Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Organization
of
medical
institutions
and
their
management in the Fergana Region (end of XIX century
–
beginning of XX century)
Azizbek BADALOV
1
Andijan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2023
Received in revised form
15 July 2023
Accepted 25 July 2023
Available online
15 August 2023
At the end of the 19th century
–
the beginning of the
20th century European medical institutions, paramedical
outpatient clinics, women
’
s hospitals and their management
were created on the territory of Turkestan, in particular in the
Fergana region. In the article, based on the analysis of archival
materials, periodicals and scientific literature, the activities and
main problems of the first medical institutions are considered.
2181-
1415/©
2023 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol4-iss6/S-pp33-40
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
Turkestan,
Ferghana region,
medical institution,
hospital,
administration,
colonialism.
Fargʻona viloyatida tibbiy muassasalarning tashkil etilishi
va ularning boshqaruvi (XIX asr oxiri
–
XX asr boshlari)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Turkiston,
Fargʻona viloyati,
tibbiy muassasa,
shifoxona,
boshqaruv,
mustamlakachilik.
Maqolada XIX asr oxiri
–
XX asr boshlarida Turkiston
oʻlkasida, xususan, Fargʻona viloyatida
yevropacha tibbiy
muassasalar
–
feldsherlik ambulator shifoxonalari, xotin-qizlar
uchun moʻljallangan shifoxonalar tashkil etilishi va ularning
boshqaruvi, dastlabki tibbiy muassasalar faoliyati va asosiy
muammolari arxiv materiallari, davriy matbuot va ilmiy
adabiyotlar asosida tahlil qilingan.
1
Doctor of Philosophy in Historical Sciences (PhD), Senior Lecturer, Department of Theory of Civil Society, Andijan
State University.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
34
Организация
медицинских
учреждений
и
их
управление в Ферганской области (конец XIX века –
начало XX века)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
Туркестан,
Ферганская область,
лечебное учреждение,
больница,
администрация,
колониализм.
В конце XIX века –
начале ХХ века на территории
Туркестана, в частности в Ферганской области, происходит
создание
европейских
лечебных
учреждений
–
фельдшерских амбулаторий, женских больниц и их
управление. В статье на основе анализа архивных
материалов, периодической печати и научной литературы
рассмотрена деятельность и основные проблемы первых
лечебных учреждений.
XIX asrning ikkinchi yarmi
O‘
rta Osiyo xalqlari tarixida keskin va fojiali burilish
yasagan, murakkab va ziddiyatli davr b
o‘
ldi. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari
oqibatida
o‘
lkada mustamlakachilikka asoslangan yangi huquqiy, siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar tizimi shakllantirildi.
1876-yilda Q
o‘
qon xonligining tugatilishi munosabati bilan markazi Yangi
Mar
g‘
ilon (keyinchalik Skobelev, hozirgi Far
g‘
ona) shahri b
o‘
lgan Far
g‘
ona viloyati tashkil
qilindi. Uning hududida Andijon, Namangan, Q
o‘
qon, Mar
g‘
ilon,
O‘
sh uyezdlari b
o‘
lib,
ularning ma’muriyati Turkiston general
-gubernatori tomonidan tayinlangan harbiy
gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. Hududni tashkillashtirish tizimida eng quyi
b
o‘g‘
in
–
b
o‘
lis (volost) hisoblanardi [1. B. 42
–
44].
XIX asrning 60-yillaridan boshlab Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston
o‘
lkasida joylashtirilgan harbiy qismlar va yangi tashkil qilingan aholi punktlarida tibbiy
holatni nazorat qilish, mahalliy aholi
o‘
rtasida epidemik kasalliklarga qarshi kurashish
va oldini olish maqsadida yevropacha tibbiyot muassasalari tashkil qilina boshladi.
1876-yildan boshlab Far
g‘
ona viloyatining yirik shaharlarida rusiyzabon va mahalliy
aholiga tibbiy xizmat k
o‘
rsatish maqsadida ambulator shifoxonalar ochish masalasi
k
o‘
tarila boshladi. Buning natijasida, 1882-yilga kelib Far
g‘
ona viloyatida 7 ta, jumladan,
Yangi Mar
g‘
ilonda (hozirgi Far
g‘
ona) 20
o‘
rin, Mar
g‘
ilonda 15
o‘
rin, Q
o‘
qonda 20
o‘
rin,
Chustda 5
o‘
rin, Namanganda 10
o‘
rin, Andijonda 15
o‘
rin va
O‘
shda 5
o‘
rin, jami
90
o‘
ringa ega b
o‘
lgan ambulator shifoxonalar faoliyat k
o‘
rsatishni boshlagan [2].
Dastlabki yillarda ushbu ambulator shifoxonalar ijaraga olingan, shaharlarning
aholi qatnoviga qulay markaziy k
o‘
chalaridagi xonadonlarda joylashgan. Misol uchun,
O‘
sh shahridagi ambulator shifoxonasi uchun sh
aharning Ye kvartali №11 uyda
joylashgan xonadon ijaraga olingan.
O‘
sh uyezdi boshli
g‘
i Ionov va xonadon sohibi,
podpolkovnik Nosovlar
o‘
rtasida 400 rubl evaziga ushbu xonadonni 1882-yil
20-sentabrdan 1883-yil 20-sentabriga qadar
O‘
sh ambulator shifoxonasi uchun ijaraga
berish t
o‘g‘
risida shartnoma imzolangan [3]. Keyinchalik viloyatdagi barcha uyezdlarda
mahalliy byudjet mabla
g‘
lari hisobidan ambulatoriyalar uchun maxsus binolar
qurish boshlangan. Qurilish ishlari tender asosida tashkil qilinib, mahalliy tadbirkorlar
tomonidan
amalga
oshirilgan.
Chunonchi,
Turkiston
general-gubernatorligi
Devonxonasining 1885-yil 16-
avgustdagi ma’lumotnomasida yozilishicha, Namangan
shahrida shifoxona qurilishi uchun mar
g‘
ilonlik tadbirkor Karim Shamsutdinov bilan
12500 rubllik shartnoma tuzilgan [4].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
35
Shifoxonalar chet davlatlardan keltirilgan tibbiy asbob-anjom va jihozlar bilan
ta’minlangan. Jumladan, 1877
-yilda Sankt Peterburg shahridagi tibbiy asbob-anjomlar
d
o‘
konidan Far
g‘
ona viloyatida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari uchun jami
14 turdagi 99 adad tibbiyot anjomlari sotib olingan va ular mustahkam qutilarda
keltirilib, uyezd shifokorlariga taqsimlab berilgan [5].
1886-yil 12-
iyunda tasdiqlangan “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida”gi
Nizomiga
asosan 14 ta uyezdda uyezd shifokori lavozimi ta’sis etilishi mintaqada
so
g‘liqni saqlash tizimi shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi [6.
B. 996].
Nizomga asosan, uyezd shifokoriga 1500 rubl, uning tarjimoniga 180 rubl va uyezd
feldsheriga 360 rubl yillik ish haqi belgilandi. Bundan tashqari, 1906-yilgacha uyezd
shifokoriga uning sud-tibbiyot ekspertizalarini
o‘
tkazish uchun qilinadigan safar
xarajatlari uchun yillik 300 rubl q
o‘
shimcha ish haqi t
o‘
langan [7].
1886-yil 30-
sentabrda “Farg‘
ona viloyati shahar kasalxonalari t
o‘g‘risida” gi Nizom
qabul qilinib, Q
o‘
qon, Andijon, Namangan,
O‘
sh va Yangi Mar
g‘
ilon (hozirgi Far
g‘
ona)
shahar kasalxonalari hamda Mar
g‘
ilon va Chust shaharlarida ambulatoriyalar tashkil
etilgan[8]. Bu kasalxonalarda
o‘
tkir va surunkali kasalliklarga chalingan mahalliy va
yevropa millatiga mansub aholi qabul qilinib, ularni tibbiy k
o‘
rikdan
o‘
tkazish va tibbiy
maslahat hamda dori-darmonlar berish bepul tarzda amalga oshirilgan. Kasalxonani
boshqarish, bemorlarni qabul qilish va r
o‘
yxatga olish kasalxona shifokori (uyezd
shifokori)ning majburiyati hisoblangan. Shifokor tibbiyot b
o‘
limini boshqarish bilan
birga feldsherlikka qiziqqan layoqatli mahalliy yoshlarda tibbiy malaka shakllantirish
mas
’
uliyatini ham
o‘
z zimmasiga olgan.
Shahar kasalxonalari nizomiga k
o‘
ra, kasalxona x
o‘
jalik b
o‘
limi uyezd boshli
g‘
i
raisligida, uyezd vrachi va uyezd boshqarmasining bir nafar rahbar xodimidan tashkil
topgan x
o‘
jalik q
o‘
mitasi tomonidan boshqarilgan. Kasalxona faoliyati nozir orqali
Far
g‘
ona viloyati shifokori va viloyat ma
’
muriyati tomonidan nazorat qilib borilgan. Nozir
uyezd boshlig‘i tomonidan tayinlangan. Feldsher esa, uyezd vrachi tomonidan tanlab
olingan va uyezd boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlangan. Nozir va
feldsherlar
kasalxona atrofida yashashi uchun turar-
joyga ega bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Shahar
kasalxonalarining shtat birliklari va moddiy ta
’
minoti kasalxona joylashgan uyezd
aholisining soni va uyezd xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilangan. Jumladan,
Q
o‘
qon va Namangan shaharlarida kasalxona 20
o‘
ringa ega b
o‘
lsa, Andijon va
O‘
sh
shaharlarida 15
o‘
ringa ega b
o‘
lgan. Yangi Mar
g‘
ilon shahri kasalxonasi esa erkaklar
uchun 20
o‘
ringa, ayollar uchun 15
o‘
ringa m
o‘
ljallangan. Ushbu shifoxonaning shtat
birligi 5 kishini tashkil etib, moddiy ta
’
minoti bir yil uchun 7370 rubl etib belgilangan [9].
Ilova № 1
Farg‘ona oblastida tashkil qilingan dastlabki shahar kasalxonalarining shtat birligi
va moddiy ta’minoti to‘g‘risida ma’lumot:
Shtat nomlari va sarf-xarajat
turlari
Xarajat summasi, jumladan:
Soni
Qo‘qon va
Namangan Soni
Andijon va
O‘sh
Soni
Yangi
Marg‘ilon
Har bir bemorning kunlik ta’minoti
uchun sarf etiladigan 40 tiyinlik
xarajat
-
2920 rubl
-
2190 rubl
-
5110 rubl
Feldsher uchun
1
500 rubl
1
500 rubl
1
500 rubl
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
36
Ikkinchi feldsher uchun
-
-
-
-
1
400 rubl
Nozir uchun
-
300 rubl
-
300 rubl
-
400 rubl
Feldsher-
o‘quvchi
(tibbiy yordamchi) uchun
1
120 rubl
1
120 rubl
2
204 rubl
Xizmatkor uchun
(har biri uchun 144 rubldan)
2
144 rubl
2
144 rubl
4 (bir
nafar
ayol)
576 rubl
Oshpaz uchun
1
180 rubl
1
180 rubl
1
180 rubl
JAMI:
5
4308 rubl
5
3578 rubl
9
7370 rubl
Mar
g‘
ilon va Chust uyezdlaridagi ambulatoriyalar bemorlarga tibbiy maslahat
berish va dori-darmon bilan ta
’
minlash, shoshilinch holatlarda erkak va ayol bemorlarni
qabul qilish maqsadida tashkil qilingan hamda tibbiy xizmat bepul tarzda amalga
oshirilgan. Muassasada tibbiy xizmat k
o‘
rsatish hamda x
o‘
jalik ishlarini boshqarish uyezd
vrachlari zimmasiga yuklatilgan. Muassasa faoliyatini nazorat qilish va yuzaga kelishi
mumkin b
o‘
lgan muammolarni hal etish Far
g‘
ona viloyati gubernatori zimmasiga
yuklatilgan. Bemorlarni kunlik qabul qilish va muassasa x
o‘
jalik ishlarini yuritish feldsher
tomonidan olib borilgan. Feldsher uyezd vrachi tomonidan tanlab olingan hamda uyezd
boshli
g‘
i tomonidan lavozimga tayinlangan. U tibbiy k
o‘
rik muassasasida turar joyga ega
b
o‘
lgan va shu yerda istiqomat qilgan. Uyezd vrachi bemorlarni qabul qilish uchun
kamida ikki marta, asosan, bozor kunlarida tibbiy k
o‘
rik muassasasiga kelib turgan.
Ushbu tibbiyot muassasalari uchta doimiy
o‘
ringa ega b
o‘lib, har bir bemorning ta’minoti
uchun kunlik xarajat 40 tiyinni tashkil qilgan. Bemorlarning ta’minoti (shu jumladan,
jihozl
arni ta’mirlash, oziq
-ovqat, kiyim-kechak, yoritish va isitish ishlari) uchun bir yilda
jami 468 rubl mabla
g‘
ajratilgan. Feldsher yillik 500 rubl, xizmatchi-oshpaz esa 180 rubl
maosh bilan ta
’
minlangan [10].
XIX asrning 80-yillaridan mahalliy aholi mentalitetidan kelib chiqqan holda, ayollar
va bolalar uchun m
o‘
ljallangan shifoxonalar ochila boshlagan. Far
g‘
ona viloyatida ayollar
va bolalar uchun m
o‘
ljallangan birinchi shifoxona 1887-yil 7-iyunda Turkiston general-
gubernatorining №67 sonli buyrug‘
iga asosan Q
o‘
qon shahrida ochilgan [11]. Dastlab
shifoxona
o‘
z faoliyatini ijaraga olingan binoda olib borgan. 1889-yil 29-mayda shifoxona
mudirasi Mariya Shishova shahar markazidagi boshqa k
o‘
chalarining biridan yer sotib
olish va yangi bino qurishni s
o‘
rab murojaat qilgan. Kasalxona joylashgan binoning
mahalliy aholi uchun noqulayligi, sanitar sharoitlari yomonligi, xususan, shimol
tomonidan k
o‘
mir bozori bilan tutashganligi hamda bozorga ot va tuyalarning doimiy
kirib-chiqishi jarayonida bu yerning haddan tashqari ifloslanib ketishi bunga sabab
sifatida k
o‘
rsatilgan. Murojaatnomaga asosan, shifoxona uchun Q
o‘
qondagi markaziy
k
o‘
chalarning biridan mahalliy aholiga tegishli 720 kv. sarjin yerni 1003 rublga sotib
olinib, 54 rubl, 42 tiyinga oldi-sotdi hujjatlari rasmiylashtirilgan [12].
1887-yil 12sentabrda Turkiston general-
gubernatorining №99
-
sonli buyrug‘i bilan
Andijonda ayollar va bolalar shifoxonasini ochishga ruxsat berilgan [13]. Shifoxona uchun
Andijon shahrida maxsus bino bo‘lmaganligi uchun mahalliy tadbirkor Shamsiddin Xo‘ja
egaligidagi uy ijaraga olingan. Shamsiddin Xo‘ja oldindan 700 rubl va har yili 300 rubl ijara
haqi to‘lash sharti bilan 1888
-yil bahoridan shifoxona uchun 3 ta xona, alohida vannaxonaga
ega bo‘lgan yangi bino qurib berishni takli
f qilgan. Turkiston general-gubernatori tomonidan
bino qurilishi uchun berilgan taklif ijobiy baholanib, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan
ko‘rsatilgan summani ajratish uchun ruxsat berilgan. Turkiston Okrug Harbiy
-tibbiyot
inspektori I.P. Suvorovning 1888-yil 17-
avgustidagi murojaatnomasida ko‘rsatilishicha,
shifoxona 1888-
yil 8fevraldan o‘z faoliyatini boshlagan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
37
1889-yil 25-aprelda Far
g‘
ona viloyati gubernatori Namangan shahrida 15 mingdan
ortiq ayollar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud emasligi
tufayli Namangan shahar byudjeti mabla
g‘
lari hisobidan Andijon va Q
o‘
qon
shaharlaridagi kabi ayollar va bolalar uchun shifoxona ochishga ruxsat s
o‘
rab, Turkiston
general-gubernatoriga murojaatnoma y
o‘
llaydi. 1889-yil 30-mayda Namanganda
mahalliy xotin-qizlar va bolalar shifoxonasini ochish uchun ruxsat berilib, 1889-yil
23-sentabrda ish boshlaydi [14. V. 35].
Marg‘ilon uyezdi ma’muriyati va faollarining tashabbusi hamda sa’y
-harakatlari
asosida Turkiston general-gubernatorligi tomonidan 1890-yil 16-iyunda ayollar soni
16 mingdan ortiq bo‘lgan Eski Marg‘ilon shahrida ham ayollar va bolalar shifoxonasini
ochishga ruxsat berilgan hamda shifoxonaning Nizomi tasdiqlangan. Shifoxona uchun Eski
Marg‘ilon shahri Mashat qismining Chor chinor mahallasida yashovchi Xo‘ja Normuhammad
Muhammadrahimovning xonadoni ijaraga olingan. 1890-yil 1-
noyabrda Marg‘ilon uyezdi
boshlig‘i Tomich va xonadon egasi o‘rtasida shartnoma tuzilib, xom g‘ishtdan qilingan 4 xona
uy, maktab sifatida foydalanib kelingan bino bilan birgalikda ijara asosida shifoxonaga
o‘tkazilgan. Ijara haqi yiliga 200 rubldan, besh yilga 1000 rublni tashkil qilgan. Shifoxona
binosini ta’mirlash sarf
-
xarajatlari shahar byudjeti mablag‘laridan qoplangan [15].
Yuqoridagi shifoxonalarga tibbiy yordam s
o‘
rab murojaat qiluvchi ayollar va
bolalarga tibbiy maslahat, dori-darmon va boshqa ashyolar bepul tarzda berilgan.
Shifoxonaning tibbiyot va x
o‘
jalik b
o‘
limlarini boshqarish Okrug harbiy-tibbiyot
inspektori tomonidan tanlab olingan ayol-shifokorlar zimmasiga yuklatilgan. Ular
bemorlarni qabul qilish uchun har kuni ertalab soat 9 dan 14 gacha shifoxonada
b
o‘
lishgan. Shifoxonalarda bir nafardan fel
ь
dsher-ayollar ham ishlagan. Ular bemorlarni
qabul qilish, hujjat ishlarini yuritish va shifokor-ayol tomonidan berilgan boshqa
majburiyatlarni bajargan hamda tibbiy yordam uchun bemorlarning uylariga tashrif
jarayonida shifokor-ayolga hamrohlik qilishgan.
Shifoxonalarda tibbiyot xodimlaridan tashqari bir nafardan tarjimon ayol,
xizmatkor ayol va hovlibonlar ham ishlaganlar. Ularni ishga yollash va ishdan b
o‘
shatish
uyezd boshli
g‘
i tavsiyasiga k
o‘
ra, shifokor-ayol tomonidan hal etilgan. Xizmatkor ayol va
hovlibonlar rus tilidan xabardor b
o‘
lishi va shifoxona ishlarida
o‘
zaro bir-birlariga
yordam berishi shart b
o‘lgan. Shifoxona ta’minoti va xodimlarning maoshlari uyezdlar
yoki shahar byudjeti mabla
g‘
lari hisobidan qoplangan. Turkiston general-gubernatori
tomonidan 1892-yil 30-
iyunda tasdiqlangan “Eski Marg‘
ilon, Q
o‘
qon, Andijon va
Namangan shaharlarida 10 ta doimiy yotoq joyiga ega b
o‘
lgan mahalliy ayollar va bolalar
shifoxonalarining shtat birliklari t
o‘g‘risida” gi qarorga ko‘
ra, shifoxonada 3 nafar tibbiyot
xodimi va 6 nafar yordamchi xodimlar shtat birliklari belgilangan. Shifoxonaning yillik
moddiy ta’minoti uchun 6434 rubl mablag‘
y
o‘
naltirilgan[16].
Ilova № 2
Farg‘ona oblastida ochilgan dastlabki ayollar va bolalar shifoxonalarining shtat
birligi va moddiy ta’minoti:
Shtat nomlari va sarf-xarajat turlari
Shtat
soni
Yillik
ta’minoti
(rubl)
Jami
(rubl)
Shifokor-ayol, shifoxona mudirasi
1
1100
1100
Uning safar xarajatlari uchun
300
300
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
38
Feldsher-ayol
2
480
960
Uning safar xarajatlari uchun
180
180
Tarjimon-ayol
1
300
300
Nazoratchi ayol (xo‘jalik bo‘limini
boshqaradi)
1
300
300
Xizmatkor-ayol
2
120
240
Oshpaz
1
144
144
Hovlibon
1
120
120
Dori-darmonlar uchun
400
Ashyolar katalogidagi narsalar uchun
180
Kanselyariya ashyolari uchun
150
Kasalxona binosi ijarasi uchun (xizmatkor uchun yashash joyi
bilan birgalikda)
600
Har bir bemor ta’minoti uchun kunlik 40 tiyin, (shuningdek, bu
summa hisobiga bemorlarni ovqatlantirish, isitish, yoritish va
boshqa kichik xarajatlar ham kirgan)
1460
JAMI:
6434
Shunday qilib, XX asrning boshlariga kelib, 1900-yilda Far
g‘
ona viloyatida doimiy
yotoq joyga ega b
o‘
lgan jami 11 ta tibbiyot muassasalari aholiga tibbiy xizmat k
o‘
rsatgan.
Ular, 5 ta shahar kasalxonalari, 4 ta ayollar va bolalar shifoxonalari hamda 2 ta tibbiy
k
o‘
rik muassasalari b
o‘
lib, barchasi shaharlarda joylashgan hamda mahalliy byudjet
mabla
g‘
lari hisobidan ta
’
minlangan. Bundan tashqari viloyatda 11 ta, jumladan, Mar
g‘
ilon
uyezdida 3 ta, Q
o‘
qonda 2 ta, Andijonda 3 ta, Namanganda 2 ta,
O‘
shda esa 1 ta
ambulatoriya punktlari faoliyat k
o‘
rsatgan. Bu yilda ushbu tibbiy muassasalariga tibbiy
yordam s
o‘
rab 92674 nafar aholi murojaat qilgan b
o‘
lsa, ularning 193 nafari turli o
g‘
ir
kasalliklar tufayli vafot etgan [17. B. 109
–
111]. Yil davomida dam olish kunlarisiz
hisoblaganda bir sutkada viloyat b
o‘
yicha
o‘
rtacha 254 nafar bemor qabul qilingan.
Umuman,
o‘
lka aholisi yangicha tibbiy muassasalarni asta-sekinlik bilan qabul qila
boshlagan. Bunday muassasalar mahalliy aholi uchun tamoman yangilik b
o‘
lib, aholining
yangi tibbiy bilimlarni qabul qilishida muayyan qiyinchiliklar yuz bergan [18. B. 275].
Lekin, vaqt
o‘
tishi bilan zamonaviy tibbiyotning foydalarini bilgan mahalliy aholi
yevropalik shifokorlarning faoliyatiga qiziqa boshlagan hamda ularga tibbiy yordam
s
o‘
rab murojaat qiluvchilar soni yildan yilga k
o‘
payib borgan. 1881-yilda Turkiston
o‘
lkasida mahalliy aholi 2,300,000 nafar kishini tashkil qilgan holda tibbiyot
muassasalariga murojaat etuvchilar soni 18500 kishini tashkil etib, bu umumiy aholining
1 foizini ham tashkil qilmas edi. Lekin shunga qaramay, Far
g‘
ona viloyati b
o‘
yicha bu
k
o‘
rsatkich 1882-yilda 1877-yilga nisbatan 2 baravar ortgan edi [19. B. 160]. Far
g‘
ona
viloyatida mahalliy aholining yevropa tibbiyotiga murojaatlari sonining bu sur’atda
oshishining asosiy sababi viloyatning
o‘
ziga xos shart-sharoitiga bo
g‘
liq edi. Turkiston
viloyatining boshqa viloyatlariga nisbatan kichikroq hududni egallagan Far
g‘
ona viloyati
aholisining
o‘
ta zich joylashganligi, uyezdlar markazlarining bir-biridan unchalik uzoq
emasligi aholiga yevropa tibbiyotining afzalliklarini yaqindan bilish va shifokorlar
yordamidan foydalanish imkonini bergan edi.
Shunga qaramay, tibbiyot muaassasalari shifokorlarining xulosalariga k
o‘
ra,
aholiga tibbiy xizmat k
o‘
rsatish qoniqarli darajada tashkil etilmagan. Andijon shahar
shifokori Malining 1901-yil 22-sentabrda Far
g‘
ona viloyati shifokori Popovga yuborgan
bildirishnomasida Andijon uyezdida aholiga statsionar tibbiy xizmat k
o‘
rsatish qoniqarli
emasligi ta’kidlangan. Uning fikricha, shahar kasalxon
asidagi 15 ta statsionar yotoq joyi
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
39
umuman yetarli b
o‘
lmagan. Kasalxonaga statsionar davolanish maqsadida murojaat
qiluvchilarning soni yildan yilga ortib borayotgani, xususan, 1899-yilda bir sutkada
o‘
rtacha 22 nafar, 1900-yilda esa,
o‘
rtacha 28 nafar bemorni tashkil etgani qayd etgan.
Shuningdek, 400 ming kishilik uyezd aholisi yevropa millatiga mansub shifokorlarning
tibbiy yordamiga
o‘
rganib borayotgani, temir y
o‘
l qurilishi va zavodlar sonining ortishi
bilan ishchilarning kirib kelayotgani ham sabab
o‘
rnida keltirgan. Shu sababdan kelib
chiqib, shahar kasalxonalarida yotoq joyini 35 taga oshirish maqsadga muvofiqligi
ta’kidlangan. Bildirishnomaning so‘
nggida Andijonda yashovchi bir m
o‘
ysafidning
shikoyatini keltirib
o‘
tgan. Unga k
o‘
ra, boshdan qon ketishi sababi bilan murojaat qilgan
bir bemor joy y
o‘
qligi uchun kasalxonaga qabul qilinmagan va oradan yetti kun
o‘
tib vafot
etgan.
O‘
sha kuni shahar kasalxonasida 32 nafar statsionar tartibda davolanayotgan
bemor b
o‘
lgan. Shunday salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun shahar kasalxonalarida
statsionar yotoq joylarini k
o‘
paytirish masalasini kechiktirmay, zudlik bilan hal etish
kerakligini ta’kidlagan
[20].
Bundan k
o‘
rinadiki, XIX asr oxiri
–
XX asr boshlarida mahalliy aholiga tibbiy
yordam k
o‘
rsatish borasida qilingan ishlar ijobiy ahamiyat kasb etgan holda, tashkil
etilgan shifoxonalarning aholi nufusiga nisbatan kamligi, moliyaviy tomondan o
g‘
ir
ahvolda ekanligi, tibbiyot xodimlarining yetishmasligi va ularning mahalliy tillarni
bilmasligi kabi omillar bu boradagi ishlarning rivojlanishini qiyinlashtirar edi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
N.Abduraximova, F.Ergashev. Turkistonda Chor mustamlaka tizimi.
–
Toshkent,
“Akademiya”, 2002. –
240 b.
2.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma,
1-
ro‘yxat, 908
-ish, 28-b.
3.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma, 1
-
ro‘yxat, 28237
-ish, 33-b.
4.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.1
-
jamg‘arma, 16
-
ro‘yxat, 1864
-ish, 7-varaq.
5.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma, 1
-
ro‘yxat, 32107
-ish, 26-29 varaqlar.
6.
Shadmanova S.B., Badalov A.A. Activities of doctors in the Fergana Valley (late
19th
–
early 20th centuries) //Academicia: An International Multidisciplinary research
Journal. Vol.10, Issue 10, October 2020.
7.
Spectator. Медицинское дело в крае. Ташкентский курер. 1908. №18 //
Туркестанский сборник. Т.478. –
С. 109
-110.
8.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma, 1
-
ro‘yxat, 28641
-ish, 33-34 varaqlar.
9.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma, 1
-
ro‘yxat, 28641
-ish, 34-36 varaqlar.
10.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-ja
mg‘arma, 1
-
ro‘yxat, 28641
-ish, 36-37-varaqlar.
11.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.1
-
jamg‘arma, 16
-
ro‘yxat, 2023
-ish, 18,20-varaqlar.
12.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma, 1
-
ro‘yxat, 23933
-ish, 8,9,11-varaqlar.
13.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.1
-
jamg‘arma, 16
-ro
‘yxat, 2065
-ish, 1,9,13-varaqlar.
14.
S.B.Shadmanova, Fargʻona vodiysi aholisiga tibbiy yordam koʻrsatilishi va undagi
transformatsiya jarayonlari (XIX asr oxiri
–
XX asr boshlari) // Vodiynoma, 2018. №2.
15.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma, 1
-
ro‘yxat,
24096-ish, 3, 20, 21,
23-varaqlar.
16.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.1
-
jamg‘arma, 16
-
ro‘yxat, 2219
-ish, 22-varaq.
17.
Обзор Ферганской вилояти за 1901 год. –
Г.Новый Маргелан. Типография
Ферганского вилоятного Правления, 1894. –
88, [52] с.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
06 (2023) / ISSN 2181-1415
40
18.
Badalov
A.A. “Ferghana medical society” and its activity (late XIX
- early XX
centuries) //
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and
innovations. Special Issue
–
2 (2021).
19.
Отчет о состояний Туркестанского края, составленный Сенатором
Тайного Советника Гирсом, командированным для ревизий края Высочайшему
повелению. I. част. Администрация. –
СПБ, 1883. –
466 с.
20.
O‘zbekiston Milliy arxivi, I.19
-
jamg‘arma, 1
-
ro‘yxat, 32650
-ish, 30,
53-54-varaqlar
