Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Journal home page:
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Spiritual and educational reforms in the field of public
education (on the example of the Namangan region)
Lutfillo MAMASAIDOV
1
Namangan State University
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received December 2021
Received in revised form
15 December 2022
Accepted 20 January 2022
Available online
15 Fabray 2022
This article is aimed at increasing the educational potential
of students of secondary schools in the Namangan region from
the first years of independence until 2005, organizing
meaningful leisure and educating students in the spirit of
patriotism and reforms carried out by the state in the field of
spiritual education and sports, changes in the material and
technical base of schools, the work done to develop children's
sports in schools.
2181-
1415/©
2022 in Science LLC.
https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss1/S-pp
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Keywords:
school,
secondary education,
spirituality,
reform,
children
’
s sports,
education and upbringing,
etiquette.
Xalq ta’limi sohasida amalga oshirilgan ma’naviy
-
ma’rifiy
islohotlar (Namangan viloyati misolida)
ANNOTATSIYA
Kalit so‘zlar
:
maktab,
o‘rta ta’lim,
ma’naviy
-
ma’rifiy,
islohot,
bolalar sporti,
ta’lim va tarbiya,
odobnoma.
Mazkur maqolada mustaqillikning dastlabki yillaridan to
2005-
yilgacha bo‘lgan davrda Namangan viloyati xalq ta’lim
tizimida mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi
-
larning bilim salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish va o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
maqsadida davlatimiz tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy
-
ma’rifiy hamda sport sohasidagi islohotlar, makt
ablarning
moddiy-
texnik bazasidagi o‘zgarishlar, maktablarda bolalar
sportini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
yoritilgan.
1
History teacher at Namangan State University. Namangan, Uzbekistan.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
20
Духовно –
просветительские реформы в сфере народного
образования
(на примере Наманганской области)
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
школа,
среднее образование,
духовность,
реформа,
детский спорт,
образование и воспитание,
этика
-
эстетика
.
В данной статье рассматриваются вопросы повышения
познавательного
потенциала
учащихся
средних
общеобразовательных школ Наманганской области с
первых лет независимости до 2005 года в системе
народного образования, содержательной организации
досуга и воспитания учащихся в духе патриотизма,
освещены проводимые государством реформы в духовно
-
просветительской и спортивной сферах, изменения в
материально
-
технической базе школ, работа по развитию
детского спорта.
1. Dolzarbligi:
O‘zbekistonda ta’lim va tarbiya sohasini rivojlantirish, yoshlarimizni ajdodlari
-
mizga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy istiqlol
g‘
oyasini fuqarolarimiz ongida shakllan-
tirish, milliy
o‘
zlikni va urf-odatlarimiz hamda an
’
analarimizni yuksaltirish va ularni
yanada takomillashtirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, yurtimizda ingliz,
nemis, fransuz, rus, arab, xitoy, koreys tillarini
o‘
qitishga ixtisoslashtirilgan Isoqxon Ibrat
maktabi, “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab
-
internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘
ini tashkil etish t
o‘g‘risida”gi Qarori,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari y
o‘
nalishiga
oid chuqurlashtirib
o‘
qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi hamda respubli-
kamizda Xalq ta’lim sohasini yanada rivojlantirish va malakali mutaxassislarni tayyor
-
lashga m
o‘
ljallangan yangi k
o‘
rinishdagi matematika, fizika, kimyo, biologiya va axborot
texnologiyalari hamda xorijiy tillar ilgʻor taʼlim metodologiyalari asosida chuqur
oʻqitiladigan Prezident maktablarining tashkil etilishi ham yurtimizning ta’lim sohasidagi
rivojlanishiga yaqqol misoldir.
2. Metodlar va o‘rganilganlik darajasi:
Maqolada ijtimoiy-
gumanitar fanlarga oid bo‘lgan tarixiylik, xolislik, davriy
izchillik, qiyosiy, tanqidiy, mantiqiy va xronologik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Namangan viloyati xalq ta’limi
sohasiga oid ilmiy adabiyotlar deyarli chop etilmagan.
Lekin o‘z tadqiqotlarida Namangan viloyati xalq ta’limi sohasiga oid tadqiqotlar olib
borgan olimlar jumlasiga Y. Qosimov Yu. Bozorov, Z. Haydarov, A. Isoqboev, V. Rajapov,
B. Kamolov, R. Dadaboev, D. Nasriddinova, M.
Abdullaeva va O‘.
Asqarova, U. Mansurov va
I.
Alimov kabilarning asarlarini kiritish mumkin. Amalga oshirilgan ko‘plab tadqiqotlar
natijasida shu fikrga guvoh bo‘lish mumkinki, tarixchi olimlar tomonidan Namangan
viloyati xalq ta’limi tizimiga oid ma’lumotlar atroflicha yoritilmagan va muayyan davrga
oid bo‘lgan. Biz mazkur maqolani tayyorlash jarayonida Namangan viloyati xalq ta’limi
tizimiga oid ko‘plab arxiv hujjatlari va mustaqillik davri manbalarini tadqiq etdik va
maktablarda ta’lim s
ifatini oshirishga ba
g‘ishlangan ma’naviy
-
ma’rifiy islohotlarni
davriylikka asoslangan holda yoritishga erishdik.
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
21
3. Tadqiqot natijalari:
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, ma’naviyatimiz va
qadriyatlarimizni tiklash va yanada y
uksaltirish, milliy ta’lim
-tarbiya tizimini shakl-
lantirish zaminini mustahkamlash, uni davr talablari bilan uy
g‘
unlashtirish asosida jahon
andozalari va ko‘nikmalari darajasiga olib chiqish maqsadlariga katta e’tibor qaratildi.
Bu borada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ma’naviy dunyosini
boyitish va o‘quvchilarni komil inson ruhida tarbiyalash maqsadida ko‘plab amaliy
tadbirlar tashkil etilgan. Umuman olganda, o‘quvchilarda ta’lim
-tarbiya jarayonlarini
yaxshilashning muhim omillaridan biri ula
rning ma’naviy va ma’rifiy jarayonlarini
rivojlantirishdir. Shu asnoda o‘quv jarayonlari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘quvchilarga
jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz
hodisalarga qarshi milliy an’analar va qadriyatlarni o‘zida namoyon etuvchi turli davra
suhbatlari, uchrashuvlar, seminar va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilgan.
Bunday tadbirlardan biri 1993-
yilda o‘tkazilgan “Viloyatning eng yaxshi maktabi”
ko‘rik
-tanlovi hisoblanib, tanlov 1992-yilning 1-oktabridan 1993-yilning 1-yanvarigacha
hudud bosqichi va shu yilning yanvar oyidan 25-
mart kunigacha viloyat bosqichi bo‘lib
o‘tgan. Tanlovda maktablarning moddiy
-
texnik bazasi, o‘quv va uslubiy adabiyotlar bilan
ta’minlanganligi, o‘quv xonalarining zamonaviy talablarga javob berishi, o‘quvchilarning
bilim va ko‘nikmalarni egallashga oid sharoitlarning yaratilganligi, milliy hunarmadchilik
elementlarida ta’lim va tarbiyani qo‘llash, maktab va Respublika hayotiga oid yangiliklar,
o‘quvchilarning viloyat va Respublika fan olimpiadalaridagi ko‘rsatkichlariga e’tibor
beriladi.
Tanlovning 1993-yildagi bosqichida Kosonsoy tumani 28-maktabi birinchi,
Uchqo‘rg‘
on tumani 3-maktabi ikkinchi, Chust tumani 19-
maktabi uchinchi o‘rinni
egallagan. Tanlov barcha maktablarning moddiy-
texnik holatini atroflicha o‘rganishda
ulardagi kamchiliklar va muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Maktablarda ta’lim
-tarbiya jarayonlarini yaxshilashda dastlabki vaqtlarda ota-
onalarning ishtiroki oshirilib, barcha maktablarda “O
ta-
ona” qo‘mitalari [1.
Б
. 127]
tashkil etilgan. Ushbu qo‘mita a’zolari o‘quvchilar o‘rtasidagi ta’lim
-tarbiyani yaxshi-
lashda maktab ma’muriyatiga yaqindan yordam bergan.
Ota-
onalarning maktablardagi ta’lim
-tarbiya jarayonlariga yaqindan yordam
berishlari, o‘quvchilarda sinfdan tashqari ishlarning samarali tashkil etilishiga va ular
o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga katta turtki bo‘lgan.
Namangan shahri misolida o‘rganilganda, 1992–
1993-
o‘quv yilida darslarga sababsiz
qatnashmayotgan 534 o‘quvchining 364 tasi maktabga qaytarilgan hamda 1991–
1992-yillar holatiga nisbatan 1993-yilda jinoyatchilik 50 % ga qisqargan [2.
Б
. 146].
Bundan tashqari, shu yilda o‘quvchilar Respublika fan olimpiadasida yuqori natijalarni
egallab
, uchta o‘quvchi 1
-
o‘rinni, beshta o‘quvchi 2
-
o‘rinni, oltita o‘quvchi esa 3
-
o‘rinni
egallagan [3.
Б
.58]. 1995-
yilda esa to‘qqizta o‘quvchi 1
-
o‘rin, oltita o‘quvchi 2
-
o‘rinni,
beshta o‘quvchi 3
-
o‘rinni egallab, [4.
Б
.
127] viloyatda ta’lim sohasida amalga
oshirilgan
ishlarning samarasini ko‘rsatib bergan.
Buning natijasida, viloyatning ta’lim sohasiga munosib hissa qo‘shgan o‘quvchi va
o‘qituvchilarga ta’til vaqtlarida O‘zbekistonning Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Buxoro,
Tojikistonning Xo‘jand va Qirg‘
izistonning Bishkek shaharlariga sayohatlar uyushtirilgan
[5.
Б
. 4].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
22
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan umumta’lim maktablarida maktabdan
tashqari ta’lim jarayonlari ham samarali tashkil etilib, maktablarda 1994
-yilda 4641 ta
turli (Yosh tabiatshunoslar
, Yosh texniklar, Yosh o‘lkashunoslar va boshqa) to‘garaklar
tashkil etilib, unda 1161 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan [6. Б
. 7].
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-
martdagi “O‘zbekiston Respublikasida
futbolni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘
ris
ida”gi Qaroriga asosan viloyat Xalq ta’limi
tizimida 2 ta futbol maktabi, 15 ta futbol bo‘limlari faoliyat ko‘rsatgan. 1993
-yilda futbol
bilan shu
g‘ullanuvchi o‘quvchilar soni 17 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 1995
-yilga kelib,
bu ko‘rsatkich 22 mingtaga y
etgan [7.
Б
. 254]. Ushbu raqamlarni tahlil qilsak, 1995-yilda
viloyatning barcha umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 383 ming
734 nafarni tashkil etgan, ya’ni futbol bilan shug‘ullanadigan o‘quvchilar atiga 5.7 % ni
tashkil etgan.
Bunga sabab, 1995-yilda viloyatdagi maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari va
bolalar va o‘smirlar sport maktablarining 76
% ida futbol maydonlari bo‘lmagan.
Namangan tumanida 42 ta maktabning 3 tasida, To‘raqo‘rg‘
onda 61 ta maktabning
5 tasida, Yangiqo‘rg‘onda 59 maktabning 10 tasida futbol maydonlari bo‘lgan [8. Б
. 256].
Ammo viloyatimizda futbol maydonlariga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lishiga qaramay,
III Respublika spartakiadasining futbol musobaqasida viloyatimiz sportchilari Toshkent
va Buxoro viloyatl
arini ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni egallagan[9. Б
. 255].
1999
–
2000-
o‘quv yillarida viloyatimiz umumta’lim maktablarida sport sohasiga
katta e’tibor qaratilib,o‘quvchilar Respublika spartakiadalarida sportning 13 turi bo‘yicha
bellashuvlarda qatn
asha boshladilar. Bundan tashqari, viloyat o‘smirlar 18
-sport maktabi
o‘quvchisi Olga Son shaxmat bo‘yicha, Chust tumani 6
-
sport maktabi o‘quvchisi Sevara
Qodirova stol tennisi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldilar. Namangan tumanining
37-
maktabi mazkur o‘quv yilida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan “Yil maktabi”
ko‘rik
-tanlovida 1-
o‘rinni egalladi [10.
Б
.
141]. Bu natijalar viloyat Xalq ta’lim
boshqarmasi faoliyatining samarali olib borilishi va o‘quvchilarning darslardan tashqari
bo‘sh vaqtlarining mazmunli tashkil etilganligining dalilidir. Sababi, joriy o‘quv yilida
325 ming 141 xildagi fan va sinfdan tashqari to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lsa, ushbu
to‘garaklarga 493 ming 244 nafar o‘quvchilar qamrab olingan[11. Б
.23].
Viloyat Xalq
ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘quvchi yoshlarning huquqiy bilim
salohiyatini yaxshilash maqsadida 2002-
yilda Norin tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan
“Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik
-
tanlovining tuman bosqichi tashkil etilgan. Ushbu ko‘rik
-
tanlovga tuman prokurorining katta yordamchisi A.
Madiev hakamlar hay’atiga rahbarlik
qildi. Ko‘rik
-
tanlov yakuniga ko‘ra, Norin tumanidagi 29
-
maktabning “Adolat” jamoasi
birinchi o‘rinni, 1
-
maktabning “Yangi avlod” jamoasi ikkinchi o‘rinni, 34
-maktabning
“Humo” jamoasi
esa uchinchi o‘rinni egallagan[12.
Б
. 1].
2002
–
2003-
o‘quv yilida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, “O‘quvchilarni kasb
-
hunarga yo‘naltirish psixologik
-
pedagogik tashxis markazi” tomonidan tashkil etilgan
“Eng namunali maktab hamshirasi” ko‘rik
-tanlovi ham alohida ahamiyatga egadir. Bu
ko‘rik
-
tanlovdan ko‘zlangan maqsad umumta’lim maktablarida tibbiy xizmatning o‘rni,
kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning sog‘lig‘ini saqlash, ularni jismonan sog‘lom va ma’naviy
yetuk qilib tarbiyalashdir. Ko‘rik
-
tanlov so‘ngida Uchqo‘rg‘on tumani 1
-
umumiy o‘rta
ta’lim maktabi birinchi o‘rinni, Namangan shahridagi 31
-
maktabi ikkinchi o‘rinni,
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 48
-
maxsus maktab internati uchinchi o‘rinni egalladi[13. Б
. 1].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
23
Joriy o‘quv yilida o‘quvchilar o‘rtasidagi yo‘l
-transport hodisalarining oldini olish
va barchani yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga undaydigan ikki bosqishdan iborat
“Yashil chiroq
-
2003” musobaqasi tashkil etilgan. Musobaqaning tuman boshqichida g‘
olib
b
o‘
lgan Mingbuloq, Namagan tumani va Uchq
o‘
r
g‘
on jamoalari ikkinchi bosqichda
bellashdilar. Musobaqa so‘ngida Namangan tumani birinchi, Uchqo‘rg‘on tumani ikkinchi,
Mingbuloq uchinchi o‘rinlarni egalladilar [14. Б
. 26].
Shuningdek, an’anaga aylanib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirli
-
gin
ing “Yil maktabi” ko‘rik
-talovining 2003-yil viloyat bosqichida 14 ta maktab qatnashdi.
Ko‘rik
-
tanlovning barcha shartlari bo‘yicha yakuniy xulosaga ko‘ra, Pop tumani
ixtisoslashtirilgan maktab-
internati jamoasi g‘olib deb topilib, respublika bosqichiga
yo
‘llanmani qo‘lga kiritdi [15. Б
. 2].
Mazkur o‘quv yilida Xalq ta’lim boshqarmasi tomonidan ko‘plab yutuqlarga
erishilgan bo‘lsa
-
da, ammo ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi. Ya’ni bolalar va
o‘smirlar sportini rivojlantirish bo‘yicha viloyatdagi 262 t
a maktabda sport bilan
shug‘ullanish uchun sport zallarining yo‘qligi yoki viloyatdagi 33 ta bolalar va o‘smirlar
sport maktabining 28 tasi sport sohasi bo‘yicha o‘z moddiy
-texnik bazasiga ega emasligi
yomon holat hisoblangan [16.
Б
. 47]. Respublikada esa 2003
–
2004-
o‘quv yilida 4692 ta
maktabning sport zallari va 5132 ta maktabning tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan
zallarining yo‘qligi, umumta’lim maktablarining 69
%i ikki smenali maktablar bo‘lib,
ayrim uch smenada ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan maktabdan tashqari ta’lim
-tarbiya
va to‘garak mashg‘ulotlarining olib borilmaganligi o‘quvchilar bilimlarining pasayishiga
olib kelgan [17.
Б
. 2].
Viloyatda ta’lim sohasida o‘ziga xos kamchiliklar mavjud bo‘lsa
-da, sport sohasiga
bo‘lgan qiziqish oldingi y
illarga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Viloyatda sport bilan
shug‘ullanuvchi 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar 1995
-yilda 7 %ni tashkil
etgan bo‘lsa, 2003
-yilga kelib, (182180 nafar) 35 % ga yetgan hamda 2003-
yilda bo‘lib
o‘tgan “Umid nihollari” Respublika sport musobaqasida viloyatimiz yoshlari 2 ta oltin,
20 ta kumush, 58 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi
o‘rinni egallagan [18. Б
. 47].
Bu rivojlanishlar 2004-
yilga kelib, viloyatdagi 506 ming 411 nafar o‘quv
chining
490 ming 375 nafari, ya’ni 96.8 %i muntazam jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan
shug‘ullangan [19.
Б
.
8]. Bundan tashqari, joriy o‘quv yilida o‘quvchilarning ta’til vaqt
-
larini mazmunli o‘tkazish maqsadida viloyatdagi 9 ta maktab qoshida
780 nafar, shahar
tashqarisidagi 12 ta oromgohlarda uch mavsumda 8200 nafar bolalar dam olishlari
rejalashtirilgan [20.
Б
. 20].
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar qatorida viloyat xalq ta’limi boshqarmasining qarori
asosida “Jinoyatchilik, huquqbuzarlik va giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha viloyat
prokuraturasi bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari
bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori asosida 2005
-yil-
gacha mo‘ljallangan tadbirlar dasturiga
binoan 2002-
yilda viloyatdagi ko‘plab maktab
-
larda uchrashuvlar tashkil etildi. Masalan, To‘raqo‘rg‘on tumanida “Jinoyatchilik, huquq
-
buzarlik, giyohvandlik va uning zararlari” mavzusida, Chust tumanida “Ichkilikbozlikning
zararli oqibatlari va uning oldin
i olish” mavzusida, Uychi tumanida “Giyohvandlik –
j
inoyatchilikka yetaklovchi yo‘l” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi [21. Б
. 2].
Jinoyatchilikka qarshi tadbirlar davomida 2001-yilda jinoyatchilik holatlari yuqori
bo‘lgan Chust, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, Davlatobod, Kosonsoy, Norin tumanlari va
Namangan shahar xalq ta’lim bo‘limlari mudirlariga tegishli choralar ko‘rildi [22.
Б
. 3].
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
24
Mazkur harakatlarni o‘zaro tahlil qilganimizda viloyatda jinoyatchilik 2001
-yilga
nisbatan 2002-yilda 25 tadan 14 taga, huquqbuzarlik esa 442 tadan 309 taga kamaydi
[23.
Б
. 2]. Ammo jinoyatchilik holati 2002-
yilda 14 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2003
-yilda
29 taga oshgan, huquqbuzarlik holati 2003-yilda 309 tadan 114 taga kamaygan. Eng
achinarlisi, o‘quvchilar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holati 2002
-yilda 12 tani tashkil
etgan bo‘lsa, 2003
-yilda 13 taga yetgan [24.
Б
. 3], 2004-
yilda o‘z joniga qasd qilish holati
Respublika bo‘yicha voyaga yetmaganlarning 63,6 %i maktab o‘quvchilari hisoblangan
[25.
Б
. 1].
2004
–
2005-
o‘quv yili O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
“Maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini oshirish o‘quv yili” sifatida e’tirof etildi. Shu
munosabat bilan “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirish hamkorlik dasturi”
ishlab
chiqilib, unda maktabdan tashqari ta’lim tizimini shakllantirish O‘zbekiston
Respublikasida olib borilayotgan ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
ekanligiga urg‘u berildi.
Maktabdan tashqari ta’lim qo‘shimcha ta’lim dasturlari asosida o‘quvchilarning
mavjud ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtlari va dam olishlarini tashkil etishga
yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, u bolalar (o‘smirlar) ijodiyoti saroylari, uylari,
klublari, markazlari, sport maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar
hamda sog‘lomlashtirish muassasalarida tashkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, viloyatda Xalq ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida qisqa
muddat ichida ulkan islohotlar amalga oshirilib, o‘quvchilarning ma’naviy dunyos
ini
boyitish, ta’lim
-tarbiya jarayonlarini yuksaltirish ishlari munosib tarzda tashkil etildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Наманган вилояти давлат архиви. 645
-
фонд.
1-
рўйхат
. 43-
иш
. 127-
варақ
.
(Namangan region State Archive, Fund 645, list 1, work 43, P. 127.).
2.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 43
-
иш. 146
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 43, P.146.).
3.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 44
-
иш. 58
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 44, P.58.).
4.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат.106
-
иш. 127
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 106, P.127.).
5.
Sayohatga taklif etadi // Murabbiy.
–
1993.
–
№3. –
B. 4. (Offers travel // Coach.
–
1993.
–
№3. –
B. 4.).
6.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 70
-
иш. 7
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 70, P.7.)
7.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 133
-
иш. 254
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 133, P. 254.).
8.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 133
-
иш. 256
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 133, P. 256.).
9.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 133
-
иш. 255
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 133, P.255.).
10.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 217
-
иш. 141
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 217, P.141.).
11.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 289
-
иш. 23
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 289, P.23.).
Жамият
ва
инновациялар
–
Общество
и
инновации
–
Society and innovations
Special Issue
–
01 (2022) / ISSN 2181-1415
25
12.
Qobulova R. Huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratiladi // Murabbiy.
–
2002.
–
№4. –
B. 1. (Kobulova R. Directed to the prevention of wrongdoings // Coach.
–
2002.
–
№4. –
B. 1.).
13.
Mamadalieva
V. G‘oliblar aniqlandi // Murabbiy. –
2002.
–
№4. –
B. 1.
(Mamadalieva V. Winners were announced // Coach.
–
2002.
–
№4. –
B. 1.).
14.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 334
-
иш. 26
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 334, P. 26.).
15.
Popliklar respublika bosqichida qatnashadi // Murabbiy.
–
2003.
–
№1. –
B. 2.
(The people who live in Pop will take part in the republican stage // Coach.
–
2003.
–
№1.
–
B. 2.).
16.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 336
-
иш. 47
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 336, P.47.).
17.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 357
-
иш. 2
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 357, P. 2.)
18.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 336
-
иш. 47
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 336, P.47.)
19.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 257
-
иш. 8
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 257, P. 8.)
20.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат.
370-
иш. 20
-
варақ.
(Namangan region State
Archive, Fund 645, list 1, work 370, P. 20.).
21.
Sodiqov A. Voyaga etmaganlar tarbiyasi bosh vazifa // Murabbiy.
–
2002.
–№10. –
B. 2. (Sodikov A. The main task of juvenile education // Coach.
–
2002
–
№10. –
B. 2.)
22.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 294
-
иш. 3
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 294, P. 3.).
23.
Sodiqov A. Voyaga etmaganlar tarbiyasi bosh vazifa...
–
B. 2. (Sodikov A. The
main task of juvenile education // Coach.
–
2002).
24.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 335
-
иш. 3
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 335, P. 3.).
25.
НВДА 645
-
фонд. 1
-
рўйхат. 357
-
иш. 1
-
варақ.
(Namangan region State Archive,
Fund 645, list 1, work 357, P. 1.).
