologiya, ishlab chiqarishni yoki mehnatni yangi tashkil etish) joriy etish va tarqatish
uchun iste'molchilar bilan yaqin aloqada bo'lish kabilar innovatsion sanoat

korxonalarining o’zi

ga xos xususiyatlariga kiradi.

Sanoat korxonalarining samaradorligini oshirish uchun ular ichidagi boshqaruv

o'zgarishini talab qiladigan asosiy omillar bu maqsadlar, tuzilish, vazifalar, texnologiyalar
va xodimlardir.

Iste'molchini yoki xizmatlardan foydalanuvchini qondirish, ko'pincha bozor

yetakchiligiga intilish, xodimlarning farovonligi va xodimlar o'rtasida yaxshi
munosabatlarni rivojlantirish uchun sharoitlar, jamoat mas'uliyati, tadqiqotlar va
ishlanmalarga alohida e'tibor beradigan texnik samaradorlik, mehnat unumdorligining
yuqori darajasi, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish kabi xususiyatlar korxona

samaradorligini oshganligini ko’rsatuvchi asosiy parametrlar hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

http://ekrost.ru/poster/povyshenie-effektivnosti-predprinimatelskoi-

deyatelnosti-organizacii.html

2.

R.A.Brealey, S.C.Myers, F.Allen “Principle

s of Corporate Finance*, 11th Global

Edition. 1341 p. 65-

p. 53 Чеботарь Ю.М. Корпоративные финансы и корпоративный

контроль: монография /—

М.: Автономная некоммерческая организация «Академия

менеджмента и бизнес

-

администрирования», 2016 —

250 с., С. 8.

3.

G20/OECD

Principles

of

Corporate

Governance.

OECD

2015.

https://www.oecd.org/daf/- ca/Corporate-Governance-Principles-BNG.pdf

4.

Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvi.

Corporate Finance: Theory and Practice. Copyright . 2005 John Wiley & Sons Ltd, The
Atrium, Southern Gate, Chichester, West Sussex P019 8SQ, England. 1032 p., 29th page.