Жамият ва инновациялар –
Общество и инновации –
Society and innovations
Journal home page:
Tashkent school of wood carving and representatives of uzbek
folk applied art
Muslimakhon ABDURASHIDKHONOVA
1
, Murad Rasulov
2
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received April 2021
Received in revised form
20 April 2021
Accepted 15 May 2021
Available online
25 June 2021
In applied art, the secrets of the art of wood carving and the
founders of wood carving in Tashkent and the methods of
performing this craft are reflected in a simple box. Here is a
summary of the work of teachers who have contributed to the
further development of the art of wood carving.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4. 0 International
(CC BY 4. 0) license (https://creativecommons. org/licenses/by/4. 0/deed.
ru)
Keywords:
composition,
kalka (Chinese paper),
khoka (crushed ash),
make-up,
sanding,
relief,
pargori,
islimi grix.
O‘zbek xalq amaliy san’ati bo‘lmish Toshkent yo‘g‘och
o‘ymakorligi maktabi va namoyandalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar:
kompozitsiya,
kalka (Xitoy qog‘ozi),
xoka (maydalangan kul),
pardoz,
jilvirlash,
rel’ef,
pargori,
islimiy,
grix.
Amaliy san’atda yo‘g‘och o‘ymakorligi san’ati sir-sinoatlari va
yog‘och o‘ymakorligining Toshkent shahridagi asoschilari va
ushbu hunarning bajarish uslullari oddiy bir qutida aks
ettirilgan. Yog‘och o‘ymakorligi san’atining yanada yuksalishiga
o‘z hissasini qo‘shib rivojlantirgan ustozlar ijodi haqida qisqacha
ma’lumotlar keltirilgan.
1
Student, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.
2
Senior lecturer, Tashkent State Pedagogical University named after Nizami. Tashkent, Uzbekistan.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
131
Ташкентская школа резьбы по дереву и представители
узбекского народного прикладного искусства
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
композиция,
калка (китайская бумага),
хока (толченый пепел),
макияж,
шлифовка,
рельеф,
паргори,
ислими,
грикс.
В прикладном искусстве секреты искусства резьбы по
дереву и основоположников резьбы по дереву в Ташкенте и
способы выполнения этого ремесла отражены в простой
шкатулке. Приведены краткие изложения работ мастеров,
которые внесли свой вклад в дальнейшее развитие
искусства резьбы по дереву.
Insoniyat yaralibdiki go‘zallikka intilib yashaydi. Shu qatorda amaliy san’at turlari
ham insonga estetik zavq beradi. Men aytmoqchi bo‘lganim shuki yog‘och o‘ymakorlik
hunari ham shular qatoridadir. Yog‘och o‘ymakorligida asosan naqshlarning to‘g‘ri
tuzilganligiga e’tibor qaratishimiz kerak. Naqshlarning deyarli hammasi ham atrofimizdagi
o‘simliklardan olinadi. Ularning qanday o‘sgani va ularni o‘sish jarayoniga qiyoslanishi
ham mumkin. Atrof olamimizda bizni ilhomlantiradigan talaygina o‘simlik gullari va
o‘simlik turlari mavjuddir. Yog‘och o‘ymakorligida naqsh kompozitsiyalari ancha e’tibor
va qund bilan o‘ylab chizilishi kerak. Naqshlarning xillari ham turlicha [1-5].
Masalan kichik bir qutichani olsak avvalo uning sifatiga e’tibor berish kerak. Qaysi
daraxtdan olinganligiga ham e’tiborimizni qaratish ham kerak. Uning yumshoq yoki
qattiqligini bilib olishimiz zarur. Avvalo biz tanlab olgan kompozitsiyamizni qutichamiz-
ning usti va yoniga tushirib olishimiz kerak bo‘ladi. Qutiga tushirish uchun qo‘g‘ozga
chizilgan kompozitsiya naqshimizni kalka qo‘g‘oz (Xitoy qog‘oz)ini naqshning ustiga
qo‘yib chizib olamiz va bir necha qavat matoni taxlab olib oddiy bo‘sh qog‘ozni shu mato
ustiga qo‘yamiz va uning ustiga kalka qog‘ozni qo‘yib igna (nina) yordamida 2 mm
oralig‘ida qilib naqsh ustidan teshib chiqiladi. Shu naqshni qutichaning ustiga qo‘yib hoka
(yondirilgan daraxt bo‘lagi, kul) yordamida tushiriladi ya’ni buning uchun doka bolagi
2-3 qavat qilib uning ichiga hoka (mayda kukun qilingan kul) solamiz. Uni shu qutichaning
ustiga qo‘yilgan kalkaning ustiga urib bosib chiqiladi. Keyingi bosqichda esa asta sekingina
uni ko‘tarib olamiz. Tushirilgan kulning ustidan shoshmasdan ehtiyotkorlik bilan ustidan
yumshoq qalam bilan chizib chiqamiz [6-12]. Chizib bo‘lingach hokadan qolgan qoldiqlar
puflab yoki quruq yumshoq mato bilan artib tashaladi. Shunda u toza bo‘lib yarqiraydi.
Keyin esa kesib chiqiladi buni amalga oshirish uchun turli ko‘rinishdagi “yog‘och
o‘ymakorligi” uskunalari bilan kesib chiqiladi. Kesishda esa kichik raqamli uskunalardan
katta raqamli uskunalarga qarab ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Kesish jarayoni
tugagach o‘yish uskunalari yordamida. O‘yiladi buning uchun o‘yuvchi uskunalarni katta
kichikligiga qarab moslab o‘yish jarayoni boshlanadi. O‘yish jarayoni toza va e’tibor bilan
bajarilishi kerak.
O‘yish jarayoni tugagach buyumimiz tekis va bekamiko‘stligini tekshiramiz. So‘ngra
chakich uskunasi yordamida chakichlanadi. Chakichlash ham qunt bilan bajarilshi kerak.
Bir tekislikda chiqishi e’tibor talab etadi. Chakichlash jarayoni tugagach eng mayda qumli
qum qog‘oz yordamida ishqalab jilvirlanadi. Keyingi jaryonda esa loklanadi [13-19].
Loklash jarayonida lok turi tanlanadi. Masalan “sherlak”da loklaydigan bo‘lsak u lok turi
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
132
tez qurishini hisobga olib loklashimiz kerak. Bir marotaba loklangandan keyin u qurigach
ustidan yana 2-3 marotaba loklanadi. Loklash jarayoni tugagach yaxshilab quritilishi
kerak. So‘ngra esa uskunalar yordamida pardoz ochish jarayonini davom ettiramiz. Pardoz
jarayoni esa tugagach yana bir ko‘zdan kechirib chiqamiz. Ishimiz yaxshi tugallganligiga
ishonch hosil qilamiz. Shu tariqa bizni qutichamiz ishi yakunlanadi.
Yog‘och o‘ymakorligi hunari ham barcha hunarlar kabi o‘z tarixiga ega. Men ham bu
hunar turining Toshkent shahridagi tarixi haqida aytib o‘tmoqchiman [20-22].
O‘zbekiston Respublikasining katta yog‘och o‘ymakor ustalaridan bo‘lmish
Sulaymon Xo‘jayev haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Sulaymon Xo‘jayev Toshkent
shahridagi Suzuk ota yog‘och ustalari mahallasida istiqomat qilgan. Sulaymon Xo‘jayev
yuksak plandagi usta hisoblanadi. Uning ijodidagi maqsadi xalq ro‘zg‘or buyumlarini turli
go‘zal naqshlar bilan bezash bilan birga, pargori o‘ymakorlik uslubini xalq e’tiboriga
havola etgan. Usta Sulaymon Xo‘jayevning yuza relef o‘ymalarini texnika bilim yrtlarida va
to‘garaklarda o‘rgatib keng yoyish mumkin.
Sulaymon Xo‘jayev
Ularning kichik ustaxonalaridan turli hildagi mahsulotlar aholi uchun tayyorlangan.
Yo‘g‘och bo‘laklaridan yorqin va jilvakor buyumlar yasalgan. Ularni o‘sha davrda ishlab
chiqqan usullari hozirgi davrda maktablardagi darsliklarda va to‘garaklarda qo‘llanilib
kelinmoqda. S. Xo‘jayev o‘ygan stollarning yuqori qismining yuzasi to‘liq yog‘och
o‘ymakorligidan tashkil topgan bo‘ladi. Usta S. Xo‘jayev oddatiy stollardan tashqari o‘yma
yozuv stollari ham ishlagan. U stollar 2 ta tortma yashikdan tuzilgan. U yerda u o‘zining
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
133
mahoratini yangi detallarda ham ko‘rsatgan. Usta ba’zida an’anaviy formalarni ham yangi
naqshlar bilan to‘ldirgan [23].
Usta oxirgi ishlarini Valiqori Asqarov bilan birgalikda bajargan. U qutilar ishlashda
kompozitsiyalarni o‘ta an’anaviy formalarini saqlashga qattiq e’tibor bergan. U odatda
qutichalarni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklda va qopqoq qismi ochiladigan qilib ishlagan. U
kompozitsiya naqshlarida aniq simmetriyaga katta e’tibor bergan. Usta Sulaymon ota har
doim qutilarning chekkalarini mevali daraxtdan (o‘rikdan) tor qo‘shimchalar bilan
bezatgan. Afsuski, pargori o‘ymakorligi usta Sulaymon ota vafotidan keyin yanada
rivojlanmadi:magistr talabalari badiiy o‘ymakorlikning boshqa turlariga qiziqishdi.
Masalan, ulardan biri usta Maqsud Qosimov deyarli faqat shu uslubda ishlagan.
Sulaymonxo‘ja ota ijodida hamisha “pargori’’ naqsh uslubida ijod qilgan
ustalardandir. Pargori bu xalq tilida sirkul ham deb yuritiladi ya’ni sirkul yordamida
ishlanadigan naqsh turi hisoblanadi. Shu ijod mahsullari hozirda ham yuksalib kelmoqda.
Naqsh turlari ham turli bo‘lib ularga misol uchun “pargori”, “islimiy”, “grix” shu va shu
kabilar kiradi [24].
Sulaymon Xo‘jayevning yetakchi shogirdlaridan biri Maqsud Qosimov haqida
gapirib o‘tamiz. Maqsud Qosimov ijodida Toshkent badiiy yog‘och o‘ymakorligining asosiy
tamoyillari aks etganini ko‘rish mumkin.
Qosimov yog‘och o‘ymakorligi bilan bir qatorda o‘yma ganch sohasida ham ko‘p
ishlaganlar. Qosimov o‘zining mashg‘ulotini taniqli Toshkentlik usta Alimjon Qosimjonov
bilan boshladi. Qosimjanov ularni bo‘yoqlar yaratish san’ati, daraxtga rasm chizish
texnikasi bilan tanishtirdi. Qosimovning eng sevimli mavzusi bu yog‘och o‘ymakorligi edi
M. Qosimov stollar, ramkalar, qutilar va boshqa buyumlar yasashni o‘rgangan. Usta
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
134
o‘ymakor yog‘ochning yoshiga juda sezgir bo‘lishi kerak, u qanday sharoitda va qancha
vaqt davomida yangi yog‘ochlarni saqlash kerakligini bilishi kerak edi [25].
Eshiklarda ishlashda Qosimov o‘zbek xalq o‘ymakorligining turli xil turlarini
birlashtirgan, bu odatda tekis reliyef bilan ajralib turadi. Qosimov 1943–1946-yillarda
davriy ravishda Opera va balet teatri qurilishida qatnashgan. Qosimov har doim o‘z
asarlarini eskizlarini diqqat bilan o‘ylab topadi va ularni bo‘limda muhokama qilish uchun
taqdim etgan. Qosimov so‘ngi yillarda o‘zbek o‘ymakorligi bilan bezatilga turli hil mebel va
uy anjomlarini, rasm ramkalarini va qutilarni ustida ko‘p ishlagan. M. Qosimov Toshkentda
deyarli yagona bo‘lgan, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab u nafaqat yog‘och panjara yasash
bo‘yicha usta edi [26].
Qosimov nafaqat panjaraning o‘ziga xos asl san’atini saqlab qoldi va olib keldi.
Maqsud Qosimovning katta egizaklari Hasan va Husan, ayniqsa otalarning san’atiga juda
qiziqishadi va bu hunarni asta sekin o‘zlashtiradilar. Ba’zan otalari ularga naqshning
mayda detallarini o‘ymakorlikni ishonib topshiradi. Bolalar otalarining yangi asarlariga
qiziqish bildiradilar. Qosimovning mahsulotlari Toshkent, Samarqand, Moskva, Leningrad
muzeylarida saqlanmoqda.
Rassomlar uyushmasining faol a’zosi bo‘lgan Qosimov ajoyib ijodiy g‘oyalarga boy
bo‘lgan. Ularni turar joy va jamoat binolarining ichki qismini bezab turgan mahobatli va
maishiy naqshlarda topadi. Maqsud Qosimov Toshkent shahridagi yog‘och o‘ymakorligi-
ning asoschisi hisoblanadi. Hozirda ham Sulaymon Xo‘jayev va uning shogirdi Maqsud
Qosimov ijodi namunalari va usullaridan keng foydalanib kelinmoqda [27].
Maqsud Qosimov ustozi Sulaymonxo‘janing ijodini ham davom ettirdi. U ko‘pgina
shogirdlar tayyorladi.
Maqsud Qosimovning hunarlarini qunt bilan o‘rgangan shogirdlaridan biri bu Ortiq
Fayzullayevdir, navbatdagi sharximiz Ortiq Fayzullayev haqida.
Ortiq Fayzullayevning yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha birinchi ustozi Toshkentlik
mohir usta sifatida nom qozongan Maqsud Qosimovdir. 1957-yilda M. Qosimov o‘z
shogirdlari – P.P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik maktabini bitirib chiqqan
O. Fayzullayev, S. Qosimov, E. Nurullayevlarga rahbar bo‘lib, O‘zbekiston Yoshlarining
birinchi Respublika festivali munosabati bilan Toshkent shahrida ochilgan ko‘rgazmada
ishtirok etdilar. O‘z yasagan buyumlari bilan ko‘pchilikni olqishiga ega bo‘ldilar [28].
Ortiq Fayzullayev 1952–1965-yillar davomida o‘ymakor usta Maqsud Qosimov
bilan yonma-yon turib, san’at sirlarini batafsil o‘rgangan. Oradan vaqt o‘tgach ustozning
ya’ni M. Qosimovning toblari bo‘lmay, vafot etdilar. U kishi kenja o‘gillari Xojiakbar
Maqsudovga otalarining vafotidan keyin Ortiq Fayzullayev ustozlik qilib yog‘och
o‘ymakorlik sirlarini o‘rgatganlar. Xojiakbar Maqsudov otasining va ustozining ishonchini
oqlagan yetuk san’atkor, yog‘och o‘ymakordir.
Ortiq Fayzullayev yoshligidan, duradgorlik, rassomchilik va o‘ymakorlikka qiziqar
edi. O. Fayzullayev hozirgi vaqtgacha 80dan ortiq ko‘rgazmalarda o‘z ishlari bilan
qatnashgan. Usta yaratgan panjaralarni Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida ko‘rish
mumkin. Ortiq Fayzullayevning ishlagan asarlari badiiy yetukligi, mazmunan teranligi
bilan xalq e’tiborini tortib ajralib turadi [29].
Ortiq Fayzullayev o‘ymakorlikni me’morchilik bilan bog‘liq holda rivojlantirishga
hissa qo‘shgan. O. Fayzullayevning ustozi Maqsud Qosimov. Uning ustozi esa 1936-yilda
Mehnat Qahramoni bo‘lgan usto Sulaymon Xo‘jayev edi. Hozirgacha bu avlod davom etib
kelmoqda bu yetuk o‘ymakorlarning shogirdlari ularning hunarlarini davom ettirib
kelishmoqda.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
135
Ortiq Fayzullayev
Ortiq Fayzullayevning sexrli qo‘llari bilan ishlangan qator o‘ymakorlik buyumlari
qator nufuzli ko‘rgazmalarda namoyish etib kelinmoqda. O‘zlari esa bu yo‘nalish bo‘yicha
talaygina sovrinlar sohibiga aylanganlar.
Oriq Fayzullayev o‘z ustozlaridan ko‘pgina sir sinoatlarni o‘rgandi. Bu umr
davomida u bu hunarni yana ko‘p shogirdlariga o‘rgatgan va o‘rgatib kelmoqda. Ustozining
usullarini ham davom ettirgan. U bu usullarga o‘zining ham kompozitsiyalarini
chambarchas bog‘ladi. Shunda ajoyib sehirli san’at asarlari yaralgan [30].
Yuqorida keltirib o‘tgan bu shaxslar o‘zlarini go‘zal bir san’atlari ya’ni yog‘och
o‘ymakorligi hunarini ko‘pgina shogirdlariga o‘rgatib kelganalr. Bu shogirdlar
bardavomligi bilan hunar yashab kelmoqda. Bu ustozlarimiz o‘z shogirdlariga hunar
sir-sinoatlarini tushuntirib o‘rgatib, ularni o‘zlari kabi yetuk yog‘och o‘ymakor etib
tayinladilar. Hozirda ham bu insonlarning shogirdlari o‘z hunarini o‘rgatib kelmoqdalar.
Shu bilan birga yog‘och o‘ymakorligi yuksalib bormoqda.
Insoniyat har doim yaxshilikka va ezgulikka intilib yashashi kerak. Ezguliklarni
ilg‘ash uchun dunyoning go‘zalligini anglash uchun esa nafis, bejirim buyumlardan ilg‘ash
mumkin. Sababi bu buyumlarning ortida qo‘l mehnati yotadi. San’atga oshufta qalblar,
san’atga intilgan insonlar ezgulik tomon intiladi. San’at ham insoniyatni yaxshilikka
yetaklaydi. Yuqorida hayot va ijodini sharxlab o‘tgan insonlarimiz ham yaxshilik va
go‘zalikka oshufta qalblardan biridir. Biz ham shu in sonlardan o‘rnak olsak arziydi
nazarimda.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
136
XULOSA
Biz bu maqoladan maqsadimiz shuki maqolamizni o‘qiyotganlarga o‘zbek milliy
amaliy hunarlaridan bo‘lgan yo‘g‘och o‘ymakorligi hunariga qiziqish uyg‘otish va bu
hunarning Toshkentdagi tarixi bilan tanishtirishdir.
Yosh avlodni vaqtini unumli o‘tkazishi va hunarli bo‘lishi bu avvalo Vatanimiz
uchun, xalqimiz uchun katta naf keltiradi deb o‘ylayman. Vatan ravnaqiga hissa qo‘shish
bu katta sharafdir. Yog‘och o‘ymakorligi bu insoniyatni ma’naviy ulg‘ayishiga va estetik
teran bo‘lishiga undaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Паргори (вид резьбы по дереву) в работах народного мастера Сулеймана
Ходжаева. Ташкент – 1958.
2.
Ташкентская Резьба по Дереву в работах Максуда Касимова. Ташкент-1961.
3.
Absamatovich R.M., & Bahodirhon A.M. (2021). Methodological Basis of Creation,
Organization And Decoration Of Platter’s Artistic Composition In Applied Art. The American Journal
of Applied Sciences, 3(04). – PP. 298–310. https://doi. org/10. 37547/tajas/Volume03Issue04-42.
4.
Ruziev E., Ashirbayev A. Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi (darslik) – T.
: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2010. – B. 248.
5.
Ashirbayev A., Ergashev T. Common Mistakes and Their Warning in Teaching
Drawing. Eastern European Scientific Journal. Abgabe № 5-2018. ISSN: 2199-7977 Copyright:
Kommunikations-und Verlagsgesellschaft mbH, Dusseldorf – Germany – 378–380.
6.
Ashirbayev A., Ergashev T., Tillaeva D. Typical Mistakes that Occur in the Process
of Learning to Draft. International Journal of Progressive Sciences and Technologies
(IJPSAT). ISSN: 2509-0119. General Public License, Spanish. Vol. 17 No. 1 October 2019,
PP. 294–296.
7.
Valiev A. (2021). About the features of the perspective of simple geometric shapes
and problems in its training. Збірник наукових праць SCIENTIA.
8.
Malikov K.G. (2020). Theory and practice of construction of axonometric projects.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).
9.
Gulomova N. (2021). Chizma geometriya, chizmachilik darslarida talabalarga
testlar orqali ularning bilimini aniqlash. Грааль науки, (4). – B. 404–408.
10.
Xalimov М., & Farxodova Z. (2021). Developing students’ creative abilities by
making problem solution situation in drawing subject. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
11.
Усмонов Б.Ш., Дадабоева Д.И., & Валиева З.Т. (2021). NX – Это
интегрированное решение для проектирования продуктов, разработка и
производство. Scientific progress, 2(1). – C. 825–834.
12.
Мирзалиев З.Э., Халимов М.К., Маликов К.Г., & Абдухонов Б.Х. (2017).
Методика использования нового механизма для построения аксонометрических
проекций. Молодой ученый, (8). – C. 1–6.
13.
Gafurovich M.K. (2021). Axonometry New Practical Graphical Methods For
Determining System Parameters. Psychology and Education Journal, 58(2). – PP. 5710–5718.
14.
Мурадов Ш.К., Халимов М.К., Мирзалиев З.Э., & Рамазанова Г.С. (2017).
Определение параметров формы и положения кривых 2-го порядка. Молодой
ученый, (7). – C. 454–457.
Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 5 (2021) / ISSN 2181-1415
137
15.
Валиев А.Н., Туланова Д.Ж., & Гуломова Н.Х. (2018). Современные
педагогические и инновационные технологии обучения на занятиях по черчению.
Молодой ученый, (3). – C. 183–184.
16.
Saydaliyev S., & Gulomova N. (2019). Development of Spatial Thinking of
Students Based on the Traditions of Eastern Architecture. International Journal of
Progressive Sciences and Technologies, 14(2), 210-214.
17.
Gulomova N. (2021). Use of interactive methods for students in teaching
drawing lessons (on the example of views). Academicia: an international multidisciplinary
research journal, 11(1). – PP. 1637–1642.
18.
Talipov N., & Talipov N. (2021). Creative technologies for the development of
students’ creative activity through art education. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
19.
Tashimov N.E., Student M., Zoitov S., & Oblakulova L. (2019). Methods of
development and application in the educational process of computer technology in
teaching graphic disciplines. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences Vol, 7(12).
20.
Alimovich N.E. (2021). Determination Of General Positions For The Solution Of
Geometric Tasks International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2). –
PP. 237–241.
21.
Jabbarov R. (2021). Developing students’ creative abilities through teaching
“landscape color picture” in higher education system. Конференции, 1(1). https://doi.
org/10. 47100/conferences. v1i1. 1088.
22.
Jabbarov R., & Rasulov M. (2021). Further formation of students’ creative
abilities by drawing landscapes in painting. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ. https://doi.
org/10. 36074/logos-30. 04. 2021. v2. 09.
23.
Jabbarov R. (2021). Priorities for the development of painting. Конференции,
1(1). https://doi. org/10. 47100/conferences. v1i1. 952.
24.
Хасанов А.А., & Ўроқова Ш.Б.Қ. (2021). Цифровизация образования на
современном этапе развития информатизированного общества. Scientific progress,
2(1). – C. 300–308.
25.
Abdurashidovich X.A., & Nigmanovna M.F. (2019). Access to electronic
educational resources in the education system. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
26.
Nazirbekova S. (2021). The importance of field practice in fine arts. Збірник
наукових праць ΛΌГOΣ.
27.
Расулов М. (2021). Научить студентов во внешкольных учреждениях
составлять композиции на уроках резьбы по дереву. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
28.
Akhmedov M.U., & Kholmatova F. (2021). Formation of creative processes in
students through teaching composition in fine arts. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
29.
Ahmedov M.U., & Xolmatova F. (2021). Teaching students to draw elements of
patterns in wood carving circles. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
30.
Xalilov R. (2021). Important factors for teaching students to work on landscape
composition. Збірник наукових праць ΛΌГOΣ.
