Авторы

  • Saidaxmat Abdunazarov
    JizPI, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti
  • Mirazim Mirsaidov
    Jizzax politexnika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.sspme.122908

Ключевые слова:

Investitsiya pudratchi investitsion fondlar moliyaviy mablag‘lar aylanma mablagʻlar tenderlar

Аннотация

Maqolada invistitsiya turlari, investitsiya kiritish, qurilishda pudratchi vazifalari, investitsiyaning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli, mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi haqida maʼlumot berilgan


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

43

OʻZBEKISTONDA INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH VA

IQTISODIY OʻSISHNI JADALLASHTIRISH OMILLARI

Abdunazarov Saidaxmat Abdumalikovich

JizPI, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti

Mirsaidov Mirazim Sanjar o‘g‘li

Jizzax politexnika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15898876

Annotatsiya:

Maqolada invistitsiya turlari, investitsiya kiritish, qurilishda

pudratchi vazifalari, investitsiyaning iqtisodiy xavfsizlikdagi roli, mamlakat
investitsiya jozibadorligini oshirish orqali investitsiyalarni jalb qilish va
iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi haqida maʼlumot
berilgan

Kalit so‘zlar:

Investitsiya, pudratchi, investitsion fondlar, moliyaviy

mablag‘lar, aylanma mablagʻlar, tenderlar

Annotation:

The article describes the types of investment, investment,

contractor tasks in construction, the role of investment in economic security,
attracting investments and economic security by increasing the investment
attractiveness of the country, competitiveness of the economy

Keywords:

Investment, contractor, investment funds, financial funds,

working capital, tenders

Investitsiya (lotincha: investio - “oʻrash”) - iqtisodiyotni rivojlantirish

maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-
iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli
kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga
koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir.
Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi.
Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital
qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli
faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan
huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya,
obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk
boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga
mablagʻ qoʻyuvchilar - investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik
fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.Uning quyidagi turlari mavjud:
davlat investitsiyasi - davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi;
chet el investitsiyasi - xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar
tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya - xususiy, korporativ xoʻjalik va
tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

44

mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy
(portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel)
investitsiya - aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga
qoʻyiladigan investitsiya, real investitsiya - moddiy ishlab chiqarish (sanoat,
qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga
uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon
tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan,
korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet
mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka,
byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish
subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda

iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub
islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oʻtgan va joriy yilga berilgan nomlar
ham aynan ivestitsiya muhitini rivojlantirish bilan bogʻliq ekanligi fikrimizni
isbotlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28

dekabrda Oliy Majlis deputatlariga yoʻllagan murojaatnomasida ushbu masalaga
alohida urgʻu berildi. Jumladan, oʻtgan yilda Jahon banki, Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro moliya
institutlari bilan olib borilgan hamkorlik natijalariga koʻra, mamlakatimizda
investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etgani, shuningdek, chet el
investitsiyalari hisobidan 23 milliard dollarni tashkil etuvchi 456 ta loyiha
amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Prezidentimiz ushbu koʻrsatkichlarga
ahamiyat qaratar ekan, keng miqyosli investitsiyalar yurtimiz iqtisodiyotini
mustahkamlovchi omil boʻlishini alohida taʼkidlab, shunday dedi: “Jahon
tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan
boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. Shu sababli ham
investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi,
desak, mubolagʻa boʻlmaydi”.

Haqiqatan ham, iqtisodiyotda investitsiyalarni keng miqyosda jalb etishga

erishish koʻplab sohalar, tarmoqlar hamda hududlarga yangi texnologiyalar,
ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib kelishi va tadbirkorlikning
jadal rivojlanishiga ulkan poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbekistonda

investitsiya

muhiti

barqarorligini

taʼminlashda

umumiqtisodiy,

meʼyoriy-huquqiy,

ekologik

shart-sharoitlar,

moliyalashtirishning bozor mexanizmlari, axborot taʼminoti va boshqalar muhim


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

45

oʻrin tutadi. Shuningdek, xorijiy investorlar mamlakat iqtisodiyotiga mablagʻ
kiritishida investitsiyaviy muhitning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini, yaʼni
xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi hamda chiqib ketishi, inflyatsiya darajasi,
yalpi ichki mahsulotning oʻsishini, isteʼmol va jamgʻarma nisbati, foiz stavkalari
darajasi hamda xorijiy investitsiyalarning oʻzlashtirilishi kabilarni hisobga oladi.
Qolaversa, investorlar mamlakatning malakali kadrlar zaxirasi, bank-moliya
xizmatlari sifati, monetar va fiskal siyosat darajalarini ham eʼtiborda tutadi.

Mamlakatimiz rahbarining murojaatnomasida “Jahon tajribasini puxta

oʻrganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni
takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash konsepsiyasini ishlab
chiqishimiz zarur”, degan gʻoya ilgari surildi.

Demak, tegishli xavf-xatarlarni baholash hamda ularni bartaraf etish

asosida chet el investitsiyalari kirib kelishiga qulayliklar yaratish bugunning
dolzarb masalasidir.

Chunki xorijlik investorlar mamlakatning investitsiya muhiti, uning

xavfsizligi, siyosiy, iqtisodiy xavf-xatarlar darajasi va ularning sugʻurtalanishi,
investitsiyalash maqsadlariga muvofiqligi, iqtisodiyotning, umuman, barcha
sharoitlarning boshqalarga nisbatan qulayligi nuqtai nazaridan baholaydilar.
Mamlakatga xos xavf-xatar darajasi (qarzlar masalasi, import va eksport balansi,
hukumatning barqarorligi hamda boshqalar), mahalliy sharoitning boshqa
mamlakatlardan koʻra ustun jihatlari yetakchi oʻrinda turadi.

Xulosa oʻrnida aytganda, investorlar, korxonalar, tashkilotlar tomonidan

mamlakatga ulkan investitsiya loyihalarining kiritilishi natijasida yurtimizda
koʻplab yangi ish oʻrinlari vujudga keladi. Shu bilan birga, zamonaviy bilimlarni
oʻrganish imkoniyati, umuman, davlatimizning intellektual salohiyatini yanada
oshirish uchun yetarli darajada sharoit yaratiladi. Oʻz oʻrnida, bunday
imkoniyatlar xalq farovonligi, mamlakat taraqqiyot garovi hisoblanadi.
Prezidentimiz taʼkidlanganidek, “Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati,
tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun
hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir” Xorijdan kapital
qabul qiluvchi tomonidan investitsion muhitning modelini ishlab chiqish har
tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U
orqali xorijiy investorga ta’sir koʻrsatuvchi omillar toʻg’risida aniq
tushunchalarga ega boʻlishi, xorijlik investorlarning xulq-atvorini har
tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash
imkoniyati paydo boʻladi. Bu jarayonlarning barchasi respublikamizning boshqa
davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yoʻlga qoʻyish jarayonida


background image

SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN

MANAGEMENT AND ECONOMY

International scientific-online conference

46

chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsion muhit
obyekt kategoriyasi boʻlib, har bir alohida olingan vaqt doirasida investorlar
uchun haqiqatda mavjud boʻlgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin
hozirgi sharoitda investitsion muhit faqat davlat organlarining ta’siri ostida
shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan,
jumladan, xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy
koʻrsatkichlarga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq
foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham
hisobga olish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Gaybullayevna, R. S. ., & Musurmangulov. (2024). THE IMPORTANCE OF TIME
MANAGEMENT IN ENSURING EFFICIENCY IN CONSTRUCTION. JOURNAL OF
ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(1), 28–31.
2. Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY:
PROBLEMS AND SOLUTIONS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE,
2(12), 38-42.
3. Sharifa, R., & Ilyos, T. (2023). PRINCIPLES OF SCIENTIFIC MANAGEMENT IN
MANAGEMENT. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1097-
1100.
4. Sharifa, R., & Sayyora, M. (2023). HISTORY OF EMERGENCE OF
MANAGEMENT AND ITS PLACE TODAY. Новости образования: исследование
в XXI веке, 2(16), 1093-1096.
5. Sharifa, R. (2023). DIRECTIONS FOR INCREASING INVESTMENT
ATTRACTIVENESS IN REGIONS. Новости образования: исследование в XXI
веке, 2(16), 1088-1092.

Библиографические ссылки

Gaybullayevna, R. S. ., & Musurmangulov. (2024). THE IMPORTANCE OF TIME MANAGEMENT IN ENSURING EFFICIENCY IN CONSTRUCTION. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(1), 28–31.

Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY: PROBLEMS AND SOLUTIONS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(12), 38-42.

Sharifa, R., & Ilyos, T. (2023). PRINCIPLES OF SCIENTIFIC MANAGEMENT IN MANAGEMENT. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1097-1100.

Sharifa, R., & Sayyora, M. (2023). HISTORY OF EMERGENCE OF MANAGEMENT AND ITS PLACE TODAY. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1093-1096.

Sharifa, R. (2023). DIRECTIONS FOR INCREASING INVESTMENT ATTRACTIVENESS IN REGIONS. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1088-1092.