Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
The principle of legal certainty is a crucial requirement of
the rule of law
Ilkhomjon YUSUPOV
1
Tashkent State University of Law
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2025
Received in revised form
15 April 2025
Accepted 25 April 2025
Available online
25 May 2025
In this scientific article, some considerations are made about
the fact that the principle of legal certainty is a requirement of
the rule of law. At the same time, it also mentions the features of
the rule of law as one of the main elements. Legal certainty is
becoming an increasingly important factor in legal practice,
including legislative and law enforcement practice. In
particular, legal certainty means the accuracy, clarity and
accessibility of a legal norm, depending on the texts and
interpretations of judicial documents. The purpose of this
article is to analyze that the principle of legal certainty as a legal
category is a requirement of the rule of law, and on this basis,
equality, freedom and justice are achieved, in particular, the
means to ensure the stability of law necessary to regulate
interaction between subjects of law.
2181-
1415/©
2025 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss4/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
principles of law,
principle of legal certainty,
rule of law,
legal practice,
public relations,
compliance with legislation,
law enforcement.
Huquqiy aniqlik prinsipi
–
huquq ustuvorligining muhim
talabi
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
Huquq prinsiplari,
huquqiy aniqlik prinsipi,
huquq ustunligi,
yuridik amaliyot,
ijtimoiy munosabatlar,
qonunchilikka rioya etish,
huquqni qo‘llash
.
Ushbu ilmiy maqolada huquqiy aniqlik prinsipi
–
huquq
ustuvorligining talabi ekanligi yuzasidan ayrim mulohazalar
bildirilgan. Shu bilan birga, huquq ustunligining asosiy
elementlaridan biri sifatida huquqiy aniqlik prinsipining ahamiyati
haqida so‘z yuritiladi. Huquqiy aniqlik prinsi
pi bugungi kunda
huquq ustuvorligining tarkibiy elementi sifatida qaralmoqda.
Ushbu maqolaning maqsadi huquqiy kategoriya sifatida
huquqiy aniqlik prinsipi huquq ustuvorligining talabi ekanligi va
1
Teacher, Tashkent State University of Law. E-mail:
i.yusupov@tsul.uz
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
272
shu asosida tenglik, erkinlik va adolatga erishilishi, xususan,
huquq subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga
solish uchun zarur bo‘lgan huquq barqarorligini ta’minlashning
vositasi ekanligini tahlil qilingan.
Принцип
правовой
определённости
-
важное
требование верховенства права
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
принципы права,
принцип правовой
определенности,
верховенство права,
юридическая практика,
общественные отношения,
соблюдение
законодательства,
правоприменение
.
В данной научной статье изложены соображения о том, что
принцип правовой определённости является неотъемлемым
требованием
верховенства
права.
Одновременно
рассматриваются особенности самого верховенства права как
одного из его ключевых элементов. Принцип правовой
определённости приобретает всё большее значение в
юридической практике, включая как законотворческую, так и
правоприменительную деятельность. В частности, правовая
определённость
подразумевает
точность,
ясность
и
доступность правовых норм, что зависит от содержания
нормативных актов и их судебного толкования. Целью статьи
является анализ положения, согласно которому принцип
правовой
определённости
как
правовая
категория
представляет собой условие реализации верховенства права.
На этой основе обеспечиваются равенство, свобода и
справедливость, а также создаются необходимые условия для
стабильности
правовой
системы,
регулирующей
взаимодействие между субъектами права
.
KIRISH
Huquq shakllarining aniqligi normativ-huquqiy talablarga rioya qilishning zaruriy
shartidir. Shuning uchun normativ-huquqiy hujjatlardagi noaniqlik huquqni
ifodalashning to‘g‘riligi uchun mantiqiy, lingvistik va grafik qoidalardan chetga chiqish,
boshqacha aytganda, norma ijodkori qobiliyatini ifodalashdagi nuqsondir. Noaniqlik
ko‘rinishidan qat’i nazar (mantiq
iy, lingvistik, grafik), huquq buzilishiga olib keladi;
huquq tizimi shaffofligini ta’minlashga to‘sqinlik qiladi; tartibga solish funksiyasining
aniqligiga salbiy ta’sir qiladi; uzilishlarni keltirib chiqaradi va natijada huquqni qo‘llovchi
subyektlar fao
liyatini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.
MATERIAL VA METODLAR
Mazkur tadqiqotda ilmiy bilishning tahlil, umumlashtirish, mantiqiy usullaridan
foydalanildi. Shu bilan birga ishda bir qator masalalarni hal qilish uchun bilishning
maxsus (qiyosiy huquqiy va rasmiy huquqiy) usullaridan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalari ishda qo‘llanilgan usullar va metodologiya o‘rganish doirasida
foydalanilgan nazariy yondashuvlar aniq huquqiy manbadan olingani, qonun hujjatlari
tahlili asosida taklif va tavsiyalar berilganligi ahamiyatlidir.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
273
TADQIQOT NATIJALARI
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, huquqiy aniqlik prinsipi bo‘yicha turli olimlarning
fikrlari tahlil qilindi.
Biz mazkur ilmiy maqolada huquqiy aniqlik prinsipining o‘ziga xos xususiyatlari va
yuridi
k amaliyotdagi o‘rni yuzasidan fikr yuritamiz.
TADQIQOT NATIJALARI VA UNING TAHLILI
Huquqiy aniqlik prinsipi
–
huquq ustuvorligining talabi ekanligi yuzasidan so‘z
ketganda avvalambor, huquqiy demokratik davlat huquq ustuvorligi prinsipiga
asoslanishini a
lohida ta’kidlash o‘rinlidir.
Ma’lumki, normativ hujjatlarning aniqligi huquq ustuvorligi prinsipi bilan bevosita
bog‘liq. Huquq shakllarining aniqligi normativ
-huquqiy talablarga rioya qilishning
zaruriy sharti
ҳисобланади
. Shuning uchun normativ-huquqiy hujjatlardagi noaniqlik
huquqni ifodalashning to‘g‘riligi uchun mantiqiy, lingvistik qoidalardan chetga chiqish,
boshqacha aytganda, norma ijodkori qobiliyatini ifodalashdagi nuqson hisoblanadi.
Bundan tashqari, huquqiy aniqlikni nafaqat prinsip, balki qiymatga asoslangan
adolat elementi sifatida ham tushunish mumkin.
Demak, huquqiy aniqlik qonun chiqaruvchidan huquq normalarining aniq va to‘g‘ri
bo‘lishini talab qilishi, shu bilan birga, huquqni qo‘llovchining ixtiyorini cheklashi ham
mumkin.
Huquqiy aniqlik huquqiy tartibotning obyektiv elementi hisoblanadi. Bu hodisa
umumiy manfaatlarga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. [1] Demak, huquqiy aniqlikni
normativ jihatdan kim baholashi muhim ahamiyatga ega, chunki qonunga xilof tarzda
qilingan ish, ya’ni
subyekt tomonidan sodir etilgan xatti-harakatning umuman yoki
qisman noqonuniyligini bilish mumkin emas.
Huquqshunos Z.M.Islomovning yozishicha, “... qonuniylik huquq talablari va huquq
doirasida kafolatlangan imkoniyatlarni hayotga izchil, to‘liq va aniq
tatbiq etadigan
yozma huquq asosi sifatida ta’riflanishi mumkin. Shu o‘rinda qonuniylikning uch tarkibiy
qismi, ya’ni jihatini ajratib ko‘rsatish o‘rinlidir:
birinchi jihat
–
huquqning umummajburiyligi;
ikkinchi jihat
–
qonuniylik, ya’ni ijtimoiy munosaba
tlarning barcha ishtirokchilari
ongida zo‘ravonlikka qarshi qonuniy xatti
-harakatlarning maqsadga muvofiq va zarurligi
to‘g‘risidagi g‘oya;
uchinchi jihat
–
konstitutsiyaviylik; eng muhim jihat bo‘lib, yuqoridagi ikki jihat
ijtimoiy-siyosiy hayotning alohida doirasida, bu esa konstitutsiyaviy huquq tizimida
yuzaga keladi”. [2]
O‘zbek huquqshunos olimlaridan yana biri X.T.Odilqoriyevning ta’kidlashicha,
“qonuniylik prinsipi” “qonun ustuvorligi” prinsipiga qaraganda kengroq ma’noga ega
bo‘lib, u hatto qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni ham o‘z ichiga
oladi. Qonuniylik deganda nafaqat qonunlarga muvofiq ish tutish, balki qonunlar bilan
birga normativ-huquqiy hujjatlar talablariga ham rioya etish tushuniladi. Qonuniylikni
zamonaviy talqinda ifodalash uni huquqqa muvofiq tarzda tushunishga yordam beradi.
Huquq
–
haqiqat va adolat konsepsiyalaridan kelib chiqqan bo‘lib, huquqqa muvofiq ish
yuritishning o‘zi qonuniylik demakdir”. [3]
Huquqshunos Sh.A.Saydullayevning fikricha, “qonuniylik quyidagi ma’nolarni
anglatadi:
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
274
1. Davlat va jamiyatda qonunchilikning mavjudligini bildiradi, bu amaldagi
qonunlar ideal huquq, huquq prinsiplari, umuminsoniy qadriyatlar, demokratik jamiyat
va huquqiy davlatga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida ifodalaydi.
2. Qonuniylik Konstitutsiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning huquq
prinsiplari va normalariga, xalqaro huquq talablari hamda insonning shaxsiy huquqlariga
mos kelishini bildiradi.
3. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimi iyerarxiyasiga asosan Konstitutsiya va
qonunlar yuridik kuchga ega. Ushbu holat qonunlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan
qonunosti hujjatlarining ularga mos bo‘lishini qat’iy talab qiladi.
4. Konstitutsiya va boshqa qonunlarga amal qilishning samarali joriy etishni
anglatadi”. [4]
Huqu
qiy aniqlik prinsipi ijobiy huquq nuqtai nazaridan yuridik kuchga ega bo‘lgan
huquq prinsiplari va huquq normalarini aniqlashtirish orqali, qonun ijodkorligi va
huquqni qo‘llash jarayonlari samaradorligiga erishish imkonini beradi.
Huquq ijodkorligidagi huquqiy aniqlikning bu xususiyati muayyan sohalarda
huquqiy tartibning aniq samaradorligiga xizmat qilishi, tushunarliligini obyektiv
xususiyati, deb baholash mumkin.
Huquqshunos I.Dikarevning qarashlariga ko‘ra, huquqiy aniqlik prinsipinin
g
mohiyati quyidagi xususiyatlarni qamrab oladi:
1) huquqiy tartibga solishning barqarorligi;
2) fuqaroning amaldagi qonunlar va qonunosti hujjatlari, uning huquqlari va
qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan huquqni qo‘llash qarorlari to‘g‘risida xabardorl
igi;
3) huquq normalar va huquqni qo‘llash qarorlarining aniqligi, bir ma’noliligi va
izchilligi;
4) qonunning bir xilda qo‘llanilishi;
5) huquqni qo‘llash qarorlarining barqarorligi;
6) sud qarorlarining ijro etilish
и
[5].
R.K.Rusinov esa aholi minglab huquqiy qoidalarni batafsil bila olmasligini, shunga
qaramay huquqiy prinsiplarga tayangan holda qonuniy ravishda harakat qilish davlat
organlarining asosiy vazifasi ekanligini ta’kidlaydi.[6] V.V.Oksamitniyning so‘zlariga
ko‘ra, bunday xulosalar huquq prinsiplari to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri va yaxlit huquq normalari
tizimi orqali amalga oshirilishini hisobga olmasdan amalga oshirilgani uchun ham, huquq
normalarining roli va ahamiyatini kamaytirib bo‘lmaydi. Ayniqsa, huquq prinsiplarining
tartibga soluvchi ta’sirining
yo‘nalishlaridan biri qonun chiqaruvchi uchun huquq
normalarni yaratishda ularning asosiy roli hisoblangani sababli, ushbu fikrga qo‘shilish
kerak.[7]
Bizningcha ham huquqiy aniqlik prinsipi o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiradi
hamda huquq ijodkorligi
va huquqni qo‘llash amaliyotida muhim hisoblanadi.
XULOSA
Yuqoridagi fikr-
mulohazalardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash kerakki,
barcha shaxslarning Konstitutsiya va amaldagi qonunchilik talablariga og‘ishmasdan
amal qilishi va mazkur normativ-hu
quqiy hujjatlarni to‘g‘ri tushungan holda qo‘llashlari
nafaqat qonuniylik, balki huquqiy aniqlik prinsipining amalda mavjudligidan dalolat
beradi.
Bu holatda qonuniylik prinsipining huquqiy aniqlik prinsipi bilan bog‘liq
ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
04 (2025) / ISSN 2181-1415
275
FOY
DALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Andreas von Arnauld, Rechtssicherheit, Tubingen, Mohr Siebeck, 2006, p. 153.
2.
Исломов З.М. Давлат ва ҳуқуқ назарияси.–Т.: “Адолат”, 2007. –
853 б.
3.
Одилқориев Х.Т. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. –
Т.: Адолат, 2018. –
432 б.
4.
Сайдуллаев Ш. Давлат ва ҳуқуқ назарияси. –
Т.: ТДЮУ, 2018. –
203 б.
5.
Дикарев И. –
С. Принцип правовой определенности и законная сила
судебного решения в уголовном процессе: Монография. –
Волгоград, 2015. –
С. 5.
6.
Русинов Р. К. Сознание и правомерное поведение личности // Советское
государ¬ство и право, 1983. № 5. –
С. 8 ; Радько Т. Н. Социалистическое
правосознание и воспитательные функции права // Труды Высшей следственной
школы МВД СССР. Волгоград, 1973. Вып. 8. –
С. 56.
7.
Оксамытный В. В. Правомерное поведение личности. –
С. 51.
