Авторы

  • Iroda Muxitdinova
    O’zbekiston milliy universiteti tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.120262

Ключевые слова:

globallashuv tahdid ma’naviy tahdid mafkuraviy immunitet g‘oya innovatsiya barqarorlik.

Аннотация

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Globallashuv bilan birga kirib kelayotgan yot g‘oyalar, ommaviy madaniyat va axborot xurujlari yosh avlodning dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy o‘zligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularni mustahkam g‘oyaviy asosda tarbiyalash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yuksaltirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada bu borada ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaning o‘rni va davlat siyosatining ahamiyati yoritiladi. Mafkuraviy immunitetining yuksalishi – jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi ekani asoslab beriladi.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

8

GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MAFKURAVIY

IMMUNITETINI YUKSALTIRISH JAMIYAT TARAQQIYOTINING

GAROVI

Muxitdinova Iroda Maxmudxanovna

O’zbekiston milliy universiteti tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15836020

Annotatsiya:

Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga

ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni
hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi
tahlil qilinadi. Globallashuv bilan birga kirib kelayotgan yot g‘oyalar, ommaviy
madaniyat va axborot xurujlari yosh avlodning dunyoqarashi, qadriyatlari va
milliy o‘zligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan
himoya qilish, ularni mustahkam g‘oyaviy asosda tarbiyalash, tanqidiy fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yuksaltirish
bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada bu
borada ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaning o‘rni va davlat
siyosatining ahamiyati yoritiladi. Mafkuraviy immunitetining yuksalishi –
jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi ekani asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, tahdid, ma’naviy tahdid, mafkuraviy immunitet,

g‘oya, innovatsiya, barqarorlik.

Avvalo yurtimizda innovasion ta’lim tizimiga Mamlakatimizda yuz

berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, har bir sohada kuzatilayotgan yuksalishlar
millatlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlik diniy bag‘rikenglikni ta’minlanishi eng avvalo
tinchlikni ta’minlash tufaylidir. Yoshlarda ona Vatanga daxldorlik hissini
singdirish, sadoqat, milliy g‘urur va iftihorni shakllantirish, yoshlarni fidoiy va
xalqchil, ijtimoiy faol insonlar qilib tarbiyalash, o‘z Vataniga sodiq bo‘lib uning
rivoji yo‘lida befarq bo‘lmasdan yashaydigan insonlar etib tarbiyalash zamon
talabidir. Zero, ona Vatanga muhabbat, avvalo, milliy o‘zlikni anglash, uni tub
mohiyatini anglab yetishdan boshlanadi. Bu borada ta’lim dasturlarini yaratish
va respublika ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida “Milliy istiqlol g‘oyasi” fani fan sifatida kiritildi.

Hozirgi globallashuv davrida yoshlar tarbiyasida ona Vatanga muhabbat va

milliy o‘zlikni saqlab qolish dolzarb muammo hisoblanadi. Bu tuyg‘ularni
shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni benihoya kattadir. Ayniqsa,
mamlakatimizda istiqlol yillarida milliy g‘oya faniga juda katta e’tibor qaratilib
kelinmoqda

1

. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

1

Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти И.А.Каримовнинг 2001 йил 18 январдаги “Миллий

истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар” фани


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

9

Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida
quyidagi fikrlarni aytib o‘tdilar: “...oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga
oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani
rivojlantirishimiz zarur. Milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va
boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar
soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”

2

.

Milliy g‘oya fani eng asosiysi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga

yordam beradi. Milliy o‘zlikni anglash avvalo, har bir insonni kim ekanligi,
qaynday millat vakili ekanligi, tarixini bilishi, ajdodlari merosini o‘rganishdan
boshlanib, bu jarayonda milliy g‘oya fanining o‘rni kattadir. Mamlakatimizda
yoshlarga, ularni ta’lim va tarbiyasiga juda katta e’tibor qaratiladi. Yoshlarni har
tamonlama yotuk va zamon talablari darajasida zamonaviy xorijiy tajribalar,
jahon fanining zamonaviy yutuq innovatsion g‘oyalari asosida bilim berish va
tarbiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 29-
noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligini tashkil etish
to‘g‘risida”gi PF-5264-son Farmoni

2

asosida O’zbekiston innovatsion rivojlanish

vazirligi tashkil etildi. Ijtimoiy rivojlanishga innovasiyalarni joriy etish sohasida:
ta’lim tizimida innovasiyalarni, shu jumladan o‘qitishning zamonaviy, interaktiv
va ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ‘ib qilishga ko‘maklashish, raqamli
texnologiyalardan keng foydalanishni nazarda tutuvchi innovasion o‘quv
dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlash asosiy vazifalardan qilib belgilangan.
Innovosion texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash barcha fanlarni jumladan, Milliy
g‘oya fanini o‘qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanib dars tashkil
qilish o‘quvchi yoshlarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish zarur.
Chunki, yoshlar davlat kelajagidir.

Har bir yosh avlodni ma’suliyatli, qat’iyatli qilib tarbiyalash, mustaqillikni

qadrlaydigan ozodlikni qadriga yetadigan o‘zining yaxshi insoniy fazilatlarini
shakllantirish, millat fidoyisi qilib tarbiyalash davr talabidir. Mamlakatimizning
barqaror taraqqiyotida - jamiyatimiz kishilarining yuksak ma’naviyatini,
mafkuraviy immunitetini o‘rni muhim ahamiyatga molikdir. Chunki, ma’naviyat,
milliy g‘oya jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti hamda shaxs barkamolligini
belgilab beruvchi asosiy mezonlaridandir. Modomiki, “Ma’naviyat asoslari”,
“Madaniyatshunoslik” va Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fan
bilimlari talabalarda ziyolilik, barkamollik, komillik xislatlarini vujudga keltirib,
yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, ijtimoiy xamkorlik, millatlararo

2

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига

мурожаатномаси. 2019. –Т.: Ўзбекистон, 40-бет.

2

www.lex.uz


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

10

totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi keng gumanistik tamoyillarga asoslangan ilmiy
dunyoqarashni shakllantiradi. Innovasion texnologiyalar asosida darsni tashkil
etish talabalaning o‘zning dunyoqarashini yanada o‘sishiga hizmat qiladi. Bu
borada

O’zbyekiston

Respublikasi

Prezidenti

Shavkat

Mirziyoyev

ta’kidlaganlaridek, “Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan
hikmatli so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga
yetaklaydi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi
prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom
etishi lozim”

3

. Innovasion texnologiyalar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, ya’ni,

an’anaviy dars usullarini zamonaviy zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida olib borilishini taqozo etadi. Zamon rivojlangani sayin darslarni ham
zamon talablari darajasida takomillashtirib borish kelajakda yaxshi natijalar
beradi.

Yurtimizda yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirishga nafaqat aholi balki

davlatimiz tomonidan ham juda katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019- yil 3-maydagi
PQ-4307-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Yoshlarning
intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish,
mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va
sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida
e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, jahonda g‘oyaviy-mafkuraviy kurashlar keskin davom

etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yoshlar
o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish,
jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari
hamon uchramoqda.

Ushbu qarorda aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish,

jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik
tamoyillarni qaror toptirish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,

ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining
mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish;

oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy

muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish,
“mahalla — tuman — viloyat — respublika” prinsipi asosida hududlar

3

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига

мурожаатномаси. 2019. –Т.: Ўзбекистон, 30-бет.


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

11

kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, bu jarayonga
zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish;

“Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-

ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik
yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va innovasion uslublarini ishlab chiqish;

tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga,

qadriyat va urf-odatlarga hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli
ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini olib borish;

Yoshlarda vatanga daxldorlik hissini yuksaltirish hamda turli xil yot

g‘oyalardan himoya qilish maqsadida milliy g‘oya fanlarrini o‘qitishda o‘ziga xos
innovasion usullardan foydalanish zarur.

Yoshlarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash vazifalari – bu uzliksiz va izchil

olib borilishi lozim bo‘lgan ta’lim jarayonidir. Zero, o‘zgaruvchan mafkuraviy
global qiyofa milliy mafkuraviy uslub va yondashuvlarni ham takomillashuvini
talab qiladi. Jumladan, hozirgi kunda murakkab va o‘zgaruvchan, hayot
sur’atlari beqiyos darajada tezlashib borayotgan globallashuv sharoitida
yoshlarimizning ma’naviy olamida bo‘shliq vujudga kelmasligi uchun ularning
qalbi va ongida sog‘lom dunyoqarash, ajdodlarimiz merosiga nisbatan faxr-
iftixor, hurmat-ehtirom tuyg‘ularini qaror toptirish yanada muhim ahamiyat
kasb etmoqda.

O’z navbatida ona-Vatanimizdagi tinch, osoyishta va farovon hayotning

qadriga yetish, shu osuda hayotni yanada mustahkamlash uchun har bir inson
o‘z hissasini qo‘shib, el-yurt taqdiri, kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘usini diliga jo
qilib yashashi bugungi kundagi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Yoshlarda
sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish barkamol avlodni tarbiyalashning muhim
shartlaridan biridir. Shu ma’noda, soxta va bir yoqlama talqinlar ta’siridan xoli
bo‘lgan dunyoqarashni shakllantirishning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini
mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarning yechimi ham hayotiy-amaliy
ahamiyat kasb etayotir. Binobarin, bu muammoni hal etishda fanning turli
sohalarida ijod qilgan yurtimiz allomalarining ijodi, ular qoldirgan ulkan ilmiy-
ma’rifiy meros beqiyos ahamiyatga ega.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, mazkur tadqiqotni fuqarolik jamiyati va

mustaqil O’zbekiston madaniy taraqqiyoti tajribasidan kelib chiqqan holda
milliy, mintaqaviy va global miqyosda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarni
tahlil qilish asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Muhimi, demokratik
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishda ajdodlarimiz


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

12

yaratgan

ilmiy-ma’naviy

merosning

tarixiy-falsafiy,

ma’naviy-ma’rifiy

ahamiyatini ko‘rsatib berish bilan zarur hisoblanadi.

Adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг

Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига мурожаатномаси. 2019. –Т.:
Ўзбекистон, 40-бет.
2.

Мусаев

М.Т.

Глобаллашув

шароитида

миссионерлик

ва

прозелитизмнинг жамият хавфсизлигига таҳдиди. PhD илмий даражасини
олиш учун ёзилган дисс. автореф. ЎзМУ, Тошкент 2018 йил йил.
3.

Тўраев Ш. Ўзбекистонда демократик жамият қуришда миллий

ғоянинг аҳамияти. Фалсафа фанлар номзоди учун ёзилган дисс. –Т.: 2007
йил.
4.

Қурбонов Т. Ёшларда миллий ғурурнинг шаклланишида маданий

мероснинг роли.// фалсафа фанлари номзодини олиш учун дисс. 2006 йил.

Библиографические ссылки

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига мурожаатномаси. 2019. –Т.: Ўзбекистон, 40-бет.

Мусаев М.Т. Глобаллашув шароитида миссионерлик ва прозелитизмнинг жамият хавфсизлигига таҳдиди. PhD илмий даражасини олиш учун ёзилган дисс. автореф. ЎзМУ, Тошкент 2018 йил йил.

Тўраев Ш. Ўзбекистонда демократик жамият қуришда миллий ғоянинг аҳамияти. Фалсафа фанлар номзоди учун ёзилган дисс. –Т.: 2007 йил.

Қурбонов Т. Ёшларда миллий ғурурнинг шаклланишида маданий мероснинг роли.// фалсафа фанлари номзодини олиш учун дисс. 2006 йил.