Авторы

  • N. Egamberdiyeva
    tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.113235

Аннотация

Hunarmandlar uchun berilgan imtiyozlar, ularga bo‘lgan e’tibor natijasida 2010-yilda “Hunarmand” uyushmasi a’zolari soni 20871 kishini tashkil etgan bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2015-yilga kelib 22141 kishini tashkil etgan. Ammo 2016-yilda a’zolar soni 2450 kishiga kamayib, 19691 kishini tashkil etgan, 2017-yilda esa 11915 kishini, 2018-yilda esa 28002 kishini tashkil etgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5242-son Farmoniga asosan hunarmandlar 2017-yil 1-dekabrdan qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etildilar, natijada 2018-yilda hunarmandlar soni ko‘payib, 28002 tani tashkil etdi


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

208

HUNARMANDLAR UCHUN YARATILAYOTGAN IMKONIYATLAR

N.Egamberdiyeva

tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15726805

Hunarmandlar uchun berilgan imtiyozlar, ularga bo‘lgan e’tibor natijasida

2010-yilda “Hunarmand” uyushmasi a’zolari soni 20871 kishini tashkil etgan
bo‘lsa bu ko‘rsatkich 2015-yilga kelib 22141 kishini tashkil etgan. Ammo 2016-
yilda a’zolar soni 2450 kishiga kamayib, 19691 kishini tashkil etgan, 2017-yilda
esa 11915 kishini, 2018-yilda esa 28002 kishini tashkil etgan. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi «Hunarmandchilikni
yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5242-son Farmoniga asosan hunarmandlar
2017-yil 1-dekabrdan qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etildilar, natijada
2018-yilda hunarmandlar soni ko‘payib, 28002 tani tashkil etdi

1

.

O‘zbek xalqi azaldan hunarmandchilikning deyarli barcha sohalari bilan

shug‘ullanib kelmoqda, asrlar davomida uy - ro‘zg‘or kasblari rivojlanib
yangidan - yangi hunarmandchilik turlari yaratilmoqda. “Yigit kishiga 40 hunar
oz” degan naql aynan mehnatkash o‘zbek xalqi uchun mos naqldir. Hunarmand
ustalar tayyorlagan buyumlarga bo‘lgan talab hech qachon kamaymaydi.

Hozirgi kunda pichoqchi, tunukachi, tikuvchi, duradgor, misgar, temirchi

kabi ko‘plab hunarmandlar o‘z uylarida odamlar ehtiyojlarini qondirish uchun
hunarmandchilik buyumlarini yaratadilar va shu bilan birga daromad
orttiradilar. Uyda hunarmandlar yaratgan buyumlar sifati, bejirimligi, qulayligi
va asosiysi narxi aholiga qulaylagi bilan farqlanib turadi.

Mamlakatimizning hamma joyida hunarmand ustalar yaratgan buyumlar

qadrlanadi. Keyingi yillarda yog‘ochga qayta ishlov berish bo‘yicha faoliyat
ko‘rsatayotgan usta - hunarmandlar faoliyatida ham ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rish
mumkin. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy qadriyatlarni,
an’anaviy hunarlarni tiklashga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda Toshkent hududi bo‘yicha ushbu tizimda faoliyat yuritib

kelayotgan bir nechta badiiy hunarmandchilik ob’ektlarini misol keltirish
mumkin. Xususan, Abulqosim madrasasi va Xasti Imom majmuasida joylashgan
Baroqxon madrasasida ko‘plab hunarmandlar faoliyat yuritib kelmoqda. Xozirda
ushbu binolar Toshkent shahridagi badiiy hunarmandchilikning rivoji bo‘yicha

1

Abdullaeva R.G. “Hunarmandchilik faoliyatini tadbirkorlikni kengaytirish orqali rivojlantirishning nazariy

asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fan.fal.d. diss. avtoref. – Toshkent, 2019.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

209

ta’mirlandi va badiiy hunarmandlar uchun ijodiy ustaxona qilib topshirildi.
Hozirgi paytda, A.Azlarov, Sh.Xakimov, I.Tursunboev, S.Raxmatullaev, Z.Hasanov,
A.Abdurazzoqov, A.Egamberdiev, M.Qurbonaliev, P. Hasanov, M. Po‘latov, B.
karimov kabi ko‘plab ustalar ushbu badiiy hunarmandchilik binolarida faoliyat

Ular badiiy hunarmandchilikning yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik,

naqqoshlik, mayda plastika, miniatyura(shkatulka va laganlarga tushirilgan
miniatyura) kabi turlarida zamonaviy uy ro‘zg‘or va bezak uchun mo‘ljallangan
buyumlarini yasab kelishmoqda.
yog‘och o‘ymakorligi buyumlari naqqoshlik va miniatyura san’ati bilan
uyg‘unlashib ketmoqda. Asosiy xomashyolar yong‘oq, chinor, tut, tol, terak
hisoblanadi. Bu yog‘ochlar o‘z tuzilishi va shakli jihatidan boshqa daraxtlar
yog‘ochidan ajralib turadi. Yog‘och o‘ymakorligidagi asosiy mavzular karvon,
markazida arab yozuvlari tushirilgan laganlar,sevgi-muhabbat,ov,tarixiy
obidalardan iborat.

Kulolchilik o‘zbek xalqi badiiy hunarmandchiligining eng qadimiy

turlaridan biri bo‘lib, badiiy an’analarni boyishi va o‘zgarishi bilan bog‘liq uzoq
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Zamonaviy Toshkent kulolchilik buyumlarida
anor mevasi, bodom, qoqi gul,paxta guli naqshlari ko‘plab uchraydi.

Mayda plastika yoki xalq o‘yinchoqlari qadimda va o‘rta asrlarda Markaziy

Osiyoda loydan yasalgan o‘yinchoqlar va koroplastikadan kelib chiqqanligi
ma’lum. Bugungi kun Toshkent badiiy xunarmandlarining ishlarida asosan
xajviy va taniqli qahramonlar bilan bir qatorda sovg‘abor anor shaklining
bezakli turlari, me’moriy binolarning o‘ta kichraytirilganko‘rinishidagi
shakllarini uchratamiz.

Naqqoshlik xalq amaliy san’atining keng tarqalgan turi hisoblanadi. Ganch

va yog‘ochga naqsh berish bugungi kunda ommalashib bormoqda.Zamonaviy
naqqoshlik buyumlarida jiyda guli, arab yozuvlari, she’rxonlik, tarixiy obidalar,
musiqa kabi mavzularni ko‘ramiz.

Zamonaviy badiiy hunarmandchilikning ko‘plab turlari miniatyura san’ati

bilan uyg‘un tarzda yaratilmoqda. Masalan yog‘och o‘ymakorlik buyumlari
sanalgan kichik shkatulkalar.turli xajmdagi laganlar xattoki devoriy bezak
ko‘rinishlarida ham miniatyuraviy tasvirlarni uchratamiz. Ushbu tasvirlarda
asosan chordana qurib o‘tirgan shoiru-olimlar, karvon, diniy obidalar
ko‘rinishidagi mavzular ustunlik qiladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

210

Umuman olganda, ushbu ikki badiiy hunarmandchilik ob’ektlarida amaliy

san’at buyumlarining yasash hamda ularni bozor iqtisodiyoti talabidan kelib
chiqqan xolda sotish ishlari avj olgan. Bugungi kundagi, bozor iqtisodiyotining
amaliy san’at buyumlariga salbiy ta’siri achinarli. Deyarli barcha
hunarmandlarning ijodiy ishlarida an’anaviy maktab naqshu nigorlaridan ko‘ra
ko‘proq bir buyumning boshqa bir buyum unsurlari bilan qorishib ketganiga
guvoh bo‘lamiz. Tabiiyki bu xolat yaratilayotgan amaliy san’at buyumining
badiiy xususiyatini kamaytirib qo‘ymoqda. Yog‘och o‘ymakorlik va kashtachilik
buyumlarida miniatyuraning qorishuvi, naqqoshlik va miniatyura uyg‘unligi aks
ettirilgan buyumlar va shu kabi ko‘plab yangiliklarni yaratish ommalashib
bormoqda. Ushbu turdagi zamonaviylik quvonarli albatta, biroq necha asrlardan
buyon an’anaga aylanib kelayotgan asl san’at namunalaridagi o‘ziga xoslikni
saqlab qolish va uni qayta tiklash muammosi bugungi kun amaliy san’at ustalari
oldidagi muhim masalalardan biri deb hisoblash lozim. Yaratilayotgan badiiy
hunarmandchilik buyumlarining saviyasiga alohida e’tibor qaratish shu bilan
birgalikda, ijodiy ishlarning badiiylik xususiyatini saqlab qolish muammosi
dolzarbdir. Zamonaviy Toshkent badiiy hunarmandlarining ba’zilari
yaratayotgan bugungi kundagi amaliy san’at buyumlari san’at dunyosidagi
ekologiyani biroz buzib qo‘ymoqda. Asl an’analar nisbatan bo‘lsada saqlanishi
tarafdorimiz.Zero, o‘tmish an’analari avlodlarni bog‘lovchi ko‘rinmas rishtadir.
Madaniy meros hamda xalq badiiy hunarmandchiligini omonat bilib, uni asrab
avaylash salohiyati jamiyatning taraqqiy etganlik darajasi hamda axloqiy
barqarorligi mezoni sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi

tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi va
O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasining “Xorijiy mamlakatlarda
o‘tkaziladigan ko‘rgazma, tanlov va yarmarkalarda namoyish etish uchun
hunarmandchilik mahsulotlari olib chiqilishining soddalashtirilgan tartibi
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qo‘shma qarori hunarmandlarni
xorijga chiqish ishtiyoqlarini yanada oshirdi va hozirda har yili yuzlab
hunarmandlar o‘nlab xalqaro festivallarda erkin qatnashib kelmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktabrdagi “Xalqaro

hunarmandchilik festivalini o‘tkazib borishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-5841-sonli farmoni bilan har ikki yilda bir marta sentabr oyida Qo‘qon
shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish asoslari belgilab berildi.
Hozirgi vaqtda hunarmandchilik san’ati xalqimiz kundalik hayotidan tobora
mustahkam o‘rin egallamoqda. Mamlakatimizda har yili mazkur yo‘nalishda


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

211

yuzdan ziyod festival va yarmarkalar, savdo ko‘rgazmalari va boshqa tadbirlar
o‘tkazilayotgani ham shundan dalolat beradi.

Keyingi yillarda xalqaro festivallar, ko‘gazmalar o‘tkazish hunarmandlar

faoliyatida muhim o‘rin tutmoqda. Shahrisabzda maqom, Termizda baxshichilik
san’atiga bag‘ishlangan xalqaro festivallar, Buxoro shahrida “Ipak va ziravorlar”,
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” anjumanlari muntazam o‘tkazib kelinayotgani,
ularda dunyoning ko‘plab davlatlaridan madaniyat va san’at namoyandalari, bu
yo‘nalishda o‘zining ilmiy ishlari, amaliy faoliyati bilan tanilgan olimlar va
mutaxassislar ishtirok etayotgani diqqatga sazovordir. 2019-yil 10-15-sentabr
kunlari Qo‘qon shahrida YuNESKO shafeligida birinchi Xalqaro hunarmandchilik
festivali o‘tkazilgani, Jahon hunarmandlar tashkiloti tomonidan ushbu shaharga
“Jahon hunarmandlari shahri” maqomi berilgani o‘zbek xalq amaliy san’atining
xalqaro miqyosdagi yuksak e’tirofi bo‘ldi. Jahon xalq amaliy san’atini, uning
ajralmas qismi bo‘lgan o‘zbek milliy hunarmandchiligini asrab-avaylash va
rivojlantirishga qaratilgan ana shunday ezgu ishlar ushbu bebaho boylikni
kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, bu yo‘ldagi sa’y-harakat va
imkoniyatlarimizni birlashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar:

1.

Агзамова Г.А. Ўрта Осиё хонликларида ҳунармандчилик ва савдо.:

Тарих фан. док. … дисс. – Тошкент, 2000. – 348 в.
2.

Atlas of Central Asian artistic crafts and trades. A. Khakimov – author of

the scientific project and author of the next chapters – Introproduction,
Ceramics, Copper Embossing, Knife making.. Қаранг: Atlas of artistics and trades
of Central Asia. Vol. I. – Tashkent, 1997. – P. 158.
3.

Ҳакимов А. Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари //

Восток. – Тошкент, 1999. – № 1. – Б. 76-79; Гюль Э. Ҳунармандчилик
анъаналарини сақлаб // San’at. – Тошкент, 1999. – № 2. – Б. 32;
4.

Булатов С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Тошкент: Меҳнат,

1991. – 384 б.
5.

Davlatova S.T. O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi tarixiy

jarayonlar kontekstida (O‘zbekistonning janubiy hududlari misolida XIX asrning
ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari). – Toshkent. Yangi nashr, 2018. – 368 b.

Библиографические ссылки

Агзамова Г.А. Ўрта Осиё хонликларида ҳунармандчилик ва савдо.: Тарих фан. док. … дисс. – Тошкент, 2000. – 348 в.

Atlas of Central Asian artistic crafts and trades. A. Khakimov – author of the scientific project and author of the next chapters – Introproduction, Ceramics, Copper Embossing, Knife making.. Қаранг: Atlas of artistics and trades of Central Asia. Vol. I. – Tashkent, 1997. – P. 158.

Ҳакимов А. Ўзбекистоннинг бадиий кулолчилик мактаблари // Восток. – Тошкент, 1999. – № 1. – Б. 76-79; Гюль Э. Ҳунармандчилик анъаналарини сақлаб // San’at. – Тошкент, 1999. – № 2. – Б. 32;

Булатов С. Ўзбек халқ амалий безак санъати. – Тошкент: Меҳнат, 1991. – 384 б.

Davlatova S.T. O‘zbekistonning an’anaviy hunarmandchiligi tarixiy jarayonlar kontekstida (O‘zbekistonning janubiy hududlari misolida XIX asrning ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari). – Toshkent. Yangi nashr, 2018. – 368 b.