Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Tools for improving the organization of independent
education
Mokhinur KUVONDIKOVA
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received June 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 15 July 2024
Available online
25 August 2024
The article discusses tools for improving the organization of
independent education in higher education institutions.
Particular attention is paid to methods for increasing students'
enthusiasm and interest in the educational process, as well as
ways to effectively consolidate and assimilate knowledge.
Approaches aimed at developing students' skills for freely
applying the acquired knowledge in practice are described. The
authors emphasize the importance of independent learning as a
key element in the educational system and offer tools for its
improvement, contributing to a deeper mastery of the material
and the development of students' professional competencies.
2181-
1415/© 2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss4-pp75-80
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
concept of electronic
resource,
electronic educational
resource,
independent education.
Mustaqil ta’limni tashkil etishni takomillashtirish
vositalari
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
elektron resurs tushunchasi,
elektron ta’lim resursi,
mustaqil ta
’
lim.
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida mustaqil ta’limni tashkil
etishni takomillashtirish vositalari muhokama qilinadi.
Talabalarning ta’lim jarayoniga ishtiyoqi va qiziqishini oshirish
usullariga, shuningdek, bilimlarni samarali mustahkamlash
va o‘zlashtirish yo‘llariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O
‘
quvchilarda olingan bilimlarni amaliyotda erkin qo
‘
llash
malakalarini shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar bayon
etilgan. Mualliflar ta'lim tizimining asosiy elementi sifatida
mustaqil ta
’
limning muhimligini ta
’
kidlab, uni takomillashtirish
vositalarini taklif qiladilar, materialni chuqurroq o
‘
zlashtirishga
va o
‘
quvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga
yordam beradi.
1
Basic doctoral student, Andijan State Pedagogical Institute
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
76
Инструменты
совершенствования
организации
самостоятельного образования
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
понятие электронного
ресурса,
электронный
образовательный ресурс,
самостоятельное
образование.
В
статье
рассматриваются
инструменты
совершенствования
организации
самостоятельного
образования в высших учебных заведениях. Особое
внимание уделено методам повышения увлеченности и
интереса студентов к учебному процессу, а также способам
эффективного закрепления и усвоения знаний. Описаны
подходы, направленные на формирование у студентов
навыков свободного применения полученных знаний на
практике.
Авторы
подчеркивают
значимость
самостоятельного обучения как ключевого элемента в
образовательной системе и предлагают инструменты для
его улучшения, способствующие более глубокому
освоению материала и развитию профессиональных
компетенций студентов.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida elektron ta’lim resursini o‘quv jarayoniga
qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan
-kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy
sabablaridan biri an’anaviy ta’limda talabalarni faqat
tayyor bilimlarni egallashga
o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib
topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib
chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi,
bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Elektron ta’lim resursi ta’lim jarayonida sifat
-samaradorligini oshiradi,
talabalarning mustaqil
ta’limni
tashkil etish jarayonini shakllantiradi. Talabalarda
mavzuni o‘rganishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlash,
o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma, malakalarini shakllantiradi.
Lug‘aviy jihatdan “elektron ta’lim resursi” bu
-
o‘quv
ishlarini tashkillashtirish uchun
zarur bo‘lgan va raqamli formada taqdim etiladigan fotografiyalar,statistik va dinamik
modellar, vertual borliq va interfaol modellashtirish obektlari va kartografik materiallar,
ovoz, belgili obektlar va ishchi grafikasi, matnli xujjatlar va boshqa o‘quv materiallaridir.
Elektron ta’lim resursi –
raqamli ta’lim resursini o‘z ichiga oladi. Raqamli ta’lim
resursi
–
didaktik maqsadlarga erishishga yoki alohida o‘quv masalasini hal etishga
qaratilgan tugallangan interfaol multimediali mahsulot. Raqamli ta’lim resursining
muhim sifat ko‘rsatkichi –
uning interfaolligidadir. Raqamli ta’lim resursi ta’lim
oluvchining undan foydalanish paytida faol bo‘lishni taqozo etadi.
Elektron ta’lim resurslari deganda
–
elektron qurulmalardan foydalangan xolda
taqdim etiladigan o‘quv materiallari tushuniladi.umumiy holda elektron ta’lim resursiga
o‘quv videofilmlari va ovoz yozuvlari kiradi, ularni ko‘rish yoki tinglash uchun oddiy SD
pleer ham yetarli bo‘ladi. Elektron ta’lim resursini ta’limda qo‘llash uchun zamonaviy va
samarali qurilma kompyuterdir. Aynan kompyuter orqali taqdim etiladigan resurslarga
diqqatni qaratamiz.
Elektron axborot-
ta’lim resursi zamonaviy axborot
-kommunikatsiya texnologiyalari,
mustaqil ta’lim olishning samarali usullarini qo‘llash orqali o‘quv materiallari va ilmiy
ma’lumotlarni chuqur o‘zlashtirishga mo‘ljallangan manbadir. U talabalarda mustaqil ta’lim
olish, ijodiy fikrlash malaka va ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
77
E
lektron ta’lim resursini
mustaqil
ta’limni
tashkil etishning vositasi sifatida qarash
mumkin:
Yaratish texnologiyasi bo‘yicha. Tekstografik resurslar –
teks va illyustratsiyalarni
namoyish qilishda kitobdan farqli o‘laroq, materiallar qog‘ozda emas ekranda beriladi va
navigatsiyada ham farqlanadi. Multimediali elektron ta’lim resursi –
vizual va ovozli
materiallardan tashkil topgan. Kitobdan farqli holda animatsiya korinishida jonli tarzda
gavdalanadi.
Mazmuni bo‘yicha: elektron qaydnomalar, topshiriqlar, lug‘atlar, qiziqarli savollar,
darajali testlar, darsliklar, labaratoriya va seminar topshiriqlari.
Tarqatish va foydalanish bo‘yicha: internet
-resurs, offlayn-resurs, elektron doska
uchun resurslar.
Tarkibi bo‘yicha: ma’ruza va seminar uchun mo‘ljallangan mustaqil ta’lim
resurslari, vertual labaratoriyalar, vidieodarslar.
Qo‘llash bo‘yicha: dars jarayonida va mustaqil
ta’limni
tashkil etishda.
Barcha oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’lim sifatini oshirish zamonaviy pedagogik,
innovatsion va axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish, ilg‘or ish
tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. Oliy ta’lim tizimida
elektron ta’lim
resurslarning asosiy vazifalari:
–
mustaqil ta’lim
jarayonini umumiy, yaxlit ishlab chiqish;
–
mustaqil ta’limni tashkil etish
jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad
va vazifalarni belgilash;
–
mustaqil ta’limni tashkil etish
jarayoni mazmunini ishlab chiqish;
–
mustaqil ta’limni tashkil etish
jarayonida ta’lim oluvchining erkin, mustaqil
faoliyat ko‘rsatish uchun muayyan shart
-sharoitlarni yaratish hamda maxsus bilimlarni
shakllantirish;
–
ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish;
–
kadrlar tayyorlash Milliy dasturi maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarish;
–
fan-texnika taraqqiyotidagi axborotlarni yoshlarga yetkazishni tezlashtirish.
Oliy ta’lim tizimida elektron ta’lim resurs
lardan foydalanish quyidagi
imkoniyatlarni beradi:
–
talabalarning bilim olish faoliyatini faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirish
sifatini va ta’lim samaradorligini oshirish;
–
tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘lgan talabalarga nisbatan differensial
yondashish hamda darslarni yuqori estetik darajada tashkil qilish (musiqa, animatsiya)
–
talabalarning axborot oqimlarini tanlash qobiliyatlarini rivojlantirish, tasviriy
ifodalash usulidan amaliy faoliyat ko‘rsatish turiga o‘tish, bu tarzda talaba o‘quv
jarayonining sub’ektiga aylanadi.
Oliy ta’lim tizimini mazmunan modernizasiya qilish, ilg‘or tajribalar asosida
o‘qitish jarayoniga elektron ta’lim resurslari
va multimediali texnologiyalarni joriy etish,
bunda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e’tiborni qaratgan holda oliy ta’lim
tizimining sifat-
samaradorligini tubdan yaxshilash oliy ta’limi faoliyatining ustuvor
yo‘nalishi sifatida belgilab olingan.
Tadqiqit ishimiz doirasida “
Pedagogigal App
” nomli elektron ta’lim resursi ishlab
chiqildi. Ushbu elektron ta’lim resursi
“Boshlang‘ich ta’lim va Pedagogika va psixologiya”
ta’lim yo‘nalishi talabalarining mustaqil ta’limni samarali tashkil etishga qaratilgan.(1.1
-
rasmga qarang).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
78
1.1-rasm.
mustaqil ta’limni tashkil etishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma va
elektron
ta’lim resuri
Mazkur o‘quv qo‘llanmada “Boshlang‘ich ta’lim va Pedagogika va psixologiya”
ta’lim yo‘nalishi talabalarining
mustaqil ta’limni samarali tashkil
etishga qaratilgan
bo‘lib,
unda mustaqil ta’limni tashkil etishning maqsad va vazifalari, darsdan tashqari
mashg‘ulotlar jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot
-kommunikatsiya texnologiyalarini
joriy etish bo‘yicha metodik ko‘rsatma hamda tavsiyalar, amaliy mashg‘ulotlar berilgan.
Shuningdek, darsda talabalarning faolligini oshirish va fikrlash orqali o‘zlashtirishlarni
ta’minlash maqsadida multimediali ilovalar tayyorlandi. O‘quv qo‘llanma
ning
multemediyali ilovalariga: animatsiya, video, amallar ustida ishlash, misollardan
na’munalari, test
-
topshiriqlari, didaktik o‘yin, muammoli masalalar uchun namunalar,
trenajyor mashqlari, rasmli topshiriqlar, boshqotirmalarga oid mashqlar kiritilgan.
Ularda talabalarning materiallarini oson o‘zlashtirishlarini, geometrik amallarni sodda,
aniq yo‘llari bilan amalga oshirishlari va ijodiy fikrlashga o‘rgatish maqsadida turli jadval,
rebus va boshqotirmalardan foydalanilgan. Mashq shartlarida talabalarni ijodiy
fikrlashga, mulohaza yuritishga undovchi, taqqoslash, analiz, sintez va kuzatishga
asoslangan holda xulosa chiqarishga yo‘llovchi, tahlilni muayyan izchillikda amalga
oshirishni ta’minlovchi topshiriqlarni berilganligi dastur talablarini bajarishga xizmat
qiladi.
Bundan tashqari o‘quv qo‘llanma va elektron ta’lim resursda “Ma’ruza matni”,
“Qisqa savolga qisqa javob”, “Mental xaritasi”, “Darajali testlar”, “Mustaqil ishlash uchun
misollar”, “Video dars”, “Interaktiv savollar”, “Interaktiv videolar” kabi ilg‘or pedagogik
metodlardan samarali foydalanilgan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
79
Ishlab chiqilgan
elektron ta’lim resurslari talabalarga darsga tayyorgarlik ko‘rishda
va mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘zlashtirishda quyidagi imkoniyatlarni beradi:
–
mustaqil ta’limni tashkil etish
ni zamonaviy tarzda modellashtirish;
–
fan bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot va
axborotlarga ega bo‘lish;
–
nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash.
Dars jarayonida zamonaviy va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar ta’limning
sifat samaradorligini oshiradi, talabalarning mustaqil fikrlash jarayonini shaklantiradi,
talabalarda bilimga ishtiyoq hamda
qiziqishni o‘stiradi, bilimlarni mustahkam
o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin fodalanish ko‘nikma
, malakalarni shakllantiradi.
Kompyuter monitorida sodir bo‘layotgan hodisalarni talaba ko‘rib va eshitib,
fikrlash orqali bilishga intiladi. talaba sezgi organlari yordamida ekranda sodir
bo‘layotgan voqea va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki ekranda ularning xossa va
xususiyatlari aks ettiriladi.
E
lektron ta’lim resurs vositalaridan o‘qitish jarayonida foydalanish o‘qitishning
sifati va samarasini orttirib, o‘rgatishning eng qulay usullaridan biridir. Elektron ta’lim
resurs
–
bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari bo‘lib, matn, tovush,
videotasvir, grafik tasvir va animasiyani (multiplekasiyani) yaxlit kompyuter tizimiga
birlashtirish imkonini yaratadi.
Oliy ta’lim tizimida talabalarida zarur ko‘nikmalarni shakllantirish, “Boshlang‘ich
ta’lim va Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalarining
mustaqil
ta’limni
samarali tashkil etishga qaratilgan sifat-
samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarish,
o‘qitishning zamonaviy usul, vositalarni amaliyotga joriy etish
natijasida: talabaning
o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatini bugungi kunda eng zarur bo‘lgan
mantiqiy
tafakkuri, turli ma’lumotlar bilan ishlash, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o‘z
-
o‘zini
boshqarish, jamoada o‘zini tuta bilish, mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish qoidalarini
egallash, ta’limiy vazifani bajarish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.
E
lektron ta’lim resurslarining o‘qituvchilar uchun afzalligi:
o‘qituvchilarning
muntazam o‘z ustida ishlashlariga imkon yaratadi. Darsga xar doim tayyor bo‘ladilar.
Darslarni noan’anviy ko‘rinishda tashkil qiladilar. talabalarning o‘zlashtirish
samaradorligi ortadi.
Bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bilan bo‘shliqlarni to‘ldirishda yordam
beradi. O‘qituvchining ota
-onalari bilan xamkorlikda ishlash imkonini yaratadi.
Talabalar uchun afzalligi: o‘qishga bo‘lgan qiziqishi ortadi, o‘qishda yuqori
ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. mustaqil ta’limni topshiriqlarini
bajarishda qiynalmaydi,
dars qoldirgan taqdirda ham yangi mavzuni o‘zlashtirish imkonini beradi, mustaqil, erkin
fikrlashga o‘rgatadi.
Keyingi bosqichda bilim olishga ishtiyoqi kuchayadi, tengdoshlari
bilan o‘zaro munosabatlari yaxshilanadi.
O‘quv topshiriqlarini elektron ta’lim resurslari yordamida talabalarga taqdim etish
bir qadar qulayliklar tug‘diradi. Chunki elektron ta’lim resursi vositalari talabalarning
mustaqil faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir talabani o‘qituvchi
hamda tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, hamkorlik qilishga undaydi. Bunday
vaziyatlarda elektron ta’lim resursi alohida didaktik funksiyani bajaradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Олий таълим тизимини янада
ривожлантириш чора
-
тадбирлари тўғрисида» 2017 йил 20 апрелдаги ПҚ
-2909-
сон
қарори/ Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Issue
–
5
№
4 (2024) / ISSN 2181-1415
80
2.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги
«Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар
стратегияси тўғрисида»ги ПФ
-4947-
сонли Фармони /Ўзбекистон Республикаси
қонун
ҳужжатлари тўплами, 2017 й.
3.
Бегимкулов
У.Ш. Педагогик таълимда замонавий технологиялар //
Педагогик таълим. –
Тошкент: 2005
4.
Жўраев
Р., Саматов
Ғ., Қаршибоев
Ҳ. Замонавий информацион ва педагогик
технологиялар асосида табиий фанларни ўқитиш //Халқ таълими. –
Тошкент: 2002.
5.
www.ziyouz.com
6.
www.edu.uz
7.
www.tdpu.uz
8.
www.ziyonet.uz
