Авторы

  • Максудали Бозоров
    Преподаватель, кафедра уголовно-процессуального права, Ташкентский государственный юридический университет

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp262-269

Ключевые слова:

процессуальные издержки виды процессуальных издержек процессуальное значение и их применение порядок взыскания процессуальных издержек

Аннотация

В данной статье автор рассматривает процессуальное значение процессуальных результатов, которые являются одним из ключевых институтов уголовного процесса. Особое внимание уделено существующим проблемам в этой сфере и передовому опыту зарубежных стран в их решении. В заключение предложен ряд рекомендаций и предложений по улучшению практики.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Regulation of collection of procedural costs related to the
production of forensic examination in criminal cases:
a comparative legal analysis with the experience of
foreign countries

Maksudali BOZOROV

1


Tashkent State University of Law

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received July 2024

Received in revised form

15 July 2024

Accepted 25 July 2024

Available online

15 August 2024

In this article, the author examines the procedural

significance of procedural results, which are one of the key
institutions of criminal proceedings. Particular attention is paid
to existing problems in this area and the best practices of

foreign countries in solving them. In conclusion, some
recommendations and suggestions for improving practice are

offered.

2181-

1415/©

2024 in Science LLC.

DOI:

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol5-iss7/S-pp262-269

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords:

procedural costs,

types of procedural costs,

procedural significance and

their application,

procedure for collecting

procedural costs.

Jinoyat ishlari yurituvida sud ekspertizasini oʻtkazishga

doir protsessual chiqimlarni undirishni tartibga solish:
xorijiy davlatlar tajribasi bilan qiyosiy huquqiy tahlil

ANNOTATSIYA

Kalit so‘zlar

:

Protsessual chiqimlar,

protsessual chiqimlarning

turlari,

protsessual ahamiyati va

ularni qoʻllash,

protsessual xarajatlarni

undirish tartibi.

Ushbu maqolada muallif tomonidan jinoyat protsessining

muhim institutlaridan biri boʻlgan protsessual chiqimlarning

protsessual ahamiyati, sohadagi mavjud muammolar hamda

ularning yechimi yuzasidan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi
toʻgʻrisida soʻz yuritilgan.

Shuningdek, bir qancha taklif va

tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.

1

Lecturer, Department of Criminal Procedure Law, Tashkent State University of Law.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

263

Регулирование взимания процессуальных расходов,
связанных с производством судебной экспертизы

по уголовным делам: сравнительно

-

правовой анализ

с опытом зарубежных стран

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова:

процессуальные

издержки,

виды процессуальных

издержек,

процессуальное значение

и их применение,

порядок взыскания

процессуальных издержек.

В данной статье автор рассматривает процессуальное

значение процессуальных результатов, которые являются
одним из ключевых институтов уголовного процесса.

Особое внимание уделено существующим проблемам в
этой сфере и передовому опыту зарубежных стран в их

решении. В заключение предложен ряд рекомендаций и
предложений по улучшению практики.

Mamlakatimizda barcha

sohalarda boʻlganidek sud

-huquq tizimini yanada isloh

qilish, odil sudlovni qaror toptirish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli

himoyasini taʼminlashga, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirishga alohida
eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyotining kafolati davlat va jamiyatning

barcha tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarni amalga

oshirishda namoyon boʻladi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud

-huquq sohasini tubdan takomillashtirish

borasida qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada

inson huquq va erkinliklarini taʼminlash bilan

bogʻliq huquqiy normalar kiritildi, huquqbuzarlikdan jabrlanganlarning huquqlari qonun

bilan muhofaza qilinishi, davlat

jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan

foydalanishni taʼminlashi

, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun

shart-

sharoitlar yaratishiga oid qoidalar

aniq belgilab qoʻyildi.

Biroq, bugungi kunda ushbu sohada

ishni koʻrishda sud ekspertlarini ishtiroki

bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlarga doir

hal etilishi lozim boʻlgan ayrim muammo va

kamchiliklar mavjud boʻlib, bu oʻz navbatida

inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz

taʼminlash va ularning huquqlarini toʻliq himoya qilinishida ayrim toʻsqinliklar

ga

sabab boʻlmoqda.

Shuni taʼkidlash kerakki, j

inoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligining samarali

tizimini yaratish davlatning qonuniylik va huquq-

tartibotni taʼminlash, inson huquq va

erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish

boʻyicha ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Odil sudlovni

protsessual chiqimlarsiz

tasavvur etib boʻlmaydi. Zero, mazkur

institut jinoyat ishlarini yuritish jarayonining barcha bosqichlaridagi protsessual
harakatlarni amalga oshirishni tashkiliy-

moddiy jihatdan taʼminlash bilan birga,

ishtirokchilarning mulkiy manfaatlarini himoyalashi bois jinoyat protsessining moliyaviy

vositasi boʻlib xizmat qiladi.

Protsessual xarajatlarni jinoyat ishini yuritishga masʼul

organlar faoliyatini tashkil etishni moddiy-

texnik jihatdan taʼminlab, uning

samaradorligini

baholashga

imkon

beradigan,

shuningdek

koʻmaklashuvchi

ishtirokchilarning moddiy manfaatlarini muhofazalash va dalillarni saqlash, joʻnatish,


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

264

tadqiq etish bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirishning

moddiy sharti

sifatida xizmat qiluvchi hamda shu maqsaddagi faoliyat davomida kelib chiqadigan
jinoyat protsessining asosiy vazifalariga mos boshqa sarf-xarajatlar deb tavsiflashga asos

boʻladi.

Protsessual chiqimlar deganda

jinoyat ishini yuritishga masʼul boʻlgan

mansabdor shaxslarning protsessual faoliyatini moddiy jihatdan taʼminlaydigan,
protsessual harakatlarni amalga oshirishda koʻmaklashuvchi shaxslarning moddiy

manfaatlarini muhofaza qilish, dalillarni saqlash, joʻnatish, tadqiq etish bilan bogʻliq

protsessual harakatlarni amalga oshirishning moddiy sharti sifatida xizmat qiluvchi

hamda protsessual faoliyat davomida kelib chiqadigan jinoyat protsessining asosiy

vazifalariga muvofiq boʻlgan boshqa sarf

-xarajatlar tushuniladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat

-protsessual kodeksining 75-moddasida

jabrlanuvchi yoki uning vakili, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida

chaqirilgan shaxsning ish joyidagi

oʻrtacha oylik maoshi uning surishtiruvchi, tergovchi,

prokuror va sud huzuriga chaqirilishi munosabati bilan ketgan hamma vaqt uchun

saqlanishi, ishlamaydigan shaxslarga ular kundalik mashgʻulotlari bilan shugʻullana
olmaganliklari uchun haq toʻlanishi, bundan tashqari koʻrsatilgan hamma shaxslar

chaqirilish munosabati bilan qilgan sarf-xarajatlarini undirish huquqiga egaligi

belgilangan. Shuningdek, ushbu moddada ekspert, mutaxassis va tarjimon oʻz

majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega ekanligi, istisno tariqasida
ushbu majburiyatlar xizmat

topshirigʻi tarzida bajarilgan hollarda bu qoida tatbiq

etilmasligi,

sarf-

xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanishi

qayd etilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq,

protsessual chiqimlar:

1) jabrlanuvchilar va ularning vakillari, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar,

tarjimonlar va xolislarga ularning protsessual harakatlar oʻtkaziladigan joyga kelib

-

ketish, turar joyni ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek, sutkalik xarajat

puli tariqasida beriladigan summadan;

2) doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar va ularning vakillari, guvohlar

hamda xolislarga ularni odatdagi mashgʻulotidan chalgʻitganlik uchun toʻlanadigan

summadan;

3)

ekspertlar, tarjimonlar, mutaxassislarga ular surishtiruv, dastlabki tergov

yoki sudda oʻz vazifalarini bajarganligi uchun toʻlanadigan haqdan

(ana shu

vazifalar xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno);

4)

sudlanuvchi toʻlovdan ozod qilingan taqdirda yuridik yordam koʻrsatganlik

uchun himoyachiga toʻlanadigan haqdan (ishni yuritayotgan

surishtiruvchi,

surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud gumon qilinuvchini, ayblanuvchini,

sudlanuvchini yuridik yordam uchun toʻlovdan batamom yoki qisman ozod etishga
haqlidir. Bunday hollarda advokat mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat hisobidan boʻladi);

5)

ashyoviy dalillarni saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar summasidan;

6)

ekspertiza muassasalarida ekspertiza oʻtkazish uchun sarflangan summadan;

7) shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun qilingan xarajatlardan;

8) surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud majlisini videokonferensaloqadan

foydalangan holda oʻtkazish chogʻida qilingan xarajatlardan;

9) jinoyat ishini yuritishda qilingan boshqa xarajatlardan;


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

265

10)

guvoh tariqasida, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy

javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va
jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning tergovga qadar tekshiruv

organiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan

bogʻliq butkul vaqt uchun

ularning ish

joyida saqlab qolinadigan oʻrtacha ish haqidan

iborat.

Jinoyat-

protsessual qonunchilikda keltirib oʻtilgan protsessual chiqimlarni qoplash

nuqtayi nazaridan uch guruhga taqsimlasa boʻladi:

1)

mahkumlar hisobidan

undirilishi nazarda toʻtilgan xarajatlar;

2)

davlat hisobidan

qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlar;

3)

protsess ishtirokchisi doimiy ishlaydigan

korxona, tashkilot va muassasalar

hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan xarajatlar.

Protsessual chiqimlar mazmun-mohiyati va turlaridan kelib chiqib, ularning

jinoyat-protsessual ahamiyatini

quyidagilarda koʻrish mumkin:

1) jinoyat ishlarini yuritish uchun uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratib beradi;

2) jinoyat-protsessi

ishtirokchilarining

moddiy

manfaatlarini

samarali

muhofazalaydi;

3)

turli sohaga oid bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislar hamda zarur

maʼlumotga ega ishtirokchilarni koʻproq jalb etish vositasida jinoyat ishi sifatini oshiradi;

4)

jinoyat haqida berilgan ariza va xabarlar oʻz tasdigʻini topmaganda ularni

tekshirish bilan bogʻliq xarajatlar undirib olinishi

haqidagi ogohlantirish asossiz

murojaatlarning kamayishiga xizmat qiladi;

5) jinoyat ishlarini yuritishda davlat tomonidan sarflangan xarajatlar miqdorini

aniqlash va ularni undirib olishga koʻmaklashadi.

Umuman olganda, jinoyatga oid odil sudlovni protsessual chiqimlarsiz tasavvur

etib boʻlmaydi. Zero, mazkur institut jinoyat ishini yuritishning barcha bosqichlaridagi
protsessual harakatlarni amalga oshirishni moddiy taʼminlashi bilan birga, protsess

ishtirokchilarining mulkiy manfaatlarini ham muhofaza qiladi.

Boshqacha aytganda, mazkur institut tom maʼnoda

protsessning

moliyaviy

vositasi

boʻlib xizmat qiladi.

Biroq shunga qaramasdan, bugungi kunda

protsessual chiqimlar instituti

amalda

toʻliq ishlamayapti

hamda ayrim mutaxassislarning taʼbiri bilan aytganda

jinoyat protsessida

formal xarakterdagi

“oʻlik institut”

lardan biriga aylanib qolgan.

Mazkur institutning toʻliq ishlamasligini asosiy sababi quyidagilar:

Birinchidan,

Oʻzbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi

Qonunida protsessual chiqimlarni undirishdagi Ekspertiza muassasalari rahbarlarining

huquqlari toʻliq bayon etilmagan.

Jumladan, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13

-moddasida Davlat sud-

ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbarining sud-ekspertlik faoliyati

sohasidagi huquqlari nazarda tutilgan boʻlib, unga koʻra

Davlat sud-ekspertiza

muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari

sud ekspertizasini tayinlagan organdan

(shaxsdan) mazkur tashkilotning tekshirish obyektlari tekshirilganidan soʻng

ularni

tashish

, bundan pochta xarajatlari mustasno; tekshirish obyektlari sud ekspertizasini

tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilikda belgilangan

muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash

; katta xavf tugʻdiradigan obyektlarning

mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni (portlash, yongʻin va shu


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

266

kabilarni), agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan

muomalada boʻlishning unga maʼlum boʻlgan maxsus qoidalari toʻgʻrisida rahbarga xabar

bermagan boʻlsa yoki ular lozim darajada oʻralmagan boʻlsa, bartaraf etish bilan

bogʻliq

xarajatlarning oʻrnini qoplashni

talab qilish huquqi nazarda tutilgan.

Biroq, Jinoyat-protsessual kodeksining

318-moddasi

da protsessual chiqimlar

turlari nazarda tutilgan boʻlib, ulardan biri

ekspertiza muassasalarida ekspertiza

oʻtkazish uchun sarflangan summasi

hamda

ashyoviy dalillarni saqlash va joʻnatish

bilan bogʻliq xarajatlar summasi protsessual chiqimlar

sifatida nazarda tutilgan.

Bu oʻz navbatida ushbu chiqimlarni Ekspertiza muassasalari rahbarlari tomonidan

talab qilinishiga toʻsqinlik qilmoqda va natijada ushbu toʻlovlar undirilmasdan

qolinmoqda.

Shu bilan birga, ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) mazkur

tashkilotning tekshirish obyektlari tekshirilganidan soʻng

ularni tashish

, bundan pochta

xarajatlari mustasno

deb belgilanganligi, JPKning 318-moddasi talablariga zid

hisoblanadi.

Vaholanki, Jinoyat-protsessual kodeksining

318-moddasi

da

ashyoviy dalillarni

saqlash va joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlar summasi protsessual chiqim sifatida

kiritilgan.

Shu bilan birga, Rahbarga qoʻshimcha ravishda “

jismoniy va yuridik

shaxslarning murojaatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin boʻlgan sud ekspertizasi

turlari boʻyicha tadqiqotlarni oʻtkazish haqida shartnomalar tuzish”ni

qoʻshimcha

huquq sifatida taqdim etish lozim boʻladi.

Bu borada xorijiy

davlatlar tajribasi oʻrganilganda quyidagilarni koʻrish

mumkin.

Jumladan,

Mustaqil

davlatlar

Hamdustligi

ishtirokchi

davlatlarning

Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Sud

-ekspertlik faoliyati

toʻgʻrisida”gi Qonunining 27

-moddasida sud ekspertizasi tashkiloti (muassasi)

rahbarining huquqlari berilgan boʻlib, unga asosan,

sud ekspertizasi tashkiloti (muassasi)

rahbari davlat qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlarni hisobga olgan holda yuridik

va jismoniy shaxslar uchun maxsus bilimlardan foydalanishni talab qiluvchi tadqiqotlar

oʻtkazish

toʻgʻrisida shartnomalar tuzishga haqliligi

belgilangan.

Qirgʻiziston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 20

-moddasida

qoʻshimcha ravishda Rahbar

ekspertning koʻchmas yoki olib oʻtish mumkin

boʻlmagan obyekt joylashgan joyga borishi bilan bogʻliq xarajatlarning

qoplanishini talab qilish huquqiga egaligi qayd etilgan.

Rossiya Federatsiyasining “Davlat sud ekspertizasi faoliyati toʻgʻrisida”gi

Qonunining 20-moddasiga asosan Rahbar sud ekspertizasini tayinlagan organ yoki

shaxsdan: 1)

sud ekspertizasi uchun olingan tadqiqot obyektlarini transportda

tashish uchun tovon toʻlash

, ushbu muassasaga oʻz vaqtida kelib tushmaganlik uchun

jarimalar bundan mustasno; 2) obyektlarni tekshirishdan soʻng tashish, pochta

xarajatlari bundan mustasno; 3) sud ekspertizasi tugagandan soʻng, tegishli vakolatli

federal davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan muddatlardan

tashqari tadqiqot obyektlarini davlat sud ekspertizasi muassasasida saqlash; 4) agar sud

ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan muomalada boʻlishning

unga maʼlum boʻlgan maxsus qoidalari toʻgʻrisida rahbarga xabar bermagan boʻlsa yoki

ular lozim darajada oʻralmagan boʻlsa, bartaraf etish bilan

bogʻliq xarajatlarning oʻrnini

qoplashni talab qilish huquqiga ega.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

267

Ikkinchidan,

Jinoyat-protsessual kodeksida

protsessual chiqimlar turlari aniq

va batafsil bayon etilmagan.

Xususan, Jinoyat-protsessual kodeksining

318-moddasi

da protsessual chiqimlar

turlari nazarda tutilgan boʻlib, ulardan biri

ekspertiza muassasalarida ekspertiza

oʻtkazish uchun sarflangan summa

si deb belgilangan.

Misol uchun, jinoyat ishlari doirasida kimyoviy moddalarni aniqlashga oid

tayinlangan ekspertizalar boʻyicha

reagentlar, sarf materiallari

, tibbiy ekspertizalar

davomida

kasallikni aniqlashga doir koʻrik

(reagent, rentgen, MSKT, KT va boshqa.)

xarajatlari, sud psixiatriya ekspertizasida

30 kungacha statsionar davolash

uchun

juda

katta miqdorda

yiliga bir necha oʻn mlrd

soʻm

miqdoridagi xarajatlari davlat

byudjetidan hamda ularning byudjetdan tashqari manbalari hisobidan sarflanadi.

Shuningdek, ushbu moddada

ekspertiza muassasalarida ekspertiza oʻtkazish

uchun sarflangan summa

tushunchasiga aniqliklar kiritilmaganligi, mazkur normani

amaliyotda koʻplab muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Masalan, bir jinoyat ishi doirasida 10 dan ortiq ekspertizalar tayinlanishi

mumkinligi, taqqoslash obyektlarini koʻplab boʻlishi, mazkur summaga

aynan qanday

shakllanishi

(elektr sarfi, uskunalarning eskirishi va boshqalarni inobatga olinishi

mumkinligi) va boshqalar aniq belgilanmagan.

Mazkur moddada

shaxslarni ushlash, majburiy keltirish va qidirish uchun

qilingan xarajatlar

ning manbalari va undirish mexanizmlari toʻliq nazarda tutilmagan.

Bu oʻz navbatida asosan

xorijiy davlat hududida boʻlgan

ayblanuvchi,

sudlanuvchilarni ekstraditsiya qilishda koʻplab muammolarni olib kelishga sabab boʻlib,
ayrim holatlarda mamlakatimiz fuqarolarining chet el hibsxonalarida koʻp vaqtga qolib

ketishiga sabab ham boʻlmoqda.

Shu bilan birga, mazkur moddada

ashyoviy dalillarni saqlash va joʻnatish bilan

bogʻliq xarajatlar summasi protsessual chiqimlar

sifatida nazarda tutilgan boʻlsada,

bugungi kunda ushbu normalarni amalda qoʻllanishida turli xil tushunmovchiliklar kelib

chiqmoqda. Misol uchun, ashyoviy dalillarni olib kelish, tashish, shuningdek

murdalarni

va ularning qismlarini tashishga sarflangan summalar

xarajati aniqlashtirilmagan.

Misol uchun,

Ukrainaning Jinoyat-protsessual kodeksining 118

126-moddalarida

protsessual chiqimlarni undirish tartibi batafsil koʻrsatilgan.

Rossiya Federatsiyasi JPKning 131-moddasiga asosan

ashyoviy dalillarni demontaj

qilish, saqlash, oʻtkazish va tashish (tashish), shuningdek murdalarni va ularning

qismlarini tashish (tashuv)ga sarflangan summalar protsessual chiqimlar turlari
sifatida aniq nazarda tutilgan.

Shuningdek,

Belorus Respublikasi JPKning 162-moddasiga

8-1-band sifatida

ekspertiza oʻtkazish uchun foydalanilgan sarf materiallarini sotib olish va

ekspertizaning (maxsus) asbob-

uskunalarni joriy taʼmirlash uchun davlat sud

-

ekspert tashkilotlari tomonidan sarflangan mablagʻlar ham

protsessual chiqimlar

turlari sifatida nazarda tutilgan.

Taʼkidlash joizki, davlat sud ekspertiza muassasalari va ularning hududiy

boʻlimlari bugungi kun zamon talablariga javob beradigan

yetarli uskunalar bilan

taʼminlanmagan

. Shuningdek, ular tomonidan yetarlicha mablagʻlar yetishmovchiligi

natijasida yangi uskunalar olinmasligi sababli, vakolatli organlar tomonidan sud

ekspertlari oldiga qoʻyilgan ayrim savollar

hal qilinmasdan qolinmoqda

.


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

268

Shu bilan birga, Jinoyat protsessual kodeksining 75 va 318-moddalarida sud

eksperti va mutaxassislar xizmat majburiyatini bajarish tarzida topshiriqni amalga

oshirsa toʻlov amalga oshirilmasligi belgilangan.

Mazkur holatda aynan “xizmat topshirigʻi tarzida bajarish” soʻzlariga

qonunchilikda aniqlik kiritilmaganligi sababli, bir qator muammolar paydo boʻlmoqda.

Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova

nomidagi Respublika sud ekspertiza markazida

koʻrsatilinadigan pullik xizmatlari

hisobidan

byudjetdan ajratilgan shtatlarga qoʻshimcha ravishda

50 dan

ortiq

sud

eksperti shtat birligi

joriy etilgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019

-yil 17-yanvardagi

PQ

4125-

son

Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi qarorining 4

-

bandida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga Oʻzbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi

markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan

pullik xizmatlar

koʻrsatishdan kelib tushadigan va boshqa byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan

Markazning yangi boʻlinmalarini tashkil etish va qoʻshimcha shtatlar birligini

joriy

qilish hamda Markaz tomonidan bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha

tariflar, narxlar va qiymatlarni mustaqil ravishda belgilash huquqi berilgan.

Biroq, bugungi kunda ushbu joriy etilgan shtat birliklari tomonidan oʻtkazilgan sud

ekspertizalari uchun

toʻlovlar olinmasdan kelinmoqda

.

Bu kabi holatlarni

boshqa davlat sud ekspertiza muassasalarida

hamda

Ilmiy

faoliyatni amalga oshiruvchi muassasalarda

ham koʻrish mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022

-yil 8-noyabrdagi PQ

416-son

Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

chora-

tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 14

-bandida Toshkent arxitektura-qurilish

universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura

-qurilish

universitetlariga tegishli litsenziya talablari va shartlarini bajargan holda,

bino va

inshootlarning texnik holatini tekshirish

va

moddiy madaniy merosning koʻchmas

mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni

amalga oshirishga ruxsat etilgan.

Ushbu universitetlar tomonidan ushbu faoliyat bilan shugʻullanuvchi tarkibiy

boʻlinmalarga universitetlar mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtatlar ajratilgan boʻlib,

jinoyat ishlari doirasida ushbu mutaxassislarni mutaxassis va ekspert sifatida jalb
qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, amaliyotda asosan vakolatli organlar tomonidan

OTMlarning

professor-

oʻqituvchilarini ekspert sifatida jalb qilinmoqda

hamda ularga ham

toʻlovlar berilmasdan qolinmoqda.

Mazkur holatda

2 ta savol paydo boʻladi

, birinchidan ushbu mutaxassislarni sud-

tergov organlari topshiriqlarini

bajarishi xizmat topshirigʻiga kiradimi

hamda unga

toʻlov olishi mumkinmi

.

Mazkur holatda ham xizmat topshirigʻi tarzida bajarishni aniqlashtirish zarur

boʻladi.

Uchinchidan,

Jinoyat-protsessual kodeksida

protsessual chiqimlarni undirish

bilan bogʻliq aniq mexanizmlar belgilanmagan

.

Ushbu kodeksning

320-moddasi

ga asosan keyinchalik protsessual chiqimlarni

mahkumlardan undirish bilan bogʻliq normalar koʻrsatilgan boʻlsada, mazkur moddada

chiqimlarni undirishga doir talablar aniq yoritilmaganligi aksariyat holatda undirilishi


background image

Жамият

ва

инновациялар

Общество

и

инновации

Society and innovations

Special Issue

07 (2024) / ISSN 2181-1415

269

lozim boʻlgan protsessual chiqimlarni

davlat byudjeti

hamda

davlat sud ekspertiza

muassasalari

hisobiga undirilmasdan qolinishiga olib kelmoqda. Mazkur mablagʻlarni

qaytarilishi

sohani yanada rivojlanishiga,

sud ekspertlarini ish haqlari miqdorlarini

oshirilishiga

xizmat qilishi mumkin.

Xususan, cud bir necha sudlanuvchini aybli deb topgan taqdirda, ularning har

biridan qancha miqdorda protsessual chiqimlarni undirish lozimligini belgilashligi bu

holda sud aybning ogʻir yoki yengilligini, jinoyat uchun javobgarlik darajasi va

mahkumlarning mulkiy ahvolini inobatga olishi belgilangan.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 1998

-yil

11-

sentyabrdagi “Jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash

masalasiga doir sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 21

-son qarorida

ish boʻyicha bir necha

shaxslar aybli deb topilgan taqdirda

, sud xarajatlari mahkumlar zimmasiga ulardan

birining ayb darajasi va

mulkiy ahvoli inobatga olinib yuklatiladi

deb koʻrsatilgan

boʻlsada, mazkur talablar sudlar tomonidan bajarilmasdan kelinmoqda.

Rossiya Federatsiyasining Jinoyat protsessual Kodeksining 132-

moddasida “Bir

nechta sudlanuvchilarni jinoiy ishda aybdor deb topib, sud ularning har biridan
protsessual xarajatlar qancha miqdorda undirilishi kerakligini aniqlashi, sud aybning

mohiyatini, jinoyat uchun javobgarlik darajasini va mahkumning mulkiy holatini hisobga

olishi” nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, protsessual chiqimlar undirilishi lozim boʻlgan shaxsning

toʻlovga

moddiy imkoniyati boʻlmagan taqdirda chiqimlar davlat hisobiga oʻtkaziladi

.

Mahkumning protsessual chiqimni toʻlashi uning qaramogʻida boʻlganlarning moddiy
ahvoliga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, sud mahkumni protsessual chiqimlarning

hammasini yoxud bir qismini toʻlashdan ozod etishga haqlidir.

Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksining 178

-moddasida

“Protsessual xarajatlar, ular undirilishi kerak boʻlgan shaxsning mulkiy toʻlovga layoqati
boʻlmagan taqdirda, davlat hisobvaragʻiga qabul qilinadi. Sud mahkumni protsessual

xarajatlarni toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod qilishga haqlidir, agar ularni toʻlash
mahkumga qaram boʻlgan shaxslarning moddiy ahvoliga sezilarli taʼsir koʻrsatishi

mumkin boʻlsa. Ayblov hukmi buyruq tartibida chiqarilgan taqdirda, sud mahkumni
mulkiy holatini hisobga olgan holda protsessual xarajatlarni toʻlashdan toʻliq yoki qisman

ozod qilishga haqlidir” deb koʻrsatilgan.

Yuqorida qayd etib oʻtilgan holatlardan kelib chiqib, mavjud muammolarni hal

qilish va sohani yanada rivojlantirish maqsadida

quyidagilar taklif etiladi

:

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi

Qonunida protsessual chiqimlarni undirishni

talab qilishga doir huquqlarini oshirish

;

jinoyat-protsessida

ishni koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan chiqimlarni

toʻliq

qoplanishi, ularning miqdorlari;

jinoyat-protsessida

protsessual chiqimlarni undirish bilan bogʻliq

aniq

mexanizmlarni, bunda ishtirokchilik asosida hamda

toʻlovga moddiy imkoniyati

boʻlmagan mahkumlarning

protsessual xarajatlarni toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod

qilishga doir munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini
ishlab chiqish;

ekspertlar, tarjimonlar va mutaxassislarni xizmat topshirigʻi tartibida

bajarish holatlariga

aniqlik kiritish.