Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Innovative and effective forms of organizing the
educational process in higher education institutions
Mokhinur KUVONDIKOVA
Andijan State Pedagogical Institute
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received July 2024
Received in revised form
15 July 2024
Accepted 25 July 2024
Available online
15 August 2024
The article examines the use of modern innovative forms of
organizing the educational process. The main attention is paid
to the analysis of various innovative methods and technologies
aimed at improving the quality of education. Their impact on
the effectiveness of student learning and achieving higher
educational results is discussed. The authors conclude the
importance of using innovations in the educational process.
2181-
1415/©
2024 in Science LLC.
DOI:
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp133-138
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
innovative forms,
training,
blended learning,
practical games.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil
etishning innovatsion samarali shakllari
ANNOTATSIYA
Kalit
so‘zlar
:
innovatsion shakllar,
treninglar,
aralash ta'lim,
amaliy o'yinlar
Maqolada o'quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy
innovatsion shakllaridan foydalanish ko'rib chiqiladi. Asosiy
e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan turli innovatsion
uslub va texnologiyalarni tahlil qilishga qaratilmoqda. Ularning
talabalarning bilim olish samaradorligi va oliy ta’lim natijalariga
erishishiga ta’siri muhokama qilinadi.
Mualliflar ta'lim
jarayonida innovatsiyalardan foydalanishning ahamiyati
to'g'risida xulosaga kelishadi.
1
Basic doctoral student, Andijan State Pedagogical Institute
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
134
Инновационные и эффективные формы организации
образовательного процесса в высших учебных
заведениях
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
инновационные формы,
обучение,
смешанное обучение,
практические игры.
В статье рассматривается использование современных
инновационных форм организации образовательного
процесса.
Основное
внимание
уделяется
анализу
различных инновационных методик и технологий,
направленных на повышение качества образования.
Обсуждается их влияние на эффективность обучения
студентов и достижения более высоких образовательных
результатов. Авторы приходят к выводу о важности
применения инноваций в образовательном процессе.
Zamonaviy sharoitda tinglovchilarning o‘quv
-
bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish
sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim
shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli
o‘qitish, interfaol ta’lim, modul
-
kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash
o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni
o‘rinda ta’limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
I. Trening
–
(ingliz tilidan training-train
–o‘qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol
mashg‘ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo‘lib, u o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy
g‘oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini
beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi.
Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali
ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini
oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish
bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-
atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi. Tahsil
oluvchi faoliyatiga mo‘ljallangan ta’lim shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar
orqali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. U ta’lim beruvchi tomonidan o‘qitishni emas, balki tahsil
oluvchi tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Treninglar o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda
mashqlar davomida o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va qatnashchilardagi o‘zaro hamkorlikni,
samarali muloqot ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Har qanday trening quyidagi
bosqichlardan tashkil topadi:
1. Izyuminka (joziba
–
qatnashchilar bilan ishlashning o‘ziga hos ajoyib tomoni)
qatnashchilarning treningga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa bahs boshlash, savollar berish,
qatnashchilar fikrini chalg‘ituvchi (provakatsion) ta’kidlarni ilgari surish yoki qandaydir
faoliyat turini faraz qilish. O‘quv mashg‘uloti qatnashchilarining dastlabki bilimlari va ularning
hayotiy tajribalarini bog‘lashga harakat qilish. Trening ahamiyati nimadan iborat ekanligi
sabablarini tushuntirish. Odatda trening qatnashchilari birinchi mashg‘ulotda o‘zini noqulay
sezishi, Sizga nisbatan ishonchsizlik holatlari kuzatiladi. Unutmang, Sizning har bir
harakatingiz va e’tiboringiz qatnashchilar ishonchini qozonishigizga asos bo‘ladi.
2.
Qatnashchilar uchun natijalarni ta’kidlash. Qatnashchilarga treningdan qanday
maqsad kutilayotganini auditoriyaga tushuntiring.
Qatnashchilar trening natijasida: «Bu
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
135
treningdan keyin nimalarni bilishim va nimalarni qilishim lozim?» degan savolga javob
berishlari kerak.
3.
Trenerning hissasi. Trening uchun zarur dastlabki ma’lumotlar, zarur bilimlar
(matn, ma’ruza, hujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun fan mazmunini
namoyish qilish.
4. Interfaol strategiya
–
treningning yuragidir. Interfaol uslubiyotda foydalanadigan
ish tartibini qisqacha bayon qilish. Interfaol uslub-bu jamoaviy muhokamani tashkil etish,
fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi
faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqish. Guruxda ishlash
uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib borish. Qatnashchilar tushunganlik darajasini
muntazam nazorat qilib borish. Treningni yakunlashga vaqt yetishi uchun, uning har bir
qismini diqqat bilan tashkil qilish. Bu yerda treningni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan savollar
muhim ahamiyatga egaligini e’tibordan chetda qoldirmaslik. Trener mashqlarni qatnashchilar
tomonidan bajarish jarayonida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib borishi lozim.
5.
Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashchilar o‘zlari yod olgan va o‘zlashtirgan
bilim(yo‘nalish)lari bo‘yicha xulosa qiladilar, o‘zlashtirgan ma’lumotlar va malakalarni boshqa
holatlarda, talabalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar.
Bu
–
treningni baholash
qismidan iborat bo‘lib, bunda “Qatnashchilar nimani o‘rgandilar?”
savoliga javob olinadi.
Trening davomida qatnashchilar o‘rgangan yoki ko‘rsatgan bilimlari natijalar bilan mos
kelishini tekshiriladi.
Treninglar an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
•
bunda ta’lim oluvchilar yoki ishtirokchilar guruhi yoshi va bilim jihatdan bir xil
bo‘lmaydi;
•
trening jarayonining asosiy maqsadi ishtirokchilarni o‘zaro muloqotga chorlash va
faollashtirishdan iborat etib belgilanadi;
•
o‘qitish va tarbiyalashning shakl, metod va vositalari trening maqsadidan kelib
chiqib tanlanadi va individuallashtiriladi.
Yaxshi trening har doim trener va
qatnashchilarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlariga asoslanadi.
Treningni o‘tkazish texnikasi. Qatnashchilar bilan noverbal (so‘zsiz, mimika,
pantomimika, qarash va hokazo) aloqa o‘rnatish:
Gapirayotganingizda har bir tinglovchini ko‘z
ostingizda tuting. Hammaga bir xil e’tibor bering, Siz guruxdagi ba’zi odamlarga xayrixoh
bo‘lib qolmang.
Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qiling (tez-tez va maqsadsiz
yurishlardan qoching, shuningdek, guruhga o‘zingiz ko‘rinmaydigan joydan turib gapiring).
Qatnashchilarning bosh qimirlatishi, tabbassumi va hatti harakatlari nimanidir
aytmoqchi ekanliligiga hohishi borligiga e’tibor bering. Guruh qarshisida turing. O‘qish va
trening boshlanganda o‘tirmang (xotirjam, shu bilan birga maqsadli va qat’iy bo‘ling). Verbal
(nutqiy) aloqa o‘rnatish:
•
Savollarni shunday tuzingki, qatnashchilar gapirsin. Bunda Sizga ochiq savollar
yordam beradi:
“
Siz bu haqda nima deysiz?
”
,
“
Nimaga?
”
,
“
Qanday?
“
Agar? va hokazo. Agar
tinglovchi
“
Ha
”
,
“Yo‘q”
deb javob bersa,
“
Nega shunday gapiryapsiz?
””
deb so‘rang.
•
O‘z ovozingiz ohangiga e’tibor bering. Ayniqsa, qatnashchilar ichida
pedagogik
ma’lumoti bo‘lmagan kishilar bo‘lsa, u holda asta
-sekin va aniq gapiring.
•
Qatnashchilarni o‘zingizdan
ko‘proq
gapirishga
undang.
O‘zingiz
va
qatnashchilarning so‘zga chiqish vaqtlarini hisobga olib boring.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
136
•
Hamma savollarga faqat o‘zingiz javob bermang. Qatnashchilar birbirining
savollariga javob berishi mumkinligini unutmang. Bu Sizning zaxirangizni ko‘paytiradi.
“
Kimdir bu savolga javob bera oladimi?
”
deb so‘rang.
•
Qatnashchilarning fikrini o‘z so‘zingiz bilan takrorlab, bir oz o‘zgartirib ifoda qiling.
Bu Sizga gapiruvchini tushunishingizni yetarli darajada nazorat qilishga imkoniyat beradi va
muhokama savollarini tushunishni kuchaytiradi.
•
Bahs umumlashtirilgan natijalari mohiyatini har bir ishtirokchi to‘g‘ri tushunganiga
va to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganligiga amin bo‘ling. Bu qarama
-
qarshiliklarni ko‘rish va xulosa
chiqarish uchun qulay fursatdir.
•
Shaxsiy tajribangiz mazkur bahsga mos kelsa, qatnashchilar fikrlarini
mustahkamlang.
“Bu menga o‘tgan yilgi voqeani eslatadi”
–
deyishingiz mumkin. Treninglarni
samarali amalga oshirishda o‘qitish metodlarining tanlanishiga katta ahamiyat beriladi.
II.
Amaliy o‘yinlar.
Dastlab “o‘yin” tushunchasining mohiyatini anglab olish talab
etiladi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim amaliyotida amaliy
-innovatsion xarakterga ega
o‘yinlardan samarali foydalanilmoqda.
Ta’lim amaliyotida qo‘llaniladigan amaliy o‘yinlar o‘z
-
o‘zidan didaktik xususiyat kasb
etadi, shu sababli ular ko‘p holatlarda “didaktik o‘yinlar” deb yuritiladi. Kishilik tarixiy
taraqqiyotining barcha davrlarida ham o‘yin sub’ekt faoliyatining eng birinchi va muhim turi
sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari
–
mehnat, o‘qish bilan birga
o‘yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yinlar
vositasida katta avlod tomonidan to‘plangan hayotiy tajriba, o‘zlashtirilgan bilim, turmush
tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan.
O‘yin shaxsning tarbiyalash, rivojlantirish, unga ta’lim berish xususiyatlariga ega. Mavjud
xususiyatlari tufayli o‘yinlar qadim
-qadimdan xalq pedagogikasining muhim asoslaridan biri
bo‘lib kelmoqda. Bevosita o‘yinlar bolalarda idrok, sezgi, xotira, tafakkur, nutqni
rivojlantirishga yordam berish orqali ularni ma’naviy
-axloqiy, aqliy, jismoniy va estetik
jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi. “Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin faoliyatida o‘qish va
mehnatga tayyorlanadi. Yosh ulg‘aygan sari o‘yinning roli o‘yin –
kishilik faoliyatining muhim
turi hamda ijtimoiy munosabatlar mazmunining bolalar tomonidan imitatsiyalash (ko‘chirish,
taqlid qilish) asosida o‘zlashtirish shakli sanaladi Amaliy o‘yinlar –
muayyan amaliy
harakatlarning tashkil etilishini imitatsiyalash imkoniyatini beradigan o‘yinlar biroz kamayib
boradi. O‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati bolaning butun hayoti davomida saqlanib qoladi”
Agarda jismoniy xatti-
harakatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinlar bolalarda
chaqqonlik, epchillik, chidamlilik, qat’iylikni tarbiyalasa, intellektual, konstruksiyali o‘yinlar
ularni o‘ylashga, fikrlashga, mantiqiy tafakkur yuritishga o‘rgatadi. “O‘yin inson hayotining
hayotining har bir davri uchun uning ruhiy rivojlanishini belgilovchi yetakchi faoliyat turi
hisoblanadi. Faqat o‘yinda va o‘yin orqali bola voqelikni, shu jumladan, kishilar ijtimoiy
munosabatlarini, hulqini, xatti-
harakatlarini bilib oladi”.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida o‘yin nafaqat bolalar, balki kattalar hayotidan ham
alohida o‘rin egallashga muvaffaq bo‘lindi. Zamonaviy sharoitda intellektual, kompyuter,
iqtisodiy, harbiy, kasbiy, sport va maishiy hodiq chiqarishga ko‘maklashadigan o‘yin modellari
ham kattalar orasida keng ommalashgan.
III.
Blended learning (aralash o‘qitish
) zamonaviy ta’limning nisbatan yangi, biroq,
tobora ommalashib borayotgan shakli sanaladi. Ushbu shakldagi o‘qitish jarayonida tinglovchi
mustaqil ta’lim oladi, ammo ayni vaqtda unga guruh va o‘qituvchi tomonidan yordam
ko‘rsatiladi. Guruhli mashg‘ulotlar davomida “blended learning” (aralash o‘qitish)ning
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
137
qo‘llanilishi tufayli har bir tinglovchi o‘quv materiallarini o‘zlashtirish borasida o‘zida ro‘y
berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni namoyon etgan holda muloqot ko‘nikmalarini o‘zlashtirib
boradi, o‘tilgan materiallarni takrorlaydi va yangi mavzuni o‘rganishga tayyorlanadi.
Blended learning (aralash o‘qitish) ko‘p holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy,
muhim ma’lumotlar negizida tashkil etiladi, qo‘shimcha materiallar esa tinglovchiga onlayn
platforma orqali uzatib beriladi. Tinglovchi mustaqil ta’lim olar ekan, guruhning boshqa
a’zolari bilan onlayn rejimda tashkil etilayotgan muhokamada ishtirok etish orqali hamkorlik
qiladi.
Auditoriyada va onlayn rejimda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar vaqt miqdori
bo‘yicha o‘zaro mos kelishi turlicha o‘zgarib turishi mumkin. Ta’limning turli bosqichlarida
masofaviy va mustaqil ta’lim samarali ravishda qorishtirib yuboriladi.
Aralash ta’limda o‘qituvchi rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar uchun soatlar
hajmi kamaytiriladi degan faraz noto‘g‘ridir. Vlended learning(aralash o‘qitish)ning
muvaffaqiyati ta’lim vositalarining to‘g‘ri tanlanishi bilan belgilanadi. Bu ta’lim shaklining
afzalligi shundaki, tinglovchining o‘zi o‘quv materialini o‘zlashtirish tezligi va ta’lim
jarayonining intensivligini o‘zi belgilaydi.
Aralash o‘qitish o‘zida quyidagi Yevropa ta’limi modellarini jamlaydi:
1.
Masofaviy ta’lim (distance learning).
2.
Auditoriya ta’limi (face
-
to face learning). Blended learning (aralash o‘qitish) –
onlayn o‘quv materiallari hamda o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan
o‘qitish shakli
3.
Internet ta’limi (online learning).
4.
Uzluksiz ta’lim (lifelong learning) Bu shakldagi ta’lim quyidagi shaxslar uchun
nihoyatda ahamiyatlidir: ish vaqti qat’iy tartibga solinmagan sohalarning xodimlari; ishlab
chiqarish ajralmagan holda ta’lim olishlari lozim bo‘lgan korxona, tashkilot va firmalarning
xodimlari; “jonli muloqotga asoslangan ta’lim” muhitida o‘qishni xohlovchi shaxslar uchun.
Aralash ta’limning tarkibiy tuzilmasi ham o‘zgaruvchan hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy
mamlakatlarda aralash ta’limning o‘ndan ortiq shakllari mavjud.
O‘qitish amaliyotida aralash ta’lim o‘z “o‘lcham” (ko‘rsatkich)lariga ega. Ular
quyidagilardir:
–
malakali kadrlar guruhining shakllantirilganligi;
−
mahorat darslariga asoslangan
ta’lim;
–
yuqori darajadagi yutuqlari kafolatlovchi muhit;
–
talabalarning o‘z shaxsiy ta’limiy yutuqlari uchun javobgarligi OTMda blended
learning (aralash o‘qitish) quyidagilarga asoslanadi:
–
Onlayn ma’ruza mashg‘ulotlari.
–
Onlan amaliy mashg‘
ulotlar.
–
Internet tarmog‘ida muhokama qilinadigan loyiha va guruh ishlari.
–
Onlayn rejimda tashkil etiladigan laboratoriya mashg‘ulotlari.
–
Onlayn rejimda mustaqil topshiriladigan test.
–
Onlayn rejimda tashkil etiladigan maslahat
IV. Mahorat darslari
zamonaviy ta’limning yana bir tobora ommalashayotgan shakli
sanaladi. Bu shakldagi o‘qitish bir martalik sanaladi. Mahorat darslarini tashkil etishda ko‘p
yillik ish tajribasiga ega, shuningdek, samarali metodika yoki texnologiyaga ega innovator
pedagoglarning kasbiy malakalari ochiq tarzda, interfaol muloqot asosida hamkasb
pedagoglar hamda tinglovchilarga namoyish etiladi.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
07 (2024) / ISSN 2181-1415
138
Malakali pedagoglar tomonidan mahorat darslarini tashkil etishda quyidagi vazifalar
bajariladi:
–
muayyan muammo bo‘yicha tajribali, mahoratli pedagogning ish tajribasining
ommalashtirilishi;
–
tajribali, mahoratli pedagog tomonidan izchil harakatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri va
izohli namoyish etish orqali pedagogik faoliyatda samarali shakl, metod va vositalardan
foydalanish tartibining ko‘rsatilishi;
–
malakali, mahorali pedagogning metodik yondashuvlarini belgilangan muammoni
hal etish usullari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish;
–
mahorali pedagog tomonidan o‘zining kasbiy malakalarining Mahorat darslari –
ochiq tashkil etilib, ilg‘or pedagogik tajribalarni targ‘ib etishga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish
shakli shogird (talaba)larga o‘rgatilishi;
−
tinglovchilarning kasbiy takomillashuvlari uchun
mahoratli pedagog tomonidan yoram ko‘rsatilishi;
−
pedagog xodimlar o‘rtasida innovatsion
g‘oya, texnologiyalarni ommalashtirish;
–
mahorat darslari ishtirokchilari (talabalar)ning kasbiy kompetentliklarini oshirish;
–
mahorat darslarning har bir ishtirokchisida individual ijodiy pedagogik faoliyat uslubini
shakllantirish Mahorat darslarini tashkil etish natijasi sifatida quyidagi mahsulotlar yaratilishi
mumkin:
–
pedagoglarning ijodiy ishlari mahsuli (dastur, metodik qo‘llanma);
−
mashg‘ulotlar
uchun tarqatma materiallar;
–
pedagogik adabiyot va manbalar kartotekasi;
−
ta’lim va tarbiyaning yangi
shakllarini metodik jihatdan asoslash;
−
yangi pedagogik texnologiyalarni shakllantirish;
−
malaka oshirish kurslari, seminarlar, praktikumlarning dasturlari;
−
ijodiy va ommaviy
xarakterdagi tadbirlar Nizomi va b.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO‘YXATI
:
1.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликда барпо этамиз. Тошкент, “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. –
29 б.
2.
Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш юрт
тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. –47 б.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni
-
T.: “O‘zbekiston”, 2020
yil 23 sentabr.
4.
Тарбия / Ота
-
оналар ва мураббийлар учун энциклопедия / Тузувчи:
М.Н.Аминов. Масъул муҳаррир: А.Мажидов. –
Тошкент: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi
Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
–
432-
бет.
5.
Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. “Case
-
study”
uslubi: Nazariya,
amaliyot va tajriba.-T.:Tafakkur qanoti, 2012.-131 b.
6.
Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. –
Тошкент:
Низомий номидаги ТДПУ, 2006.
7.
Б.М.Дўмонов. Амалий мазмундаги мустақил ишлар –
кимёнинг амалий
аҳамиятини англаш гаровидир. //“Илмий хабарнома” журнали, Андижон, 2015.
–
№ 1. –
Б. 103–
105
8.
Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. –
Тошкент:
Низомий номидаги ТДПУ, 2006.
9.
Большая психологическая энциклопедия”. –
Москва: Эксмо, 2007.
